Press "Enter" to skip to content

Bolalar uchun kitob

Taniqli turk pedagogi va yozuvchisi hissoblangan Adam Gunesh o’zining bolalarga oid psixologik , tarbiyaviy asarlari bilan barcha kitobxonlar qalbidan joy ola olgandir. Guneshning “Jazosiz tarbiya”, “Farzand tarbiyalash siri” , “Chinakam ota-onalik san’ati ” kabi mashxur asarlari siz-u bizga juda tanish va ma’lum-u mashxur. Yana bir shunday asarlaridan biri “Yosh bola demang ularni”. Asari bo’lib bu ham bola tarbiylashda yosha ota-ona , ona bo’lish arafasida turganlar har bir kitobxon uchun yaxshigini qo’llanma bo’la oladi.

Bolalar uchun kitob

13 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti

Yosh bola demang ularni.

Oq nilufarlar yurtida

Baqirmaydigan onalar

Qor odam

Mumu

Bolalik va o’smirlik ko’chalari

Garri Potter va afsonaviy tosh

Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?

Olim yetishtirgan onalar

Yosh bola demang ularni.

Taniqli turk pedagogi va yozuvchisi hissoblangan Adam Gunesh o’zining bolalarga oid psixologik , tarbiyaviy asarlari bilan barcha kitobxonlar qalbidan joy ola olgandir. Guneshning “Jazosiz tarbiya”, “Farzand tarbiyalash siri” , “Chinakam ota-onalik san’ati ” kabi mashxur asarlari siz-u bizga juda tanish va ma’lum-u mashxur. Yana bir shunday asarlaridan biri “Yosh bola demang ularni”. Asari bo’lib bu ham bola tarbiylashda yosha ota-ona , ona bo’lish arafasida turganlar har bir kitobxon uchun yaxshigini qo’llanma bo’la oladi.

Oq nilufarlar yurtida

Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.

Baqirmaydigan onalar

Turk yozuvchisi hissoblangan Xadicha Kubro Tongar bizga o’zining ona va bola o’rtasidagi o’zaro tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’la oladigan asarlari bilan juda yaxshi tanish. Adibaning “Baqirmaydigan bolalar”asarini o’qimagan yokida nomi qulog’iga chalinmagan kitobxon bo’lmasa kerak. Ana shunday asarlardan yana biri “Baqirmaydigan onalar” turkcha nomi esa, “Bağırmayan Anneler” dir. Bu asar o’z nomi bilan bolalarni tarbiyalashda yosh onalarga va ona bo’lish bo’sag’asida turgan har bir ayolga juda yaxshi qo’llanma bo’la oladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Qor odam

Andersenning ertaklari bugungi kunda ham eng ko‘p o‘qilayotgan asarlar sarasiga kiradi. Ularda bolalalarga xos bo‘lgan beg‘ubor kechinmalar, ezgulikning g‘alabasi, orzu-umidlarning ushalishi, yorug‘ olamda har birimiz har qadamda duch kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea, hodisalarning o‘zgacha talqini tilga olinadi. Mazkur ertaklar katta-kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular tasavvuringizni boyitadi, aqlingizni charxlaydi. Olis manzillardagi ertaklarning mo‘jizaviy ohangi Siz, aziz kitobsevarlarni maftun etadi.

Mumu

Ivan Sergeyevich Turgenev mashxur rus yozuvchisi bo’lib, u tabiat manzaralarini, hodisalarini, inson qalbi va tabiatini mohirona tasvirlagan so’z rassomi hissoblanadi. «Mumu» asarida soqov Gerasim o’zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig’dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho’ktirishni buyuradi. Gerasim o’zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho’ktiradimi yoki yo’qmi, buni hikoyani o’qish davomida bilib olasiz. Mazkur kitobdan I. Turgenevning «Bejin o’tlog’i» hikoyasi ham o’rin olgan. Sizga tengdosh bo’lgan o’smir yigitlar tun qo’ynida, olov atrofida bir-birlariga qiziqarli, dahshatli va qo’rqinchli voqealarni gapirib beradilar. Rus tilidan Yoʻldosh Shamsharov, Madamin Ibrohimov tarjimasi

Bolalik va o’smirlik ko’chalari

Erkin Malik qalamiga mansub bo’lgan ushbu “Bolalik va o’smirlik ko’chalari” qissasi barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek manzur kela oladi . Ushbu asar o’quvchilarga qulay bo’lishi uchun ikki xil yozuvda nashr qilingan bo’lib yosh-u qari uchun muommo tug’dirmaydi . Asar Tohir Malik so’zlari bilan boshlangan va qisqa qisqa har xil hikoyachalardan tashkil topgan bularga misol qilib: U qanday bolalik edi? , Acha hola va radiokarnay va boshqalar.

Garri Potter va afsonaviy tosh

Garryi Potter va hikmatlar toshi boshqacha nomi esa Garri Potter va afsonaviy tosh hissoblanadi. Inglizcha nomi bo’lsa ” Harry Potter and The Philosopher’s stone” . Asar ingliz bolalar yozuvchisi Joanna Ketlin Rouling qalamiga mansub. Fantezi janrida yozilgan roman boʻlib, adibaga kofta muvaffaqqiyat olib keegan. Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi. Roman birinchi marotaba 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi va jahon boʻylab 120 million nusxada sotildi. Buning natijasida eng koʻp sotilgan uchinchi kitob boʻldi. Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan video oʻyin . Harry Potter va h ikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ha m boʻldi.

Bolalar uchun kitob

Powered by Phoca Download

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.

  • Bosh sahifa
  • Portal haqida
    • Portal tarixi
    • Sayt xaritasi
    • Muallif haqida
    • Tafakkur gulshani
    • Mumtoz faylasuflar hikmati
    • Ibratli hikoyatlar
    • Jahon xalqlari maqollari
    • Jadid matbuoti
    • Sovet davri matbuoti
    • Qayta qurish davri matbuoti
    • Mustaqillik matbuoti
    • Hozirgi davr matbuoti
    • Tarix
      • O‘zbekiston hukmdorlari
      • Temuriy malikalar
      • Yurt bo‘ynidagi qilich.
      • Qomusiy olimlar, sarkardalar
      • Reytinglar
      • O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
        • O‘zbek xalq maqollari
        • O‘zbek xalq ertaklari
        • O‘zbek xalq topishmoqlari
        • O‘zbek mumtoz adabiyoti
        • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
        • Muxlislar ijodidan
        • Barcha kitoblar
        • Ziyouz jurnalxonasi
        • Ziyouz audiokutubxonasi
        • Mobil kutubxona
        • Maktab darsliklari
        • Oliy va OMTM darsliklari
        • Durdona to‘plamlar
        • Android uchun kitoblar
        • Videogalereya
        • Узбекская библиотека
        • Islomiy sahifamiz
        • Forum
        • Kross-shou
        • Foydali sahifalar
        • Saytdan qidirsh
        • Ziyouz viktorinasi arxivi