Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish
Vyetnam qizlari Osiyoning eng chiroyli ayollari hisoblanadilar,ularni plastik operatsiya qildirmagan koreys qizlariga tenglashtirishadi. Vyetnam ayollarining qaddi-qomatlari kelishgan bo’lib, tana a’zolarining o’ziga xos bichimlari bilan ajralib turadilar. Ular terilarini Quyoshdan saqlash uchun keskin choralarga boradilar. Agar siz issiq kun bo’lishiga qaramasdan boshidan oyog’igacha o’ranib olgan ayolni ko’rsangiz, bilingki, u vyetnam ayolidir. Ularda quyoshdan saqlaydigan maxsus kurtkalar bo’lib, unga qo’shimcha ravishda yuz uchun niqob ham sotiladi. Bu kiyimning kapyushoni hamda qo’llarini butunlay yopib turadigan uzun yenglari bor. Vyetnamda yuz uchun niqoblarni nafaqat ayollar, balki erkaklar ham taqadilar, ularning fikricha, niqob ularning nafas yo’llarini iflos havodan saqlaydi.
Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin
Qisiq ko’zli osiyoliklar – xitoy, yapon, koreys, vyetnam millatiga mansub xalqlar bir-birlariga juda o’xshab ketadilar, ularni bir-biridan ajratish qiyin. Ular bilan gaplashgandan, so’rab-surishtirgandan keyingina qaysi millat vakili ekanligini bilib olishingiz mumkin. Ammo sinchkov odam surishtiruvlarsiz ham qarshisida turgan osiyolik qaysi millatga tegishli ekanligini ilg’ab oladi, chunki qisiq ko’zli xalqlar bir-birlariga qanchalik o’xshamasin, o’ziga xos belgilari bilan ajralib turadilar.
Koreys qizlari
Kores qizlarining yuzlari tekis, yonoqlari kvadratsimon. Burunlari odatda kengroq bo’lib, uni turli xil moslamalar yordamida yoki rinoplastika orqali to’g’rilab yurishga harakar qiladilar. Koreys qizlarining aniq bir ko’rinishini tasvirlash bugungi kunda qiyin bo’lib qoldi. Bunga sabab bu yerda keng miqyosda o’tkazilayotgan plastik jarrohlik amaliyotidir. Ayol-qizlar go’zal ko’rinish hamda mukammal bo’lish uchun barcha narsaga tayyorlar. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, kereys yoshlarining 80 foizi turli xil plastik operatsiyalarni boshlaridan o’tkazganlar, ba’zi ota-onalar esa farzandlarining voyaga yetganliklari munosabati bilan plastik jarrohlikni ularga sovg’a sifatida tortiq qiladilar.
Agar siz notabiiy go’zalikka ega bo’lgan qo’g’irchoq sifat osiyolikni ko’rsangiz, demak bilingki, qarshingizdagi sohibjamol – Janubiy Koreyalik qiz bo’ladi. Koreys ayollari terilariga katta e’tibor qaratadilar. Terining yomon ko’rinishi yoki husnbuzarlar munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, badandagi naqsh (tatuirovka) lar esa bu yerda qoralanadi. Qizlarning sochlarini uzun o’stirib, qoradan boshqa barcha ranglarga bo’yashlari mumkin.
Xitoy qizlari
Xitoy qizlarining yuzlari biroz kengroq, yonoq suyaklari chiqqan, burunlari esa yapasqi bo’ladi. Terilari boshqa millatlarga qaraganda biroz qoracha, ba’zan sariq tus aralashgan. Bu eyrlik ayollar o’zlariga qarashni juda qoyil qilishmaydi, kuzduz kuni ko’chada uychi kiyimda yoki kir kuylakda yurgan xotinlarni uchratish mumkin. Did bilan kiyinadiganlar ham kamdan-kam, aniq bir qoidaga rioya qilinmaydi, kim nimani xush ko’rsa, o’shani kiyaveradi. Ortiqcha yaltir-yultir hamda yorqin ranglar ularni cho’chitmaydi. Bu narsa sochlarga ham tegishli – ularni qo’rqmasdan turli xil ranglarga bo’yab ko’raveradilar.
Makiyaj borasida ham huddi shu narsa. Ba’zan ular maxsus nakleykalar yordamida o’zlariga “yevropacha” qosh yasaydilar. Xitoy ayollari odatda past bo’yli, og’riqdan kelgan bo’ladilar. Ammo oxirgi paytlarda ularda semizlikka moyillik paydo bo’lmoqda. Gaplashish madaniyati ham ideal emas, qizishib ketsalar hissiyotlarini jilovlab o’tirmaydilar, jahl bilan gapiraveradilar, qo’llarini pahsa ham qilib qo’yadilar. Juda ta’sirchanlar, shuning uchun suhbat chog’ida baqirishdan uyalmaydilar.
Yapon qizlari
Kun chiqar mamlakat ayollarining jussasi nozik, bo’ylari esa boshqa osiyolik xalqlarinikiga qaraganda biroz balandroq. Biroq shunga qaramasdan, ularning boshlari nisbatan kattaroq, yuzlari esa cho’zilgan oval shaklda. Ko’zlari nisbatan kengroq ochilgan.
Do’ppaygan burun – ularning o’ziga xos belgilaridir, u hech qachon puchuq yoki yapasqi bo’lmaydi. Yapon qizlarining terisi nisbatan och rangda, biroq ular turli xil oqartiruvchi vositalar yordamida uni yanada oqartirishga harakat qilaveradilar. Ular ko’rinishlariga jiddiy e’tibor beradilar hamda o’zlariga qarash uchun juda ko’p vaqtlarini sarflaydilar. Yaponlar tozalikka qattiq rioya qiladilar, shuning uchun ham jamoat joyida irkit soch yoki kiyimli ivirsiq odamni uchratish qiyin. Ko’pchilik yapon qizlari kamtarona va sipo makiyajni afzal ko’radilar, kiyimni tanlashda esa qimmatbaho brendlarga murojaat qiladilar.
Gaplashish madaniyati ham chiroyli. Sekin, aniq va xotirjam gapiradilar, ba’zan gap orasida ramziy ta’zimlar ham qiladilar. Yaponiyada ijtimoiy joylarda baqir-chaqirlar qilib bo’lmaydi. Yapon tilining jaranglashi bir meyorda, unda nutq ohangi deyarli yo’q.
Vyetnam qizlar
Vyetnam qizlari Osiyoning eng chiroyli ayollari hisoblanadilar,ularni plastik operatsiya qildirmagan koreys qizlariga tenglashtirishadi. Vyetnam ayollarining qaddi-qomatlari kelishgan bo’lib, tana a’zolarining o’ziga xos bichimlari bilan ajralib turadilar. Ular terilarini Quyoshdan saqlash uchun keskin choralarga boradilar. Agar siz issiq kun bo’lishiga qaramasdan boshidan oyog’igacha o’ranib olgan ayolni ko’rsangiz, bilingki, u vyetnam ayolidir. Ularda quyoshdan saqlaydigan maxsus kurtkalar bo’lib, unga qo’shimcha ravishda yuz uchun niqob ham sotiladi. Bu kiyimning kapyushoni hamda qo’llarini butunlay yopib turadigan uzun yenglari bor. Vyetnamda yuz uchun niqoblarni nafaqat ayollar, balki erkaklar ham taqadilar, ularning fikricha, niqob ularning nafas yo’llarini iflos havodan saqlaydi.
Ba’zi vyetnam ayollarining sevimli kiyimi – bu pajama. Ular bu kiyimni har xil joylarga kiyishlari mumkin, hattoki ishga ham. Yirik shahar qizlari har kuni yasan-tusan qiladilar, huddi bayram yoki tungi klubga otlanganday. Tor kuylak, kalta shortik, yorqin makiyaj va baland poshna – ko’pchilik vyetnam sohibjamollarining odatiy kiyimi hisoblanadi.
Tailandlik qizlar
Tailand qizlari plastik jarrohlikka qiziqmaydilar. Ularning jussalari odatda kichik va ixcham, tana tuzilishi ham shunga yarasha. Bu kamchilikni ular ichki kiyimlari orqali to’g’rilashga harakat qiladilar, bu maxsus kiyim ko’krak va orqaga kerakli hajmni berib turadi. Bu yerda ham och rangli teri urfda, ayollar esa tabiatan qoramag’iz. Shuning uchun ular yuzlari va terilarini turli yo’llar bilan oqartirishga harakat qiladilar.
Sochlarini ayollar odatda shokolad, mis va qizil ranglarga bo’yashni afzal ko’radilar. Issiq tufayli ularni uzun qilib o’stirmaydilar, asosan yelkagacha keladi. Ko’z kesimi katta emas, shuning uchun uni har qanaqasiga katta qilib ko’rsatishga harakat qiladilar: tepa qovoq qismda strelkalar chizadilar hamda ulama kiprik qo’yadilar (ulama kiprik Tailandda boshqa yerlarga qaraganda ancha ommalashgan). Tailandda ayollarning kiyimida qo’g’irchoq uslubi hukmron, “Baby-doll” deb nomlanadi. Ular turli xil yoqimtoy hayvonlarning tasviri tushirilgan kiyimlarni, golfi bilan uyg’unlashgan kalta “maktab” yubkasi hamda kalta gulli kombinezon kiyishni afzal ko’radilar.
Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish
Kompaniyamiz butun oila uchun to’qimachilik mahsulotlarining keng assortimentini taklif etadi. Maykalar, futbolkalar, ko’ylaklar, shortilar, sport kiyimlari, xalatlar va boshqalar.
saytda 9 yil
“ECLIPSE TEKSTIL” MChJ
“OSIYO GRAND” RESTORANI, “RAMADA” MEHMONXONASI (SOBIQ. “PARK TURON “VA ” LENINGRAD”)
Bolalar va o’smirlar uchun trikotaj mahsulotlari bor.
saytda 10 yil
“ANTALIA-TEXT” OILAVIY KORXONASI
saytda 8 yil
“IDEAL CHAMPION TEXTILE” MChJ
Ishlab chiqaruvchi
Eksportchi
2-SONLI SHAHAR YUQUMLI KASALLIKLAR KLINIK SHIFOXONASI, 204-SONLI MAKTAB
saytda 14 yil
“INCANTO” DO’KONI
“VIP DENTAL SERVISL” STOMATOLOGIYA, BUYUK BRITANIYA ELCHIXONASI
saytda 3 yil
“KAU PASSIONE” MChJ
Ishlab chiqaruvchi
85-SONLI MAKTAB, “INTRAN SERVIS” AYOQSH – KOROTOSH
saytda 3 yil
“MILAVITSA” DO’KONI FILIALI
saytda 10 yil
“MOON STAR EMERALD” XK
CHILONZOR METRO BEKATI, CHILONZOR METRO BEKATI YAQINIDAGI KO’PRIK
saytda 2 yil
“STILPARK” ICHKI KIYIM VA KOLGOTKALAR DO’KONI
“POYTAXT SAVDO MARKAZI” SAVDO MAJMUASI, “KAPITALBANK” BOSH OFIS
saytda 2 yil
“STILPARK” ICHKI KIYIM VA KOLGOTKALAR DO’KONI FILIALI
STEELPARK – RIVIERA SAVDO MARKAZI, SEBZOR
“RIVIERA” KO’NGILOCHAR SAVDO MARKAZI, “MUDO CONCEPT” MEBEL SALONI
saytda 2 yil
“WOMENS’ SECRET” DO’KONI
“SAMARQAND DARVOZA” SAVDO MARKAZI, “KORZINKA.UZ” SUPERMARKET – KOROTOSH
- Bugun: 10.00 – 23.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 6 yil
“YANTEKS” MChJ
Ishlab chiqaruvchi
Eksportchi
saytda 7 yil
“ZIYO BARAKA TEKS” OILAVIY KORXONASI
114-SONLI MAKTAB, OLMAZOR (SOBIQ SOBIR RAHIMOV) METRO BEKATI
saytda 1 yildan kam
ADORO SOCKS
“QATORTOL SAVDO” MChJ, “PARUS” OILAVIY KO’NGILOCHAR MARKAZI
saytda 6 yil
NOVIAS PLAZA
NOVZA (SOBIQ HAMZA) METRO BEKATI, “MAKRO” SUPERMARKETI – NOVZA, (sobiq MERAM SUPERMARKETI)
saytda 9 yil
VILLA MODA
Ishlab chiqaruvchi
Eksportchi
XALQLAR DO’STLIGI CHORRAHASI, XALQLAR DO’STLIGI METRO BEKATI
Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish – kompaniyalar va tashkilotlar ro’yxati kontaktlar bilan: manzillar, mo‘ljallar, telefon raqamlari, ish vaqti “Golden Pages” katalogimizdagi barcha ma’lumotlari
Ushbu sahifada O’zbekiston Respublikasi hududida ushbu faoliyat (Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish) bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining eng to’liq ro’yxati keltirilgan.
“Golden Pages” kompaniyasi ushbu bo’limda tashkilotlar to’g’risidagi axborotni (telefonlar, manzillar, saytlar, elektron pochta va h.k.) doimiy (20 yildan ortiq) yangilab borish va yangilarini joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, biroq O’zbekistonda ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi barcha kompaniya va tashkilotlar hisobga olinib, joriy davrdagi aloqa ma’lumotlari to’g’ri ekanligini kafolatlay olmaydi.
Kompaniyalar to’g’risidagi ma’lumotlar www.goldenpages.uz veb-saytiga joylashtirilgan paytda tekshirilgan va ishonchli bo’lgan. Hozirgi paytda ba’zi tashkilotlar (manzil, telefon, joylashuvi yoki faoliyat turlari) haqidagi ma’lumotlar” Golden Pages – Uzbekistan” katalogidan mustaqil ravishda o’zgarishi mumkin. Korxona va tashkilotlar ro’yxati doimiy ravishda yangilanib va kengaytirilib boriladi. Ularning aloqa ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib turadi.
Agar siz har qanday tashkilot va/yoki kompaniya haqida joylashtirilganda noto’g’ri ma’lumotni ko’rsangiz, Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish, bizga elektron pochta (info@gp.uz) yoki telefon (+998) 78-140-09-09 orqali xabar berishingizni so’raymiz. Bizga elektron pochta orqali murojaat qilganda, iltimos, noto’g’ri ma’lumotlar topilgan sahifaga havola yuboring va qanday ma’lumotlarni tuzatish kerak. Xat mavzusida “saytdagi noto’g’ri ma’lumotlar” ni ko’rsating. Sizning ma’lumotlaringiz tekshirilgandan so’ng, kompaniya/tashkilot, shuningdek uning faoliyati haqidagi aloqa ma’lumotlari yaqin kelajakda saytda yangilanadi. Hamkorlik uchun oldindan rahmat!
Shuningdek, biz egalariga va bo’limida taqdim etilgan bir xil faoliyat bilan shug’ullanadigan kompaniyalar va tashkilotlarning xodimlariga murojaat qilamiz Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish. Agar siz biznesingizning bepul reklamasiga qiziqsangiz, unda сайт O’zbekiston kompaniyalar va korxonalarining biznes-ma’lumot katalogi GOLDENPAGES.UZ sizning biznesingizda siz uchun haqiqiy yordam bo’ladi. Bizning yordam tizimimizda ro’yxatdan o’tish va joylashtirish(veb-sayt, 24 soatli xizmat ma’lumotnomasi – 78-140-09-09 va” Golden Pages” katalogining bosma versiyasi)bizda mutlaqo bepul! Sizdan talab qilinadigan narsa bu sizning tovarlaringiz va xizmatlaringiz haqida nafaqat O‘zbekiston mijozlarga balki boshqa davlatlar mijozlarga ham. Kompaniyangizni/tashkilotingizni hozir O’zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining ma’lumot katalogiga qo’shing! Bizning ma’lumotnomamizni MS WORD formatda(200 Kb), yuklab oling, iloji boricha aniq va batafsil to’ldiring va biz uchun har qanday qulay tarzda (faks, elektron pochta, oddiy pochta yoki bizni shaxsan olib keling) yuboring va sizning kompaniyangiz imkon qadar tezroq paydo bo’lishi va mijozlarga kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun foydalanish mumkin
Quyida ushbu faoliyat turiga (sarlavhalar) statistikasi keltirilgan . Statistika ochiq va ommaviydir. Sayt 06.07.11 to’liq yangilanganligi sababli, statistikani hisoblash shu kundan boshlab amalga oshiriladi . Avvalgi qiymatlar bekor qilindi va joriy statistika hisobga olinmaydi .
Ko’proq ko’rsatish
Sarlavhaning ko‘rish statistikasi: Ayollarning ich kiyimlari Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish
Ayollar ichki kiyimlari instagram
XIX asr boshlarida xonlikda paxtani qayta ishlash va to’qimachilik hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan bo’lib 27 ta ipak to’quvchi, 45 ta choponfurush, 28 ta ko’nchi (terini qayta ishlovchi), 72 ta bo’yoqchi, 50 ta etikdo’z, 20 ta zargar mavjud bo’lgan.
Xorazm milliy kiyimlari
Milliy kiyimlar moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarni ko’rsatuvchidir. Kiyimlarda urf odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e’tiqod, nafosat va inson umrining fasllari, u yashagan joy va zamon, xo’jalik mavsumlari, xayotdagi quvonch yoxud qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi.
Bizgacha yetib kelgan kiymlar XIX asr oxiri XX asr boshlariga ta’luqli bo’lib, qadimgi davrlarga oidlari saqlanmagan, chunki kiyim matolar moddiy yodgorliklar ichida iste’molda bo’lgan va oxirgacha foydalanilgan. (Diniy e’tiqod axamiyatiga ega bo’lgan ba’zi bir kiyimlar avloddan – avlodga tabarruk buyum sifatida o’tib kelgan).
XIX asr boshlarida xonlikda paxtani qayta ishlash va to’qimachilik hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan bo’lib 27 ta ipak to’quvchi, 45 ta choponfurush, 28 ta ko’nchi (terini qayta ishlovchi), 72 ta bo’yoqchi, 50 ta etikdo’z, 20 ta zargar mavjud bo’lgan. Dehqonlar asosan paxta va ipak tolasini qayta ishlab, yarim maxsulot sifatida hunarmandlarga sotar edilar, ular o’z navbatida qayta ishlab bo’z, alacha to’qib xonlik axolisiga sotishardi. Tayyorlangan bo’z va ipak matolarni qayta ishlashda bo’yoqchilik katta rol o’ynar edi. Ular xom gazlamani qayta ishlab turli ranglarga bo’yar edilar. Qayta ishlangan matolar chitkarlar (matoga gul bosuvchilar) qo’liga tushar, ular matoga loyiq gul bosar va tayyor maxsulotni bozorga chiqarardilar. Ichki imkoniyatlar maxsuli bo’lgan bu tovarlardan oddiy axolining kundalik turmushda kiyadigan kiyim kechaklari tayyorlangan. Ustalar bu maxsulotlarni tayyorlashda Xitoy ipagi, Xind va Eron bo’yoqlaridan foydalanganlar. Axolining boy tabaqasi xamishagidek Xitoy, Xindiston, Eron, Rossiya, Turkiyada tayyorlangan tovus tusli ipak, atlas, adras, zarbof parcha, rangdor kimxob ayniqsa aslzoda ayollar kiyadigan papakli taxya (do’ppi) uchun maxsus Yaponiyadan keltirilgan yapon baxmali, Rossiyadan keltirilgan guldor sifatli plotno, surp, chit va Azarboyjon ro’mollari kabi tayyor matolardan kiyim kechaklar tiktirishgan. Xalqimiz kiyim – kechaklari xilma – xil, rang – barang va jozibalidir. Xamma davrlarda xam libosga qarab insonning qaysi ijtimoiy toifaga mansubligini bilish mumkin bo’lgan. Hunarmandlarning kiyimlari, qishloq mehnatkashlarining, maxalliy ziyolilarning kiyimlari. XX asr boshlarida Xiva shahrida 99 ta tikuvchilik ustaxonalari bo’lib ularda 180 tikuvchi ishlagan. Tikuvchilar tomonidan tayyorlangan paxtalik va paxtasiz chaponlar, xar xil do’ppilar, ipak ko’ylaklarning bozori chaqqon bo’lib tayyorlangan maxsulotlar ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Ayniqsa Xivaning alacha to’ni va turma belbog’i (erkaklar uchun) juda qadirlangan. Qish kunlari kiyiladigan po’stinning o’zidan yiliga 5000 tasi tikilgan.
Xorazmliklar milliy marosimlarda aloxida kiyinganlar. Nikox to’yida kelin – kuyovlar, xatna To’yda to’y bolaning liboslari, dafn marosimi kiyimlari, yana liboslar bayram tantanalari, kundalik, kabi turlarga bo’linadi. Jinsga qarab; erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari; yoshiga qarab, yoshlar, o’rta yoshli, keksalar kiyimlari, bosh kiyimlar duppilar, sallalar, turli – tuman telpaklar, cho’girmalarni o’z ichiga olgan. Poyofzallar charmdan tikilgan xilma – xil etiklar, maxsilar, choriklar, charm va yog’ochdan yasalgan kovushlardan iborat. Xivadagi xozirgi zamon kiyimlari yevropacha ulubda tikilgan bo’lsada, ularda milliy ananalarning davomiyligi saqlanib qolgan.
Xivada to’qimachilik
Insonlar tomonidan yaratilgan qadimiy hunarlardan biri to’qimachilikdir. Uning tarixi yangi tosh davridan boshlangan. Arxеologik qazishlar chog’ida insonlar yashagan ayrim manzilgohlardan qadimiy mato parchalari topilgan. Dastlab matolar qo’lda to’qilgan, kеyinchalik to’qimachilik dastgohi kashf etilgach, ko’proq mato to’qiladigan bo’lgan. To’qimachilik haqida o’rta asrlarga oid ma’lumotlar kеng tarqalgan. Arxеologik manbalardan tashqari tarixchilar va sayyohlar o’z asarlarida yozib qoldirganlar, shuningdеk o’rta asrlarga oid turli xil xujjatlarda ko’plab ma’lumotlar saqlangan.
Har bir xudud to’qimachiligi o’z xususiyatlariga ega. To’qimachilik sеrtarmoq soha xisoblanib, u nimadan to’qishiga yoki nima to’qishiga qarab ixtisoslashgan. To’quv matеriali sifatida asosan paxta, ipak va jundan foydalanganlar. Bulardan tashqari juda ko’p o’simliklardan (zig’ir, kanop) ip olingan. Ipakdan to’qilgan matolar yuqori baholangan va “Buyuk Ipak” yo’li orqali dunyoga tarqalgan. Xorazmda XVI-XX asr boshlarida to’qimachilik yangi bosqichga ko’tarilgan. Bu davr Xorazm to’qimachilgini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin: o’z ehtiyoji uchun to’qish va sotish uchun to’qish. Bunday bo’lishimizning sababi o’troq aholi ham, ko’chmanchi aholi ham to’qimachilik bilan shug’ullangan va imkoni doirasida natural shaklda o’zlarini maxsulot bilan ta’minlaganlar.
Bozor uchun asosan bo’z, olacha, shoyi, adras, duxobo kabi matolar chiqarilgan. Bo’z hamma еrda ishlatilavеrgan, asosan kambag’allar xarid qilgan. Olacha, shoyi, adras, duxobo kabi matolar qimmat baholangan, ulardan aslzodalar uchun kiyimlar tayyorlangan.
“Ichon Qal’a” muzеy-qo’riqxonasining “Amaliy san’at” bo’limida XVIII-XIX asrlarga oid juda ko’plab nodir muzеy buyumlar saqlanmoqda. Bu o’sha davrda to’qimachilik yuksak taraqqiy etganini ko’rsatadi.
To’qimachilikni san’at darajasiga ko’tarilishi hunarmand-ustaning maxoratidan darak bеradi. Xorazm ustalari tayyorlagan matolar asosan oq, och qizil, ko’k, yashil ranglarga bo’yalgan. Bo’yoqlar tabiiy usulda tayyorlangan. To’qimachilikda ham boshqa sohalardagi kabi pеchaki, marg’ula, morpеch, qo’chqorak, murchgul, islimiy naqsh turlari qo’llanilgan.
Matolardan yaktak, shalvor, to’n, salla, bеlbog’, ayollar yеlagi, dasturxon, joynamoz va boshqa narsalar tayyorlangan. O’rta asrlarda kiyim, uning rangi ma’lum bir tabaqaga mansublikni ham anglatgan, undan tashqari o’z davrida Xorazmlik erkaklar paxtadan va kumushdan ishlangan, ayollari ipak va tilladan tayyorlangan buyumlarni kiyib ulardan foydalanganlar. Xazinada doimo turli xil sarupolar saqlangan va xon nazariga tushgan kishilar har xil to’nlar bilan taqdirlangan.