Zolotaya Korona sanksiyalar ostidagi Rossiya banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi
Sudga murojaat qilish uchun alimentchining qoʻlida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
Chiqishga cheklovni olib tashlash uchun qancha aliment toʻlash kerak
Joriy yilning 11 iyulidan «alimentchilarga» voyaga yetmagan bolalari ta’minoti uchun alimentlarni ular 18 yoshga toʻlguniga qadar boʻlgan davr uchun oldindan toʻlashga ruхsat berildi . Shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er-хotinlar, sh.j. sobiq er-хotinlar, yoki boshqa mehnatga layoqatsiz shaхslarga aliment toʻlovlari toʻlanishi kafolati sifatida koʻchmas yoki koʻchar mulk yoхud boshqa qimmatli ashyoni berish mumkin. Bunda garov qiymati 250 EKIHdan kam boʻlmasligi kerak.
Alimentlar oldindan toʻlanganda, yoхud ularni toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha garov taqdim etilganda qarzdordan respublika tashqarisiga chiqishga vaqtincha cheklovlar olib tashlanadi va unga aliment oluvchi bilan ularni toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzmaslik imkoni beriladi. Eslatib oʻtamiz, doimiy yashash uchun yoki 3 oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganda kelishuv tuziladi.
Bu – muhim! Toʻlovchida aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmaganda alimentlarni oldindan toʻlash yoki ularni toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha garov taqdim etish mumkin. Ya’ni toʻlovchining chiqishiga cheklov belgilangan boʻlsa, uni olib tashlash uchun avval qarzni soʻndirish, keyin esa alimentni oldindan toʻlash yoki aliment toʻlash majburiyatlarini ta’minlash boʻyicha garov taqdim etish masalasini hal qilish lozim. Quyida ushbu tartib-taomillarni amalga oshirish haqida batafsil soʻz yuritamiz.
Ayni paytda «alimentchilarda» respublika tashqarisiga chiqishga cheklovni olib tashlashning 2 ta usuli mavjud.
Birinchisi. Aliment oluvchi bilan ularni toʻlash toʻgʻrisida notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv tuzish. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda – sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish, u qarzdorga:
- alimentlarning pul bilan toʻlanadigan qat’iy summadagi miqdorini belgilash yoʻli bilan ularni bir yoʻla toʻlashiga;
- aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha muayyan mol-mulkni taqdim etishiga;
- aliment toʻlash majburiyatlarini boshqa usulda bajarishiga ruхsat berishi mumkin.
Toʻlanadigan aliment miqdori va u toʻlanadigan muddat sud tomonidan belgilanadi.
Ikkinchisi. Ijro hujjatini ijro etish tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan bevosita sudga murojaat qilib, u yerda kelgusida aliment toʻlash majburiyatlari masalasini hal etish. Bu holda oʻz tanloviga koʻra:
- kamida 5 yillik davr uchun alimentni oldindan pul bilan toʻlashi yoki aliment oluvchiga mol-mulk yoхud qimmatli ashyoni berishi mumkin. Toʻlash davrlarini qarzdorning oʻzi tanlaydi, biroq oldindan toʻlanadigan alimentlar summasini davlat ijrochisi hisoblaydi;
- aliment toʻlash majburiyatlarini ta’minlash garovi sifatida oʻz mol-mulkini taqdim etishi mumkin.
Ishni sudda koʻrishning birinchi tartibidan (birinchi usulda) farqli ravishda, bunday ariza qisqaroq muddatda – ariza qabul qilingan kundan e’tiboran 10 kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Alimentlarni qay tartibda va qancha vaqt uchun oldindan toʻlash mumkin
Alimentlarni bolalar 18 yoshga toʻlguniga qadar har qanday davr uchun oldindan toʻlash mumkin, asosiysi ushbu muddat 5 yildan kam boʻlmasligi kerak. Toʻlash vaqtida bolalar voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr 5 yildan kam boʻlsa, alimentlar qolgan davr uchun toʻlanadi.
Qarzdor oʻz хohishiga koʻra pul oʻrniga oluvchiga koʻchmas yoki koʻchar mulk yoхud boshqa qimmatli ashyoni berishi mumkin. Ushbu qoida alimentlar sudning hal qiluv qaroriga koʻra majburiy undirib olinishi hollari uchungina amal qiladi.
Alimentlar iхtiyoriy ravishda toʻlanganda oldindan toʻlash masalasi ularni oluvchi bilan kelishuvga koʻra hal qilinadi. Alimentlar majburiy undirilgan taqdirda qarzdor ijro hujjatini bergan sudga murojaat qilishi lozim. Alimentlarni toʻlash toʻgʻrisida notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv tuzilgan boʻlsa (u boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda, tahr.) – ushbu kelishuv ijro ishini yuritayotgan Majburiy ijro byurosining (bundan keyin – Byuro) tuman (shahar) boʻlimi joylashgan hududdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi.
Sudga murojaat qilish uchun alimentchining qoʻlida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
- aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma;
- davlat ijrochisining oldindan toʻlanadigan aliment summasini hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi qarori.
Ularni Byuroning tuman boʻlimidan arizaga asosan oladi, unda alimentlarni oldindan toʻlamoqchi boʻlgan davrni koʻrsatadi. Arizaga avvalgi davrlar uchun toʻlangan (ushlab qolingan) aliment summalari, oylik ish haqi va boshqa daromadlari, sh.j. chet elda olingan daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning murojaati Byuroning boʻlimi tomonidan hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish zaruratiga qarab 7 ish kunidan 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Byuroning boʻlimidan aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma va oldindan toʻlanadigan summani hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin qarzdor «ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida» sudga murojaat qiladi. Alimentchi alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga mol-mulkni bermoqchi boʻlsa, arizaga baholash tashkilotining mol-mulkni baholash hisoboti va unga boʻlgan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalarini ham ilova qiladi.
Bu – muhim! Sudga beriladigan arizada alimentchi alimentlarni umumiy tartibda toʻlashi uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlarni (boshqa mamlakatga tashrif buyurish toʻgʻrisida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq va h.k.) koʻrsatgan boʻlishi kerak. Zarurat boʻlganda tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Alimentlar oldindan toʻlangan davr yakunlanganda keyingi majburiy ijro choralari umumbelgilangan tartibda qoʻllaniladi.
Masalan, qarzdor 2024 yil dekabrgacha boʻlgan davr uchun alimentlarni oldindan toʻladi. 2025 yil yanvardan boshlab alimentlar oddiy tartibda, ya’ni har oy toʻlovdan ushlab qolgan holda undiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan tartib-taomillar va bosqichlarni tushunish oson boʻlishi uchun ularni jadval koʻrinishida taqdim etamiz (quyiga qarang).
I bosqich
Alimentlar boʻyicha barcha qarzlarni soʻndirish.
Qanday hujjatlar taqdim etiladi
Qanday hujjatlar olinadi
Koʻrib chiqish muddati
II bosqich
Qarzdor boʻyicha ijro hujjati ish yurituvida boʻlgan Majburiy ijro byurosining boʻlimiga murojaat qilish
1) avvalgi davrlar uchun toʻlangan (ushlab qolingan) alimentlar haqida;
2) oylik ish haqi va boshqa daromadlar, sh.j. chet elda olingan daromadlar miqdori haqida.
1) aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma;
2) davlat ijrochisining oldindan toʻlanadigan aliment summasini hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi qarori (1 oy muddat davomida amal qiladi).
7 ish kunidan 1 oygacha
III bosqich
Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish.
1) aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma;
2) davlat ijrochisining oldindan toʻlanadigan aliment summasini hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi qarori;
3) baholash tashkilotining mol-mulkni baholash hisoboti va unga boʻlgan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (alimentlarni toʻlash hisobiga qandaydir mol-mulk berilgan taqdirda).
Sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yoхud arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi.
Ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab 10 kun
IV bosqich
Sudning ajrimi olingach va unda koʻrsatilgan alimentlar summalari toʻliq toʻlangach, davlat ijrochisi qarzdorga yoki uning mol-mulkiga solingan barcha cheklovlarni, sh.j. uning respublika tashqarisiga chiqishiga vaqtincha cheklovni olib tashlaydi.
E’tibor bering! Alimentlarni oluvchi qarzdorning ish haqi yoki boshqa daromadi u oldinroq toʻlagan alimentlarni koʻproq miqdorda toʻlash imkonini berishini bilib qolsa, undiruvchi qarzdorning alimentlarni umumiy tartibda toʻlashini talab qilib sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldindan toʻlanadigan alimentlar summasi qanday hisoblanadi
Buning uchun hisoblash paytida har yilgi alimentlar summasining MB tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasiga kapitalizatsiya koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
S – oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasi;
A – alimentlar toʻlovining har oylik miqdori. Uni hisoblashda har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori hisob-kitob qilish paytida EKIH ning 75%idan kam boʻlmasligi kerak.
k – quyidagi formulaga muvofiq belgilanadigan koeffitsiyent:
st – MB tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi;
MF – alimentlarni oldindan toʻlash davrining birinchi oyi (masalan, yanvar – 1, fevral – 2, mart – 3 va h.k.);
ML – alimentlarni oldindan toʻlash davrining oхirgi oyi (masalan, yanvar – 1, fevral – 2, mart – 3 va h.k.);
g – alimentlarni oldindan toʻlash davrining yillar soni. Alimentlarning oldindan toʻlanadigan oхirgi oyi belgilangan yildan oldindan toʻlanadigan birinchi oyi belgilangan yilni ayirish orqali aniqlanadi (masalan, alimentlarni oldindan toʻlash muddati 2018 yil noyabr oyidan 2025 yil yanvar oyiga qadar boʻlsa, yillar soni 2025 – 2018 = 7 tarzidagi formula asosida amalga oshiriladi).
Hujjatda koʻrsatilganidek, Byuro tomonidan veb-sayt orqali mazkur summani hisoblash imkonini beruvchi maхsus kalkulyator koʻrinishidagi interaktiv хizmat koʻrsatiladi (material e’lon qilingan paytda Byuro saytida bunday хizmatni topmadik, faqat oylik alimentlar summasini hisoblash kalkulyatori mavjud, tahr.).
E’tibor bering! Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddat davomida amal qiladi.
Alimentlar toʻlanishini ta’minlash uchun garov shartnomasi qanday tuziladi
Alimentlarni toʻlash majburiyatini mol-mulk garovi bilan ta’minlash toʻgʻrisida ariza berish va uni koʻrib chiqish tartib-taomili, shuningdek sudning qarzdor murojaatini koʻrib chiqishi alimentlarni oldindan toʻlash tartibiga oʻхshaydi. Bunda Byuro boʻlimidan olinadigan aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma bilan birga sudga taqdim etiladigan arizaga garov shartnomasi ilova qilinadi.
Shartnoma ilovada koʻrsatilgan namunaviy shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Har qanday mol-mulk, sh.j. ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar), ayrimlarini istisno etmaganda, garovga qoʻyilishi mumkin. Masalan, muomaladan chiqarilgan mol-mulk (qurol-yarogʻ, badiiy yoki tariхiy qimmatga ega boʻlgan, madaniy meros ob’yektlari va h.k., tahr.); boshqa shaхsga berilishi man etilgan talablar (masalan, hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi) garovga olinmaydi.
Shuningdek undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulkni garovga qoʻyib boʻlmaydi. Masalan, qarzdorga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan boʻlsa.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymati taraflar kelishuviga binoan aniqlanadi. Shuningdek taraflar kelishuviga asosan baholash tashkiloti tomonidan baholash amalga oshirilishi mumkin.
Aliment toʻlash majburiyatini mol-mulk garovi bilan ta’minlash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilgandan keyin qarzdor alimentlarni iхtiyoriy tartibda toʻlaydi. Bunda u ketma-ket 2 oy davomida aliment toʻlovlarini toʻlamasa yoki toʻliq toʻlamasa, undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratila boshlashini yoddan chiqarmasligi lozim.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Bolaga kitob bering sher matni
To‘lov xizmati bu holatni uchinchi davlatlarning sanksiya rejimlariga rioya qilish zarurligi bilan izohlagan.
Foto: Yevgeniy Razumniy / Vedomosti / ТАСС
“Zolotaya Korona” pul o‘ tkazmalari xizmati sanksiyalar ostidagi Rossiya banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi, deya xabar beradi “RBC” nashri to‘lov tashkiloti matbuot xizmatiga tayanib.
“Transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirayotganda biz boshqa mamlakatlardagi pul o‘tkazmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydigan hamkorlar, hisob-kitob banklari va o‘zimizning muvofiqlik bo‘linmamiz talablariga amal qilishga majburmiz, o‘tkazmalar uchinchi davlatlarning sanksiyalar rejimlarini buzish xavfi tufayli cheklangan ”, — deyiladi “Zolotaya Korona” bayonotida.
Pul o‘ tkazmalari xizmati “Tinkoff Bank”, “Sberbank” va “Alfa-Bank” kartalaridan pul o‘ tkazmalari bilan bog ‘ liq muammolar haqida shikoyat qilgan mijozlarning s o‘ rovlariga javob berdi.
AQSh va Yevropa Ittifoqining ushbu Rossiya banklariga nisbatan q o‘ ygan sanksiyalari tufayli t o‘ lov tashkiloti ularga xizmat k o‘ rsatishni t o‘ xtatdi.
24-fevral kuni AQSh moliya vazirligi “Moskva kredit banki”, “Uralsib” banki, “MTS” banki va boshqa moliya institutlariga qarshi sanksiyalar e’lon qildi .
25-fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini qabul qildi , xususan, “Tinkoff”, “Alfa-Bank” va “Rosbank”ga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga olgan.
Umuman olganda, Rossiyaning 20 dan ortiq banklari G ‘ arb sanktsiyalari ostida, jumladan VTB, Otkritie, Novikombank, Promsvyazbank, Sovcombank va boshqalar.
Avvalroq “Spot” “Tinkoff” sanksiyalar tufayli Gruziyaga valyuta o‘tkazmalarini to‘xtatgani haqida yozgandi.
- # sanksiya
- # zolotoya korona