Press "Enter" to skip to content

Birinchi kitob hayajonlari

Chillak

KITOB HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo’lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo’lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

2. Dunyo bo’yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo’lyozmasi e’tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o’simlik haqida so’z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo’lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o’qiy olishmayapti.

4. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko’zgu yordamisiz o’qib bo’lmaydi.

5. «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz o’qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.

6. L. Kerrollning «Alisa mo»jizalar mamlakatida» kitobi sotuvi Xitoyda qat’iyan taqiqlab qo’yilgan. Bunga asardagi hayvonlarning ham inson tilida gapirishi sabab qilib ko’rsatilgan.

7. Xorvard kutubxonasida to’rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.

8. «Robinzon Kruzo» asarining davomi ham bor. Unda xuddi o’sha birinchi asardagi qahramon ikkinchi marotaba kema halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi va ming turli mushkulotlarga duch kelgan ko’yi quruqlik orqali uyiga yetib oladi. Quruqlik esa Rossiya hududi hisoblanadi.

9. Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo’lgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.

10. Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.

11. Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa bo’ladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.

12. Ko’pchilik kitobsevarlar o’zi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi so’nib, o’qishni to’xtatishadi.

13. Qadimiy Assiriyada kitob oddiy loydan tayyorlangan.

14. Kitob o’g’risini dunyo miqyosida bibliokleptoman deb atashadi.

15. Vellingtonda dunyodagi eng og’ir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Birinchi kitob hayajonlari

Yosh ijodkorlar bahorgi irmoqlarga o‘xshaydi. Ularda bahor suvlarining shoshqinligi, musaffoligi, beg‘uborligi bor. “Birinchi kitobim” loyihasi asosida chop etilgan to‘plamlar bilan tanishish jarayonida yoshlar ijodi bugungi kun ruhi va maqsadlariga muvofiq ekanligini payqash mumkin. Joriy yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” jamoat fondi homiyligida 20 ming nusxada nashr qilingan kitoblar orasida Fozil Farhodning “Maktub”, Kumush Abdusalomovaning “Kuylamasam bo‘lmaydi”, Sanjar Tursunovning “Muzaffar tong”, Zulfira Nu’monovaning “Osmonning fanori”, Shavkat Odiljonning “Baxt bekati”, Zebo Xudoyberdiyevaning “Yo‘l boshida” kabi to‘plamlari bor. Olti nafar ijodkorning ilk kitoblari 120 mingta oq kabutarga aylanib, adabiyotga, she’rga, so‘zga intiq yuraklarga kirib borsa, ajab emas.

Foziljon, ustoz adiblarning ko‘pchiligi sizning yoshingizda adabiy jarayonda tanilib ulgurishgan, bir emas, bir nechta kitoblari nashr etilgan. Odatda ijodkorning birinchi kitobini to‘ng‘ich farzandga qiyoslashadi. To‘ng‘ich farzandning nuqsonlari har doim har ko‘zga tashlanmagani kabi ilk kitob ham xatolari bilan birga suyumli bo‘ladi. “Maktub” ni qo‘lga olganingizda, qalbingizdan qanday o‘ylar kechdi?

Fozil Farhod:

– Kitob – ma’naviy boylik! Allomalarimiz aytganiday, uning qiymati moddiy boylikdan yuqori turadi. Birinchi kitobim chop etilgani haqidagi xushxabarni eshitganda yuragimdan hayajonli tuyg‘ular kechdi. Taniqli ijodkorlarning birinchi kitoblari nomini eslashga urindim. Abdulla Oripovning “Mitti yulduz”i, Rauf Parfining “Karvon yo‘li”, Matnazar Abdulhakimning “Tiniq tonglar”i, Xayriddin Sultonovning “Quyosh barchaga barobar”i, Yo‘ldosh Eshbekning “Sog‘inib yashayman”i, Eshqobil Shukurning “Sochlari sumbul-sumbul”i, A’zam O‘ktamning “Kuzda kulgan chechaklar”i, halima Ahmedovaning “Tungi marvaridgullar”ini bir-bir ko‘z oldimga keltirdim, qo‘limda borlarini varaqlab ko‘rdim. Ushbu kitoblarning mualliflari ilk to‘plamlari bilan mashhur bo‘lishgan, ustozlar e’tiborini qozonishgan. Biz ham ulardek ijodkor bo‘la olamizmi?

Taqdimot ko‘ngildagiday o‘tdi. Samimiy qutlovlarni qabul qildik. Qutlovlar kelishi hamon davom etyapti. Birinchi kitobimizning 20 ming nusxada chop etilgani nafaqat biz, tanishlar, do‘stlar, qarindoshlarning ham boshi osmonda! Yo‘l boshida turgan yosh ijodkor uchun bu haqiqatan ulkan hodisa.

Kunda bo‘lmasin, oyda bo‘lmasin, mayli, yilda bir bo‘lsa ham “Kitobingiz qo‘limda turibdi”, degan xushxabarni olish qalam ahliga nasib etaversin!

Qizaloqda yangi tuyg‘u paydo bo‘ldi – kutish. Endi u har tong derazadan darvozaxonaga termilishni odat qildi; otasining kelishini intiqib kuta boshladi. har gal ularning o‘rniga baroq qoshli pochtachi amakini qarshi olarkan, maktubni unga berardi-yu, mitti yuragi bir og‘rinib qo‘yardi. Biroq har oqshom maktub yozishini qo‘ymasdi…

Maktub” hikoyasidan

O‘z ovoziga ega bo‘lishni istagan yosh ijodkor adabiyotimizning asriy an’analari bilan bir qatorda milliy folklorga ham befarq bo‘lmasligi kerak. Chunki har qanday millat adabiyoti avvalo uning folkloridan oziqlanadi. Qaysi xalqning og‘zaki ijodiyoti boy bo‘lsa, shunga muvofiq ravishda adabiyoti ham muhtasham bo‘ladi. Kumush, aksariyat she’rlaringizda xalqona qo‘shiqlarga xos ohang va kayfiyat bor. Ilk kitobingizdagi “Gul sayli”, “Maktub”, “Qiz qo‘shig‘i” singari she’rlarni o‘qib, shunday xulosaga kelish mumkin. Buning boisi nimada?

Kumush Abdusalomova:

– Gyotening shunday gapi bor: “Xalq qo‘shiqlarining asl qadr-qimmati shundaki, ulardagi ohanglar bevosita tabiatning o‘zidan olingan”. Xalq qo‘shiqlari insonning o‘zi bilan tug‘ilib, o‘zi bilan birga ulg‘ayadi. Bolalikda “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Chittigul” qo‘shiqlarini sevib aytamiz. O‘smirlik pallasiga yetib, oq-qorani taniy boshlagan chog‘imizda esa “Soy bo‘yi”, “Eshik oldi”, “Boshginam og‘riydi” kabi qo‘shiqlarni qanday yod olganimizni o‘zimiz bilmay qolamiz. Yillar o‘tib borar ekan, xalqimiz turmush tarzining uzviy qismi bo‘lmish mehnat qo‘shiqlari ham hamrohimizga aylanadi. Xalq qo‘shiqlarining ahamiyatli jihati shundaki, ular hech qachon eskirmaydi, zeriktirmaydi, vaqt to‘siqlaridan ildam o‘tib boraveradi. Bolalikda eshitganimiz termalar sochimizga oq tushganda ham yangidek tuyuladi. Ularni yodlash ham, yozib olish ham shart emas. Bolaligimda xalq qo‘shiqlarini ko‘p bor eshitganman, dugonalarimga jo‘r bo‘lib kuylaganman. Xalq qo‘shiqlariga bo‘lgan mehrim tufayli she’rlarimning aksariyati xalqona yo‘lda yozilgan. Menimcha, xalqona uslubda she’rlar yozish yosh ijodkorga ko‘p narsa beradi, ijodini millat ruhiga yaqinlashtiradi.

Chillak

Sindirib olishdi uni daraxtdan,

So‘ng kesib tashlashdi oyoq-qo‘lini.

Yerdan chuqur qazib, boshin qo‘yishdi,

Zulmatlar qopladi o‘ngu so‘lini.

Tayoqni ayamay urishdi keyin,

Samoda sovuqdan titradi dir-dir.

Tayoqning bir aybi, bitta gunohi –

Soqovligi bilan to‘g‘riligidir.

hikoyalaringizda yuksak tog‘lar havosi, dasht odamlarining sodda hayot tarzi, aytgani hikmatga aylanuvchi insonlar taqdirini qamrab olishga intilasiz. Qahramonlaringizning aksariyati g‘ururi baland polvonlar, chavandozlar, umri zahmat ichida kechadigan soddadil cho‘ponlar… Bu hol o‘quvchiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Sizningcha, badiiy adabiyotda ijodkor tug‘ilib o‘sgan maskan, u yashagan muhitning ahamiyati nechog‘lik?

Sanjar TURSUNOV:

– Sangardak tog‘larida qishu yoz, bahoru kuz kakliklar sayraydi. Bog‘laridagi daraxtlar shoxida kech kuz kunlarida ham olmalar bo‘ladi. Bahorda daryolar toshadi, qorlar eriydi, sel keladi. Xuddi o‘n sakkiz yoshli yigitcha kabi daryolarning kuchi “bilagi”ga sig‘maydi. Lekin yozda daryo sal tiniqlashadi. Xuddi o‘ttiz yoshli og‘ir-bosiq odam singari. Kuzda suvlar dokaday mayin tortib qoladi. Ellikdan o‘tib, oqu qorani tanib olgan odam yanglig‘ sekin oqadi. hatto, 1-sinf o‘quvchisi ham uni mensimay kesib o‘tadi. Qishda esa… muzlaydi. Usti muz, pastida suv oqib turaveradi. Yuzi kulib tursa-da, qarilikka chora topolmay qalbi azob chekayotgan otaxon misol…

Sangardak sharsharasi raqsga tushadi. Dimog‘ingizda istagan kuyingizni xirgoyi qilib sharsharaga tikilsangiz, u sizni eshitgan kabi raqs tusha boshlaydi. Agar unga maftunligingizni oshkor etsangiz, u boshingiz uzra kamalak yasaydi, tomchilarini yuzingizga sepib sho‘xlik qiladi. Beparvolik qilsangiz, shamol bilan yuzingizga chang soladi…

Ha, ijodkor uchun tug‘ilib o‘sgan maskan, adabiy muhit va tabiiy manzaralar muhimdir. Bolaligimda ertakdagi voqealar tog‘ning orqasida sodir bo‘lgandek tuyulardi. O‘sha tomonlarga borgim, yetti boshli Ajdarhoni o‘ldirgim, Kenja botir bilan gurunglashgim kelaverardi. Ulg‘aygach ko‘rdimki, tog‘ning ortida ham bizga o‘xshagan odamlar yashasharkan. Xuddi biz singari ertaklardan miriqib ulg‘ayayotgan bolalar bor ekan. Va ular ham biz tomonlarni “voqea sodir bo‘ladigan joy” deb o‘ylasharkan. To‘g‘ri, tasavvurim meni aldadi, biroq baribir ertaklarga ishonaman. Chunki qo‘limga qalam tutqazgan, nimalarnidir yozishga undagan kuch, huv, o‘sha ertaksiz uxlolmaydigan tunlarimizdan boshlangan bo‘lsa, ne ajab?

hozir har kecha o‘sha tunlardan ilhom olaman. Ularning oldida o‘zimni qarzdor sezaman va bu qarzdorlik tuyg‘usi meni anchayin qiynab qo‘yadi.

Tug‘ilib o‘sgan maskanning ahamiyati ham, mas’uliyati ham shu bo‘lsa kerak…

Bolalik yakuni yo‘q tushga o‘xshaydi. Bu oltin damlarda ko‘ngling nimani buyursa, xayolingga nima kelsa, qilasan. Birov seni ayblamas, dag‘dag‘a qilib g‘ururingni toptamas, nari borsa sho‘xlikka yo‘yishar, undanam oshib ketsa, beozor “bezori”ga chiqarib qo‘yishadi. Yana bir muhim tomoni, o‘sha bezoriliklar yoqadi-da odamga. Bu xush onlar bir keladi-yu ketadi. Ana shunisi yomon. Yigirma kun oldin hayotimda biror muhim voqea ro‘y bergandir, ha, ha, yigirma kun oldin. Esimda yo‘q. Yo‘q. Ammo yigirma yil oldin ro‘y bergan har bir voqea hali hamon yodimda…

Ovuldagi bir oqshom” hikoyasidan

har qanday millat adabiyotining salmoqli qismini bolalar adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Kichik yoshli she’rxonlar uchun yozish kattalarga yozishdan ko‘ra osonroq bo‘lib tuyulsa-da, aslida undan ko‘ra mas’uliyati og‘irroq. Ijodiy faoliyati davomida bolalarga asar yozgan shoir va adiblar ko‘p. Lekin bolalarning sevimli shoiri yoki adibi sifatida keng ommaga tanilish hammaga ham nasib etavermaydi. Nega aynan bolalar ijodkori bo‘lishga ahd qildingiz?

Zulfira No‘monova:

– Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi tarbiyadan iborat. Asar qaysi janrda yozilganidan qat’iy nazar zamirida tarbiya yotadi. Qolaversa, bolalikdagi tarbiya inson ma’naviyatining poydevori hisoblanadi. Ana shu ilk tarbiya elementlarini bolalar ongiga sodda, ular ruhiyatiga mos holda singdirish esa shoirdan mahorat talab etadi. Bu bolalar shoirlari zimmasidagi vazifadir. Bolalar uchun yozish murakkab, ammo zavqli. Chunki tanlangan mavzu, uning zamiridagi g‘oyani bolalarga yetkazish uchun ularga tushunarli va qiziqarli bo‘lgan poetik obrazlarni izlab topish kerak. Demak, bolalar ijodkori bo‘lish uchun qiziqish va intilishning o‘zi kamlik qiladi.

O‘z davrida Quddus Muhammadiy, Zafar Diyor, Po‘lat Mo‘min, Qudrat hikmat, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon kabi shoirlarimiz she’rlari mening bola ko‘nglimni to‘lqinlantirgan, o‘yga toldirgan. Keyinchalik men ham she’rlarim bilan bolalarga ana shunday zavq ulashishim mumkinligi to‘g‘risida o‘yladim. Ilk she’rlarim o‘sha paytlarda qog‘ozga tushdi. Men she’rlarimdagi yumor, yoshlik shavqi orqali bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg‘otib, ulardagi insoniy sifatlarning ilk ko‘rinishlarini shakllantirishni o‘z oldimga maqsad etib qo‘yganman. Bu yo‘lda hali ko‘p izlanishim kerakligini bilaman. Ustozlarim ko‘magi va ishonchi menga yo‘ldosh ekan, maqsadim albatta amalga oshadi.

Kapalak

Kanoting ipak misol

Biram momiq va mayin.

Parvoz qilasan ko‘kda

O, kapalak, qalbimga

Ezgu hislar solding sen.

Mayli, men tutolmagan

Orzu bo‘lib qolgin sen.

Bugungi adabiy jarayonni kuzatganda, “Bu gulshan sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p” degan so‘zlar yodga tushadi. Chunki iste’dodli shoirlar juda ko‘p. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar har yili o‘nlab yosh ijodkorlarni kashf etmoqda. Turli sabablar bilan mazkur seminarlarda qatnasha olmay, chekka qishloqlarda erkin ijod bilan shug‘ullanib yurgan ijodkorlar ham bor. Ayni holat bir tarafdan yosh ijodkorning baxti – negaki ko‘pincha iqtisodiyotga nisbatan qo‘llanuvchi “raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi”, degan fikrni adabiyotga ham joriy etsa bo‘ladi. Nima dedingiz?

Shavkat Odiljon:

– Yengil-yelpi asarlar, qog‘ozga tushar-tushmas qo‘shiqqa aylanayotgan “she’r”lar qayerdan paydo bo‘layapti? O‘sha siz aytayotgan, “raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi”, degan iboraning orqasidan-da, albatta. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan havaskor shoirlarning “Bugun rekord o‘rnatdim, bir kunda 30dan ortiq she’r yozdim”, – degan so‘zlarini o‘qiganda, har qanday ijodkor o‘yga tolishi tabiiy… haqiqiy she’r chinakam ilhomdan tug‘iladi. So‘zning asil Sohibi ijod ahlini ilhomdan ayirmasin.

Adabiyot – raqobat maydoni emas. O‘qib-o‘rganadigan, o‘z ko‘nglini to‘kib, o‘zga ko‘ngillarni topadigan maydon. Menimcha, bu maydonda ijodkorlarni raqobatchilar emas, xalq tiliga yaqin tarzda “yo‘lda yo‘ldoshlar” deb atasak bo‘ladi. Yoki “safdoshlar” debmi… Ijodkor uchun eng yaxshi safar o‘z ko‘ngliga qilgan safaridir. Bu manzilda o‘zingni topasan. Safar davomida senga ilhom parisi hamroh bo‘ladi. Mashhur adib Markes “Ilhom – ilohiy ne’mat, u kelganida ish yengil kechadi”, – deydi. She’r yozayotganda ruhiy holatimizda ham o‘zgarish sodir bo‘lganini sezamiz. O‘zimizni parvoz qilayotganday his etamiz.

Seminarlar masalasiga kelsak, ular adabiyotni raqobat maydoniga aylantirish uchun emas, yosh ijodkorlarni topish, qo‘llab-quvvatlash, bir-birlari bilan tanishtirish, kitobga oshno qilish, ustoz ijodkorlardan saboq olishlariga imkon berish maqsadida tashkil qilinmoqda. Bu seminarlar ijobiy natija berayotganini keng jamoatchilik, adabiyot muhiblari kuzatib, guvoh bo‘lib turibdi. Joriy yilda “Birinchi kitobim” loyihasida nashr etilgan kitoblar orasida “Baxt bekati” nomli to‘plamimning borligi men uchun bir umr unutilmas voqea bo‘ldi. 20 ming nusxada chop etilgan ilk kitobimni katta mas’uliyat, kelajakka bo‘lgan umid va ishonch ramzi sifatida qabul etdim. Ustozlardan minnatdorman.

Baxt

Yo‘ldan o‘tib ketmoqda taqdir,

Sevgi javlon urar mehnatda.

horma, nega ishlaysan, sevgi?

Nomim qolsin abadiyatda.

Savol-javob cho‘zildi rosa,

Taqdir ishqdan o‘ylanib qoldi.

horma, – dedi yana bir karra

Va qo‘liga ketmonni oldi.

Mehnat qildi ikkovlon uzoq,

Noni halol – yugurdi, yeldi.

Inoqlikdan nishon dunyoga

Baxt ismli chaqaloq keldi.

Buyuk shoirligiga mos tarzda talabchan adabiyotshunos ham bo‘lgan hazrati Bobur zamondosh shoirlardan biriga ta’rif berar ekan, uning “Devon”idan o‘rin olgan g‘azallarning barchasi bir vaznda bitilganligini ta’kidlaydi. Bu bejiz emas. Shoirning mahorati ma’lum ma’noda uning turli janrlarda, turfa vaznlarda qalam tebratishiga ko‘ra ham baholanishi mumkin. “Yo‘l boshida” nomli mo‘jaz to‘plamingizda bir-ikkita mumtoz ohangdagi she’rlarini ham o‘qidik. Ayting-chi, yosh ijodkor qalbida mumtoz adabiyotga mehr, mumtoz adabiyot namunalarini o‘qishga ishtiyoq borligi uning ijodida qanchalik ahamiyatga ega?

Zebo Xudoyberdiyeva:

– Binoning mustahkamligi uning poydevoriga bog‘liq, deyishadi. Men baquvvat ildizlarga ega bo‘lgan milliy adabiyotimizni vaqt sinovidan o‘tib, bugungi kunga qadar yetib kelgan ko‘hna obidalarga o‘xshataman. O‘zbek adabiyoti, ayniqsa o‘zbek mumtoz adabiyotiga maftunligim oilaviy muhitda shakllangan. Bilasiz, farg‘onaliklar azaldan adabiyotni, kuy-qo‘shiqni, askiyani yaxshi ko‘rishadi. Bolaligimdan mumtoz qo‘shiqlarni sevib tinglayman, xirgoyi qilib yuraman. hazrat Alisher Navoiyning purhikmat g‘azallarini takror-takror o‘qiyman, misralari qatidagi ma’noni anglagim keladi. Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari latif samimiyati bilan qalbimni hayajonga solsa, Nodirabegim va Jahon otin Uvaysiy g‘azaliyoti ayol qalbining eng nozik, ayni chog‘da bir qadar mahzun tasvirlari bilan yuragimni to‘lqinlantiradi. Asosan barmoq vaznida yozaman. Lekin mumtoz she’riyatga bo‘lgan mehrim, maftunligim tufayli g‘azallar mashq qilib turaman. Yaxshi shoir bo‘lish uchun faqat iste’dodning o‘zi kifoya qilmaydi, adabiyotga doir nazariy bilimlarni ham puxta o‘zlashtirish, mumtoz shoirlar ijodini ko‘proq o‘qish kerak. Zero, mumtoz shoirlar ijodi yosh qalamkashlarga so‘zni so‘zdan farqlashni o‘rgatadi.

Suvrat

Cuvda olam aks etar,

Ba’zan quyosh, ba’zan oy.

Suvratni qayga eltar

Shoshqaloq musavvir – soy?

Ko‘klam chog‘i bir o‘zim

Soy bo‘yida yurgandim.

Nogoh tushgandi ko‘zim,

Bir yigitni ko‘rgandim.

Bir bor ko‘rsat rasmin deb

har kun soydan so‘rayman.

Meni qiynama hadeb,

hech qursa… bir ko‘ray man.

Jazmim yetmas jur’atga.

Qiyoslab ko‘rsam deyman

Yosh ijodkorlarning fikrlarini G. Mo‘minova yozib oldi.

Birinchi kitob qachon paydo bo’lgan

Bugungi sanada: 3 ta

Bugungi sanada: 2 ta

Bugungi sanada: 4 ta

BUGUN: 14-Mart, 2023-yil. Seshanba

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan, bu davrda u turli xil ko’rinishda bo’lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. Buning uchun ular yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalarga uchli yog’och bilan maxsus belgilartushirishgan. So’ngra uni oftobda quritishgan yoki olovda pishirishgan. Kitoblar, hatto kutubxonalar mana shunday maxsus loy taxtachalardan tashkil topgan. Shoh Ashshur-banipal (miloddan awalgi 7-asr)ga qarashli shunday kutubxonani yuz yil muqaddam qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti bo’lgan joydan qazib topishgan.

Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan. Keyinchalik ular o’z kitoblarini mo’yqalam (cho’tkacha) va tush bi-lan ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog’ozga yozishgan.

Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh tax-tachalarga o’yib yozishgan. Keyin papirusni ixtiro qilganlar. Presslangan qamish plastinkalarni bir necha o’n metrgacha uzunlikda-gi tasma shaklida yelimlashgan. Ularni o’rog’liq holda saqlaganlar. Misr papiruslari-dan deyarli ikki ming yil davomida Yunonis-ton va Qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi material sifatida foydalanishgan. Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona qadimgi dun-yodagi eng katta kutubxona hisoblangan.

Miloddan awalgi 2-asrda Pergam podsholigidagi ustalar yozuv uchun hayvon terisidanyangi material – pergament tayyorladilar. Yunoniston va Qadimgi Rimda papirus va per-gament juda qimmatbaho material bo’lganligi uchun xomaki matn va xatlarni uchi o’tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachaga yozganlar.

O’zbekiston hududida ham kitobning paydo bo’lishi yozuvning yaratilishi bilan uzviy bog’liq. Yozuvning tuzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o’ziga xos tomoni va boshqalar ma’lum darajada kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi Misr, Rim, Yunonistonda bo’lgani kabi, o’rta Osiyoda ham kishilar o’z fikrlarini tosh, sopol, suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar. Manbalarda sug’d va pahlaviy yozuvida pergament (charm)ga yozilgan kitoblar bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. O’rta Osiyoda tarqalgan zardushtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qadimgi nusxasi ham pergamentga yozilgan (miloddan avvalgi 1-asr). Uning keyingi ko’chirilgan nusxalaridan biri Toshkentdagi o’zbekiston xalqlari tarixi muze-yida saqlanadi. Pergamentga bitilgan qadimgi noyob kitob namunalaridan biri – Usmon Qur’oni Toshkentda O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qog’ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyo va Xitoyda qog’oz tayyorlash ancha yo’lga qo’yilgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650-yillardayoq Samarqandda qog’ozli kitoblar bo’lgan. Shunga qaramay hujjat, maktub, kitob va shu kabilar charm, yog’och,suyak, sopol, toshga va kamdan-kam qog’ozga bitilgan. Chunki qog’ozning bahosi nihoyatda baland bo’lgan. 7-8-asrlarda Sug’dda savodxonlik yuksak darajada bo’lgan. Toshkentdan topilgan sug’d alifbosida bitilgan mashq taxtasi bu davrda Sug’dda savod o’rganish va kotiblik sanati maktablari bo’lganligini, binobarin, xuddi hozirgi kitobning varaqlari singari bir-biri bilan biriktirilgan, muqovali kitoblar bo’lganligini ko’rsatadi. Bizning ko’zimiz o’rganib qolgan kitobning hozirgi shakli shunday paydo bo’lgan. 15-asrda esa kitob bosish ixtiro etildi.

Kitoblar har xil hajmda bo’lib, ba’zilarining balandligi bir yarim metrdan ham oshadi. Uni bir kishi ko’tara olmaydi ham. Shuningdek, mitti kitoblar ham bor: ayrimlari gugurt qutichasiday kelsa, boshqasi pochta markasi hajmidadir. Kitoblar qanday o’quvchilar ommasiga mo’ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Ommaviy, muta-xassislar uchun va bolalar kitobi bo’lishi mumkin. Shuningdek, ilmiy-ommabop, o’quv, adabiy-badiiy va boshqa xil kitoblarga bo’linadi. o’quv kitoblari darslik, o’quv qo’llanmasi, o’quv-uslubiy qo’llanma kabi turlarga ajratiladi.