Press "Enter" to skip to content

С этой книгой также читают

. Aziz bolajonlar, dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan oltin qoidsalarini belgilashimiz lozim. O`quvchilar munozara orqali turli qoidalarni aytadilar. Ularni yozuv taxtasiga o`qituvchi yozib qoyadi.

1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

1)O`quvchilarga bizni o`rab turgan atrof olam, tabiat bilan bilan tanishtirish, ular haqidagi ko`nikmalarini shakllantirish, so`z boyligini oshirish.

2) O`quvchilarni toza va ozoda yurishga, tartibli, mehr-oqibatli, do`st-o`rtoq bo`lishga, jamoat joylarida odob saqlashga, Vatanni sevishga o`rgatish.

3)O‘quvchilarga o`z maktabini tavsiflay olish ko`nikmasini , toza-ozoda yurish malakasini, partada o`tirish qoidalari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II. Refleksiya (ehtiyojlar)ni aniqlash

. Aziz bolajonlar, dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan oltin qoidsalarini belgilashimiz lozim. O`quvchilar munozara orqali turli qoidalarni aytadilar. Ularni yozuv taxtasiga o`qituvchi yozib qoyadi.

5. O`ng qo`l qoidasi.

6. O`zgalar fikrini hurmat qilish.

Bizning shior: Biz- ona tabiatning bir bo`lagimiz.

Dam olish daqiqasi: Nafas olish mashqi.

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilar bilan nafas olish mashqi haqida suhbat `tkazadi.So`ng havo haqida , havoning qanday hosil b`olishi va havo tozaligida o`simliklar olamining ahamiyati haqida tushuncha beriladi.

Demak, bularning hammasi “Atrofimizdagi olam” fanida o`rganiladi. Darslik bilan tanishtioriladi. Darslikning tashqi ko`rinishi, undan foydalanish haqida suhbat tashkil etiladi.

So`ng multimedia ilovasidan atrogimizdagi mavjudotlar, jonli, jonsiz tabiat haqida o`quvchilarga qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.

Sao`ng darslik bilan ishlanadi.

“Sinchkov o`quvchi” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar brilgan rasmda nimalar aks etganligi haqida to`liq ma`lumot berilishi tushuntiriladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

“Meni tushun” mashqi va “Berilgan qismni toping” mashqi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa darslikning 2-3- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

1-dars
Sana:

Mavzu: Bizning maktab

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga maktab binosi va hovlisi, sinf xonalari, kutubxona, oshxona haqida; partada p`tirish qoidalari, xonani toza va tartibli saqlash haqida ma`lumot berish.

2) O`quvchilarni toza va ozoda yurishga, tartibli, mehr-oqibatli, do`st-o`rtoq bo`lishga, jamoat joylarida odob saqlashga, Vatanni sevishga o`rgatish.

3)O‘quvchilarga o`z maktabini tavsiflay olish ko`nikmasini , toza-ozoda yurish malakasini, partada o`tirish qoidalari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Atrofimizdagi olam ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Atrofimizdagi olam deganda nimani tushunasiz?
  2. Tabiat nima?
  3. Nimalarni inson qoili bilan yaratadi?
  4. Tabiiy narsalarga nimalar kiradi.

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi “Aqliy hujum’ orqali topishmoq aytadi.

Bilim maskani, barcha o`quvchilar shu maskan tomon shoshilishadi. Bu qanday joy? (makatb)

Demak bugun biz siz bilan maktabimiz haqida o`rganamiz. O`quvchilar bilan maktab bo`ylab sayohat uyushtiriladi. O`qituvchi o`quvchilarni maktabdagi barcha kerakli joylarga olib borib tanishtiradi. Maktab binosi, maktab hovlisi, oshxona, kutubxona, sport zal, faollar zali.

  • Maktab kutubxonasi nima uchun kerak? ( o`quvchilar bo`sh vaqtlarida kitoblar o`qiydilar)
  • Kutubxonada nimalarni va kimlarni ko`rdingiz? ( kutubxonada kitoblar, jurnallar va kitobsevar tengdoshlarimizni ko`rdik)
  • Maktab oshxonasi qanday joy? (o`quvchilar, o`qituvchilar uchun mazali va to`yimli taomlar pishiriladigan joy)

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 4-5- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

2-dars
Sana:

Mavzu: Bizning mahalla

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga mahalla, mahallada yashovchi insonlar, ular bilan o`zaro munosabat haqida ma`lumot berish.

2) O`quvchilarni toza va ozoda yurishga, tartibli, mehr-oqibatli, do`st-o`rtoq bo`lishga, jamoat joylarida odob saqlashga, Vatanni sevishga o`rgatish.

3)O‘quvchilarga o`z mahallasini tavsiflay olish ko`nikmasini , toza-ozoda yurish malakasini, partada o`tirish qoidalari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Bizning maktab” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Maktab qanday joy?
  2. Maktabda o`quvchilar nimalar bilan shug`ullanadi?
  3. Maktabda o`quvchilar uchun qanday maxsus xonalar bor?
  4. Sizning maktabingiz qanday?
  5. Maktab sizga yoqdimi? Nima uchun?

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilardan avval qayerda yashashlari so`raladi. Ko`pchilik o`quvchilar ko`p qavatli uylarda turishlarini , yana mahallada turishlarini aytishadi. O`qituvchi bugun biz sizlar bilan “Bizning mahalla” mavzusi bilan tanishamiz.

Mahalla biz tug`ilib o`sgan joy hisoblanadi. Mahalla ham bizning kichik Vatanimiz. Aytingchi mahallada bizlar kimlar bilan yashaymiz? Barakalla, qo`ni-qo`shnilar bilan. Biz qo`ni-qo`shnilar bilan ahil , inoq va qadrdon bo`lib ketganmiz. Qo`shnilar bilan tez-tez bir-birimiznikiga bo`rib turamiz, to`y-hashamlarda, ma`rakalarda bizlarga albatta qo`shnilarimiz ko`proq yordam beradi. Ko`p qavatli uylarda yshovchilarning ham bir eshikda kirib-chiqadigan qo`shnilari bo`ladi. Shuningdek uylari yonida bir nechta uylar ham bo`ladi. Ular ham mahallada yashashadi.

Bizning maktabimiz ham ko`p qavatli uylar joylashgan mahallada joylashgan. Bizning mahallamizning nomi “” mahallasi deyiladi.

Har bir mahallada shu yerda yashovchi aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida o`z nonvoyxonalari, do`konlari, mahalla guzarlari bo`ladi. Nonvoyxonalarda issiq nonlar yopiladi, do`konlarda kundalik ehtiyoj uchun zarur narsalar sotiladi, mahalla guzarlarida esa mahallaning keksa otaxonlari yig`ilib choyho`rlik qilishadi, maslahatli ishlarni hal qilishadi. Har birimizning mahallamiz toza, ozoda, oboddir. Har kuni hovli-ko`chalar tozalanib, suvlar sepiladi. Chiroyli gullar ekiladi. Biz ham mahallamizning obodligi uchun kattalarga qo`limizdan kelan yordamni ayamasligimiz lozim.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 6-7- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`z mahallarining nomini bilish va mahallasi haqida kichik hikoya tuzib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

Fan: Atrofimizdagi olam.

Mavzu: Ko`chada yurish qoidasi.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga ko`chada yurish qoidasi, odob-axloq qoidalari, jamoat joylarda o`zini tutish qoidalari haqida ma`lumot berish.

2) O`quvchilarni odob-axloqqa o`rgatish.

3)O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Bizning mahalla” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Mahalla qanday joy?
  2. Mahallada qanday maishiy xizmatlar yo`lga qo`yilgan?
  3. Sizning mahallangiz nomi?
  4. Mahallangizni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.O`quvchilarning turli xil manzillarda yashashlari, qarindosh-urig`lari, yaqin kishilarnikiga mehmonga borishlari haqoida aytiladi. Demak har kuni biz ko`chada yurishimizga tog`ri kelar ekan.

  • Ko`chada qanday yurish kerak? Degan savol bilan o`quvchilar orasida muammoli vaziyat yaratiladi.

O`quvchilartning diqqati darslikning 8-sahifasidagi rasmlarga qaratiladi. Har bir rasm bilan tanishtiriladi va mazmuni ochib boriladi. Demak , biz shahrda istiqomat qilamiz. Tabiiyki shahr ko`chalarida transportlar gavjum. Turli xil yo`llar bor. Agar bizning yo`limizda katta, tarnsportlar serqatnov ko`chalar uchrasa albatta biz yo`l harakati qoidalariga amal qilishimiz zarur. Buning uchun maxsus piyodalar yo`lagidan yurib , maxsus piyodalar o`tish chizig`i (zebra chizig`idan) svetoforga qarab yo`lni kesib o`tishimiz lozim. Svetofor bu tarnsportlarni boshqarin turadigan maxsus qurilma. Svetoforning 3 ta ko`zi bor. Bu ko`zlarning yonishi orqali qizil chiroq (to`xta) sariq chiroq (tayyotlan) yashil chiroq (yur) degan ma`nolarini bildiradi. Svetofor meketi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Biz esa transportlar ( ya`ni turli xil mashinalar) to`xtagan vaqtda yo`lni kesib o`tishimiz kerak bo`ladi.

Shuningdek agar biz avtobus, trmvay, metroda qatnaydogan bo`lsak , transportda yurish qoidalariga amal qilishimiz lozim. Maxsus bekatda transportni kutishimiz, keyon esa orqa eshigidan chiqib, old eshigidan tushishimiz lozim. Shu o`rinda o`quvchilarga yo`l haqqi to`lashimiz, o`zimizdan katta insonlarga turib joy berishimiz, transportning o`rindiqlariga ziyon yetkazmasligimiz, ularga turli xil chiqindilar tashlamasligimiz kerakligi uqtiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 8-9- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, kichik hikoya tuzib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

Fan: Atrofimizdagi olam.

Mavzu: O`quvchining kun tartibi.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga kun tartibi haqida tushuncha berish, uni to`g`ri tuzishga o`rgatish.

2) O`quvchilarni odob-axloqqa o`rgatish.

3)O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Ko`chada yurish qoidalari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Qoidalar deganda nimani tushunasiz?
  2. Ko`chada yurishning qanday qoidalari bor?
  3. Ko`chada yurish qoidalari bizga kerakmi?

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “O`quvchining kun tartibi” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning kun tartibi aytib o`tiladi.

Kun tartibiga rioya qilish o`quvchilarning to`g`ri va sog`lom o`sishiga xizmat qilishi, uy vazifalarini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelmasligini, shuningdek o`z vaqtida dam olishini ta`minlaydi. Har doim o`z vaqtida qilingan ish samarali bo`lishi uqtiriladi.

Ertalab 6.30 da uyg`onishimiz va o`z o`rin-joyimizni tartibga keltirishimiz kerak

So`ng 10-15 daqiqa badantarbiya bilan shug`ullanamiz.

Soat 7.00 gacha yuvinib- taranamiz va 10-15 daqiqa kiyimlarimizni almashtirib, maktab formasini kiyamiz.

Soat 7.20 gacha nonushta qilamiz, va 30 daqiqada maktabga yo`l olamiz.

Soat 8.00 dan 11.15 gacha darsda o`tiramiz, o`qituvchining har bir berilgan topshirig`ini qunt bilan eshitamiz.

Soat 12.00 da tushlik qilamiz va uyga berilgan vazifalarni puxta qilib bajaramiz. 14.30 dan 16.30 gacha uy ishlarida ota-onamizga yordam beramiz. Song` biroz vaqt o`zimiz yoqtirgan o`yinlarni o`ynaymiz.

Sozt 19.30 da oila davrasida kechki ovqat tanovvul qilamiz.

Soat 21.00 da yuvinib, uxlashga yotamiz.

Miriqib, uyquga to`yib uxlasak bizning miya faoliyatimiz yaxshi ishlaydi. Shuning uchun o`z vaqtida uxlash va orom olish zarur.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 10-11- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar o`zlarining kun tartibini tuzib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

Fan: Atrofimizdagi olam.

Mavzu: Shaxsiy gigiyena.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga shaxsiy gigiyena haqida tushuncha berish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishga o`rgatish.

2)O`quvchilarniodob-axloqqa, ozodalikka, o`z-o`zini parvarishlashga, sog`ligi haqida qayg`urishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “O`quvchining kun tartibi” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Kun tartibi nima?
  2. Nima uchun kun tartibi tuziladi?
  3. Siz ham kun tartibiga rioya qilasizmi?
  4. Inson salomatligi uchun yana qanday ishlar muhim sanaladi?

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “Shaxsiy gigiyena” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan mavzu yoritiladi.

Gigiyena – bu ozodalik, tozalik ma`nosini anglatadi. Shaxsiy gigiyena esa har bir inson o`z tanasi uchun qayg`urish hisoblanadi. Inson yashar ekan barcha tana a`zolarini o`zi parvarishlashi, hech bir kjasallikka chalinmasligi uchun o`zini-o`zi toza, ozoda saqlashi lozim.

Shaxsiy gigiyena vositalari har bir insonning uyida mavjud. Bular: sovun, tish pastasi, tish chotkasi, taroq, sochiq, qaychi, va turli xil cho`milish uchun gellar. Biz har doim haftada ikki-uch marotaba cho`milib turishimiz, sochlarimizni yuvib turishimiz, haftada bir bor tirnoqlarimizni olishimiz, har kuni qo`limizni sovunlab yuvib, yuvinishimiz va tishlarimizni kuniga ikki mahaldan ovqatdan so`ng yuvib turishimiz zarur. Bu tanamizning kirlanib ketmasligi uchun zarurdir. Shuningdek har doim toza va ozoda sochiqlarga artinishimiz, yuz sochig`imiz va cho`milganda artinadigan sochiqlarimiz alohida-alohida bo`lishi zarur.So`chlarimizniu har doim tartibli, taralgan holda bo`lishini ta`minlamag`imiz zarur.

Shuningdek shaxsiy gigiyenaga to`g`ri ovqatlanishimiz ham kiradi. Inson biror bir yuqumli kasallikka chalinmasligi uchun har bir narsani iste`mol qilishan avval qo`llarini yuvishi kerak, so`ng yeyiladigan narsani ushlamog`i lozim. Chunki bizga ko`rinmas kasallik mikroblari eshik tutqichida, ruchkada, qalamda, daftarlarda, transportdagi har bir joda bo`ladi. Biz shu narsalarni ushklaymiz va ushlash jarayonida bilmagan holda mikroblarni qo`limizga yuqtiramiz. Shuning uchun ovqatdan oldin qo`llar so`vunlab yuvilishi shart.

Shuningdek iste`mol qilishuchun solingan likopcha, qoshiq, piyolalarimiz ham toza, ozoda bo`lishi lozim.Toza yuvilmagan idishlarnuing ichida mikrob va viruslar “koshona” qurib oladilar.

Shifokorlar tomonidan qilinadigan har bir emlashlar bizlarni turli xil virusli kasalliklardan himoya qilinadi. Virusli kasalliklarga ich ketish, gepatit, gripp, sil, turli xil tishmali yaralar kiradilar. Albatta biz shaxsiy gigiyenaga rioya qilib, o`zimizni bunday noxush holatlardan himoya qilishimiz zarurdir.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 12-13- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar o`zlarining shaxsiy gigiyenasiga qanday rioya qilayotganliklarini so`zlab kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
6-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Mavzu: Quyosh.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga quyosh haqida tushuncha berish, quyoshning inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “shaxsiy gigiyena ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. Shaxsiy gigiyena nima?
  2. Nimalarni toza tutishimiz kerak?
  3. Sochiq, tish cho`tkasi, sovundan qanday foydalanish kerak?
  4. Soch, tirnoq, kiyim tozaligi nima uchun zarur?
  5. Toza havo- tanga davo- nima?

Dam olish daqiqasida “Har doim bo`lsin quyosh” qo`shig`i tibglanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi topishmoqni aytib , o`quvchilarni javob berishga yo`naltiradi.

Yorug` kunni boshlaydi, undan borliq yashnaydi. (quyosh)

Topishmoqning javobini topadilar. Topishmoq javobi orqali yangi mavzu e`lon qilinadi va o`qituvchi tomonidan quyosh haqida ma`lumot beriladi.

Bolalar ertalab hammangiz quyosh nur sochib turganini ko`rasiz. Kechqurun esa uning botayotganini ko`rasiz. Yer chekkasiga g`oyib bo`lishiga ghuvoh bo`lasiz.. Xo`sh quiyosh erta tongdan qayerdan chiqib keladi? Kechqurun qayerga botadi?

Ayrim kunlari quyosh yuzini bulutlar to`sib qo`yadi. Bu ulkan Yer sayyorasining ayrim nuqtasida quyosh nur sochib turganida, boshqa tomonida shu paytda qorong`ulik bo`lishini bilasizmi?

O`qituvchi ko`rgazmalar orqali quyoshning nur sochishini ko`rsatib beradi. So`ng video lavha namoyish qilinadi.

Quyosh nuridan olam yashnashi, o`simlik, hayvon, odamlar bahra olishi , hayot uchun zarurligi ko`rsatiladi. Quyosh bizga issiqlik va yoruig`lik berishi, bundan faqat xursand bo`lishimiz kerakligi ta`kidlanadi. Quyoshsiz hayotni tasavvur etib bo`lmasligi o`quvchilarga uqtiriladi.

Atrofimizdagi olam 1 sinf

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.

Электронная книга:

В данный момент нет в наличии.
Заказать: (90) 959-25-26

Поделиться с друзьями в соцсетях

  • Аннотация
  • Комментарии и отзывы

Ushbu qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1-2-sinf o‘quvchilarining “Atrofimizdagi olam” fanidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini sinovdan o‘tkazish, baholash hamda takominashtirishga yo‘naltirilgan. Unda o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan savol va topshiriqlar, testlar hamda amaliy vazifalar tizimi tavsiya etilgan. Testlar DTS va dasturlarning yangi avlodi asosidagi darsliklarga tayanib tuzilgan.

Mazkur qo‘llanma boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Undan foydalanishda o‘qituvchilar hamda ota-onalar farzandlariga yordam berishlari mumkin.