Press "Enter" to skip to content

Ingliz tilini 0 dan o rganish

Telegram: @sadikovuz

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

boshlang‘ich sinf / ingliz tili / bolalar / o‘rgatish / qiziqarli / qo‘shiq / harakatlar / tushuntirish / tez va oson / yosh bolalar / aqliy / jismoniy / o‘qituvchi / ovozlar. / elementary / English / children / teaching / fun / song / action / explanation / quick and easy / young children / mental / physical / teacher / voices.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sinflarda Ingliz Tilini O’Qitish Metodikasi Boboqulova Madina Mirzohid Qizi

Mazkur maqola boshlang‘ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o‘qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish usullari bilan tanishishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Sinflarda Ingliz Tilini O’Qitish Metodikasi Boboqulova Madina Mirzohid Qizi

Kichik yoshdagi bolalarga til o’rgatish metodikalari yohud har xil qo’shiq bilan qiziqtirib o’rgatish

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI
O’RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION YONDOSHUV
Chet tillarini online o’qitish va o’rganishning muammolari va yechimlari
CHET TILLARINI O’QITISHDA O’QITUVCHINING ROLI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOL

This article gives you a brief overview on how to teach English quickly and easily in elementary school. In this article, you can learn about meaningful and fun ways to teach English to children .

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI»

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI

Boboqulova Madina Mirzohid qizi

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6607290

Annotatsiya. Mazkur maqola boshlang’ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o’qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish usullari bilan tanishishingiz mumkin.

Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf, ingliz tili, bolalar, o’rgatish, qiziqarli, qo’shiq, harakatlar, tushuntirish, tez va oson, yosh bolalar, aqliy, jismoniy, o’qituvchi, ovozlar.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНОЙ

Аннотация. Эта статья дает вам краткий обзор того, как быстро и легко преподавать английский язык в начальной школе. В этой статье вы узнаете, как научить детей осмысленному и увлекательному английскому языку.

Ключевые слова: элементарно, английский язык, дети, обучение, веселье, песня, действие, объяснение, быстро и легко, маленькие дети, умственное, физическое, учитель, голоса.

METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOL

Abstract. This article gives you a brief overview on how to teach English quickly and easily in elementary school. In this article, you can learn about meaningful and fun ways to teach English to children.

Keywords: elementary, English, children, teaching, fun, song, action, explanation, quick and easy, young children, mental, physical, teacher, voices.

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko’nikmasi hayotimizning ajralmas qismlaridan biri bo’lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko’rsatkichi yuqori bo’lganligi sababli, ularda til o’rganishga bo’lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab keyinchalik institutlarda, o’quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o’rganadilar. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o’qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog’liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o’qituvchi muayyan ta’lim dasturlarini yechishga qodir bo’ladi. Ingliz tilini o’rgatishda o’rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o’rgatish yaxshi natija beradi. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o’zlashtiradilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bolalarda til o’rganishga bo’lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko’pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e’tiborga olish kerakki, 6-7 yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga ingliz tilini o’rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o’rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo’riqtirib qo’yish va qiziqishini so’ndirib qo’yish mumkin. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o’rgatish ancha mushkul va mas’uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

– qo’shiq va she’rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo’lgan, ma’noga ega bo’lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o’rgatish.

Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo’shiq qilib o’rganishlari shunchaki yodlashdan ko’ra samarali ekanligini ko’rsatish mumkin.

– aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo’g’liq bo’lgan o’yinlar;

Bolalar til o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o’rganishlari uchun samarali yo’l.

– rol ijro etish(role play) o’qituvchi biror ma’lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o’rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o’quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko’rsatib bersa, boshqa bir o’quvchi bu tovushlar qaysi hayvon ekanligini ko’rsatish mumkin.

– mavzuga oid muhit;

O’qituvchi mavzusiga qarab o’sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o’rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling(sayohat) mavzusida o’qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma’lumot beradi. Bu hol o’quvchilarning so’z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o’stiradi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning uchun o’qituvchi topishmoqni ingliz yoki o’zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so’zlarni tez o’rganishadi.

— amaliy mashg’ulotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko’rish, gullarni hidlab ko’rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: ” Bolalarning esida biror narsaning mahkam o’rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko’prog’ini ko’zi, qulog’i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo’lsa, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o’qituvchi bir o’quvchining olmani tatib ko’rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta’mi shirin(tasty) yoki katta(big), kichik(small )shakli haqida ma’lumot berishi va boshqa o’quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o’sha meva haqida inglizcha ma’lumotlar berishini talab qilishi lozim. Bu hol bolaning keyingi o’rganishlarida ham yordam beradi. O’qituvchi o’quvchilardan ranglarning inglizcha nomini so’rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday usuldan foydalanish o’quvchining ma’lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishini ta’minlaydi.

– imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O’qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book), turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imoishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo’ladi.

– ko’rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali;

– ko’zga ko’rinadigan va kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish. Masalan:eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko’zga tushib turishi va amliyotda ko’p qo’llanishi bois, bola bu so’zlarni ixtiyorsiz tarzda o’rganadi.

Bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o’tish emas, balki bunday usullarni o’zgartirib, yangilab dars o’tish lozim. Aks holda bolalar o’qituvchining qanday dars o’tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko’rishadi. Usullarni yangilab dars o’tish bolalarning intilishlarini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o’rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg’ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o’tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o’rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to’g’ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko’plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat

allomaning dunyo ilm- fanini o’rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo’lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan — el biladi».

Foydalanilgan manba va adabiyotlar

1. John Adams II Analysis of retirement age in different countries of the world.London 2017.

2. —Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to’g’risida (PQ-1875-son)IXalq so’zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

3. J. Jalolov . —ingliz tilini o’qitish metodlaril —O’qituvchil nashiryoti Toshkent To’Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA’NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141-146.

4. Тухтасинова, Н. Р. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР. Экономика и социум, (2-2), 240-244.

5. Pratova, G. O., & To’Xtasinova, N. R. Q. (2022). O’ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK SINONIMYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 35-38.

ingliz tilini 0 dan o’rganish

Future In The Past Simple (Conditional Simple)

Submitted by Nasim Sadikov on Tue, 12/29/2020 – 14:16
Future In The Past Simple
Language English

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Ingliz tili fanidan maktab darsliklari

Ingliz tili fanidan maktab darsliklarining elektron variantlari:

Ushbu sinflarning o’qituvchilar uchun mo’ljallangan metodik kitoblarini BU YERDAN yuklab oling.

Audio materiallarini esa BU YERDAN yuklab oling.

4 98 votes
Article Rating
Ko’rildi: 2 218

O’xshash maqolalar

Iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash hujjatlari

Ingliz tilidan 10-11-sinflar uchun 5-Nazorat shi

Ingliz tilidan 2-11 sinflar nazorat ishi daftarlari (2021-2022)

63 Comments
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
View Comments
Load More Comments

Eng ommabop

Eng so’nggi maqolalar

  • 11-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar
  • 10-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar
  • 9-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar
  • 8-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar
  • 7-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram kanal: @uzteachers

Instagram: @xrasulov

Facebook: xasanboy

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan material olinganda manba ko’rsatilishi shart! | Theme: News Portal by Mystery Themes.