Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir
Badiiy adabiyotda ko’zga tashlangan xalq og’zaki ijodidagi asosiy talim tarbiya ko’rinishlari buyruq, o’git, nasihat, namuna, ornak o’qish madaniyati shakllanishining muhim vositasi sifatida inson hayotida muhim o’rin tutadi. Kutubxonalarda boshqa xalqlar, mamlakatlar. Davlatlarning badiiy asarlarini ham targ’ib qilish mobaynida kitobxonlarning manaviy dunyosini kengaytirish, boshqa xalqlar turmush tarzi, hayoti bilan tanishtirish, ularning hayotini bilish yordamida Vatan qadr- qimmatini bilish hissi tarbiyalanadi. Boshqa mamalkatlarda ham o’zbek adabiyotiga qiziqish katta. Misol uchun, tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Al -Farg’oniy bobomizning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmu nujum”, ilk o’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Temur tuzuklari”, Z.M Boburning “Boburnoma” va shu singari boshqa asarlar chet el tillariga bir necha marotaba tarjima qilingan. Badiiy asar vositasida har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, xalq manavaviy madaniyatini shakllantirish, yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish jamiyat istiqboliga ishonch bilan ishtirok etadigan mukammal bilimga ega komil insonni tarbiyalash, insonga badiiy -estetik zavq berish tuyg’ularini tarbiyalaydi. Badiiy adbiyotni idrok etish kitobxonning tasavvur qilish qobiliyati bilan bogliq.Bu xususiyat o’quvchida quvonch hissini shakllantiradi. Bundan rohatlanish qanchalik
BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilshoda Temirova, Yuldasheva Sohibaxon
Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko’ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan boisa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko’rinishi jamiyat hayotidagi keskin o’zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To’maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg’achlarga qarshi kurashi esa O’rxun-Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Dilshoda Temirova, Yuldasheva Sohibaxon
“QUTADG’U BILIG” IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO’L
KITOB VA KITOBXONLIK – INSON MA`NAVIYATINING KO`ZGUSI
MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
BESH MUHIM TASHABBUS – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR
KINO SAN’ATINING JANRLARI VA KINO SAN’ATINING BADIIY ASOSLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
FIGURE PROMOTION AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE
Literature is also a unique expression of the life of the people, society . It reflects significant changes in the history of society in a variety of artistic forms through a variety of images. Accordingly, the works created before the VIII century AD reflect the traditions and beliefs of our ancient ancestors, and in recent times, it can be observed that the harmony with the teachings of Islam has increased. In particular, the appearance of mysticism in the literature developed in connection with the dramatic changes in the life of society . The courageous struggles of our ancestors against foreign invaders are well known from historical sources. This is very vividly reflected in the legends of “Tomaris” and “Shirak”. The struggle of the Turkic peoples against the Tabgachs is very impressive in the monuments of OrkhonEnasay.
Текст научной работы на тему «BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI»
BADIIY ADABIYOTLAR TARG’IBOTI VA ULARNING INSON
Dilshoda Temirova Yuldasheva Sohibaxon
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko’ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan boisa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko’rinishi jamiyat hayotidagi keskin o’zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To’maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg’achlarga qarshi kurashi esa O’rxun-Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan.
Kalit so’zlar: badiiy adabiyot, targ’ibot, jamiyat, tarix
FIGURE PROMOTION AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE
Dilshoda Temirova Yuldasheva Sohibaxon
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: Literature is also a unique expression of the life of the people, society. It reflects significant changes in the history of society in a variety of artistic forms through a variety of images. Accordingly, the works created before the VIII century AD reflect the traditions and beliefs of our ancient ancestors, and in recent times, it can be observed that the harmony with the teachings of Islam has increased. In particular, the appearance of mysticism in the literature developed in connection with the dramatic changes in the life of society. The courageous struggles of our ancestors against foreign invaders are well known from historical sources. This is very vividly reflected in the legends of “Tomaris” and “Shirak”. The struggle of the Turkic peoples against the Tabgachs is very impressive in the monuments of Orkhon-Enasay.
Keywords: fiction, propaganda, society, history
Mahmud Koshg’ariyning «Devon-u lug’otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tuman mashg’ulotlari, urf-odatlari, yashash tarzlari, e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko’rish qiyin emas.
Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog’lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo’lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo’shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o’z ifodasini topgan.
O’zbek adabiyoti o’zbek xalqining o’zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o’ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo’li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish, targ’ibotini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun uning tarixini puxta o’rganish zarur. Adabiyot tarixi so’z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma’lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo’ladi.
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdan bosh maqsad madaniyatli kishini tarbiyalashdir. Madaniyatli kishini tarbiyalashda san’at va adabiyotning ahamiyati kattadir. Bu ikki kuch kitoblarda mujassamlashgan. Ayniqsa badiiy adabiyot asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bilamizki, kitob o’qishga bo’lgan talablar kamayib bormoqda. Bunga sabab XXI asr komyuter texnologiyalari asri bo’lgani uchun barcha yoshlarimiz internet va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ovvora bo’lib qolishmoqda.Yoshlarimizni mana shunday o’rgimchak to’ridan qutqarishning birdan bir yo’li bu – badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishdir. Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirzizyoyev ilgari surgan besh tashabusslarini ta’kidlamasdan iloj yo’qdek. Ushbu besh tashabbusning to’rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgandir. Kitobxonlik madaniyatini va badiiy adbiyot targ’ibotini yuksaltirishda axborot kutubxona muassasalari muhim rol o’ynaydi. Kitob o’qish ajoyib mashg’ulotligini ko’plar tan oladi, lekin hamma ham mutolaa qilishni uncha xush ko’rmaydi.
O’qish miyamiz uchun mashq xalos. Sport bilan shug’ullanmagan inson uchun jismoniy tarbiyadan qiyini yo’q, albatta. Biroq haqiqiy sport odami uchun eng yaxshi dam olish va vaqtni o’tkazish ham mashq hisoblanadi. Xuddu shunday kitob o’qish ham miyammizni chiniqtiradi, fikrlash qobilyatimizni oshiradi, bizni yuksak cho’qqilarga yuksaltiradi. Eng ko’p o’qiladigan, eng ko’p va tez ta’sir qiladigan adabiyotlar bu-badiiy adabiyotlardir. Badiiy adabiyotning kitobxonlari yoshiga, jinsiga, millatiga, kasbi va mutaxassisligiga ko’ra xilma – xil. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalardan to nafaqada o’tirgan keksalargacha, uy bekalaridan tortib to turli darajadagi rahbarlarning o’zlariga kerakli va zarur bo’lgan adabiyotlar mavjuddir. Kitobxonlarning bunday xilma-xilligi ularning qiziqishi, talab va ehtiyojlarini, badiiy didini, saviyasi darajasini aniq va to’g’ri o’rganish zaruratini tugMiradi. Badiiy adabiyotni o’qish maqsadi ham turlicha, qiziqishning sabablari ham turlicha boladi. Kutubxona xodimi har bir kitobxonnning o’qish maqsadini, avval nima o’qiganini, uni qanday qabul qilganini, qay darajada xotirada saqlab qolganini, qaysi muallifni nima uchun va qaysi jihatlari uchun yoqtirishini suhbat, kuzatish, mulahazaga kirishish, formularini tahlil qilish usullari yordamida bilib olishlari shart boladi. Badiiy sarlarda axloq, kishilarning o’zaro munosabati, Vatan, ona yerga bolgan muhabbat, oila, nikoh, muhabbat, do’stlik, mardlik, mehr va oqibat, vijdoniylik va vijdonsizlik hamda boshqa ko’pgina hislatlar haqidagi masalalar ochiq oydin yoritilib ko’rsatiladi. Badiiy adabiyot kishilarning va biz kelajak avlod yoshlarining hayotda tolaqonli yashashimizga, baxtli va saodatli bolishimizda, yaxshi inson va komil shaxs bolib yetishishimiz uchun turtki boladi va komil inson tarbiyasida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilishda badiiy asarning g’oyaviy – badiiy qimmati, adib ijodida asarning o’ziga xos o’rni, asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati, badiiy asarning talim tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususuyati, badiiy asarning kitobxonning yoshiga mosligi, munosibligi, o’quvchida qiziqish uyg’otishi, o’quvchining manaviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.
Badiiy adabiyotda ko’zga tashlangan xalq og’zaki ijodidagi asosiy talim tarbiya ko’rinishlari buyruq, o’git, nasihat, namuna, ornak o’qish madaniyati shakllanishining muhim vositasi sifatida inson hayotida muhim o’rin tutadi. Kutubxonalarda boshqa xalqlar, mamlakatlar. Davlatlarning badiiy asarlarini ham targ’ib qilish mobaynida kitobxonlarning manaviy dunyosini kengaytirish, boshqa xalqlar turmush tarzi, hayoti bilan tanishtirish, ularning hayotini bilish yordamida Vatan qadr- qimmatini bilish hissi tarbiyalanadi. Boshqa mamalkatlarda ham o’zbek adabiyotiga qiziqish katta. Misol uchun, tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Al -Farg’oniy bobomizning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmu nujum”, ilk o’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Temur tuzuklari”, Z.M Boburning “Boburnoma” va shu singari boshqa asarlar chet el tillariga bir necha marotaba tarjima qilingan. Badiiy asar vositasida har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, xalq manavaviy madaniyatini shakllantirish, yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish jamiyat istiqboliga ishonch bilan ishtirok etadigan mukammal bilimga ega komil insonni tarbiyalash, insonga badiiy -estetik zavq berish tuyg’ularini tarbiyalaydi. Badiiy adbiyotni idrok etish kitobxonning tasavvur qilish qobiliyati bilan bogliq.Bu xususiyat o’quvchida quvonch hissini shakllantiradi. Bundan rohatlanish qanchalik
yuqorí bolsa, badiiy asarda tasvirlangan voqelik, ruhuy va ijtimoiy muammlar o’quvchilarning aqliy va hissiy dunyosin rivojlantradi, nutq faoliyatini boyitadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi.Badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati kitobxonning ma naviyatini, estetik didini, badiiy adabiyotga to’g’ri munosabatini tarbiyalash, asar haqida mustaqil fikr yuritishni shakllantirish, kitobxonda og’zaki va yozma nutq madaniyatini tarbiyalashda ko’rinadi. Badiiy asar voqelikni haqqoniy aks ettirishni, yorqin obrazlar misolida xarakterlarni ochib berishi bilan kitobxonda eng yaxshi insoniy, haqqoniy va axloqiy fazilatlatlarni tarbiyalaydi, hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z sanati badiiy asar tufayli kamol topadi.
Ko’pchilik, afsuski, kitob o’qishni bilmaydi va ko’p kishilar nima uchun o’qiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Ba’zilar buni savodli bo’lishning qiyin, biroq yagona yo’li, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “o’qimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa o’qish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni o’tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) o’qish baribir, zerikarli bo’lmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt o’tkazishni istagan va “o’qimishli” bo’lish haqidagina qayg’uradigan o’quvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma’lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o’xshaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib ko’ra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi o’zi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy ta’sir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?
Albatta, biz mualliflarga odamlar ko’p mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari ko’p kitob o’qishlariga e’tibor qaratishi u qadar to’g’ri emas. Chunki mingta loqayd o’quvchidan o’nta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol ta’kidlayman, hamma joyda haddan tashqari ko’p mutolaa qilishadi va bu -adabiyot uchun obro’ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil bo’lmagan kishilarni yana ham ma’naviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan ba’zan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina o’zgartirilgan hayotni ko’rsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yo’llagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob o’quvchiga oz bo’lsa-da, kuch-g’ayrat, shijoat, ma’naviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.
Shunchaki o’qish, bu – diqqatni to’plashga majbur etuvchi mashg’ulot va ovunish uchungina o’qish, o’z-o’zini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yo’q. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-e’tiborli bo’lishlari, qayerda nima ish bilan shug’ullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qat’iy nazar, o’zlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.
Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan o’qilgan kitoblar soni so’ralmaydi. Foydasi yo’q ekan, o’qishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu o’rinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi o’qishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-g’ayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin o’zingni “yo’qotmoq” kerak.
Ruhiyatimizning tabiiy, tug’ma ehtiyoji – tur, xil, namunalarni aniqlab olish va ular asosida butun insoniyatni tur-turga ajratib chiqishni taqozo etadi. Teofrast[1] “Xarakterlar”idan tortib, to ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning to’rt mizoj to’g’risidagi tushunchalari (inson tabiatiga xos xususiyatlar) va eng zamonaviy psixologiyaga qadar, mana shu ehtiyoj turlangan tartibda muntazam namoyon bo’lib, sezilib turadi.
Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o’quvchilari ham borki, ular syujetning o’zi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha to’y tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu bilan birga, muallifning o’zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular asar muallifíning barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga butkul qo’shilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha ma’no berish holatlarini hech bir e’tirozsiz qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, o’tkir aql sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, ma’naviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning so’nggi va eng yuksak boyligi sifatida – Karl May[2] muxlisi bo’lmish navqiron o’quvchi “Eski paypoq” asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.
Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O’zbek adabiyoti tarixi insonnnig ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tcgishli hissa qo’sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot – so’z. san’ati. Ammo san’at turlari nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san’atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko’z.da tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo’llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg’unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog’liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o’zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo’yoq va mo’yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog’och, metall) ga ishlov berish orqali go’zallik
yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so’z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.
So’zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo’ladi, ammo qanday matn va so’zlar badiiy adabiyotga daxldor bo’lavermaydi. Buning uchun so’z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko’ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg’ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlavdi. Tasvir so’zga tayanadi. So’z sehr, mo’jiza bilan o’ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go’dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko’rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o’zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar.
Adabiyotning ta’sir kuchi nimada? U nimalarga bog’liq? Buning uchun yirik so’z san’atkorlari yaratgan ko’plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e’tibor qozonganligini eslash joiz.
1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. – 2019. -№. 3.
2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – T. 10. – №. 4. – C. 559-567.
3. EomaôoeBa Y. HyTK caHtaruHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. I (2).
4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.
5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. – C. 125.
6. Ycmohob m. CAXHA^A TAffl^H ^HËOATA AKTËPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. II.
7. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. – 2019. -№. IV (1).
8. YMapoBa X. Ycmohob m. CaHtarra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – T. 10. – №. 3. – C. 91-95.
10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. – 2020. – T. 5. -№. Conference. – C. 4-4.
11. A6gyHa3apoB 3. MHTTHH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEPTAPHH TACABBYPH BA ^H^KATHHH ^APXTAm //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. III.
12. A6gyHa3apoB 3. THMCOTTAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. III.
13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. – 2020. – №. 1. – C. 148152.
14. rongameBa C. KHTo6-KyHrnn Hnporn //Oriental Art and Culture. – 2020. -№. I (2).
15. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacHHH maKHnnaHTHpnmga KyTy6xoHaHHHHK ^aonHtfra //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. – 2020. – №. 1. – C. 121-124.
17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
19. AxMegoB P. Mh.mhh MycHKun h^pohhhhk caHtarara 6np Ha3ap //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. I (2).
20. ro^garneB K., 3raM6epgneB X. Pe^nccypa: Kena Ba 6yryH //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
21. Tana6oeB A. MaspM caHtaraga cy3HHHr ypHH //Oriental Art and Culture. -2019. – №. IV (1).
22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
23. AK6apoB T. OOTBKTOP BA AHLAHABHH MYCH^A MACATATAPH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV
24. OMOHOBHa C. TAPHXHH KV-E3MA MAHEATAPHH KOHCЕPBATЦH£-PЕCTABPAЦH£ ^HTHm ^APAEHTAPH XYCYCH^A //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАД^ЩИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
28. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
30. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУТ^ИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
31. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
32. Qurbonova M. СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
33. Маматкулов Б. ТЕАТРДА САДНАЛАШТИРУВЧИ РАССОМНИНГ КАСБ СИРЛАРИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
34. Ismoilova M. CHOLG’U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
35. O’Taganov R. J. TA’LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
38. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
39. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРА^^ИЁТИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. – IEEE, 2009. – С. 67-72
1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. – 2019. -№. 3.
2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – T. 10. – №. 4. – C. 559-567.
3. EonTa6oeBa Y. HyTK caHtaTHHUHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. I (2).
4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.
5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. – C. 125.
6. YCMOHOB m. CA^HA^A TAm^H KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. II.
7. Ycmohob m. Hhm gaproxura Sup Ha3ap //Oriental Art and Culture. – 2019. -№. IV (1).
8. YMapoBa X. Ycmohob m. CaHtaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – T. 10. – №. 3. – C. 91-95.
10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. – 2020. – T. 5. -№. Conference. – C. 4-4.
11. A6gyHa3apoB 3. MHTTHH YHHHTAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEPTAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APXTAm //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. III.
12. A6gyHa3apoB 3. THMCOTTAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. III.
13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. – 2020. – №. 1. – C. 148152.
14. ro^garneBa C. KuTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. – 2020. -№. I (2).
15. ro^garneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKunnaHTupumga KyTy6xoHaHunuK ^aonutfra //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. – 2020. – №. 1. – С. 121-124.
17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
19. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. I (2).
20. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. – 2019. – №. IV (1).
21. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. – №. IV (1).
22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
23. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV
24. Омоновна Д. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
28. Турсунов Б. ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
30. Гофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
31. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУГБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
32. Qurbonova M. CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
33. MaMaT^ynoB E. TEATP^A CAXHAHAmTHPYB^H PACCOMHHHT KACE CHPHAPH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
34. Ismoilova M. CHOLG’U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
35. O’Taganov R. J. TA’LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
38. AK6apoB T. OOHEKHOP BA AHEAHABHH MYCHKA MACAHAHAPH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. IV.
39. Ac^apoBa M. Y3EEK A^AEHH TAHKHAH TAPAKKHETH //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. V.
40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. – IEEE, 2009. – C. 67-72
Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “. hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.
Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir.
Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Shu maʼnoda, shaklidan qatʼi nazar, barcha kitoblar milliy oʻzligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga xizmat qilishi ayni muddao.
Alisher Navoiy hazratlari deydilarki, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimizda kitob oʻqib, munosib taʼlim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shugʻullanishning ahamiyatiga doir maqollar ham juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni uzoq davom ettirish mumkin. Bolalarni kitob oʻqishga qiziqtirishda maktablarning roli beqiyos ekanligi hech birimizga sir emas. Maktablarda esa ayni praytda bolalar uchun orziqib kutilgan yozgi taʼtil boshlandi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Taʼtilda ham kitob oʻqishdan toʻxtab qolmasliklari uchun maktablarda qanday tadbirlar rejalashtirilgan?
Yaxshi eslaymizki, boshlangʻich sinfdan boshlab maktab yoki shahar bolalar kutubxonalariga majburiy aʼzolikka yozdirib, yozgi taʼtil kunlari ham oʻquv dasturiga muvofiq sinfdan tashqari oʻqishlar uchun adabiyotlar tavsiya qilinardi. Bolalar oʻquv yili boshlanganda taʼtil kunlari mutolaa qilgan kitoblari boʻyicha oʻzaro bellashib, fikr almashardi. Oʻqituvchilar bolalardan taʼtilda qanday kitob oʻqiganligi bilan jiddiy qiziqar edi. Oʻqigan kitoblari asosida bayon, insho yozdirishar, yaxshi yozilgan yozma ish egasi, albatta, ragʻbatlantirilar edi. Nega shu anʼanani yana jonlantirmaymiz? Ushbu savol bilan Yakkasaroy tumanidagi 319-maktab direktori Sayohatxon Toshmatovaga murojaat qilaman.
– Maktabimiz joriy yilda kapital taʼmirdan chiqarildi, – deydi Sayohatxon opa. – Zamonaviy, qulay taʼlim muassasasida oʻqish baxtiga muyassar boʻlgan oʻquvchilarimizning shodligi cheksiz. Oʻquvchilarimizga ayniqsa turli xil bolalar adabiyotlari bilan boyitilgan kutubxonamiz yoqdi. Chunki ular endi darsdan soʻng keng va yorugʻ kutubxonaning oʻzida oʻtirib kitob oʻqishlari, oʻrtoqlari bilan fikr almashishlari mumkin. Maktabimizga koʻplab homiylar turli nomdagi badiiy kitoblar sovgʻa qilib, kutubxonamiz fondini boyitishga xizmat qilmoqda. Oʻquv yili yakunlanishi arafasida oʻqituvchilar bilan kelishib, bolalar yozgi taʼtil kunlarida oʻqishlari uchun kitoblar roʻyxatini eʼlon qildik. Bu tadbirga boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ham jalb qilganmiz. Yangi oʻquv yilida esa oʻqigan kitoblari asosida oʻz taassurotlarini yozib beradilar. Bunda bolalarning faqatgina kitob oʻqib, bilimlarini boyitishi emas, balki tushunchalarini yozma ravishda ifodalay olish koʻnikmalari ham shakllanadi.
Toshkent viloyati Toshkent tumani 18-maktab kutubxonasida 4 mingdan ortiq badiiy adabiyotlar mavjud. Maktab 2019-2020 oʻquv yilida kapital taʼmirlandi. Kutubxona toʻliq qayta jihozlandi.
– Oʻtgan oʻquv yili boshida muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Prezident sovgʻasi” sifatida 1700 dona badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi, – deydi maktab kutubxonachisi Nozima Sharafboyeva. – “Kitoblar karvoni” aksiyasi davomida ham kutubxona oʻzbek va jahon adabiyotlari durdonalari bilan boyitildi. Joriy yil fevral oyida tumanimiz hokimi Odilxon Rustamov tomonidan ziyo maskanimizga 50 dona badiiy adabiyotlar va 1000 ta elektron kitoblar sovgʻa qilindi. Maktab informatika xonasida elektron kutubxona tashkil qilingan. Maktab kutubxonasining faol aʼzosi birinchi oʻrinda maktab direktori Shohida Yoʻldosheva, kimyo fani oʻqituvchisi Gulchehra Toʻraboyeva, matematika fani oʻqituvchisi Dilfuza Mirdadayeva, ona tili fani oʻqituvchisi Mashkura Umrzoqovalar hisoblanadi. Ustozlar oʻquvchilarga har tomonlama oʻrnak boʻlishi, ayniqsa, yaxshi natijalar berishi hech kimga sir emas. Ustozlarini tez-tez kutubxonalarga tashrif buyurganiga guvoh boʻlgan oʻquvchilar ham ulardan oʻrnak olishga astoydil harakat qiladilar, – deydi maktab kutubxonachisi Nozima Sharafboyeva.
Hozirgi kunda maktab kutubxonasida “Yosh kitobxonlar” toʻgaragi faoliyat yuritib kelmokda. Toʻgarakka maktabning barcha oʻquvchilari jalb kilingan boʻlib, ular bilan birgalikda kitob taqdimotlari, turli zakovat oʻyinlari olib boriladi. Yozuvchi shoirlarning uy-muzeylariga sayohatlar uyushtiriladi. Yaqinda maktabimiz yuqori sinf oʻquvchilari Adiblar xiyoboniga bordilar. Yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodiga oid tushunchalari yana-da kengaydi. Toʻgaragimiz oʻz faoliyatini taʼtil kunlari ham uzluksiz davom ettirishni reja qilgan.
Bu safar ham kutubxonaga oshiqib kirib kelgan oʻgʻil-qizlarni koʻrib koʻnglim yorishib ketdi. Ha, bolalarimiz kitobga, kitobxonlik borasidagi qadim anʼanalarimizga qaytmoqda. “Kitobxonlikda taʼtil boʻlmaydi” – bu ularning bugungi kundagi shioriga aylangan.
Asolat AHMADQULOVA,
jurnalist
Insholar to’plami
Turli mavzularda yozilgan, rejasi, tayanch iboralari bilan keltirilgan insholar to’plamini qabul qiling. Saralangan insholar to’plami kitobchasi. Ushbu kitobcha asosiy deb hisoblangan 15 mavzuni qamrab olgan. Kitobchani eng pastdagi havoladan yuklab olishingiz mumkin.
YAGONADIR VATANIM MANIM!
Vatan – muqaddas va buyuk maskan.
1.Quyosh tafti bilan oshufta zamin muhabbati.
2. Yurtini qadrlashni bilgan kishining ertasi yorug ‘.
3.Vatan qalbiga monand qadri baland avlod maskani.
III.Xulosa. Yoshlikdagi shijoat – kelajakka kafolat.
Buyuksan, mo’tabarsan eng ulug’ zamin-onajon Vatan!
Bir donishmandning “Bilimning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni qo‘llashingiz kerak, xohishning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni amalga oshirishingiz kerak”, – degan so‘zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz o‘zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish, ularni amalda qo‘llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin. Buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoit muhayyo.
Vatan – kindik qonimiz to’kilgan, jonga jondosh, qalbga sirdosh eng ulug’ kalom. Vatan – muqaddas dargoh, mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan, har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog’i zar, ko’zga gavhardir. Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir. Bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Samimiy insonga inson do’st bo’lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo’lmog’i uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o’sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan qadrini faqat bir soniya bo’lsa ham musofir bo’lgan insongina tushunadi. Vatan ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog’ingan yuraklar taftiga mehr urug’ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom va abadiy bo’lsin!
Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun qo’ynida sokin navo insonni o’ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog’lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh, ota kabi qonga qondosh bo’lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun Vatan yagona va takrorlanmas mo’jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg’u tug’yon uradi. Yoinki, go’zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo’y nasim kuy chertadi. Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo’shasi ekanligingizdan faxr etib, go’yoki, osmonlarni zabt etgandek bo’ladi inson. Ha, shu maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun ham farz, ham qarzdir!
Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” – deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…
“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
“ Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir ”- de gan naqlga aml qilgan holda, har kim o‘ziga berilgan ana shu qisqa davrda kasb-hunar egallashga, ulkan marralarni zabt etishga harakat qiladi. Men ham tengdoshlarim qatori malakali mutaxassis sifatida o‘zimni namoyon etishga, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga intilaman. Ba’zi tengdoshlarim hoyu havasga uchib, yengil hayot ortidan quvayotganini, egri yo‘lni tanlab adashayotganini ko‘rib mulohaza qilaman. Axir dunyoda O‘zbekistondek go‘zal va betakror mamlakatda yashashning o‘zi baxt emasmi ? !
Bugun ulg‘ayayotgan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, puxta bilim olishlari uchun olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlarni ba’zi davlatlarda yashayotgan bolalar hattoki tasavvur ham qilisholmaydi. Ayrim mamlakatlarda maktabda o‘qish bolalarning katta orzusi hisoblanadi. Ko‘pincha bolalar ta’lim olish uchun maktabga g‘ayrioddiy yo‘llardan borib kelishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ularning jasorati va mardligiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Dunyodagi eng uzoq maktabgacha tog’lar osha 5 soatli yo’l, 800 metrli po’lat arqon bilan Rio-negeo daryosi ustidan o’tib maktab tomon boradilar. Ammo oramizda yurib, jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan, giyohvandlik, “Ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm kabi illatlardan o‘zini himoya qila olmayotgan yigit-qizlarni ko‘rib ko‘nglimda g‘alayon ko‘tariladi. Axir siz tinch va farovon mamlakatning ertangi kuni va ishonchisiz. Shunday ekan o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oqlang, keyin nadomat qilishdan nima foyda, deya hayqirgim keladi!
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o’rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o ’ rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Inshoyimni prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari bilan yakunlamoqchiman “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.