Press "Enter" to skip to content

Biologiya fanidan olimpiada materiallari

25. Ularning soni shimpanze, suvarak va qalampirda 48 ta, odamda 46 ta,zog`ora baliqda 104 ta. Nima haqida gap ketmoqda?____________________________________________

Ochiq urug’lilar.Archa. mavzusida 6- sinflar uchun biologiya fanidan dars ishlanmasi

Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar :

Changchi va urug’chi qubbalar, tuxum hujayra ,arxegoniy , anteridiy,ochiq urug’lilarning vakillari

Dars tipi : kombinasiyalashgan

Dars usullari :

Dars jihojlari : sinf doskasi , proeksion ekran, noutbuk, didaktik topshiriqli instruktiv tarqatmalar , archa va qarag’ayning bargli novdasini tabiiy namunalari,gerbariy

Darsning texnologik taqsimlanishi

Uyga vazifani so’rash

Yangi dars bayoni

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism.O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi hisobotini tinglash va davomadni aniqlash

Ma’naviyat daqiqasi – Kitob o’qish, ilm olish haqida gapirish. Yurtboshimiz fikrlarini keltirish.

Kitobsiz taraqqiyotga , yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.”

SH. Mirziyoyev

! Fanlararo intergrasiyaga asoslangan (matematika, ona tili ) polga geometric shakl chiziladi , misol ishlanib – javobga mos biologic ma’lumot .biologik rasm chizilgan shaklda ona tilidan fanga oid maqol yoki ibora aytish sharti

Kitobsiz taraqqiyotga , yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.”

SH. Mirziyoyev

2.Uyga vazifani so’rash :

a) Refleksiya “Men bilganni takrorlama ! “ Bunda o’quvchilar yo’sinlar , qirqbo’g’imlar va qirqquloqlar mavzusida o’rgangan ma’lumotlarni bir-birini takrorlamagan holda aytishlari lozim

в) Perfokartali test o’tilgan mavzu o’quvchilarni bilimlarini tekshirish va tezkor usulda tekshirish

1. Yer yuzida qirqquloqlarning qancha turi bor ?

A) 5000 B) 7000 S) 9000 D) 10000 E) 12000

2.Qirqquloqlarning sporalari yetiladigan qo’ng’ir rangli bo’rtmalari qanday ataladi ?

A) zigota B) arxegoniy S) anterediy D) sorus E) sporangiy

3.Qirqquloqlarning qaysi organlari orqali vegetativ ko’payadi ?

A) ildizpoyalar B) piyozboshdan S) tugunakdan D) ildizdan E) bargdan

4. Zuxrasoch barglari turini belgilang

A) oddiy barg B) murakkab barg S) juft patsimon barg

D) 2-3 karra patsimon barg E) toq patsimon barg

5. Qirqquloqlarning yashil, yuoqa va yuraksimon o’simtasining kattaligi qancha?

A) 0.5 sm B) 1 sm S) 1.5 sm D) 2 sm E) 3 sm

6.O’zbekistonda qirqquloqlarga mansub bir yillik ildizsiz o’simlikni aniqlang

A) zuxrasoch B) kakku zig’iri S) qirqquloq D) suv qirqqulog’I E) barchasi

7.Qirqquyloqlarning urug’langan tuxum hujayrasidan nima hosil bo’ladi ?

A) endosperm B) murtak S) zigota D) sporofit E) sporofill

s)”To’xtab qolma !“ tezkor savol-javoblar

1- o’quvchiga savollar

  1. Suvo’tlar tanasi qanday ataladi ? – tallom
  2. Tanasi ipsimon , zanjirsimon hujayralardan iborat tallomdan iborat yashil suvo’ti – ulotriks
  3. Yo’sinlarni o’rganadigan bo’lim – briologiya
  4. Xara tallomining uzunligi – 30-60 sm
  5. Qizil suvo’tining nomi ? – fillofora
  6. Funariyani bo’yi qancha ? – 1-3 sm
  7. O’zbekistonda qirqbo’g’imlsrni qancha turi bor ? – 2 turi
  8. Zuxrasochni hayotiy shakli ? – ko’p yillik o’t
  1. Iflos va azotli birikmalarga boy suvlarda o’suvchi bir hujayrali suvo’ti ? – xlamidomonada
  2. Xromatofori belbog’simon bo’lgan suvo’ti – ulotriks
  3. Suvo’tlarni o’rganadigan bo’lim – allogiya
  4. Kladofora tallomining uzunligi – 1 m
  5. Qizil suvo’tining qanday modda olinadi ? – agar-agar
  6. Yapon laminariyasini bo’yi qancha ? – 6-12 m
  7. O’zbekistonda yo’sinlarni qancha turi bor ? – 20 000
  8. Suv qiqqulog’ini hayotiy shakli ? – bir yillik o’t
  1. Suvo’tlarning qancha turi bor ? – 30 000
  2. Zoosporalar hosil qiluvchi suvo’ti – ulotriks
  3. Lishayniklarni o’rganadigan bo’lim – lixenologiya
  4. Yirik silindrsimon hujayrali suvo’ti – spirogira
  5. Yosinlarni urg’ochilik a’zosi qanday ataladi ? – arxegoniy
  6. Yapon laminariyasi tallomini pastki qismi qanday shaklda ? – novsimon
  7. Funariya barglari poyada qanday joylashgan? – ketma-ket
  8. Dala qirqbo’g’imi sporangiylari soni ? – 6-8 ta

3.Yangi dars bayoni Yer yuzida ochiq urug’li o’simliklarning 700 ga turi borligi aniqlangan. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug’laridan ko’payadi. Ochiq urug’li o’simliklarning urug’lari gulli o’simliklarnikiga o’xshash meva ichida yoipiq holda emas , balki qubbalarining tangachalarida ochiq holda yetishadi . Ochiq urug’li o’simliklarga misol qilib archa, saur,qarag’ay,qoraqarag’ay ,sekvoyadendron kabi o’simliklarni keltirish mumkin. Archalar bo’yi 20 m gacha yetadigan , doimo yashil daraxtlardir. Tog’larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archalarning barglari juda mayda , yashil rangli , tangachasimon yoki ignasimon. Zarafshon archasi ikki uyli o’simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo’lib , ularda juda ko’p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0.5 -1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo’ladi.Bu qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbaning tangachalarida urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug’kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o’sib chang nayini hosil qiladi. Generativ hujayradan hosil bo’ladigan hosil bo’ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayradan murtak , urug’kurtakdan urug’ rivojlanadi. Urug’lanishdan so’ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar texda o’sadi , yo’g’onlashadi va o’zlartidan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo’shiliob, qubbani o’rab turuvchi etdor , yumshoq po’stga aylanadi. Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi. O’rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi O’zbekiston tog’larida o’sadi (Zarafshon archasi ,Turkiston archasi va Saur archa ) . Bundan tashqari, shahar ko’chalarida , manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simlik sifatida yana Sharq sauri ham ekiladi. U tana va bargaining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis ochilishi bilan archalardan farq qiladi. Qarag’ay turkumi qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo’lib,yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o’sadi. Ular , asosan Shimoliy Yarimsharlarda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta- katta maydonlarda qarag’ay o’rmonlari mavjud. O’zbekistonda qarag’aylar tabiiy holda o’smaydi. Ularning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog’ochbop o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Oddiy qarag’ay bir uyli yorug’sevar , doimo yashil daraxt. Ochiq joylarda o’sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo’ladi. Barglari novdalarda 2 tadan bo’lib o’rnashgan , uzunligi 5-7 sm , och yashil rangli. Oddiy qarag’ay urug’idan yaxshi o’sadi. Changchili qubbalar bahor oylarida yosh novdalarning pastki qismida hosil bo’ladi. Qubbalarning o’rtasidan o’tadigan o’qdabn 4. Mavzuni mustahkamlovchi topshiriqlar 1. Jadvallar bilan ishlash archa, qarag’ay va qoraqarag’ayni qiyosiy taqqoslash

O’simlikka xos belgilar Qarag’ay Archa Qoraqarag’ay
Yorug’likka talabi Yorug’sevar Soyaga chidamli Yorug’sevar
Novdada barglarni joylashuvi Bo’g’imlarda 2 tadan,qattiq,o’tkir ninabarglar 1 tadan yakka ,kalta , o’tkir,tangachasimon yoki ninasimon Bo’g’imlarda to’p-to’p bo’lib,yumshoq ninachabarglar
Ninabarglarining uzunligi 4-7 sm 2-5 sm 1.5-3 sm
Qubbalarining shakli va uzunligi 4-8 sm , kalta , enli 0.5-1 sm tangasimon 4-5 sm,yumaloq

2. Pisa topshirig’I : muammoli mantiqiy fikrlovchi topshiriq Nima uchun baland tog’ni ustidagi archa va tog’ yonbag;ridagi archalar bir turga mansub bo’lsada turlicha shaklda o’sadi ?

JAVOB : Tog’larning 3500-4500 m balandlikda sovuq va doimiy shamollar tufayli archalar past bo’yli va yer bag’irlab o’sadi . Ularning bo’yi 0.5-1 m

  1. O’rta Osiyoda archaning nechta turi o’sadi ? – 7 ta yovvoyi turi
  2. Virgin archasining Vatani ? – Shimoliy Amerika
  3. Yer yuzida qarag’aylarni qancha turi bor ? – 100 ga yaqin
  4. Archa qubbalari urug’langandan so’ng qancha muddatda yetiladi ?-2-3
  5. Qarag’aydan qanday maqsadlarda foydalaniladi ?
  6. 5 yoshli archaning bo’yi qancha bo’ladi ?
  7. Archalar necha yil yashaydi ? – 1000 yil, undan ham ko’p
  8. Qarag’ay qancha umr ko’radi ? – 200-400 yil
  9. Yurtimizdagi archazorlar muhofaza qilinadigan qo’riqxonalar nomi ?- Chotqol-Ugom, Zomin

Biologiya fanidan olimpiada materiallari

1.O’zbekistonda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi bor?

A. 3500 B. 4000 C. 4500 D. 5000

2.Hashoratxo’r o’simlikni belgilang

A. Rafleziya B. Nepentes C. Safsan D. Xolmon

3.Qaysi to’qimaning eng asosiy vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirish?

A. Asosiy to’qima B. Mexanik to’qima C. Qoplovchi to’qima D. Hosil qiluvchi

4.Qaysi to’qima o’simliklarni qishda sovuqdan asraydi?

A. Jamg’aruvchi B. Hosil qiluvchi C. Qoplovchi D. O’tkazuvchi

5. Hashoratlar yordamida changlanadigan o’simliklarni ko’rsating.

A. Olma,bug’doy B. Beda,yong’oq C. Nok,beda D. Arpa,sholi

6. Bakteriya sporalari necha gradus issiqqa va sovuqqa chiday oladi?

A. +140 C, -253 C B. +100 C, -150 C C. +200 C, -250 C D.+120 C, -500 C

7.Azotli organik moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi

nima deyiladi? A. Achish B. Saprofit C. Chirish D. Spora

8.Parazit chuvalchanglarni qanday fan o’rganadi?

A. Mikrobiologiya B. Zoologiya C. Anatomiya D. Gelmintalogiya

9.Suv shillig’i qaysi parazitning oraliq xo’jayni hisoblanadi?

A. Askaridaning B. Oq planariyaning C. Jigar qurtining D.Exinokokkning

10.Qisqichbaqadagi yashil bezlar nima vazifasini bajaradi?

A. Hazm suyuqligi ishlab chiqaradi B. Ayirish C. Qonni tozalaydi D. Sezgi organi

11.Qaysi hashoratlarning erkagi urg’ochisining hidini 11 km masofadan sezadi?

A. Qo’ng’izlar B. Arilar C. Kapalaklar D. Chigirtkalar

12.Odam organizmi ichki muxitini xosil qiluvchi to ‘qimalar?

A) qon, epiteliy, nerv.V) nerv, limfa, muskul.S) qon, limfa, to ‘qima suyuqligi.D) to ‘qima suyuqligi, epiteliy, nerv.

13. Leykositlar qayerda xosil bo ‘ladi va yemiriladi?

A) sariq ilikda xosil bo ‘ladi, jigar va taloqda yemiriladi

V) qizil ilikda xosil bo ‘ladi, jigar va taloqda yemiriladi

S) limfa tugunlarida xosil bo ‘ladi, taloqda yemiriladi

D) Jigarda xosil bo ‘ladi, taloqda yemiriladi.

14.Nafas yo ‘llarini zararlaydigan infeksion kasalliklar qaysi javobda berilgan

1) sil 2) gripp 3) terlama 4) zotiljam 5) difteriya 6) qizamiq 7) angina

A) 1, 2, 5, 7 V) 2, 4, 5, 7 S) 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5, 7

15.Tishning og ‘iz bo ‘shlig ‘iga chiqib turadigan qismi

A) emal V) koronkasi S) bo ‘yinchasi. D) pulpasi.

16. Harakatsiz birikkan suyaklar

A) miya qutisi, tos, qo ‘l.V) umurtqalar, miya qutisi, tos.

S) chanoq, dumg ‘aza, miya qutisi.D) yelka, bilak, boldir, son.

17.Quyidagi moddalarning qaysi tartibda o ‘zaro ta’siri natijasida qon iviydi?

1) fibrin 2) tromboplastik 3) protrombin 4) fibrioin 5) trobin

A) 2, 3, 5, 4, 1.V) 1, 3, 2, 5, 4.S) 3, 1, 2, 5, 4.D) 5, 2, 3, 1, 4

18.Tiriklikning tuzilish darajalarini ketma-ket yozing.________________________________________

19.Hayotning hujayrasiz shakliga nimalar kiradi?_____________________________________________

20.Bakteriya viruslari nima deb ataladi?____________________________________________________

21.Yadrosi shaklanmagan organizmlar nima deb ataladi? ___________________________________

22.Ko’k-yashil suvo’tlar hujayrasidagi ko’k rang pigment nima deb ataladi?__________________

23.Tuban o’simliklar poyasi nima deb ataladi?_____________________________________________

24.Hujayraning energiya manbai qaysi organoid? ___________________________________________

25.Bir xil shakl va o’lchamga ega bo’lgan xromasomalar nima deb ataladi?________________

1. Bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi

2. Sudralib yuruvchilarning xilma – xilligi

3. Qonning tarkibi va shaklli elementlari.

4. Tiriklikning tuzilish darajalari.

LАBОRАTОRIYA MASHG`ULOTI.

O‘simlik va hayvon hujayralarini o‘rganish.

9- SINF , biologiya .Test. 2- variant

1.O`zbekistonda o`suvchi eng uzun daraxt. A)majnuntol B)chinor C)mirzaterak D) na’matak

2..Ikki yillik o`tlarni belgilang. 1.sholg`om, 2.o`sma 3.olma 4.pomidor 5.turp 6.jag`-jag` 7.rediska

A) 1, 3, 5, 7 B)1,2,3,4 C)2,4,6, 7 D)1, 2, 5, 7

3.Qishda o`simlikning yer ustki qismi qurib qoladigan,yerosti qismi o`sishda davom etadigan o`simliklarni belgilang.

A)Sholg`om, rediska B)jiyda, yulg`un C)yalpiz, g`umoy D)pomidor bodiring

4.Daraxtlarni belgilang . 1.olma 2. Anor 3.chinor 4.na’matak 5.terak 6.izen 7.tol 8.ligistrum

A)1, 3, 5, 7 B)2, 4, 6, 8 C)1, 2, 3, 4 D)5, 6, 7, 8

5.Yarim butalarni belgilang. 1.olma 2. Anor 3.chinor 4.na’matak 5.izen 6.keyreuk 7.sarsazan

A)1, 3, 5, B)2, 4, 6, C)1, 2, 3, 4 D)5, 6, 7,

6.pomidor, bodiring, kartoshka, qovoq kabi o`simliklar qanday hayotiy shaklga misol bo`ladi?

A)daraxt B) buta C)ikki yillik o`t D)bir yillik o`t

6.Sho`radoshlarga mansub daraxtni belgilang.A) keyreuk B) tereskan D) itsigak E) saksovul

7.Gulxayridoshlarga mansub qaysi o`simlikdan tabobatda yo`talga qarshi foydalaniladi?

A) yerbag`ir tugmachagul B) dorivor gulxayri D) bo`ritaroq E) na’matak

8.Qaysi o`simlikdan yozda shakar ajraladi?A) yantoq B) yeryong`oq D) no`xat E) yasmiq

9.Yomg`ir chuvalchangi tuxumlarini qayerga qo`yadi?

A)pilla ichiga B)urg`ochisi bachadoniga C)tuproqqa D)suvli muhitga

10.Chuchuk suvlara yashovchi qizil chuvalchang qaysi sinnfga kiradi?

A)kam tuklillar B)ko`p tuklilar C)zuluklar D)halqalilar

11. Gidra tanasidagi usuvchi hujayralari qayerda joylashgan?

a) endodermada b) mezodermada c) ektodermada d) barcha qismda

12. Tufelka qaysi tipga mansub?

a) soxta oyoqlilar b) xivchinlilar c) infuzoriyalar d) sodda hayvonlar

13.Organizmlarning yuqumli kasalliklardan himoylanish xususiyati nima deb ataladi?

A)immunitet B)fagositoz C)refleks D)leykopineya

14.Birinchi bo`lib quturish,kuydurgi va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo`llagan olim kim?

A) I.Mechnikov B) L.Paster C)I.Pavlov D)K.Funk.

15.Odam organizmida qancha qon va qncha limfa suyuqligi bo`ladi?

A)4,9l qon va 2-3l limfa B) 5l qon va 1-2l limfa C) 4,5l qon va 1-2l limfa D) 5l qon va 4-5l limfa

16.Arterial qon bosimining normaga nisbatan oshishi nima deb ataladi?

A)gipotoniya B)gepirtoniya C)gemofiliya D)insult

17.Qaysi organ qon deposi vazifasini bajaradi?

A)yurak B)taloq C)buyrak D)o`pka

18.Hujayra yadrosini kashf etgan olim______________________________

19..Prokariotlarga qaysi organizmlar kiradi_______________________________

20.Hujayrada qattiq holda uchrovchi kiritmalar____________________________________

21. Hayotning hujayrasiz shaklini belgilang.________________________________________

22. Katakcha, uyacha , hujra ma’nolarini bildiruvchi biologik atama__________________________

23. Zang zamburug`ining oraliq xo`jayini____________________________________

24. Hujayra nazariyasinini kim yaratgan?____________________________________________________

25. Ularning soni shimpanze, suvarak va qalampirda 48 ta, odamda 46 ta,zog`ora baliqda 104 ta. Nima haqida gap ketmoqda?____________________________________________

9- sinf. Yozma ish. 2-variant.

  1. O`simliklarning hayotiy shaklllari.
  2. Yirtqich qushlar
  3. Muskullarning static va dinamik ishi
  4. Yadro

Laboratoriya ishi

O‘simlik va hayvon hujayralarini o‘rganish.