Bioorganik kimyo kitob
Biz korrupsiyaga qarshimiz
BIOORGANIK KIMYO
BIOORGANIK KIMYO — organik kimyo bilan biologiyaning bir qancha sohalaridan tarkib topgan fan. 20-asrning 2-yarmida vujudga kelib, molekulyar biologiya, biokimyo va biologiyaning boshqa tarmoqlari bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanmoqda. Asosan, biopolimerlar (oqsillar va peptidlar, nuklein kislotalar va nukletoidlar, lipidlar, polisaxaridlar va boshqalar) hamda bioregulyatorlar (fermentlar, vitaminlar, gormonlar, jumladan fitogormonlar, shuningdek sintez yo’li bilan tayyorlangan biologik faol birikmalar, masalan, dori preparatlar, o’stiruvchi moddalar, insektofungisidlar, gerbitsidlar va hokazolarni tadqiq qiladi, ularni kimyoviy jihatdan toza holda sintez qiladi, tuzilishini aniqlaydi, bu moddalarning tuzilishi bilan biologik xossalari o’rtasidagi bog’lanishni ochib beradi, biopolimerlar, shuningdek tabiiy va sintetik bioregulyatorlar biologik ta’sirining kimyoviy tomonlarini o’rganadi. Bioorganik kimyoda asosiy muammolarning hal qilinishi biol.ning yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Eng muhim biopolimerlar bilan bioregulyatorlarning tuzilishini va xossalarini aniqlamasdan hayot jarayonlarining mohiyatini bilish, ayniqsa, ko’payish (urchish) va irsiy belgilarning naelga o’tishi, hujayralarning o’sishi, immunitet, xotira, nerv impulsi va boshqa murakkab hodisalarni boshqarish yo’llarini topish mumkin emas. Fermentlarning tuzilishini va ta’sir mexanizmini o’rganish asosida yuksak darajada faol katalizatorlar vujudga keltirish, muskul qisqarishini o’rganish asosida kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga aylantirish, biologik sistemalarda axborot (informatsiya) saqlanishi va naslga o’tishi printsiplari, hujayralardagi ko’p komponentoy sistemalarning o’zo’zini boshqarish printsiplaridan texnikada foydalanish muammolarini hal etish Bioorganik kimyo sohasida o’tkaziladigan tadqiqotlarga bog’liq.
Biz korrupsiyaga qarshimiz
Bioorganik kimyo kitob
Mazkur dyarslnkda organik birnkmalar tuznlishining naz&riy asoelari na reaktsmyalarga kopir ligi N1ChI.1LYaK bnlan basa kilnngai Bnoorganik knmyo bulajak shmfikorlarni xayotni jarayoidarning molekulyar asislari bilam bir Kaiorda g’alabalarga dorizor vosntalar vaznfa-sini bajaradigan talaygina organik birmkmalarming iac-nnfi. tuznlnshn va xossalarmii urgatadi.
Lyarslik tibbiet oliy bili.mgoxlarminng kup sipl i talabalariga muljallangan.
Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring
Elektron kutubxona
- O’quv adabiyotlar
- Monografiyalar
- Badiiy adabiyotlar
- Uslubiy qo’llanmalar
- Avtoreferatlar va dissertatsiyalar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Bizning manzil
- Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
- +998 (66) 233 28 63
- sammu@sammu.uz
Xarita
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing