Press "Enter" to skip to content

Bolalarga She’rlar

1-iyun bolalar kuni she’rlar eng sara she’rlar to‘plami

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami uchun she’rlar. Bolalar kuni she’rlar to‘plami. Bolalarga bag‘ishlangan eng sara she’rlar guldastasi.
Eslatib o‘taman, bolalar haqida yana boshqa she’rlarni saytimizning mana bu sahifasida topishingiz mumkin. 1-iyun Bolalar kuni tabriklar va tilaklar to‘plami bu yerda, Bolalar kuni qo‘shiqlarini bu yerda yuklab oling.

  1. Bolalarga bering dunyoni
  2. Baxtli bolalik — bolalar kuniga she’rlar
  3. Kulib yur bolam — Bolalarga bag‘ishlangan she’r
  4. Bolalik armonlari haqida she’r
  5. Bolalarga havasim kelar — Bolalar uchun she’r
  6. Bolalik davri — 1-iyun bayramiga she’r
  7. Bolalik sehrdir — Bolalar uchun she’r
  8. Bolalar haqida eng yaxshi qo‘shiqlar to‘plami
  9. Bolaligim — chiroyli she’r
  10. Dunyo bolalari haqida ma’noli she’r
  11. Bolalar kerak — bolalarga bag‘ishlanadi
  12. Dunyodagi eng yaxshi bola haqida she’r
  13. Dunyo bolalari haqida qisqa she’r
  14. Bolajon — Bolajonlarga bag‘ishlangan she’r
  15. O‘qi, bolam, kitobing
  16. Toy bolam — 1-iyun bolalar kuni bayrami uchun she’r
  17. Bolalikning dunyosida — 1-iyun kuniga bag‘ishlangan sara she’rlar
  18. Biz baxtiyor bolamiz (bolalar uchun she’r)

Bolalarga bering dunyoni

(1-Iyun.Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)

Bilmoq uchun olamnig sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin xayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini baxtin ko‘ring siz,
Kamolini taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

Baxtli bolalik — bolalar kuniga she’rlar

Siz quvnoq bolalarsiz,
Bog‘dagi lolalarsiz
Ko‘nglimizning quvonchi
Har ishga shaydolarsiz

Bolajonlar bo‘ling doim
Allohning panohida.
Alloh O‘zi asrasin
Beminnat dargohida,

Eshiting bolajonlar
Butun Jahon ovozin.
Sizga bugun atalgan
Berilajak bahosin.

Sal sho‘xroqsiz, maylida,
Bu bolalik sho‘xligi.
Kulib turar ko‘zingiz,
G‘amu dardning yo‘qligi.

O‘qing jahonni taning,
Bu sizning vazifangiz.
Kelajakda bizlarga
Qaytarajak tufhangiz.

O‘qish , o‘qish va Yana
O‘qish deymiz bolajon.
Kelajak siznikidir,
Siznikidir keng Jahon.

Kulib yur bolam — Bolalarga bag‘ishlangan she’r

Ko‘glim zulmatlari ziyoga to‘lar,
Uyimning chirog‘i yonib turganda.
Bor barcha tashvishim yodimdan chiqar,
Bir bora qiqirlab bolam kulganda.

Bolam, shunday kulgin kulgularingdan,
Dardlari to‘kilsin hasta dilimning.
Kamolingni ko‘ray, baxtingni ko‘ray,
Barcha cho‘qqilarin zabt et ilmning

Mayda tashvishlarga to‘lgan bu dunyo,
Bilmam qayga shoshar, hayoli ishda.
Kattalar yashashni sendan o‘rgansin,
Olloh o‘zi bergan «MITTI FARISHTA»

O‘yinchoq talashib ,yana yarashib,
Boshlagan o‘yinin tugatmay qo‘ymas.
Ular shunday toza, shunday beg‘ubor,
Urishgan jo‘rasin ketgani qo‘ymas.

Bu cheksiz mehrdan porlagan ko‘zing,
Hech qachon to‘lmasin alamli yoshga.
Barcha oilaning bag‘rin isitgan,
BOLANING YURAGI O‘XSHAR QUYOSHGA..

Bolalik armonlari haqida she’r

⚡️Bugun 1-uyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
Yaqinda bizlar mana shunday beg‘ubor va sho‘x-quvnoq bolalar emasmidik.

Qarang, vaqtning o‘tishini:
o‘qdek yelib borayotir.
Hayot asta o‘tayotir,
savod asta ortayotir.

Kimdir uchar osmonlarda,
kimdir poyezd kutayotir.
Mening tanti bolaligim,
alvido, deb ketayotir.

Orom bilmas jajji yurak,
Tinmay kel deb urayotir.
O‘yinqaroq edi beshak,
Ortga qarab yurayotir.

Ko‘zlarida ajib dunyo,
Sirli menga boqayotir.
Bejiz emas umr — daryo,
Ariqlarda oqayotir.

Qo‘llarimga qo‘lchalarin,
Ko‘tar deya uzatmoqda.
Tandirlarda kulchalarin,
Qizarishin kuzatmoqda.

To‘ldirishib ko‘chalarni,
Orzu sari chopishmoqda.
Oy-yulduzli kechalarni,
Menga nechun yopishmoqda?!

Xayr, deyman istamayin,
Sen yashaysan xayolimda.
Ket endi, deb qistamagin,
Qolay bolam timsolida.

Bolalarga havasim kelar — Bolalar uchun she’r

Bolalar, sizlarga
Aytayin rostim,
Har qachon, har yerda
Kelar havasim.
Yoqadi qiy-chuvlar,
Shovqinlaringiz,
Sezilar yurakda
To‘lqinlaringiz.
Havasim keltirar
Chopqirligingiz.
Bilag‘on va biyron
Topqirligingiz.
Gulzorlar bo‘yida
Kezishlaringiz,
Goh charchab, toliqib
Mizg‘ishlaringiz.
Ming yayrab ketaman
Aytsangiz qo‘shiq,
Tarqaydi bir zumda
Tashvish-u to‘siq.
Bo‘lmasin hech sizning
Kam-u ko‘stingiz,
Ko‘paysin har yerda
Yaqin do‘stingiz.
Olamni yangratsin
Kulgilaringiz.
Gullar yozaversin
Orzularingiz.
Bolalar, sizlarga
Kelar havasim.

Bolalik davri — 1-iyun bayramiga she’r

Ushbu she’rlarni ham o‘qing: Ayollar haqida eng sara audio she’rlar to‘plami
Bolalar! Siz mening qaynoq yuragim,
Kamolingiz ko‘rish – ezgu tilagim.
Yashnagan ozodu obod Vatanda,
Ishochli posbonim, tolmas bilagim.
Bolalik beg‘ubor, bokira, toza,
Bolalik davrining o‘zi mo‘’jiza.
Gullarning yuzida shudring misoli
Òip-tiniq, musaffo hamda pokiza!
Shu aziz damlarning qadriga yeting,
Sayyoralar uzra parvozlar eting.
Oltin davringizga qo‘nmasin g‘ubor,
O‘zbegim bayrog‘in Marsgacha elting!

Bolalik sehrdir — Bolalar uchun she’r

Bolalik – sehrdir, zangori fasl,
Vatanning ertasi, tamal toshlari.
Saodat nuridan kuch olgan nasl,
Yurtimning tuganmas sarchashmalari.
Bobolar shon topib, ardoqlagan his,
Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.
Birisining ismi balki Òo‘maris,
Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!
Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,
Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.
Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan
Sizni panohida asrasin Xudo!

Bolalar haqida eng yaxshi qo‘shiqlar to‘plami

Bolaligim qo‘shig‘i — Farrux Hamroyev
Farrux Hamroyev Bolaligim qo‘shig‘i matnidan parcha:

Uyqusida toshdek qotgan,
Osmonlarga gullar otgan,
Yulduzlarni sanab yotgan,
Bolaligim yaxshi edi.

Bolajon qo‘shig‘i — Hilola Hamidova
Hilola Hamidova Bolajon qo‘shig‘i matnidan parcha:

Alvon-alvon sochlaring,
Har bir tolasi.
Buncha go‘zal shahlo-ku,
Ko‘zlaringni qorasi.

Bolaligim — Sayyora Qo‘ziyeva
Sayyora Qo‘ziyeva Bolaligim qo‘shig‘i matnidan parcha:

Yo‘llaringga, boshim egay,
Bolaligim, beboshligim.
Ko‘zimda bor yoshim to‘kay,
Sog‘inganda bolaligim!

Qizalog‘im — Shahnozabonu qo‘shig‘i
Shahnozabonu Qizalog‘im qo‘shig‘i matnidan parcha:

Joning omon bo‘lsin, ko‘zlari munchog‘im,
Gohida horganim uchun ovunchog‘im.
Dunyolarga alishmasman qizalog‘im,
O‘zing menga olloh bergan nur-charog‘im.

Bolalar haqida boshqa qo‘shiqlarni bu yerda yuklab oling: Bolalar haqida qo‘shiqlar Eng sara qo‘shiqlar to‘plami

Bolaligim — chiroyli she’r

Bahor bilan » Boychechak» aytib,
Kelgandaysan chopqillab qaytib,
Ke, qaylarda yuribsan «daydib»,
Bolaligim, seni izladim.
Anhorlarning bo‘yidasanmi,
Binafshalar to‘yidasanmi,
Qo‘shni qizning ko‘yidasanmi,
Bolaligim, seni axtardim.
Koptok o‘ynab horgan bo‘lsang ayt,
Biror shumlik topgan bo‘lsang ayt,
Tomga chiqib olgan bo‘lsang ayt,
Bolaligim ,seni sog‘indim.

Dunyo bolalari haqida ma’noli she’r

Ushbu she’rlar ham sizga qiziq bo‘lishi mumkin: Musofirlar haqida she’rlar to‘plami. O‘qing, faqat yig‘lamang
Duo qiling, ko‘zlarida nam bo‘lmasin,
Shodlik bering, murg‘ak dilda g‘am bo‘lmasin,
Mag‘rur yursin boshlari hech xam bo‘lmasin,
Quvnab yursin bu dunyoning bolalari!
Zamin gulzor, ular gul-u lolalari,
Hech bir inson eshitmasin nolalarin.
Onalarning qalbi, yurak poralari,
Chopqillashib yursin dunyo bolalari!
Bola kulsa тАУ quyosh kular, olam kular,
Ezgulikni istagan har odam kular,
Bobom kular, momom kular, onam kular,
Bag‘ri butun bo‘lsin dunyo bolalarin!

Bolalar kerak — bolalarga bag‘ishlanadi

Bolalarning ko╩╗zlari kerak,
Juda kerak hayratli cho╩╗g╩╗lar тАУ
Bu dunyoning bor go╩╗zalligin
Faqat so╩╗zlar u qora ko╩╗zlar.
Bolalarning qo╩╗llari kerak
Daraxtlarga, yerga, maysaga,
Bolalarning tillari kerak
Dunyodagi har bir narsaga.
Oftob chiqar bolalar uchun,
Bolalar-chun yashaydi shamol.
Dunyo turar bir bandi kabi,
Ko╩╗ksida g╩╗am, ko╩╗zida malol.
Dunyo faqat bolalarniki…
Hayot qilgan ularga tortiq.
Faqat zo╩╗rlik bilan dunyoni
Bolalardan olmangiz tortib.

Dunyodagi eng yaxshi bola haqida she’r

Dunyodagi eng yaxshi bola,
Qani o╩╗sha, qayerda yashar?
Orangizda o╩╗sha zo╩╗r bola
Erta tongni salom-la boshlar.
A╩╝lo o╩╗qir hamma fanlardan,
Kitob bilan to╩╗la xonasi.
Ustoziga rahmat keltirar,
Faxrlanar ota-onasi.
Suratlar chizgan bola,
Ertak to╩╗qigan bola.
Dunyodagi eng yaxshi bola тАУ
Kitob o╩╗qigan bola.

Dunyo bolalari haqida qisqa she’r

Biri qora, biri oq,
Dunyoning bolalari.
Biri biriga o‘rtoq,
Dunyoning bolalari.
Davra qursa xushchaqchaq,
Dunyoning bolalari.
Bo‘lar bir tizim munchoq,
Dunyoning bolalari.
Do‘stlikni qilib bayroq,
Dunyoning bolalari.
Quyoshga ochar quchoq,
Dunyoning bolalari.
Tinchlikka ochar quchoq
Dunyoning bolalari.

Bolajon — Bolajonlarga bag‘ishlangan she’r

Rost so‘z bo‘lar ko‘pincha achchiq,
Yolg‘on so‘zning tuzog‘idan chiq,
Haq so‘z uchun mayliga tiz cho‘k,
Hushyor bo‘lgin tilga, bolajon.
Ko‘z ilg‘amas g‘ovlar bor qancha,
Tubsiz o‘pqon, zovlar bor qancha,
Tish qayragan yovlar bor qancha,
Hushyor bo‘lgin yo‘lda, bolajon.
Yolg‘on so‘z bu тАУ tilning ofati,
Yaxshi so‘zdir dilning rohati,
Haq so‘z erur elning qudrati,
Chin so‘zli bo‘l, elda, bolajon.
Botir bo‘lgin, sheryurak bo‘lgin,
Bag‘ri butun, erk tilak bo‘lgin.
Barcha uchun sen kerak bo‘lgin,
Mehr ulash dilga, bolajon.

O‘qi, bolam, kitobing

O‘qi, bolam, kitobing ezgulikka boshlaydi,
O‘qisang, qattiq ko‘ngling, bolam, biram yumshaydi,
Bog‘laring, chamanlaring gul ochadi, yashnaydi,
Hayot nomli laylaklar yuragingda qishlaydi,
Avlodlaring, Vataning, bolam, mangu yashaydi,
Kir libosin egnidan dunyo yechib tashlaydi,
Vatansizlar, xoinlar, albat, labin tishlaydi,
Tinchlikni ko‘rolmaslar oxir boshin qashlaydi.
Bilimdonlar tafakkur chirog‘ini yoqadi,
Kelajakning qo‘llari eshigingni qoqadi,
Osmoningda oy, yulduz jilmayadi, boqadi,
Kitobingdan yaxshilik ziyo bo‘lib balqadi,
Qalb atalmish daryoda sohir hislar oqadi,
Dilginang chashmasida mehr suvdek qalqadi,
Ilmsizlik odamni ilondayin chaqadi,
Ko‘zlaringga javdirab dunyo hayron boqadi.
O‘qi, bolam, o‘qisang, yo‘llaring bo‘lgay ravon,
To‘solmaydi yo‘lingni uchragan turli dovon,
Obod, ozod diyorda surasan davr-u davron,
Dilingni zabt etolmas hasad, shubha-yu gumon,
O‘qiganni Yaratgan, albat, qo‘llaydi, ishon,
Turli balo-qazodan hur bo‘lasan, ham omon,
Dilginang osmonida charaqlar oydek vijdon,
Vataningga, farzandim, gul davron keldi, ishon.

Toy bolam — 1-iyun bolalar kuni bayrami uchun she’r

Toydek bo‘lib yurgin bolam,
toy-toy bolam, toy-toy bolam,
Boshingda nur sochgan quyosh,
qalbingda topsin joy bolam.
Kulsang qiqirlab qoldi soy,
bog‘larga baxsh aylab chiroy,
Dunyodagi eng katta boy,
hozir o‘zingsan hoy bolam.
Yo‘l izlasang gulzorga boq,
ketmas quvonch sendan yiroq,
Tog‘larda ko‘z ochgan buloq,
oqmaydi hech vaqt loy, bolam.
Toy-toy desam, to‘y-to‘y deding,
yurgan yo‘limga qo‘y, deding,
Dunyo qo‘shiq va kuy, deding,
Oybekmisan yo oy bolam?
Qalbimda cheksiz iftixor,
boshimda ming yillik chinor,
Tuprog‘i zar sochgan diyor, oh,
buncha Hotamtoy bolam!
Darsxonadir asli hayot,
nabiralar bizga qanot,
Borliqni sev mendan ziyod,
monandi oqqan soy bolam.
Mehring etib ko‘nglimga jo,
tinchlik so‘rab qildim duo,
Topilmagay olam aro,
Axtamqulidek boy, bolam.

Bolalikning dunyosida — 1-iyun kuniga bag‘ishlangan sara she’rlar

To‘y-to‘yтАЭ o‘ynab tugunchalar,
Shirin bo‘lar non-kulchalar.
Chamandagi gul-g‘unchalar,
Bolalikning dunyosida.
Yog‘och otlar tolmaydilar,
Tunda uxlab qolmaydilar,
Qovoqlarin solmaydilar,
Bolalikning dunyosida.

Biz baxtiyor bolamiz (bolalar uchun she’r)

Bizlar butun dunyoda,
Eng baxtiyor bolamiz.
Zamonaviy bog╩╝chada,
Biz tarbiya olamiz.
Bog╩╝chamizda turli xil,
O╩╝yinchoqlar juda ko╩╝p.
Barchamiz shodon, axil,
O╩╝ynaymiz. quvnaymiz xo╩╝p.
Bog╩╝cha opa odatda,
Bizga juda mexribon.
Betob bo╩╝lsak, albatta,
Parvona bo╩╝lar shu on.
╨Рna shunday, dunyoda,
Biz baxtiyor bolamiz.
Kelajakda vatanga,
Sodiq farzand bo╩╝lamiz!
Abdulla Pulatov