Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Qizlarga qanday yigitlar yoqadi — tashqi ko’rinish, xarakter, qizlarga yoqish sirlari
Qarshi jins vakiliga yoqish istagi bizning qonimizga kiritilgan. Erkaklarga yanada yaxshiroq bo’lish va yoqtirganining e’tiborini jalb qilish uchun qizlarga qanday yigitlar yoqishi qiziqdir. Albatta, har bir xonim o’ziga xos ta’bga ega, ammo har qanday go’zalni jalb qiluvchi umumiy fazilatlar mavjud.
- 1 Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi?
- 2 Tabiati (xarakteri) bo’yicha qizlarga qanaqa yigitlar yoqadi
- 3 Qanday yigitlar qizlarga yoqmaydi
- 4 Qizlarga qanday qilib yoqish mumkin?
Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi?
Ba’zan ko’zga tashlanmaydigan tashqi ko’rinishli yigatlar muxlisalarining adog’i ko’rinmaydi, chiroyli ko’rinishli yigitlar esa bir chetda o’tirishadi. Qizlarga bunday yoqishning siri nima? Barcha gap shundaki, bunday yigitlar, ongli yoki ongsiz ravishda qizlar bilan o’zini tutishni ma’lum qoidalariga amal qiladilar. Lekin ideal erkakning boshqa fazilatlarini ham unutmaslik kerak:
- Erkak har qanday holatda ham erkak bo’lib qolishi kerak. Qizlar tabiatan jasoratli yigitlarni tanlashadi. Yosh xonimlar necha bor sportiv qomat ahamiyatsiz deb ta’kidlashmasin, aslida mushaklar ularni e’tiborsiz qoldirmaydi. Mushaklarni chiqarish ortidan quvishga berilib ketmang. Yodda tuting: qizlar sportiv qomatni afzal ko’radilar — steroidli yigitlar ularni qiziqtirmaydi.
- Har bir qizning yigit tashqi ko’rinishini baholash uchun o’z mezonlari mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qizlar yonoqlari keng, to’la labli, yengil quyoshda toblangan, qora qosh va kirpikli yigitlarni chiroyli deb hisoblashar ekan.
- Soqolli erkak — erkaklik, yetuklik va qat’iyatlilikning timsoli. Agar ilgarilari uch kunlik soqol dangasalik belgisi sifatida qabul qilingan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, hatto kaltaroq soqol ham go’zal jins vakillarida qiziqish uyg’otadi.
Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak→
Tabiati (xarakteri) bo’yicha qizlarga qanaqa yigitlar yoqadi
Xo’sh, qizlar nima sabab yigitlarni yoqtiradi? Bu murakkab savol. Agar yigitlar bu savolga javob topganlarida edi, unda yashashning qizig’i qolmasdi. Qizlarga qarama-qarshi jins vakillarining qanday insoniy fazilatlar qizlarga yoqishini ko’rib chiqamiz:
- G’amxo’rlik, e’tibor va sodiqlik. Aynan shu sifatlar birinchi o’rinda turadi.
- Ishonch. O’zining qudratiga ishongan yigirlar qizlarni ohanrabo kabi tortadi.
- Xavfli hollarda himoya qilish qobiliyati, har qanday muammolardan cheklay olish.
- Ishonchlilik. Sizga bo’lgan ishonchni sindirishi mumkin bo’lgan harakatlarni amalga oshirmang.
- Saxiylik. Lekin diqqat qiling: xushyoqishni o’z manfaatini ko’zlash bilan adashtirib yubormang.
- Iroda. Bu siz xohlayotgan narsani qilishga, xohlayotmagan narsani qilmasllikka qodir ekanligingizdir.
- Qizlar orasida raqobat. Yigit qancha ko’p qizlar bilan gaplashsa, boshqa qizlarni shunchalik ko’p qiziqtira boshlaydi. Buning mexanizmi oddiy — agar yigitning atrofida qizlar girdikapalak bo’lsa, demak unda bir narsa bor, bu fikrlar qizlarda qiziqish uyg’otadi.
- Pul. Buni noto’g’ri tushunmaslik kerak, pul deganda boylik emas, balki uni boshqara olish va unga bo’lgan munosabat tushunilishi kerak. Qizlarga yoqish uchun pul bevosita rol o’ynamaydi, lekin u yigitga ishonch, o’ziga xos ichki holat bag’ishlaydi.
- Nutq, gaplar, savod va chiroy bilan gapira olish qobiliyati. Yigit xadeb kulaverishi ketmaydi, joyida kulish, joyi kelganda jiddiy turish kerak. Shuningdek «yuqoridan» gapirish muhim. Masalan «Kechirasiz, chalg’itmadimmi, siz bilan tanishsam bo’ladimi?». Nima sababdan kechirim so’rash kerak, «chalg’itmadimmi?» — chalg’itib bo’ldingiz, «mumkinmi?» — demak ishonch yo’q. Bu past pozitsiyadan kelib gapirish edi. Xuddi shu ma’noni «Salom, ko’rinishingiz zo’rku. Bir soniya to’xtab turing, siz bilan suhbatlashmoqchi edim» kabilida aytish mumkin, bu ishonch bilan aytilgan gap «yuqori» pozitsiyadan kelib gapirish hisoblanadi. Faqat me’yorni saqlang, «to’xta, sen menikisan» shaklida gapirish hammasini buzib yuboradi.
- Javobgarlik. So’nggi paytlarda ayollar javobgarlikni o’z zimmasiga olishga qodir erkaklar kamayib ketayotganidan shikoyat qilmoqdalar, boshqalar uchun javobgarlikni oladigan (masalan, ayollar uchun) erkaklar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Ayol kishiga aniq yoqadigan erkak — javobgar bo’lgan erkakdir. Siz o’z so’zlaringiz va harakatlaringizga javob bera olishingiz kerak. Bir narsani bajaraman dedingizmi — bajaring.
- Ijtimoiy mavqe. Bunga ham ega bo’lish ortiqchalik qilmaydi. Bu aynan hokim yoki deputat bo’lish kerak degani emas. Agar sizni do’stlaringiz tinglasa va hurmat qilsa, shuni o’zi yetarli. Agar siz qiz bilan ko’chada ketayotganingizda biron kafening direktori yoki boshqa baobro’ shaxs siz bilan so’rashsa yoki siz nimadir bilan mashhur bo’lsangiz, undan ham yaxshi.
- Hukmronlik. Bu ijtimoiy piramidaning yuqorisida bo’lgan erkakning sifatidir. Agar u sizda bo’lsa, hech bo’lmaganda do’stalaringiz ustidan, bu ajoyib, agar bo’lmasa, hechqisi yo’q. Bu asosan erishishga intilish kerak bo’lgan sifatdir.
- Dominantlik. Barcha jabhalarda dominant bo’lgan yigitlar qizlarga juda yoqadi. Qanday qilib qizlarga yoqish mumkinligini bilmoqchimisiz, unda hamma narsani o’z qo’lingizga oling. Ishda, do’stlar orasida, munosabatlarda, barcha joyda dominant bo’ling, birinchi bo’lib g’oya yoki fikr bildiring, teran fikrlang. Tortinchoqlik qilib chetda qarab turish kerak emas, o’zingizga ishonasizmi, demak, olg’a.
Qanday yigitlar qizlarga yoqmaydi
Ideal odamlar mavjud emas. Salbiy tomonlar har bir kishiga xosdir. Lekin, qizlarni ayniqsa jig’iga tegadigan sifatlar bor:
- Zulmga moyillik. Qaysi o’zini hurmat qiladigan qiz mushtini ishlatishga har doim tayyor bolaga yaxshi munosabatda bo’ladi? Haqiqiy erkak o’zidagi jahlni toblay olishi va har qanday nizo va mojaroni tinch yo’l bilan hal etishga qodir bo’lishi kerak.
- Munosabatlar va xudbinlik — yaxshi juftlik emas.
- O’zini juda ko’p sevish.
- Rashk. Ayollar rashkdan qo’rqmaydilar, ularni unga ergashadigan hodisalar: tajovuz, ta’qiblar, janjallar va boshqalar tashvishga soladi.
Qizlarga qanday qilib yoqish mumkin?
Qizlarga qanday turdagi yigitlar yoqishi juda bahsli savol. Qarama-qarshi jins vakilini jalb qilishda tashqi ko’rinish kam rol o’ynamaydi. Inson haqidagi birinchi taassurotlar tashqi qiyofani baholashdan iborat bo’ladi, shundan so’nggina insoniy fazilatlarga e’tibor beriladi. Ba’zi qizlarga baland bo’yli ozg’in bolalar yoqadi, boshqalari faqat sportchilarga qaraydi. Siz hammaga birdek yoqa olmaysiz. Hech shubha yo’q — chiroyli yigit har qanday qizning orzusidir. Ammo agar tabiat jozibali ko’rinish bilan siylamagan bo’lsa-chi? Havotirga o’rin yo’q, o’zingizda boshqa ijobiy fazilatlarni rivojlantiring:
- Qizlar yigitlar intelektini hurmat qiladilar, ammo zerikarli yigitlarni xush ko’rishmaydi. Soatlab baliq ovlash yoki mashinani tuzatish haqida gapirayotib, bular qizga qiziq ekanligiga amin bo’ling. Aks holda, siz ziqna sifatida qabul qilinasiz va suhbat to’xtatilishi mumkin.
- Yaxshi hazil tuyg’usi nafaqat qobiliyatli hazil qilish va kulgili voqealar aytish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatli odam har qanday mavzuda osonlikcha gaplasha olishga qodir, tarang vaziyatlardan doimo hazil bilan chiqib keta oladi.
Har doim qizlarni quyidagi tur yigitlar jalb qiladi:
- «Yomon» yigitlar. Bu har bir yetuk bo’lmagan qiz orzu qiladigan yigit turi. Yoshi kattalashishi bilan bu turdagi erkaklar ayollarni qiziqtirmay qo’yadi va ular ishonchli juft qidirishni boshlashadi.
- Sportsmen. Bu yerda hammasi tushunarli: salobatli tanaga qarash yoqimli. Bundan tashqari, bunday yigit bilan ko’rganda qizning dugonlari hasaddan yonishadi.
- Romantikalar. Qaysi qizga oq otdagi shahzoda, sham yog’dusidagi kechki ovqat va o’ziga bag’ishlangan musiqa haiqda havas qilmaydi?!
- Yaxshi yigit. Bu har qanday ma’noda yaxshi, ideal shaxs.
Ona yoki o’qituvchi rolini sinashni yoqtiradigan qizlar bor. O’zlarining baxtiga erishish umidida sodda yigitlar ularning qarmog’iga tushadi. Bunday sharoitda kecha kamtar bo’lgan yigit har qanday kishiga aylanadi: romantik, brutal yoki ayol kishini ko’nglini ola biluvchiga.
Avantyurist qizlar o’zlariga mos keladigan yigitni qidiradilar. Yigilar ularni to’xtatishi yoki umidsiz qilmasligi, aksincha uni zarur his-tuyg’ular bilan ta’minlab turishlari kerak. Bunday yigitlar haddan ortiq faollik, quvnoqlik va xavfli ishlarni bajarishni yoqtirishi bilan ajralib turadi.
Sizga bir sirni ochamiz: qizlar har narsa deyishlari mumkin, lekin ular o’ziga mos yigitni ko’rib qolishsa, aqlini yo’qotadilar. Mayli u rashkchi, o’rtahol va madaniyatning barcha jabhalarini suv qilib ichmagan bo’lsin — bular shunchaki mayda-chuyda. Muhimi, muhabbatdir.
Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari
Kuyish – terining xavfli shikastlanishi bo‘lib, bunda nafaqat teri balki boshqa a’zolar ham zararlanadi. Ayniqsa kuyish buyraklar, yurak, moddalar almashinuvini buzishga, tana harorati oshishiga, qayt qilish va boshqa asoratlarga olib keladi. Kuygan vaqtda nima qilish kerak, shikastlangan insonga qanday birinchi yordam berish kerak ? Axir, insonning keying ahvoli va hatto uning hayoti ham ko‘rsatilgan birinchi yordamga bog‘liq.
Kuyishda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida travmatik jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha yong‘in sodir bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga ishqor, kislota va og‘ir metall tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
- Jarohatlovchi manbani olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak;
- 10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi;
- Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak;
- Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va og‘riqni qanday kamaytirish mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin» preparati bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday bolalar terisiga mos keladi.
Kuyganda umuman mumkin emas!
- Jatohatlangan sohani o‘simlik moyi va kraxmal bilan yuvish;
- Spirt saqlovchi preparatlardan foydalanish, yod va shu kabilar;
- Teridagi pufaklarni mustaqil ravishda “yorish”;
- Teriga yopishib qolgan kiyimlarni mustaqil ravishda olib tashlash;
- Kuygan sohaga maz surtish;
- Bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida siydikdan foydalanish.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Xavfli o‘sma kasalliklarini klinik belgilari va erta aniqlash usullari (Mutaxassislar uchun)
Kuyish klassifikatsiyasi va uning darajalari
I darajadagi kuyish
Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.
II darajadagi kuyish
II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.
Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham, infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin, bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi.
III va IV darajadagi kuyish
III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Ushbu maqolani ham o‘qing: Metabolik sindrom – majmuali ofat
Jarohat olgan inson o‘zi harakat qila olmasa, uni ko‘tarish talab qilinadi, bunda zararlangan sohalarni yopinchiqlar bilan himoya qilish zarur. Tibbiy yordam chaqirib, bemorga og‘riqsizlantiruvchi preparatlar va ko‘proq suyuqlik ichirish kerak bo‘ladi.
Issiq suvdan kuyish kuzatilsa, nima qilish mumkin?
- Qaynoq suv to‘kilgan kiyimlarni yechish kerak;
- Kuygan teri darjasini aniqlash kerak (inson kafti 1 % hisoblanadi). 10 % dan ortiq kuygan sohada, ya’ni 10 kaftga teng, tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur;
- Jarohatlangan sohani “Pantenol” eritmasi bilan qayta ishlash;
- Agar kuygan soha qo‘lda bo‘lsa, qo‘llarni pastga osiltirgan holda ushlamaslik kerak, shunda shish paydo bo‘lishini kamaytitishga erishiladi;
- Birinchi va ikkinchi darjali kuyishlarda terining jarohatlangan sohasiga sovuq suv shimdirilgan bog‘lam qo‘yish kerak. Har ikki-uch daqiqada bog‘lamni almashtirib turiladi (20 daqiqa davomida, agar teri qoplami buzilmagan bo‘lsa);
- Pufaklar paydo bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yorishga harakat qilmang;
Bug‘ bilan kuyganda nima qilish kerak?
- Jarohatlangan sohani sovutish, isigan kiyimlarni yechish kerak;
- Teri sohasining 10 % dan ortiq qismi zaralanganda shifokorga murojaat qilish zarur;
- Kuygan sohaga moy surish, pufaklarni yorish hatto ularga qo‘l bilan tegish ham mumkin emas.
Moy bilan kuyganda qanday yordam ko‘rsatish mumkin?
- Qanyoq moy tushgan teri sohasini sovuq oqar suvda ushlab turish;
- Agar moy bilan kuygan soha 1 %ni tashkil qilsa yoki moy ko‘zga tushgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qlish zarur. Shifokorgacha jarohatlangan sohaga steril bog‘lam qo‘yish kerak. Analgetiklardan foydalansa ham bo‘ladi (agar bunga malakangiz yetsa): novakain eritmasi (4-5 %), lidokain, albutsid eritmasi (10-20 %), levomitsetin (0,2 %) eritma.
Dazmol bilan kuyganda nima qilish kerak?
- Kugan sohaga moy yoki glitserin surtiladi;
- Jarohatlangan sohaga lavlagi, karam qo‘yilib, har 10 daqiqada almashtirib turish;
- Shu sohani suv bilan sovutish va soda sepib qo‘yish;
- Kuygan sohani hom tovuq tuxumi bilan qayta ishlasa ham bo‘ladi.
Agar kuyish pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechsa, yuqoridagi muolajalarni qo‘llamang, shifokorga murojaat eting!
Kimyoviy kuyish ro‘y bersa, qanday yordam ko‘rsatish zarur?
Kimyoviy moddalar bilan kuyishda davo, kimyoviy modda tabiatiga qarab o‘tkaziladi. Albatta, birinchi yordam uchun tez tibbiy yordam chaqiriladi. Yordam kelgunga qadar zararlangan sohadagi kiyim yechiladi yoki kesib olib tashlanadi. Zararlovchi moddani yo‘qotish uchun, sovuq oqar suv ostida 20-30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Agar kuyish noma’lum tabiatli kimyoviy modda ta’sirida kelib chiqsa, oqar suv ostida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyoviy moddaning ta’sirini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Agar kuydirovchi modda oltingugurt kislotasi bo‘lsa, uni rezina qo‘lqoplar kiygan holda, quruq salfetka bilan shimdirib olish kerak. Shundan keyingina oqar suv bilan chayish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarur.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bo‘g‘im muammolari va ularni davolash
Bunday holatda dori preparatlari shifokor tomonidan buyuriladi, chunki ular kimyoviy modda bilan reaksiyaga kirishib o‘ta og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar kimyoviy modda tabiati aniq bo‘lsa, masalan kislota bilan kuyganda 2 %li soda eritmasi bilan, kimyoviy modda ishqor bo‘lsa – bor kislotasi qo‘shilgan suv bilan yoki limon kislotasi bilan yuvsa bo‘ladi. So‘ngra quruq va steril bog‘lam qo‘yish kerak.
Har qanday regeneratsiyani kuchaytiruvchi preparatlar qat’iy shifokor tomonidan buyuriladi. Odatda bunday kuyishni davolash uchun uzoq muddat talab qilinadi, davo muolajalari tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Bemorning ahvolini yaxshilash, bitish jarayonini tezlashtirish, sovutish va terini yumshatish maqsadida, jarohatlangan sohaga aloe bargidan foydalaniladi. E vitamin ham mahalliy zararlangan soha regeneratsiyasini kuchaytiradi va chandiq qolishini kamaytiradi. Ichki davoga vitamin E, A, C, B lar kapsula ko‘rinishida buyuriladi.
Kuyishda xalq tabobati vositalari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq tabobatida vositalari bilan faqatgina I darajali kuyishlar, teri qoplamasining katta hajmda bo‘lmagan jarohatlanishida foydalansa bo‘ladi.
Kuygan sohaga xom kartoshka, qovoq va sabzi qo‘yish ham yordam beradi. Har qanday sabzavot qirg‘ichdan o‘tkazilib, steril bog‘lam yordamida kuygan joyga qo‘yiladi. Bog‘lamni 10-15 daqiqada lamashtirib turish tavsiya etiladi;
Yana bir samarali usul, og‘riq va qizarishni oldini olish uchun na’matak, dub (eman) ildizi eritmalari bilan primochkalar qilish kerak. Buning uchun tayyor eritmani dokaga shimdirib kuygan sohaga bog‘lash kifoya. Bog‘lam har 15 daqiqada almashtirib turiladi;
Sut mahsulotlari ham og‘riqni yaxshi oladi. Kuniga 3 mahal, yarim soatda kefir yoki smetana bilan kuygan sohani primochkalar qilish lozim;
Asal – bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi qadim zamonlardan beri ma’lum. Uning og‘riqni kamaytirish, regeneratsiyani tiklash xususiyati bor;
Issiq va qaynoq buyumlardan foydalanayotganda ehtiyot bo‘ling, kimyoviy moddalarni ishlatayotganingizda ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring, doimo ogoh bo‘ling. Kuyish ro‘y bersa, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling va shifokorga murojaat eting.
Savol: Assalomu alaykum. Ismim Qosimjon, 3 yoshli o‘g‘lim bor. Uning chap qo‘li kuyganligi sabab, kuygan joyi oqarib qoldi. Bu holatni bartaraf qilish mumkinmi? Qanday maslahat berasizlar? Oldindan rahmat.
Javob: Agar o‘sish qavati kuygan bo‘lsa, teri oqarib, chandiqlanib qoladi va bu rang boshqa o‘zgarmaydi. Bu 2 B-3 darajadagi kuyishda kuzatiladi. Agar 1-2 A darajadagi kuyish kuzatilgan bo‘lsa, teri o‘z rangiga qaytadi. Kombustiologga ko‘rining.
© Javlon Abdullayev, shifokor.
ATF.UZ — Onlayn tibbiy konsultatsiya.
Diqqat! Yuqori darajadagi kuyishlar inson hayoti, ayniqsa, bolalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun bu kabi baxtsiz holatlar kuzatilsa, “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qiling! Sizning va yaqinlaringizni salomatligi o‘z qo‘lingizda! Salomat bo‘ling!
Исмлар маъноси- ўғил ва қиз болалар учун
ФАРЗАНДга исм қўйиш ота-оналар учун енг маъсулиятли ишлардан бири десак муболаға бўлмас. Ота-онанинг фарзанди олдидаги биринчи бурчи ҳам ахир шундан иборатку. Шундай екан янги туғилган мўжазгина чақалоқчамизга нима деб исм қўйишда баъзан катталардан маслаҳат сўрасак, баъзан яқин танишларимизнинг, ўзимиз ёқтирган инсонларнинг исмини еслаймиз. Баъзи ота-оналар фарзандларига исмни турли хил маросимлар, ҳодиса-воқеалар, сифатлар, ва ҳаттоки сиёсий ҳолатларга ҳам атаб қўядилар. Қандай исм қўйилганда ҳам бу исм ФАРЗАНДингизнинг келажакдаги хулқ-атворига ўз таъсирини ўтказмай қолмайди. Шу сабабли унга чиройли ва муносиб ном беринг. Биз еса Сизга бу борада кўмаклашамиз. Қуйида алифбо тартибида келтирилган исмлар рўйхати ва уларнинг маъноси билан танишиб, балки ўзингизга ёққан исмни топарсиз.
Қизлар учун маъноли исмлар Сания. Маъноси «юксак, улуғвор». Бу исм ҳам илгари араблар орасида кўп учраган бўлса ҳам, ҳозирда машҳур эмас.
Сара (Сора). Бу исм ҳам Марям исми каби мусулмон, насроний ва яҳудий халқларда тарқалган. Марям исмидан фарқли равишда, бу исмни бир қанча насроний мамлакатларида буткул яҳудийларнинг исми деб қаралади, шунинг учун одатда насронийлар бу исмни қўйишмайди. Бундай деб ҳисобланмаган жойларда эса Сара исми нарсонийлар орасида ҳам кўп учрайди. АҚШда Сараҳ исми ҳамиша энг машҳур исмлар қаторида бўлган.
Бу исмнинг маъноси – иврит тилида «малика», «амира». Араб тилида ҳам шунга ўхшаш иккита сўз бор, кўпинча шу исмга алоқадор деб келтирилади: «сарра» – «хурсанд қилувчи», «сара» – қолдиқ. Бу исм араб мамлакатларида, хусусан, Саудия Арабистони ва Иорданияда ҳам етакчи ўриндаги исмлардан ҳисобланади.
Сафия (София). Маъноси «покиза, ёрқин», «дугона». Оналаримизнинг бири София бинт Ҳуяй розияллоҳу анҳо эдилар. Шунингдек, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг саҳобиялари орасида улардан кейин яшаб ўтган эътиборли муслима аёллар орасида ҳам София исми жуда кўп учрайди.
Султона «ҳокимият», «устунлик», «ҳоким» маъносини берувчи «султон» сўзининг муаннас шакли. Ўғил болалар исми – Султон кўп мамлакатларда машҳур бўлса-да, Султона исми ҳозирда кам учрайди.
Сумайя. Бу исмнинг маъноси «само» – «осмон» сўзининг кичрайтирилган шакли ёки «самия» – «олийжаноб» сўзининг кичрайтирилган шакли бўлиши мумкин. Исломдаги биринчи шаҳиднинг исми Сумайя бинт Ҳаёт, Умму Умар эди. Тасним. Бу ҳам Салсабил каби жаннатдаги булоқлардан бирининг номи. Мутоффифун сурасида шундай дейилади: «…Албатта, аброрлар жаннати наъимдадирлар. Пардали баланд сўрилар устида назар солиб турарлар. Уларнинг чеҳраларидан жаннат равнақини билиб оларсан. Улар муҳрланган, ниҳоятда пок, шаробдан ичарлар. У (шароб)нинг хотимаси мискдир. Ва шу нарса учун мусобақа қилувчилар мусобақа қилсинлар. У (шароб)нинг аралашмаси «тасним»дандир. У (Тасним) бир булоқдирки, ундан муқарраблар ичарлар». (22-28 оятлар)
Фараҳ. Маъноси «хурсандчилик». Баъзи мусулмон мамлакатларида бу исм ўғил болалар учун ҳам ишлатилади.
Фарида. Маъноси «жавоҳир», «камёб», «нодир нарса», «дурдона». Бу исм бошқа араб мамлакатларидан кўра Мисрда кўпроқ учрайди.
Ҳабиба. Ёрқин маънога (севимли, суюкли) эга бўлган қадимий араб исмларидан бири. Бу исмда кўплаб саҳобиялар ўтган. Жумладан, Ҳабиба бинт Абу Умома Асад ибн Зурора, Ҳабиба бинт Абу Тижрат ал-Абдарийя (ҳадислар ривоят қилган), Ҳабиба бинт Жаҳш ( Зайнаб бинт Жаҳш онамизнинг туғишган сингиллари), Ҳабиба бинт Рамла бинт Абу Суфён (Умму Ҳабиба онамизнинг қизлари), Ҳабиба бинт Хорижа ибн Зайд Ҳазражийя (Абу Баркр Сиддиқнинг аёллари), Ҳабиба бинт Абу Суфён, Ҳабиба бинт Абу Амир ар-Ра¬ғиб (машҳур саҳоба Ҳанзаланинг синглиси) ва бошқалар.
Ўрта асрларнинг ҳурматли мусулмон аёллари орасида ҳам Ҳабиба исмлилари учрайди. Жумладан, Ҳабиба бинт Иброҳим ал- Мақдисия, 7-ҳижрий аср муҳаддиси, Ҳабиба бинт Абу Ҳалаф, Ҳабиба бинт ал-Изз ва бошқалар. Бугунги кунда эса Ҳабиба исми баъзи мамлакатларда (масалан, Миср) кўп учраса, баъзиларида эса (масалан, Саудия Арабистонида) кам учрайди. Ҳожар. Иброҳим алайҳиссаломнинг аёлларидан бирининг, Исмоил алайҳиссаломнинг оналарининг исми. У киши ҳақидаги ривоятлар маълум ва машҳур бўлиб, Макка шаҳрининг пайдо бўлиш тарихига бориб тақалади. Ҳалима. Маъноси «беозор, ройиш», «сабрли», «юмшоқ». Бу ажойиб исмни энг машҳур қилган соҳибаси Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни эмизган бану Саъдлик Ҳалима бўлган. Бу аёл Муҳаммад алайҳиссаломни деярли 4 йил тарбиялаган. Шунингдек, Ҳалима бинт Урва ибн Масъуд ас-Сақофий исмли саҳобия ёки тобеия ҳам яшаган.
Шарифа. Маъноси ҳурматли, шарафли
Шайма (Шаймо). Шайма сўзи «яхши сифатларга эга» ва «холи бор аёл» деган маъноларни англатади. Бу Расулуллоҳ алайҳиссаломнинг эмикдош синглиси, Ҳалимаи Саъдийянинг қизининг сифати бўлган. Ясмин. Форс тилидан келиб чиққан исм бўлиб, арабларда ҳам аллақачон ўзлашиб кетган ва истеъмолда кенг қўлланилади. Ясмин бинт Салим ибн Али ибн ал Байтар XII асрда яшаб ўтган ҳадис ровийларидан бири. «Ясмин» сўзи гулнинг номини билдирса, «ясмина» унинг бир шохчаси ёки бир гулини билдиради.
АББОС (а.)- қовоғи солиқ, хўмрайган, жиддий. Баъзи болалар шу ҳолатда туғилади.
АБДУЛАЗИЗ (а.) – иззат ва куч-қудрат соҳиби бўлган ғолиб Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛАЗИМ (а.) – буюк Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛВАЛИ (а.) – дўст, мададкор Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛВАҲҲОБ (а.)- барча учун ўз неъматларини текин ато этувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛВОҲИД (а.)- битта, ягона, танҳо бўлган Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛЖАББОР (а.) – бандаларнинг ишларини ислоҳ қилувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛЖАЛИЛ (а.)- барча жиҳатдан мукаммал ва гўзал улуғ Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛЛАТИФ (а.)- лутфу эҳсон, чексиз марҳаматлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛАҲАД (а.)- якка-ягона бўлган Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛКАРИМ (а.)- карим қилувчи, саховат кўрсатувчи ва бандаларининг гуноҳларини кечирувчи, авф этувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛЛОҲ (а.)- Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛМАЛИК (а.)- подшоҳ Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛФАТТОҲ (а.) – раҳмат хазиналарини очувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛХОЛИҚ (а.)- яратувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҚАҲҲОР (а.)- барчани бўйсўндирувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҚОДИР (а.)- ҳамма нарсага қодир бўлган, куч қудрат соҳиби Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҒАФУР (а.) – бандаларинннг гуноҳларини яшириб, жазо бермай турувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҒАФФОР (а.) – бандаларининг хато ва гуноҳларини кечирувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҒАНИ (а.)- ҳеч нарсага эҳгиёжсиз, бой Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҲАЙ (а.)- абадий тирик Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҲАМИД (а.)- ҳамиша, доимо ҳамду санога, мақговга сазовор бўлган Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҲАКИМ (а.) – ҳикмат ва чексиз билимлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси.
АБДУЛҲАФИЗ (а.)- ўз панохдда сақловчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУРРАЗЗОҚ (а.) – барча тирик мавжудодга ризқ берувчи Аллоҳнинг бандаси.
АБДУРРАУФ (а.)- ўта меҳрибон, раҳмати кенг Аллоҳнинг бандаси.
АБДУРРАШИД (а.)- барча ишлари тўғри чиқувчи Аллоҳнинг бавдаси.
АБДУРРАҲИЙМ (а.) – раҳмли Аллоҳнинг бандаси.
АБДУРРАҲМОН (а.) – ўта меҳрибон Аллоҳнинг бандаси.
АБДУССАМАД (а.)- ҳожатбарор Аллоҳнинг бандаси.
АБРОР (а.)- покиза, яхши хулқ-атвор эгаси.
АДОЛАТ (а.) – одиллик.
АЗАМАТ (а.)- улуғ, қудратли.
АКБАР (а.)- буюк, улур.
АКМАЛ (а.) – энг етук, энг мукаммал.
АКРАМ (а.)- карамли, сахий
АЛИ (а.)- олий, энг юксак.
АЛИШЕР (а.-ф.т.)- шердек қудратли, жасур, довюрак бола. Алидек куч-қудрат ва ақл-заковат эгаси бўлсин.
АМИР (а.)- ҳукм қилувчи, ҳукмдор, йўлбошчи.
АНБАР (а.) – ёқимли, хушбўй, ажойиб ҳидли.
АНВАР (а.)- нурли, ёруғ, чароғон ёки иқболи порлоқ бола.
АРСЛОН (а.)- шер, шердек қудратли, довюрак, қўрқмас бўлсин.
АСАД (а.) — Шер. Асад ойида туғилган бола ёки Шердек кудратли, қўрқмас, довюрак бўлсин.
АСАДУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг шери ёки Аллоҳнинг шердек қудратли, довюрак, жасур бандаси.
АСАЛ (а.) – асалдек ширин, севимли қиз.
АСОМИДДИН (а.)- диннинг кўмаги, ёрдами, мадади.
АЪЗАМ (а.)- энг буюк.
АҲМАД (а.) – Аллоҳга олқиш ва ҳамду санолар айтувчи, олқишга сазовор, мақтовга лойиқ.
АҲРОР (а.)- меҳру мурувватли, мархаматли.
БАДРИДДИН (а.) – диннинг тўлин ойи.
БАРНО (ф.т.) – келишган, чиройли.
БАСАНДА (ф.т.) – оилада кетма-кет қизлар туғилса, энди етарли бўлди, энди киз бола тугидиши тўхтасин, деган маънода ушбу исм қўйилган.
БАХТИЁР (ф.т.) – бахт-саодат, қувонч ёр бўлсин.
БАҲОДИР (ф.т.) – ботир, куч-қудратли.
БАҲОР (ф.т.) – баҳорда туғилган фарзанд ёки ҳаётда баҳордек гўзал, чиройли, файзли бўлсин.
БАҲРИДДИН (а.) – диннинг нури, шуьласи.
БАҲРОМ (ф.т.) — Миррих (Марс) сайёрасининг номи бўлиб, у қадимдан бахт ва саодат тимсоли сифатида тараннум этилган, шу билан бир қаторда қадимги эрон шоҳларидан бири бўлган Баҳромга хам нисбат берилиб, куч-қудрат соҳиби бўлсин, деган маънода хам ушбу ном болага берилган.
БЕКЗОД (ўзб-ф.т.) – беклар авлодидан бўлган бола ёки бек фарзанди, боласи.
БЕКМУРОД (ўзб-а.) – беклар авлодидан бўлган бола улгайиб, орзу мақсадига етсин.
БЕРДИМУРОД (ўзб-а,) – Аллоҳ бизга ўғил ато килиб, орзу мақсадимизга етказди еки Аллоҳ берган бола вояга етиб, мурод-мақсадига эришсин.
БЕҲЗОД (ф.т.)- яхши саодатли кунда туғилган, яхши аслзода бола.
БЕҲРУЗ (ф.т.)- бахт-саодатли кунда туғилган бола.
БИБИХОЛ (ўзб-ф.т.) – хол билан туғилган, эътиборли аслзода қиз.
БИНАФША (ўзб.)- бинафшадек нафосатли, сулув, кўркам
БОБУР (ўзб.)- йўлбарс.
БОЗОР (ф.т.) – бозор куни туғилган бола.
БОЙМУРОД(ўзб-а.) – бой-бадавлат бола, улғайиб орзу муродига етсин.
БОЙҚОБИЛ (ўзб-а.)- эс-ҳушли, ақлли, мўмин-қобил бола, улғайиб бой-бадавлат бўлсин.
БОЛТА (ўзб.)- киндиги болта билан кесилган бола ёки болтадек кескир, ўткир, мустаҳкам бўлсин.
БОТИР(ўзб-мўг.) – мард, паҳлавон, довюрак, жасур.
БЎРИ (ўзб.)- туғилганда тиши мавжуд бўлған бола.
ВАФО (а.) – вафоли, садоқатли, содиқ.
ВОСИЛ (а.) – висолга етишган.
ГАВҲАР (ф.т.) – гавҳардек қимматли, бебаҳо, асл, зебо қиз.
ГАВҲАРШОД(ф.т.) – гавҳардек бебаҳо, қимматли, қадрли, қувноқ, шоду хуррам зебо қиз.
ГУЛАНДОМ (ф.т.) – гулбадан, нозик, гўзал қиз.
ГУЛАСАЛ (ф.т-а.) – гулдек чиройли, нафис, асалдек ширин, тотли, севимли қиз.
ГУЛЖАМОЛ (ф.т-а.) – ҳусни жамоли гуддек зебо қиз.
ГУЛЖАҲОН (ф.т.)- жаҳоннинг гулдек гўзал кизи.
ГУЛНОЗ (ф.т.) – гулдек нозик ва нозли гўзал киз.
ГУЛРУҲ (ф.т.) – юзи гулдек гўзал қиз.
ГУЛЧЕҲРА (ф.т.) – гулюзли, чиройли қиз.
ГУЛШАН (ф.т.) – ҳаёти гулзордек файзу тароватли бўлсин.
ГУЛШОД (ф.т.) – гулдек гўзал, сулув, шоду хуррам
ГЎЗАЛ (ўзб.) – зебо, сулув, чиройли
ДАВЛАТ (а.) – давлатманд, бой, саодатли, толеи порлоқ бўлсин.
ДАВРОН (а.) – даврининг, замонасининг бахтиёр фарзанди бўлсин.
ДИЛАФРЎЗ (ф.т.) – кўнгилни ёритувчи, қалбни қувончга тўлдирувчи зебо қиз.
ДИЛБАР (ф.т.) – кўнгилни олувчи, суюкли, гўзал.
ДИЛМУРОД (ф.т-а.) – дилдаги муродга, орзуга етказган бола.
ДИЛНАВОЗ (ф.т.) – дилни эркаловчи, кўнгилга завқу шавқ бағишловчи севимли зебо қиз.
ДИЛНОЗ (ф.т.) – нозик қалб соҳиби.
ДИЛОВАР (ф.т.) – жасур, қўрқмас, довюрак, шижоатли.
ДИЛОРО (ф.т.) – кўнгилни безовчи, дилга оро берувчи қиз.
ДИЛОРОМ (ф.т.) – дилга ором берувчи, кўнгилга таскин
ва ҳузур-халоват бахш этувчи.
ДИЛРАБО (ф.т.) – кўнгилни жалб қилувчи, дилни тортувчи, суюкли, гўзал қиз.
ДИЛШОД (ф.т.) – дили шод бўлиб юрсин ёки қалбларга севинч, шоду хуррамлик бахш этган бола.
ДУРДОНА (а-ф.т.) – инжу, дур донасидек бебаҳо, қадрли, чиройли қиз.
ЕТИМ (а.) – якка, ягона, танҳо, ёлғиз.
ЁДГОР (ф.т.) – агар бола дунёга келгандан кейин отаси ёки онаси оламдан ўтиб қолса, унга марҳумдан эсдалик, ёдгорлик бўлсин деб ушбу исм берилади.
ЁРҚИНОЙ (Узб.) – келажаги ёруғ, нурли ва ойдек гўзал қиз.
ЁҚУБ (қад.яҳ.) – изидан борувчи, сабр-тоқатли, довюрак, жасур.
ЁҚУТ (қад.яҳ-а.) – ранги қизил бўлган қимматбаҳо ноёб тош.
ЖАВЛОН (а.) – чаққон, чиройли, шаҳдам қадам ташловчи.
ЖАЛОЛ (а.) – улуғ, буюк, кўркам.
ЖАЛОЛИДДИН (а) – диннинг улуғворлиги ёки диннинг юксак намояндаси.
ЖАМОЛ (а.) – чиройли, кўркам бола.
ЖАМШИД (ф.т.) – буюк, қудратли.
ЖАСУР (а.) – довюрак, қурқмас, жасоратли.
ЖАҲОНГИР (ф.т.) – жаҳонни забт этувчи, фотиҳ.
ЖУМА (а.) – жума куни туғилган бола.
ЖУМАГУЛ (а.ф.) -жума куни туғилган, гулдек чиройли сулув қиз.
ЖУМАҚУЛ (а.-ўзб.)- Аллоҳнинг жума куни туғилган бандаси ЖУМАНАЗАР (а.) – жума куни берилтан туҳфа.
ЖЎРА (ф.т.) – дўст, ўртоқ, ҳамдам.
ЗАЙНАБ (а.) – келишган, хушқомат, сулув қиз.
ЗАЙНИДДИН (а.) – дининг безаги, чиройи, кўрки.
ЗАРИНА (ф.т.) – зарли, чиройли қиз.
ЗАРИФ (а.) – беғубор, покиза, нозик таъб, ўгкир ақл соҳиби.
ЗАРИФА (а.) – иффатлн, покиза, нозик таъб, фаҳм-фаросатли қиз.
ЗАФАР (а.) – толиб, саодатманд.
ЗЕБИНИСО (ф.т.-а.) – аёлларнинг зеби, гўзал, зебоси.
ЗЕБО (ф.т.) – гўзал, сулув, чиройли қиз.
ЗИЁ (а.) – нурли, толеи порлоқ бола.
ЗИЙНАТ (а.) – зийнатли, безанган, ораста, кўркам қиз.
ЗОЙИР (а.) – зиёратчи.
ЗОКИР (а.) – Аллоҳни зикр қилувчи, ёдга олувчи.
ЗУБАЙДА (а.) – аёлларнинг танлаб олингани, энг яхшиси.
ЗУЛФИЯ (ф.т.) – жингалак сочли, сулув қиз.
ЗУЛХУМОР (а.) – интиқ бўлиб кўпдан кугилтан қиз.
ЗУМРАД (ф.т.) – зумраддек қимматли, чиройли, зебо қиз.
ЗУҲРО (а.) – Зуҳро юлдузидек нурли, чиройли, сулув ва иқболи порлоқ қиз.
ИБОДАТ (а.) – тоат-ибодат қилиш, Худога сиғинувчи, Унга бўйсунувчи ёки ибодат пайтида туғилган қиз.
ИБОДУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг бандалари, қуллари.
ИБРОҲИМ (қад.яҳ.) – халқларнинг отаси.
ИЗЗАТУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг ҳурмат-иззатли бандаси бўлсин.
ИЛҲОМ (а.) – руҳий кўгаринкилик, руҳланиш, авжланиш.
ИМОМ (а.) – олдинда турувчи пешво, диний раҳнамо.
ИНТИЗОР (а.) – интизор бўлиб кўпдан орзиқиб кутилган қиз.
ИРОДА (а.) – Худонинг иродаси билан дунёга келтан қиз.
ИСКАНДАР (юн.) – қўркмас, довюрак, жасур, мардларниш сардори, бошлиш.
ИСЛОМ (а.) – бўйсунувчи, итоаткор, художой.
ИСМОИЛ (қад.яҳ.) – Худо эшитди; Худодан сўраб олинган бола.
ИСРОИЛ (қад.яҳ.) – Аллоҳга итоат қилувчи, Аллоҳ йўлида курашчи.
ИХТИЁР (а.) – ихтиёри, эрки ўзида, ҳур, озод.
ИҚБОЛ (а.) – бахту саодат, ёрур келажак, ҳаёт.
ЙЎЛДОШ (ўзб.-ф.т.) – ҳамроҳ.
КАМОЛ (а.) – етук.
КАМОЛИДДИН (а.) – диннинг камоли, ривожи ёки диннинг баркамол, етук намояндаси.
КОМИЛ (а.) – етук, мукаммал.
КАМОЛА (а.) – етук, баркамол қиз.
КОМРОН (ф.т.) – мақсадга эришувчи, саодатманд, кудратли, омадли, толеи порлоқ.
КУМУШ (ўзб.) – кумушдек бебаҳо, қимматбаҳо, қадрли, сулув қиз.
ЛАЙЛИ (а.) – тун қизи, тунда туғилган қиз.
ЛАТИФА (а.) – меҳрибон, мулойим қиз.
ЛАТОФАТ (а.) – латофатли, покиза, шафқатли, зебо қиз.
ЛОБАР (а-) – чиройли, келишган, ёкзимли, дилкаш қиз.
ЛОЛА (ф.т.) – лоладек нафосатли,чиройли, кўркам, гўзал
ЛУТФИЯ (а.) – мурувватли, меҳрли, сулув қиз.
ЛУТФУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг лутфу эҳсони, муруввати, марҳамати.
МАВЖУДА (а.) – яратилган, бор, барҳаёт.
МАВЛУДА (а.) – хосиятли, муқаддас кунда дунёга келган қиз.
МАДИНА (а.) – бу исм Арабистондаги муқаддас зиёратгоҳ шаҳар бўлган Мадина номидан олинган.
МАЛИКА (а.) – малика еки шоҳ авлодидан бўлган аёл.
МАЛОҲАТ (а.) – кўркам, гўзал, малоҳатли қиз.
МАСТУРА (а) – пардали, иффатли, покиза қиз.
МАТЛУБА (а.) – илтижо қилиб сўраб олинган қиз.
МАФТУНА (а.) – мафтун қилувчи, жозибали, дилкаш қиз.
МАҲБУБА (а.) – севилган, суюкли, дилбар қиз.
МАҲЛИЁ (а.) – ўзига жалб этувчи, кўнгилни ром қилувчи, сеҳрловчи, назокатли, жозибали, сулув қиз.
МАҲМУД (а.) – мақталган, мақговга лойиқ.
МЕҲРИНИСО – аёлларнинг қуёши.
МИРЗА (ф.т.) – саводли, ўқимишли билимдон бўлиб ўссин.
МОҲИГУЛ (ф.т.) – ойдек сулув, чиройли ва тулдек гўзал қиз.
МОҲИДИЛ (ф.т.) – кўнгилнинг ойи ёки кўнглимизни ойдек еритган, нурга тўлдирган сулув қиз.
МОҲИНУР (ф.т-а.) – ой нуридек покиза, сулув қиз.
МОҲИРА (а.) – маҳоратли, пишиқ қиз.
МУАЗЗАМ (а.) – азим, улуғ, буюк.
МУАТТАР (а.) – хушбўй хид таратувчи.
МУБОРАК (а.) – қутлуғ, саодатли.
МУЗАФФАР (а.) – зафар қозонувчи, ғалабага эришувчи, голиб.
МУНАВВАР (а.) – нурли, чароюн, ёруғ.
МУНИРА (а.) – нур сочувчи, юзидан нур таралувчи, нурли, зебо қиз. МУНИС (а.) – дўст, ҳамдам.
МУРОД (а.) – улгайиб мурод-мақсадига етсин ёки орзу, муродга эриштирган бола.
МУСАЛЛАМ (а.)- бўйсунувчи, итоаткор.
МУСУЛМОН (а.) – Ислом динига эътиқод қилувчи, иймонли, художой.
МУХТОР (а.) – танланган, сайланган, эркин, озод.
МУШАРРАФ (а.) – шарафланган, шарафли, ҳурмат-эҳтиромга эришган.
МУЯССАР (а.) – Аллоҳ етказган, муяссар қилған фарзанд.
МУҚАДДАМ (а.) – биринчи фарзанд.
МУҚАДДАС (а.) – қутлуғ, табаррук, муқаддас, азиз.
МУҲАММАД (а.) – мақталадиган, мақтовга, олқишга лойиқ, сазовор.
МУҲАРРАМ (а-) – мухарррам ойнда дунёга келган бола.
МУҲТАРАМ (а.) -энг ҳурматли, эъзозли.
НАВРЎЗ (фт.) – янги кун, янги кунда – Наврўз куни туғилган бола.
НАЖМИДДИН (а.) – диннинг юлдузи, диннинг иқболн.
НАЗАР (а.) – Аллоҳ назар қилган, Аллоҳнинг назари тушган бола.
НАЗИРА (а.) – авлиёлар, эшонларга назир қилинган, бағишланган қиз.
НАЗИФА (а.) – покиза.
НАЗОКАТ (а.) – нозиклик, нозик табиатли, нозанин сулув қиз.
НАЗРУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳга назр қилннган, бағишланган бола.
НАМОЗ (ф.т.) – намоз вақгида туғилган бола.
НАРГИЗ (а.) – наргисдек нафосатли, нозик, гўзал қиз.
НАРИМОН (а-ф.т.) – жасур, қўрқмас, куч-қудратлн.
НАСИБА (а.) -ризқи бугун, насибали қиз бўлсин.
НАСИМ (а.) – тонг пайти зсадшан шабададек юмшоқ кўнгилли, мулойим табнатли, ёқимли бола.
НАСИМА (а.) – тонг шамолидек ёқнмли, ҳузурбахш, мулойим табиатли, юмшоқ кўнгил, покиза, нафосатлв
НАСРИДДИН (а.) – диннинг ёрдами, кўмага.
НЕЪМАТ (а.) – ризқи бутун, насибаси тўкис бўлсин.
НЕЪМАТУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳвинг саховати, марҳамати, Аллоҳшнг неъмати.
НИГИНА (ф.т.) – узук, қимматбаҳо узуқдек бебаҳо, азиз, гўзал қиз.
НИГОРА (ф.т.) – чиройли юзли, зебо, тенгсиз ҳусн соҳибаси.
НИЗОМ (а.) – тартиб-интизомли,одоб-ахлоқли бола бўлсин.
НИЗОМИДДИН (а.) – диний илмларни, тартиб-қоидаларни мукаммал билувчи, дин ривожига ҳисса қўшувчи.
НИЛУФАР (ҳинд.) – нилуфардек нафосатли, нозик ва зебо қиз.
НИШОН (ф.т.) – бола туғилганда унинг баданида бирон хил белги бўлса ёки отасидан нишона бўлсин деган маънода ушбу исм кўйилади.
НОДИР (а.) – ноёб, қимматбаҳо, қадрли бола.
НОДИРА (а.) – тенгсиз, бебаҳо, беназир, беқиёс гўзаллик соҳибаси.
НОРБОЙ (ф.т-ўзб.) қизил холли бола улғайиб бой-бадавлат бўлсин.
НОРМУРОД (ф.т-а.) – қизил холли бола орзу муродларимизга эриштирди ёки қизил холли бола соғ-омон улғайиб истагига, муродига етсин.
НОРМУҲАММАД (ф.т.-а.) – қизил холли болани Муҳаммад (с.а.в.) охиратда шафоат қилсинлар.
НОРМЎМИН (ф.т-а.) – қизил холли бола, аклли, доно, мўмин-қобил бўлсин.
НОРОЙ (ф.т-ўзб.) – қизил хол билан туғилган, ойдек зебо, кўркам қиз.
НОРТОЖИ (ф.т.) – қизил холли бола.
НОРХОЛ (ф.т.) – баданида қизил хол билан туғилган қиз.
НОРҚОБИЛ (ф.т-а.) қизил хол билан туғилган бола, улғайиб қобил бўлсин.
НОСИР (а.) – ёрдам берувчи, ғолиб.
НУРББК (а-ўзб.) – беклар авлодига мансуб бўлган толеи нурли, иқболи порлоқ бола.
НЎРЖАМОЛ (а.) -нур юзли, чиройли, гўзал қиз.
НУРИДДИН (а.) – диннинг нури, зиёси, машъали.
НУРУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг нури, зиёси, ёғдуси.
НУСРАТ (а.) – ёрдам берувчи, кўмак берувчи, голиб.
НУСРАТУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг кўмаги, муруввати.
ОБИД (а.) – Аллохга сиғинувчи, Унга ибодат қилувчи.
ОБИДА (а.) – Аллохга ибодат қилувчи, тақводор қиз.
ОБОД (ф.т.) – ҳаёти обод, серфайз, насибаси бутун бўлсин.
ОДИЛ (а.) – адолатли, ҳақгўй.
ОДИНА (ф.т.) – хосиятли бўлган, муборак кун ҳисоблашан жума кунида туғилган бола.
ОЗОД (ф.т.) – озод, ҳур, эркин.
ОЗОДА (ф.т.) – ҳур, эркин, покиза қиз.
ОЗОДБЕК (ф.т-ўзб.) – беклар авлодига мансуб бўлган ҳур, эркин, саодатманд бола.
ОЙГУЛ (ўзб-ф.т.) – ойдек чиройли, сулув, гулдек чиройли қиз.
ОЙДИН (ўзб.) – ойдин, ёруғ кечада туғилган қиз ёки хаёти нурли, иқболи порлоқ, чароюн бўлсин.
ОЙЖАМОЛ (ўзб-а.) – ойдек гўзал ҳусн соҳибаси, ой юзли зебо қиз.
ОЙНИСА (ўзб-а.) – аёлларнинг ойдек сулуви, зебоси.
ОЙША (а.) – барҳаёт яшовчи.
ОЛИМ (а.) – илм сохиби.
ОЛИМА (а.) – илмли, билимдон қиз.
ОЛИЯ (а.) – олий, улуғ, юксак мартабали.
ОЛЛОЁР (а-ф.т.) – Аллоҳ ёр, мададкор бўлсин, хамиша ҳамдам, ҳамроҳ бўлсин, қўллаб ўз паноҳида асрасин.
ОМОН (а.) – ўсиб, улғайиб соғ-омон бўлсин.
ОМОНУЛЛОҲ (а.) -Аллоҳнинг ўзи хар қандай хавф-хатар ва офатларддн омон сақлайдиган бола.
ОРЗИГУЛ (ф.т.) – орзу қилиб эртпилган гулдек сулув, дилрабо қиз.
ОРЗУ (ф.х.) – ота-онасини орзусига эриштирган, мақсадига етказған ёки орзиқиб кутилган бола.
ОРИФ (а.) – маърифатли, билимли, ақлли, Аллоҳни таниган художўй, тақводор.
ОРТИҚ (ўзб.) – баданида бирор ортиқча аъзо билан туғилган бола.
ОТАБЕК (ўзб.) – бекларнинг бошлиғи, сардори.
ОҚИЛ (а.) – ақлли, доно, зукко.
ОҚИЛА (а.) – ақлли, зукко, доно қиз.
ПАНЖИ (ф.т.) – одатда оиладаги бешинчи болага ушбу ном қўйилади. Панж-беш маъносини англатади.
ПАРДА (ф.т.) – парда билан туғилган бола.
ПЎЛАТ (ф.т.) – пўлатдан кучли, иродали, мустаҳкам бўлиб улғайсин.
РАВШАН (ф.т.) – нурли, ёруғ, чароғон ёки иқболи порлоқ бола бўлсин.
РАЖАБ (а.) – Ражаб ойида, яъни ҳижрий йилнинг еттинчи ойида туғилган бола.
РАМАЗОН (а.) – қутлуғ, муборак ой ҳисобланмиш қамарий йилнинг 9 ойида туғилган бола.
РАМЗИДДИН (а.) – диннинг рамзи, тимсоли.
РАСУЛ (а.) -Аллоҳнинг элчиси.
РАЪНО (а.) – раъногуддек сулув, чиройли, пурлатофат қиз.
РАҲМАТ (а.) – меҳрибон, раҳмдил, шафқатли.
РАҲМАТУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг раҳмати, муруввати, марҳамати билан дунёга келтан бола.
РИЗО (а.) – розилик.
РОБИЯ (а.) – оиладаги тўртинчи фарзанд.
РОЗИЯ (а.) – розилик, мамнунлик, шукроналик бахш этган, суюкли, ёқимтой, дилкаш қиз.
РОҲАТ (а.) тинч-омон, роҳатда, ҳузур-ҳаловатда яшасин.
РУСЛАН (ф.т.) – арслон, қўрқмас, жасур, қудратли, довюрак.
РУСТАМ (паҳл.) – куч-қудратли, ботир, енгалмас, довюрак жасур, матонатли.
РУХШОНА (ф.т.) – чиройли, гўзал юзли, кўркам, сулув
РЎЗИ (ф.т.) – ризқи бутун, насибали, бахт-саодатли бўлсин.
РЎЗИМУРОД (ф.т-а.) – ризқ-насибали бола улғайиб мурод-мақсадига етсин.
РЎЗИМУҲАММАД (ф-т-а.) – ризқли, насибали болани Муҳаммад (с.а.в.) охиратда шафоат қилсинлар.
РУЗИХОЛ (ф.т.) – ризқли, насибали, хол билан туғилган қиз,
САДОҚАТ (а.) – содиқ, садоқатли, вафодор.
САДРИДДИН (а.) – диннинг баланд мартабали, юқори мавқега эга раҳнамоси, диншшг улуғ намояндаси.
САИД (а.) – бахт саодатли.
САИДА (а.) – омадли, бахтли, саодатли.
САЙИД (а.) – эга, бошлиқ, раҳнамо, аслзода, олийнасаб.
САЙИДА (а.) – олийнасаб сайидлар авлодига мансуб қиз.
САЙИДБЕК (а.) – аёлзода, олийнасаб беклар авлодидан бўлган бола.
САЙИДМУРОД (а.) – олий насаб, аслзода, сайидлар авлодига мансуб бола. Улғайиб мурод-мақсадига етсин.
САЙФИДДИН (а.) – диннинг қиличи.
САЙФУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг қиличи.
САЛИМ (а.) – соғлом, соғу саломат.
САЛОМАТ (а.) – омон-эсонлик, соғу саломатлик.
САМАНДАР (а.) – ўт ичида яшовчи, ўтдан пайдо бўладиган жонзот, ўлмас, мустаҳкам иродали.
САНАМ (а.) – мажусийлар илоҳи, маъбудаси; зебо, суюкли қиз.
САОДАТ (а.) – бахтли, саодатли, иқболи порлоқ қиз.
САРВАР (а.) – йўлбошчи, раҳнамо.
САРВИНОЗ (ф.т.) – қадди-қомати тикка ўсувчи, сарв дарахтидек келишган ва нозик қиз.
САРДОР (ф.т.) – раҳнамо, етакчи, йўлбошчи, бошлиқ.
САФАР (а.) – Сафар ойида ёки сафар вақтида дунёга келган бола.
САФАРАЛИ (а.) – Сафар ойида ёки сафар пайтида туғилган бола Алидек куч-қудрат, ақл-заковат эгаси бўлсин.
САФАРГУЛ (а-ф.т.) – Сафар ойида ёки сафар пайтида дунёга келган гулдек кўркам, зебо қиз.
САЪДУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳ ато этган бахт-саодат ёки Аллоҳнинг иқболи порлоқ, бахту саодатли бавдаси.
СЕВАР (ўзб.) – севимли, ёқимли фарзанд.
СИРОЖ (а.).- машъал.
СИРОЖИДДИН (а.) – диннинг нури, машъали.
СОАТ (а.) – хосиятли, бахтли соатда туғилган бола.
СОБИР (а.) -;чидамли, сабру тоқатли, иродаси мустаҳкам бола.
СОБИТ (а.) – мустаҳкам, чидамли, келишган, чиройли бола.
СОДИҚ (а.) – садоқатли, вафодор.
СОЖИДА (а.) – сажда қилувчи, Аллоҳга сиғинувчи мусулмон қиз.
СОЛИҲ (а.) – покиза, пок, солиҳ амаллар қилувчи.
СОҲИБ (а.) – хўжайин, эга, дўст, ҳамдам.
СУЛТОН (а.) – подшоҳ, ҳукмдор, юксак мартаба, обрў-эътибор эгаси бўлсин.
СУЛТОНАЛИ (а.) – юксак обрў-эътибор, мартаба эгаси бўлсин еки ушбу бола Алидек куч-қудрат, юксак ақлу заковат эгаси бўлсин.
СУЛТОНМУРОД (а.) – юксак мавқели, мартабалар, обрў-эътибор соҳиби бўлиб етишсин, орзу-муродига эришсин.
СУЛТОНОЙ (а-ўзб.) – олий мартаба, мавқели, обрў, эътибор соҳибаси бўлган ойдек гўзал, зебо қиз.
СУРАЙЁ (а.) – юзи Сурайё юлдузидек нурли, ёруғ, гўзал қиз, иқболи Сурайё юлдузидек порлоқ бўлсин.
ТАБАССУМ (а.) – ҳаёти шодликка, қувончга тўлиқ бўлсин ёки кулиб, жилмайиб турувчи, чеҳрасидан табассум аримайдиган қиз.
ТАЛЪАТ (а.) – юз кўриниши чиройли, гўзал бола.
ТЕМИР (ўзб.) – темирдек мустаҳкам иродали бўлсин.
ТЕША (ўзб.) – тешадек ўткир, кескир бўлсин, мустаҳкам бўлсин еки киндиш теша билан кесилган бола.
ТИЛОВМУРОД (ўзб-а.) – тилаб олинган, Худодан сўраб олинган бола улғайиб мурод-мақсадига етсин.
ТОЖИДДИН (ф.т-а.) – дшнинг тожи, диннинг юксак билимдони, улуғ намояндаси.
ТОЖИМУРОД (ф.т-а.) – хол билан туғилган бола улғайиб мурод-мақсадига етсин ёки холли бола орзу-муродимизга эриштирди.
ТОЖИНИСО (ф.т-а.) – аёлларнинг тожи, улуғи, эътиборга сазовори ва энг гўзали.
ТОЛИБ (а.) – талаб қилувчи, илм изловчи.
ТОШМУРОД (ўзб-а.) – тошдек маҳкам, мустаҳқам иродали бола улғайиб мурод-мақсадига етсин.
ТОШПЎЛАТ (ўзб-ф.т) – тош ва пўлатдек мустаҳкам бола, узоқ умр кўрсин.
ТОҲИР (а.) – покиза, бегуноҳ.
ТУРСУН (ўзб.) – нобуд бўлмасин, соғу саломат ўссин, омон қолсин, яшаб кетсин.
ТУРҒУН (ўзб.) – туриб қолсин, нобуд бўлмасин, умри узоқ бўлсин.
ТЎЛҚИН (ўзб.) – яйраб, шоду хуррам бўлиб, завқу шавққа тўлиб юрсин.
ТЎРА (ўзб.) – юқори маргаба, мавқе эгаси, аслзода.
УБАЙДУЛЛОҲ (а.)- Аллохнинг кичик қули.
УЛДОНА (ўзб-ф.т.) – ушбу доно, зукко, ақлли, фаҳм-фаросатли қиздан кейинги фарзанд ўғил бўлсин.
УЛУРБЕК (ўзб.) – улуғ, куч-қудратлн, ҳукмдор ёки бекларнинг улуғ, буюк сардори, бошлиғи.
УМАР (а.) – мангу барҳаёт яшовчи.
УМИД (ф.т.) – умид билан кутилган ёки яшаб кетишига умид қилинган бола.
УМИДА (ф.т.) – орзу-умид билан кутилган ёки яшаб кетишига умид қилинган қиз
УМИДУЛЛОҲ (ф.т.-а.) – Аллоҳ етказган орзу-умид.
УСМОН (а.) – синиқчи, даволовчи, табиб.
УЧҚУН (Узб.) – ҳаёти ёруғ, нурли, толеи порлоқ бўясин.
ФАЗИЛАТ (а.) – яхши хислатли.
ФАЗЛИДДИН (а.) – диннинг фазли, камоли.
ФАЙЗУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг марҳамати ёки Аллохнинг ризқу насибали, омадли бандаси.
ФАРАНГИЗ (ф.т) – нур таратувчи, шуъла сочувчи гўзал қиз.
ФАРИД (а.) – якка, ягона.
ФАРИДА (а.) – якка, ягона, тенгсиз қиз.
ФАРМОН (ф.т.) – буйруқ, Аллоҳнинг фармони, амри билан дунёга келган бола.
ФАРОРАТ (а.) – ҳузур-халоват, роҳат-фароғатда яшасин.
ФАРРУХ (ф.т.) – юзидан нур ёгалувчи, очиқ чеҳрали, чиройли, кўркам.
ФАХРИДДИН (а.) – диннинг фахри, ғурури.
ФЕРУЗ (ф.т.) – енгилмас, юлиб.
ФЕРУЗА (ф.т.) – ғолиб, иқболи баланд зебо қиз.
ФИРУЗ (ф.т.) – саодатли, иқболи порлоқ ёки енгилмас, ғолиб,
ФИРУЗА (ф.т.) – саодатли ёки фирузадек бебаҳо, қимматли, гўзал, зебо қиз ёки нурли, юзидан нур таралувчи.
ФОЗИЛ (а.) – билимдон, доно, зукко.
ФОЗИЛА (а.) – билимли, зукко қиз.
ХАЙРИДДИН (а.) – диннинг хайру саховати ёки хайру саховатпеша, ҳимматли дин намояндаси.
ХАЙРУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг хайру саховати, муруввати, Аллоҳнинг туҳфаси.
ХАЛИЛ (а.) – севимли, азиз дўст.
ХОЛБЕК (ф.т-ўзб.) – беклар авлодидан бўлган холли бола.
ХОЛБЕКА (ф.т-ўзб.) – беклар авлодидан бўлтан холли қиз.
ХОЛБИБИ (ф.т-ўзб.) – юқори мавқега эга, баланд мартабали холли қиз.
ХОЛБОЙ (ф.т-ўзб.) – хол билан тушлган бола вояга етиб, улғайиб давлатманд, бой бўлснн.
ХОЛДОР (ф.т.) – хол билан туғилган холли бола.
ХОЛМИРЗА (ф-т.) – холли бола, билимдон, доно, ўқимишли,саводхон бўлиб етишсин.
ХОЛМУРОД (ф.т-а.) – холли бўлиб туғилган бола, ўсиб орзу-муродига етишсин.
ХОЛМУҲАММАД (ф.т-а.) – холли бўлиб туғилган болани Муҳаммад (с.а.в.) охиратда шафоат қилсинлар.
ХОЛМЎМИН (ф.т-а.) – холли бўшб туғилган бола мўмин-қобил бўлсин.
ХОЛТОЖИ (ф.т.) – баданида холи ва тожи мавжуд бўлган бола.
ХОНДАМИР (ўзб-ф.т.) – бу исм, олимларнинг таъкидлашича, аслида, “хованд амир” бўлиб, унинг маъноси Худо амр этувчи ҳукмдордир ёки Худонинг назари тушган, Худонинг йўлидан тўғри юрувчи, Унинг олқишига сазовор бўлган ҳукмрон.
ХОНЗОДА (ўзб-ф.т.) – хон ёки асилзодалар авлодидан бўлган қиз.
ХОСИЯТ (а,) – яхши хислат ва фазилатлар сохибаси бўлсин ёки омадли ёки хосиятли кунда туғилган фарзанд.
ХУДОЙБЕРДИ (ф.т-ўзб.) – Худо берди, Аллоҳ ато этди. Аллоҳнинг марҳамати, туҳфаси бўлган бола.
ХУДОЙНАЗАР (ф.т-а.) – Худонинг назари тушган бола.
ХУМОР (а.) – кўпдан интиқлик билан орзиқиб кутилган бола.
ХУРРАМ (ф.т.) – шод, бахтиёр, хурсанд, бахтли бўлсин ёки қувончли кунда туғилган бола.
ХУРСАНД (ф.т.) – шоду хуррам, бахтиёр бўлиб юрсин ёки қувончли кунда туғилган бола.
ХУРШИД (ф.т.) — қуёш бениҳоят чиройли, хушсурат ёки иқболи қуёшдек порлоқ бўлсин.
ХУРШИДА (ф.т.) – қуёшдек ҳусну жамол соҳибаси бўлган гўзал, сулув, латофатли киз ёки иқболи қуёшдек порлоқ бўлсин.
ЧАРОС (ўзб.) – кўзлари чаросдек фусункор, жозибаля, чиройли қиз ёки қоп-қора кўзлари катта қиз.
ЧОРИ (ф.т.) – оиладаги тўртинчи ўғил.
ШАБНАМ (ф.т.) – шудрингдек беғубор, покиза қиз.
ШАВКАТ (а.) – шон-шуҳрат, куч-қудратли бола бўлсин.
ШАМСИДЦИН (а.) – диннинг қуёши.
ШАМСИЯ (а.) – қуёшдек порловчи чароғон қиз, чиройли қиз.
ШАМСУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг нури, ёғдуси ёки Аллоҳнинг қуёвдек порлоқ чеҳрали, чиройли бандаси.
ШАРБАТ (а.) – ёқимли, ширин, суюкли қиз.
ШАРИФ (а.) – шарафли, муқаддас, азиз.
ШАРИФА (а.) – азиз, қадрли, шарафли қиз.
ШАФИҚА (а.) – шафқатли, меҳру мурувватли, оқибатли қиз.
ШАҲБОЗ (ф.т.) – лочин, чакқон, шиддаткор, шижоатли, довюрак, қудратли бўлсин.
ШАҲИНА (ф.т.) – довюрак, мард, жасур, қўрқмас қиз.
ШАҲЛО (а.) – катта, қора кўзли, гўзал қиз.
ШАҲНОЗ (ф.т.) – шоҳлар, асилзодалар авлодига мансуб нозли, нозик ва зебо, гўзал қиз.
ШАҲОБИДДИН (а.) – диннинг ёрқин, нурли юлдузи.
ШАҲОДАТ (а.) – гувоҳлик берувчи.
ШЕРАЛИ (ф.т-а.) – шердек довюрак, қўрқмас, жасур, Алидек куч-қудрат, ақл-идрок эгаси бўлсин.
ШЕРБОИ (ф.т-ўзб.). – шердек довюрак, жасур, баҳодир бола улғайиб бой-бадавлат бўлсин.
ШЕРЗОД (ф.т.) – шернинг боласи; шердек довюрак, қўрқмас ботирлар авлодидан бўлган бола.
ШЕРМУРОД (ф.т-а.) – шердек қўрқмас, жасур, довюрак бола мурод-мақсадига етсин.
ШЕРМУҲАММАД (ф.т-а.) – шердек довюрак, жасур, баҳодир болани Муҳаммад (с.а.в.) охиратда шафоат қилсинлар.
ШЕРХОН (ф.т.-ўзб.) – хон, асилзодалар авлодига мансуб, шердек довюрак, жасур, баҳодир бола ёки шерларнинг шери, ҳукмдори, яъни шердек довюрак баҳодирларнинг сардори.
ШЕРҚОБИЛ (ф.т-а.) – шердек довюрак, жасур, баҳодир бола доно, ақшш, қобил бўлиб ўссин.
ШЕРҚУЛ (ф.т-ўзб.) – Аллоҳнинг шердек жасур, довюрак бандаси.
ШИРИН (ф.т.) – ёқимли, азиз, суюкли, ширин бола.
ШОБЕРДИ (ф.т-ўзб.) – Аллоҳнинг марҳамати билан дунёга келган бола улғайиб улуғ мартабалар соҳиби бўлсин.
ШОДИ (ф.т.) – шодлик, қувонч, бахтиёрлик.
ШОДИБЕК (ф.т-ўзб.) – беклар авлодидан бўлган шоду хуррам, қувноқ, бахтиёр бола.
ШОДИГУЛ (ф.т.) – шоду хандон, бахтиёр, қувноқ ва гулдек зебо қиз.
ШОДИЁР (ф.т.) – шоду хуррамлик, қувонч, бахтиёрлик ҳамиша ҳамроҳи бўлсин ёки бизга шодликни ёр этган ёхуд қувончли кунда туғилган бола.
ШОДИМУРОД (ф.т-а.) – шод, хуррам, бахтиёр бола улғайиб мурод-мақсадига етсин ёки шоду-хуррамлик, қувонч-бахтиёрлик келтирган бола муродимизга етказди.
ШОДИМУҲАММДД (ф.т-а.) – шоду хуррам бахтиёр болани Муҳаммад (с.а.в.) охиратда шафоат қилсинлар.
ШОДИЯ (ф.т.) – шод, хуррам, қувноқ, бахтиёр ёки қувончли кунда турилган киз.
ШОДМОН (ф.т.) – шод, бахтиёр, қувноқ ёки ҳаёти шодликка тўлиқ бўлсин ехуд қувончли, шодмон кунда туғилган бола.
ШОИР (а.) – шоир, сўзга чечан, ҳозиржавоб, ширинсўз, нотиқ бўлсин.
ШОИРА (а.) – шоира бўлсин, сўзга чечан, ширинсухан, нотиқа қиз бўлсин.
ШОЙИСТА (ф.т.) – ҳурмат-эҳтиромга лойиқ, эъзоз-эътиборга муносиб қиз.
ШОКИР (а.) – шукур қилувчи, Аллоҳга шукур қилувчи бола бўлсин ёки бизга фарзанд бергани учун Аллоҳга шукр.
ШОҲИДА (а.) – сулув, гўзал, зебо қиз.
ШОҲИМАРДОН (ф.т.) – мард, баҳодирлар шоҳи.
ШОҲРУҲ (ф.т.) – юзида шоҳлик аломатлари зоҳир бўлган келишган, зебо бола.
ШОҲСАНАМ (ф.т-а.) – гўзаллар, сулувлар шоҳи, зеболиқда беназир, беқиёс қиз.
ШУКУР (а.) – қаноат, сабру тоқат қилувчи, рози, миннатдор.
ШУКРУЛЛОҲ (а.) – бизга фарзанд ато қилганлиги учун Аллоҳга беҳад ҳамду санолар, шукроналар бўлсин.
ШУҲРАТ (а.) – довруғ, обрў, шон, ифтихор.
ЭЛБЕК (ўзб.) – улгайиб элнинг бега, сардори, йўлбошчиси бўлсин.
ЭЛДОР (ўзб-ф.т.) – улғайиб юқори мартабалар эгаси, элнинг йўлбошчиси, раҳнамоси, ҳукмдори бўлсин.
ЭЛМУРОД (ўзб-а-.)- эл орзу қилган фарзанд бўлсин, элини орзу-муродига эриштирсин.
ЭРАЛИ (ўзб-а.) – жасур, дойюрак, мард бола Алидек куч-қудрат, ақл-заковатли бўлсин.
ЭРГАШ (ўзб.) – ака ва опаларига эргашиб юрсин.
ЭРКИН (ўзб-) – эркин, озод, ҳур бола.
ЭСОН (ўзб.) – соғ-саломат, омон-эсон ўссин.
ЭШБЕК (ўзб.) – беклар наслидан бўлган бола улғайиб, ака-укаларига ҳамдам, эш, ҳамнафас бўлсин.
ЭШБЎРИ (ўзб.) – бўри ҳамроҳи, йўлдоши бўлиб, унн ёмон кучлардан, ёвуз руҳлардан ҳимоя қилсин, асрасин.
ЭШДАБЛАТ (ўзб-а.) – мол-дунё, давлатга эришиб, бой-бадавлат бўлсин, ризқи бутун бўлиб, бахтли, тотув ҳаёт кечирсин.
ЭШМУРОД (ўзб.-а.) – орзу кдяинган ҳамроҳ ёки орзусига ҳамроҳ бўлиб, мурод-мақсадига етсин.
ЭШҚОБИЛ (ўзб.) – одобли, эс-ҳушли, қобил бола, ака- укаларига йўлдош, ҳамдам, эш бўлсин.
ЭЪЗОЗ (а.) – эътиборга, ҳурмат-эҳгиромга сазовор бўлган қадрли, қимматли, суюкли бола.
ЭҲСОН (а.) – совға, туҳфа.
ЮЛДУЗ (ўзб.) – юлдуздек ёруғ юзли, чиройли, гўзал қиз.
ЮНУС (қад.яҳ.) – каптар.
ЮСУФ (қад.яҳ.) – ортган, кўпайган ҳусн маъносида.
ЯЙРА (ўзб.) – яйраб-яшнаб ўссин, ҳаёти қувончга тўлиқ бўлсин.
ЯШАР (ўзб.) – яшаб кетсин.
ЎКТАМ (ўзб.) – кучли, қудратли, довюрак, жасур, виқорли.
ЎЛМАС (ўзб.) – ўлмасин, умри узоқ бўлсин.
ЎЛМАСОЙ (ўзб.) – ўлмасин, яшаб кетсин, умри узоқ бўлсин деб умид, ният қилинган ойдек гўзал, зебо қиз.
УРАЛ (ўзб.) — туғилганда киндигига ўралиб тушган ёки жингалак сочли бола.
ЎРОҚ (ўзб.) – ўроқдек ўткир, кескир бўлсин ёки киндиги ўроқ билан кесилган бола.
ЎТКИР (ўзб.) – ўткнр, ўткир ақлу заковат соҳиби, доно бола бўлсин.
ЎТКИРБЕК (ўзб.) – беклар авлодига мансуб бўлган ўткир ақлу заковат соҳиби, билимли, доно бола.
ЎҒИЛОЙ (ўзб.) – шу ойдек гўзал қиздан кейинги туғилажак фарзанд ўғил бўлсин.
ЎРИЛШОД (ўзб-ф.т.) – ушбу қувноқ, бахтиёр, шодон қиздан кейин туғиладиган бола ўғил бўлсин.
ҚАЛДИРҒОЧ (ўзб.) – қалдирғочнинг қанотидек нозик, ингичка қошли, сулув, гўзал қиз.
ҚАМБАР (а.) – тўрғай.
ҚАҲРАМОН (ф.т.) – довюрак, жасур, қудратли, кўрқмас.
ҚИЛИЧ (ўзб.) – киндиги қилич билан кесилган бола ёки қиличдай кескир, ўткир, мустаҳкам бўлсин.
ҚУДРАТ (а.) – кучли, қудратли.
ҚУДРАТУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг қудрати билан дунёга келган бола ёки Аллоҳнинг қудратли, кучли бандаси бўлсин.
ҚУНДУЗ (ўзб.) – қундуздек чиройли, зебо қиз.
ҚУНДУЗОЙ (ўзб.) – қундуздек гўзал, ойдек сулув, зебо қиз.
ҚУРБОН (а.) – Қурбон ойида туғилган бола.
ҚУРБОНАЛИ (а.) – Қурбон ойида дунёга келган бола Алидек куч-қудрат, акл-заковатли бўлсин.
ҚУРБОННАЗАР (а.) – Қурбон ойида туғилган, Худонинг назари тушган бола.
ҚУРБОНОЙ (а.-ўзб.) – Қурбон ойида туғилган ойдек гўзал, сулув қиз.
ҚУТБИДДИН (а.) – диннинг асоси, таянчи.
ҚУТЛИ (ўзб.) – бахтли, саодатманд, иқболи порлоқ.
ҚУТЛИБЕКА (ўзб.) – бахтли,саодатли, иқболи порлоқ олийнасаб қиз.
ҚЎЛДОШ (ўзб.) – кўмакчи, дўст, ҳамдам.
ҚЎЧҚОР (ўзб.) – мояги, эркаклик тухуми катта бўлиб туғилган ёки пешонаси дўнг ёхуд қўчқордек кучли бола.
ҚЎШОҚ (ўзб.) – баданида қўшимча аъзо билан туғилган бола.
ҒАЙРАТ (а.) – серҳаракат, шижоатли, толмас, ғайратли бола бўлсин.
ҒИЁС (а.) – кўмак, ердам, мадад.
ҒИЁСИДДИН (а.) – диннинг мадади, кўмаги, ёрдами.
ҒОЛИБ (а.) – зафар қозонувчи, енгилмас, юлиб.
ҒУЛОМ (а.) – ёш хизматкор қул.
ҲАБИБ (а.) – суюкли дўст, қадрдон, ғамхўр.
ҲАБИБА (а.) – севимли, меҳрибон, қадрли қиз.
ҲАБИБУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг суюкли дўсти.
ҲАЙДАР (а.) – арслон, қўрқмас, жасур, кучли, қудратли бола бўлсин.
ҲАЙИТ (а.) – ҳайит байрами кунларида туғилган бола.
ҲАЙИТАЛИ (а.) – ҳайит байрами кунларида дунёга келган бола Али каби зўр инсон бўлиб етишсин.
ҲАЙИТГУЛ (а-ф.т) – ҳайит кунида туғилган, гулдек чиройли, зебо қиз.
ҲАЙИТМУРОД (а.) – ҳайит кунида фарзандли бўлиб, орзумизга эришдик ёки ҳайит кунида туғилган бола мурод-мақсадига етсин.
ҲАЛИМА (а.) – раҳмдил, шафқатли, мулойим табиатли, беозор, суюкли қиз.
ҲАМДАМ (ф.т.) – содиқ дўст, ўртоқ, ака-укаларига, отасига ҳамдам, мададкор, эш бўлсин.
ҲАМИД (а.) – Аллоҳ таолога ҳамду сано айтувчи.ҲАМИДА (а.) – Аллоҳга шукур қилувчи, ҳамду сано айтувчи ёки мақтовга сазовор қиз.Ҳ
АМИДУЛЛОҲ (а.) – Аллоҳнинг мақтовига сазовор, аъло бандаси.
ҲАМРО(Ҳ) (ф.т.) – ҳамдам, шерик.ҲАСАН (а.) – чиройли, аъло, гўзал.
ҲАСАНАЛИ (а.) – чиройли, кўркам бола Алига ўхшаган яхши одам бўлсин.
ҲАСАНХЎЖА (а-ф.т.) – хўжалар авлодига мансуб чиройли, кўркам бола.
ҲОЖИ (а.) -муқаддас ҳаж зиёратида бўлган зиёратчи.
ҲОЖИМУРОД (а.) – ҳожи эриштирган орзу-мурод ёки улғайиб ҳожи бўлсин, мурод-мақсадига етсин.
ҲОТАМ (а.) – олийҳиммат, саховатпеша бола.
ҲУЛКАР (ўзб.) – Сурайё юлдузидек ёруғ юзли, чиройли гўзал қиз ёки иқболи сурайё юлдузидек порлоқ бўлсин.
ҲУМОЮН (ф.т.) – муборак, қутлуғ.
(с.а.в.) — Соллаллоҳу алайҳи васаллам
а. — арабча
мўғ. — мўғилча
паҳл.- паҳлавийча
ўзб. — ўзбекча
ҳинд. — ҳиндча
ф.т. — форс-тожик
юн. — юнонча
яҳ. — яҳудийча
қад. яҳ. — қадимий яҳудийча
ismlar, ismlar manosi, ismlar kitobi, ismlar qizlar, islomiy ismlar, исмлар, исмлар маъноси, исломий исмлар, исмлар ўғил, исмлар китоби, узбекча исмлар, исмлар угил, исмлар руйхати.