Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‗zgartirishni o‗zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar
axborotni qasddan o‗zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek,
dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‗zgarishlar
kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning
buzilmagan holatda mavjudligidir.
Dars ishlanma mavzu: Axborot xavfsizligi xakkerlik. Kiberxavfsizlik masalalari
Mavzu: Axborot xavfsizligi xakkerlik. Kiberxavfsizlik masalalari
Maqsad:
1) talimiy: axborotlarni xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’quvchilarga tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: nomaqbul ma’lumotlardan foydalanmaslik;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashni amalga oshirish.
DTS: Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amaliy va nazariy ko’nikmlalar berish.
Dars turi:Aralsh. Bilim va ko‘nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
O‘qitish usullari: blits-so‘rov, mustaqil ishlash.
O‘qitish shakllari: yakka,
O‘qitish vositalari: Kompyuter, proyektor, MS PowerPointda dars uchun slaydlar, ko’rsatmali karta, ekran. tarqatma materiallar, dаrslik.
Monitoring va baholash: og‘zaki va test nazorati, amaliy vazifalar; 5 ballik tizimda baholash
Asosiy tushunchalar:
Axborot, axborot xavfsizligi, xakker, kiberxavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlar, login, parol, avtorizatsiya, identifikatsiya, foydalanuvchi huquqlari, password manager, password generator, murakkab parol
DARSNI BORISHI:
I. Tashkiliy davr (3 minut)
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash (10 minut)
“Interaktiv Krossvord” (Izoh № 1)
III. Yangi mavzuni o`rganish. (20 minut)
Taqdimot orqali ko’rgazmali prezentatsiya (Izoh № 3)
Amaliy ko’rsatish (Izoh № 4)
IV. Mustahkalamsh (10 minut)
“Interaktiv savollar” (Izoh № 6)
V. Uyga vazifa (2 minut) uyga vazifa qilip darsimizning so’ngidagi savol va topshiriqlarni bajarip kelish.
Izohlar
1.O’quvchilarning diqatlarini tekshirish va tortish uchun bitta ekisperimen qo’llayman.
2.Takrorlash qismida o’tilgan mavzu bo’yicha savol javob o’tkazaman savol javop krasvord shaklida boladi . Savolni o’qib eshittirgach, javobni bilgan o’quvchi qo’lini ko’tarib javob beradi. Bu o’quvchilarning darsga faolligini ham oshiradi. Quyidagi o’tilgan mavzu bo’yicha tuzilgan savollar beriladi:
Savollar
1. Axborot nima?
2. Axborotni biz qanday tarzda olamiz?
3. Axborot xavfsizligi nima?
4. Xakkerlar kimlar?
5. Kiberxavfsizlik nima?
6. Axborotlarni himoya qilishning qanday usullari bor?
7. Parol nima?
8. Login nima?
9. Avtorizatsiya nima?
10. Identifikatsiya nima?
Oldindan kompyuterlarga ,,Interaktiv”krossvord ochib qo’yiladi va va savolga javop berishni hohlagan o’quvchi qol ko’tarib javob berish imkoniga ega bo’ladi. Ushbu faolliklar Darsning so’ngida faol qatnashgan o’quvchilar harakatlariga loyiq baho bilan baxolanadi
3.Yangi mavzu bayonini taqdimot orqali tushuntirish qilaman va amaliy ko’rsataman.
Amaliy mashg’ulot
O’quvchilar biror bir tizimdan ro’yhatdan o’tayotgan davrda murakkab parol qo’yish bu axborotlarni himoya qilishni samarali usullaridan biri. Murakkab parol hosil qilishning eng yaxshi usullaridan biri bu https://passwordsgenerator.net/ kabi tizimlardan foydalanish.
1-qadam:
https://passwordsgenerator.net/ saytga kiramiz.
1 -rasm. https://passwordsgenerator.net/ websayti
2-qadam:
Parol qanday harflar va belgilardan va nechta belgidan iborat bo’lishini belgilaymiz va Generate Password tugmachasini bosamiz.
Natijada biz murakkab parolga (Your new password da) ega bo’lamiz va quyida uni yodda saqlashimiz uchun izoh beriladi (Remember your password)
2-mashq. Har chand urinsakda bizga parollarni yodda saqlash murakkablik qiladi (Ayniqsa biz ko’plab tizimlardan ro’yhatdan o’tganimizda bizda juda ko’p parollar vujudga kelishi mumkin). Bunday hollarda biz parollarni ishonchli saqlovchi tizimlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Shunday tizimlardan biri Google password manager dir. Biz biror tizimdan ro’yhatdan o’tganimizda bizda quydagicha ko’rinish namoyon bo’ladi
3 -rasm. Uzbekcoders.uz saytidan ro’yhatdan o’tish jarayoni.
Oynadagi maxsus kalit ikonkasini bosish orqali biz quydagi oynaga ega bo’lamiz
4-rasm. Parolni saqlab qolish oynasi.
Agar Сохранить tugamasini bosadigan bo’lsak brauzer bizning login va parolni saqlab qoladi.
4.Interaktiv savollar bilan o’tilgan mavzuni mustahkamlash.Ushbu uslub shunday ko’rinishdanki bunda baxolash ham olib boriladi 5 baho olish uchun 5 ta savol,4 baho olish uchun 5 ta savol jami mavzuga oid 10 ta savoldan tashkil topdadi. Sinfdagi 10 ta eng teskor bo’lgan o’quvchilar baxo olish imkoniga ega bo’ladi ular o’z ixtiyorlari bilan 5 baxo uchun yoki 4 baho uchun belgilangan savollarga javob berishlari mumkin boladi savollar taqdimot ko’rinishida taqdim qilinadi.
5. Uyga vazifa: Har bir o’quvchi o’ziga password generate dasturlari yordamida murakkab parol yaratish va shu paroldan foydalangan holda uzbekcoders.uz saytidan ro’yhatdan o’tib parol va loginini brauzerda saqlab qo’yish
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
Умарова, И. (2022). Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 41–43. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5114
- APA
- MLA
Ирода Умарова, Guliston davlat universiteti
Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi
Ключевые слова:
Аннотация
Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi, о ‘g ‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan.
Похожие статьи
Yuklangan o‗quv materiallarining kamligi
O‗qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o’zingizning mavzuni
o‗rgatishni, balki AKTni o’qitish haqida ham bilishingiz kerak.
Talabalarga darsdan chalg‗ish uchun vaqtning yetarliligi.
Ta‘limdan chalg‗ituvchi omillarning hila-xilligi.
Elektron ta‘lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e‘tibor qaratish kerak
− o‗quv materiallarga qo‗yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik;
− namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‗qituvchi va talabalar tomonidan ikki
tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;
− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab,
yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
− o‗qitish natijalarini baholash me‘zonlarini aniqlash.
Xulosa o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, elektron ta’lim platformalarining afzalliklari
va kamchiliklari soni jihatidan bir-biriga juda o’xshashdir, agar siz o’qitishning bir turiga
boshqasidan ko’ra ko’proq tanlasangiz, bu sizga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim resurslarining o‗rni / Ё. Ё.
Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С.
611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).
3.
Virtual haqiqat tizimlari: darslik usuli, qo’llanma / M. I. Osipov tomonidan tuzilgan. – Nijniy
Novgorod: Nijniy Novgorod davlat universiteti, 2012.
4.
Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim resurslarining o‗rni / Ё. Ё.
Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С.
611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).
AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI
Umarova Iroda Bakirovna
Guliston davlat universiteti ―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman
olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi,
o‗g‗irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
Axborot, axborot resurslari, axborot tizimlari, axborotni muhofaza qilish.
Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan: – shaxs, jamiyat,
davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;– axborotni yo‗q qilish, modifikatsiyalash, buzish,
nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;– axborot resurslari va
axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan
axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;– axborot tizimida mavjud
bo‗lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning
konstitutsiyaviy
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini
ta‘minlash;– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash
vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‗llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‗z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va
kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‗tkazish axborotni tarqab
ketishi mumkin bo‗lgan xavfli kanallarni yo‗q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq
qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin
kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni
ko‗rsatadiki, muhofaza qilishning to‗liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan,
uning
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‗ta takomillashgan texnik
vositalari;– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning
mavjudligi;– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;– etarlicha amaliy
tajriba va boshqalar.
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‗ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib
borayotgani yo‗q, aksincha barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib bormoqda. Himoyalangan
axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1].
Umumiy yo‗nalishga ko‗ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‗linadi:
– O‗zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida
fuqarolarning
– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini
rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga
chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‗ish, saqlash va samarali foydalanishni
ta‘minlashga
– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya
tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning
talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini
saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan
ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial
ma‘lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan
nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.
Tahdidning uchta ko‗rinishi mavjud.
1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati
bo‗lmaganlarga ma‘lum bo‗ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir
tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‗lga kiritish orqali
yuzaga keladi.
2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga
uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‗zgartirishni o‗zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar
axborotni qasddan o‗zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek,
dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‗zgarishlar
kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning
buzilmagan holatda mavjudligidir.
3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa
foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana
olishlilikni blokirovka bo‗lib qolishi natijasida yuzaga keladi[2].
Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‗rsatmoqdaki,
faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo‗lishi mumkin. Unga
quyidagi chora-tadbirlar kiradi:
1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek
davlatning huquq va majburiyatlarini qat‘iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.
2. Ma‘naviy-etik. Ob‘ektda qat‘iy belgilangan o‗zini tutish qoidalarining buzilishi
ko‗pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va
qo‗llab quvvatlash.
3. Jismoniy. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi jismoniy
4. Ma‘muriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish.
5. Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish.
6. Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni
oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.
7. Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo‗llash[3].
Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:
– davlat sirlari bilan bog‗liq va konfedensial ma‘lumotlarni o‗zida saqlovchi axborot
– vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar),
dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy
dasturiy ta‘minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma‘lumotlarni uzatish
tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari
(ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‗zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni
tayyorlash, ko‗paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma‘lumotlarni
qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi
tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko‗pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash
va saqlash texnik vositalari deb atashadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki xavfsizlik vazifalari Axborot xavfsizligi muammolari,
agar kompyuter tizimida yuzaga keladigan nizolar va xatolar jiddiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Axborot xavfsizligi tizimining vazifalari bo’yicha ko’p qirrali va har tomonlama
choralar ko’radi. Ular noqonuniy foydalanish, zarar, buzish, nusxalash va blokirovka qilish,
ma’lumotlarni blokirovka qilishga to’sqinlik qiladi. Bunga jismoniy shaxslarning kuzatuvi va
ruxsatsiz kirishni o’z ichiga oladi va uning yaxlitligi va yaxlitligi uchun barcha tahdidlarni oldini
oladi. Ma’lumotlar bazalarining zamonaviy rivojlanishi bilan xavfsizlik masalalari nafaqat kichik
va xususiy foydalanuvchilar, balki moliyaviy tuzilmalarga, balki yirik korporatsiyalar uchun ham
muhim ahamiyat kasb etmoqd. Axborot xavfsizligi tahdidi (axborot tahdidi), axborot
resurslaridan, uzatiladigan va qayta ishlangan ma’lumotlar, shuningdek, dasturiy ta’minot va
apparatdan tashqari, shuningdek, axborot resurslaridan yoki ruxsatsiz foydalanish tahdidi ostida.
Agar ma’lumotning qiymati saqlash yoki taqsimlash paytida yo’qolishi mumkin bo’lsa,
ma’lumotlarning maxfiyligini buzish xavfi joriy etiladi. Agar ma’lumotlar uning qiymatini
yo’qotish bilan farq qilsa yoki yo’q bo’lsa, ma’lumotlarning tahdidi amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni, 21-aprel 2021-yil, 560–II-
son.
2.―Elektron raqamli imzo‖ to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasining qonuni . Toshkent sh., 2021
yil 21 aprel, 562–II-son.
3. G‗aniev C.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikasiion
tizimlar xavfsizligi. O‗quv qo‗llanma. T., ―Aloqachi‖. 2008. – 382 b
TA‘LIMDA IJTIMOIY TARMOQLAR VA INTERNET TEXNOLOGIYALARINING
G‘iyosov Hasan Mamirovich
JDPI magistranti
Botirov Do‘stqul Botirovich
JDPI t.f.n dotsent
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bugungi kunda ommaviy bo‘lgan internet tarmog‘i va
ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘quvchi xamda talabalarga zamoniviy metodlar tarzida bilim berish
metodlari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
Axborotlashgan jamiyat, qidiruv tizimlari, ta‘limiy portallar, ijtimoiy
tarmoqlar, bloglar, bulutli platformalar, MOOC.
Jamiyatimizda ta‘lim sohasidagi islohotlar, uzluksiz ta‘limning sifat va samaradorligini
oshirishga qaratilgan e‘tibor, ularning rivojidagi amaliy ishlar, albatta, yurt kelajagi hisoblangan
Библиографические ссылки
.“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 0‘zbckiston Rcspublikasi qonuni, 21-aprel 2021-yil, 560-П-son.
“Elektron raqamli imzo” to’g’risida O‘zbckiston Rcspublikasining qonuni . Toshkent sh., 2021 yil 21 aprcl, 562-II-son.
G‘aniev C.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikasiion tizimlar xavfsizligi. O’quv qo’llanma. T., “Aloqachi”. 2008. – 382 b