Press "Enter" to skip to content

Badiiy asarlar kitobi

Zahmatkash keksa olim Ummat Toʻychiyev qalamiga mansub “Oʻzbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari” asarida: “Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi, shuning uchun yaxshi badiiy asar millat va jahon badiiy adabiyoti tarixiga kiradi. Yangilik esa asarning mazmun tomoniga ham, shakl tomoniga ham tegishlidir” (3-bet) yoki “… yozuvchi moddiy boʻlmagan narsalardan moddiy boʻlgan yangi badiiy narsani ijod etadi” (13-bet) kabi sogʻlom qarashlar aks etgan oʻrinlar mavjudligi eʼtiborga loyiq. Ammo toʻligʻicha olganda, kitob noaniq pozitsiyadan turib, eskirgan qarashlarga tayanib, masalaning mohiyatiga kirilmay, ancha yuzaki va joʻn yozilgan. Bu qadar keskin toʻxtamni kitobdan olingan yuzlab misollar yordamida asoslash mumkin.

Adabiy tafakkur toʻlqinlari

Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilikka doir oʻtgan yili chop etilgan kitoblarning oʻzi yigirmatadan ortiq.

Toʻgʻri, gap kitoblarning miqdorida emas. Ammo, sifat oʻzgarishlarining miqdor oʻzgarishlaridan kelib chiqishi ham ayon haqiqat. Oʻtgan yili bosilib chiqqan kitoblar oʻzbek adabiyotining turli muammolari tadqiqiga bagʻishlangani va adabiyot ilmining deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan, mazkur kitoblarni shartli ravishda bir necha guruhga ajratish mumkin.

Adabiyotning nazariy masalalarini tekshirishga bagʻishlangan tadqiqotlarni birinchi guruh deb olib va ushbu guruhga professor Bahodir Karimov tomonidan tuzilgan “Oʻzbek adabiy tanqidi”, Ummat Toʻychiyev qalamiga mansub “Oʻzbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari”, Islomjon Yoqubovning “Badiiy-estetik soʻz sehri” kabi kitoblarini kiritish mumkin.

“Oʻzbek adabiy tanqidi” antologiyasiga millatimiz badiiy tafakkurida yaxshidir, yomondir muayyan iz qoldirgan har bir adabiyottanuvchining bitta asari tanlanib, hech qanday sharhu izohsiz berilgani juda maʼqul boʻlgan. Zero, asarning oʻzi muallifning shaxsiyati va ijtimoiy pozitsiyasi toʻgʻrisida ham tushuncha beradi. Bu jihatdan Miyon Buzruk, Ayn, Sotti Husayn kabi olimlarning noxolis chiqishlariningda shu holicha taqdim etilishi maqsadga muvofiq boʻlgan. Shuningdek, rasman ilmiy darajasi boʻlmasa-da, adabiyot ilmida oʻz qarashiga ega Ahmad Otaboy, Bahodir Sodiqov, Murtazo Qarshiboy, Rahimjon Rahmat, Sanjar Nazar kabi mualliflar qalamiga mansub asarlarning berilishi ham oʻrinli. Ushbu kitob XX asr oʻzbek milliy adabiy tafakkuri tadriji toʻgʻrisida tasavvur uygʻotishi bilan ahamiyatlidir.

Zahmatkash keksa olim Ummat Toʻychiyev qalamiga mansub “Oʻzbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari” asarida: “Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi, shuning uchun yaxshi badiiy asar millat va jahon badiiy adabiyoti tarixiga kiradi. Yangilik esa asarning mazmun tomoniga ham, shakl tomoniga ham tegishlidir” (3-bet) yoki “… yozuvchi moddiy boʻlmagan narsalardan moddiy boʻlgan yangi badiiy narsani ijod etadi” (13-bet) kabi sogʻlom qarashlar aks etgan oʻrinlar mavjudligi eʼtiborga loyiq. Ammo toʻligʻicha olganda, kitob noaniq pozitsiyadan turib, eskirgan qarashlarga tayanib, masalaning mohiyatiga kirilmay, ancha yuzaki va joʻn yozilgan. Bu qadar keskin toʻxtamni kitobdan olingan yuzlab misollar yordamida asoslash mumkin.

Muallif juda koʻp adabiyotlarni oʻrganib chiqqan, ulardan son-sanoqsiz uzindilar olgan, ammo ilmiy qonuniyat va izohlarni adabiy materiallar tahlilidan keltirib chiqarish hamda matnga tayangan holda oʻz qarashlarini isbotlash oʻrniga, oʻzi haqiqat deb hisoblagan toʻxtamlarni shunchaki bayon etish, qayd qilish yoʻlidan boradi. Hodisadan kelib chiqmagani, badiiyat mohiyatini aks ettirmagani uchun kitobdagi xulosalar na ilmiy qimmat kasb etadi, na kishini ishontiradi.

Asarning tili juda gʻarib, ifodadan masala mohiyatini anglab boʻlmaydi. Fikrimizni birgina: “Badiiylikni hosil etish maqsadi hayotni orzu etilgan darajada qurish va yaxshilashga xizmat qiladi. Badiiylik badiiylik uchun yashamaydi, balki hayotning murakkab masalalarini hal etish, inson ongi va ruhiyatiga taʼsir koʻrsatish va ularni ezgulik, roʻshnolik, taraqqiyparvarlik va shu bilan birga goʻzallik va zarurat qonunlari asosida oʻzgartirish uchun daʼvat qilingan” (5-bet) misoli bilan dalillash mumkin. Koʻchirmada badiiylik bilan badiiy asar aralashtirib yuborilgani yaqqol koʻzga tashlanib turibdi.

Ummat Toʻychiyevning: “… kitobxon oʻrta maʼlumotlidan akademiklikkacha boʻlgan masofani egallagan” (21-bet) shaklidagi fikri mantiq va ifoda jihatidan nogirondir.

Keyingi koʻchirma mantiqsiz va tumtaroqligi bilan bundan ham gʻaroyib: “Hamma gap ijodiy hayot muvaffaqiyati ijtimoiylik va shaxsiylikni toʻgʻri payvand qilishda, ular oʻrtasidagi muvozanat va oʻrtacha meʼyorni topa bilishda, six ham, kabob ham kuymaydigan nuqtani anglay olishdadir. Oʻgʻrilar, qotillar, adashganlar, izza boʻlganlar, pushaymon qilganlar shu chorrahada tugʻiladi”. (24-bet). Badiiy ijodda ijtimoiylik bilan shaxsiylikni muvofiqlashtirish oʻgʻrilar, qotillar va hokazolarning tugʻilishiga sabab boʻlishi, muallifning shunga qaramay, muvofiqlashtirishga moyilligi tushunarsizdir.

Olimning badiiylik mezonlari borasidagi qarashi ham juda gʻalati: “… badiiylikning mezonlari uchta emas, balki beshtadir. Ular quyidagicha: isteʼdod, adabiyotning spetsifikasi (oʻziga xos xususiyati), anʼana va yangilik, mahorat va taʼsirdorlik”. (11-bet.) Bu oʻrinda, kamida ikki kamchilik koʻzga tashlanadi, birinchidan, fikr notoʻgʻri va ifoda gʻaliz. Negaki, yuqorida sanalgan unsurlar badiiylikning mezonlari boʻlolmaydi. Ikkinchidan, sanalayotgan unsurlar soni toʻgʻri emas. Agar “va” bogʻlovchisiga eʼtibor qilinsa, bu yerda gap beshta emas yo toʻrtta, yoki oltita narsa haqida borayotgani maʼlum boʻladi.

Ummat Toʻychiyev ayrim hollarda oʻz fikriga qarshi qarashni ham ilgari suraveradi. Chunonchi, kitobning 15-betida: “… isteʼdod masalasi badiiylikni yaratuvchi omillardan biri va asosiysidir”, degan boʻlsa; 16-betda: “… isteʼdod masalasi badiiylik tarkibiga kiradi”, tarzida xulosa chiqaradi. Bu oʻrinda, “masala” soʻzining mutlaqo oʻrinsiz qoʻllanilayotgani ham, asosiy narsaning “kiradi” darajasida izohlanishidagi mantiqsizlik ham koʻrinib turibdi. Muallifning ayrim qarashlari oʻta joʻndir: “Adabiy ijodkorlik havaskorlik, yosh shoirlik, yozuvchilik, isteʼdodlilik, sanʼatkorlik va geniallik (daholik) ham titanlik (gigantlik)ka boʻlinishi mumkin. Bu yetti bosqichning toʻrttasi isteʼdod boʻlmasa yuzaga kelmaydi”. (16-bet.) Bu tasnif hamda xulosa mantiq va ilmiy tizimga ega emas. Olimning isteʼdod kelib chiqishining uch ildizi hamda fosfor moddasiga boy baliq koʻp yeyiladigan makonlarda isteʼdodlar tez-tez paydo boʻlishi borasidagi qarashlari adabiy joʻnlikning oʻzginasidir.

2011 yilda bosilgan bu kitobga Laziz Qayumov, Sodir Erkinov kabi marhumlarning masʼul muharrir va taqrizchi qilib koʻrsatilishini yuqoridagi mantiqsizliklarning davomi deyish mumkin. Axir, masʼul muharrirlik va taqrizchilik iltifot yoki ehtirom emas, balki katta masʼuliyat ekani maʼlum-ku? Agar ushbu kitobni nashrga tavsiya qilgan kasbdoshlar va uni bosib chiqargan nashriyot jiddiyroq munosabatda boʻlishganida, oqsoqol olimning juda katta mehnati samarasi boʻlmish bu kitobni bir qadar foydali, isteʼmolbop qilish mumkin edi.

Keyingi vaqtda faolligi va zamonaviy oʻzbek adabiyotining turli muammolari yuzasidan bildirayotgan oʻziga xos fikrlari bilan eʼtirof qozonib borayotgan umidli olim Islomjon Yoqubovning “Badiiy-estetik soʻz sehri” monografiyasi oʻtgan yilgi milliy adabiyotshunosligimizdagi salmoqli ishlardan boʻldi. Ilmiy qarashlarining teranligi, hozirjavobligi va oʻta sermahsulligi bilan eʼtibor qozonayotgan Islomjon Yoqubov mazkur asarida oʻzbek romanining paydo boʻlishi, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyot tamoyillari, bugungi darajasi va istiqboli kabi jihatlarni “Oʻzbek romanining maʼnaviy-ruhiy asoslari”, “Oʻzbek romanining ilk qadamlari”, “Romanlarda zulmat ichra nur ifodasi”, “Romaniy tafakkur va uslub jilosi”, “Oʻzgarayotgan roman” kabi maxsus besh bobda sinchkovlik bilan oʻrgangan. Olim oʻzbek romani poetikasiga xos xususiyatlar va ularning ijtimoiy-estetik hamda badiiy-individual omillari borasida juda asosli qarashlarni bayon etgan. Ayniqsa, konkret romanlar tahliliga tayanib millat tafakkur tarzidagi turfa oʻsish-oʻzgarishlar zamonaviy romanlarda qanday aks etayotgani borasida chiqargan xulosalari ilmiy salmogʻi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Ayni vaqtda, fikr teranligi, qarashlar originalligi, umumlashmalar asosliligi bilan ajralib turadigan ushbu kitobdan oltinchi, yettinchi, sakkizinchi bobga joylashtirilgan barcha materiallarning, ayniqsa, “Xalq shoiri Kenja Xudoyberganov ijodiy portretiga chizgilar”, “Begʻaraz havas tafti” kabi sayoz badiiy matnlar tahliliga bagʻishlangan maqolalarning oʻrin olganligi jiddiy tadqiqotning yaxlitligi va ilmiy salmogʻiga maʼlum darajada putur yetkazgan.

Folklor hodisalariga oʻziga xos nazar bilan qarab, minglab yillar oldin yaratilgan adabiy yodgorliklarni fanning eng soʻnggi yutuqlari asosida va kutilmagan yoʻsinda izohlaydigan olim Shomirza Turdimovning “Goʻroʻgʻli” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari” asari adabiyotshunoslikka doir oʻtgan yili chop etilgan kitoblar orasida alohida ahamiyatga ega.

Olim “Goʻroʻgʻli” turkum dostonlariga asos boʻlgan bobosyujetning yangi eradan ancha oldin vujudga kelganini, dostonlarda xalqlar tarixining keyingi bosqichlaridagi voqealarning aks etishini esa, syujetga keyinchalik qoʻshib olingan badiiy unsurlar ekanini rad etib boʻlmaydigan dalillar yordamida asoslaydi. Muallif bu turkum dos-tonlarda tasvirlangan voqelar ham, ularda aks ettirilgan obrazlar ham tashqaridan koʻrinadigani kabi ikki karra ikki toʻrtday oddiy va oson izohlanadigan hodisalar emasligini, ular gʻoyat teran va chigal hayotiy, tarixiy hamda mifologik ildizlarga ega ekanini ochunning turli olimlari bildirgan fikrlarga tayanib asoslaydi.

Yana bir talantli folklorshunos Jabbor Eshonqulning “Oʻzbek folklorida tush va uning badiiy talqini” kitobi ham bultur chop etilgan ilmiy asarlar orasida alohida qimmat kasb etdi. Negaki, unda mangu va chigal ruhoniy-fiziologik hodisa boʻlmish tush tafsilining xalq ogʻzaki ijodida qoʻllanishi, unga yuklangan ramziy maʼno, tushning badiiy-estetik funksiyasi kabi oʻzbek folklortanuvchiligida kam ishlangan va yechimi topilishi dolzarb boʻlgan murakkab ilmiy muammolar tadqiq etilgan.

Ushbu kitobning diqqatga sazovor birinchi jihati shundaki, muallif tushni sof psixofiziologik emas, balki ilohiy hamda ruhoniy xususiyatlarga ega sintetik hodisa tarzida tadqiq etadi.

Olim har qanday tushda ham ramz boʻlishini taʼkidlar ekan, barcha ruhiy hodisalarni moddiyatga doir qonuniyatlar asosida sharhlaydigan Gʻarb olimlaridan farqli oʻlaroq, tushning ilmiy izohga toʻla boʻy bermaydigan ilohiy hodisa ekanini, shu bois, ramzlar har bir tushda oʻzgacha maʼno tashishini juda toʻgʻri taʼkidlaydi: “Bizning eʼtiborimizni tortadigan… jihat tushdagi ramzlar har bir tushda oʻzgacha maʼno tashishidir. Toʻgʻri, tushda ham umumiy ramzlar… mavjud. Biroq har bir tush taʼbir qilinayotganda,… individual maʼnoga ega boʻladi”. (46-bet.) Mana shu jihatlar ushbu kitobning ilmiy qimmatini oshiradi. Ayni vaqtda, asarda: “Alpomishning yelkasidagi besh panja egasi ham, unga ism bergan ham, ot koʻrinishida alpni zindondan qutqargan ham homiy ruh – Qultoy edi”, (190-bet) tarzidagi doston matnidan kelib chiqmaydigan va mantiqan asoslanmagan, ammo qatʼiy xulosa shaklida bildirilgan qarashlar ham uchraydi.

Mumtoz adabiyot muammolari tadqiq etilgan kitoblar buyuk Alisher Navoiy asarlaridagi badiiyat qirralariga eʼtibor qaratilgani bilan ajralib turadi. Oʻzbek navoiyshunosligi tajribasida koʻpincha hazratning biror konkret asarini atroflicha ilmiy tahlil qilishdan koʻra, mutafakkir ijodining tengsiz va teranligi haqidagi umumiy mulohazalarni aytish, daho shoir asarlari toʻgʻri talqin etilmayotganidan iddao qilish, biror asarining unday emas, bunday sharhlanishi maʼqul emasligidan yozgʻirish ustuvorlik qilardi. Bugungi navoiytanuvchilarimizning bevosita buyuk shoir asarlari tahliliga tutuna boshlaganlari bu boradagi jiddiy siljishlardan hisoblanadi.

Taniqli navoiyshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiyga qaytish 2” tarzida oʻziga xos nomlangan kitobini ana shunday ijobiy siljishlarning bir koʻrinishi deb hisoblash mumkin. Olimning: “… haqiqiy sheʼr uchun hech bir sharh, tahlil va talqin oxirgi soʻz yoki xulosa boʻlolmaganidek, avval anglanmaganini anglash, hanuz yoritilmagan maʼno qirralarini yoritishga ham aslo monelik koʻrsatmaydi”, degan fikri asarning boshidan oxiriga qadar amal qilingan asosiy ilmiy tamoyil vazifasini oʻtagan. Shundan kelib chiqqan holda, ulugʻ mutafakkirning shu kungacha koʻp bor tahlil qilingan ayrim asarlariga ham qayta qoʻl urilgan va ulardan yangi, baʼzan mutlaqo kutilmagan maʼnolar topilgan. Kitobdagi “Navoiy sheʼriyatida soʻzning obrazga aylanish asoslari”, “Navoiyning vahdat tushunchasi va panteizm”, “Maʼno va tafakkur ziyosi” kabi maqolalar olimning sinchkov nigohi va tinimsiz izlanayotgan tafakkuri mahsullaridir.

Yosh navoiyshunos Sirdaryo Oʻtanovaning “Alisher Navoiy gʻazaliyotida rang simvolikasi” kitobi qamrovning kengligi, tahlilga tortilgan materialning koʻp va xilma-xilligi, ilmiy adabiyotlardan oʻrinli foydalanilgani, kuzatishlarning ohori bilan eʼtiborni tortadi. Navoiy gʻazaliyotida rang tasvirining ifodaviy funksiyasini tekshirishga tutingan olima rang simvolikasining maʼno-mohiyati, genetik ildizlari, badiiy-estetik zarurligi singari jihatlarni teran izohlagan. Olimaning rang simvolikasining ogʻzaki ijoddagi funksiyasi bilan mumtoz adabiyotdagi oʻrnini solishtirib chiqargan xulosalari ishonarli. Kitobning ayrim oʻrinlari yosh tadqiqotchi rangga doir oʻzi toʻplagan sanoqsiz dalillar orasida bir qadar dovdirab qolganday tasavvur uygʻotadi.

Adabiy sinchilikka doir bultur chop etilgan kitoblar orasida hozirgi adabiyot namunalari tekshirilgan tadqiqotlar ham anchagina. Yozuvchi va olim Xurshid Doʻstmuhammadning “Ijod – koʻngil munavvarligi” deb atalgan asari shunday siraga mansub. Kitob qirq sakkizta maqoladan iborat.

Xurshid Doʻstmuhammadning ilmiy asarlariga xos jihat ularda yozuvchi nazari yaqqol sezilib turishida. Uning badiiy yaratiqlari borasida xuddi shu gapning ziddini, yaʼni, badiiy bitiklarida olim mushohadakorligi va tizimliligi sezilib turishini ham aytish mumkin. Xurshid Doʻstmuhammad oʻzi tekshirayotgan asarga professional yozuvchining koʻzi bilan qaraydi va koʻrganlarini professional adabiyottanuvchining fikri bilan izohlay oladi.

Mamlakatimizda yosh ijodkorlarga berilayotgan eʼtibor adabiyottanuv va adabiy sinchilik sohalarida ham ilk hosilini bera boshlagani oʻtgan yili yaqqol koʻzga tashlandi. Garchi, yosh adabiyotchi va sinchilarni vaqtli matbuotda faollik koʻrsatyapti deb boʻlmasada, hisobot yilida ulardan toʻrt nafari kitob chiqarishga erishgani quvonarli holdir. Sinchi Muhayyo Yoʻldoshevaning “Yangilanishlar manguligi” nomli ilk kitobining yigirma ming nusxada chop ettirilgani munosib voqea boʻldi. Yosh olima risolasida oʻzbek modern sheʼriyatiga xos xususiyatlarni tasnif etishga, unga xos belgilar qaysi shoirning ijodida qay yoʻsinda namoyon boʻlayotganini koʻrsatib berishga uringan.

Yosh tadqiqotchi Marhabo Qoʻchqorovaning “Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari” nomli kitobi ham izlanishlarga ancha boyligi bilan ajralib turadi. Unda milliy tafakkurdagi tinimsiz oʻzgarishlar esselarda qay yoʻsinda aks etayotganligi bir qator asarlar misolida atroflicha tahlil etilgan.

2011 yilda chop etilgan kitoblarning bir guruhi adabiy shaxsiyatlarga bagʻishlangan. Ular sirasiga Naim Karimovning “Mahmudxoʻja Behbudiy”, Baxtiyor Nazarov va Shoira Ahmedovalarning “Millatning hassos olimi”, mualliflar jamoasining shoir Tursunboy Adashboyev va uning asarlari toʻgʻrisidagi “Begʻuborlik olami kuychisi”, mualliflar jamoasining “Oʻtkir Hoshimov zamondoshlar nazdida”, Qozoqboy Yoʻldoshning “Yoʻl odami”, Tohir Shermurod va Ilyos Ismoillarning “Usmon Azim ijodiyoti” kabi asarlarini kiritish mumkin.

Oʻtgan yili nashr etilgan adabiyotshunoslikka doir kitoblarning bir guruhi adabiy aloqalarni tekshirishga bagʻishlangan. Bunday asarlar qatoriga professor Akmal Saidovning “Dante – yurist”, Fargʻona universiteti olimlari: Abdugʻafur Qosimov, Siddiqjon Xoʻjayevlar qalamiga mansub “XX asr Gʻarb adabiyoti” hamda Zulxumor Mirzayevaning “XX asr oʻzbek adabiyotining Amerikada oʻrganilishi” kabi tadqiqotlari kiradi.

Yosh tadqiqotchi Zulxumor Mirzayevaning uch boʻlimdan iborat kitobining birinchi boʻlimida jadid adabiyotining Amerikada oʻrganilishi bosqichlari, bu bosqichlarning har biriga xos belgilari, ularning kelib chiqish sabablari hamda turli bosqichlarning xususiyatlari baʼzan bir, baʼzan bir necha asar tahliliga tayanilgan holda ancha ishonarli koʻrsatib berilgan. Ikkinchi boʻlim tarjimachilik muammolariga bagʻishlangan boʻlib, unda oʻzbekchadan inglizchaga qilingan tarjimalar, ularning sifati va buning ijtimoiy-siyosiy, badiiy-estetik, shaxsiy-professional va etnik sabablariga toʻxtalingan.

Uchinchi boʻlimda yangi oʻzbek adabiyoti namunalarining bugungi amerika adabiyottanuvchiligida tadqiq etilishidagi yutuq va kamchiliklarning sabablarini koʻrsatishga eʼtibor qaratilgan.

Xullas, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik sohasi boʻyicha oʻtgan yilda chiqqan kitoblar ularda milliy badiiy-estetik tafakkurga xos toʻlqinlar mavji yaqqol eks etganligi bilan eʼtiborni tortadi.

Qozoqboy YOʻLDOSH,

filologiya fanlari doktori, professor

“Sharq yulduzi”, 2012–3

Badiiy asarlar kitobi

O’zbek tilida dars ishlanmalar, barcha fanlardan

Badiiy asarlar to’plami

Подробности Автор: Aim adminka Родительская категория: 1-Класс Категория: Boshqalar 1-sinflar Опубликовано: 22 Октябрь 2021 Просмотров: 740

1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 0.00 (0 Votes)

Badiiy asarlar to’plami
Tarbiyachi kitobi 2019

Скачать Файл:

Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.

Dars Ishlanmalar

Insho (Эссе)
11-Класс
1-Класс
2-Класс
3-Класс
4-Класс
5-Класс
6-Класс
7-Класс
8-Класс
9-Класс
10-Класс
Testlar (Тесты)
Rejalar (Планы)
Metodika (Методика)
To’garak ishlanmalari (Кружок)
Tadbir ishlanmalar (сценарий)
Boshqalar (Другие)
Audio darsliklar (Разработка уроков)

Barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan himoya qilingan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman tijorat yo’lida foydalanish qat’iyan man etiladi!

Ekranga olib chiqilgan eng yaxshi badiiy asarlar o`ntaligi

Dunyo kinematografiyasi tomonidan yaratilgan yuzlab filmlar hali-haligacha kinomuxlislar e`tiboriga, mehriga sazovor bo`lib, millionlab teletomoshabinlarning qalbini zabt etib kelmoqda.

Ma`lumki, filmlar insoniyat madaniy merosi ichidan eng yaxshilari – sayqal topgan namunalarini tarqatish, tashviq qilish kabi ulkan ijtimoiy vazifani bajaradi.

Tasavvur qilib ko`ring, biz umrimiz davomida qancha kitob o`qiymiz va ularni qay darajada atroflicha eslab qolamiz? Ular, albatta, biz istaganimizchalik xotiramizda yaxlit tiklanolmaydi. Adabiyot va kinematografiyaning birdamligi esa adabiy obrazlarga hayot bag`ishlab, ularni esda qoladigan va yana ham ishonarli darajaga olib chiqadi. Bu esa qisqa muddat ichida butun boshli bir kitobni o`zlashtirib olish imkonini beradi.

Quyidagi kitobdan ekranga ko`chgan asarlar o`ntaligi berilmoqda.

Cho`qintirgan ota

Muallif: Mario Pyuzo
Rejiss
yor: Frensis Ford Koppola

Muallif mazkur kitobida amerikalik hamda sisiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini, ularning siyosiy arboblar, qonun himoyachilari bilan aloqalarini to`la-to`kis ochib bergan. Shu boisdan ham bu asar jahon miqyosida ommalashib ketgan va dunyoning eng kuchli rejissyori tomonidan ekranlashtirilgan. Eng qizig`i, filmda ham, kitobda ham biron marta “mafiya” so`ziga duch kelmaysiz.

Yashil yo`lak

Muallif: Stiven King
Rejiss
yor: Frenk Darabont

Dunyoning eng boy yozuvchilaridan biri Stiven King o`zining ushbu asarini do`sti – rejissyor Frenk Darabontga atigi bir dollarga sotgan. Shunday bo`lsa-da, muallifning rejasi amalga oshgan. Ezgulik tarafdori bo`lmish Stiven King o`zining ezgulik va yovuzlik kurashi haqidagi eng yaxshi asarining ommalashishiga erishdi.

Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish

Muallif: Stiven King
Rejiss
yor: Frenk Darabont

Stiven Kingning “Rita Xeyvord yoxud Shoushenkdan qochish” qissasida qamoqxona hayotining dahshatlari borasida so`z yuritiladi.

“Rita Xeyvord yoxud Shoushenkdan qochish” qissasi garchi Stiven King uslubiga xos bo`lmagan noodatiy psixologik realizm yo`nalishida yozilgan bo`lsa-da, yozuvchining “shoh” asarlaridan biriga aylangan.

O`ngga evrilgan dahshatli tush. Umrbod qamoq jazosiga mahkum bo`lgan bir begunohning taqdiri. Tirik qolish amri mahol bo`lgan erda hayot uchun kurash. Hali biron kimsa qochib qutulolmagan turmadan qochish haqidagi maroqli qissa.

Agar hali o`ttiz yoshga to`lmagan bo`lsang-u, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan bo`lsang, u holda eng og`ir sinovlarga shaylan, negaki Shoushenkdan chiqish uchun senda hech qanday najot yo`q.

Forrest Gamp

Muallif: Uinston Grum
Rejiss
yor: Robert Zemekis

Ushbu asarning ommalashib ketishida birgina asosiy sababni aytish mumkin – ko`p qirrali aktyor Tom Xenksning qoyilmaqom ijrosi va rejissyor Robert Zemkisning mahorati. Bolaligidan aqli zaif, lekin qalbi ezgulikka yo`g`rilgan Forrest nimagiki qo`l urmasin, barchasini muvaffaqiyatli uddaladi. Hatto urush olovidan ham eson-omon chiqdi. Bir u ham sevib qoldi. Ammo. uning sevgisiga javob juda kech keldi.

Kakku uyasi uzra parvoz

Muallif: Ken Kizi
Rejiss
yor: Milosh Forman

Ushbu asar ekranlashtirilgandan so`ng kitob muallifi Ken Kizi filmni ko`rishdan bosh tortgan. Negaki asar kitob bo`yicha yuz foiz suratga olinmagan ekan. Ammo bu “kakku uyasi” deb yuritiladigan AQShdagi jinnixona hayotidan so`ylovchi asarning keng kitobxonlar va kinomuxlislar orasida ommalashishiga to`sqinlik qilolmadi.

Shu`la

Muallif: Stiven King
Rejiss
yor: Stenli Kubrik

Mazkur asar xorror janridagi eng yaxshi film va kitob hisoblanadi. Axir, asar atrofida mashhur “uchlik” ishlagan: qalami o`tkir Stiven King, professional Stenli Kubrik va har bir rolga maxsus tayyorgarlik ko`radigan Jek Nikolson.

Qo`zichoqlar sukuti

Muallif: Tomas Xarris
Rejiss
yor: Jonatan Demme

Kitobidan ko`ra kinosi muvaffaqiyatli chiqqan ushbu asar 1991 yili 5 ta “Oskar”ni qo`lga kiritgan (jumladan, “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi aktyor” nominasiyalari bo`yicha). Film psixologiya, tafakkur o`yinlari, his-hayajonga to`la. Sovuqqon Gannibal Lekter rolini o`sha mashhur Entoni Xopkins qoyilmaqom qilib ijro etgan.

Shindler ro`yxati

Muallif: Tomas Kenilli
Rejiss
yor: Stiven Spilberg

Asar real voqealarga asoslangan bo`lib, unda 2-jahon urushi arafasida mingdan ziyod yahudiylarni qonxo`r nasistlar changalidan qutqargan Oskar Shindlerning qahramonliklari haqida so`ylanadi. Mahoratli rejissyor Stiven Spilberg ekranlashtirgan uchbu film 7 ta “Oskar”, 7 ta BAFTA, 3 ta “Oltin globus” hamda Gremmi mukofotlarini qo`lga kiritgan.

Istig`for

Muallif: Ien Makyuen
Rejiss
yor: Jo Rayt

Asar voqealari urush davrlarida ro`y bersa-da, asosiy urg`u muhabbat va nafrat, o`kinch va alam, iztirob va tazarruga berilgan. Chinakam drama sifatida suratga olingan film barchaning sevimli aktyori va aktrisasi Jeyms Makevoy hamda Kira Naytli ishtirokida yanada qiziqarli tus olgan.

Tafakkur o`yinlari

Muallif: Zulfiya Nazar
Rejiss
yor: Ron Xovard

1988 yili kelib chiqishi asli o`zbek bo`lgan jurnalist va adiba Zulfiya Nazar (Zulfiyaning otasi Ro`zi Nazar 2-jahon urushi paytida nemislarga asir tushadi va Germaniyada qolib ketadi. Keyinchalik Ro`zi Nazar nemis ayoliga uylanadi) “G`aroyib tafakkur: matematika dahosi va Nobel sovrindori Jon Neshning hayoti” degan kitob yozadi. O`shandayoq asar G`arbda sensasiyaga aylanib, sotilish bo`yicha rekord o`rnatadi. Keyinroq, ya`ni 2001 yili mazkur asar bo`yicha dunyo kinematografiyasidagi eng yaxshi filmlardan biri “Tafakkur o`yinlari” katta ekranlarga chiqariladi. Eng qizig`i, filmning suratga olish ishlari bosh qahramon ijrochisi – aktyor Rassel Krouni “Gladiator” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimining ertasi kuniyoq boshlab yuborilgan edi.