Bolalar uchun kitoblar skachat
Ushbu maqola mamlakatimizda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intеllеktual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining еtuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari qanday olib borilayotganligini hamda bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish orqali bolalar kitobxonligini, mutolaa madaniyatini shakillantirish masalalarini yoritib beradi.
BOLALAR KITOBXONLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — To’Ychiyeva Shoiraxon No’Monovna
Ushbu maqola mamlakatimizda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intеllеktual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining еtuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari qanday olib borilayotganligini hamda bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish orqali bolalar kitobxonligini, mutolaa madaniyatini shakillantirish masalalarini yoritib beradi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — To’Ychiyeva Shoiraxon No’Monovna
O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI
O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI
AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING AHAMIYATI
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI OILADA KITOBXONLIKKA O’RGATISH TEXNOLOGIYASI
KITOB VA KITOBXONLIK – INSON MA`NAVIYATINING KO`ZGUSI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «BOLALAR KITOBXONLIGI»
To’ychiyeva Shoiraxon No’monovna O’zbekiston davlat sa’nat va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqola mamlakatimizda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining etuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari qanday olib borilayotganligini hamda bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish orqali bolalar kitobxonligini, mutolaa madaniyatini shakillantirish masalalarini yoritib beradi.
Kalit so’zlar: Kitob, kitobxon, mutolaa, noshirlik, maktabgacha ta’lim, kichik yoshdagi kitobxon, maktab yoshdagi kitobxon, o’rta yosh kitobxon, bolalar adabiyoti.
Toychiyeva Shoirahon Nomonovna Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article is about the publication of literature in our country aimed at increasing the artistic, educational, scientific, popular, educational, intellectual potential of young people, providing them with educational institutions, sorting and translation of mature works of national and world literature. and the formation of a culture of reading for children by recommending the necessary literature to children.
Keywords: Book, reader, reading, publishing, preschool education, young reader, school-age reader, middle-aged reader, children’s literature.
Ma’naviyatining shakllanishida Kitobning o’rni beqiyos. Kitob yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish vositasidir, kitob ularni erkin fikrlashga, dunyoqarashining kengayishiga, go’zal nutq sohibi bo’lishga o’rgatadi. Kitob insonga sodiq do’st, uning ichida barcha ilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir.
2016-yildan buyon matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo’lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro’yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va
I icclT^^^^H 77 http://oac.dsmi-qf.uz
shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin kutubxonalar tomonidan aholiga, bolalarga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O’zdavkitob savdo ta’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi tomonidan yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari ko’p ming nusxada nashr etish yo’lga qo’yilgan. Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog’liq aholi, xususan, Yoshlar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini aniqlandi.
Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining etuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o’ylangan tizim asosida tashkil etilmagan. Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga etkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko’rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi – “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi hamda 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi Qarori yurtimizda kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rnini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko’tardi. Yurtimizning barcha sohalarida, ta’limning barcha bo’g’inlarida badiiy adabiyotga, kitob o’qishga bo’lgan munosabatlarni yuksaltirdi.
Ushbu Qarorning ijrosi sifatida kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimi takomillashtirishib, bolalar kitobxonligi juda mas’uliyat bilan e’tibor berilib, yozuvchilarning – bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlari, Jahon xalqlari adabiyoti, shu jumladan o’zbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o’yin qo’shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, matal, masal va doston singari bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijodi namunalari lotin alifbosida qaytadan nashr etildi, bundan tashqari o’zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini internet tarmog’iga joylashtirish va ularni targ’ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlari samarali tashkil etilildi. Bugungi kunda respublikamizning barcha axborot-kutubxona markazlari hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonalar fondlari lotin alifbosiga asoslangan o’quv-uslubiy, adabiy-badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va ensiklopedik kitoblar bilan boyitildi va bu ishlar davom etmoqda.
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Bunday e’tiborli va hayrli harakatlarning barchasi barkamol avlodning kitobxonli madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir. Bolalar kitobxonligining shakllanishida oilaning, maktabgacha ta’lim maskani hamda maktab kutubxonasining, boshqacha qilib aytganda ota-onalar, tarbiyachilar, murabbiylar hamda kutubxona xodimlarining ahamiyati kattadir.
Kitobxonlikni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rgazmalilikka asoslangan bo’lsa, bolalar va o’smirlar uchun adabiyotlarni tavsiya etish asosida amalga oshiriladi. Bunday jaroyonida kitobxon bilan suhbatlashib, uning qiziqishlarini, psixologiyasini o’rganish juda muhimdir.
Bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkun:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha);
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha);
3. O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).1
Maktabgacha ta’lim yoshdagi kitobxonlarga asosan ota-onalar, buvi-bobolar, tarbiyachilarning ta’siri katta bo’ladi, chunki hali o’qish va yozishni bilmagan bolaning kitobxonlik madaniyati do’stlik, halollik, botirlik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, mehr-muhabbat g’oyalariga asoslangan ertaklar tinglash orqali shakillanadi. Ertaklar xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang barang janrlardan biri. Bundan tashqari topishmoq orqali bolaning tafakkuri rivojlanadi, topishmoqlar xalqning hayoti, urf-odati , o’ziga xos rasm-rusumlari o’rgatadi hamda bolalrni o’ylashga, topqirlikka o’rgatadi. Bundan tashqari bolalar «Kim?», «Nima?» so’roqlariga javob topishga o’rganadilar.
Tez aytishlar ham bola nutqining rivojlanishida samaralidir.Tez aytishlar bolaning og’zaki nutq mashqi bo’lib, kichik yoshdagi bolalar ma’lum tovushlarni to’g’ri va ohangdor talaffuz qilish ko’nikmalarini orttiradi. Tez aytishlar bolalarni biyron so’zlashga o’rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobilyatini o’stiradi hamda xotirasini mustahkamlaydi.
Maktab yoshidagi kichik kitobxon bolalarga tabiat, vatan, vatanparvarlik, botirlik, mehnatsevarlik, odob-axloq, ota-onaga, ustozlarga, o’qishga mehr-muhabbat g’oyalari singdirilgan kitoblarni o’qish tavsiya etiladi. Ular ko’proq sehrli-fantastik ertaklar, sarguzasht hikoya va qissalar, dostonlarni sevib o’qiydilar. Bunday yoshdagi bolalarga juda katta hajimdagi asarlardan ko’ra, ko’proq qisqaroq hikoya va qissalarni tavsiya etish muhimdir, chinki ba’zi bolalar katta hajmdagi asarlarni o’qishdan zerikib qolishi mumkun.
Maktabgacha ta’limdan boshlab kitobga mehr qo’ygan kichik kitobxon bolalar o’zi mustaqil kitob tanlashni biladilar. Kuzatuvlarga asoslanadigan bo’lsak, ular
1 Mamasoli jumaboyev. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. 2006-y, 3-bet.
I fcclT^^^^HI 79 http://oac.dsmi-qf.uz
ko’proq bolalar yozuvchilari Anvar Obidjonning “G’alati maktublar”, “Dahshatli meshpolvon”, Tursunboy Adashboyevning “Osmon qaydan boshlanar”, Po’lat Mo’minning “Bolajon, bolajonim”, Safar Barnoyevning “Tinchlikni ulug’laymiz”, Quddus Muhammadiyning “Erkinjon oyga ciqibdi”, Yusuf Shodmonning “Oydan kelgan bolalar” va shu kabi bolalar shoir va yozuvchilarining asarlari ko’proq o’qiydilar. Ayniqsa ular o’zbek bolalar adabiyotidagi Hamid Olimjonning “Oygul va Baxtiyor”, “Semurg’ yoki Parizod va Bunyod”, Mirtemirning “Ajdar”, Shukur Sa’dullaning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq”, Zafar Diyorning “Yangi ertak”, “Toshxon bilan Moshxon”, “Tulkining hiylasi”, Sulton Jo’raning “Zangor gilam” va “Qaldirg’och” singari xalq og’zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan adabiy ertakni sevib o’qiydilar.
13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha bo’lgan kitobxon bolalar ko’proq o’zlari mustaqil ravishda kitob tanlaydilar. Bu toifadagi kitobxonlarga yosh jihatdan to’g’ri kitob tanlash juda katta ahamiyatga egadir. Ularga odob-axloq masalalari ilgari surilgan adabiyotlarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bolaning o’smirlik chog’idan to’g’ri tarbiya olishi ham yoshlikdan o’qib o’rgangan kitoblari asosida bo’ladi. Bu borada ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr oqibat kabi g’oyalarni ilgari suruvchi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”(“Saodatga olib boruvchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Habbat ul haqoyiq”(“Haqiqatlar armug’oni”), Ahmad Yassaviyning hikmatli kitoblari va shu kabi boshqa adabiyotlar.
O’rta va katta yoshdagi kitobxon bolalar ko’proq , o’zbek adiblari G’afur G’ulomning “Shum bola”, Oybekning “Bolalik”, Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar”, Nazir Safarovning “Ko’rgan kechirganlarim”, Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha”, “Sariqdevni minib”, “Sariq devning o’limi”, O’rkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Said Ahmadning “Ufq”, Tohir Malikning “Alvido bolalik”,Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” kabi asarlarini sevib o’qiydilar.
Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, undagi asarlar bolalarni olg’a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Chunki bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi.
Shuning uchun bolalar o’zi yoshiga mos bo’lgan kitoblarini o’z dunyoqarashlari asosida tanlab o’qiydilar
Xulosa qilib aytganda, bolalar kitobxonligida bolalar adabiyoti bolalarni ma’rifatga yetaklaydi. Chunki barcha davrlar bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi.Shuning uchun bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yurtboshimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibori tufayli barcha ta’lim maskanlaridagi o’tkazilayotgan “Yosh kitobxon”, “Kirobxonlar bayrami”, turli ko’rik- tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob do’konlari va faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonalar yosh avlodni ma’naviy va intellektual ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bo’lishda muhim o’rin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir. Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi. Bu borada mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha axborot-kutubxona markazlarida bolalar kitobxonligining rivojlanishiga xizmat qilmoqda
Yosh kitobxonlarga tavsiya qilgan kitoblar orqali kitobxonlar mutolaa uchun zarur adabiyotni tanlashni bilib oladilar, shu bilan birgalikda, ular kitob o’qish orqali mulohazali, bilimli bo’lib, Yuksak tafakkuri bilan boshqalardan o’zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bo’lgan bola yaxshi inson bo’lib ulg’ayadi.
1. Muhammadaliyeva Nasiba. “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda axborot-kutubxona markazlarining o’rni”/Umumta’li fanlar metodikasi.-2021 y, 8-son.
2. I.J. Yuldashev, O’. Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti-o’quv qo’llanma. T.-2020y, 397 bet.
3. Erkin vohidov.Orzuli dunyo: She’rlar,-T.: “Sharq”,2010.- 208 b.
4. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat” , 2008.
5. Bekmatova Dinara.”Yoshlar tarbiyasi-kun tartibidagi masala”//Boshlang’ich ta’lim.-2021-y, 9-son.
6. Y. Isayev. Abu Ali Ibn Sino,ilmiy-ommabop risolasi, T.:2010-y. “Tafakkur”-95 bet.
7. “Buyuk yurt allomalari” risolasi,T.: “0’zbekiston”.-2016 y.425 bet.
8. Mamasoli jumaboyev. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. T.: 2006-y, 216 bet.
9. S.Yuldosheva.O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI “Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal – Volume 2 Issue 4 / December 2021
10. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.
11. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).
I ГссЮ^^^В! http://oac.dsmi-qf.uz
12. Sohibaxon, Y. (2021). O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.
13. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.
14. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.
15. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.
16. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).
17. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).
18. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.
19. Askarova, M. (2020). Homil yakubov’s views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.
20. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov’s views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.
21. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).
22. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.
23. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.
24. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.
25. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.
26. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.
27. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.
28. Рузиева, Г., & ^абибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).
29. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). “QUTADG’U BILIG” IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO’L. Oriental Art and Culture, (6).
30. Угли, X. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).
31. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON’S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.
32. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.
33. Омоновна, С. X. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).
34. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).
35. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса». Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.
36. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).
37. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.
38. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.
39. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАДМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).
Bolalar uchun kitoblar skachat
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Таълим / Образование
Валентина Ивановна Скультенинг ушбу оммабоп китоби – инглиз тилини тез ва осон ўзлаштиришни истаган болалар ҳамда катта ёшдаги кишилар учун бебаҳо қўлланмадир. Методик кўрсатмалар билан тўлдирилган ушбу нашр инглиз тилини ўрганувчиларга мустақил равишда, ҳамда ўқитувчи билан машғулот олиб бориш имконини беради.
Fly High 5-синф (ўзбек тилида)
Умумтаълим ва ихтисослаштирилган мактабларнинг 5-синф ўқувчилари учун мўлжалланган Fly High инглиз тили дарслиги.
Fly High 6-синф (ўзбек тилида)
Ушбу дарслик инглиз тилини ўқиб ўрганишингизга ёрдам берадиган қизиқ ва ажойиб машқ ҳамда топшириқлар билан тўла. Дарсликнинг охирида граматикага оид маълумотлар ва луғат берилган. Иш дафтари инглиз тилини синфда ёки уйда ўқиб ўрганишингизга ёрдам берадиган қўшимча машқ ва топшириқларни ўз ичига олади.
Fly High 7-синф (ўзбек тилида)Умумтаълим ва ихтисослаштирилган мактабларнинг 7-синф ўқувчилари учун мўлжалланган Fly High инглиз тили дарслиги.