Biologiya 7 ci sinif ksq 1
a-25 ta; b-4 xil
Biologiya 7 ci sinif ksq 1
Aadiyile Sethi Solli High
Loland Kirk Theree For The
Wake Up Исполнитель Travis Scott
More Islands Clark Budapest Art Orchestra Peter Pejtsik
Andrea Bocelli Bellissime Stelle
Sacrifice Gorgon City Remix Bebe Rexha
Задыхаюсь Hammali Navai
Angry Birds Theme Trap Remix Super Bass Boosted
Gayazov Brother Любовь Зараза
Mortal Kombat X Ios Dark Empress Kitana Gameplay X Ray Move
Сделать На Отъебись Бабки Попилить Минус Пневмослон
Recep Tayyip Erdoğan Sabret 2018 Başkan Erdoğan Şarkısı
Old School New School
Yallah Yallah Aladin На Русском
Dreams Phil Soda Goodluck
Че Пацаны Аниме
Дончи Ноу Помперап Danzel Pump It Up
Tuğba Yurt Benim O Remix
Carmella Carmella Joe Morello
Kizaru Новый Альбом Яд
Слушай А Ловко Ты Это Придумал Футаж
El Villano Te Vuelvo A Cruzar Ft Austin Varas Vídeo Oficial
Тримай Вид Мене
Fading Memories Rainbow Addict
Uranium Fever Elton Britt
Biologiya
Endigina sintezlangan DNK molekulasida 2300 ta nukleotid bor. Shu DNK tarkibidagi eksi fosfat kislota qoldig’ini toping
Muayyan DNK bo’lagini 1 -ipida AAGSGTAGT nukleotidlar qatori bor. Shu DNK ning 2)ipidan sintezlangan RNK dagi nukleotidlar qatorini toping.
GSUUSGTTSU
AAGSGUAGUC
AAGSGTUAGU
Oraliq formalar uchraydi.
Tur bilan tur xili orasida
Bir tur bilan ikkinchi tur orasida
Turkumlar orasida
Tur bilan turkum orasida
Barglari qarama qarshi joylashgan buta (1) va ko’p yillik o’t (2) larni belgilang a.kiyiko’t; b.ligusmun; c. nastarin; d. chinnigul; e. yalpiz; f. rayhon; g. pomidor
Gajak dumli ayiq (a) va bambuk ayig’i (b) qaysi biogeograftk viloyatda uchraydi.1) Neoarktik 2) Neotropik 3) Hindomalay 4) Avstraliya
Odam tanasidagi uzun g’ovak (a) va uzun naysimon (b) suyaklar sonini aniqlang.
Yon shoxlar orqa miyaning qaysi segmentlaridan chiqadi.1) orqa miyaning o’n ikkinchi ko’krak segmentidan; 2) orqa miyaning birinchi va ikkinchi bel segmentlaridan; 3) o’rta miya qismidan; 4) uzunchoq miya qismidan: 5) orqa miyaning dumg’aza segmentidan; 6) orqa miyaning uchinchi bel segmentidan; 7) orqa miyaning birinchi ko’krak segmentidan; 8) orqa miyaning 1 -3 bo’yin segmentlaridan; 9) oraliq miya qismidan
Tuzilishi va kelib chiqishi bir-biriga o’xshash bo’lgan organlarga ega bo’lgan o’simliklami ko’rsating. l)no’xat 2)do’lana 3)malina 4)zirk 5)marvaridgul 6)kaktus 7)oq akatsiya
Asab tizimi funksiyasining takomillashuvida (I), to’qimalardagi moddalar almashinuvining kuchayishida (II) va organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni normal takomillashuvida (III) ishtirok etuvchi gormonlami aniqlang.
I-3; II-1; III-1
I-1, II-2, III-l
I-3, II-2, III-1
I-2; II-3, III-1
Dumli (a) va dumsiz (b) organizmlarni juftlab ko’rsating. 1) povituxa; 2) oq peshona koputsin; 3) triton; 4) shimpanze; 5) gorilla; 6) orangutan; 7) o’rgimchak maymun; 8) korsak
a-3,4,7,8; b-1,2,5,6
a-1,3,7,8; b-2,4,5,6
a-1,2,3,7; b-4,5,6,8
a-2,3,7,8; b-1,4,5,6
Odamlarda qovurg’a suyaklariga xos belgilarni aniqlang. 1) uzun naysimon suyaklarga mansub; 2) tuzilishiga ko’ra o’mrov suyagiga o’xshash; 3) ko’krak umurtqalariga birikadi; 4) ko’krak va bel umurtqalariga birikadi; 5) barchasi to’sh suyagiga birikadi; 6) uchinchi jufti soxta; 7) soni ko’krak umurtqalari sonidan 2 marta ortiq.
Gambuziya (I), semga(II), kabarga (III), kazuar (IV) va kanna (V) lar qaysi sinfga mansubligini ko’rsating. 1)baliq 2)suvda hamda quruqlikda yashovchi 3)sudralib yuruvchi 4)qush 5)sutemizuvchi
I-1, II-l, III-5, IV-4, V-5
I-3, II-1, III-4, IV-3, V-4
I-2, II-1, III-2, IV-5, V-2
I-4, II-1, III-2, IV-5, V-3
Diplodok nima va u qaysi davrda yashagan
uchuvchi kaltakesak, triasda yashagan
sudralib yuruvchi, yura davrida yashagan
o’simlik, yura davrida yashagan
Bakteriyalarda transformatsiya jarayonini qanday to’xtatish mumkin
S shtamm bakteriyalari fraksiyalarga ajratilib karbogidrazalar bilan ishlov berilganda
S shtamm bakteriyalari fraksiyalarga ajratilib proteazalar bilan ishlov berilganda
S shtamm bakteriyalari fraksiyalarga ajratilib nukleazalar bilan ishlov berilganda
S shtamm bakteriyalari fraksiyalarga ajratilib lipazalar bilan ishlov berilganda
Oshqozoni to’rt (a), bir (b), ikki (c) bo’lmali umurtqali hayvonlarni aniqlang. 1) langust; 2) karkidon; 3) maral: 4) moyqut: 5) kuropatka: 6) qisqichbaqa; 7) arxar; 8) tapir; 9) jirafa; 10) qulon
a-5, 7, 9,10; b-2, 3, 8; c-1, 4
a-3, 9; b-2, 8, 10; c-4, 5
a-3, 7, 9; b-2, 8; c-4, 6
a-3, 7, 9; b-8, 10; c-1, 4, 5, 6
DNK molekulasida 1950 ta vodarod bog’i bo’lib, bu molekula tuzilishida 300 ta adenin ishtirok etgan. Nuklein kislotani tarkibidagi guaninlar sonini toping
Virus qanday yo’l bilan hujayraning barcha qismiga tarqaladi
Virusning yuqumlilik xususiyati asosida
Sitoplazmadan tashkil topgan vakuola qobig’i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo’shilishi natijasida
Virusning kirishi natijasida
Oqsil retseptorli bog’lanish hisobiga
Evolyatsiyaning boshlang’ich birligi(1), boshlang’ich omillari(2), boshlang’ich materiali(3) berilgan javobni aniqlang: a) populyatsiya to’lqini; b) mutatsion o’zgaruvchanlik; c) populyatsiya; d) genlar dreyfi; e) kombinativ o’zgaruvchanlik; f) alohidalanish; j) gala, podalar;
1 -c,j; 2)a,d,f; 3)b,e
1 -c; 2)b,e; 3)a,d,f
1)b,e; 2)a,f,e; 3)d,j
1)c; 2)a,d,f; 3)b,e
G’o’zaning yaxlit (a) va o’yilgan (b) bargli formalarini juftlab ko’rsating. 1) Gos. raymondiy 2) Gos. Xerbatseum 3) Gos. Klotshsianum 4) Gos. Hirsutum
Ammonitlar qanday organizmlar va ular qaysi davrda yashaganlar
suv hayvonlari, perm
quruqlik hayvonlari, perm
sporali o’simliklar, devon
dastlabki quruqlik o’simliklari, silur
Xromoproteinga ega (a) va ega bo’lmagan(b) organizmlarni belgilang. 1)semga 2)gelikonius 3)povituxa 4)maxaon 5)chupchik 6)skuns 7)maykut 8)letyaga 9)inkarziya 10)gabrabrakon.
a-2,3,6,7,8 b-1,4,5,9,10
a-1,3,6,7,8 b-2,4,5,9,10
a- 3,6,7,8 b-1,2,4,5,9,10
a-1,3,4,6,7 b-2,5,8,9,10
DNK molekulasining ikki ipida 12800 ta nukleotid bor bo’lib, shulardan 1600 tasi timin. Agar sitozinlarni 1920 tasi 2)ipda joylashgan bo’lsa, shu molekula tuzilishida qatnashgan vodarod bog’lar sonini toping
Nerv stvoli (1), tuxumdon va urug’don (2) qaysi organism guruhida paydo bo’lgan.a.yumaloq chuvalchang b.yassi chuvalchang c.halqali chuvalchang d.molluskalarda e.bo’g’imoyoqlilarda
Sutemizuvchilarda tuxum va spermatozoidlaming necha xili borligini mos ravishda ko’rsating.
Qisqichbaqasimonlarda eshitish (1), muvozanat (2) va hid bilish hamda tuyg’u organlariga (3) nerv qayerdan kelishini aniqlang. a) halqumusti nerv tugunidan b) halqumosti nerv tuginidan c) qorin nerv tugunidan.
DNK fragmentida 222 ta A nukleotidi mavjud bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 10 % ni tashkil qilishi ma’lum. Shu fragmentga restriktaza fermenti yordamida ishlov berilgandan so’ng A-T juftligi 9,91 % ga; G-S juftligi esa 25 % ga kamaydi. Dastlabki va ishlov berilgandan so’ng DNK fragmentining uzunligini toping (nm).
754,8; 588,88
377,4; 181,22
377,4; 294,44
i-RNK dagi 900 juft nukleotid nechta aminokislotani kodlashga yetadi
DNK molekulasining ikki ipida jami 6400 ta nukleotid bor. Shulardan 400 tasi S. Timin nukleotidlarini 40 % 1 -ipda, qolgani 2)ipda joylashgan bo’lsa, 2)ipdagi A lar umumiy nukleotidlarni necha % ini tashkil etadi
Chala metomorfoz yo’li bilan rivojlanadigan organizmlami ko’rsating.
Chigirtka, qandalalar, bitlar
Tovusko’z, iskaptoparlar, chivinlar
Pashshalar, mitalar, chigirtkalar
Chirildoq, karam kapalagi, bitlar
Odamlarda umurtqa bilan birikkan (a) va birikmagan (b) qovurg’alar soni to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a – 14; b – 10
a – 24; b – 0
a – 22; b – 2
a – 20; b – 4
UASASAGSUSUG ushbu i-RNK sintezlangan DNK molekulasi necha vodarod bog’ orqali hosil bo’lgan
Yurak avtomatiyasida qo’zg’alishni qaysi to’qima hosil qiladi
biriktiruvchi
Eshitish (a) va vestibulyar (b) analizatorlarda impuls uzatilishi ketma-ketligini toping. 1) retseptor; 2) vestibulyar nerv; 3) miyachadagi po’stloqosti markazi; 4) miyacha; 5) miya ko’prigidagi po’stloq osti markazi; 6) eshitish nervi; 7) miya ko’prigi; 8) o’rta miyadagi po’stloqosti markaziga; 9) bosh miya yarim sharlari.
a-1,6,7,8,9; b-1,2,5,4,9
a-1,6,4,8,9; b-1,2,4,5,9
a-1,6,7,8,9; b-1,2,3,7,9
a-1,6,4,8,9; b-1,2,4,7,9
Odamlarda qandli diabet va fenilketonuriya kasalliklari retsessiv autosoma tipda irsiylanadi. Qandli diabet bilan kasallangan erkak, shu belgilari bo’yicha sog’lom ayol bilan turmush qurdi. Ularning oilasida tug’ilishi mumkin bo’lgan farzandlardan biri qandli diabet bilan, ikkinchisi esa birinchi belgi bo’yicha sog’lom, ikkinchi belgi bo’yicha fenilketonuriya bilan kasallangan. Tug’ilgan farzandlardan diabet bilan kasallanganlarining shu belgi bo’yicha sog’lom farzandlarga nisbatini aniqlang.
Odamlarda qovurg’a suyaklariga xos bo’lmagan belgilarni aniqlang. 1) uzun naysimon suyaklarga mansub; 2) tuzilishiga ko’ra o’mrov suyagiga o’xshash; 3) ko’krak umurtqalariga birikadi; 4) ko’krak va bel umurtqalariga birikadi; 5) barchasi to’sh suyagiga birikadi; 6) uchinchi jufti soxta; 7) soni ko’krak umurtqalari sonidan 2 marta ortiq.
Bir yillik (I), ko’p yillik (II) va buta (III) larga tegishli o’simliklarni juftlang.l) oq sho’ra; 2) machin; 3) shashir; 4) kiyiko’t; 5) ligustrum; 6) singirtak
I-1,2; II-3,5; III-4,6
I-1,2; II-3,4; III-5,6
I-2,3; II-l,4; III-5,6
I-1,3; II-2,4; III-5,6
Joshua va Ester Lederberglar qaysi kashfiyotni qanday usul bilan aniqlashganligini toping. Bakteriya genlarining ham mutatsiyaga uchrashini(I), Bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o’z-o’zidan sodir bo’lishi (II), Tashqi muhit ta’sirida mutatsiya chastotasining oshishi(III). a.bakteriya koloniyasidan replika ko’chirish usuli bilan, b.genetik injeneriya usuli bilan, c.DNK bo’lagini avtomatik sintez qilish usuli bilan.
i-RNK dan sintezlangan oqsil massasi 16800 Daltonga teng. i-RNK sintezlangan DNKni 30% S tashkil qiladi. Shu DNK qo’sh zanjiri yoyilayotgan vaqtda nechta vodarod bog’ uziladi. (bitta aminokislotaning og’irligi 1 20 D deb olinsin).
Timin uchramaydigan nuklein kislota tarkibida 43 ta A, 23 ta G, 65 ta S, va 90 ta U bor. Shu molekula sintezlangan DNK dagi nukleotidlar sonini toping
Musichada (a) va yomg’ir chuvalchangida (b) jig’ildon qaysi a’zodan hosil bo’ladi.1) qizilo’ngachning keyingi qismi; 2) halqumning oldingi qismi; 3) hiqildoqning kengaygan qismi; 4) muskulli oshqozonning oldingi qismi.
Karam o’simligida meyoz I jarayoni anormal kechishi natijasida bir juft xromosomalar ajralmay qutblarga noteng taqsimlandi. Ushbu hujayralardan hosil bo’lgan spermiylar markaziy hujayra bilan qo’shilsa, endosperm hujayralarida xromosomalar soni qancha bo’ladi
19 yoki 17 ta
10 yoki 8 ta
18 yoki 19 ta
28 yoki 26 ta
Yurak qorinchasida arterial (a), venoz (b) va aralash (c) qonga ega bo’lgan tashqi (I), ichki (II) urug’lanish xos bo’lgan organizmlarni ko’rsating. 1)ugor; 2)treska; 3)baqachanoq; 4) dengiz tulkisi; 5) tikandum; 6)dreysena; 7)okun; 8)povituxa; 9)gekkon; 10)gatteriya; 11 -kvaksha; 12)manta.
I-b-1,2,3,7 c-8,11; II-a-6 b-4,5,12 c-9,10
I-b-2,7,1 c-8,11; II-a-6,3 b-4,12,5 c-10,9
I-a-6 b-1,2,7 c-8,11; II-a-3 b-4,5,12 c-9,10,11
I-a-3 b-1,2,7 c-8,11; II-a-6 b-4,5,12 c-9,10
Ko’zning kamalak parda va shishasimon tananing orasida(l), shox parda va kamalak pardaning oralig’ida (2) nima joylashgan
1) gavhar; 2) ko’z ichi suyuqligi
1) qorachiq; 2) to’rsimon parda
1) qorachiq; 2) gavhar
1)gavhar; 2) qorachiq
Xerbatseum arxesporasidagi (l), arxesporaning I meyoz (2) va II meyoz (3) bo’linishidan keyin hosil bo’lgan hujayralardagi xromosoma (a) va xromatidalar (b) sonini ko’rsating.
I -a-26, b-26; 2)a-13, b-26; 3)a-13, b-13
l-a-26, b-52; 2)a-13, b-26; 3)a-13, b-26
l-a-52, b-52; 2)a-26, b-52; 3)a-26, b-26
l-a-26, b-26; 2)a-13, b-13; 3)a-13, b-13
DNK molekulasini ikki ipida 6400 ta nukleotid bor. Umumiy nukleoitlarni 25 % i adenin. 1 -ipda timin nukleotidini 70 % i, guaninlarni esa 30 % joylashgan. DNK molekulasida nechta vodorod bog’ mavjud
Ko’p hujayrali tuban o’simliklarning hujayralari haqidagi to’g’ri fikrlami aniqlang.
Hujayralarida sitoplazma taraqqiy etgan
Hujayra qobig’i murakkab tuzilgan silindrsimon
Hujayralar orasida hayotiy vazifalar o’zaro munosabatda
Hujayralar orasida hayotiy vazifalar o’zaro taqsimlangan
Birlamchi tana bo’shlig’i-blastoselda joylashgan qavatdan qaysi organlar hosil bo’ladi
Nerv sistemasi, sezgi organlari
Oshqozonosti bezi, jinsiy organlar
Jigar, o’pka
Yurak, buyrak
Qaysi oila vakillari uchun bir jinsli gullar xos(a) va xos emas (b) 1) ra’nodoshlar 2) karamdoshlar 3) sho’radoshlar 4) ituzumdoshlar 5) bug’doydoshlar 6) piyozdoshlar 7) ziradoshlar 8) tokdoshlar
a-1,4,5,6, b-2,3,7,8
a-1,2,5,6 b-3,4,7,8
a-1,2,3,5 b-3,4,6,7,8
a-3,8,5,7 b-1,2,6,4
Kumush rang chipor patli tovuqni oltin rang chipor patli xo’roz bilan chatishtirib 50 ta jo’ja olingan. Ulardan nechtasi tovuq (a) va F1 da necha xil genotip (b) hosil bo’lgan
a-25 ta; b-4 xil
a-25 ta; b-2 xil
a-50 ta; b-4 xil
a-50 ta; b-2 xil
Genetik injeneriyada ko’proq qaysi restriktazalar qo’llaniladi va buning sababi nimada
Eco RI; Hae III; DNK molekulasini qaychi singari 2 bo’lakka bo’ladi
Bam HI; Eco RI; istalgan genomga rekombinatsiyalana oladi
Bam HI, Hae III; ular hosil qilgan yopishqoq uchlardan foydalanib har xil DNK bo’laklarini bir biriga bog’lash soddalashadi
Bam HI; Eco RI; ular hosil qilgan yopishqoq uchlardan foydalanib har xil DNK bo’laklarini bir biriga bog’lash soddalashadi