Куртка для детей Колумбия
10-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
Nega chaqaloq yaxshi uxlamaydi?
Yangi tug’ilgan chaqaloqning uyqusi uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chaqaloq uxlay olmayotgan bo’lsa, demak uni nimadir bezota qilyapti:
1. Uning qorni och bo’lishi mumkin. Ba’zida onalar hozirgina emizdim-ku, deya, bola uxlamasligining sababini boshqa holatlardan izlaydilar. Chaqaloq onasini emayotganda nafaqat qornini to’yg’azishi kerak, balki onasiga bo’lgan ehtiyoji ham butunlay qondirilgan bo’lishi lozim. Agar uyquga ketib ham bola ona ko’kragini qo’yib yubormayotgan bo’lsa, demak u hali onasiga to’ymadi. Oldidan ketishga shoshilmang. O’zingizni oshxonaga emas, balki butunlay bolaga bag’ishlang.
Chaqaloqning ilk 6 oyida uni imkon qadar ko’proq emizsangiz, ko’p quchog’ingizda olib yursangiz, uning uyqusida muammolar bo’lmaydi. Onasiga va sutga to’ygan bola olti oydan so’ng bemalol tunda 8 soatdan ortiq uxlay oladi.
2. Uning qorni og’rimoqda. Buni bilish uchun bolaning qorinini avval ishqalab ilitib olgan kaftingiz bilan asta soat strelkasi bo’ylab silang. Bola yig’idan tinib, uyquga ketayotgan bo’lsa, demak uni gazlar bezovta qilgan. Yangi tug’ilgan chaqaloqning qorni dam bo’lmasligi uchun uni tez-tez bir necha soniya davomida qorniga yotqizib turish lozim.
Hech qachon chaqaloqni qornida yotgan holida qarovsiz qoldirmang! Bir necha soniyada nafas olmay qolishi mumkin.
3. Chaqaloqda biror tibbiy muammo mavjud. Agar chaqalog’ingiz bir necha hafta davomida biror marta ham tinib uxlay olmayotgan bo’lib, uni kuni bilan emizib, qornini silasangiz ham foyda bermayotgan bo’lsa, pediatr yoki bolalar nevrapotologiga ko’rsatib ko’ring.
4. Bolaning qorni yetarlicha to’ymayapti. Bu holat sun’iy sut bilan emiziladigan bolalarda uchrashi mumkin. Sun’iy sutni qutichasida belgilangan miqdor va vaqt oralig’ida berish muhim. Ona sutini emayotgan bolaga sut kam kelayotgan bo’lsa, u o’zi kuni bilan onasini emib sut miqdorini ko’paytirib oladi. Ikki-uch kunda onaning organizmi o’sayotgan bola organizmiga moslashib, ko’proq sut ishlab chiqara boshlaydi.
5. Bola bezovtalanmoqda. Agar chaqaloq kun mobaynida vaqtida emmagan, yetarlicha uxlamagan bo’lsa, tunda xarshaxa qiladi. Bola tunda yaxshi uxlashi uchun, kun mobaynida tinch bo’lishi lozim. Uyga mehmonlar kelib ketishi, onasining o’rniga chaqaloqni birovlar qo’lma-qo’l olib yurishi uni bezovtalantiradi. Bu esa uyqusiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
6. Tanasida biror g’ashiga teguvchi omil mavjud. Chaqaloq uxlolmayotganida uni yalong’och qilib tanasini ko’zdan kechirib chiqing. Barmog’ida soch o’ralib qolgan, oyog’ida chumoli o’rmalayotgan yoki boshqa shu kabi omillar uni qiynayotgan bo’lishi mumkin.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning normal uyqu vaqti qancha?
Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko’pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kun-u tun mobaynida o’rtacha 14-17 soat uxlaydilar.
Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e’tiborli bo’lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo’ladi.
Chaqaloq juda ko’p uxlashi zarar emasmi?
• Agar bola jismonan va ruhan yaxshi rivojlanayotgan bo’lsa,
• Unda biror noodatiy holatlar namoyon bo’lmayotgan bo’lsa,
• Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo’lsa,
• Uning tagliklari muntazam ravishda ho’l bo’lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo’lsa, uning ko’p uxlashi muammo emas. Bir oylik chaqaloq 4-5 soatdan ortiq uxlasa, uni uyg’otib emizib olish zarur.
Quyidagi hollarda darhol tez yordam chaqirish talab etiladi:
• bola kuni bilan uxlab nafasi borgan sari sekinlashib bormoqda;
• chaqaloqning rangi oqarishni, ko’karishni boshlamoqda;
• bolaning terisi nafas olish jarayonida qovurg’alarga yopishib qolmoqda;
• chaqaloqning tana harorati oshib bormoqda;
• sizning nazaringizda chaqaloq biror narsa yutib yuborgandek tuyilmoqda.
Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog’liq ekan. Chaqalog’ingizni uxlatish uchun kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo’lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo’shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo’shasiz.
Bolangizning tana haroratini qo’lingiz bilan his etishga o’rganing. Qo’l va oyog’i muzdek bo’lib qolgani bola sovuq qotganidan dalolat beradi. Demak, bolanining ustini yaxshilab yopish kerak. Agar bola tanasi issiq va terlagan bo’lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.
Agar chaqalog’ingiz muddatidan oldin tug’ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug’ilgan bo’lsa, u holda bola qo’shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim. Ko’pchilik chaqaloqlar o’ralgan holatni xush ko’radilar. Albatta, qattiq o’ralgan emas, balki biroz qo’l oyoqchalari birlashgan holda, asta o’ralgan bo’lmog’i qulay. Bolaning harakatlari biroz erkin bo’lishi kerak. Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo’lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasining nafas olishiga yordam beradi.
Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo’lmagani ma’qul, bola g’imirlab iplarga bo’g’ilib qolishi oson.
Agar bola yotog’i sovuq bo’lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin.
Agar chaqalog’ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko’p yig’lasa, uning kiyimlarini bir ko’zdan kechirib chiqing. Ko’pincha bolalar tinch uxlay olmasligiga isib ketishi, sovuq qotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo’lishi mumkin.
Bolaning uxlash vaqti
Bolaning yoshiga muvofiq uxlash vaqtining o’rtacha ko’rsatkichlari:
0-6 oylik bola – 18-20 soat;
6-12 oylik bola – 16-18 soat;
1-2 yashar bola – 14-16 soat;
2-5 yashar bola – 12-14 soat;
5-10 yashar bola – 10-12 soat;
10 yoshdan so’ng – 8-10 soat.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Bolalar kiyimi размеры
Хорошая курточка, но для зимы легкая, больше подходит для поздней осени. Размер соответствует описанию.
Гуля 17/10/2022, 15:24
Sizga qulay bo’lishi uchun o’zingiz uchun maq’ul to’lov usulini tanlashni taklif qilamiz:
- PAYME yoki CLICK to’lov tizimlari orqali to’lash
- Naqd pul yoki terminal orqali to’lash
Toshkent bo’ylab yetkazib berish:
Standart yetkazib berish- 2 ish kuni ichida yetkazib berish. Narxi Toshkent shahrida 25 000 so’m.
Ekspress(tezkor) yetkazib berish – bir sutka ichida yani 24 soatda yetkazib berish. Narxi Toshkent shahrida 35 000 so’m.
Yetkazib berish xizmati Dushanbadan Shanbagacha soat 10:00 dan 20:00 ga qadar ishlaydi. Dam olish va bayram kunlarida yetkazib berish qo’shimcha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Buyurtma qilingan mahsulotlar omborda bo’lmagan taqdirda, uni yetkazib berish shartlari alohida buyurtmachi bilan kelishib olinadi.
Agar siz yetkazib berilgan mahsulotni rad qilsangiz, faqat yetkazib berish narxini to’laysiz.
“Xarid qilishdan oldin kiyib ko’rish” sharti faqat Toshkent shahrida standart va tezkor yetkazib berish usuli uchun amal qiladi.
O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish:
Viloyatlarga (O’zbekiston viloyatlari bo’yicha) – yetkazib berish 2-3 kun ichida shaharga qarab amalga oshiriladi, yetkazib berish hisobi Toshkent shahrida nazorat tarozidan o’tkazilgandan so’ng taqdim etiladi.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa: +998954788020 raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki telegramga yozing.
Bola vaznining kalkulyatori
Farzandingizning vaznini hisoblash uchun bepul onlayn servis.
Bu yosh uchun o’rtacha bo’yi: 75.7 sm
Bu yosh uchun o’rtacha vazni: 9.6 kg
Bu yosh uchun boshning o’rtacha o’lchami: 46.1 sm
Bola tahasi maydonining kalkulyatori
Bolalar tana massasi ko’rsatkichi kalkulyatori
Bola tahasi ko’rsatkichining kalkulyatori
1-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
2-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
3-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
4-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
5-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
6-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
7-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
8-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
9-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
10-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
11-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
12-oyda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
1-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
2-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
3-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
4-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
5-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
6-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
7-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
8-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
9-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
10-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi
11-yilda bolaning og’irligi qanday bo’ladi