Press "Enter" to skip to content

Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkalari

“O‘zbek tili tarixi” kitobiga ko‘ra, javon xitoycha dzaban so‘zidan. U sza – rom, chorcho‘p, ban – taxta so‘zlaridan yasalgan. Bu so‘z bizga uyg‘ur tili orqali kirib kelgan. Uyg‘urchaning o‘zida javang tokchani anglatadi.

Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

Ba’zi do‘stlarning mehr-oqibatini ko‘rib ham hayron qolasiz, ham havas qilasiz: tug‘ishgan, qondoshdan ko‘ra yaqinroqqa o‘xshaydi. Aslini surishtirsangiz, bir-biriga yetti yot begona. Tilda ham shunga o‘xshash hodisa bor. Chetdan kelgan so‘z tilga singishib ketadi, o‘z so‘zimizga aylanadi. O‘sha tilning egasi bo‘la turib, uning o‘zlashma ekani – ajnabiy tildan kirganini ko‘pda farqlayvermaymiz.

Oldinroq “Tilimizni bilamizmi?” ruknida rus tilidan kirgan ana shunday 15 ta so‘z haqida ma’lumot berilgandi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun boshqa chet tillaridan kirgan va tilimizga “qoni qo‘shilib ketgan” 15 ta so‘zni sharhlaydi.

Antiqa va osori atiqaAntiqa so‘zining ildizi lotincha antiquusqadimgi so‘ziga borib taqaladi. O‘zbek tilida qadimdan qolgan, hayratga soladigan kabi ma’nolarda qo‘llanadi. So‘zni qadimgi degan ma’noda qo‘llash allaqachon eskirgan. U hozir asosan qoyil qoldiradigan ma’nosida ishlatilyapti:

Otamurod oddiy bodring, pomidorlarni turli usullarda qirqib, antiqa salatlar tayyorlar. Zulxumor bo‘lsa, uning bu san’atiga mahliyo bo‘lib o‘tirar edi. M. Mansurov, “Yombi”.

Osori atiqa iborasidagi atiqa so‘zi ham antiqa bilan o‘zakdosh. Osor arabchadan olingan, asar, nishona ma’nosida. Osori atiqa qadim dunyo nishonalari, qadimdan, antik dunyodan qolgan yodgorliklar, obidalardir:

Bu osori atiqalar o‘zida o‘tmish nafasini saqlab qolgan. Gazetadan.

Bambuk – daraxtsimon o‘simlikBambuk – tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadigan, tanasi qamishga o‘xshash, ichi kavak, bo‘yi baland o‘simlik. Bambuk atamasi malayyacha bambu – daraxtsimon o‘simlik so‘zidan paydo bo‘lgan:

Bambuk xalq xo‘jaligida uy, ko‘prik qurishda, duradgorlikda ishlatiladi, tolasidan qog‘oz tayyorlanadi. “O‘zME”.

Malayziyaliklar tilidagi bambu dunyoning juda ko‘p tillariga, jumladan, fransuz, holland, portugal, ingliz kabi Yevropa tillariga ham ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan o‘tgan.

Baxshi – qadim so‘z Baxshi so‘zi o‘zbekcha ham, mo‘g‘ulcha ham, forscha ham emas. Uning ildizi sanskrit tiliga borib taqaladi. Asliyatda bhikshu ko‘rinishiga ega va budda ruhoniysi; duoxon; darvesh kabi ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida xalq dostonlarini aytuvchi oqin; azayimxon; Buxoro xonligidagi lavozim egasi kabi ma’nolarga ega:

Dutorsiz baxshi bo‘lmas, Yomonsiz – yaxshi. Maqol.

Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xomin kelib, tolning xipchini bilan savaladi. A. Qahhor, “Bemor”.

Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurishda mablag‘ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urug‘ oqsoqollarini baxshi deb atashgan. “O‘zME”.

Dakki – hindistonlikTilimizda bot-bot ishlatib turiladigan bu so‘z uzoq hind elidan kelganiga odamning ishongisi kelmaydi. Hind tilida dhakka shaklida zarb, turtki; iztirob ma’nolarida qo‘llangan bu so‘z yo‘l yurib, jazirama cho‘llardan o‘tib, o‘zbek tiliga dakki ko‘rinishida kirib kelgan. U o‘zbekchada tanbeh; tahqirlash, nohaq turtki kabi ma’nolarni tashiydi:

Ahmadjon dadasidan bir necha dakki eshitib, uyiga jo‘nadi. “Yoshlik”.

Har kishidan dakki yeyaverib, yuragim qonga to‘lib ketdi. Uyg‘un, “Asarlar”.

Daftar va qalam – asli yunonchaBu so‘zlarni tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, farzandi maktabda o‘qiydigan yoki ishi yozuv-chizuvga aloqador kishilar kunda-kunora daftar-qalamga ro‘para keladi.

Yunonchada qog‘oz o‘rami diftera deyiladi. U arab tili orqali o‘zbekchaga daftar ko‘rinishida kirib kelgan: bir chiziqli daftar, katak daftar, rasm daftari.

Daftar so‘zi qardosh turkiy tillarda hamda arab, fors, hind, mo‘g‘ul, bolgar, makedon, serb, horvat, tibet, indonez, gurji, arman, ibroniy kabi tillarda turli tovush o‘zgarishlari bilan qo‘llanadi.

Qalam so‘zi ham yunonchadan oromiy-suryoniy tili orqali arab tiliga, undan o‘zbekchaga o‘tgan. Yunonchasi kálamos – qamish, qamish qalam bo‘lgan bu so‘zning ildizi qadimgi hind-evropa so‘zi – kolhamosga borib taqaladi. Bu so‘z lotin tilidagi culmus – somon poyasi so‘ziga yaqin turadi. Qalam so‘zi o‘zbek tilida juda ko‘p ma’nolarda qo‘llanadi. Bosh ma’nosi yozuv-chizuv quroli: qora qalam, rangli qalamlar.

Javon – “taxtali rom” deganiO‘zbekchaga xitoy tilidan ham bir qancha so‘zlar o‘zlashgan. Sevib iste’mol qiladiganmiz uyg‘ur taomlari – lag‘mon, manti, manpar, xonim kabilarning nomi ham asli xitoychadan.

Turmushimizda ishlatiladigan ba’zi narsa-buyumlar ham o‘z nomini xitoychadan olgan. Jumladan, javon so‘zi. U o‘zbekchada turli narsalar qo‘yiladigan mebelni, shkafni anglatadi: kitob javoni, kiyim javoni.

“O‘zbek tili tarixi” kitobiga ko‘ra, javon xitoycha dzaban so‘zidan. U sza – rom, chorcho‘p, ban – taxta so‘zlaridan yasalgan. Bu so‘z bizga uyg‘ur tili orqali kirib kelgan. Uyg‘urchaning o‘zida javang tokchani anglatadi.

Zumrad va Esmeralda – egizaklarAyrim so‘zlar uzoq yo‘llarni bosib o‘tadi va shakl-shamoyili, ba’zan ma’nosini o‘zgartirib, boshqa tillarda o‘troqlashib qoladi. Asli yunoncha smaragdos , ya’ni sabzarang tosh bo‘lgan zumrad so‘zi ham arab-fors tillari ta’sirida qiyofasini o‘zgartirgan va o‘zbek tiliga kirib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘z qadimgi yunon tiliga somiy tillaridan o‘tgan. Ibroniy tilidagi barakat, akkad tilidagi barraqtu, arab tilidagi barq, sanskritcha marakata uning qadim ajdodlaridir.

Bu so‘z qardosh turkiy tillar, arab, fors, rus, ingliz, ispan, portugal tillarida turli shakllarda qo‘llanadi. Ba’zi tillarda shakli tamoman o‘zgarib ketgan.

Yevropa xalqlarida ko‘p uchraydigan Esmeralda ismi va o‘zimizning Zumrad, Zabarjad ismlarining o‘zagi bir.

Zumrad so‘zi o‘zbekchada oliy sifatli, och yashil tusli qimmatbaho toshni va uning rangini anglatadi, ayollarga ism qilib qo‘yiladi.

Iqlim – yetti iqlim kezgan so‘zBu so‘zning ildizi ham qadim yunon tiliga borib taqaladi. Asliyatda klima, klimatos shakliga va egish, engashtirish; mayl, moyillik ma’nosiga ega bo‘lgan ushbu so‘z arab tili orqali o‘zbekchaga o‘zlashgan. Tilimizda muayyan joyning o‘ziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoitini, dunyo qismini, mintaqani, ko‘chma ma’noda esa sharoitni anglatadi. Yetti iqlim iborasi esa qadimgi geograflar tasavvuridagi yerning yetti mintaqasidan har birini anglatadi.

Bu so‘z ko‘plab Yevropa tillariga lotin tili vositasida o‘tgan. U, masalan, inglizchada climate, ispanchada clima, nemischada klima, fransuzchada climat, ruschada klimat shakliga ega.

Kalish milliy kiyim emasSal g‘alatiroq eshitilishi mumkin, lekin kalish milliy kiyim emas. Ha, shunday. Bunga uning etimologiyasi ham guvohlik beradi. Kalish tilimizga rus tilidan kirgan. Ruslar uni kaloshi yoki galoshi deb ataydi. Ruschaga fransuz yoki nemis tilidan o‘tgan.

Kalish so‘zining etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Birinchi fikrga ko‘ra, u yunoncha kalopodion – yog‘och boshmoq so‘zidan; boshqa versiyaga ko‘ra, lotincha caliga – etik so‘zidan; uchinchi qarashga ko‘ra esa lotincha gallica – gall poyabzali so‘zidan kelib chiqqan.

O‘rganishlarimga ko‘ra, kalishlarning o‘lkamizdagi tarixi 100–150 yilni tashkil etadi. U Turkistonda XX asr boshlarida ommalasha boshlagan. Boshida uni xalq, ayniqsa, kosiblar yaxshi kutib olmagan. Kalish sovet davrida rus madaniyati belgisi sifatida targ‘ib ham qilingan.

Xo‘sh, kalish bizniki emas ekan, oldin ota-bobolarimiz kalish o‘rnida nima kiyishgan? Javob oddiy – kavush kiyishgan. Bugun kavush kiyish yoshi kattalar orasida yana ommalashib boryapti. Uni mahsi bilan ham, mahsisiz ham kiysa bo‘ladi.

Kamzul – el kezgan so‘z Kamzul so‘zi o‘zbekchada ust kiyimni anglatadi. Ilgari erkaklar kiyadigan yengi uzun libos va ayollar kiyadigan jelatkaga o‘xshash kalta, odatda yengsiz, yoqasiz ust kiyim shu nom bilan atalgan:

Cholning egnida kirlanib, moylanib yiltillagan qora kamzul. Oybek, “Tanlangan asarlar”.

Uzun paxtali kamzul kiyib, boshlariga katta ro‘molni beo‘xshov bog‘lab olgan ayollar bizni kutib olishdi. “Saodat”.

Kamzul o‘zimizning so‘zimizday tuyuladi-yu, lekin aslida ildizi qadimgi german tillariga borib taqaladi. Lotinchadan italyanchaga o‘tgan. So‘ng fransuz yoki nemis tili orqali ruschaga o‘zlashgan. Katta ehtimol bilan, o‘zbekchaga ruschadan kirib kelgan. Tizzagacha uzunlikdagi yengsiz erkaklar kiyimi franuz tilida camisole deyiladi. Bu so‘z nemis, latish, ukrain, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird kabi tillarda turli tovush o‘zgarishlari bilan qo‘llanadi.

Qaysar – aslida kishi nomiBa’zan kishilarning nomi so‘zlarga aylanib ketadi. Qaysar so‘zi ham shunday. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar nomidan – Caesar so‘zidan hosil bo‘lgan. Hukmdor nomi lotin tiliga turdosh ot sifatida o‘tgan. Undan arab tiliga o‘zlashgan va podshoh ma’nosida qo‘llangan. O‘zbek tilida ham Rum podshosi; podsho, hoqon ma’nolarida ishlatiladi. Biroq uning tutgan yerini kesadigan, o‘jar, asov kabi ma’nolari mashhurroq:

Tura qoling, endi juda payti, odam bunchalik qaysar bo‘lmaydi. Uzr so‘rang, uzr. N. Safarov, “Vodillik qahramon”.

Lekin faktlar qaysar narsa, uni xaspo‘shlab bo‘lmaydi. A. Eshonov, H. Umarov, “Odamlarni o‘ylab”.

Qandil: shamdan chiroqqaBu so‘zning ildizi lotincha candelashamga borib taqaladi. U yunon tiliga kandela shaklida o‘tgan va sham, shamchiroqni anglatgan. Arabchaga qandil shaklida o‘zlashgach, chiroq, chilchiroq, lyustra mazmuniga ega bo‘lgan.

Qandil o‘zbekchada bir necha sham yoki lampochka qo‘yiladigan oyoqli yoki osma chiroqni bildiradi:

Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osig‘liq. J. Sharipov, “Xorazm”.

Ba’zi Yevropa tillarida bu so‘z turli tovush o‘zgarishlari bilan uchraydi. Masalan, inglizchada candle so‘zi shamni anglatadi.

Nomus – qonunga bog‘liqNomus so‘zi aslan o‘zbekcha emasligini etimologiya mutaxassisi bilmasa, oddiy odam tasavvur qilishi amrimahol. Bu so‘z yunoncha nomosqonun so‘zidan hosil bo‘lgan. U arab tiliga o‘tgach, qonun; vijdon, diyonat; obro‘-e’tibor; iffat, bokiralik kabi ma’nolar kasb etgan. Taxminimcha, qonun-qoidalarga bo‘ysunuvchi, birovga zarar yetkazmaydigan, obro‘sini saqlaydigan, tartibli kishilar nomusli hisoblangan va ular uchun qonun ma’nosidagi so‘z tanlab olingan.

Nomus o‘zbek tilida oriyat, diyonat, uyat-andisha kabi ma’nolarda qo‘llanadi:

Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. Maqol.

Nomus! Nomus er kishini o‘ldiradi-ya! Shuhrat, “Shinelli yillar”.

Obuna – yozilish, imzo chekishIdeal holatda til chetdan olinayotgan so‘zni o‘ziga moslaydi. Shu sababli ko‘pincha bunday so‘zlar tilga singib ketadi. Obuna ham xuddi shunday so‘zlardan. Uning asli fransuzcha abonner – imzo chekmoq, imzolamoq; yozilmoq so‘ziga borib taqaladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan abonement va abonent so‘zlari obuna bilan o‘zakdosh. Biroq ular tilga moslashmagan va yevropacha qiyofasini saqlab qolgan.

Obuna o‘zbek tilida gazeta, jurnal va shu kabilarga oldindan haq to‘lab yozilishni anglatadi:

Bu yil yana “Hidoyat” jurnaliga obuna bo‘ldim.

Sandiq – sandiq to‘la tarixSandiq so‘zi o‘zbekchaga arab tilidan o‘zlashgan. Arab tiliga esa yunon tilidan o‘tgan. Yunoncha syndokeion so‘zi yog‘och qutini anglatadi. O‘rta asrlarda bunday yog‘och qutilar yaxlit g‘o‘ladan, katta hajmli yog‘ochdan o‘yib ishlangan. U stol, stul, karavot vazifalarini bajargan, ichida turli ro‘zg‘or buyumlari, kitoblar va qurollar saqlangan. Qirollar bir qasrdan boshqasiga ko‘chganda xazina temir qoplamali sandiqlarda tashilgan.

Kelinlar qadimda seplarini kuyovnikiga sandiqda olib borgan. Bu odat bugungacha saqlanib kelyapti.

Sandiq so‘zi turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida uchraydi. Bu so‘z turkiy tillardan rus va ukrain tillariga sunduk shaklida o‘tgan.

Hozirgi o‘zbek tilida sandiq turli buyumlarni, bisotlarni solib qo‘yishga mo‘ljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-ro‘zg‘or buyumini bildiradi:

Men keltirgan atlasni Yorim soldi sandiqqa. “Qo‘shiqlar”.

Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkalari

XIX asrda moda olamiga sumkalar urfga kirib keldi. Dizaynerlarning sumka yaratuvchanligi o’sishiga Louis Vuittonning birinchi haqiqiy nusxasini yaratganligi sabab bo’ldi. Ayollar sevgan eng yoqimli narsani yaratish bilan bir qatorda , pul topishning ajoyib usuli ham o’ylab to’pilgan edi. Aslida eng qimmat sumkaning bahosi qancha? Quyidagi reytingda siz narxlar bilan tanishasiz.

10. Carolyn Crocodile. Narxi – 30000 $.

Ushbu Mark Jeykobs tomonidan yaratilgan sumkaning qimmatbaho narxi va mashxurligi binafsharang timsoxning terisidan ishlanganiga ham bog’liq.

9. Fendi Selleria. Narxi – 38000$.

Fendi Sellerianing o’ziga xosligi shundaki , bu qimmatbaxo sumkaning materiali noyob hayvonlarning terilaridan yaratilganligidadir. Ushbu sumkaning ichi keng. Ko’p kerakli buyumlarni ichiga joylashtira oladi: xamyon, kalit, telefon, pardoz xaltasi va kerakli bo’lgan yana bir qancha buyumlar.

8. Gadino. Narxi – 38470$.

Bu ajoyib sumka Norvegiyalik dizaynerning ijod maxsullaridan biri hisoblanadi. Sumkaning baxosi uning ilgakidagi oq tilla va 39 ta oq brilliant toshlar jamlanmasi tufayli ham baland baholangan.

7. LV Tribute Patchwork. Narxi -42000$.

Ushbu qimmatbaho noodatiy sumka o’z ko’rinishida ko’p kichik sumkachalarni aks ettirgan. Uning narxi 42000 $ deb baholangan. Siz bundan tashqari yana huddi shu sumkani boshqacha joylashuvdagi ko’rinishini uchratishingiz ham mumkin.

6. Leiber Precious Rose Bag – 92000$.

Agar siz olmos ilgakli, pushti sapfir va turmalin bilan bezatilgan mukammal gul ko’rinishidagi sumkani payqadingizmi, bilingki bu shubxasiz “Qimmatbaxo gul” sumkasidir. Ushbu takrorlanmas jozibaga ega sumka faqatgina yagona nusxada.

5.Hermes Matte Crocodile Birkin – 120000$.

Ushbu durdona yaratilishida ilhomlantiruvchi Djeyn Birkin bo’lib, uning nomi sharafiga shu nom berilgan. Uning ilgaklarida 10 karatli brilliant yarqirab, ko’zni yashnatib turadi. Asosiy material bu timsohning terisi va u narxga salmoqli tasir ko’rsatgan. Siz ushbu firmaning sumkasini taxminan 5000 dollardan yuqorisiga sotib olishingiz mumkin.

4. Urban Satchel Louis Vuittondan. Narxi – 150000$.

“Shaxarbop sumka” ni Louis Vuitton aslida eski tuski narsalardan vujudga keltirgan. Biroq ko’rib turganimizdek u dunyodagi eng qimmat yukxaltalardan biri.

3. Lana Marks Kleopatra Bag. Narxi- 250000$.

Bir yilda faqatgina bir dona Kleopatra sumkasi yaratiladi. Lekin bu juda ajoyib! Modelning asosini kumush, metall, timsoh terisi tashkil qiladi. Tutqichi 1500 ta oq va qora brilliantlar hamda oq tilla bilan qoplangan. Aytishlariga qaraganda Lana Marks bir yil mobaynida faqatgina bitta insonga qizil yo’lakchada o’zi yaratgan brilliant durdona bilan paydo bo’lishga ruxsat beradi.

2007- yilda Akademiya mukofotini olish uchun yo’lakchada sumkacha bilan paydo bo’lishga Xelen Mirren 250 ming dollar to’lagan ekan.

2. Diamond Forever – 261000$.

Diamond Forever sumkasida 300 tadan ko’p brilliant tosh jilolanib turadi. Oppoq tilla esa sumka tutqichini qoplagan. Dunyoga 13 ta Diamond Forever taqdim etilgan, lekin shunga qaramay uning uchdan biri AQSh da.

1.Hermes Birkin – 1900000$.

Dunyo miqyosidagi eng qimmatbaho sumka. Platina va ikki mingta brilliant mana shu sumkaning asosidir. Sumkaning bahosi 1900000 $ ga yaqin. Uning jozibadorligi universalligidadir. Olmosli kamarini brilliant taqinchoq o’rnida ishlatsa ham bo’ladi. 8 karadli noksimon shakldagi olmosi ham huddi shunday vazifani o’tay oladi.

Ayollar Uchun Kamzul-Bezrukavka Kapyushonli D89677 Robin 85794

Mustaqil olib ketish bepul.
Viloyatlarda topshirish punktigacha 25 000 so’mdan boshlab.
Viloyatlarda uygacha 45 000 so’mdan boshlab.
Toshkent shahrida uygacha yetkazib berish 25 000 so’m (3 ta do’kongacha).
Sovg’a sifatida yetkazib berish (Yashirin yetkazib berish).
3 dan ortiq do’konlar uchun yetkazib berish xizmat narxi oshadi.

Kiyib ko‘rish vaqti 15 daqiqani tashkil qiladi.
Ichki kiyim oldindan to‘lov bo‘yicha jo‘natiladi va qaytarib olinmaydi.

Yosh toifasi:
Ayollar uchun
Kategoriya:
Pidjak, jaket va bleyzerlar
Bahor, Yoz, Kuz
D89677|Бежевый

Стилисты рекомендуют каждой женщине иметь в своем гардеробе веерное платье. Что же ждет прекрасных модниц сегодня? Огромное количество фасонов и цветов, среди которых каждая найдет вечернее платье своей мечты. Трудно перечислить все фасоны и цвета вечерних платьев, можно образно сказать, что, сколько женщин, столько и видов платьев. Поэтому нужно просто искать свой идеальный вечерний наряд и покорять с ним сердца окружающих. В нашем магазине вы найдете все модели для создание своего стиля. Для этого выберите подходящий вам товар и нажмите купить все товары у нас на складе в наличии в Ташкенте производство Турция.

Sharhlar xaridorlar xaridlarni amalga oshirganlaridan so‘ng qo‘shiladi

Mahsulot Rangi O’lchami Mavjud
Ayollar Uchun Kamzul-Bezrukavka Kapyushonli D89677 Robin бежевый 36
Ayollar Uchun Kamzul-Bezrukavka Kapyushonli D89677 Robin бежевый 40

O’xshash mahsulotlar
O’lchami: 46
148 000 so’m 295 000so’m
O’lchami: M, L, S
300 000 so’m 370 000so’m
O’lchami: M, L, S
240 000 so’m 300 000so’m
O’lchami: L, XL, S, M
210 000 so’m 350 000so’m
70 000 сум x3
280 000 so’m 450 000so’m
93 333 сум x3
280 000 so’m 450 000so’m
93 333 сум x3
243 500 so’m 420 000so’m
81 167 сум x3
O’lchami: 38, 44
180 000 so’m 360 000so’m
125 000 so’m 250 000so’m
125 000 so’m 250 000so’m

Bizning kompaniyamiz

Sizning akkaunt

  • Kirish
  • Ro’yxatdan o’ting
  • Sayt bilan ishlash sharoitlari

Bog’lanish uchun ma’lumot

  • allso.uz
  • O’zbekiston, Toshkent
  • +(998) 55 502-8558
  • info@allso.uz