Press "Enter" to skip to content

Ayollar oyoq kiyimi

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki o`rta maxsus ta’lim jarayonida shunday o`qitish metodlarini tadbiq etish joizki, ular oxir – oqibatda o`quvchilarni mustaqil o`qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o`rgatsin, o`quvchilarni o`ziga xos fikrlashga yo`llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o`qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o`z faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko`nikmalarini shakllantirsin.

TO`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy kiyimlarini tikish asoslari

tikish asoslari. Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari va to`garak rahbarlari uchun uslubiy ko`rsatma. – Samarqand, 2016. 24 bet.

Taqrizchilar: A.Abdumannotov – Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi dotsenti

Z.Pardayev – Amaliy fanlar va maktabdan tashqari

ta’lim kafedrasi assistenti

Ushbu uslubiy ko`rsatmada yuqori sinflarda mehnat ta’limi fanidan mashg`ulotlarni tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo`lgan ma’lumotlar keltirilgan. Undan umumiy o`rta ta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari va “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`garak rahbarlari foydalanishlari mumkin.

Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2016-yil ____ dekabrda bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ____ qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan.

Ta’lim sifatini oshirishga kuchli ta’sir qila oladigan didaktik vositalar, masofadan o`qitish dasturlari, qurilmalar, elektron pochta, elektron kutubxonalar, masofadan o`qitish dasturlari, animatsion, ya’ni tasvir va tovushni o`zida mujassamlashtirgan ko`rgazmali qurollar barchasi aynan kompyuter texnikasiga va amaliy mashg’ulotlarni to`gri tashkil etishga asoslanadi.

Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini ham bevosita qamrab olgan. Zero, birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki o`rta maxsus ta’lim jarayonida shunday o`qitish metodlarini tadbiq etish joizki, ular oxir – oqibatda o`quvchilarni mustaqil o`qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o`rgatsin, o`quvchilarni o`ziga xos fikrlashga yo`llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o`qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o`z faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko`nikmalarini shakllantirsin.

Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida aynan shuni e’tiborga olishimiz kerakki, bolalarni kasbga qiziqtirish o`rta maxsus ta’lim jarayonidan boshlanishi lozim. Shuni hisobga olib умумta’lim maktablarida mehnat ta’limi darsalarida o`quvchilarni kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish lozim.

To`garak mashg’ulotlarida zamonaviy milliy ko`ylak modellari

Zamonaviy moda yo`nalishi milliy ko`ylaklarimizda ham o`z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko`ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari va yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki, milliy ko`ylak asosan koketka, qop va yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko`ylak to`g’ri siluetli, koketka chizig’i bo`ylab burmali bo`ladi. Old bo`lagida koketka bo`laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. An’anaviy milliy ko`ylak yoqali va yoqasiz bo`ladi. Yoqali bo`lsa yoqa o`mizi bo`ylab o`tkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog`lanadigan (galstuksimon) bo`lishi mumkin. Yenglari o`tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo`lak bilan yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba hakozo bo`lishi mumkin.

Hozirgi kunda milliy ko`ylak bichimlarida juda katta o`zgarishlar ro`y bergan. Masalan: etak qismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko`ylaklar. Bunday qopli ko`ylak yengi ham konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko`ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to`lqinsimon shaklga ega bo`ladi.

Milliy ko`ylak bichimlari bir xil bo`lsa-da, uning yoqa o`mizlari turlicha o`yilishi mumkin. 2,3- rasmlarda to`g’ri bichimli milliy ko`ylakni turlicha yoqa o`mizli koketka turlari tasvirlangan. 4,5,6,7 – rasmlarda esa yoqa o`mizi va koketka tashqi shakli turlicha bo`lgan milliy ko`ylak modellari namunalari ko`rsatilgan.

1 – rasm. Ayollar milliy ko`ylagining model turlari

Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar va munchoq (biser) lar bilan bezab tikish mumkin.

Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo`lishi mumkin. Quyida turli bichimdagi va shakldagi zamonaviy milliy ko`ylak namunalarini tavsifini keltiramiz.

2- rasm. Munchoqlar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari

.
3 rasm. Bufflar va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari.

4-rasm. Kashta choklar bilan bezatilganmilliy ko`ylak modellari

5-rasm. Kashta va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari
2, 3- rasmlarda milliy ko`ylak koketkalarining turli tuman ko`rinishdagi yoqa o`mizlari va bichimlari tavsiya etilgan. Bu turli ko`rinishdagi koketkalarni kishi gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart. Ko`pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar har doim go`zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo`lgan kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi.

Agar gazlama elastik, cho`ziluvchan bo`lsa koketka o`tkir burchakli bo`lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko`rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o`rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo`lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.

2- rasmlarda biserlar (munchoqlar) bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari ko`rsatilgan bo`lib, bu modellar bichimi yuzasidan bir biriga o`xshasada, bezak ko`rinishlari, yoqa o`mizlari o`yiqlarining turli tumanligi bilan farq qiladi. Ushbu modellarimizni yosh kelinlarimizga, o`rta yoshli ayollarimizga tavsiya qilamiz.

4, 5- rasmda esa koketkalari turli bichimda bo`lgan, buf va vafli choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari berilgan. Bu modellar asosan yosh qizlarimiz, yosh kelinlarimizga mos keladi. Ularni shifon, krepdishin, shoyi kabi gazlamalardan tikish mumkin. Bezak buflarni munchoqlar bilan xam bezash mumkin. Agar ko`ylak kundalikda kiyiladigan bo`lsa, bezak toshlarni kamroq ishlatgan ma’qul.

Hozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylaklarimiz yana urf bo`lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko`ylaklarni juda ko`p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to`ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko`rkam va jozibador ko`rinishga ega bo`ladi. 5-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari berilgan.

Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, tesmalar, ryushlar bilan ham bezab tikish mumkin. 5-rasmda quyma burmali ko`ylak namunalari keltirilgan.

Quyma burmali ko`ylaklarni ko`pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga tavsiya qilinadi. Yoshi katta, to`la gavdali ayollarimiz esa burmali ko`ylaklarni kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo`rttirib ko`rsatadi.

Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo`lishi mumkin. Undan tashqari hozirgi kunda ko`ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini do`konlarimizda ko`plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o`ylaymiz.

Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan xotin qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko`ylak uchun bichim va bezak tanlashda modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o`ylaymiz. Ana shundagina tanlagan kiyimi o`ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa, zamonaviy kiyim elementlarini joyida qo`yib ishlatishlari kerak.
To`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy ko`ylaklariga kashta choklari bilan bezak berish

Kiyimlar qadim qadimdan kashta choklari bilan bezab kelinadi, Lekin kashta chok bilan bezak berishda har doim ham kiyim tashqi ko`rinishiga zeb bermaydi. Chunki kiyimga kashta chok solishda uni texnologiyalariga, rang tasvir qoidalariga, kishi salohiyatiga e’tibor berish lozim bo`ladi. Ayrim tikuvchilar bu kashta hozir modaga kirgan deb barcha kiyimlarga ham uni tikaveradi. Kiyimni tashqi ko`rinishini ochgan bilan kiyimni kim kiyganiga qarab kashta chok bezagini tanlash zarur hisoblanadi. Kiyimga kashta chok solishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

– kiyimga kashta chok bilan bezak berishda kashta gullarini kiyim gazlamasi gullariga moslash, gazlama gullarini bug’masdan uni yanada yorqinroq, chiroyliroq qilib ko`rsatadigan gul elementlarini tanlash;

– kashta gullarini rangini tanlashda gazlama gullarini ranglaridan birini tanlash yoki gazlama gullarini ochadigan ranglarni tanlash lozim;

– agar gazlama gulsiz sidirg’a rang bo`lsa kashta gullarini rangini gazlama rangini ochadigan, yoshi katta kishilar uchun bo`lsa sal siporoq rangni tanlash lozim;

– kashta ornamentini kiyimni qayerda kiyilishiga qarab tanlash lozim, masalan, kiyim to`ylarga mo`ljallangan bo`lsa kashta ornamentlari to`laroq bo`lishi kerak, agar kiyim odatiy kiyiladigan bo`lsa gullari siyrakroq bo`lishi lozim. Quyida kashtalar bilan bezatilgan ko`ylak namunalarini keltiramiz;

– kiyimga kashta chok bezagini tanlashda kishining yoshi, tashqi ko`rinishi, kiyimni qayerda kiyishi, kim kiyishiga e’tiborni qaratish lozim. Yoshi katta kishilarga mo`ljallansa sal rangsizroq, oddiroq kashtalarni tanlash kerak. Yoshlarga, kelinlarga kiyim tikishda kashta gullari yorqinroq, rang-barang bo`lishini ko`zda tutuish lozim.

– milliy iftixorimiz bo`lmish atlash gazlamadan tikiladigan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berish yanada e’tiborliroq bo`lishlikni talab etadi. Chunki bilasizki atlasda kamalak ranglarini barchasi mujassam bo`lim. Noto`g’ri rang va kashta ornamenti tanlansa atlasni tashqi ko`rinishiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.

– atlasdan tikilgan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berishda yaltiroqligi kam bo`lgan iplarni tanlash maqsadga muvofiqdir.

7-rasm. Kashta chok bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari
Ayollar milliy ko`ylaklarda bezakli to`rlarni tikish texnologiyasi

Milliy ko`ylaklarimizga moda yo`nalishiga qarab turli to`rlar va tayyor kiyim elementlari bilan bezash hozirda urf bo`lgan. Lekin barcha kiyimlar kabi milliy ko`ylaklarga ham to`rlar va kiyim bezaklarini tikishda ularda foydalanish qoidalariga rioya qilish bilan birga ularni kiyim uchun tanlay olish ham kerak bo`ladi. Kiyimga kiyim bezaklarini chiroyli tikkan bilan uni kiyimga estetik did bilan tanlanmasa u kiyimni chiroyini ochish o`rniga uni sifatini tushirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda quyida kiyim bezakalaridan foydalanishni ayrim usullarini tahlil qilamiz.

– Kiyim bezaklari (to`rlar, tasmalar, burmalar, mag’izlar) ni tanlashda avvalo kiyim tikiladigan gazlama xususiyatini e’tiborga olish lozim. Chunki gazlama tabiiy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham shunga xos bo`lishi lozim. Kiyim gazlamasi sun’iy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham sun’iy tolali bo`lishi kerak. Kiyim gazlamasi kirishuvchan bo`lganda kiyimga bezakni o`rnatib tikishda bu xususiyatni esda saqlagan holda tikishi lozim, aks holda kiyim yuvilgandan so`ng kiyim bezagini qayta so`kib tikishga to`g’ri keladi.

– Kiyimga to`r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi tishqi reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo`lishligini ta’minlash lozim. Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to`r ulashda kiyim detaliga chim aslo tushmasligi kerak, aks holda kiyim detalini o`sha joyi burishib chiroyli chiqmasligi mumkin.

– Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga o`rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldin unga namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o`miziga tikilsa, ya’ni botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga bo`ilinib ochiq qirqim tomoni cho`zilib, yopiq qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki qirqimiga, yeng uchiga, cho`ntaklarga va h.k. tasma ikkiga bukilib yopiq qirqim tomoni cho`zilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so`ng o`rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.

Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim

Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chunki katta yoshli kishilarga aksariyat hollarda burmali kiyimlarni havola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko`rsatadi. Ularni yoshida burmasiz, burmali bo`lgan holda ham sezilarsiz bo`lishi lozim.

8-rasm. Burma va tasma bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari.
Ayollar milliy ko`ylaklariga turli applikatsiyalar bilan ishlov berish yo`llari
Hozirda bozorlarimizda kashta choklarga moslab ishlab chiqarilgan yopishtiriladigan, tikiladigan, yelim bilan yopishtiriladigan applikatsiyalarni ko`plab uchratish mumkin. Bu applikatsiyalardan ham to`gri foydalanilmasa kiyim sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bilamizki, kashta tikish murakkab jarayon bo`lib, hamma tikuvchilar ham uni uddalay olmaydir. Shuning uchun, ko`pincha tayyor kashtali applikatsiyalardan foydalanadilar. Applikatsiyalar kiyimga chiroyli ko`rinish berish bilan birga ayrim kamchiliklarni yopishi, ayrim choklarni ko`rsatmasligi, kiyimga bezak berishi maqsadida ishlatiladi. Applikatsiyalarni tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

Birinchidan , gazlama rangi va gullarini e’tiborga olish lozim;

Ikkinchidan, gazlama xususiyatiga mos tushishi kerak;

Uchinchidan, gazlama narxiga, tashqi bezaklariga mos bo`lishi kerak;

To`rtinchidan, kiyim egasini tashqi ko`rinishi, yoshi va kiyimni kiyish joyiga qarab tanlash kerak.

Ayrim hollarda oq rangli gazlamalarga yosh xotin-qizlar uchun qora, qizil, ko`k, yashil rangli applikatsiyalarni tanlash mumkin ayrim hollarda esa gazlamadagi ranglardan eng ko`p uchraydigan rangiga qarab tanlanadi.

O`zbek milliy ko`ylaklarni tikishda zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal foydalanish

Yuqorida aytganimizdek, hozirda bozorlarimizda xotin-qizlar kiyimlarini tikish uchun tirli-tuman gazlamalar bilan bir qatorda kiyim tikishda ishlatiladigan, kiyim tikish samaradorligini, sifatini oshirishda qo`llaniladigan kiyim elementlarini uchratish mumkin. Lekin bu elementlardan to`gri foydalanishni barcha tikuvchilar ham uddalay olishayapdi deb ayta olmaymiz. Demak, shundan foydalansam kiyim sifatli chiqadi, kiyim egasi sifatli elementlardan foydalanib tikibdi degan ko`r-ko`rona qarashlar uchrab turadi. Shuning uchun, quyida zamonaviy kiyim elementlaridan foydalanish texnologiyalari, ulardan foydalanishni optimal yo`llari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.

To`garak mashg’ulotlarida yelimsimon noto`qima tasmalardan foydalanish

Hozirda do`konlarda yelimsimon, o`rgimchak uyasiga o`xshash rulonli tasmalar ko`p uchraydi. Ularni qayerlarda qo`llash mumkin? Ushbu yelimsimon tasmalarni ayniqsa elastikli gazlamalardan kiyim tikishda kiyim etagini qayirib tikishda, yeng uchini qayirib tikishda mashina chok o`rnida ishlatish mumkin. Agar mashinada qayirib tikilganda kiyim o`ngida chok o`rni qo`pol ko`rinishi mumkin. Yelimli tasma bilan yopishtirib bukilganda chok borligi bilinmaydi. Yeng yoki etak uchlari tekis bukilib, kiyim cho`zilganda ham chok sitilib yoki so`kilib ketmaydi.

Undan tashqari yelimli tasmalardan milliy ko`ylak old va ort bo`lak koketkalariga avra va astar detallarini qo`lda ko`klash jarayonini yengillatish maqsadida ham qo`llash mumkin.

Yelimsimon noto`qima tasmalardan foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

Tasma ikki detalni o`rtasiga qo`yilib sal namlanadi va dazmol mato ustidan dazmollanadi. Dazmollash jarayonida dazmol harakatda bo`lmasdan toki namlik ketgunga qadar ushlab turiladi, undan so`ng boshqa qismlar dazmollab yopishtiriladi. Agar dazmolni harakatlantirib dazmollansa tasma surilib ayrim joylaridan qochishi mumkin, yoki yelimsimon tasma uzilib o`sha joy yopishtirilmay qolishi mumkin.

9-rasm. Yelimli noto`qima tasma bilan kiyim etagi va yeng uchiga ishlov berish.

Lekin yelimsimon tasmadan xohlagan joylarda foydalanib bo`lmaydi. Masalan, paxta tolali gazlamadan tikilgan milliy ko`ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma chokli baxya bilan qayirib tikilishi lozim.

Mehnat ta’limi darslarida yelimli flezilindan foydalanish

Ayrim milliy ko`ylaklar juda yumshoq, elastik xususiyatli gazlamalardan tikiladi. Milliy ko`ylaklarni koketkalari tik tursa gavdada chiroyli turadi. Shuning uchun, yumshoq gazlamadan kiyim tikishda koketka astariga qo`shimcha material yopishtiriladi yoki qattiq astar tanlanadi. Yumshoq gazlamalardan tikilganda yelimli flezilindan koketka astariga bir qavat yopishtisish lozim. Flezilin gazlama xususiyati bilan uyg’unlashib ketadi.

Yelimli flezilindan foydalanishda ham ayrim texnologiyalarga e’tibor berish lozim. Flezilinni gazlamaga yopishtirish jarayonida dazmol yuzasini dazmolmato ustida harakatlantirmasdan kerakli joylarda ko`tarib o`tqazish lozim. Chunki flezilish issiqlik ta’sirida yumshaydi, yelimi eriydi, agar dazmol gazlama ustidan surib yangi joyga o`tkazilsa yopishtirilgan yuza dazmol bilan birga suriladi. Shuning uchun yelimlangandan so`ng dazmolni surib o`tqazish mumkin emas.

Yelimli flezilin yoki yelimli tasma ishlatilganda dazmol albatta dazmolmato yoki maxsus qog’oz yordamida dazmollanishi shart. Aks holda dazmolni yuzasiga yelim yopishib qolib dazmollash jarayoni qiyinlashadi.

Amaliy darslarda tukli matolardan kiyim tikishni o`ziga xos xususiyatlari

Tukli gazlamalardan kiyim tikishda ham ayrim qonuniyatlarga e’tiborni qaratish lozim. Tukli matolardan kiyim tikish oddiy matolardan kiyim tikishdan tubdan farq qiladi. Tukli matolar bilan ishlashda e’tiborliroq bo`lish lozim. Ayrim tukli matolar dazmollash jaroyonida tuki bosilib o`sha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan kiyim tikishda, ayniqsa, dazmollash jarayonida mayda-mayda temir tishli tasmalardan foydalanish lozim. Kiyim pastki tomoniga tishli tasma qo`yiladi va dazmollanadiigan qirqim ehtiyotlik bilan amalga oshiriladi. Tukli matoni tuklari tishli tasma orasiga kirib, qayrilmaydi, dazmollash jarayoni tugaganda gazlamani tuklari avvalgi holatini saqlaydi. Shunday hollarda ham matoni tuki yaltirab qolsa, qirqim cho`zib tikiladi va qattiq qoqib qirqim dazmollanmasligi kerak bo`ladi.

Tukli gazlamalardan kiyim tikishda tikiladigan qirqim chamalab ilgaklar yordamida har joydan ildirib qo`yiladi, undan so`ng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak ildirmasdan tikilsa gazlama tuklari surilib qirqim tomonlari uzun-kalta bo`lib qolishi mumkin. Oldinlari bunday gazlamalarni avval qo`lda ko`klab keyin tikib chiqilardi. Hozir esa tayyor bir tomoni to`mtoqlangan ilgaklarni bozorlarda ko`plab uchratish mumkin.

Tukli gazlamalar ko`pincha sitiluvchan bo`ladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda qirqimlari yo`rmalanishi lozim.

Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Tukli gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan ancha ko`proq gazlama sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi.

Ayollar milliy ko`ylaklari uchun bezak elementlarini tanlash

Bezak elementlari juda xilma xil bo`lib ularni tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • gazlama xususiyatlariga;
  • gazlama rangi va gullariga;
  • gazlama narxiga va gazlama bezaklariga;
  • kiyim turiga;
  • kiyim kiyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi ko`rinishiga;
  • kiyim fasoniga.

Agar kiyim kechalik kiyim bo`lsa va gazlama qimmat narxli bo`lsa unda gazlamaga xos bezaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama bezaklari (toshlari, ko`zchalari, tesmalari) turiga qarab bezak gazlama tanlash lozim. Ayrim hollarda gazlamani o`zi bezaklarga boy bo`lsa gazlama bezaklarini qirqim joylardagi bezaklari ehtiyotlik bilan so`kilib uni kerakli joylarga o`rnatish mumkin. Ayrim boy bezakli gazlamlarga ortiqcha bezak berilsa kiyim bachkanalashib ketadi. Bunday hollarda bu kiyim kechaklarda kiyim bezak elementlari qo`llanilmaydi.

Milliy kiyimlarga toshli bezaklar tanlashda toshni rangi ham gazlama rangi yoki gazlama gullari ko`p takrorlanadigan rangiga mos ravishda tanlanadi. Aks holda kiyimga bezak ko`rk berish o`rniga uni sifatini buzadi.

Demak, kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini to`g’ri tanlanmasa, tanlangan elementlardan to`g’ri foydalanilmasa kiyim sifatli chiqmaydi. Shuning uchun, biz yuqorida bergan tavsiyalarga amal qilinsa kiyim sifatiga kafolat berish mumkin bo`ladi.

O`zbek kiyimlari tarixini o`rgatish jarayonida o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzviy bog`liq bo`lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o`ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi.

Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo`layotgan o`zgarishlar bilan barobar kiyim shakllari ham o`zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go`zallik to`g`risidagi ideallari, xo`jalik yuritishning o`ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko`zga yaqqol tashlanadi.

O`zbek milliy kiyimining ko`p asrli boy tarixi bo r? Unda xalqimizning o`tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko`zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy urf-odatlar, ayniqsa, ayollar kiyimida yaqqol seziladi. Kiyimning shakli, bichimi, ranglari va bezaklariga ko`ra ayolning qaysi viloyatdan ekanligi, ijtimoiy mavqei, yoshi, oilaviy ahvoli to`g`risida bilib olish mumkin bo`lgan.

O`zbek ayollari kiyimi ko`ylak, lozim, mursak, to`n, peshmat, kamzul va nimchalardan va ko`chalik kiyim – paranji-chachvondan iborat bo`lgan. Bosh kiyimlari – turli usulda o`raladigan ro`mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kavush bo`lgan.

Ko`ylaklar – to`g`ri bichimli, keng va uzun, deyarli yerga tegib turadigan, etagi biroz kengaygan, yenglari to`g`ri va uzun bo`lgan. Ayollar ko`ylaklarining turlaridan biri «oldi ochiq ko`ylak» bo`lib, oldi qismida belgacha to`g`ri qirqimi bo`lgan. Ko`ylaklarning oldidagi tik kesimlar maxsus to`qilgan yoki gazlamadan ishlangan bog`ichlar bilan bog`langan. Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan meros bo`lib, ular o`g`illari Hasan va Husaynlar halok bo`lishganida, ularning kiyimlaridan tasma shaklida bo`laklar yirtib olib, ko`ylaklariga bog`ich qilib olgan ekanlar.

Qizlar va yosh bolalar yoqa o`mizi ko`ndalang – yelkadan yelkagacha qirqimli ko`ylak kiyishgan. Bu ko`ylaklar «kipti», «kiptakli ko`ylak» deb atalgan (fors. Kift – yelka). Bunday ko`ylak «mullacha ko`ylak» deb ham atalgan, chunki uni ko`pincha mullalar, eshonlar, madrasa talabalari ham kiyishgan.

Qadimgi to`g`ri bichimli ko`ylaklar yengining tagiga boshqa rangdagi gazlamadan to`rtburchak shaklida «hishtak»lar tikilgan. Ba’zan boshqa rangdagi hishtaklar bolalar ko`ylaklariga ham tikilgan, bu uzoq kutilgan, «tilab olingan» farzand ma’nosini bildirgan. Qadimda yosh ayollar va kichkina bolalar ko`ylaklarining etaklari bostirilmaganligi kabi yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan.

O`zbeklarda qizlarning ko`ylagi nikoh o`qilgandan so`ng, ota-onasi uyida ayollar ko`ylagiga almashtirilgan. Kuyovning uyiga kelinni yoqa o`mizi tik kesimli ko`ylakda olib borishgan. XIX – asrning 80-chi yillarida tik yoqali (no`g`ay yoqa) ko`ylaklar paydo bo`la boshlagan. Ba’zan bu yoqalarni «it yoqa» deb ham atashgan (itlarning bo`yinbog`iga o`xshatilgan).

1900-chi yillarga kelib Toshkent ayollari orasida oldi koketkali, ko`krak qismi burmalangan, «shapang yoqa» deb atalgan qaytarma yoqali «ko`krakburma ko`ylak»lar keng tarqalgan. Keksa avlod bu urfga yanada ko`proq norozi bo`lgan. Shunga qaramay, «ko`krakburma ko`ylak»lar asta-sekin ommaviy ravishda qabul qilina boshlagan va an’anaviy to`g`ri bichimli, tik yoqali ko`ylaklar qatorida o`zbek milliy ko`ylagi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan.

Ustki kiyimning qadimiy turlaridan peshvon, mursak, to`n, keyinchalik peshmat, kamzul va nimchalar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo`q bo`lib ketgan qadimiy turlaridan biri peshvondir. Aytishlaricha peshvon ham mursakka o`xshab ketadigan ustki kiyim turi bo`lgan, faqat uning yoqasi ham bo`lib, yenglari nisbatan uzunroq bo`lgan va mursakdan farqli o`laroq, uning ziylariga jiyak tikilmagan. Tadqiqotlarga ko`ra, peshvon kelinlar yopinchig`ich sifatida ishlatilgan (tojikcha peshband – yuzini to`suvchi yoki peshvon yuzini asrovchi ma’nolarini anglatgan so`zlardan kelib chiqqan bo`lsa kerak). XIX asrning boshlarida oddiy chopon yoki mursak ko`rinishida bo`lgan peshvon, asr o`rtalariga kelib ro`mol shaklini olgan.

XIX asrning 70-90 chi yillarida mursak ayollar ustki kiyimining asosiy turi hisoblangan. Har bir kelinning sepida 2-10 tadan, ba’zan 18 tagacha mursaklar bo`lgan: kundalik, kishilik, uyichilik va h.k. Mursak XIX asrda va XX asrning boshlarida unashtirish marosimida kelinga yuborilishi lozim bo`lgan kiyimlardan biri edi. Ota-onalar qizlarini birinchi bor uylariga chaqirganlarida («challar» marosimida) mursak kiygizishgan. Nikoh marosimida kelinga kiygizilgan mursak to`ydan keyin kelinning onasiga sovg`a qilingan. XX asrning ikkinchi o`n yilligiga kelib, mursaklar ramziy bir ma’noda qolgan, amalda uning o`rniga kamzul ishlatilgan. Faqat kelinni kuyovning uyiga olib kelingandagina, unga mursak kiydirilgan va keyinchalik uni yangalarga berilgan. XX asrda mursak kiyim sifatida o`z ma’nosini butunlay yo`qotgan va faqatgina dafn marosimlaridagina qo`llanilgan. Ayollarning asosiy ustki kiyimi «paranji» hisoblangan va XX asrning boshlarida ham kiyilgan. Paranjini ayollar ko`chaga chiqqanlarida boshlariga yopib chiqishgan. Paranji bilan birgalikda ayollar yuzlariga «chachvon» tutishgan (fors. chashmband ko`z uchun bog`ich, ko`zni to`suvchi (balki ko`zdan to`suvchi), ba’zi viloyatlarda «chimbat» deb ham atalgan. Paranji so`zi «faroji» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, kiyim ma’nosini bildiradi. Paranji to`n ko`rinishida bo`lib, boshga yopilib, gavdani yashirib turish uchun xizmat qilgan, yenglari o`z amaliy vazifasini yo`qotgani sababli ort tomonda bir-biriga chatib qo`yilgan. Bora-bora yenglar ingichka va uzun shaklga kirib, soxta yeng – «bandak» deb atalgan. Paranji yopinish barcha yoshdagi ayollar uchun majburiy bo`lib, qiz bolalar 9 yoshdan boshlab paranji yopinishni boshlaganlar. Chachvonlar qora otning yolidan to`qilgan va chetlariga qora rangli matodan mag`iz tikib chiqilgan. Yaxshi tutilsa, bitta chachvon umr oxirigacha yetgan.

Ayollar bosh kiyimi – ro`mol hisoblangan. XX asrga kelib qiz bolalar va kelinchaklar do`ppi kiya boshlaganlar. Ungacha do`ppini faqat erkaklar va yosh bolalar kiyishgan. XX asr boshlarida do`ppi kiygan ayollarga salbiy munosabat bildirilib, aybga buyurishgan va ularni «satang» deb atashgan. Urf-odat bo`yicha ayollar do`ppini umrlarida bir marotaba – go`shangaga kirganda kiyishgan, bunda kuyov o`z do`ppisini yechib kelinning boshiga kiygazgan, kelin esa uning o`rniga yangi do`ppi sovg`a qilgan. 20-chi yillarga kelib do`ppilar keng urf bo`lgan, ularga munosabat ham o`zgargan.

Bugungi kunga kelib, albatta, ayollar ko`ylagi juda o`zgarib ketgan bo`lsa ham, shakli va bichimi saqlanib qolgan bo`lib turmushda ishlatilib kelmoqda. Ayollarning an’anaviy milliy ko`ylagi milliy mansublik simvoli bo`lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to`g`ri keladigan ratsional shakllar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko`ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o`lkamiz tabiatiga monand tushgan bo`lib, shaklining kengligi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi.

Milliy liboslar tarixini o`rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog`liq bo`lgan an’analar, urf-odatlar va rasm-rusumlarni o`rganish talabalarning qiziqishlarini oshiradi va ularni xalqning madaniy merosini chuqurroq o`rganishga undaydi. O`zbek liboslarining turmushda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini talabalarga singdirishdan maqsad – yoshlarga milliy o`zligini anglatish, xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirish ba davomiyligini anglatishdan iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o`ynaydi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda maktab o`qituvchilari va o`quvchilari uchun, zamonaviy o`quv uslubiy ko`rsatmalarni ishlab chiqish, o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash muhim vazifalardan hisoblanadi.

– maktab o`quvchilariga amaliy darslarda mavzuni modulli o`qitishda o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, o`qitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil o`qish imkoniyatlarini to`la-to`kis yartib berilishi;

– maktab yuqori sinf o`quvchilarini o`qitishda “To`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy kiyimlarini tikish asoslari” mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o`qitishdan va faol usullardan foydalanib o`qitilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. “Mehnat ta’limi” fani bo`yicha guruhlarda “a‘lo”, “yaxshi” va “qoniqarli” bahoga o`zlashtirilishi kuzatiladi, hamma o`quvchlar mavzyni “a‘lo” va “yaxshi” baholarga o`zlashtirishlari uchun o`qituvchi amaliy mashg’ulotlarda ham mashg’ulotlarni modulli o`qitishda va faol usullarni qo`llasa ta’lim samaradorligi yanada oshadi. Bundan tashqari, o`quvchilarni qiziqtirish uchun interfaol o`yinlardan foydalanib o`qitilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Т.: Ma’naviyat, 2008.

2. Komilova X.X., Hamroyeva N.K. tikuv buyumlarini konstruksiyalash. Toshkent.

3. Xasanboyeva G.K., Karimova O.I. Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini

tayyorlash., Toshkent. “O`qituvchi. 1990.

4. Toshpo`latov S.Sh., Komilova X.X., va boshq. Tikuv buyumlarini loyihalash.,

Toshkent. “Voris – nashriyot”. 2007.

5. Jabborova M. “Tikuvchilik texnologiyasi” T.: “O`qituvchi”, 1994

JURAYEVA ZULAYXO ISLOMOVNA

TO`GARAK MASHG’ULOTLARIDA AYOLLAR MILLIY KIYIMLARINI TIKISH ASOSLARI
(Umumta’lim maktablarining mehnatta’limi fani o`qituvchilari va to`garak rahbarlari uchun uslubiy ko`rsatma)

Terishga berildi: .12.2016 y.

Bosishga ruxsat berildi: 12.2016 y

Ofset bosma qog‘ozi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.

bosma taboq Adadi 25

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Ayollar oyoq kiyimi

Looking for a good deal on ayollar oyoq kiyimi? Explore a wide range of the best ayollar oyoq kiyimi on AliExpress to find one that suits you! Besides good quality brands, you’ll also find plenty of discounts when you shop for ayollar oyoq kiyimi during big sales. Don’t forget one crucial step – filter for items that offer bonus perks like free shipping & free return to make the most of your online shopping experience!

Shop the latest ayollar oyoq kiyimi deals on AliExpress

Saw something that caught your attention? Now you can shop for it and enjoy a good deal on AliExpress! Simply browse an extensive selection of the best ayollar oyoq kiyimi and filter by best match or price to find one that suits you! You can also filter out items that offer free shipping, fast delivery or free return to narrow down your search for ayollar oyoq kiyimi! Need more help to find the most popular ayollar oyoq kiyimi? All you need to do is sort by ‘orders’ and you’ll find the bestselling ayollar oyoq kiyimi on AliExpress! It’s so easy and takes only seconds to shop for what you’re looking for. To get more information, read the real reviews left by shoppers so you can make an informed decision. From a wide range of quality brands to affordable picks, these reviews will help you find the best ayollar oyoq kiyimi, no matter what your budget is. Furthermore, always look out for deals and sales like the 11.11 Global Shopping Festival, Anniversary Sale or Summer Sale to get the most bang for your buck for ayollar oyoq kiyimi and enjoy even lower prices. If you’re a new user on AliExpress, we’ll let you in on a secret. Just before completing your order, take a moment to check for coupons and you’ll save even more on ayollar oyoq kiyimi. From New User Coupons to Store Coupons, there’s plenty of discounts you can find by simply exploring AliExpress or by playing fun games!

ayollar oyoq kiyimi 2020

FAYZ BREND OSTIDAGI AYOLLAR OYOQ KIYIMLARIDAN BAXORGI SEZONGA 2022 YIL MODNI AYOLLAR OYOQ KIYIMLARI

АРЗОН САВДО 6.643 views 1 year ago

Top buni bilarmidingiz dunyodagi eng qimmat ayollar oyoq kiyimlari.

Yahyobek uz 608 views 2 years ago

Turkiya Istanbul Oyoq kiyim bozori Gedikpasa Beyazit Optom Турк таварлари Оптом Обуф

ISTANBUL BOZOR 40.554 views 4 months ago

dollee: AYOLLAR KUZGI OYOQ KIYIMI KOLLEKSIYASI. Модные женские обувь

sheyx 95 4.117 views 2 years ago

ENG QIMMAT OYOQ KIYIM ЕНГ КИММАТ ОЙОК КИЙИМ

INFORMATIONS BAZA 7.919 views 2 years ago

Qishga oyoq kiyimlar/обувь для зимы/shoes for winter

Siz uchun qiziq! 105.336 views 1 year ago

Qizlar va ayollar uchun yozgi oyoq kiyim narxlari / Ko’ramiz va bilib olamiz / Modalar 2022

Modalar 2022 69.904 views 10 months ago

Yozgi oyoq kiyimlar 2020

SOLIXA UZ 1.863 views 2 years ago

So`nggi modadagi oyoq kiyimlari.Buyurtma berishingiz mumkin/

LEMON PLUS 50.177 views 1 year ago

2022- yil eng chiroyli ayollar krasofkasi

Ozoda 36.602 views 1 year ago

VOY BLAAAAT! OPANI ICHKI KIYIMI DAXSHATUU. YANGI O’ZBEKCHA PRIKOLLAR 2022

KULGULI HAZILLAR 1.536.995 views 1 year ago

#yozgi brend oyoq kiyimlar kolleksiyasi/2020

SUPER TV. MB.o 2.290 views 2 years ago

Kuz mavsumi uchun eng zamonaviy oyoq kiyimlar to’plami 2021

Siz uchun qiziq! 34.527 views 1 year ago

Ayollar Oyoq kiyimlari yangi fasonlari

FASONLAR TV 17.504 views 2 years ago

Qizlarning qanday oyoq kiyim kiyishiga qarab xarakterini aniqlash ayollar haqida

MALUMOT 14.212 views 2 years ago

Top 13 eng ajoyib oyoq kiyimlar 2020 aynan siz qidirgan

Sabi ira 2.933 views 3 years ago