Press "Enter" to skip to content

Biologiya» Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (10-sinf uchun)

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

10-sinf Biologiya yillik dars ishlanma

Mavzu: Biologiya – hayot haqidagi fan. Biologiyaning istiqbolli tarmoqlari. Tirik organizmlarni o‘rganish metodlari: kuzatish, taqqoslash, tajriba, modellashtirish. Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanining xalq xo‘jaligi sohalaridagi ahamiyati.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.

B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

mediavositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
  • o’quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar

Dars materiallari va jihozlari: 1. 10 SINF “ darsligi. .

2. Mavzuga oid chizmalar

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o’rganish uslubiyati va usullari.

9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:

  1. O’qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

Yangi dars bayoni:

Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi. Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi.Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi noyob o‘sim liklar va hayvon turlarini mu hofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyat li mikroorganizm shtammlarini yara tish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammo larni hal etish biologiyaning rivojiga bog‘liq. Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy

asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi. Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya – mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. Eksperimental (tajriba) metodi. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqali

amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari mohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlar uchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi bu usuldan keng foydalanish imkonini berdi. Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l lanilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanida hali o‘z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan.Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining rivoji bilan uzviy bog‘liq.Hozirgi vaqtda eng xavfl i hodisalardan biri ekologik muhitning yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.

  1. Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

  1. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

Ushbu yillik dars ishlanma word formatda bo’lib, 118 sahifadan iborat. O’quv rejada berilgan barcha mavzular batafsil yozilgan.

«Biologiya» Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (10-sinf uchun)

Tirik organizm ajoyib bir mo’jiza. Har bir inson o’z vujudini o’rganib chiqishi, tana a’zosidagi turli tizimlar funksiyasini bilib olishi zarur. Bola tug’ilishidan boshlab ulg’aygan sari organizmda bo’ladigan oʻzgarishlar, shaxsiy gigiyena qoidalari, birinchi yordam va uning asosiy tatbiqlari to’g’risida bilimga ega bo’lishimiz kerak. Ayniqsa balog’at yoshiga yetayotgan bolalarning bunday bilimlarga ega bo’lishi keyinchalik ularning turli kasalliklarga chalinmasdan, sog’lom turmush tarzida hayot kechirishlari uchun zamin tayyorlaydi. Makrabda o’quvchilarni kelajak hayotga tayyorlash uchun o’g’il va qiz bolalarni alohida guruhlarida bu bilimlarni o’qitilishi tavsiya etiladi. Muqobil darslik biologiya faniga ixtisoslashgan maktab o’quvchilari, biologiya fani o’qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shuningdek “Biologiya – 5-7. Boshlang’ich saboqlar” darsligi bilan uzviy bog’langan ushbu qo’llanmadan tibbiyot sohasini tanlagan abituriyentlar foydalanishi mumkin. Kitobda tanangizdagi a’zolarning tuzilishi, ishlash mexanizmlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan biokimyoviy jarayonlar tushuntirilgan. Bularning turli kasalliklar bilan aloqadorligi ko’rsatilgan va tan sog’lig’ingizni asrash uchun amal qilishingiz zarur bo’lgan jihatlar to’g’risida amaliy va dolzarb ma’lumotlar berilgan. Mazkur kitobni chop etishda biologiyaga, xususan, tibbiyotga doir ilmiy nuqtayi nazarga ega va bu ilmini hayotning har sohasida qo’llay oladigan tibbiy savodxon kishilarning yetishib chiqishiga hissa qo’shish maqsad qilingan. Shu maqsad yo’nalishida kitobda o’rin olgan mavzular ilm-fan, jamiyat va texnologiya bilan aloqadorlikda hamda kundalik hayotingizda qo’llashingiz mumkin bo’lgan ma’lumotlar bilan mustahkamlanib tushuntirilgan. Barchangizga ilm olish jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!