Kimyo-biologiya fakulteti
· Rus adabiyoti va o`qitish metodikasi kafedrasi
Biologiya fanidan test
Вы уже проходили тест ранее. Вы не можете запустить его снова.
Вы должны войти или зарегистрироваться для того, чтобы начать тест.
Вы должны закончить следующие тесты, чтобы начать этот:
Результаты
Вы набрали 0 из 0 баллов ( 0 )
Рубрики
- Axborot texnologiyalari 0%
- Biologiya 0%
- Boshlangich talim 0%
- Dolzarb mavzu 0%
- Fizika 0%
- Geografiya 0%
- Huquq 0%
- Informatika 0%
- Ingliz tili 0%
- Iqtisod 0%
- Kimyo 0%
- Matematika 0%
- Mehnat talimi 0%
- Milliy istiqlol goyasi 0%
- Ona tili va adabiyot 0%
- Pedagogika 0%
- Psixologiya 0%
Masofadan malaka oshirish kurs tinglovchilari uchun
- С ответом
- С отметкой о просмотре
Задание 1 из 50
1 .
Рубрика: Dolzarb mavzu
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi qaysi yillar voqealari va jarayonlarini yoritib bergan?
- 1990-1992.
- 1987-1989.
- 1988-1990.
- 1989- 1991.
Задание 2 из 50
2 .
Рубрика: Dolzarb mavzu
Sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda nechanchi o‘rinda turardi?
- 11-o’rinda.
- 12-o‘rinda.
- 10-o‘rinda.
- 14-o‘rinda.
Задание 3 из 50
3 .
Рубрика: Dolzarb mavzu
XX asrning 80 yillari oxirlarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha ittifoq darajasining necha foizini tashkil etardi?
- 50 foizini.
- 40 foizini.
- 60 foizini.
- 30 foizini.
Задание 4 из 50
4 .
Рубрика: Huquq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati qanday palata sanaladi?
- Oliy vakillik organi;
- Aniq javob yo‘q;
- Hududiy vakillik palatasi;
- Yuqori palata.
Задание 5 из 50
5 .
Рубрика: Huquq
O‘zbekiston xalqi nomidan kimlar ish olib boradi?
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
Задание 6 из 50
6 .
Рубрика: Huquq
Fuqarolarning huquqlari turlari?
- Shaxsiy, Ijtimoiy, siyosiy;
- Shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy;
- Shaxsiy, Ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy;
- Shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy.
Задание 7 из 50
7 .
Рубрика: Iqtisod
Davlat byudjeti mablag‘larining harajatlari asosiy qismi qanday yo‘nalishlarga sarflanadi?
- Ijtimoiy harajatlar
- Boshqaruv harajatlari
- Mudofaa harajatlari
- Iqtisodiy harajatlar
Задание 8 из 50
8 .
Рубрика: Iqtisod
Byudjet profitsiti deganda nimani tushunasiz?
- Muayyan davrda davlat byudjeti daromad va harajatlarining balanslashtirilgan shakli;
- Muayyan davrda davlat byudjetining bajarilishi;
- Muayyan davrda davlat byudjeti daromadlarning byudjet harajatlariga nisbatan ko‘pligi;
- Muayyan davrda davlat byudjeti harajatlarning byudjet daromadlariga nisbatan ko‘pligi.
Задание 9 из 50
9 .
Рубрика: Iqtisod
Davlat byudjeti daromadining asosiy qismi nima?
- Moliyaviy jarimalar;
- Bojhona bojlari;
- Soliqlar;
- Sug‘urtalar;
Задание 10 из 50
10 .
Рубрика: Milliy istiqlol goyasi
O‘qituvchi va murabbiylarning Yuksak ma’naviyatliligining asosiy mezonlari,bu…..
- sog‘lom g‘oyaviylik,sog‘lom mafkuraviylik,etuk ma’rifiylik,Yuksak madaniyatlik,mo‘tadil diniylik,pok axloqiylik,ciyosiy faollik.
- ilmiy saloxiyat,pedogik maxorat,oliy ma’lumotga egaligi,yuqori savodxonlik.
- pedogogik va inovatsion ta’lim – tarbiya texnologiyalardan foydalanish darajasining yuqoriligi.
- inter faol uslublardan foydalanish darajasi,kasbiy va mafkuraviy kompitentlik darajasi.
Задание 11 из 50
11 .
Рубрика: Milliy istiqlol goyasi
G‘oya – tom ma’noda , bu ….
- reja.
- maqsad.
- orzu-umid.
- kelajak.
Задание 12 из 50
12 .
Рубрика: Milliy istiqlol goyasi
O‘z ongi va qalbini turli zararli mafkuraviy va ma’naviy tahdidlardan himoya qila olish qobiliyati nima deb ataladi?
- Mafkuraviy immunitet.
- G‘oyaviy ta’sirchanlik.
- Mafkuraviy bilimdonlik.
- G‘oyaviy bo‘shliq.
Задание 13 из 50
13 .
Рубрика: Pedagogika
Milliy pedagogika asoschilari kimlar? Ularni aniqlang?
- Sodiq Abdusattorov, Abduqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Saidrasul Aziziy.
- A.Avloniy, S.Ayniy, A.Fitrat Mahmudxo`ja Behbudiy.
- Munavvarqori Abdurashidxonov, Murodxo`ja Solihov.
- Barcha javoblar to`g`ri.
Задание 14 из 50
14 .
Рубрика: Pedagogika
Hamkorlik pedagogikasining asosiy jihatlarini aniqlang?
- O`quvchi shaxsiga insoniy yondashuv.
- Faollashtiruvchi rivojlantiruvchi didaktik kompleks.
- Insonparvar jamoaviy tarbiya konsepsiyasi, atrof-muhitni pedagogikalashtirish.
- Barcha javoblar to`g`ri.
Задание 15 из 50
15 .
Рубрика: Pedagogika
Hamkorlikda o`qitish qanday natijalarga erishish imkonini beradi?
- O’quvchining o’rganish jarayonini boyitadi, o’quvchilarda materialni o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi, turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro munosabatlarni oldinga suradi.
- O’quvchilarga ular o’rtasida taqsim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar to’plamini beradi, o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi.
- O’quvchilarning o’z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi, axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi.
- Barcha javoblar to`g`ri.
Задание 16 из 50
16 .
Рубрика: Pedagogika
“Kelajak maktablarini yaratishning strategik yo’nalishlari” bo’yicha tavsiya bergan olimni aniqlang?
- O’tkir Tolipov.
- Nurali Sayidaxmedov.
- Rahim Xasanov.
- F.Yuzlikayev.
Задание 17 из 50
17 .
Рубрика: Psixologiya
Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadlari nimalardan iborat?
- Xalq ta’limi tizimidagi raxbar xodimlarga psixologik bilimlarni singdirish.
- Shaxsning xar tomonlama kamoloti va to’laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi oqilona sharoitni vujudga keltirish.
- O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida psixologik test va anketalar o’tkazish.
- O’quvchilarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Задание 18 из 50
18 .
Рубрика: Psixologiya
Psixodiagnostika ishining mazmuni qaysi bandlarda to’g’ri ifoda etilgan?
- Raxbar kadrlar, o’qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshirish
- O’quvchilarning psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, mayli, iqtidori qabilyatlarni aniqlash.
- Taksamoniya, giyoxvandlik, alkogolizm, o’g’rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshirish.
- O’quvchilarni birinchi sinfga qabul qilishda psixologik metodikalar bilan ishtirok etish.
Задание 19 из 50
19 .
Рубрика: Psixologiya
Psixologik tashviqot va targ’ibot nima?
- Psixologik tashviqot va targ’ibot faoliyatining maqsadi – maktabning pedagogik jamoasini, o‘quvchilar va ota – onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini oshirishdan iborat ekanligi. O’quvchi, o’qituvchi, ota-onalarni psixologiya fanining yutuqlari, psixologik xizmat xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
- Ota-onalarga farzand tarbiyasi, ularning yosh xususiyatlari bo’yicha psixologik bilimlar berish. O’qituvchilarda o’z kasbiy faoliyatlari uchun muhim bo’lgan kommunikativ malakalarni tarkib toptirish yo‘llari. jinsiy tarbiya madaniyatini oshirishdan iborat ekanligi. O’quvchi, o’qituvchi, ota-onalarni psixologiya fanining yutuqlari, psixologik xizmat xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
- Yosh avlod ta’lim -tarbiyasiga oid psixologik tavsiyalarni ommaviy axborot vositalarida targ’ib qilish.
- Barchasi to’g’ri.
Задание 20 из 50
20 .
Рубрика: Psixologiya
Psixologik maslaxat ishlarining asosiy mazmuni qanday?
- Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini xisobga olgan xolda differensial diagnostikani amalga oshirish.
- Yangi ilmiy metodikalar, testlar ishlab chiqish.
- Oilaviy nizolarning oldini olish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish.
- Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash, turmush qurish, o’zaro munosabat, muomalar va muloqaot, maslak, dunyokarash, ruxiy tarzda maslaxatlar uyushtirish va maslaxatlar berish.
Задание 21 из 50
21 .
Рубрика: Axborot texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1730-sonli Qarorining asosiy mazmuni nima?
- Ta’lim-tarbiya tizimining o’quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish
- Ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
- Ta’lim-tarbiya tizimininig moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.
- Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy AKTlari joriy etilishini yanada rivojlantirish.
Задание 22 из 50
22 .
Рубрика: Axborot texnologiyalari
Axborotni muhofaza qilish tushunchasi nimani anglatadi?
- Axborot xavfsizligiga tahdidlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishni.
- Axborotlarni qabul qilish, ruyxatdan o’tqazish va tarqatish usullarini.
- Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tamoyillarini.
- Shaxs(foydalanuvchining) mafaatlarini himoyalanganlik holatini.
Задание 23 из 50
23 .
Рубрика: Axborot texnologiyalari
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ tomonidan.
- Qonunchilik palatasi tomonidan.
- Oliy majlis tomonidan.
- Axborot resurslari egasi tomonidan.
Задание 24 из 50
24 .
Рубрика: Ingliz tili
What’s your name?
- I’m a teacher.
- I’m 50.
- I’m from Tashkent.
- My name is Guli.
Задание 25 из 50
25 .
Рубрика: Ingliz tili
What’s your job?
- I’m fine, thanks..
- I’m a teacher.
- I’m from Tashkent.
- My name is Guli.
Задание 26 из 50
26 .
Рубрика: Biologiya
Laborant nimaga mas`ul?
- Barcha jihozlarni soz, ishlatishga shay holatda tutishga mas`ul.
- Laboratoriya o`quv xonasidagi o`quv jihozlarining saqlanishi va foydalanish uchun javobgar.
- Laboratoriya o`quv xonasidagi o`quv jihozlarining saqlanishi va foydalanish uchun javobgar, laborant jihozlardan foydalanish tizimini, ularni saqlash va texnik xizmat ko`rsatish qoidalarini bilishi hamda barcha jihozlarni soz, ishlatishga shay holatda tutishga mas`ul.
- Laborant jihozlardan foydalanish tizimini, ularni saqlash va texnik xizmat ko`rsatish qoidalarini bilishi.
Задание 27 из 50
27 .
Рубрика: Biologiya
Biologiya ta`limining asosiy vazifalarini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
- Ta`lim tarbiya orqali.
- Taqvim mavzu reja orqali.
- Davlat ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi.
- Davlat talablari orqali.
Задание 28 из 50
28 .
Рубрика: Biologiya
DTS me`yorlari qanday nomlanadi?
- Umumiy o`rta ta`lim maktabi bitiruvchilarning bilim malakasiga bo`lgan minimal talab.
- Muayyan sinf o`quvchisining olgan bilimiga o`rtacha talab.
- Bitiruvchilarning bilim va malakasiga bo`lgan minimal talab.
- O`quvchining bilim va malakasiga bo`lgan maksimal talab.
Задание 29 из 50
29 .
Рубрика: Biologiya
«Ta`lim mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar» nimani ifodalaydi?
- Umumiy o`rta ta`lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya`ni ta`lim mazmunining negizini ifodalaydi.
- Bilim ko`nikma va malakalarning shakllanish bosqichlarini ifodalaydi.
- Umumiy o`rta ta`lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning maksimal darajasini, ya`ni ta`lim mazmunining negizini ifodalaydi.
- Umumiy o`rta ta`lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning maksimal hamda minimal darajasini, ya`ni ta`lim mazmunining negizini ifodalaydi.
Задание 30 из 50
30 .
Рубрика: Biologiya
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining biologiyadan davlat ta`lim standartida keltirilgan ko`rsatkich va talablar maktab biologiya ta`limi mazmunini to`liq qamrab oladi va o`zaro bog`lanuvchi nechta yo`nalishga bo`linadi?
- 1 ta ya`ni organik olam evolyusiyasi.
- 2 ta ya`ni ekologik sistemalar, organik olam evolyusiyasi.
- 2 ta ya`ni organizm – biologik sistema, organik olam evolyusiyasi.
- 3 ta ya`ni organizm – biologik sistema, ekologik sistemalar, organik olam evolyusiyasi.
Задание 31 из 50
31 .
Рубрика: Biologiya
Respublikamizda «Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi»da-… .
- Yaratilgan darsliklarning hajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
- Yaratilgan darsliklar o`quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab ishlab chiqilgan.
- Umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun yaratiladigan darsliklarning yangi avlodiga qo`yiladigan umumiy va xususiy talablar ishlab chiqilgan.
- Umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun yaratiladigan darsliklarning yangi avlodiga qo`yiladigan minimal talablar ishlab chiqilgan.
Задание 32 из 50
32 .
Рубрика: Biologiya
O`quv maruza metodida o`quvchilarning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda ………… minutdan so`ng qisqa mustaqil ish yoki savol-javob o`tkazish, o`quvchilarning bilish faoliyati faollashgandan so`ng davom ettirilishi lozim?
- 15-20 minut.
- 20-25 minut.
- 25-30 minut.
- 30-35 minut.
Задание 33 из 50
33 .
Рубрика: Biologiya
Ko`rgazmali metodlar o`qitish jarayonida ………, ………, ………, ……… metodlar bilan uyg`un holda qo`llaniladi.
- mantiqiy, mustaqil ishlash, amaliy, og`zaki.
- og`zaki, amaliy, mantiqiy, muammoli.
- suhbat, induktiv, amaliy, muammoli.
- amaliy, mustaqil ishlash, muammoli, og`zaki.
Задание 34 из 50
34 .
Рубрика: Biologiya
O`quv xonasining zaruriy hujjatlari nimalardan iborat?
- O`quv laboratoriya jihozlarining inventar ro`yxati.
- O`quv xonasining pasporti.
- Texnika xavfsizlik qoidalari.
- O`quv xonasining pasporti, o`quv laboratoriya jihozlarining inventar ro`yxati, texnika xavfsizlik qoidalari.
Задание 35 из 50
35 .
Рубрика: Biologiya
Aniqlagichda belgilar, keskin farq qilishini hisobga olgan holdaqanday tarzda beriladi?
- teza va antiteza.
- antiteza.
- teza.
- to`g`ri javob yo`q.
Задание 36 из 50
36 .
Рубрика: Biologiya
Biologiya ta`lim standartidagi “O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar nimani ifodalaydi?
- O`qutuvchi tomonidan berilayotlgan ta`limni mazmunini ifodalaydi.
- O`quvchining bilish darajasini ifodalaydi.
- O`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi shart bo`lgan bilim ko`rsatkichlarni ifodalaydi.
- Bilim, ko`nikma va malakani ifodalaydi.
Задание 37 из 50
37 .
Рубрика: Biologiya
Biologiya fanidan uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga kiritilgan o’quv laboratoriya mashg’ulotlari necha soatni tashkil qiladi?
- 5-sinfda 9-soat, 6-sinfda 5-soat, 7-sinfda 2-soat, 8-sinfda 4-soat, 9-sinfda 10-soatni.
- 5-sinfda 4-soat, 6-sinfda 2-soat, 7-sinfda 5-soat, 8-sinfda 10-soat, 9-sinfda 9-soatni.
- 5-sinfda 5-soat, 6-sinfda 10-soat, 7-sinfda 4-soat, 8-sinfda 9-soat, 9-sinfda 2-soatni.
- 5-sinfda 2-soat, 6-sinfda 4-soat, 7-sinfda 10-soat, 8-sinfda 5-soat, 9-sinfda 9-soatni.
Задание 38 из 50
38 .
Рубрика: Biologiya
5-9-sinflar kesimida hammasi bo`lib nechta laboratoriya va amaliy mashg`ulot o`tkaziladi?
- 30 ta laboratoriya va 3 ta amaliy mashg`ulot o`tkaziladi.
- 30 ta laboratoriya va 4 ta amaliy mashg`ulot o`tkaziladi.
- 31 ta laboratoriya va 3 ta amaliy mashg`ulot o`tkaziladi.
- 33 ta laboratoriya va 2 ta amaliy mashg`ulot o`tkaziladi.
Задание 39 из 50
39 .
Рубрика: Biologiya
O`qitish va o`qish jarayoni, ________ qo`yilgan maqsadga mos kelganda yakunlanadi.
- Tarbiya.
- Bilim.
- Ta`lim.
- Natija.
Задание 40 из 50
40 .
Рубрика: Biologiya
Amaliy metodda o`quvchilar – _______kuzatish ishlarini olib boradilar.
- maktab tajriba uchastkasida, tabiatda.
- uyda, maktab tajriba uchastkasida.
- kabinetda, tabiatda.
- kabinetda, uyda, maktab tajriba uchastkasida, tabiatda.
Задание 41 из 50
41 .
Рубрика: Biologiya
Umumlashtirish metodiga xos xususiyatlarni toping?
- O`rganilgan ob`ektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ularo`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash.
- Umumiy qoidalardan xususiy xulosa chiqarish.
- Xususiy faktlarda umumiy xulosa chiqarish.
- O`quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, dastlabki xulosalarning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish, umumiy xulosalar chiqarish.
Задание 42 из 50
42 .
Рубрика: Biologiya
Kuzatish metodning o`ziga xos xususiyatlarini toping?
- o`rganilgan ob`ektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ularo`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash.
- nazariy bilimlarni amaliyotga qo`llash,o`quv va mehnat ko`nikmalarini shakllantirish.
- tirik organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo`ladigan hodisalarnio`rganish.
- muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal yetish yuzasidan o`quv farazlarini ilgari surish.
Задание 43 из 50
43 .
Рубрика: Biologiya
Tirik organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo`ladigan hodisalarnio`rganish imkonini beradigan metodni toping?
- umumlashtirish metodi.
- kuzatish metodi.
- muammoli metod.
- amaliy metod.
Задание 44 из 50
44 .
Рубрика: Biologiya
Biologiya ta`limining maqsad-….
- Biologiya ta`limining maqsadi o`quvchiga ta`lim berishga xizmat qiladi.
- Biologiya ta`limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta`limning umumiy maqsadalariga muvofiq o`quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.
- Biologiya ta`limining maqsadi o`quvchiga biologik bilimlar berishga xizmatqiladi.
- Biologiya ta`limi pedagogik jarayonning ajralmas qismi bo`lib xizmat qiladi.
Задание 45 из 50
45 .
Рубрика: Biologiya
Mustаqil tа`lim оlish, hаyot dаvоmidа o’qib-o’rgаnish, o’z hаtti-hаrаkаtini аdеkvаt bаhоlаy оlish qаysi tаyanch kоmpеtеnsiyagа mоs kеlаdi?
- Ijtimоiy fаоl fuqаrоlik kоmpеtеnsiya.
- Mаtеmаtik sаvоdхоnlik, fаn vа tехnikа yangiliklаridаn хаbаrdоr bo’lish.
- Shахs sifаtidа o’z-o’zini rivоjlаntirish kоmpеtеnsiyasi.
- Kоmmunikаtiv kоmpеtеnsiya.
Задание 46 из 50
46 .
Рубрика: Biologiya
Tаjribаlаrni o’tkаzish uchun zаrur jihоzlаr bilаn ishlаy оlish kоmpеtеnsiyasi qаysi kоmpеtеnsiyaviy yondаshuvgа mоs kеlаdi?
- O’quvchilаrning оlgаn bilimlаrini kundаlik fаоliyatidа qo’llаy оlish.
- Хususiy kоmpеtеnsiyalаr.
- Tаyanch kоmpеtеnsiyalаr.
- Shахs sifаtidа o’z-o’zini rivоjlаntirish kоmpеtеnsiyasi.
Задание 47 из 50
47 .
Рубрика: Biologiya
O’quvchining o’simlik оrgаnlаri hаqidаgi o’z fikrini оg`zаki vа yozmа rаvishdа vа tushunаrli bаyon qilа оlishi qаysi kоmpеtеnsiyaviy yondаshuvning elеmеnti hisоblаnаdi?
- Shахs sifаtidа o’z-o’zini rivоjlаntirish kоmpеtеnsiyasi.
- Kоmmunikаtiv kоmpеtеnsiya.
- Ахbоrоt bilаn ishlаsh kоmpеtеnsiyasi.
- Ijtimоiy fаоl fuqаrоlik kоmpеtеnsiyasi.
Задание 48 из 50
48 .
Рубрика: Biologiya
O’quvchining hаyvоnоt оlаmi hаqidа umumiy mа`lumоtlаr bаzаsini yarаtа оlishi vа ulаrning eng аsоsiylаrini tаnlаy оlishi qаysi kоmpеtеnsiyaviy yondаshuvning elеmеnti hisоblаnаdi?
- Biоlоgiyadаn оlgаn bilimlаrini аmаliyotdа qo’llаsh.
- Ахbоrоt bilаn ishlаsh kоmpеtеnsiyasi.
- Biоlоgik jаrаyon, hоdisаlаrni kuzаtish, tushunish vа tushuntirish.
- Shахs sifаtidа o’z-o’zini rivоjlаntirish kоmpеtеnsiyasi.
Задание 49 из 50
49 .
Рубрика: Biologiya
Lаbоrаtоriya хоnаsidаgi mаvjud jihоzlаrni ko`zdаn kеchirаdi (invеntаrizаsiyadаn o`tkаzаdi) vа nоsоz hоlgа kеlib qоlgаn jihоzlаr vа ulаrni tа`mirlаsh bo`yichа dаlоlаtnоmа аsоsidа yozmа rаvishdа mа`lumоtnоmа kimga tаqdim etib bоrаdi?
- Fan o`qituvchisiga.
- Tа`lim muаssаsаsining dirеktоr o`rinbоsаriga.
- Ta’lim muаssаsаsining dirеktоriga.
- Tа`lim muаssаsаsining xo`jalik ishlari bo`yicha dirеktоr o`rinbоsаriga.
Задание 50 из 50
50 .
Рубрика: Biologiya
Yoritgich mikroskopda ko`rinadigan qon unsurlari?
- Uglеvodlar, trombotsitlar, minеral tuzlar.
- Oqsillar, lеykotsitlar, qon plazmasi.
- Eritrotsitlar, lеykotsitlar, trombotsitlar.
- Yog`lar, eritrotsitlar, gormonlar.
Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!
Kimyo-biologiya fakulteti
Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Kimyo-biologiya fakulteti 1960-yil 20-yanvarda ish boshlagan. Keyinchalik, ya’ni 1994-yil “Tabiatshunoslik” markaziga aylantirilgan. 2001-yilda markaz tarkibida “Ximiya-geografiya” hamda “Biologiya-tuproqshunoslik” fakultetlari tashkil etilgan. 2005-yil 26-avgustda har ikki fakultet birlashtirilib, “Kimyo-biologiya” fakulteti deb nomlangan.
2011-yil 5-noyabrdan “Tabiatshunoslik va geografiya” fakulteti nomi bilan, 2014-yil 8-iyuldan “Tabiiy fanlar” fakulteti deb yuritilgan.
2021-yilning 23-sentabridan qaytadan “Kimyo-biologiya” fakulteti deb nomlandi.
Fakultet ma’muriyati
Kimyo-biologiya fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, dotsent
Kamolov Luqmon Sirojiddinovich
Qabul vaqti: Har kuni 14.00 – 18.00
Telefon: (+99899) 413-03-71
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
Toshov O‘tkir Jumaevich
Qabul vaqti: har kuni 15.00-17.00
Telefon: (+99893) 931-81-41
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
Allanov Abdig’affor Berdiyorovich
Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00
Telefon: (+99891) 963-25-45
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
Norchayev O‘tkir Toshkentovich
Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00
Telefon: (+99890) 444-74-04
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan muovini
Raximov Abdixofiz Lutfullayevich
Qabul vaqti: har kuni 15.00–17.00
Telefon: (+99899) 957 32 38
Fakultet kafedralari
Organik kimyo kafedrasi
Anorganik kimyo kafedrasi
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi
Fakultet yo‘nalish va mutaxassisliklari
Fakultet 3 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.
Bakalavriatura:
60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha)
60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha)
Magistratura:
70510101 – Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
70530101 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)
70510102 – Mikrobiologiya va virusologiya.
Fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun 6 ta – Botanika, Zoologiya, Fiziologiya, Organik kimyo, Anorganik kimyo hamda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.
Fakultetda 1190 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 5 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Bundan tashqari, sirtqi bo‘lim va ikkinchi mutaxassislik talabalariga ham ta’lim beriladi.
Ilmiy salohiyat
Fakultetda 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, 70 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 2 nafar fan doktori, professor, 20 nafar fan nomzodi, dotsent, 9 nafar falsafa doktori, 40 nafar katta o‘qituvchi va assisentlar talaba va magistrantlarga ta’lim berib kelmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati – 46%
Biologiya va ona tili adabiyot yo’nalishlari
AIM.UZ saytdagi ma’lumotlarni ko’chirib olishingiz uchun va saytda o’z ma’lumotlaringizni yuklashingiz uchun siz saytda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi bo’lishingiz kerak. Buning uchun ro’yxatdan o’tish “Регистрация” tugmasini bosing, va keltirilgan formani birin-ketin to’ldiring.
Логин – Ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng saytga o’z profilingiz ostida kirishingiz uchun ixtiyotiy tanlanadi. (Ijtimoiy tarmoqlarda login tanlash kabi. Masalan: alisher2999, Doniyor77), asosiysi siz tanlagan login sizdan oldin saytning boshqa foydalanuvchilari tomonidan tanlanmagan bo’lsa bas. Bunday hollarda tizim sizdan boshqa login tanlashingizni so’raydi.
Имя, Фамилия – Ism, familiyangiz.
Почта – Elektron pochtangiz manzili. “Mail.ru”, “Umail.uz”, “Gmail.com” va shunga o’xshash istalgan pochta servislarida ochilgan elektron pochta manzilingiz. (Masalan: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. , Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. )
DIQQAT: Ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatilgan elektron pochta aynan sizga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida siz ko’rsatgan pochta manziliga sinov xabari yuboriladi. Ro’yxatdan o’tishni yakunlash uchun siz elektron pochtangizga kirib, aim.uz saytidan kelgan sinov xabarida ko’rsatilgan maxsus havolani (ssilkani) ustiga bosishingiz kerak bo’ladi. (Sinov xabarini topa olmasangiz, uni ‘spam’ katalogi ichidan qidirib ko’rishni unutmang.)
Пароль – Ixtiyoriy tanlanadigan maxfiy raqam yoki so’z. Muhimi siz tanlagan parol esingizdan chiqmaydigan, 4 ta simvoldan kam bo’lmasligi kerak. (Masalan: 1234, alifbe va hk..)
Фото – Rasmingizni yuklang. (Ixtiyoriy, istamasangiz shunchaki tashlab o’tib keting.)
Ko’rib turganingizdek ro’yxatdan o’tish jarayoni juda ham sodda va oson. Ro’yhatdan o’tgach saytning tepa o’ng qismidagi “вход на сайт” saytga kirish tugmasini bosasiz. Tizim sizdan login va parol so’raydi. Ro’yxatdan o’tish jarayonida tanlagan loginingizni va parolingizni bexato kiritasiz va sizni qiziqtirgan ma’lumotni bemalol ko’chirib olaverasiz.
Biologiya va ona tili adabiyot yo’nalishlari
Ibragimova Nagina Maratovna
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqti: Dushanba- shanba, 9.00-16.00
Tel: 90 987 03 49
Fakultet tarixi
1982-yilning 12-mayida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 401-farmoyishiga muvofiq Toshkent Davlat chet tillari pedagogika instituti va rus tili va adabiyoti pedagogika instituti qo`shilib, yuqori darajadagi ta’lim muassasasi barpo etildi. O`zbekiston davlat jahon tillar universiteti tarkibiga R P I R T A kirdi va maxsus sifatli Respublika filologiya fakulteti tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda rus tili filologiyasi fakultetida ixtisoslashtirilgan kafedra ishlab turmoqda va quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ta’lim jarayoni olib borilmoqda.
Fakultet quyidagi yo`nalishlar bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash bilan shug’ullanadi:
Bakalavriat ta’lim yo`nalishi:
5120100- Filologiya va tillarni o`qitish (rus tili)
5111300- Rus tili va adabiyot (o`zga tilli guruhlarda)
Magistratura mutaxasisligi:
5A120102- Tilshunoslik(rus tili)
5A120102- Rus adabiyotshunosligi.
Fakultet professor-o`qituvchilar tarkibi:
60 o`qituvchi, ulardan 5tasi fan doktori, 7tasi fan nomzodi.
Filologiya fanlari doktori va professorlar:
Fakultetda 60 dan ortiq intizomlar bo`yicha leksiya kurslari o`qiladi.
2017-yilda O`zDJTUning rus tili filologiyasi fakultetida rus tili markazi ochildi.
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
1. O`zbekiston Respublikasi vakolatxonasi
2. Aka-uka Stoletovlar nomidagi Vlodemir davlat unversiteti
3. Gorodovikov nomidagi Qolmiq davlat unversiteti
4. Urol davlat Ekonomika unversiteti
Hozirgi kunda fakultetda 3 ta iqtisoslashtirilgan kafedra bor:
· Hozirgi zamon rus tili kafedrasi
· Rus tili va o`qitish metodikasi kafedrasi
· Rus adabiyoti va o`qitish metodikasi kafedrasi
Rus tili filologiyasi fakultetida 650 dan ortiq talabalar bakalavr, 20 magistrant 2 yo`nalish bo`yicha ta’lim olishadi:
Ilmiy va ilmiy-tadqiqod ishlari
Rus filologiysa fakulteti professor-o`qituvchilari ilmiy-tadqiqod faoliyatini quyidagi yo`nalish bo`yicha amalga oshiradilar:
· Zamonaviy adabiy rus tili: tilshunoslik tadqiqot,tildagi o`zgarishlar
· Komporativ tilshunoslik bo`limida ishlash va rus tilida taqqoslab o`rganish.
· Rus tilida tovushshunoslikni taqqoslab o`rganish, rus tili tatqiqiy asoslangan jihatni o`rganish.
· Tilshunoslik bo`limini o`rgarishdagi savollar,terminalogiya tarixi va terminalogik apparatini shakllanishi.
· Tarjimonlik yo`nalishini tatqiqiy jihatdan o`rganish, rus adabiyotini o`zga tillarga tarjima qilish.
· Umumiy tilshunoslik amaliy vazifalarini tadqiq qilish.