Press "Enter" to skip to content

2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi

Ushbu kitob ko‘plab ro‘yxatlardan o‘rin olgan. Yuqorida bu asarni The New York Times o‘ntaligidan ham topishingiz mumkin.

Badiiy adabiyotlar Toshkentda

Siz “Badiiy adabiyotlar” toifasidan Toshkentda tovarlarni sotib olmoqchisiz, bu ishonchli va isbotlangan sotuvchilar tomonidan taklif qilinadi. Bunda tovar.uz katalogimiz sizga yordam beradi! Faqat eng yaxshi narxlar!

“Badiiy adabiyotlar” Toshkentda sotib olish

Tovar.uz savdo platformamizga xush kelibsiz. Ushbu sahifada siz tez va osonlik bilan tasdiqlangan va ishonchli etkazib beruvchilardan “Badiiy adabiyotlar”ni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. “Badiiy adabiyotlar Toshkentda” sarlavhasidagi tovarlar uchun barcha narxlar sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsan tasdiqlangan. Biroq, mos pozitsiyani tanlab, mahsulot sotilganmi, yoki o’tgan vaqt ichida narx o’zgarganmi, yoki yo’qligini aniqlash uchun sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak.

Filtrlarning keng diapazoni, sizga Toshkentda “Badiiy adabiyotlar” Toshkentda guruhidagi ideal variantni sotib olish uchun so’rovingizni iloji boricha aniqroq aniqlash imkonini beradi. Filtrlar yordamida ishlab chiqaruvchining mamlakatini, narx oralig’ini, siz uchun qulay bo’lgan to’lov turini (naqd pul, pul o’tkazish, Payme(Peymi), Click (klik), mahsulot turi, to’lov turi (chakana, ulgurji) va uning asosiy parametrlari va xususiyatlari aniqlab olish mumkin. Shuningdek, pozitsiyalarni narx, yangilik yoki mashhurlik bo’yicha guruhlanadi. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, siz taklif qilingan barcha variantlar orasida “Badiiy adabiyotlar” bo’limidan o’xshash takliflarni solishtirishingiz mumkin. Bizning platformamiz samarali qidirish va vaqtingizni tejash uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.

Agar siz o’z mahsulotlarini “Badiiy adabiyotlar Toshkentda” sahifasida taklif qilmoqchi bo’lgan tadbirkor bo’lsangiz, u holda, bizning Tovar.uz internet platformamiz, siz uchun savdo qilish uchun ajoyib maydon bo’ladi. Buning uchun siz saytda bepul ro’yxatdan o’tishingiz va xaridorlarni kompaniyangiz va tijorat takliflaringiz bilan tanishtirish uchun shaxsiy sahifani tashkil qilishingiz kerak. Siz “Badiiy adabiyotlar” bo’limiga, fotosuratlarni, batafsil tavsiflarga va potentsial xaridor siz bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan aloqa ma’lumotiga qo’shishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkentda tadbirkorlar o’rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda, “Mahsulotlar” bo’limida sizning mahsulotlaringiz haqidagi barcha ma’lumotlar eng foydali tarzda taqdim etilishi kerak (asl fotosuratlarni yuklang, jozibali tavsif yozing, batafsil tavsiflarni ko’rsating), shunda sayt tashrif buyuruvchilari “Badiiy adabiyotlar” sarlavhasi ostida sizning taklifingizni tanlashlari kerak.

Sotuvchi “Badiiy adabiyotlar Toshkentda” sarlavhasi ostida keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgardir!

2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi?

Har yili dunyo bo‘ylab juda ko‘plab yangi kitoblar nashrdan chiqadi. Worldometer sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda jami 2,8 millionga yaqin kitob bosib chiqarilgan. The New York Times, The Economist, Time kabi nashrlar va Amazon, Goodreads kabi servislar har yili shu yilning o‘zida chiqqan eng yaxshi kitoblar reytingini e’lon qiladi. «Gazeta.uz» 2022 yilda chiqqan va dunyo bo‘ylab ko‘pchilikning diqqatiga sazovor bo‘lgan kitoblar reytinglarini e’tiboringizga havola etadi.

The New York Times: 2022 yilning eng yaxshi 10 ta kitobi

The New York Times nashri tomonidan an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan top-10`likning 2022 yilgi talqinidan ham badiiy, ham ilmiy-ommabop kitoblar joy olgan.

Asar muallifi 2010 yilda «A Visit from the Goon Squad» nomli asari uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan. «The Candy House», ya’ni «Qandli uy» kitobi aynan o‘sha asarning davomi hisoblanadi. Biroq ushbu kitobni o‘qishingiz uchun oldingisini o‘qish talab etilmaydi, asarlar o‘rtasida tushunmay qoladigan darajadagi bog‘liqliklar yo‘q. Ushbu asarda antiutopiya belgilarini kuzatish mumkin. Undagi asosiy qahramonlar o‘z dunyosini yaratadi: u yerda insonlar xotiralar bankidan foydalanish va ularni valyuta sifatida qo‘llash imkoniyatiga ega.

  • «Checkout 19», Claire-Louise Bennett

«Checkout 19» romani Londonning kambag‘al, ishchilar yashaydigan hududida o‘sib ulg‘aygan va o‘qishni juda yaxshi ko‘radigan qiz haqida hikoya qiladi. Kitoblar unga yolg‘izlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi va uning tasavvurida butunlay yangi olamlarni yaratadi. The New York Times muharrirlari bu kitobni eksperimental va hatto biroz syurrealistik, ammo o‘quvchiga zavq ulashuvchi kitob deb baholadi.

  • «Demon Copperhead», Barbara Kingsolver

Ushbu muallifning kitoblari doimiy tarzda The New York Times toplaridan joy olib keladi. Ushbu kitob Charlz Dikkensning «Devid Kopperfild» asarini eslatadi va kambag‘al bolalik, zaharli moddalarga qaramlik kabi muammolar haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Kitobning bosh qahramonlaridan biri 12 yoshli ukasini yo‘qotadi. Biroq, bu voqeadan keyin taqdir u qizni ukasiga o‘xshab ketadigan erkaklar bilan yo‘liqtiradi. Aynan havotirlar va yo‘qotish azobi bu asarning asosida turadi. Yozuvchi qayg‘uning tabiatini va u vaqt tushunchasini, xotiralarni qay darajada o‘zgartirishini va hatto muqobil voqelikni orzu qilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini o‘rganishga harakat qiladi.

Muallif o‘tgan asr boshlarida amerikalik boylar sinfi qanday shakllangani haqida hikoya qiladi. Asarning bosh qahramoni Nyu-Yorkda yashovchi muvaffaqiyatli moliyachi bo‘lib, u juda tez fursatlarda yuqori martabaga erishishga muvaffaq bo‘ladi.

  • «An Immense World: How Animal Senses Reveal the Hidden Realms Around Us», Ed Yong

Bu ilmiy-ommabop asar bo‘lib, o‘quvchini odatiy «qobig‘ini» tark etishga va hayvonlarning o‘z atrofidagi dunyoni qanday qabul qilishlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Ed Yongning hikoya uslubi juda jonli va hayajonli. Kitobda ko‘plab faktlar keltirilgan va ular bizni bu katta olamda qanchalik kichik, cheklangan mavjudot ekanligimiz haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Ushbu kitob The New Yorker nashrining doimiy muallifi Xua Xsu tomonidan yozilgan memuar asar hisoblanadi. U ushbu kitobda AQSh immigratsion madaniyatini o‘rganishga harakat qilgan.

  • «Strangers to Ourselves: Unsettled Minds and the Stories That Make Us», Rachel Aviv

Ushbu kitobda muallif ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotgan odamlar haqida gapiradi va o‘z muammosi bilan o‘rtoqlashadi. Reychel Avivga anoreksiya tashxisi qo‘yilganida u 6 yoshda edi va uni bu asarni yozishga uning tajribasi undagan.

  • «Under the Skin: The Hidden Toll of Racism on American Lives and on the Health of Our Nation», Linda Villarosa

Ushbu kitobni yozishdan oldin muallif qullik va «qora tanlilar»ga qarshi kurashning afro-amerikaliklarning sog‘lig‘iga ta’sirini kuzatishga yordam beradigan ko‘plab mustaqil hisobotlarni, tarixiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Shuningdek, AQSh aholisining qora tanlilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payishi, onalar o‘limining ko‘payishi va hatto ruhiy salomatlik muammolari sabablari tahlil qilinadi. Muallif kitobda Amerika sog‘liqni saqlash tizimida irqchilik hali ham mavjud degan xulosaga keladigan ko‘plab jihatlarni ko‘rib chiqadi.

  • «We Don’t Know Ourselves», Fintan O’Toole

Fintan O’Tul — iste’dodli munaqqid va esseist bo‘lib, u o‘zining yangi kitobini «zamonaviy Irlandiyaning shaxsiy tarixi» deb ataydi. Ushbu asar ko‘pchilik tomonidan juda katta maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan loyiha deya e’tirof etilgan. Muallif o‘z mamlakati tarixidagi so‘nggi 60 yilni shaxsiy tarjimai holi bilan taqqoslaydi.

Amazon talqini bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi 10 ta kitobi

Amazon har yili 100 ta eng mashhur kitoblar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. 2022 yilda Amazon muharrirlar tanlovi (Editors’ Picks) bo‘yicha Gabriel Zevinning «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow» nomli asari yilning eng yaxshi kitobi deb topildi. Kompaniyaning 2022 yil sarhisobiga ko‘ra e’lon qilgan yuztalik ro‘yxatidagi top-10`likni e’tiboringizga havola etamiz.

  • «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow», Gabrielle Zevin

Kitob bizni yorqin xayoliy izlanishga, shaxsiyatni, ijodkorlikni va do‘st orttirishga bo‘lgan ehtiyojimizni o‘rganadi. Va ushbu vazifa 1987 yilda kasalxonada uchrashadigan ikki qahramon — Sem va Sadi ishtirokida amalga oshiriladi. Sakkiz yil o‘tgach, ular yana uchrashishadi va birga boshdan kechirgan voqealarini eslashadi.

Ushbu kitob bizga Janubiy Amerikadan AQShga sayohat qilishga majbur bo‘lgan 9 yoshli bolaning hissiyotlarini ko‘rsatadi. Demak, ushbu asar ham migratsiya va bu davrda boshdan kechirgan barcha yaxshi-yomon his-tuyg‘ular haqidadir.

  • «Stolen Focus: Why You Can’t Pay Attention and How to Think Deeply Again»,Johann Hari

Bu asar juda dolzarb mavzu — nima uchun diqqatimizni jamlashimiz va qilayotgan ishimizga e’tibor qaratishimiz tobora qiyinlashib borayotganining sababi haqida so‘zlaydi. Boshqacha qilib aytganda, nega biz bunchalik chalg‘iyapmiz? Kitob ko‘pgina tadqiqotlar asosida yozilgan bo‘lib, biz uchun juda zarur bo‘lgan konsentratsiyani tiklash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Shubhasiz, Stiven King nima yozishidan qat’i nazar, u har doim bestsellerlardan biriga aylanadi. «Ertak» nomini olgan bu roman bizga yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi epik jangda ishtirok etishi kerak bo‘lgan kutilmagan qahramonni bosh qahramon sifatida taklif qiladi.

  • «Horse: A Novel», Geraldine Brooks

Jeraldin Bruks — Pulitser mukofoti sovrindori hisoblanadi. Ushbu kitob uchta sanadan iborat hikoya haqida so‘zlaydi: 1850, 1954 va 2019. Asar xayolimizni chulg‘ab oluvchi fikrlar, adolatsizliklar va ruhlar haqida.

  • «Carrie Soto Is Back: A Novel», Taylor Jenkins Reid

Voqealar markazida sobiq tennis chempioni Kerri Sotoning hayoti yotadi. U o‘z unvonini himoya qilish uchun faol hayotga qaytishga harakat qiladi. U bunday muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga tayyor.

  • «Demon Copperhead: A Novel», Barbara Kingsolver

Ushbu kitob ko‘plab ro‘yxatlardan o‘rin olgan. Yuqorida bu asarni The New York Times o‘ntaligidan ham topishingiz mumkin.

  • «Our Missing Hearts: A Novel», Celeste Ng

«Yo‘qotilgan yuraklar» deb tarjima qilinadigan ushbu romanda otasi bilan tinch-totuv hayot kechirayotgan bosh qahramon Berd Gardner voqealar markazida turadi. U ichida surati bo‘lgan sirli xatni qabul qilib oladi va xatni 9 yoshida tashlab ketgan onasi bilan bog‘laydi. Shundan so‘ng, asosiy qahramon onasini qidirishga otlanadi.

  • «The Escape Artist: The Man Who Broke Out of Auschwitz to Warn the World», Jonathan Freedland

Kitob Osvensimdan qochishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli odamlardan birining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. U nafaqat bu ishni qanday qilgani yoki xavfsiz joyga borish uchun nimalarni boshdan o‘tkazgani haqida, balki konsentratsion lagerlarda o‘zi guvoh bo‘lgan vahshiyliklar haqida ham gapirib beradi.

Don Uinslouning «Yonayotgan shahar» deb tarjima qilinadigan ushbu kitobi bizga 1986 yildagi Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrini tasvirlaydi va u yerdagi mafiya fraksiyalari faoliyati haqida so‘zlaydi.

The Economist talqini bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi kitoblari

The Economist har yili biznes va texnologiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi kitoblarni e’lon qilib keladi. Bu safar The Economist yilning eng yaxshi kitoblari ro‘yxatiga texnologiyalar haqida 5 ta, biznes haqida 10 ta kitobni kiritdi.

Texnologiyalar haqidagi eng yaxshi kitoblar

  • «Chip War: The Fight for the World’s Most Critical Technology», Chris Miller

Kitobda iqtisodiyot tarixchisining AQSh mikrochiplarni loyihalash va ishlab chiqarish bozorida qanday qilib yetakchilikka erishganligi va yarimo‘tkazgichlarning o‘zi zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga hamda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklar vositasiga aylangani haqidagi fikrlari bayon etilgan.

Kitob muallifi huquqshunos Syuzi Alegre texnogigantlarning iste’molchining boshiga «kirib», uning fikrlari yo‘nalishiga qanday ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotgani, shuningdek, bu fikr erkinligini juda kech bo‘lmasdan qanday himoya qilish haqida tadqiqot qiladi.

Tarixchi-jurnalist Sebastyan Mallabining asari Google, SpaceX va Alibaba kabi texnologik dunyoning «akulalariga» sarmoya kiritgan moliyachilarning «g‘alati guruhi» haqida hikoya qiladi. Kitobda eng katta korporativ muvaffaqiyatsizliklar, raqamlar va haddan ortiq yuqori berilgan baholar hamda Uber va WeWork kabi «yangilar» haqidagi hikoyalar mavjud.

  • «Reality+: Virtual Worlds and the Problems of Philosophy», David J. Chalmers

Kitobda faylasuf virtual reallik texnologiyasi prizmasi orqali borliq, din, tana va ong haqidagi abadiy savollar to‘g‘risida fikr yuritadi. Kitob metaborliq insonning kelajakdagi boshpanasi emas, balki uning hozirgi zamonining bir qismi ekanligini istisno qilmagan holda fikr yuritishga undaydi.

  • «The History of the Computer: People, Inventions, and Technology that Changed Our World», Rachel Ignotofsky


Qiziquvchan o‘smirlar va kattalar uchun kompyuterlar olamiga rasmli ekskursiya.

Biznes haqidagi eng yaxshi kitoblar


2017 yilda Xitoyning Tencent kompaniyasi Facebook`ni ortda qoldirib, dunyoning beshinchi yirik kompaniyasiga aylandi, bu G‘arbni xavotirga soladi. Jurnalist Lulu Chen ushbu kitobda Xitoyning burilish nuqtalari xronikasi va Xitoy texnologiyasining siyosiylashgan dunyosida muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida so‘zlaydi.

  • «Dead in the Water: Murder and Fraud in the World’s Most Secretive Industry», Matthew Campbell, Kit Chellel

2011 yil: Yaman qirg‘oqlari yaqinida tankerga qaroqchilar hujumi, dengiz inspektorining ochilmagan qotilligi va moliyaviy sirlarning hayratlanarli tarzda fosh etilishi… Kitobda badiiy bo‘lmagan voqealarning uyg‘unligi ko‘proq xayoliy trillerga o‘xshaydi, lekin aslida xalqaro yuk tashish sanoati va undan foyda oluvchilarning bahsli tomonlarini ochib beradi.

  • «Talent: How to Identify Energizers, Creatives, and Winners Around the World», Tyler Cowen, Daniel Gross

Iqtisodchi Kouen va venchur kapitalisti Grossning fikricha, past baholangan innovatorlarni yollash biznesda oldinga borishning eng oson yo‘llaridan biridir. Kitobda ular o‘nlab talabgorlar orasidan iste’dodlisini qanday tanib olish va uni kompaniyaga qanday jalb qilish haqida so‘z boradi. Kitobda, shuningdek, shunday iste’dod egalariga ham qanday qilib «o‘zini topish» mumkinligi haqida tavsiyalar beradi.

Moliyaviy jurnalist Uilyam Koenning talqinidagi General Electric kompaniyasining yuksalishi va qulash tarixi.

Jurnalist Daniel Pink ijtimoiy psixologiya, nevrologiya va biologiya sohasidagi tadqiqotlarni ko‘rib chiqqach, ushbu kitobida «afsus chekmasdan yashash» afsonasini rad etadi.

Ushbu kitobda Los-Anjeles Menejment maktabining olimi va professori «qiyinchiliklar bo‘ylab va uning atrofida» fikr-mulohazalar yuritish nima ekanligini va ish strategiyalarining sirini topishga urinib ko‘rgan.

An’anaviy ofislar boshidanoq xato edi, deb hisoblaydi Xobsbaum va pandemiya uzoq vaqtdan beri turib qolgan muammolarni qaytadan ko‘tardi: ofis nima uchun kerak va u qanday vazifalarni hal qiladi. Kitobda muallif ish beruvchilar va xodimlarga yangi gibrid ish oqimlariga moslashishga qanday yordam berish haqida gapiradi va iyerarxiya, tarafkashlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash muammolari bunga qanday ta’sir qilishi haqida yozadi.

Ushbu kitob imperiyalar davridan keyingi Buyuk Britaniyaning institutlari — banklar, yuridik firmalar, maktablar va universitetlar qanday qilib adolatli o‘yin g‘oyasini shakllantirishga harakat qilganligi, ammo oxir-oqibat pulga o‘ch oligarxlarning xizmatkorlariga aylangani haqidagi provokatsion nuqtai nazardir.

London biznes maktabining boshqaruv amaliyoti professori ushbu kitobda Yaponiyaning Fujitsu va Britaniyaning HSBC kompaniyalari gibrid va moslashuvchan ish muhiti tushunchasini qanday qayta belgilayotganligi haqida so‘zlaydi.

Ushbu kitobdan Iordaniya qochqinlar lageridagi suriyalik tadbirkorlarning ilhomlantiruvchi uchta hikoyasini topish mumkin.

Goodreads foydalanuvchilari tanlovi bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi kitoblari

Goodreads.com har yili an’anaviy tarzda sayt foydalanuvchilari tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlangan yilning eng yaxshi kitoblari e’lon qilinib kelinadi. Ushbu sayt kitob o‘qishni sevuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va saytga doimiy tarzda millionlab foydaluvchilar tashrif buyuradi. 2013 yildan buyon ushbu sayt Amazon`ga tegishli. Goodreads 2022 yilda ham turli janrlar va yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi kitoblarni aniqladi.

Sana: Sinf:10 MAVZU: KITOBLAR DUNYOSI. 1-DARS

(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)

Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish,Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash.“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.

Foydalanish uchun so‘zlar : Kitob, yaqin, do‘st, oilamizning, sarguzasht asarlar, sevimli qahramonlar, mashg‘uloti, maktab kutubxonasida, ibrat olaman, jahon adabiyoti, shaxsiy kutubxona, to‘ldirib boraman.

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.

Kitob o‘qishning hikmati

Kunlardan bir kuni amir kasal bo‘lib qoladi. Saroy tabiblari uni davolay olmaydilar. Shunda Buxoro tabiblari orasida endigina nom chiqarib kelayotgan Abu Ali ibn Sino haqida gapirib qolishadi. Amir uni saroyga chaqirishlarini buyuradi. Ibn Sino amirni davolaydi. Bundan xursand bo‘lgan amir uni saroy tabiblariga boshliq qilib tayinlaydi va «Tila tilagingni!» deydi. Ibn Sino amirdan kutubxonadan foydalanishga ruxsat berishini so‘raydi. Amir ruxsat beradi. Shunday qilib, mashhur olim amir kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

foyda – польза, выгода alloma – ученый tasodif – случай, случайность

Bilib oling!

Uyushiq bo‘laklarining ma’nolarini jamlab, umumlashtirib keladigan so‘z va so‘z birikmalari umumlashtiruvchi so‘z deb ataladi.

Umumlashtiruvchi so‘zlar, odatda, jamlovchi olmoslar va sonlar bilan ifodalanadi va tire yoki ikki nuqta bilan yoziladi.

Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Asrorning ikki o‘rtog‘i: Diyor va Abror chiqib qoldi.

Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi. Uylar, daraxtlar, ko‘chalar – hammasi atrofning qorong‘iligidan ko‘rinmay ketdi
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi umumlashtiruvchi so‘zlardan mosini qo‘yib yozing.

1. Onam bilan opam – . (ikkita, ikki, ikkovlari) dorixonada ishlaydilar. 2. Sen bilan men – . (uchovimiz, ikkovimiz, ikkinchi) sport musobaqasida ishtirok etar ekanmiz. 3. Bog‘ning turli joylarida har xil . (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar) nok, o‘rik, olma, jiyda va hokazo anchagina . 4. Samad va O‘rol . (ikkovingiz, to‘rtovingiz ) ertaga vaqtli keling. 5. Quyosh, havo, suv . (hammasi, birga) bizning eng qadrli do‘stimiz.

D) Mustahkamlash
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga uyushiq gap bo‘laklarini qo‘yib yozing. Umumlashtiruvchi so‘zlarni toping.

1. . , . , . – badiiy asarlar hisoblanadi. 2. O‘zbek yozuvchilaridan: . , . , . asarlarini qiziqib o‘qiyman. 3. . , . . – barchamiz aziz onajonimizni tabrikladik. 4. Sinfga yangi kelganlar: . , . va . sinf rahbarining oldiga kirishsin. 5. Muxarram atirgul yaproqchalaridek: . , . , . qizcha edi. 6. . , . , . , . – barchasi turkiy xalqlardir. 7. . , . , . – hammasi qorong‘ilik qa’riga cho‘mdi.

F) Baholash
Uyga vazifa. O‘qigan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va eng sevimli asaringiz haqida so‘zlab bering.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: KITOBLAR DUNYOSI. 2-DARS

(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish,Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Darsning turi: mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.

Kutubxonadagi uchrashuv

Saidkamol: Kutubxonaga qachon kelding?

Doniyor: Men hozir keldim, sen ham shu kutubxonaga a’zomisan?

Saidkamol: Ha, men ham shu kutubxonaga a’zoman. Senga qanday kitob kerak?

Doniyor: Menga Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari kerak.

Saidkamol: Menga ham shoirning «So‘z sehri» asari, «O‘zbegim» she’rlari kerak.

Doniyor: Shoirning «So‘z sehri» asari bir dona ekan. Uni ham men oldim. Agar xohlasang biznikiga yur. Birga o‘qiymiz.

Saidkamol: Men hozir onamga telefon qilib ruxsat so‘ray.

– Allo, assalomu alaykum, onajon. Yaxshi ishlayapsizmi? Agar ruxsat bersangiz, Doniyorning uyiga borib, kitob o‘qimoqchi va dars tayyorlamoqchi edim.

Saidkamolning onasi: – Vaalaykum assalom, Doniyorning onasini taniyman, ularning oilasi yaxshi, tinch. Borib kitob o‘qishing, birga dars qilishing mumkin.

Do‘stlar xursand bo‘lishib, kutubxonadan chiqishdi.

4-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlar asosida suhbatlashing.

Kitoblar fazilati haqida

Qadimgi arab shoirlaridan biri aytadi: «Gaplari malol kelmaydigan borimizda ham, yo‘g‘imizda ham ishonchli, sadoqatli suhbatdoshlarimiz bor. O‘tgan zamon voqealaridan bilganlarini bizga yetkazadilar. Maslahat, odob va mustahkam iroda ifoda etadilar. Ularda qo‘rqinchli kasallik, xavfli holat yo‘q, barmoqlari bilan ham, mushtumlari bilan ham bizni qo‘rqitmaydilar. Ularni tirik desam, yolg‘onchi bo‘lmayman, jonsiz desam aqlsiz hisoblanaman. Jahonda ulardan yaxshiroq do‘st yo‘q. Kishi yolg‘iz qolsa, ular zeriktirmaydi. Ularda orom boru, ozor yo‘q»

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. Matn nima haqida?

  1. Qanday kitoblarni o‘qigansiz?

3-mashq. Berilgan gaplardagi umumlashtiruvchi so‘zlarni topib, uyushib kelgan so‘zlarni aniqlang.

1. Daraxtlardagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqa qushlar unga jo‘r bo‘ldi.

2. Bog‘da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik.

3. Hammasi: olmazor va o‘rikzor, anjirzor va anorzorlar orqada qolmoqda edi.

4. Insonda hamma narsa: yuz, kiyim, qalb go‘zal bo‘lmog‘i lozim.

5. Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi.

6. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi: g‘ayrat, shijoat, matonat, himmat.
D)Mustahkamlash

5-topshiriq. Berilgan hikmatlarni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing. Umumlashtiruvchi so‘zni toping.

1. Kitob – insoniyat to‘plagan hikmatlar xazinasi va bilim manbayi. 2. Kitob – bizning eng sodiq, beminnat do‘stimiz. 3. Kitob – har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. 4. Boyligim, borim kitob, tandagi jonim kitob. 5. Kitob – to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi va eng yaqin maslahatchimiz. 6. Kitobsiz bilim, bilimsiz taraqqiyot yo‘q.

6-topshiriq. O‘qing va matn asosida suhbatlashing.

Sevimli kitobim

Mashhurlardan biri «O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlar uchun kitobdan minnatdorman», degan ekan.

Men ham kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman. Tarixiy romanlarni o‘qish menga yoqadi. Ulardan buyuk shaxslar hayoti haqida bilib olaman.

Men o‘zbek tilini yaxshi bilaman. Shuning uchun o‘zbek tilida ham kitoblar o‘qiyman. Hozir men Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanini o‘qiyapman. Bu kitob menga juda yoqadi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati ancha keng yoritib berilgan. Menga, ayniqsa, uning sadoqatli va irodali ekani yoqadi. Vatanni sevishni undan o‘rganish kerak. Kitobni qo‘limga olsam, hamma narsani unutaman. Uni qo‘ldan qo‘ygim kelmaydi. Uning davomi ham bor – «Avlodlar dovoni». Men bu kitobni ham o‘qib chiqaman.
F)Baholash

Uyga vazifa. O‘qigan kitoblaringiz yuzasidan berilgan jadvalni to‘ldiring.

Asarning muallifi va nomi Asar nima haqida Asosiy qahramonlar
Oybek. «Bolalik» qissa Beg‘ubor bolalik, bolalik xotiralari. Oybekning bolaligi, do‘sti Turg‘un, opasi Karomat.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Sana: Sinf:10
MAVZU:KITOBLAR DUNYOSI. 3-DARS

(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish, Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Darsning turi: mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

Oybek (1905-1968)

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. Shoir dastlab eski maktabda, so‘ngra «Namuna» maktabida, Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qidi.

Oybek yoshligini eslab shunday yozgandi: «Yop-yorug‘ oydin kechada uyimizning yassi tomida onam bilan turardim; to‘lishgan oy osmon bo‘ylab suzardi, u menga juda ham

go‘zal ko‘rinardi. Men unga qo‘llarimni cho‘zib intilar va «oyi, oyni olib bering», – deb xarxasha qilardim. Bo‘lg‘usi adibning bu so‘zlari kuchli ramziy ma’noga ega.

Oybek hayotda «Adabiyot osmonida oy» darajasiga ko‘tarildi. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qidi. So‘ngra Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutida o‘qib kelgan. Oybek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Oybek «Tuyg‘ular», «Ko‘ngil naylari» she’riy to‘plamlari, «Musicha», «Fonarchi ota» hikoyalari, «Navoiy», «Quyosh qoraymas» romanlarini yozgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Fanlar Akademiyasining akademigi bo‘lgan. Oybek 1968-yilda vafot etdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi – народный писатель Узбекистана

7-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.

Turg‘un ikkovimiz shoshilib bozor tomon yuguramiz. Soat o‘n bir o‘n ikki, qirq tiyin pulni belboqqa qattiq tugib olganman. Egnimda uzun yaxtak, boshimda yangi do‘ppi, oyoq yalangman.

  • Kitob juda ham qimmat. – Meni alday boshlaydi Turg‘un. – Olamiz bir ma-zali narsa. .
  • Yo‘q-yo‘q! – deyman darrov uning niyatini payqab. – Kitob yaxshi narsa. Hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar borki, tushunmaysan, e, qo‘y-yey. – bir zum sukutdan keyin davom etaman: – marojniy shirin narsa-yu, lekin oyimdan qo‘rqaman, pulni Karom opam kitobga bergan.
  • Tortisha-tortisha bozorga yetamiz. Bozor qizg‘in. Aravalar, otlar, xa-chirlar, eshaklar tiqilinch. Nonvoylar serob. Birining boshida savat, birining qo‘lida savat: «jizza non yumshoqqina, barragina. » deya qichqira-qichqira bozor oralab yuradilar.

Turg‘un ikkovimiz har bir do‘kon oldida to‘xtab, rastani xo‘p aylanamiz. Tomda urishib talashib yurgan kuchuklarga Turg‘unning ko‘zi tushib qoladi:

  • E, attang, deydi meni turtib. – biror joy yo‘qmikan tomga chiqishga? Ku-chuklar ko‘p ekan, yaxshisini tanlab olib ketardik.
  • Amaki, Muqimiy bormi? .
  • Muqimiy bor, – deydi yumshoq tabassum bilan kitobfurush.
  • Har xil kitoblarni o‘qiyman, – deyman-da, birdan kulib yuboraman, – qizlarga kerak edi. Muqimiyni yaxshi ko‘rib o‘qiydi qizlar. Yaxshi baytlari bor-da, amaki.

Avaylab, qo‘limga olaman. Yaxshi ishlangan, chiroyli muqova, kichkina

Asta varaqlayman, pichirlab, ichimda o‘qiyman.

  • Ota, necha pul? – so‘rayman kitobni yopib.
  • Yur-e, yomon kitob, bo‘lmaydi, olma! Oshiq-ma’shuqdan boshqa gap yo‘q ichida, – qistaydi meni turtkilab Turg‘un.
  • Omisan-da, ma’nosini tushunmaysan. Muqimiy ajoyib shoir. Opam aytgan, topib kel, shu kitobni degan, – jahlim chiqib tushuntiraman Turg‘unga.
  • Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi marhum. Muqimiy kattakon shoir. Qo‘qonda turadi u kishi. Bu – shoirning yurak parchasi! Bolam, narxi ikki tanga.

Kitobni qo‘ltig‘imga tiqaman. Bozordan chiqqandan so‘ng, jar yoqasida birpas o‘tirib, suv ichamiz. Yo‘l-yo‘lakay qovurma baliq, go‘shtkuydi, kaboblar har qadamda. Ularning burqiragan hidi juda yaxshi. Ammo chaqa qani?

  • Ey, o‘qisang, eshittirib o‘qi-ya, bo‘lmasa qadamingni tezlat, – deydi Turg‘un o‘qrayib.
  • Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq? Bu bayt qo‘shiqdek totli, ma’nodor narsa.
  • Uning gapi qulog‘imga kirmaydi, xayolim kitobda.

orasidan suqilib – прoсовываться между kitob do‘koni – книжный магазин

rasta – ряд лавок, торговый ряд ajoyib – удивительный

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. Oybekning hayoti va ijodi haqida gapiring. 2. «Bolalik» qissasining asosiy qahramoni kim deb o‘ylaysiz? 3. Bosh qahramon nimaga qiziqadi?

Bosh qahramonning o‘rnida bo‘lganingizda siz nima qilar edingiz?

Uyga vazifa. Oybekning «Bolalik» qissasini o‘qing va gapirib bering

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling