Kiyimlar assortimenti
Paypoq buyumlari har xil to‘qilishlarda olinadi: ko‘ndalang glad, lastik, silliq yoki gulli platirovka, press-naqshli, baxmalli, jakkardli, kam so‘kiladigan, o‘rama (bo‘ylama)li. Pardoz xususiyati bo‘yicha paypoq buyumlari oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan, gul bosilgan, olachipor halqalangan va gulli turlari ajratiladi.
Ko’ylak lozim fasonlari — zamonaviy milliy liboslar katalogi. ? 25+ foto
Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar va ba’zan ko’tarilib turadigan yoqaga ega. E’tiborli jihati, bunday fasonlar urfda bo’lganligi bilan, milliyligini bugungi kunda ham yo’qotmagan. Ularni bayram tantanalariga kiyib borish ham yoqimli.
Milliy ko’ylak-ishtonga qo’shimcha ravishda mos keladigan bosh kiyim — do’ppi yoki ro’molcha tanlash mumkin. Maqola aynan fasonlar borasida bo’lganligi sababli, unda nostandart liboslarni uchratish mumkin. Ularning tikilishidan nusxa olib, milliyligimizga moslashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida turli vaqtlarda va joylarda o’tkazilgan moda ko’rgazmasi, kundalik hayotdan olingan ko’ylak lozim fasonlari suratlari taqdim etiladi.
Ko’rgazma va fotosessiyalar: Ko’ylak-lozim fasonlari
Dastavval moda ko’rgazmalarida va fotosessiyalarda taqdim etilgan liboslar keltiriladi. Ularning ba’zilari oddiy, ba’zilari esa nostandart fasonga ega. Shunga qaramay, ulardan muayyan detallarni misol qilib olish, shablon sifatida foydalanish mumkin. Agar kundalik hayotda uchraydigan bichimlar qiziqtiradigan bo’lsa, ishonch bilan keyingi sarlavhaga o’tishingiz mumkin.
Quyidagi rasmda garchi ko’ylak milliy bo’lmasada, biroq chap tomondagi suratda ko’ylakning fasonini olib, adras yoki shu kabi matodan o’xshatib ko’ylak tikish mumkin.
O’zbekcha ko’ylak-lozim suratlari: kundalik hayotdan
Quyidagi ko’ylaklar turli foydalanuvchilar tomonidan internetga joylashtirilgan bo’lib, suratlar sifati yuqori bo’lmasligi, biroq ularning fasonini tayyor nusxa qilib olish mumkin.
Kiyimlar assortimenti
Tikilgan buyumlar assortimentining tasnifi. Tikilgan buyumlarni alohida guruhlarga birlashtirishda ishlatilishi, foydalanish sharoiti, qo‘llaniladigan materiallari kabi sifat belgilari muhim ahamiyatga ega. Ularning hozirgi zamonaviy assortimenti juda xilma-xil, murakkab va yuzlab kiyim turlari, bosh kiyimlar va kiyimlar guruhiga kirmaydigan tikilgan (ko‘rpa-to‘shak va sochiq-dasturxonlar, sport ashyolari, sochiqlar va boshq.) buyumlarni o‘z ichiga oladi.
Tikilgan buyumlar assortimenti doimo o‘zgarib boradi. Yangi xom-ashyolar ishlatilishi, yengil sanoat tarmoqlarida texnik yangiliklarning joriy etilishi, modaning o‘zgarishi, aholi talabining o‘sishi va boshqa sabablar natijasida yiliga 60%gacha kiyim modellari yangilanib turiladi, Iste’molchilar talabiga javob bermaydigan kiyimlarning ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi va ko‘proq zamonaviy buyumlar joriy etiladi.
Hozirgi kunda ularning ikki mingdan ko‘prog‘i mavjud. Shuning uchun ularni birgina belgisi bo‘yicha tasniflab bo‘lmaydi. Chunki tikilgan buyumlarni tasniflash paytida ularning ishlatilishi, materialining turi, texnologik ishlov berilishining o‘ziga xos xususiyatlari, tikuv fabrikasidagi uskunalarning tavsifi va boshqa belgilari e’tiborga olinadi. Ular quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
Tikilgan buyumlarning turlari nomlari, fasoni va uning murakkabligi bo‘yicha xillarga ajratiladi. Kiyimning shakli klassik, sport usuli; buyumlarga ishlov berish – qattiq, yumshoq va yarim yumshoq bo‘ladi. Tikilgan buyumlar fasonining murakkabligi bo‘yicha o‘n guruhga bo‘linadi. Bunday bo‘linishning asosini buyumlar tuzilishi murakkabligi va ularga ishlov berishdagi mehnatning hajmi tashkil qiladi.
Trikotaj buyumlar assortimentining tasnifi. Hozirgi kunda trikotaj buyumlarining yagona tasnifi yo‘q. Trikotaj buyumlari ishlatilishi, xomashyo turi, to‘qilishining tuzilishi, tayyorlanish usullari, mato va buyumlarning pardozi bo‘yicha tasniflanadi. Ishlatilishi bo‘yicha trikotaj buyumlari ustki, ichki trikotaj, paypoq buyumlari, qo‘lqoplar. ro‘mol-sharflar va bosh kiyimlariga bo‘linadi. Hаr bir guruh yana turlarga ajratiladi.
Xomashyosi bir xil va turli kalava, ip yoki ularning aralashmasidan tayyorlangan trikotaj buyumlaridan iborat.
Trikotaj to‘qilishining tuzilishi bo‘yicha buyumlar ko‘ndalang, o‘rib to‘qilgan bo‘ladi. Tayyorlanish usullariga trikotaj buyumlari halqalangan (muntazam va yarim muntazam, bichilgan va qurama) bo‘lishligi kiradi. Pardozlash usuli va matoga ishlov berilishi bo‘yicha esa buyumlar xom qaynatilgan, oqartirilgan, bo‘yalgan, gul bosilgan. patli, zamshga o‘xshash, bosib naqsh solingan hamda maxsus ishlov berilgan bo‘lishi mumkin. Trikotaj buyumlari yuqoridagilardan tashqari, fasoni, tuzilishi, yenglari va yoqasini birlashtirish xususiyati, matosining tashqi ko‘rinishi, guli kabi belgilari bilan ham bo‘linadi.
Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar. Bunga palto, kostyum va kostyum-ko‘ylak buyumlari kiradi. Palto buyumlarining deyarli barchasi bir xil tuzilishga ega bo‘lib, ular faqat fasonlari- silueti, bichimi va pardozi bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Palto buyumlari quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: materiali (gazlama, trikotaj polotno, mo‘yna, charm va po‘stinbop qo‘yterilar), mavsumli (qishki, yozgi), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar), turlari hamda fasoni.
Paltolar assortimentiga yelkaga kiyiladigan quyidagi buyumlar kiradi: palto, yarim palto, kalta kamzullar, shinellar, bushlatlar, pelerinalar, plashlar, plash-paltolar va nakidkalar (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim). Palto– oldi ochiq, tugmalar bilan qadaladigan, yengi uzun va yoqali kiyim.
Qishki paltolarning qismlari yuza qismi materiali, astari, isituvchi va shakl saqlovchi ichki astar (to‘shama)lardan tuzilgan. Mavsumli paltolar ko‘pincha isituvchi to‘shaksiz va ayrim paltolar esa qattiq shakl saqlovchi, to‘shaksiz tikiladi.
Qishki paltolar uchun odatda ko‘proq junli va yarim junli gazlamalar – draplar, suknolar, paltobop gazlamalar, sun’iy mo‘ynalar va-mo‘yna yarimfabrikatlari (qorako‘l, barra, quyon, ondatra, qoraqo‘zan, tulki terilari) ishlatiladi. Isituvchi materiallar sifatida esa vatin, porolon hamda sun’iy mo‘ynalar ishlatiladi.
Yarim palto – paltodan uzunligi (kaltaligi) bilan farq qiladi. Ularning assortimenti ham paltolarniki kabi bo‘ladi. Kalta kamzul palto va yarim paltodan kaltaroq. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan kiyim turlaridan biri bu kapyushonli qaytarma qalpoqli kalta kamzul. Ularning ustki qismi uchun har xil tolali gazlamalar, sun’iy charm va mo‘ynalar, qat-qat qilingan, «bolonya» turdagi materiallar ishlatiladi.
Shinel – palto xillaridan bo‘lib, biror muassasa uchun mo‘ljallangan. Ularning shakli, bichimi, materiali va rangini tegishli muassasa belgilaydi.
Bushlat yarim paltoning bir turi bo‘lib, biror muassasa uchun mo‘ljallangan kiyim.
Plashlar, plash-palto va yopinchiq (nakidka)lar paltoning xillariga kiradi. Ular ko‘pincha suv o‘tmaydigan «bolonya» yoki yomg‘irdan saqlaydigan plyonkali materiallardan tayyorlanadi.
Yopinchiqlar yengsiz, qo‘l uchun kesikli va qaytarma qalpoqli qilib tayyorlanishi bilan plashlardan farq qiladi.
Kostyum-ko‘ylak buyumlari. Bu buyumlar ishlatilish xususiyatiga ko‘ra kundalik, uylik va ziynatli; tayanch bo‘yicha – yelkaga, belga kiyiladigan; materiali esa gazlama, noto‘qima materiallar, sun’iy va tabiiy charmlar; kiyish mavsumi bo‘yicha – qishki, yozgi hamda mavsumiyli; jins va yosh belgisiga asosan – erkaklar, ayollar, bolalar; turlari – pidjak, yubka, ko‘ylak va boshqalar; fasoni – uzun yengli, yengsiz, badanga yopishib turadigan va hokazolarga bo‘linadi. Kostyum-ko‘ylak buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, bluzkalar, shimlar, yubka va sarafanlar (yengsiz kiyim), jiletlar, ko‘ylaklar, xalatlar hamda boshqalar. Bularning ko‘pchiligi yengil kiyimlar guruhiga mansub.
Pidjak (shimsiz kostyum) yelkaga kiyiladigan va oldidan qadaladigan uzun yengli, yoqali va cho‘ntakli kostyum. Pidjaklarning tuzilishi mavsumiy paltolarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Pidjaklar bir va ikki yonboshli, yopishib hamda yarim yopishib turadigan siluetli, yelkalari yaxlit bichilgan, kesik, ko‘krakburmali, bel chizig‘i bo‘yicha kesilgan, yoqalari, cho‘ntaklari har xil bo‘lishi mumkin. Materiali bo‘yicha pidjaklar har xil tolali gazlamalar, sun’iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi.
Kitel – yarim yopishib turadigan siluetli shakldagi buyum. Qaytarma yoqa turi va bir yonga qadalishi bilan pidjakdan farq qiladi.
Jaket tuzilishi bo‘yicha pidjakni eslatadi. U uzun va kalta yengli hamda shakl saqlaydigan ichki astarli hamda astarsiz qilib tikiladi. Jaketlar ko‘proq ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan.
Kalta kamzul (kurtka)lar – uzun yengli, ichki astarli va astarsiz, biroz kaltaytirilgan pidjak turidagi buyum. U pidjakdan etaginli shakli, yoqasi va cho‘ntaklari bo‘yicha farq qiladi hamda har xil materiallardan tikiladi.
Nimcha (jilet) – yengsiz, oldi ochiq, kaltaytirilgan, yelkaga kiyiladigan, yoqali va yoqasiz, ilmoqli yoki ilmoqsiz buyum. Nimchala kostyum-shimlar to‘plami hisoblanib, erkaklar, ayollar va bolalar uchui chiqariladi.
Shimlar. Ularning turiga shortlar (kalta shim), shalvarlar, golf shimlari, bridji (etik shim)lar kiradi va ular uzunligi, kengligi hamda pastki qismining bezatilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Erkaklar shimining old tomonidan kesilgan kesik «molniya» ilmog‘i yoki tugma bilan yopiladi. Ayollarning shimlari ustki qismining bezatilishi bilan erkaklar shimlaridan ajralib turadi; oldidan yoki yonidan ilmoq va qayish bilan yopiladi. Shimlar xilma-xil gazlamalar, trikotaj matosi, sun’iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi. Ularning pastki qismi qayrilgan yoki qayrilmagan bo‘lishi mumkin.
Yubka – jussaning pastki qismini yopib turuvchi buyum. Yubkalar tuzilishi bo‘yicha yaxlit yoki tugmalari qadalmaydigan (raspashnoy), ilmoqli va ilmoqsiz, oxirigacha kesilgan yoki kesiksiz bo‘lishi mumkin. Yubkaning turlariga yubka-shimlar ham kiradi.
Ko‘ylak – ular tuzilishi bo‘yicha bel chizig‘i bo‘yicha kesikli va kesiksiz, yoqali yoki yoqasiz, yenglari tikilgan, reglan, yaxlit bichilgan, uzun, kalta va yengsiz bo‘lishi mumkin. Uzunligi tizzagacha, tizzadan past yoki uzun bo‘ladi. Ko‘ylaklar, odatda, astarsiz, lekin ayrim hollarda astarli qilib ham tikiladi. Ular qoplama yoki kesik cho‘ntakli bo‘ladi. Ishlatish xususiyatiga qarab kundalik, uylik va ko‘chada kiyiladigan bo‘ladi. Ko‘ylak turlariga ko‘ylak-kostyumlar va ko‘ylak-xalatlar kiradi.
Sarafanlar – yengsiz va yoqasiz soddalashtirilgan tuzilishdagi ko‘ylaklar turi. Ular bluzka hamda jaketlar bilan kiyiladi. Yaxlit bichilgan yoki bel chizig‘i bo‘yicha kesilgan holda tikiladi.
Bluzka- shakli va bichimi bo‘yicha ko‘ylakning yuqori qismi – lif (beldan yuqori qismi) hisoblanadi. Bluzkalar kesik yoki yaxlit, oldi va orqa tomonidan ilmoqli, yengli, yoqali bo‘lishi mumkin. Ular kundalik hamda bezakli bo‘ladi.
Xalat – oldi ochiladigan, ikki yonli etagi bir-biriga kirib turadigan uy kiyimi. Odatda, xalatlar keng hamda uzun bo‘lib, ilmoqli yoki belbog‘li qilib tayyorlanadi. Xalatlar qavilgan va issiq saqlovchi astarli bo‘lishi mumkin. Shoyi gazlamadan astarli yoki ichki issiq astarli qilib tikilgan xalatlar penyuar deb ataladi.
Pelerina – har xil shakl va uzunlikdagi (ko‘krak chizig‘igacha, belgacha, tizzagacha, tizza yoki etakkacha bo‘lgan) yengsiz kiyim. Odatda, old tomoni kesilgan, ilmoqli yoki ilmoqsiz va yoqali bo‘ladi. Pelerinalar ko‘ylak, sarafan, kostyum-ko‘ylak va kostyum-paltolarga qo‘shimcha buyum sifatida xizmat. qiladi.
Ustki ко‘ylaklar – erkaklar va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyim turidir. Ular har xil tuzilishda ishlab chiqariladi. Ustki ko‘ylaklar yoqasi qayriladigan va qayrilmaydigan qattiq ichki astarli, tikilgan yoki olinadigan bo‘lishi mumkin. Yenglari uzun, kalta bir yoki ikki manjetli tugma yoki ilmatugma (zaponka) bilan qadaladigan qilib tikilishi mumkin. Ular xomashyolari har xil bo‘lgan gazlamalardan tayyorlanadi.
Kostyumlar – bular ikki (pidjak va shim), uch (pidjak, shim va nimcha) va undan ortiq narsalardan tuzilgan kiyim to‘plamidir. Kostyumga kiruvchi buyumlar shakllari bo‘yicha bir-biriga mos kelishlari hamda bir xil ansambl tuzishi kerak. Ayollar kostyumi jaket, nimcha, bluzka, shim va yubka yoki ko‘ylak, sarafanlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Erkaklar kostyumi odatda uch narsa (pidjak, shim, nimcha yoki jemper)dan tuziladi.
Pijama – kalta kamzul yoki bluzka va shimdan iborat bo‘lgan kiyim to‘plami.
Ustki trikotaj buyumlari xilma-xil turdagi xomashyolardan ishlab chiqariladi. Ular jins va yosh belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar trikotaji), ishlatilishi (uylik, kundalik, ko‘chalik, sport va dam olish uchun), ishlatish mavsumi (yozgi, qishki, mavsumli), qomatga yopishib turishi (yopishib turadigan, yarim yopishib turadigan, to‘g‘ri va erkin siluetli) hamda boshqa belgilari bo‘yicha bo‘linadi. Ustki trikotaj buyumlari assortimentiga jemperlar, jaketlar, sviterlar, sport kalta kamzullari, bluzkalar, ko‘ylaklar, sarafanlar (ayollarning yengil yengsiz kiyimi), yubkalar va boshqalar kiradi. Ular tuzilishi, pardozi hamda to‘qilish turlari bo‘yicha xilma-xil. Kalta kamzullar – uzun yengli, ichki astaryoki astarsiz bo‘lib, biroz kaltalashtirilgan pidjakka o‘xshash buyum. Tuzilishi bo‘yicha pidjaklardan farq qiladi.
Jaketlar – asosan forma saqlovchi ichki astarli yoki astarsiz bo‘lishi mumkin. Jaketlar tuzilishi bo‘yicha uzun va kalta yengli, old tomoni ochiq, tugmali hamda tugmasiz bo‘ladi.
Nimcha (jilet)lar yengsiz, oldi oxirigacha ochiq yelkaga kiyiladigan yoqali yoki yoqasiz buyum. Ular ko‘pincha kostyumlar to‘plamiga kiradi yoki mustaqil ravishda ishlatiladi.
Jemfer- oldi oxirigacha kesilmagan yoki umuman kesilmagan, tugma bilan qadaladigan yoki tugmasiz trikotaj buyum.
Sviter-qadaladigan, yengil va yoqali buyum.
Retuzalar (xotin-qizlar kiyadigan uzun va yopishib turadigan lozim) – halqalab olingan yoki bichilgan ichki qism (xishtak va pocha)dan iborat trikotaj buyumi.
Sport trikotaj kostyumlari – shim va kalta kamzuldan iborat bo‘lib, ayrim hollarda kalta kamzul, sviter, jemfer yoki jaket bilan almashtiriladi. Bolalarning sport kostyumlari bir necha turda chiqariladi.
Ichki kiyim va beldamchi (korset) buyumlar. Ichki kiyim buyumlarining asosiy qismi trikotajdan tayyorlanadi. Gazlama va noto‘qima materiallardan esa faqat ichki kiyimlarning ayrimlari (uxlash uchun ichki ko‘ylak va pijamalar, kalta ishtonlar, beldamchilar hamda plyonkalar) tayyorlanadi, xolos.
Ichki kiyimlar. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar gazlamadan tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko‘rsatkichlari, foydalanish xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho‘ziluvchan, kishi gavdasini bir tekisda va yaxshi qisib turadi. O‘ziga xos xususiyatlari tufayli mato organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi (havo va par o‘tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil kalava hamda iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar, kompleks va tarkibi o‘zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning aralashmalari.
Erkaklar ichki kiyimiga ko‘ylaklar, pijamalar, kalta ishtonlar va kalson (ishton)lar kiradi. Ichki ko‘ylaklar gazlamalardan tayyorlangan bo‘lib, ochiq va yopiq yoqali, bir yoki ikki tugmada qadaladigan yoki tugmasiz bo‘lishi mumkin. Ustki ko‘ylaklar turli xillarda (uzun va kalta yengli, kalta yengli, shimga kirgizilmasdan kiyiladigan) fasonlarda ishlab chiqariladi. Old tomonidan har xil uzunlikda kesilgan va tugsepochka yoki ilmoqlarda yopiladigan bo‘ladi. Yoqalari ham xilma-xil fasonlarda (qayrilma, tik, fasonli, yaxlit bichilgan) tikiladi.
Pijamalar – uxlash uchun kalta kamzul va shimdan tuzilgan to‘plam bo‘lib, paxta hamda ip gazlamalaridan tayyorlanadi.
Kalta ishtonlar tanaga kiyiladigan ichki va sport kiyimi sifatida ishlatiladi. Ular oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan yoki gul bosilgan bo‘z va satinlardan tayyorlanadi.
Fufaykalar ikki turda sotuvga chiqariladi: old tomonidan qadaladigan yoki qadalmaydigan. Ular kalta va uzun yengli bo‘lib, turli to‘qilishlarda (glad, lastik, interiok, fileyli va boshq.) har xil xomashyolar (paxta, jun kalavali, sun’iy ipak, sintetik kalava va iplar) dan olingan matolardan tikiladi.
Ayollar ichki kiyimiga ko‘ylaklar, ichki ko‘ylak (kombinatsiya)lar, pantolonlar, kalta ishtonlar, ichki yubkalar va cho‘milish kostyumlari kiradi. Ular kunduzgi va tungi ko‘ylaklarga bo‘linadi. Ular uch turda bo‘ladi: yarim yopishib turadigan siluetli, kengaytirilgan yoki to‘g‘ri; baland tomonidan pastga tomon kengaytirilgan, to‘g‘ri.
Ichki ko‘ylaklar nisbatan uzunroq va xilma-xil pardozli bo‘ladi. Ular quyidagi turlarda chiqariladi: beli qisqargan va pastga kengaygan yoki to‘g‘ri (ayollar va bolalar ich ko‘ylagi); beli balanddan pastga kengaygan (ayollar va bolalar ko‘ylagi); beli to‘g‘ri (faqat bolalar ko‘ylagi). Tuzilishi bo‘yicha katta yengli yoki bog‘ichli va ularsiz bo‘lishi mumkin. Ichki ko‘ylaklar har xil trikotaj matolari hamda gazlamalardan tayyorlanadi.
Ichki yubkalar turli fasonda, sun’iy va sintetik ipakdan tayyorlangan vertyolkali trikotaj polotnolaridan tikiladi.
Cho‘milish kostyumlari xilma-xil fason, pardoz va rangda, ayrim hollarda belbog‘li qilib trikotaj hamda gazlamalardan tayyorlanadi. Ular kalta ishton va byustgalter (ayollar ko‘krakbog‘i)dan tashkil topadi.
Pantolonlar uch turda chiqariladi; uzun, qisqa va pantolon-trusik ko‘rinishda.
Bolalar ichki kiyimi ham kattalarnikidek assortimentda ishlab chiqariladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ichki kiyimiga maxsus talablar qo‘yiladi. Jumladan, ular yuqori gigiyenik, gigroskopik, (havo va bug‘ o‘tkazuvchan), issiq saqlash, ko‘p martalab yuvilish va dazmollashga chidamli xususiyatlarga ega, mustahkam rangli, yengil, kiyilishda qulay va yumshoq bo‘lishi kerak.
Bu guruhdagi buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: koftalar, chaqaloqlar yaktakchasi (rasposhonka), emaklaydigan bolaning maxsus kiyimchalari (polzunki), kalta ishtonchalar, lifli yoki yelkabog‘li va ko‘krakchali buyumlar, konvertlar, kombinezonchalar, telpakchalar, garniturlar va pinetkalar.
Beldamchi buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri badanga kiyiladigan va qomatni ushlash uchun mo‘ljallangan ayollar ichki kiyimi. Ularga byustgalterlar, beldamchilar, gratsiyalar, belbog‘lar va boshqalar kiradi. Beldamchi buyumlari assortimenti quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: materiali (gazlama, noto‘qima material, trikotaj va turli matolar), tuzilishi va elastiklik darajasi (noelastik, elastik, quramali), turlari, fasoni, o‘lchami hamda ishlatilishi (kundalik va bezakli). Bu buyumlar moda talablariga mos kelishi, badanga yopishib turishi, uning ayrim uchastkalarini yaxshi belgilashi (qayd etishi), ishlatishda qulaylik yaratishi va gigiyenik bo‘lishi kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga bo‘linadi: qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi ulug‘ ayollar uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar belbogining (poyasi) kengligi bo‘yicha – ingichka hamda keng belbog‘li, kosachasining tuzilishi – aylana chokli, oval va yaxlit bichilgan; ilmog‘ining turi – halqali va ilgakli, ilgakli hamda tugmali, to‘qali va tasmali bo‘ladi.
Belbog‘ – bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular keng va ingichka, ilmog‘i bo‘yicha byustgalterga o‘xshash, asosiy qismlarining qatlamlar soni – bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo‘shilishidir. Bel chizig‘igacha keng belbog‘li bo‘lgan byustgalter yarim gratsiya deb ataladi.
Beldamchi – ko‘krak pastidan tosning chizig‘igacha (yoki biroz pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum. Yarim beldamchi – qattiq shaklli keng belbog‘. Beldamchi va yarim beldamchilar ilmog‘i, asosiy qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini o‘zgartirish turi (shnurlangan, elastik, qo‘shimcha qo‘yilgan) bo‘yicha bo‘linadi. Beldamchi buyumlarining o‘lchamlari bel va tosning aylanasi bilan sm. larda aniqlanadi.
Paypoq buyumlari. Ularga alohida talablar qo‘yiladi, chunki ular chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib qolmasdan, balki oyoqqa yopishib turishi. yaxshi turg‘un shaklga ega bo‘lishi va yuvilgandan so‘ng – shaklini yo‘qotmasligi kerak. Bu buyumlar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Ular quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: xomashyosining turi, ishlab chiqarish usuli, matosining tuzilishi, pardoz xususiyati, ishlatilishi, yosh, jins belgisi va o‘lchamlari.
Paypoq buyumlari ishlab chiqarish usuli bo‘yicha yumaloq (choksiz), kottonli va bichilgan buyumlarga bo‘linadi.
Yumaloq yoki choksiz paypoq buyumlari trubkaga o‘xshash shaklga ega bo‘lib, paypoq to‘qiydigan avtomatlarda ishlab chiqariladi. Ularga kerakli shakllar pardoz jarayonida beriladi. Buyumning uchlari overlok yoki kettel-choklari bilan tikiladi. Kottonli buyumlar yoyilgan mato shaklida kotton (yassi) mashinalarida tayyorlanadi. Tayyor mato elastik choklar bilan tikiladi va pardozlanadi. Bichilgan paypoq buyumlari vertel mashinalarda olingan o‘rama (bo‘ylama)li matolardan tayyorlanadi. Buyumlarga beriladigan shakl bichish, tikish va Pardozlash paytida beriladi.
Paypoq buyumlari har xil to‘qilishlarda olinadi: ko‘ndalang glad, lastik, silliq yoki gulli platirovka, press-naqshli, baxmalli, jakkardli, kam so‘kiladigan, o‘rama (bo‘ylama)li. Pardoz xususiyati bo‘yicha paypoq buyumlari oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan, gul bosilgan, olachipor halqalangan va gulli turlari ajratiladi.
Paypoq buyumlarining o‘lchamlari oyoq kaftining uzunligi bo‘yicha belgilanadi va ular quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi: ayollar uzun paypog‘i, yarim paypog‘i hamda paypoqlari 19 dan 29 gacha; erkaklar va o‘smirlar paypoqlari – 21 dan 31 gacha; bolalarning oddiy yoki uzun paypoqlari -12 dan 22 gacha va bolalar yarim uzun paypoqlari – 14 dan 22 o‘lchamgacha. Elastikdan tayyorlangan paypoq buyumlari uch o‘lchamda: 19-21 (oyoq kaftining uzunligi 18 sm), 23-25 (20 sm) hamda 27-29 (22 sm) chiqariladi.
Qo‘lqoplar. Qo‘lqoplar assortmentiga qo‘lqoplar va boshmaldoqli (varejki) qo‘lqoplar kiradi. Ustki kiyimga fasoni, o‘lcham, xomashyo sifati, to‘qilishi va pardozi bo‘yicha tasdiqlangan namuna-etalonlar va me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Qo‘lqoplar tayyorlash uchun paxta, jun, yarim junli kalavalar, sun’iy hamda sintetik ipak, tarkibi o‘zgartirilgan kalavalar va sintetik tolali iplar qo‘llaniladi. Ular xilma-xil to‘qilishlar yordamida tayyorlanadi: ko‘ndalang va o‘rib to‘qilgan, bir yoki ikki yuzali, silliq, gulli va boshqalar.
Qo‘lqoplarning o‘lchamlari qo‘l kafti aylanasining yarmi (sm. da) bilan belgilanadi. Bichib tikilgan qo‘lqoplar quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: erkaklar qo‘lqoplari va boshmaldoqli qo‘lqoplari – 9; 10; 11 va 12; ayollar qo‘lqoplari – 8; 9 va 10; bolalar qo‘lqoplari – 7; 8 va 9; bolalar boshmaldoqli qo‘lqoplari – 5,5; 6; 6,5; 7;8 va 9. Halqalabto‘qilgan qo‘lqoplar o‘lchami: erkaklar qo‘lqoplari hamda boshmaldoqli qo‘lqoplari – 9; 10; 11 va 12; ayollar qo‘lqoplari – 8,5; 9 va 9,5; bolalar qo‘lqoplari – 7 va 8; bolalar boshmaldoqli qo‘lqoplari – 5,5; 6; 6,5; 7 va 8.
Bichilgan qo‘lqoplar tuzilishi bo‘yicha ikki turda bo‘ladi: to‘g‘ri burchakli va pastga tomon kengaytirilgan. Halqalab to‘qilgan hamda boshmaldoqli qo‘lqoplar, yassi yoki yumaloq qo‘lqop jakkard apparatli lo‘qish mashinalarida tayyorlanadi. Qo‘lqoplar tuzilishi bo‘yicha ikki turda chiqariladi: besh panjali va ikki panjali; boshmaldoqli qo‘lqoplar – bir turda katta boshmaldoqli bo‘ladi. Ular pardozi bo‘yicha har xil.
Bosh kiyimlar va ro‘mol-bo‘yinbog‘ buyumlari. Bosh kiyimlarga ham ustki kiyimlarniki kabi talablar qo‘yiladi. Ularning assortimenti juda xilma-xil va bularga quyidagilar kiradi: telpaklar, shlyapalar, shlemlar, shapkalar, kepkalar (koziryokli yumshoq bosh kiyimi), do‘ppilar, beretlar, quloqchinli qalpoq (kapor)lar, feskalar (hoji do‘ppi-po‘pakli) va boshqalar. Ular erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qishki, yozgi, mavsumiy, qattiq, yarim qattiq va yumshoq, turli material bo‘lishi mumkin. Har kuni kiyish, bezakli, ko‘chalik, turizm yoki dam olish uchun ishlatiladi.
Bosh kiyimlar shakli, silueti, o‘lchami va mutanosibligi, bichimi. rangi va pardozi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ular har xil usullarda ishlab chiqariladi. Mazkur kiyimlarning o‘lchami boshning aylanasi bilan sm. larda aniqlanadi. Ular yoshi kattalar uchun 53 dan 62 o‘lchamgacha. maktab yoshidagilarga 50 dan 56 gacha, maktab yoshigacha 47 dan 54 gacha, yasli yoshidagilarga 45 dan 47 o‘lchamgacha chiqariladi.
Qalpoqlar trikotajli bosh kiyim bo‘lib, jins va yosh belgisiga ko‘ra ayollar, erkaklar va bolalar qalpoqchalariga bo‘linadi. Kattalar qalpoqchalari 53-64, bolalarniki 46-52 razmerlarda chiqariladi.
Telpaklar – eng ko‘p tarqalgan bosh kiyimlaridan biri. Ular gazlama, fetr, tabiiy va sun’iy mo‘yna hamda charmlar va boshqa materiallardan tikiladi. Telpaklar yaxlit mo‘ynali, qurama, fasonlari bo‘yicha o‘zlarining raqamlariga ega bo‘ladi: quloqchin, «Gogol», «Moskovskaya», «Olimpiyskaya» va boshqalar.
Shapkalar – soyabonli, yassi tagli, qattiq keng gardishli erkaklar va bolalar bosh kiyimi. Ular paxta yoki jun gazlamasi hamda charmlardan tayyorlanadi.
Kepkalar- soyabonli yumshoq bosh kiyim. Kepkalar qalpoq (usti), soyabon, peshonabog‘ yoki yarim peshonabog‘ va astardan iborat. Ular maxsus kepkali yoki kiyimli gazlama, charmlardan tikiladi. Kiyilishi bo‘yicha qishki, yozgi va mavsumiy boiadi.
Shlemlar – boshga mahkam kiyilib, quloqni berkitib turadigan va tomoq tagidan bog‘lanadigan bosh kiyim.
Do‘ppi – aylana shakldagi to‘rt qirrali telpakchaga o‘xshash bosh kiyim. Ular fetr yoki shoyi gazlamalardan har xil gulli qilib tikiladi.
Quloqchinli qalpoq (kapor)lar – boshga jips kiyiladigan, iyak tagidan mahkamlanadigan ayollar va qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Beret– chekkasi ichiga qayrilgan shlyapaning boshqa bir ko‘rinishi. Ular fetr, gazlama, charm, trikotaj va mo‘ynadan tikilishi mumkin.
Shlyapalar assortimentdagi eng ko‘p hissani egallaydi va shakli, fasoni, material bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shakli bo‘yicha yassi, bo‘rtma, aylana shaklida, konusga o‘xshash, baland, past, buklamli; ishlab chiqarilishi bo‘yicha – yaxlit shakl berilgan hamda tikilgan bo‘lishi mumkin. Ular fetr, gazlama, mo‘yna, somon, charm va boshqa mate rial la rdan tayyorlanadi.
Fetrli shlyapalarning xomashyosi junli, tivitli, pardozi silliq va patli bo‘ladi. Gazlamadan tikilgan shlyapalarga panamalar kiradi. Panamalarning qalpoqchasi (boshi) to‘rtta pannoga o‘xshash bo‘lakdan tikiladi; ikki qavat soyaboni qoplamasi bilan birgalikda parallel choklar asosida baxyalanadi va qalpoqchasiga tikiladi. Ular oqartirilgan zig‘ir va paxta gazlamalaridan, kamroq yarim oq va xom zig‘ir hamda yarim zig‘ir gazlamalaridan tayyorlanadi.
Trikotajli ro‘mollar ishlatish mavsumi bo‘yicha qishki va yozgi bo‘ladi. Xomashyo turi, ip va kalavaning qalinligi, to‘qilishi buyumning qaysi mavsumda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Ro‘mollar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli va viskoza iplardan hamda echki tiviti yoki paxta aralashtirilgan quyon tivitlaridan qo‘lda, aylana, fang, vertel va reshel mashinalarida tayyorlanadi. Tivitlardan qo‘lda yoki mashinalarda to‘qilgan ro‘mollar Orenburg va Penza tivitli ro‘mollari deb ataladi.
Yozgi ro‘mollar viskoza va sintetik iplardan o‘rib to‘qish mashinalarida gulli to‘qilish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Ro‘mollar pardoz xususiyati bo‘yicha oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan va olachipor halqalangan bo‘ladi. Ular quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi (sm.da): 70×70; 85×85; 95×95; 100×100; 130×130.
Trikotajli bo‘yinbog‘lar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli, sun’iy va sintetik ipaklardan tayyorlanadi. Ular bir va ikki yoqlama, pardozi esa turlicha bo‘ladi.
Bo‘yinbog‘lar quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi (sm.da): 95×16; 100×25; 120×20; 130×25; 180×70; 150×50; 160×60; 180×50. 180×70 sm o‘lchamdagi bo‘yinbog‘lar palantin deb ataladi.
Sport kiyimlari. Ularga jismoniy tarbiya hamda sportning maxsus turlari (alpinizm, ot sporti, futbol va boshq.) bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan kiyimlar kiradi. Ular bir-biridan silueti, mutanosibligi, uzunligi, kengligi, materiali, pardozi, ashyolari va tuzilishi bo‘yicha farq qiladi.
Sport kiyimlari faqatgina chiroyli bo‘lib qolmasdan, balki ular qulay, yengil, yetarlicha mustahkam va gigiyenik ham bo‘lishi kerak. Asosiy funksiyalari tanani shikastlanishdan, yog‘in-sochinlar ta’siridan, muzlab qolishdan, ortiqcha quyosh radiatsiyasidan, shamol, suv va dengiz tuzlaridan saqlashdan iborat.
Sport kiyimlarining assortimentiga issiq saqlovchi ichki astarli va astarsiz kalta kamzullar, kostyumlar, har xil sport turlari uchun kalta kamzul va shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar, bluzkalar, erkaklar kalta ishtoni, plavkalari (tor kalta ishtoncha), cho‘milish kostyumlari, telpakchalar, beretlar va shlemlar kiradi. Ular erkaklar, ayollar va bolalar uchun; ishlatilishi bo‘yicha qishki, yozgi, mavsumiy; materiali esa jun, paxta, ipak, zig‘ir gazlamalari va boshqalar; tuzilishi xilma-xil bo‘ladi.
Maxsus va muassasa kiyimlari. Maxsus kiyimlarga – har xil ishlab chiqarish ta’sirlaridan saqlash, mehnat sharoitini yaxshilash va xavfsizligini oshirish hamda kasb kasalliklarini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kiyimlar kiradi. Ularga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilanadi. Shuning uchun maxsus kiyimlar ikki guruhga bo‘linadi: odatdagi mehnat sharoitida qo‘llaniladigan (xalatlar, yomg‘irda kiyiladigan buyumlar va boshq.) va o‘ziga xos mehnat sharoitida kiyiladigan kiyimlar (ishqor, kislota va neft mahsulotlariga chidaydigan va sh. k.). Maxsus kiyimlarning shakli va o‘lchamlari, ayrim qismlarining joylanishi muassasa tomonidan yoki texnik shartlar bo‘yicha belgilanadi.
Ishlab chiqarishda xilma-xil materiallardan foydalaniladi: gazlama-trikotaj, plyonka, qog‘oz, metall to‘r, rezina bilan qoplangan material, sun’iy charm va boshqalar.
Muassasa kiyimlari, asosan, harbiy xizmatchilar, dengiz va daryo flotining ishchilari va temir yo‘lchilar bilim yurtlari uchun mo‘ljallangan kiyimlarni o‘z ichiga oladi. Ular maishiy kiyimlardan o‘zlarining shakli, tuzilishi, o‘lchami, rangi, material turi va boshqa belgilari bo‘yicha farq qiladi.
Milliy kiyimlar- iqlim sharoiti, an’analar va boshqa omillarni e’tiborga olgan holda shakllanib kelgan. Kiyimlar shakli ularning qaysi maqsadga muvofiq ekanligiga asoslangan. Bunday kiyimlarni badiiy bezashda millatning o‘ziga xos xususiyatlari aks ettiriladi. Milliy kiyimlar ham ishlatilishi bo‘yicha kundalik va ko‘chalik guruhlarga bo‘linadi. Ularning ichidagi maxsus kiyimlar sport bayramlari, harbiy yurishlar va boshqa faoliyat turlari uchun mo‘ljallangan.
Kiyimlar guruhiga kirmaydigan buyumlar. Kiyimlar guruhiga kirmaydigan buyumlarga ko‘rpa-to‘shak va oshxona sochiq-dasturxonlari hamda sochiq-ro‘mol buyumlari xosdir.
Ко‘rpa-to‘shak matolari assortimenti choyshab, yostiq jildi, yopqich (nakidka), o‘rin yoping‘ichi (pokrivalo) va ko‘rpalar (odeyalo)ni o‘z ichiga oladi.
Choyshablar yaxlit bo‘ladi. shuningdek, bir va ikki mato birlashtirilishiham mumkin. Ular bolalar (144×164 va 90×115 sm), o‘smirlar(184x 120-126 sm) va kattalar (214x 120-126 va 130×135, 138×149, 150×165, 170×187 va 200 sm) uchun tayyorlanadi.
Ko‘rpa jildi (pododeyalnik) to‘rt turda chiqariladi: A, B, D, E. Ular kengligi, uzunligi va pardozi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. O‘lchamlari (sm.larda): bolalar – 121×121 va 140×113; o‘smirlar- 173×123 va kattalar uchun – 215×143 va 215×175 sm.
Jildlar yostiqlar, to‘shaklar va ko‘rpalar uchun bo‘ladi. O‘lchamlari (sm): ustki yostiq jildlar -40×40; 54×54; 60×60; 70×70 va 80×80; ichkisi 38×38; 60×50; 58×58; 68×68 va 78×78 ga teng. Yopqichlar va yostiqlarning o‘lchamlari 70×70; 80×80; 85×85; 95×95 va 105xl05 sm bo‘ladi.
Paxtali ko‘rpalar sidirg‘a bo‘yalgan, gul bosilgan paxta, ipak hamda yarim ipak gazlamalardan tikiladi. Astariga chit va satinlar ishlatiladi. Ular qoida yoki mashinada qaviladi.
Oshxona matolariga dasturxonlar, qo‘l sochiq (salfetka)lar va boshqa stolni tuzatishda ishlatiladigan buyumlar kiradi. Dasturxonlar kvadrat va to‘rtburchak holda bo‘lib, jakkard to‘qilish asosida popukli ham qilib tayyorlanadi. Qo‘l sochiq (salfefka)lar popukli qilib kvadrat shaklda tayyorlanadi. Ular komplekt (6 va 12 ta) holda ham chiqariladi.
Sochiq-ro‘mol buyumlariga idish, shaxsiy, hammom sochiqlari, cho‘milish choyshablari va dastro‘mollar kiradi. Bular suvni yaxshi shimadigan, har xil usullarda to‘qilgan paxta va zig‘ir tolali gazlamalardan tayyorlanadi.
Bolalar Kurtkalari Детский Зимние Куртки Для Девочки – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Bolalar Kurtkalari Детский Зимние Куртки Для Девочки в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Bolalar Kurtkalari Детский зимние куртки для девочки длительностью 2 мин и 28 сек, размер файла 3.25 MB.
Сейчас слушают
Bolalar Kurtkalari Детский Зимние Куртки Для Девочки
Дуне Узи Шунака
The Call Naama Gali
Земляне Одиночество Минусовка
Chris Geo Consciousness
Обжигающим Огнем Ты Так Горела Песня
Yetime Gel Deyer Hami Bass
Çarpışma Müzikleri Yardım Et
Hype O Young Stunna
А Начиналось Так Красиво Как У Шекспира
Lil Tjay Hell No
Сөйкәлмәскә Иде Сөймәгәч
Davina Bottom Of My Bottle Pt 2 Purple Reign Feat J Stalin Reign
Buried With Honor Sam Cardon
New Вот Это Песня Так Песня Красивая И Весёлая А Алимханов Родная
Гио Пика Партаки Наколки
Обращение К 2020 Году Даня Милохин