Press "Enter" to skip to content

Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar

– Bola go’daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo’lga qo’ymaslik yoki ularni bilmaslik;

Bolalar xulqining buzilishiga sabab bo’luvchi omillar

Saytdagi ma’lumotlar tanishish uchun joylangan, ularni shifokor maslahatisiz qo`llashingizni maslahat berilmaydi! Tibbiyot.Info – 2020 – 2022

Bo’limlar

Obuna bo’ling

Tibbiyot.info Foydali maslahatlar Salomatlik Xotira va diqqat buzilishiga sabab bo’luvchi omillar

Xotira va diqqat buzilishiga sabab bo’luvchi omillar

Miya faoliyatining buzilishi alohida kasallik emas, balki boshqa kasalliklarning alomatidir. Bu kognitiv disfunksiyaning bir turi bo‘lib, unda xotira muammolari, aqliy ravshanlikning yo‘qligi, konsentratsiyaning yomonligi va diqqatni jamlay olmaslik kiradi. Ba’zi odamlar buni ruhiy charchoq deb ham ta’riflashadi. Miyaning zo‘riqishiga qarab, u ishlash yoki o‘qishga xalaqit berishi mumkin.

Miya faoliyatidagi buzilishlar haqida ko‘plab tushuntirishlar mavjud. Lekin u bilan kurashishdan avval sabablarni aniqlash lozim:

Stress
Surunkali stress qon bosimini oshirishi, immunitetni zaiflashtirishi va depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy charchoqni keltirib chiqaradi. Miya faoliyati buzilgach fikrlash, fikr yuritish va diqqatni jamlash qiyinlashadi.

Uyqusizlik
Uyqu sifati miya faoliyatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Kechki sakkizdan boshlab, iloji boricha 9 soat uxlashga harakat qilish lozim. Uyquning yetishmasligi konsentratsiyaga olib kelishi mumkin.

Diyeta
Diyeta ham miya faoliyatining buzilishiga hissa qo‘shishi mumkin. B12 vitamini sog‘lom miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va uning yetishmasligi kognitiv funksiyaga ta’sir qiladi. Agar allergiya yoki ta’sirchanlik kuchli bo‘lsa, ba’zi mahsulotlar iste’molidan keyin ham bu holat rivojlanishi mumkin.

Dori vositalari
Agar ba’zi dori-darmonlarni qabul qilayotganda miya faoliyatida o‘zgarish sezizlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ushbu alomat preparatning ma’lum nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkin. Dozani kamaytirish yoki boshqa doriga qabul qilish simptomlarni kamaytirishi mumkin.

Salomatlik
Yallig‘lanish, charchoq yoki qonda glyukoza darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq tibbiy holatlar ham ruhiy charchoqqa olib kelishi mumkin. Misol uchun, miya faoliyatidagi buzilish surunkali charchoq sindromining ko‘rsatkichi bo‘lib, u olti oydan ko‘proq vaqt davomida doimiy charchoq bilan namoyon bo‘ladi. Fibromiyalgiya bilan og‘rigan odamlar har kuni shunga o‘xshash holatni boshdan kechirishlari mumkin.

Miya faoliyatining buzilishiga olib keladigan holatlar:
– kamqonlik;
– depressiya;
– qandli diabet;
– migren;
– Alsgeymer kasalligi;
– gipotireoz;
– autoimmun kasalliklar;
– suvsizlanish.

Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar

O‘yinchoqlar bola tasavvurining shakllanishi, uni fikrlashga undashi uchun muhim sanaladi. Lekin ayrimlari bolaning ruhiy holatiga ta’sir qilib, atrofidagi olam haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi va hatto zo‘ravon bo‘lib qolishiga ham sababchi bo‘ladi.

Transformerlar/maxluqlar va agressiv qahramonlar

Bunday o‘yinchoqlar bolada (ayniqsa, haddan ortiq faol bo‘lsa) agressivlikni uyg‘otadi, vazmin bolalar esa o‘z qobig‘iga o‘ralib olishi mumkin. O‘yinchoq nafaqat bolaning o‘zini tutishi o‘zgarishiga, balki tunda qo‘rqinchli tushlar ko‘rishiga ham olib keladi.

Interaktiv o‘rgatish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar

Istalgan do‘konda topish mumkin bo‘lgan, birgina tugma bosilganda harflarni aytib berishi, qo‘shiq kuylashi va raqamlar ketma-ketligida sanashi mumkin bo‘lgan gadjetlar psixologlarning fikricha bolaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday aqlli o‘yinchoqlar bolani fantaziya qilishi va mustaqil o‘ylashiga qo‘yib bermaydi. Rangining haddan ortiq yorqinligi sabab esa stress keltirib chiqarishi ham mumkin.

Tabiiy shakl, rang va hajmda bo‘lmagan o‘yinchoqlar

O‘yinchoq mavjud qonuniyatlar asosida, tabiiy rang va ko‘rinishi masalan, ayiq jigarrang boshqa hayvonlar ham o‘z shakli va rangidek bo‘lishi kerak. Klassik psixologiya noodatiy qahramonlar bola psixikasi uchun zararli deb hisoblaydi. Ayniqsa, maktabgacha bo‘lgan davrda bolada dunyo haqida tasavvur shakllanadi va ko‘rgan har qanday predmet xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu degani bola kichikligidan ayiq qo‘ng‘ir rangda, dazmol issiq, bolg‘a esa og‘ir bo‘lishini tushunishi kerak. Yumshoq, puflanadigan bolg‘a singari o‘yinchoqlar esa tasavvurning to‘g‘ri shakllanmasligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, fantaziya va nutqni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Qo‘g‘irchoqlar

Barbi qo‘g‘irchoqlari bolalar o‘yinchoqlari orasida doim mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda L.O.L va boshqa qo‘g‘irchoq analoglari ham yo‘q emas. Ammo tuzilishi jihatidan oshirib yuborilgan qo‘g‘irchoq turlari qizlarning kelajakda o‘zidan kamchilik qidirishi, onalikka nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Britaniyalik olimlar bolaligida barbi qo‘g‘irchoqlarini o‘ynagan qizlar o‘smirlik davrida psixologik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladigan, ovqat hazm a’zolari kasalliklari, anoreksiya va bulimiya ko‘proq kuzatilishi ma’lum qilingan.

Jarrohlik amaliyotida ishlatadigan to‘plam

Do‘konlarda maniken tanasiga joylanishi kerak bo‘lgan a’zolar yoki jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan to‘plamli o‘yinchoqlarni uchratish mumkin. Lekin ular orasida zararlilari ham yo‘q emas. Mutaxassislarning fikricha, anatomiyani ma’lum yoshda kattalar kuzatuvi ostida o‘rganilmasa, psixikaga noto‘g‘ri ta’sir qiladi.

Turli vazifalarni bajaradigan chaqaloq ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar

Idishdan sut ichadigan, baland ovozda yig‘laydigan va kuladigan qo‘g‘irchoqlar qizlarga qilinadigan sovg‘alar orasida eng ko‘p uchraydigani sanaladi. Qizlarga ona-bola rolini o‘ynash imkonini beruvchi mazkur o‘yinchoq aslida bolalar fantaziyasini cheklanishi hamda tasavvurning noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Negaki u faqatgina vaqti-vaqti bilan yig‘laydi, uning xarxashalari esa bolada psixoz keltirib chiqarishi mumkin.

Buzish kerak bo‘lgan o‘yinchoqlar

Mutaxassislarning fikricha, qurish emas buzishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni xarid qilmaslik kerak. Chunki bunday antikonstruktorlar bolada zo‘ravonlik qilish istagi paydo bo‘lishiga undashi va buzg‘unchilik qilganidan keyin rohat hissini tuyishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biron narsani buzishga o‘rgangan bola o‘yinni hayot bilan qorishtirib qo‘yishi va boshqalarga ham zarar yetkazishi mumkin.

Bolalar xulqining buzilishiga sabab bo’luvchi omillar

Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir. Bu haqni ado etish o’z-o’zidan bo’lmaydi, insondan katta mas’uliyat, mashaqqat talab qiladi.

Farzand tarbiyasi bilan bog’liq muammolarni, ularning sabablarini tadqiq etish ota-onalar uchun foydali bo’lishi tabiiy.

Bola tarbiyasiga eng oldin ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur va foydali mashg’ulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi bo’sh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtirmasa, u ko’chaga intiladi va o’zi bilmagan holda boshqa “dunyo” komiga kira boshlaydi.

Bugun kim bilan o’tirib gaplashsangiz, darrov farzandiga begona va buzg’unchi g’oyalar ta’sir etayotganidan shikoyat qiladi. Ba’zi xonadonlarda farzandlar axloqi katta muammoga aylangan.

Yangi asrda axborot tezligi taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatyapti. Ayni choqda qator muammolarni ham keltirib chiqaryapti. Internet va uyali telefon orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish eng katta muammoga aylandi. Ehtiyot choralari izlanyapti, lekin bu yechim va choralar ko’pi faqat nazariy, ularni amalda qo’llash qiyin.

Bugun ko’plar takrorlaydigan iboralar: “Farzandim meni tushunmaydi”; “Menga itoat qilmaydi”; “Nasihatimga quloq solmaydi”; “Kunduzi uxlab, tunda televizor ko’radi”; “Aka-ukalari bilan janjallashadi”; “Ko’p yolg’on gapiradi” va hokazo… Bu muammolarning yechimi bor albatta.

O’tgan ulug’larimiz bola xulqi buzilishiga ko’pincha ota-ona sababchi bo’lishini ta’kidlashgan.

Ichki asosiy sabablar:

– Alloh taolodan yordam so’ramaslik yoki so’rashda kamchilikka yo’l qo’yish;

– Oilani bosh­qarishda ota-onaning muayyan tutumi va aniq maqsadi yo’qligi;

– Moddiy ta’minotni had­dan oshirib yuborish yoki umuman ta’minlamaslik;

– Bola go’daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo’lga qo’ymaslik yoki ularni bilmaslik;

– Bolaning ota-onadan qoniqmasligi;

– Bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo’qligi yoki darslarni o’zlashtira olmasligi; maktabga ota-ona majburlashi bilan borishi;

– Ota-onaning farzandi oldida janjallashishi;

– Ota-onadan mehr ko’rmay, boshqalardan shirin so’zlar eshitishi;

– Ota-onaning farzandlaridan birinigina maqtashi;

– Otaning uzoq vaqt uyda bo’lmasligi;

– Kichik yoki arzimas xatoni bo’rttirish;

– Ishlarni faqat chaqqon bolaga yuklab, boshqalariga e’tibor bermasligi;

– Uydagi holat bilan talab qilinayotgan narsaning bir-biriga zidligi;

– Bolaning xatosini to’g’ri tushuntirmaslik, boshqa bolalarga solishtirish. Bu ish xato. Chunki har bir bola o’z shaxsiyati va tabiatiga ega.

Tashqi ta’sirlar:

– Aloqa vositalari rivojlanib ketishi tufayli yomon do’stlarning ko’pligi;

– Ta’lim-tarbiyaning zamon talablariga mos emasligi;

– Tashqarida ham o’rnak bo’ladigan shaxsning yo’qligi;

– Tengdoshlaridan tashqi ko’rinishi bilan ajralib turishi;

– Muallimning o’zi o’rgatayotgan fan maqsadini bilmasligi;

– Shahvatni qo’zg’atuvchi omillar;

– Ortiqcha qo’pollik va qattiqqo’llik hamda o’rinli-o’rinsiz kaltaklayverish. Bu illatlar tufayli bolaning fe’li buziladi.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang