Biznes rejalar
Gazon (chim) ishlab chiqarish biznesi eng serdaromad bezneslaridan bo’lib hisoblanadi. – Bugungi kunda nafaqat shahar hokimiyati balki yirik kompaniyalar ham peyzaj dizayniga qiziqish bildirmoqda. Gazon.
Biznes kitoblar
Biznes adabiyoti – o‘z bilimlaringizga kiritilgan sarmoya
Agar siz o‘z biznesingizni boshlashni rejalashtirmagan bo‘lsangiz ham, biznes adabiyotlarini o‘qish foydali bo‘ladi. Siz yangi bilimlar olasiz, bu esa o‘z-o‘zidan bebahodir. Kitob hayotning ko‘plab sohalariga, jumladan, tadbirkorlikka bo‘lgan nuqtayi nazaringizni o‘zgartirishi mumkin. Ehtimol, navbatdagi kitob sizda o‘zingizga ishonchni yuksaltirib, o‘z biznesingizni noldan rejalashtirishga ilhom berar. Siz esa bungacha allaqachon iqtisodiy strategiyalar haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz kerak, ular kelajakda xatolardan qochishga va biznesni iloji boricha foydali qilishga yordam beradi.
Ishbilarmonlik adabiyotlari nafaqat yangi ish boshlagan biznesmenlar, balki tajribali tadbirkorlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Axir, dunyo bir joyda turmaydi. Iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda va har bir ishbilarmon yangi voqeliklarga intilishi kerak. Bundan tashqari, kitoblar tanish narsalarga yangicha nazar solishga yordam beradi. Navbatdagi o‘qiladigan kitob savdo nuqtalari yoki umuman biznes doirasini kengaytirishga turtki berishi mumkin. Yangi bilimlar bilan qurollanib, har qanday loyihani tashkil qilish va muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Biznes adabiyotlarini nega o‘qish kerak?
Kutubxonangizga navbatdagi kitoblarni qo‘shishning bir qancha sabablari bor:
- Motivatsiya uchun – ko‘pincha uning yetishmasligi o‘z biznesingizni boshlashda asosiy to‘siq bo‘ladi. Kimdir halovat hududini tark etishdan qo‘rqadi, kimdir tanish joyini noma’lum joyga almashtirishdan cho‘chiydi va hokazo. Rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan juda ko‘p sabablar bor, hatto shaxsiy. Kitob do‘konlari javonlarida motivatsiyani oshirish uchun biznes adabiyotlarining katta tanlovi mavjud. Ko‘pincha ushbu sohadagi kuchli shaxslarning tarjimayi hollari va psixologik treninglar mavjud. Ular hatto qat’iyatsiz odamlarning ham o‘zlariga ishonishlariga yordam beradi.
- Ufqlaringizni kengaytirish uchun – biznes va kamolotga erishuv bo‘yicha ko‘plab kitoblar tanish vaziyatlarga yangi burchakdan qarashga yordam beradi. Tanishdek ko‘ringan narsalarga kutilmagan javoblarni olishingiz mumkin. Ayrim hollarda ishbilarmonlik adabiyotlari pushti ko‘zoynakni yechib, xatolaringiz haqida fikr yuritishga yordam beradi.
- Huzurlanish maqsadida – tadbirkorlarga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar oson uslubda yozilgan. Ular xuddi fantastika kabi jozibali.
Biznes adabiyotining turlari
Ushbu segmentda taqdim etilgan kitoblarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
Muvaffaqiyat hikoyalari – dunyoga mashhur tadbirkorlarning tarjimayi hollarini o‘z ichiga oladi. Ilon Mask, Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Jon Rokfeller, Genri Ford kabilarning Olympga ko‘tarilishi haqidagi hikoyalar hamisha eng talabgir kitoblar sirasiga kiradi. Ushbu turkumda ayollarning tarjimayi hollari alohida qiziqish uyg‘otadi. Axir, gender stereotiplari tufayli nozik jins vakilalari uchun muvaffaqiyatga erishish har doim qiyin bo‘lgan. Bu o‘rinda yorqin Koko Chanel, Meri Kay Esh, Opra Uinfri, Donatella Versache va boshqalarni ta’kidlash joiz.
Amaliy biznes adabiyoti – u iqtisodiyotning turli sohalariga oid aniq bilimlarni beradi. Bunga tahlil (analitika), biznesni rejalashtirish, vaqtni boshqarish bo‘yicha va boshqa kitoblar kiradi. Siz turli sohalardan kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qimmatli nazariy tajribaga ega bo‘lasiz. Bunday nashrlar kichik va o‘rta biznes uchun juda foydali.
Iqtisodiyotga oid kitoblar turli tillarda chop etilgan. Ular nafaqat tadbirkorlik bo‘yicha bilim olishga yordam beradi. Ular bilan siz yangi chet tilini o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Asaxiy internet-do‘konida quyidagi tillarda nashrlar taqdim etilgan:
- o‘zbek tilida;
- tojik tilida;
- rus tilida;
- ingliz tilida;
- fransuz tilida;
- turk tilida;
- arab tilida.
Kitobning formati
Biznes adabiyotini tanlashda siz nafaqat mazmunini, balki shaklini ham hisobga olishingiz kerak. Jildning vazni, chidamliligi va tashqi ko‘rinishi nashrning formatiga bog‘liq. Bu borada kitoblarning ikkita varianti farqlanadi:
- Qattiq muqovali – sirti qalin kartondan qilingan, uni shikastlash juda qiyin. U kitob sahifalarini mexanik shikastlanishdan ishonchli himoya qiladi. Qattiq muqovali nashr ko‘p yillar davomida o‘zining asl qiyofasini saqlab qoladi, ammo buning uchun siz qo‘shimcha pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Ushbu formatning yana bir kamchiligi – bu biroz og‘irligi.
- Yumshoq muqovali – yumshoq karton qog‘ozli yengil nashrlar. Bu – safarlarda yoningizga olib olish uchun ajoyib format. Bunday kitobning og‘irligi deyarli sezilmaydi. Biroq, yumshoq muqovadagi nashrlarni bardoshli deb atash qiyin, u deformatsiyaga uchraydi.
Asaxiy onlayn do‘konida biznes adabiyotlarini O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bilan xarid qilishingiz mumkin. Toshkentda esa eltib berish bepul.
Biznes rejalar
Har qanday ishda bo‘lgani kabi biznesdaham xarakter nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yib bo‘lmas xato va kamchiliklar mavjud. Ana shu yetti turdagi kamchiliklar bilan batafsil tanishib.
Mental arifmetika maktabi ochish biznes rejasi
Mental arifmetika maktabi ochish biznes rejasi bilan tanishing tadbirkorlar. — Bugungi kunda mental arifmetika bolalarning qo’shimcha ta’limining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mental arifmetikaga.
Gul yetishtirish biznesi rejasi
Gul yetishtirish biznesi – Hozirda barchamizni uyimizda shubhasiz gul bor va biz ularni sotib olamiz bu degani gul yetishtirish biznesi anchagina samarali va serdaromad soha. #Boshlanģich_xarajatlar –.
Bolalar poyabzali do’konini ochish biznesi rejasi
Bolalar poyabzali do’konini ochish biznesi — Bolalar poyabzali do’konini inqirozga uchrashi qiyin bo’lgan biznes deb atash mumkin. Chunki bolalarga pul sarflash kerak bo’lsa ota-ona pul.
3D plitkalar ishlab chiqarish biznesi rejasi
3D plitkalar ishlab chiqarish biznesi — 3D plitkalar ko’proq uylarning interyeri uchun ishlatilinadi. Hozirgi paytda ushbu mahsulotga talab borgan sari ortib bormoqda. Ushbu ishlab chiqarishni.
Pechat va shtamp ishlab chiqarish biznesi rejasi
Pechat va shtamp ishlab chiqarish biznesi bilan tanishing. — Bu biznes tumanlarda sanoqli desak ham bo’ladi. Shuning uchun bozori chaqqon desak ham bo’ladi. Lekin ushbu.
Bolgarka toshini ishlab chiqarish biznesi rejasi
Bolgarka toshini ishlab chiqarish biznesi tadbirkor bo’lish istagida bo’lganlar uchun. — Bolgarka toshlarini ishlab chiqarish biznesi juda daromadli hisoblanadi. To’g’ri tashkil etish va yaxshi reklama.
Gazon (chim) ishlab chiqarish biznesi rejasi
Gazon (chim) ishlab chiqarish biznesi eng serdaromad bezneslaridan bo’lib hisoblanadi. – Bugungi kunda nafaqat shahar hokimiyati balki yirik kompaniyalar ham peyzaj dizayniga qiziqish bildirmoqda. Gazon.
IT uskunalar do’koni biznesi rejasi
IT uskunalar do’koni biznesi Ushbu biznesni boshlash uchun siz mahsulot haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak. ITshopda ITga bog’liq hamma narsa sotish mumkin. Kamputer texnologiyalarini, aksesuarlar.
Sham tayyorlash biznesi rejasi
Sham tayyorlash biznesi – Shamlar mahsulot sifatida qaralsa-da, ular to’g’ri ijodkorlik bilan o’z-o’zidan san’at turiga aylanishi mumkin. Kreativ va o’ziga xos va premium shamlarga loyiq.