Press "Enter" to skip to content

Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan 10 xil yorma mahsulotlari

Ba’zi bolalar qo’shimcha ovqatga tez o’rganishsa, ba’zilari ko’krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo’shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi? U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o’ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko’krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi. Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o’zini yaxshi his qilayotgan bo’lib, qo’shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo’shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo’ladi. Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo’shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi. Olti oyda yeyishni istamayotgan bo’lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko’ring. Ba’zi bolalar meva yeyishni hush ko’rsalar, ba’zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko’radilar.

Bolalarga berish mumkin bo’lmagan 9ta foydali mahsulot

Kichik yoshdagi bolalarning dori vositalariga reaksiya qilishi ko‘p uchraydigan holat. Hatto BAD vositalari, ba’zi o‘t damlamalar va ba’zi vitaminlar ham bola organizmiga ziyon keltirishi mumkin. Quyida keltirilgan 9 dori vositasini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.

ASPIRIN

Hech qachon aspirin yoki tarkibida aspirin moddasi bor dorini 19 yoshgacha bo‘lgan bolaga bermang! Kichik yoshdagi bolaga Aspirin juda xavfli Ree sindromini keltirishi mumkin. Bu juda kam tarqalgan holat bo‘lishiga qaramay, ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Dorixonada sotiladigan bolalar dorilari tarkibida ham aspirin (atsetilsaletilovaya kislota) yo‘qligiga amin bo‘lish kerak.

Hatto ibuprofen va atsetomenofen kabi istma tushuruvchi vositalarni ham astma, buyrak va jigar kasalliklari mavjud bolalarga berish ehtiyotkorlikni talab qiladi.

BAD va o‘t siroplari

Dorixonalarda ko‘payib ketgan BAD va o‘t siroplarining ham bolaga foydasi aniqlanmagan. Lekin bola oshqozoniga ziyon keltirishi ehtimoli bor. Undan tashqari BAD’ning mazasi bolaga yoqishi ko‘pincha ichilishi kerak bo‘lgan dozadan oshirib ketilishiga olib keladi. Bunda qattiq zaharlanish yuz berishi mumkin.

Ko‘ngil aynash va qusishga qarshi vositalar

Bolaning ko‘ngli aynab qusayotgan bo‘lsa, aslo qusishga qarshi vositalarni ichirmaslik kerak. Oddiy oshqozon faoliyati biroz buzilishi tufayli ko‘ngli aynab qusayotgan bo‘lsa, organizm kuchi bilan bola tez o‘ziga keladi. Agar qusish yoki ko‘ngli aynashining sababi jiddiy bo‘lsa, u holda qusishga qarshi dori vositalari vaziyatni jiddiylashtirib yuboradi. Bola ko‘p qusib suvsizlanayotgan bo‘lsa, darhol shifoxonaga borish zarur.

Yoshiga yarasha dori

Bolaga berilayotgan dori vositasi aynan uning yoshiga mo‘ljallangan holda va dozada bo‘lishi shart. Chaqaloqlarning dorisini 2 yoshlik bolaga ko‘proq qilib berish yoki kattalarning dorisini 2 yoshlik bolaga kamaytirib berish o‘ta xavfli. Har bir yosh uchun mo‘ljallangan dori vosita o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar aynan belgilangan organizm uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Agar dorining yo‘riqnomasida bolaning yoshi va og‘irligiga nisbatan doza ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni bolaga berish mumkin emas.

Kasalligiga yarasha dori

Bolaning aynan o‘ziga tavsiya qilingan dorini ichirish kerak. Misol uchun, boshqa oila a’zosi yo‘taldan bir dori ichib tuzalgan bo‘lsa, bolaga ham shu dori yo‘taliga yordam beradi deb berish o‘ta xavfli. Har bir inson organizmi har xil, shuning uchun hech qachon birovga yozilgan dorini boshqasiga berish mumkin emas.

Muddati o‘tgan dorilar

Muntazam ravishda uydagi dori vositalarini ishlatish muddati o‘tmaganligini ko‘zdan kechirib turish lozim. Bola betob bo‘lganida shoshilinchda muddati o‘tgan dorini ichirib yuborish hech gap emas. Muddati o‘tgan vositalar foydasi yo‘qligidan tashqari organizmga o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin. Dorining ko‘rinishida jismoniy o‘zgarishlar (rangi, shakli va holati o‘zgarishi) paydo bo‘lganda ham ularni tashlab yuborish talab etiladi, chunki jismoniy o‘zgarish dori tarkibida ro‘y bergan kimyoviy o‘zgarishdan dalolat beradi.

Qo‘shimcha atsetomenofen

Atsetomenofen va ibuprofen istma tushuruvchi sirop va tabletkalar tarkibidagi eng asosiy moddadir. U bolaning tana harorati oshganda ko‘p qo‘llaniladi. Lekin ushbu dorilarni belgilangan dozadan oshirib berish mumkin emas. Ba’zi dorilar tarkibida oz miqdorda atsetomenofen va ibuprofen bo‘ladi. Betob bolaga tana haroratini tushuruvchi dorilarni berishdan oldin ular bola ichayotgan boshqa dorilar tarkibida ham yo‘qligida amin bo‘lish kerak.

Shifokor aytmagan barcha dorilar

Rivojlangan mamlakatlarda ko‘plab dori vositalarni shifokor retseptisiz sotib olish imkoniyati yo‘q. O‘zbekistonda hozircha dorixonalarda deyarli barcha dorilarni oson sotib olish mumkin. Qo‘shni, qarindosh yoki dugona tavsiyasiga binoan dori sotib olishga shoshilmang. Bolaning salomatligi bilan o‘ynashish mumkin emas. Har doim shifokor bilan maslahatlashgan holda bolaga dori ichiring. Shu qatorda vitamin va boshqa vositalarni ham.

Vitaminlar

Bolaning immunitetini oshirish maqsadida ota-ona turli xil vitaminlarni farzandiga berishni istaydi. Shuni bilingki, vitamin ham kimyoviy modda, bola organizmiga qancha ko‘p kimyoviy modda kirsa, shuncha ko‘p jigari qiynaladi. Undan tashqari tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, vitaminlar, ayniqsa multivitaminlarning organizmga singishi juda qiyin, ular asosan singimay chiqib ketadi. Agar shifokor tavsiya qilmagan bo‘lsa, undan ko‘ra vitaminni bolaga meva va sabzavotlar holida berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan 10 xil yorma mahsulotlari

Nonushta uchun suli yoki manniy yormasi, tushlik uchun guruch yoki grechka iste’mol qilayotganda ko‘pchilik bolalikdagi yoqimli ta’mni yodga oladi. Shu bilan birga ushbu mahsulotlar ovqatlanish ratsionini foydali qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. Yormalar tana uchun dori-darmon hisoblanadi. Ayrim yorma mahsulotlari sog‘liq uchun foydali xususiyatga ega.

Grechka yormasi

Grechka universal toifadagi don mahsuloti hisoblanadi. Uni nonushta uchun ham, ertalabki bo‘tqa sifatida va kechki ovqat uchun ham, issiq taom uchun garnir sifatida tayyorlash mumkin. Grechka nafaqat o‘zining ta’mi, balki organizm uchun foydali bo‘lgan vitaminlar va elementlarning butun majmuasi: kalsiy, magniy, fosfor, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar uchun ham e’tiborga loyiqdir.

Grechka parhez qilgan insonlar uchun xavfsiz, chunki unda qoniqarli va past kaloriya mavjud. Har bir kishi grechka iste’mol qilishi mumkin, ayniqsa qandli diabet bilan og‘rigan insonlar uchun bu shakar darajasini normallashtirishga yordam beradi va organizmni to‘q saqlaydi.

Foto: Marie Claire

Suli yormasi

Suli yormasi — parhez qilgan qizlarning sevimli nonushtasi hisoblanadi. Ma’lumki, klechatkalar metabolizmni tezlashtiradi va ichaklarni tozalaydi. Sog‘lom va toza ichak tanani ajoyib shaklda saqlash uchun asosdir. Biroq bu mahsulot erkaklar uchun yanada foydaliroq. Suli yormasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq bunday kasalliklardan aziyat chekadi.

Kuniga taxminan 25 gramm klechatkani iste’mol qilish orqali yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin. 25 gramm klechatka — ertalab iste’mol qilinadigan bir piyola suli yormasi. Suli yormasi foydali xususiyatlari bo‘yicha grechkaning yagona analogidir. U qandli diabetga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tolani o‘z ichiga oladi.

Olimlar tajriba o‘tkazdi: ular qandli diabetga chalingan bemorlarga kuniga 100 g suli yormasi berdi va bir necha hafta o‘tgach, bu nafaqat xolesterin darajasini pasaytirdi, balki bemorlarning tanasida insulinga ehtiyoj yo‘qligini ham sezilarli darajada namoyon qildi.

Foto: Marie Claire

Guruch

Guruch oshxonada eng ko‘p qo‘llaniluvchi mahsulotlardan biri. Uni pishirish oson va tez. Guruchning yana bir aniq yaxshi tomoni bor — multivariant mahsulot hisoblanadi. Guruchning turli navlari turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan: “uzun” guruch palov uchun yaxshi, go‘sht yoki baliqdan tayyorlanadigan taomlar garnir va qiyma go‘sht uchun “qisqa” guruchni tanlagan ma’qul, deyarli yumaloq guruch donalari suyuq don va sho‘rvalar tayyorlash uchun juda mos keladi. Jigarrang guruch juda yaxshi, chunki u don tarkibida mavjud bo‘lgan barcha turdagi tola va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi. Guruchni iste’mol qilish qon bosimini tushirishga yordam beradi.

Foto: Marie Claire

Manniy yormasi

Manniy yormasi bo‘tqasi dondan tayyorlanadigan eng yuqori kaloriyali taom hisoblanadi. Agar sizda oshqozon yoki vaznni tartibga solish bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa (distrofiyagacha), unda bu arzon, foydali va oson tayyorlanadigan dori bo‘la oladi. Manniy yormasi bug‘doy donining markaziy qismidan olinadi, ya’ni u bug‘doy kabi juda ko‘p proteinga ega. Manniy yormasidan tayyorlanadigan bo‘tqa juda mazali, biroq u bolalarda yaxshi hazm bo‘lmaydi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu sohadagi so‘nggi tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, manniy yormasini berish tavsiya etilmaydi. Manniy yormasi qandli diabet, ateroskleroz va ortiqcha vaznga ega bo‘lgan insonlar uchun tavsiya etilmaydi. Eng foydali manniy yormasi bug‘doydan tayyorlanadi va odatdagidan ancha quyuqroq ko‘rinadi.

Foto: Marie Claire

Bug‘doy yormasi

Bug‘doy urug‘i vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Bug‘doyda B va E vitaminlari, shuningdek, muntazam jismoniy faoliyat uchun zarur bo‘lgan protein ustunlik qiladi. Organizmning proteinga bo‘lgan kunlik ehtiyojini qondirish uchun faqat bir osh qoshiq (25 kkal) bug‘doy urug‘ini iste’mol qilish kifoya qiladi va chorak chashka urug‘larda 8 g protein mavjud.

Bug‘doy yormalarini tariq bilan aralashtirib yubormang. Bug‘doy yormalari bug‘doydan, tariq esa tariqdan olinadi. Bug‘doy mikroblari oshqozon ishini tartibga solishga va kasal yurakka yordam beradi. Shuningdek, bug‘doy yormalari bilan o‘simlik oqsili tanaga kiradi. Bug‘doy urug‘i yong‘oqning ta’miga o‘xshaydi va bug‘doy kepagi tolalar miqdori bo‘yicha donlar orasida birinchi o‘rinda turadi (kepakning chorak kosasi 60 kkal mavjud). Bug‘doy kepagi barqaror va sog‘lom hazm qilishni ta’minlash uchun ideal mahsulot hisoblanadi.

Foto: Marie Claire

Arpa yormasi

Arpa yormasi sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun to‘g‘ri keladi. Arpaning eng muhim mineral komponenti fosfor hisoblanadi, unda boshqa barcha donlardan deyarli ikki baravar yuqori miqdorda fosfor mavjud. Fosfor nafaqat miyaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy modda, balki sportchilar uchun asosiy mikroelement hisoblanadi, chunki u mushak to‘qimalarining qisqarish tezligi va kuchi uchun javobgardir.

Arpa yormasi — arpa donalarini kepakdan tozalash va ularni maydalash yo‘li bilan olinadigan don. Arpa o‘z nomini qadimgi slavyancha “perly” so‘zidan olgan, bu esa “marvarid” degan ma’noni anglatadi. Arpa yormasi an’anaviy usulda tayyorlanadigan taomdan tashqari, issiq ovqatlar uchun garnir sifatida ishlatilishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Tariq yormasi

Tariqdan tayyorlanadigan tariq yormasi tarkibida tola, o‘simlik oqsili, kaliy, magniy bor va bug‘doy, guruchga qaraganda ko‘p miqdorda temir mavjud. Tariqdan nonushta va mazali oladyi uchun ajoyib pyure tayyorlanadi. Tariq pyuresining kaloriyasi past, shuning uchun bu chiroyli qomatga e’tibor berganlar uchun foydali mahsulot hisoblanadi. Biroq, gastrit bilan og‘rigan bo‘lsangiz, uni ishlatmaganingiz ma’qul.

Foto: Marie Claire

Maydalangan arpa yormasi

Matdalangan arpa yormasi barcha don navlari ichida eng katta don hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan arpa va arpa yormalari donlaridan ishlab chiqariladi. Arpa yormalarida ko‘p miqdorda o‘simlik oqsili, shuningdek, klechatka va oqsil mavjud. Ikkinchisining yuqori miqdoriga qaramasdan, arpa yormalarida natriy yo‘q, shuning uchun u vazn ortishiga hissa qo‘shmaydi. Arpa yormalaridan bo‘tqalar, sho‘rvalar tayyorlanadi, palov va boshqa taomlarga qo‘shiladi, tovuq go‘shti va sabzavotlarni bilan, shuningdek, garnir sifatida ishlatiladi.

Foto: Marie Claire

Qovoq urug‘lari

Qovoq urug‘larida yurak uchun foydali bo‘lgan kaliy mavjud. Qovoq urug‘lari ham ayollar uchun tabiiy afrodizyak hisoblanadi va vazn yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, don tarkibida tananing tozalash funksiyalarini bajaradigan klechatkalar mavjud. Bo‘tqalar, sho‘rvalar, qandolat mahsulotlari uchun un sifatida qovoq urug‘idan foydalaniladi.

Foto: Marie Claire

Makkajo‘xori yormasi

Makkajo‘xori yormasida ovqat hazm qilish tizimini tozalaydigan ko‘p klechatkalar mavjud, ular ichaklarda fermentatsiyani va gaz hosil bo‘lishini kamaytirishi mumkin, ya’ni hazm qilishni yaxshilaydi. Makkajo‘xori pyuresi ikkinchi (qovoqdan keyin) “bolalar” pyuresi bo‘lib, uni 9 oylikdan boshlab bolalarga berish mumkin. Shuningdek, makkajo‘xori maydalagichlari radionuklidlarni olib tashlash qobiliyatiga ega, bu radiatsiyadan zarar ko‘rgan hududlar aholisi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Makkajo‘xori yormasidan sho‘rva, oladyi, bo‘tqa yoki pishiriq uchun un tayyorlasangiz bo‘ladi.

Foto: Marie Claire

Bolaga qo’shimcha ovqat berish tartibi, 1 oyda 12 oygacha tartibi

Qo’shimcha ovqat berish boshlaganda eng asosiy tamoyil — bu shoshmaslik.

Ba’zi bolalar qo’shimcha ovqatga tez o’rganishsa, ba’zilari ko’krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo’shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi? U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o’ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko’krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi. Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o’zini yaxshi his qilayotgan bo’lib, qo’shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo’shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo’ladi. Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo’shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi. Olti oyda yeyishni istamayotgan bo’lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko’ring. Ba’zi bolalar meva yeyishni hush ko’rsalar, ba’zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko’radilar.

Qo’shimcha ovqat berishda eng muhim tamoyil — bu shoshmaslik.

Siz tayyorlagan taom bolaga yoqmagan bo’lsa, demak uni didini topa olmadingiz. Boshqa mahsulotdan harakat qilib ko’ring.

Eng asosiysi, qo’shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

Olti oylarda kuniga bir-ikki qoshiq yeyilgan sabzavot yoki mevali pyure bola uchun yetarli bo’lishi ham mumkin. Zo’rlamang. Vaqti kelib o’zi sizni qo’ymay meva berishingizni talab qilib yuradi.

Qo’shimcha ovqat berishda eng yaxshi yo’l, shoshmaslik.

Ba’zi kitoblarda chaqaloqqa qo’shimcha ovqatni 4 oyligidan boshlab bersa bo’ladi, deyilgan. Ba’zilar chillasi chiqishi bilan chaqaloqqa suv berishni boshlaydi. Buvilarimiz esa kattalar ovqatidan yalatish chaqaloqqa foyda deb, 3-4 oylik bolaga qozon ovqatidan yalatadilar.

Halqaro sog’liqni saqlash tashkiloti va 50 yillik pediatrlik stajga ega bo’lgan dunyoga mashxur Sears pediatri ona sutini emayotgan bolaga qo’shimcha ovqatni(shu qatorda suvni ham) 6 oydan berishni, sun’iy sut ichayotgan bolalarga esa 4-5 oydan boshlashni tavsiya qiladi.

Bunday yondashuvga tabiyat ham qo’shiladi:

1. Bolada 6 oydan boshlab ovqatni tili bilan itarib chiqarish refleksi pasayadi. Bu refleks kuchli bo’lgan payti(6 oyga qadar) ovqat yedirish qiyin bo’ladi, chunki o’zi bilmagan holda bola ovqatni itarib chiqaraveradi.

2. Olti oyga qadar chaqaloq juda zaif bo’ladi. Qo’shimcha ovqat esa steril bo’lmaydi. Idish, qo’shiq, qaynagan suvda biron bakteriya bo’lsa, 6 oyga to’lmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin.

3. Ona sutini emayotgan bola organizmida qo’shimcha ovqatlarni hilma xilini hazm qilish uchun yetarlicha fermantlari mavjud bo’lmaydi.

4. Olti oygacha bolaga berilgan qo’shimcha ovqatdan bola hech qanday foyda yoki vitamin olmaydi.

5. Kerakli holatga keltirilmagan qo’shimcha ovqatga bola qaqalib yoki tiqilib qolishi ehtimoli 6 oygacha yuqori bo’ladi.

6. Bolada odatda aynan 6 oydan so’ng kattalar ovqatiga qiziqishi uyg’onadi. Onasi yeyayotganda qaraydi, o’ziga so’raydi.

7. Ovqat yeyayotganda to’yganligi haqida bola 6 oydan keyingina ishora qila oladi. Qoshiqni itarish, labini qattiq siqib olish, yuzini bujmaytirish 6 oydan keyin paydo bo’ladigan xususiyatlardir.

8. Qo’shimcha ovqatni yeyish uchun bola 6 oydan so’ng o’tira boshlaydi.

9. Qo’shimcha ovqatni 6 oydan keyingina barmoqlari bilan ushlay oladi.

10. Qaysi ovqat yoqishi yoqmasligini 6 oygacha ifoda eta olmaydi.

Demak, bolaning organizmi va tabiati ham uni 6 oyiga qadar qoshimcha ovqat yeyishiga moslashmagan bo’lar ekan. Bola ona sutini emib, olti oyidan boshlab qo’shimcha ovqat yeyishga tayyor bo’ladi.

Sun’iy sut ichadigan bolalarga albatta tabiat qonuni mos kelmaydi va ularga 4-5 oydan boshlab qo’shimcha ovqat berish tavsiya etiladi.

Bolaning modda almashinuvi, oshqozon faoliyati buzilmasin, kelajakda ortiqcha vazn muammosiga duch kelmasin desangiz, qo’shimcha ovqat berishga, uni turlarini ko’paytirishga hech qachon shoshilmang.

Ko’krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo’shimcha ovqat berish mumkin va kerak. Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o’rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma’lum bir bosqichlardan o’tish talab etiladi.

6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:

Nimadan boshlaymiz:

-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O’zingiz tayyorlagan olma sharbati.

Taomlarning holati:

-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo’shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo’shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin. Bir-ikki haftalardan so’ng ikkinchi mahsulotni berib ko’ring.

Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo’lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste’mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo’lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o’sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi.

Bolaga qo’shimcha ovqat berishni boshlaganingizda bolada allergiya holati yuz bermasligi uchun quyidagi allergik mahsulotlar ro’yxati bilan tanishib chiqing. Bu mahsulotlarni berishni boshlaganingizda shoshmay, bola holatini kuzatib ehtiyotkorlik bilan bering. Bu mahsulotlar ayrim bolalarga hech qanday ta’sir ko’rsatmasa, ayrim bolalar bundan qattiq allergik holatga tushishlari mumkin.

Eng allergik mahsulotlar:

Tayyor mahsulot sotib olayotganingizda etiketkalarga ahamiyat bering:

Bug’doyni etiketkada «krupchatka» yoki «manka» deb atashadi.
Tuxum oqi — «al’bumin»
Sut mahsulotlari — sivorotka, kazein, natriya kazeinat

Agar bolada yuqoridagi mahsulotlarni berganingizda allergik holat kuzatilsa bola menyusidan bu mahsulotni olib tashlang.