Поиск материала «Hunar oltindan qimmat» для чтения, скачивания и покупки
Avrasang, oqil bo‘lar,
Bovrasang, botir bo‘lar.
Kasb-hunar haqida maqollar
Zehn qo’ysa, ong qo’nar,
Hunar ortsa, ish unar.
Ilmsizga ishonch yo’q,
Hunarsizga quvonch yo’q.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Yigit husni — hunar.
Kasb—kasb, tubi—nasib.
Kasbning yomoni yo’q.
Meros moli to’zadi,
Merosli hunar o’zadi.
Miltiq ko’targan bilan ovchi bo’lmas,
Dag’dag’a solgan bilan — dovchi.
Mulla bilganin o’qir,
Bo’zchi bilganin to’qir.
Mulla bilganin o’qir,
Tovuq ko’rganin cho’qir.
Mulla bo’lsang, takror qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.
Oz-oz o’rganib usta bo’lur.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan ovchi yoyidan ko’rar.
Piligi yo’q chiroq yonmas,
Biligi yo’q yigit yaramas.
Tasbeh ag’darganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail cho’pon emas.
Tekin boylik axtarguncha,
O’zingga bop hunar top.
Tikansiz gul bo’lmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta ko’rmagan shogird
Har maqomga yo’ig’alar.
Ustadan shogird o’zar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — po’choq.
Ustoz ko’rgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchqundan qo’rqqan temirchi bo’lmas.
Chechanning — tili,
Chevarning — qo’li.
Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ysin.
Shayxning hunari bo’lmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan o’tmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil bo’lsa, boshingda toj,
Shogirding erka bo’lsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
Er ko’rki — bilik,
Suyak ko’rki — ilik.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to’la bil.
Yuzga kirsang ham, hunar o’rgan.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
O’lmagan — qo’shiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
O’nga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
O’rganish — bir hunar,
O’rgatish — ikki hunar.
Qaig’aning hunari bo’lsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qo’shiqchi bo’lmas.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Qizning ko’rki — noz,
Yigitning ko’rki — hunar.
Qirsiz yer bo’lmas,
Hunarsiz — er.
Qunt bilan o’rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Qo’yingni qassobga so’ydir,
O’likni murdasho’ga yuvdir.
Qo’yni qassob so’ysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Qo’li hunarsiz — non gadoyi.
Har ish o’z ustasidan qo’rqar.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Har kasbning o’z gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Har kimning kasbi — o’ziga.
Har hunarning o’z siri bor,
Har ishning o’z yeri bor.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar bo’lsa qo’lingda,
Non topilar yo’lingda.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxo’rga osh berar,
Nonxo’rga — non.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar to’yg’izar,
Ot mindirib, to’n kiygizar.
Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yo’q kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Hunari yo’q kishining,
Mazasi yo’q ishining.
Hunari yo’q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Hunarli er xor bo’lmas,
Do’st-dushmanga zor bo’lmas.
Hunarli o’lmas,
Hunarsiz kun ko’rmas.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Hunarmandning noni — butun.
Hunarni o’rgan,
O’rganda, chiran.
Hunarni o’rganib qo’ysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Adolat haqida maqollar
- Insof va insofsizlik haqida maqollar
- Zolimlar va zo’ravonlik haqida maqollar
- Baxt va baxtsizlik haqida maqollar
- Suv haqida maqollar
- Ahmoqlar va ahmoqlik haqida maqollar
- Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida maqollar
- Boylik va kambag’allik haqida maqollar
- Kelin-kuyov haqida maqollar
- Halollik haqida maqollar
Ilm, Ilmsizlik va Kasb hunar haqida maqollar to‘plami
Bilim, bilimsizlik hamda kasb hunar haqida qolaversa, ilm va ilmsizlik haqidagi eng sara maqollar to‘plami. Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir. Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir.
Hunari yo‘q kishining,
Mazasi yo‘q ishining.
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
Qo‘yni qassob so‘ysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Kitob — aql qayrog‘i.
Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmog‘in tishlar.
Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Har kasbning o‘z gashti bor.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Tasbeh ag‘darganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail cho‘pon emas.
Til bilgan yo‘lda qolmas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Hunarli er xor bo‘lmas,
Do‘st-dushmanga zor bo‘lmas.
Kasbning yomoni yo‘q
Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.
O‘qimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.
Qaig‘aning hunari bo‘lsa, tezak yemasdi.
Ozdan yig‘ilib daryo bo‘lar,
So‘rab-so‘rab dono bo‘lar.
O‘qish boshqa, uqish boshqa.
Ilm o‘lchovi — aql,
Zehn o‘lchovi — naql.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Go‘zallik — ilm-u ma’rifatda.
Qirsiz yer bo‘lmas,
Hunarsiz — er.
Har hunarning o‘z siri bor,
Har ishning o‘z yeri bor.
Bilmasang, bilgandan so‘ra.
Ko‘rib bilish yaqinni,
O‘qib bilish uzoqni.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Ilmsiz olim to‘qimsiz eshak
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Bilimli — olim.
Bilimsiz — zolim.
Quyma aql bo‘lmasa,
Turtma aql hech bo‘lar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Hunarni o‘rgan,
O‘rganda, chiran.
O‘qiganning oshig‘i — olchi.
Usta ko‘rmagan shogird
Har maqomga yo‘ig‘alar.
Er ko‘rki — bilik,
Suyak ko‘rki — ilik.
Baxt belgisi — bilim.
Uchqundan qo‘rqqan temirchi bo‘lmas.
Hunarmandning noni — butun.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
O‘qigan — guliston,
O‘qimagan — go‘riston.
Ilm izlagan yetar, izlamagan yitar
Hunarli o‘lmas,
Hunarsiz kun ko‘rmas.
Dorboz dordan o‘lar,
Morboz — mordan.
Chechanning — tili,
Chevarning — qo‘li.
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Hunarni o‘rganib qo‘ysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Qattiq baqirgan bilan qo‘shiqchi bo‘lmas.
Miltiq ko‘targan bilan ovchi bo‘lmas,
Dag‘dag‘a solgan bilan — dovchi.
O‘qigan o‘qdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.
Joni borning g‘ami bor,
Kasbi-kori nomi bor.
Hunar oshatar, mehnat yashnatar
Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.
Har kimning kasbi — o‘ziga.
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
O‘qimay mulla bo‘lgan,
Cho‘qimay qarg‘a bo‘lar.
Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Qo‘yingni qassobga so‘ydir,
O‘likni murdasho‘ga yuvdir.
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
Ilmi yo‘qning ko‘zi yumuq.
Hunarli kishi och qolmas.
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo‘qni bosh dema.
Hunar, hunardan unar.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilim — davlatdan qimmat.
Ustoz ko‘rgan xat tank.
O‘qigan o‘g‘il otadan ulug‘.
Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Shayxning hunari bo‘lmasa, xonaqoh tang.
Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar
O‘quvi bor ulg‘ayar,
Uquvi yo‘q sarg‘ayar.
Ota hunari — bolaga meros.
Sa’va ishi — sayramoq,
Ho‘kiz ishi — xirmon yanchmoq.
Mulla bilganin o‘qir,
Bo‘zchi bilganin to‘qir.
O‘rganish — bir hunar,
O‘rgatish — ikki hunar.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
To‘g‘ri ishni qilgan yaxshi.
O‘qimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.
Ilm — tubsiz quduq.
Otolmagan yoy tanlar.
Mulla bilganin o‘qir,
Tovuq ko‘rganin cho‘qir.
Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas.
Poxoldan somon chiqmas,
Qo‘poldan olim chiqmas.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Ilm olishning erta-kechi yo‘q
Mulla bo‘lsang, takror qil,
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil.
O‘nga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r — mingni.
Yuzga kirsang, yuz yil o‘qi.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
O‘qiganning tili — ikki.
Hunar to‘yg‘izar,
Ot mindirib, to‘n kiygizar.
Bilgan o‘zar,
Bilmagan to‘zar.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Ilmlining so‘zi — o‘q.
Usta, ishni qilar puxta.
Kitob ko‘rmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.
Qo‘li hunarsiz — non gadoyi.
Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.
Ilm — aql bulog‘i,
Aql — yashash chirog‘i.
Ilm qog‘oz qatida emas, miya qatida.
Hunar tagida hunar bor
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Bilimsiz kishiga ish yo‘q,
Ilmsiz kishiga osh yo‘q.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do‘st,
bilmaganga — yov.
Zehn qo‘ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.
Bilmas tabib jon olar.
Tekin boylik axtarguncha,
O‘zingga bop hunar top.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ustadan shogird o‘zar.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Bilmaganning bilagi tolmas.
O‘lmagan — qo‘shiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
Bildirish uchun bihsh kerak.
Ilmli uy — charog‘on,
Ilmsiz uy — zimiston.
Ilmli olar, ilmsiz oldirar
O‘qish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.
Avrasang, oqil bo‘lar,
Bovrasang, botir bo‘lar.
Aql ko‘pga yetkazar,
Hunar — ko‘kka.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Bol tutgan barmog‘ini yalar,
Hunari bor — ermagini.
Hunari yo‘q kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Ilm ko‘p, umr oz,
Keragini o‘qi.
Bilgan o‘qir,
Bilmagan to‘qir.
Hunar — tuganmas xazina.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — po‘choq.
O‘qiganning oshi — pishirig‘lik.
O‘qish — jafoli, keti — vafoli.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala
Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgo‘y gap tashir.
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
Ogohlikni ko‘rdan o‘rgan,
Donolikni — ilmdan.
Bilimliga dunyo yorug‘,
Bilimsizga — qorong‘u.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Oz-oz o‘rganib usta bo‘lur.
Chalasavod — chirik rabot.
Ilmsiz kishi o‘limga yaqin.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Uchishga qanot kerak,
O‘qishga — toqat.
Shogirding oqil bo‘lsa, boshingda toj,
Shogirding erka bo‘lsa, boshga tayoq.
limning avvali achchiq,
So‘ngi — totli.
Bilim baxt keltirar
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Avval o‘rgan, keyin o‘rgat.
Barakat — mag‘izda,
Hunarli qo‘l — og‘izda.
Imoni yo‘qning burdi yo‘q.
Hunari yo‘q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Zehn qo‘ysa, ong qo‘nar,
Hunar ortsa, ish unar.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.
Ilmsizga ishonch yo‘q,
Hunarsizga quvonch yo‘q.
Avom tabib — ofati jon.
Hunar oshxo‘rga osh berar,
Nonxo‘rga — non.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to‘la bil.
Ilm — yorug‘lik,
Jaholat — zuimat.
Bilim — aql chirog‘i
O‘qigan o‘qigan emas,
Uqqan — o‘qigan.
O‘qigan — yorug‘,
O‘qimagan — choriq.
Har ish o‘z ustasidan qo‘rqar.
O‘rdak bo‘lmay, g‘oz bo‘l,
Bilim olib, soz bo‘l.
Ilm istasang, takror qil.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
O‘qigan — olim,
O‘qimagan — o‘ziga zolim.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Otolmagan ovchi yoyidan ko‘rar.
Shogird ustadan o‘tmasa, ish yitar.
Piligi yo‘q chiroq yonmas,
Biligi yo‘q yigit yaramas.
Qadam qo‘y asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.
Avval bil, keyin qil.
Kasb — kasb, tubi — nasib
Yigit husni — hunar.
Meros moli to‘zadi,
Merosli hunar o‘zadi.
Piling kuchli bo‘lguncha,
Biliming kuchli bo‘lsin.
Qunt bilan o‘rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Ilm topmay, maqtanma.
Qizning ko‘rki — noz,
Yigitning ko‘rki — hunar.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Yuzga kirsang ham, hunar o‘rgan.
Uquvsiz ishboshi bo‘lsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Tikansiz gul bo‘lmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Barchaga assalomu alayko’m. Maqollar juda ajoyib va tartib bilan joylashtrilgan ekan. veb-sayt ijodkorlariga omad tilab qolaman.
Maqollar juda maʼnoli va sermazmun ekan, topish juda qulay izlagan maqolalarimni topdim.
Maqol va hikmatli so’zlar judayam tushunarli, aniq va ravon ifoda etilgan ekan. Barchasini tub mohiyatini o’rganmoq kerak!
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang