Press "Enter" to skip to content

Bolalarni tarbiyalash bo yicha kitoblar – qanday qilib eng yaxshisini tanlash yoki ta limga bo lgan munosabatingizni qanday topish mumkin

O‘z o‘g‘lini hech bir foydali ishga o‘rgatmagan odam o‘g‘ri boqayotgan bo‘ladi.
T. FULLER

Bolani ziyrak qilib tarbiyalash uchun muhim tavsiyalar

Tartib-intizomning eng zo‘r maktabi — oila.
S. SMAYLS

Yangi oilaning bosh vazifasi — inson va grajdanni tarbiyalash vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
A. GRAMSHI

Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Oilaviy tartibotning tashqi ko‘rinishi — o‘zboshimchalik bilan ish tutish ham, g‘azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug‘ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o‘zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak.
A. S. MAKARENKO

O‘zboshimchalikni yong‘indan ham tezroq o‘chirmoq zarur.
GERAKLIT

Bola uchun birinchi saboq, mayli, itoatkorlik bo‘la qolsin — shunda sen nimani zarur deb topsang, o‘sha ikkinchi saboq bo‘ladi.
T. FULLER

Inson tabiatiga bolalikda singdirilgan fazilatlargina mustahkam va ishonchli bo‘ladi.
Ya. KOMENSKIY

Farzandingizni tolesiz qilishingizning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi — u nima desa, hammasiga xo‘p deng.
J. J. RUSSO

Agar bolangizga yon beraversangiz, u sizga hukmdor bo‘ladi; hatto uni itoat ettirish uchun ham daqiqa sayin uning aytganiga ko‘nishingizga to‘g‘ri keladi.
J. J. RUSSO

Ko‘pdan-ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolalar bilan elburutdan yuksak materiyalar, ularning mag‘zini chaqish xususida fikrlashish yaramaydi. Bolalar orasidaxuddi shunday sharhlovga duch kelganlaridan ko‘ra pastkashrog‘i yo‘q. Aql-idrok qolgan barcha qobiliyatlardan kyoyin taraqqiy etadi, binobarin, ishni aqlni peshlashdan boshlash — teskari ish yuritish, degan so‘z. Agar barcha narsalarning sabab-mohiyati, izohi bolalarga ma’lum bo‘lganda edi, ularni tarbiyalashga zarurat qolmagan bo‘lur edi.
J. J. RUSSO

Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina pedagogik suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar.
A. S. MAKARENKO

Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi.
K. D. USHINSKIY

Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.
N. K. KRUPSKAYA

Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar.
A. S. MAKARENKO

Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q.
N. I. NOVIKOV

Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir.
A. S. MAKARENKO

Bolalarning gunohi ham, xizmatlari ham ko‘p jihatdan ota-ona gardaniga tushadi va ularning vijdoniga havola etiladi.
F. E. DZERJINSKIY

Axloqiy tubanlikdan, o‘rinsiz xushsuxanlikdan Ogoh bo‘lmasa har kim, Rasvo bo‘lgan farzandining holini ko‘rar bir kun.
J. CHOSER

Agar odamlar bolalaring haqida yomon gapirishsa, ular seni yomonlayotganlaridir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz sezmay qolasiz.
A. S. MAKARENKO

Bolalarni o‘stirish va tarbiyalash ulkan, jiddiy va haddan tashqari mas’uliyatli ishdir.
A. S. MAKARENKO

X.ozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. Vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar.
A. S. MAKARENKO

Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.
J. LOKK

Bolalar — bizning kelajagimiz! Ular maqsad va g‘oya-larimiz yo‘lida kurashmoq uchun yaxshi qurollangan bo‘lishlari kerak.
N. K. KRUPSKAYA

Bolalar ertangi kunimizning hakamlari, qarashlarimiz, ishlarimizning munaqqidlaridir, ular yangi turmush formalarini bunyod etish uchun ulug‘ ishlarga chog‘lanib, dunyoga kelgan kishilardir.
M. GORKIY

Bolalarimiz — bizning kek-saligimiz. Yaxshi tarbiya — bizning baxtli keksaligimiz, yomon tarbiya — bo‘lg‘usi g‘am-alamlarimiz, ko‘z yoshlarimiz, boshqa odamlar oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.
A. S. MAKARENKO

Tarbiya. nihoyatda mashaqqatli ish. Mana endi hammasi joyida bo‘ladi, deb o‘ylaysan! Qarasang, ishlar boshqacha: hammasi endi boshlanayotgan bo‘ladi.

M. Yu. LERMONTOV
Bola tarbiyasi uchun davlatni boshqarishdan ko‘ra ham teranroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerak.
U. CHENNING

Bolasini suyishni tovuq ham biladi. Ularni tarbiyalay olmoq esa — qobiliyat va keng hayotiy bilimlarni talab etuvchi davlat miqiyosidagi buyuk ishdir.
M. GORKIY

Mezanadan turib va’z aytish, minbarda hammani og‘zingga qaratish, o‘rtaga chiqarib saboq berish bittagina bolani tarbiyalashdan ko‘ra xiyla yengilroqdir.
A. I. GERTSEN

Bir odam bilan gaplashishdan ko‘ra olomon bilan ganlashish birmuncha osonroq.
J. RENAR

Tarbiya masalasida mayda narsa yo‘q.
N. I. PIROGOV

Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolaga ma’lum darslarni o‘qitib o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik, deya o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning hafsalalari pir bo‘lishining sababi ham mana shunda.
A. G. RUBINSHTEYN

Mening fikrimcha, barcha mutafakkirlar tarbiyani yo‘rgakdan boshlash kerak, degan xulosaga kelganlar.
N. I. PIROGOV

Inson tarbiyasi u tugilishi hamono boshlanadi; chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi.
J. J. RUSSO

Yoshlikda yuqqan odat va rusum nihoyatda mustahkam bo‘ ladi; biz buni tarbiya deb ataymizu, lekin bu tub mohiyati bilan erta shakllangan odat-ko‘nikmalardan boshqa narsa emas.
F. BEKON

Odamga bolalikdan singdirilgan odatlar yosh daraxt tanasiga o‘yib yozilgan harflarga o‘xshaydiki, ular daraxt bilan birga o‘sadi, voyaga yetadi daraxtning tarkibiy qismiga aylanib qoladi.
V. GYUGO

Bosilgan qadam — odatga, odat — xarakterga, xarakter esa qismatga aylanadi.
U. TEKKEREY

Bolalarda o‘z-o‘zini emas, odamlarni sevish tuyg‘usini tarbiyalamoq kerak. Buning uchun ota-onaning o‘zi odamlarni sevishi lozim.
F. E. DZERJINSKIY

Odatda farzandlarimizga bilimlarimizni berish o‘zimizning ixtiyorimizda, orzu-intilishlarimizni esa undan ham ko‘proq berishimiz kerak.
Sh. MONTESKYE

Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir.
M. GORKIY

Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o‘stiring, unga baxtni faqatgina shu beradi.
L. BETXOVEN

Muntazam taraqqiy etadigan, gullab-yashnaydigan va hamisha baxt-saodatli jamiyat bunyodkorlari bo‘lgan shaxslarda yaxshi xarakterlarni shakllantirmoq uchun har biri yoshlikdanoq kuchli va qobiliyatiga qarab kundalik foydali ishga o‘rgatilmog‘i kerak.
R. OUEN

Bolalik boshdan-oxir bayramdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Bolalarning kuchiga yarasha mehnat shijoati bo‘lmasa, u holda bola mehnat — baxtligini tushunib yetmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Jismoniy mashqlar aqliy mashg‘ulotlarga zarar yetkazadi, deya fikr yuritish ayanchli yanglishuvdir! Go‘yo bu ikki ish bir-biri bilan yonma-yon, bir-biriga mushtarak holda olib borilishi mumkin emas emish!
J. J. RUSSO

Agar bolalar mehnat qilishga undalmaganlarida na savodxonlikka, na muzika, na gimnastikaga, hattoki insonda ezgulikni mustahkamlovchi nomusga ham o‘rganmagan bo‘lur edilar. Odatda nomus ana shu mashg‘ulotlarning yetarligidan dunyoga keladi.
DEMOKRIT

E’tiboringizni bolalardagi qusur va illatlarga barham berishgagina emas, ularda hayotbaxsh muhabbat uyg‘otishga qarating; muhabbat bor joyda —
axloq bolaga tuyg‘u sifatida singdirib yuborilmog‘i kerak.
G. GEGEL

Odamzodning birinchi tarbiyachilari onalardir.
O. GOLDSMIT

Bolalari bo‘la turib zerikkan ayol nafratga loyiqdir.
JAN POL

Bizga yaxshi onalarni beringlar, biz yaxshi odamlar bo‘lib yetishamiz.
JAN NOL

Bolaga munosabat masalasida o‘zi axloqan toza bo‘lishi uchun ham ona zarur bilimlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Nodon ona esa mehru muhabbati qanchalik kuchliligidan qat’i nazar, yomon tarbiyachi bo‘lib qolaveradi.
N. I. MECHNIKOV

Haqiqiy va to‘la insoniy grajdanlik hayoti bilan yashagan onagina bolalarni yaxshi tarbiyalaydi, bu masalada ibrat ko‘rsatadi, mehru muhabbat, hayratu olqish oladi, odamlarda o‘ziga taqlid qilish istagini uyg‘otadi. O‘z burchini bolalarga xizmat qilish bilan chegaralab qo‘ygan ayol esa tarbiyachi ona emas, o‘z bolalarining qulidir.
A. S. MAKARENKO

Ota dunyodan ko‘z yumganda, bolalariga ota o‘rnini bosadigan ayolgina chinakam onadir.
I.GYOTE

Ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.
V.G.BELINSKIY

Tarbiyaning ilk bosqichida bolalar siymosida amaldorni ham, shoirni ham, hunarmandni ham emas, insonni ko‘rmoq zarur, keyin u inson bo‘lgani holda oxir-oqibat u yoki bu kasbni egallaydi.
V. G. BELINSKIY

Yahshi tarbiya sifati haqida ko‘p mulohaza yuritadilar. Tarbiya deganlari garchi yaxshi xislatlarni o‘z ichiga olsa-da, men undan, eng avvalo, sotqin odamni tarbiyalamaslikni talab etardim.
J. J. RUSSO

Bolalar olami uchun va istagan yoshdagilar uchun ham g‘oyatda zarur bo‘lgan bitta axloqiy saboq borki, u ham bo‘lsa hech kimga yomonlik qilmaslikdir.
J. J. RUSSO

Ilk tarbiya hamma narsadan ham muhim bo‘lib, u shubhasiz ayollar zimmasidadir.
J. J. RUSSO

Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir.
O. BALZAK

Dastlabki paytlarda bola uchun ona tarbiyasi hamma narsadan muhimroqdir, binobarin ahloq bolaga tuyg‘u sifatida singidirib yuborilmog‘i kerak.
G.GEGEL

Boshqacha bir ziyrak osoyishta muhabbat ham borki, u bolalarni vijdonli qilib tarbiyalaydi. Haqiqiy otalik muhabbati xuddi shunday bo‘ladi.
D. DIDRO

Ota bo‘lish otalik qilishdan ancha yengil.
V. O. KLUCHEVSKIY

Ota bo‘lish juda oson. Otalik qilish esa qiyin.
V. BUSh

Tug‘dirgan emas, tarbiyalagan — ota.
MENANDR

Ota donoligi bolalar uchun chinakam saboqdir.
DEMOKRIT

Maktablar ko‘pligiga qaramay, yaxshi otalarsiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi.
N. M. KARAMZIN

Qorovuldan tortib ministrgacha — istagan xodimni xuddi shunday yoki undan ham qobiliyatlirog‘i bilan almashtirish mumkin. Yaxshi otani esa yaxshi ota bilan almashtirib bo‘lmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bitta ota yuzta o‘qituvchidan ustun demakdir.
J. GERBERT

Otaning qattiqqo‘lligi — ajoyib dori: achchig‘idan ko‘ra shirini ko‘p.
EPIKTET

Ota bolalarni bino qilish, ularni yedirib-ichirish bilan o‘z zimmasidagi vazifaning uchdan birinigina bajargan bo‘ladi. U bolalarini odamzod qatoriga qo‘shmog‘i, jamiyatga esa — faol kishilarni, davlatga — grajdaninni yetishtirib bermog‘i kerak. Shu uchala qarzini uzishi mumkin bo‘lgani holda bu ishni bajarmagan har qanday kishi aybdordir, bordi-yu, bu qarzning yarminigina uzsa, yana battarroq aybdor bo‘ladi. Kimki zimmasidagi otalik burchini bajarmasa, u ota bo‘lish huquqidan mahrumdir.
J. J. RUSSO

Bolani tarbiyalash jarayonida kelgusidagi uning oldida turgan keksalikni ham o‘ylamoq kerak.
J. JUBER

O‘z o‘g‘lini hech bir foydali ishga o‘rgatmagan odam o‘g‘ri boqayotgan bo‘ladi.
T. FULLER

Yomon bolalar uchun ota-onani jazolamoq kerak.
M. GORKIY

Ota-onaning farzandga muhabbati ko‘r-ko‘rona bo‘lmasligi kerak. Bolaning hamma talabini bajaraverish, uni ham-mavaqt ham konfet va shunga o‘xshash narsalar bilan siylayverish uning qalbini majruh qilib qo‘yishdan boshqa narsa emas.
F. E. DZERJINSKIY

Ota-onalar tomonidan barcha injiqliklariga quloq solib, erka-tantiq qilib o‘stirilgan bolalar xudbin va irodasiz kishilar bo‘lib yetishadilar.
D. E. DZERJINSKIY

O‘z bolalarini o‘ta yasantirib qo‘yish va ularni erkalatib yuborish aqldan emas.
I.T.POSOSHKOV

Bolani baxtli qilaman deb, uni go‘daklikdan erkalatib taltaytirish aqldan emas.
V. GYUGO

Bolalarni shirinliklar, pechene va konfetlar bilan siylab, ulardan sog‘lom kishilar yetishtirib bo‘lmaydi. Ma’naviy oziq ham xuddi yegulik kabi oddiy va to‘yimli bo‘lmog‘i kerak.
R. SHUMAN

Bolalarni hammavaqt ham taqdirlayverish yaramaydi. Buning oqibatida ular o‘zlariga bino qo‘ya boshlaydilar va bolalarda sal narsaga o‘zlarini taroziga solish fikri kuchaya boradi.
I. KANT

Bolaning sazasini o‘ldiraverish va barcha harakatlari, o‘y-fikrlarini tinimsiz yo‘lga solaverish doimo uni hayotga yaroqsiz qilib boradi; bunday bolalar faqat aytganini qiladigaigina emas, afsuski, o‘ta shaxsiyatparast va o‘ziga bino qo‘ygan kishilarga aylanadilar.
F. F. LESGAFT

Ota-ona muhabbatining faqat bolaga qaratilishi dahshatli adashuvdir.
A. S. MAKARENKO

Bolaga sajda qilmang: ulg‘ayganda u joningizni oladi.
N. BUAST

Hatto bolalar bilan muomalada ham to‘g‘ri so‘z bo‘l: biron narsa va’da qildingmi, bajar, aks holda, uni yolg‘onchilikka o‘rgatasan.
L. N. TOLSTOY

Haqqoniylik hamma joyda, ayniqsa, tarbiya masalasida eng muhim omildir.
L. N. TOLSTOY

Bolalarni shafqatsizlik bilan ham qo‘rqitolmaysan, ular faqat yolg‘ongagina toqat qila olmaydilar.
L. N. TOLSTOY

O‘zingiz shubha bilan qaragan iarsani bolaga mutlaqo o‘rgata ko‘rmang, agar siz uning nozik-nihol yillarida bolalik onlarining pokizaligi va ilk taas-surotlari unda muhrlanib qolsin, deb uning qalbiga nima bilandir ta’sir etmoqchi bo‘lsangiz, u holda ayniqsa yolg‘ondan ogoh bo‘ling, chunki aytilayotgan narsaning yolgonligini o‘zingiz sezib turasiz.
J. RESKIN

Uddasidan chiqib bo‘lmaydigan narsa haqida bolaga va’da bermang va uii hech qachon aldamang.
K. D. USHINSKIY

Bolalikka buyuk hurmat-ehtirom bilan qarash lozim.
YUVENAL

Inson shaxsiyatini chinakamiga hurmat qiluvchi kishi uni o‘z farzandi siymosida, ya’ni bola o‘z «meni»ni his etib, tevarak-atrofdagi olamdan ajralib chiqqanini anglagan daqiqalardan boshlaboq hurmat qilmog‘i zarur.
D. I. PISAREV

Go‘dak — idrokli vujuddir, u o‘z hayotidagi ehtiyojlar. qiyinchiliklar va to‘siqlarni yaxshi biladi. Bu o‘rinda unga nisbatan zolimona amru farmonlar, majburiy tartib-intizom, ishonchsiz nazorat emas, balki shirin muomalali mu-rosa, tajribaga ishonch, hamkorlik, ahil yashash ko‘proq qo‘l keladi.
Ya. KORCHAK

Bola haqida haqqoniy va adolatli fikr yuritmoq uchun biz uni o‘z olamidan yulib olib, o‘zimiz bilan teng qo‘ymasligimiz, balki biz ularning ruhiy olamiga kirib bormog‘imiz kerak.
N. I. PIROGOV

O‘z bolaligini unutgan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
M. EBNER-ESHENBAX

Bolalikka bolalik onlarida pishib yetilish imkonini bering.
J. J. RUSSO

Bolalikni seving, uning o‘yin va ermaklariga, murg‘akkiia tabiiy tuyg‘ulariga e’tibor bering! Labdan kulgi arimaydigan, qalb shu olamdan to‘xtovsiz huzurlanadigan o‘sha daqiqalarni qay biringiz, axir, achinish bilan eslamaysiz?
J. J. RUSSO

Bolani aqlli va mulohazali qilmbq uchun uni baquvvat va sog‘lom o‘stiring: mayli, u ishlasin, tinmasin, yugurib-elsin, baqirib-chaqirsin, ishqilib, doimiy harakatda bo‘lsin!
J. J. RUSSO

Tarbiya sohasidagi eng og‘ir nuqson haddan tashqari shoshqaloqlikdir.
J. J. RUSSO

Agar siz bolalarning sho‘xliklariga yo‘l bermasangiz, unda hech qachon donishmandlarni dunyoga keltira olmaysiz.
J. J. RUSSO

Mayli, bola sho‘xlik ham, to‘polon ham qilsin, faqat bu sho‘xligi va to‘poloni zararli bo‘lmasin, jismoniy va axloqiy hayosizlikka aylanib ketmasin; mayli bu sho‘xligi va to‘poloni beixtiyor, o‘ylanmay qilingan bo‘lsin, ammo ahmoqona va bema’ni bo‘lmasin, binobarin, aslida ruhsizlik va jonsizlikdan yomoni yo‘q.
V. G. BELINSKIY

Qobiliyatni ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lmagan joyda qobiliyatning o‘zi ham yo‘q.
L. FEYERBAX

Bolani o‘yinga to‘g‘ri o‘rgata bilish mahorati unga olam sirlarini mutolaaga qaraganda kengroq va ishonchliroq namoyon etadi.
J. FABR

Bolalarning o‘yinida ko‘pincha chuqur ma’no yotadi.
F. SHILLER

Bolalarning aksari o‘yinlari kattalarning jiddiy faoliyatiga taqliddir.
Ya. KORCHAK

Faollik, ish, xizmat katta yoshdagi kishilar hayotida nechog‘li ahamiyatga molik bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin ham ana shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o‘yinda o‘zini qay holda tutsa, o‘sib-ulg‘aygach, ishda ham aksari o‘zini shunday tutadi. Shu boisdan ham bo‘lajak arbobning tarbiyasi avvalo uning o‘yinida yuz beradi.
A. S. MAKARENKO

O‘yin shunday bir ulkan yorug‘ oynadirki, u orqali bolaning ruhiy dunyosiga, uni o‘rab olgan olam haqida hayotbaxsh tasavvur va tushunchalar to‘lqini kirib turadi. O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolalar go‘zallik, o‘yin, ertak, muzika, rasm, xayol, ijodiyot olamida yashamoqlari kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo‘ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishlarining chora-tadbirlarini ko‘rish kerak.
Ya. KOMENSKIY

Bolani go‘dakligidanoq shunday shart-sharoitga qo‘ymoq kerakki, toki u yashasin, o‘ynasin va mehnat qilsin, o‘z quvonch va qayg‘ularini boshqa bolalar bilan birga baham ko‘rsin.
N. K. KRUPSKAYA

Bola shaxsi kollektivdagina mukammal va har tomonlama rivojlana oladi.
N. K. KRUPSKAYA

Bolalarning kollektiv hayoti shodu xurramliklar bilan to‘la bo‘lgandagina jamoatchilik instinkti kuchli bo‘lgan kishilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mumkin.
N. K. KRUPSKAYA

Ota-onalar o‘z huquqlaridan foydalanib, bolalariga e’tiqod va dunyoqarashlarini zo‘rlab singdirishga o‘rinish bilan ularga qanchalik ziyon yetkazishlarini bilmaydilar.
F. E. DZERJINSKIY

Xuddi bola fikri kabi bola hissiyoti ham zo‘rlik qilmasdan boshqarilmog‘i lozim.
K. D. USHINSKIY

Qobiliyati bo‘lmasa majburlama.
Ya. KOMENSKIY

Kam tahqirlangan bola o‘z qadr-qimmatini yaxshi anglaydigan kishi bo‘lib yetishadi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Qo‘rqitish billn bolada faqat tubanlikni, buzuqlikni, ikkiyuzlamachilikni, razil qo‘rqoqlikni tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY

Haddan tashqari qattiqqo‘llik va ko‘r-ko‘rona intizom o‘rnatgan o‘qituvchi — bolalarning boshiga tushgan kulfat.
F. E. DZERJINSKIY

Majburlab o‘rgatish, siquv, zo‘rlash tufayli erishilgan hamma narsa omonat, noto‘g‘ri va ishonsizdir.
Ya. KORCHAK

Bolani so‘kishsa, urishsa va turli yo‘llar bilan xafa qilishsa, u murg‘akligidanoq o‘zini yolg‘iz seza boshlaydi.
D. I. PISAREV

Urgan kishidan bola nafratlanadi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bolalarni qilmagan gunohlari uchun qiynash yoki loaqal arzimagan ayblari uchun qattiq jazo berish ularning ishonchi va hurmatidan butunlay mahrum bo‘lish demakdir.
J. LABRUYER

Ortiqcha qattiqqo‘llik va haddan ziyoda shafqatlilik bo‘ladi: bularning har ikkalasidan ham birdek qochish kerak.
J. J. RUSSO

Bema’iilarcha ko‘ngilchan bo‘lish ham haddan tashqari qattiqqo‘l bo‘lish singari aqlsizlikdir.
A. F. PISEMSKIY

Umuman barcha axloqsiz munosabatlar ichida bolalarga to‘ralarcha munosabatda bo‘lish eng og‘ir axloqsizlikdir.
G. GEGEL

Ota-onalar ayni o‘zlari singdirgan nuqsonlari uchun farzandlarini kamdan-kam kechira oladilar.
F. SHILLER

Men or-nomus va erkinlikni hurmat qilish ruhida o‘stirilayotgan yosh qalbni tarbiyalashdagi har qanday zo‘rlikni qoralayman. Qattiqqo‘llik va majburiylikda qandaydir tobelik belgilari bor, men aql, ehtiyotkorlik va mahorat bilan erishib bo‘lmagan maqsadga kuch bilan aslo erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman.
M. MONTEN

Qo‘pol kuch ishlatganga qara-ganda yaxshi gap bilan har doim ko‘proq natijaga erishasan.
EZOP

Axloqiy ta’sir kuchi har qanday kuchdan ustundir.
N. V. GOGOL

Inson his-tuyg‘ulari ko‘pincha so‘zga nisbatan ibratdan kuch oladi yoki susayadi.
P. ABELYAR

Nasihatgo‘ylik bilan yaxshilikka yetishish qiyin, o‘rnak ko‘rsatish orqali esa oson.
SENEKA

O‘rnak ko‘rsatish do‘q-po‘pisadan kuchliroq ta’sir etadi.
P. KORNEL

O‘rnak ko‘rsatish va’z-nasihatga qaraganda har doim kuchliroq ta’sir qiladi.
S. JONSON

Namuna ko‘rsatgan holdagina inson eng yuksak natijaga erishadi.
S. SVEYG

Bola o‘zini sevgan odamni yaxshi ko‘radi, uni faqat sevib tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY

So‘kib chorak maqsadga, suyub va siylab esa hamma narsaga erishish mumkin.
JAN POL

Yaxshi gap bilan maqsadiga erisholmagan odam qattiqqo‘llik bilan ham erisha olmaydi.
A. P. CHEXOV

Farzandlaringiz qabringiz ustida yig‘lay olishlari uchun ularning ko‘z yoshlarini to‘kmang.
PIFAGOR

Shunday g‘aroyib otalar ham borki, ular to umrlarining oxirigacha faqat farzandlarini o‘zlaridan bezdirish bilangina shug‘ullanadilar.
J. LABRUYER

Bolalarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar – qanday qilib eng yaxshisini tanlash yoki ta’limga bo’lgan munosabatingizni qanday topish mumkin?

Bolalarning yoshligida ko’pchilik o’zlarini katta o’qituvchi deb hisoblashadi. O’zlarining chaqaloqlarning tug’ilishi, bunday illyuziyalarning yo’q qilinishiga olib keladi, chunki ular ajratilgan doiraga mos kelishni xohlamaydilar. Bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar har bir bola, avvalambor, shaxs ekanligi haqida tushuncha beradi.

Bolalarni tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblar

Ta’lim nazariyalari va amaliyotlari hisobga olinmaydi. Ulardan ba’zilari bolani temir panjasida saqlashni talab qilsa, boshqalari avlodlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarning rivojlanishini targ’ib qiladi. Haqiqat bir joyda o’rtada. Shuning uchun, qanday ishni bolalarning tarbiyasi bo’yicha kitoblar reytingi boshqarmasin, faqat shaxsiy tuyg’ularga e’tibor qaratish kerak. O’qish sizning ijobiy his-tuyg’ularingizni ifodalaydi va bolangizni tushunish va qabul qilish uchun rag’batlantirsa, unda maslahatni amalda qo’llashingiz mumkin. Agar bolalarni tarbiyalash haqidagi kitobdan keyin o’z kuchiga nisbatan shubha tug’ilsa, o’zini ota-onadan voz kechish va boshqa halokatli his-tuyg’ular bo’lsa, uni chetga surib qo’ying.

Bolalar psixologiyasi va ta’lim bo’yicha eng yaxshi kitoblar

Yaqin o’tmishda kamdan-kam otalar va onalar bolalar psixologiyasini o’rganish uchun qiyinchiliklarga duch kelishdi. Go’daklar kuch-qudratidan ta’lim olib, asrlar davomida tasdiqlangan usullarni qo’llash uchun olib ketildi, bular hali ham bobolar va bobolar tomonidan ishlatilgan. Bolalarning tarbiyasi va psixologiyasiga oid kitoblar har bir bola shaxsini farqlashni taklif etadi, so’ngra muloyimlik bilan rivojlanadi va zaiflarni sozlaydi:

  1. “Farzandlaringizning xulq-atvorini qanday tushunish kerak?” “Men xohlamayman”, “men emas”, “yo’q” – barcha bolalar dunyodagi hamma narsadan voz kechish davri. Kichkina qaysarlarning xatti-harakatlarini yo’q qilish Andrea Clifford-Postonga yordam beradi.
  2. “Bolalar psixologiyasi ABC”. Muallif Sergey Stepanov bolaning qalbida bo’ronlar ustidan pardani ochib beradi va ota-onalarni ularga engish uchun o’rgatadi.
  3. “Ota-onalarning qoidalari”. Richard Templar tomonidan ajoyib tavsiyalar beradigan, turli xil keskin vaziyatlarda qanday javob berish kerak bo’lgan onalar va onalar uchun ajoyib qo’llanma.

Tug’ilganidan bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar

Yangi tug’ilgan chaqaloqning hech qanday pedagogik usullarga berilmasligi hisoblanadi. Darhaqiqat, yoshi ulug ‘tosh “peshtoq” deb nomlanuvchi binoning poydevoridagi birinchi toshlarni o’rnatishga to’sqinlik qilmaydi. Bola tug’ilgandan keyin tug’ilish bo’yicha eng yaxshi kitoblar quyidagicha:

  1. “Farzandingiz tug’ilgandan 2 yilgacha.” Er-xotinning vakolatiga ko’ra, Searsning sakkizta farzandi borligi shubhalanmaydi. Bu kitob, tajribasiz va juda tashvishli yosh onalar uchun haqiqiy topilma bo’ladi. Bu sizni vahima kerak bo’lgan paytda va sabr-toqatli bo’lishingiz kerak bo’lsa, batafsil tushuntirib beradi.
  2. “Quvonchlimi?Shunday qilib rivojlanmoqda! “. Mualliflar (Frans Ploy va Xatti Vanderteit) ma’lumotlariga ko’ra, bolaning rivojlanishi, ularning har biri yuqori tashvishli davrdan oldin davom etadi. Xavotirli cho’qqilar orqali imkon qadar yumshoq va og’riqsiz o’tishi uchun kitobdan maslahatlar olish mumkin.

1 yoshdan katta bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar

Chig’anoqlarning tug’ilishidan boshlab 1 yilgacha bo’lgan muddat uning jismoniy farovonligi to’g’risida qayg’uradi va jismoniy parvarish charchoq belgisi ostida o’tadi. Keyin unga ma’naviy charchoq qo’shildi, chunki bola bu belgini faol ravishda namoyish qila boshlaydi. Bolalar davridagi inqiroz davrining boshidanoq boshingizni yo’qotmang va bolaga maktabgacha ta’lim bo’yicha barcha kerakli yordam kitoblarini berasiz:

  1. “Yashirin yordam.Bolaning hayotida hissiyot. “ Odatda, ota-ona va farzand sevgi va mehr-muhabbat bilan mustahkam bog’langan. Ushbu iplarning pesni bolaga uyg’un rivojlanishga asos beradi. Ko’pincha Lyudmila Petranovskaya bilimga asoslanib, chaqaloq tabiatidagi qiyinchiliklar oddiy e’tiborga ega emas.
  2. “Bolaning yonida”. Franzoisa Doltoning qiziqarli tadkikotlari bolalik dunyosining barcha jihatlariga qiziqish uyg’otadigan, erta rivojlanish usullaridan boshlangan va qizlar va o’g’il-qizlar ta’limining o’ziga xos xususiyatlariga yakun yasaydigan barcha narsalarni ochib beradi.

O’g’il bolalarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar

Abadiy ayol tushi – keyingi kuchli va ishonchli odam. Bunday o’g’lini qanday qilib ko’tarish, o’g’il bolalar ta’limi bo’yicha eng yaxshi kitoblarni keltiradi:

  1. “O’g’limiz bilan gaplashamiz.” Zamonaviy o’g’il bolalarning muammolari ota-bobolarining muammolaridan sezilarli darajada farq qiladi, shuning uchun u har doim o’g’illari bilan umumiy til topa olmaydi. Andrey Kashkarovning kitobi keskin burchaklarni yumshatishga yordam beradi.
  2. “O’g’limni qanday qilib ko’tarish kerak”. Kundalik ishlarimizda eng katta boylik – qarindoshlarimiz va do’stlarimiz. O’g’li bilan ishonchli munosabatlarni qanday qilib mustahkamlash, uni so’zma-so’z emas, balki amalda – Leonid Surzhenkoning kitobida o’rgatadi.
  3. “O’g’lim o’sib bormoqda!Haqiqiy odamni qanday ko’tarish kerak? “ Jan Grantning hiperplazisiz va bolaliksiz bolani qanday qilib ko’tarish bo’yicha amaliy tavsiyalari va tavsiyalari.

Qizlarning ta’limiga oid kitoblar

Qizni haqiqiy ayolni tarbiyalash – qiyin vazifa. Ota-onalar ustidan g’alaba qozonish, o’z-o’zidan g’amxo’rlik qilishni o’rgatish va ming-bitta uy donoligini o’rgatish – bularning barchasi bolalarning ta’lim olishida ota-onalarni tushunish uchun yordam berishdir:

  1. “Oldini tayyorlash.Ota-onalar qizlarni tarbiyalashmoqda “. Erkaklarning (Nayjel Latta) va erkaklar tomonidan o’qitiladigan qizlar uchun noyob qo’llanmasi qizni qo’llab-quvvatlashga yordam beradi va uning o’ziga xosligini yo’q qilmaydi.
  2. “Qizni ko’tarish”. Uning hayotining turli davrlarida qiz bilan muloqot qilish, erta jinsiy hayotning xavfliligi, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni olib kirish va ko’plab boshqa vasvasalardan qanday qutulish mumkinligi – bu savollarga Don va Joan Eliom javob beradi.
  3. “Qizni tarbiyalash”. O’g’ildan ko’ra qizni ko’paytirish osonroqdir. Qanday qilib va ​​qanday qilib o’zini shunday tutish kerakmi? Shunday qilib, qizi baxtli va o’z-o’zidan etishgan, Svetlana Xazova va Oksana Kuznetsovaning kitobini aytadi.

O’smirlarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar

Pubertal davr butun oila uchun ko’pincha to’siq bo’lib qoladi. O’tkir va g’amgin o’smirda bunday sevimli va muhtoj himoyalanadigan bola o’smirlarni tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblarga yordam beradi:

  1. “Sizning o’smir sizni aqldan ozdirmaguncha”. Nayjel Lattning so’zlariga ko’ra, o’smirlik davrida bolaning gormon bilan to’ldirilgan yurish bomba bilan solishtirish mumkin. Barcha halokatli portlashdan qochishning yagona usuli kommunikatsiya hisoblanadi.
  2. “O’smirning yonida”. Yoshlar haqidagi darslik muallifi Frankoise Dolto, bu vaqtda bolaning beg’ubor chaqaloqqa o’xshashligiga ishonch hosil qiladi. Ota-onaning vazifasi maksimal darajada g’amxo’rlik va yordam berishdir. Qanday qilib uni ta’minlash, o’smir farzandlarini tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblardan biriga aylanadi.

Bir yilgacha bolani tarbiyalash

Bolaning hayotining birinchi yili eng qiyin va ayni paytda eng mas’uliyatli masala. Ayolning tanasi uchun juda qiyin bo’lgan og’ir uyqusiz tunlarga parallel ravishda, bolaning sog’lig’ini, ovqatlanishini va rivojlanishini kuzatish kerak. Har bir narsani boshqarish va 1 yoshgacha bo’lgan bolani tarbiyalashning barcha kichik narsalarini qanday soqit qilmaslik kerak? Biz bugungi materialimizda bu haqda gaplashamiz.

1 yil ichida bolalar tarbiyasi

Ko’pgina yosh ota-onalar bolaning kichigi bo’lsa-da, u hech narsani tushuna olmaydi va tushunmaydilar. Bu chuqur aldanish. Bir yilgacha bolalarni tarbiyalash psixologiyasi bir necha muhim printsiplarga rioya etishga asoslangan bo’lishi kerak:

  1. Har ikkala ota-ona ham bolaga jalb qilinishi kerak. Ko’pincha bola tug’ilsa, “erkakning ishi emas” deb eshitamiz. Bir tomondan, hayotning dastlabki oylarida bola haqiqatdan ham onasiga ko’proq muhtoj. Ammo bu davrdagi odamning vazifasi onaga har qanday ko’mak bilan yordam berishdir, shunda u kuch va dam olish imkoniga ega. Bundan tashqari, olti oydan keyin bola oila haqida g’oyani shakllantira boshlaydi. Shuning uchun otaning borligi juda muhimdir.
  2. Hayotning birinchi yilida bolaning to’g’ri rivojlanishiga va yoshiga qarab ovqatlanishga yordam berish muhimdir. Bolaga o’tirishga yordam bermang, boshini aylantiring yoki oyoqqa turing. Bu patologiyaga olib kelishi mumkin suyaklar va mushaklar hali kuchli emas.
  3. Bolalarning 1 yillik hayotini o’rganish onaga yaqin bo’lishi kerak. Bu uning to’g’ri hissiy rivojlanishiga va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga, bolani jismonan rivojlanishi uchun imkoni boricha 4 oydan keyin imkon qadar tez-tez qo’llaringizni qo’lingizga olishga harakat qiling. Faqatgina ko’rish sohasidagi bo’lish etarli.
  4. Taxminan 9-11 oydan boshlab bola boshqa odamlardan qo’rqadi. U ko’proq ko’rgan kishiga ko’proq bog’liqdir. Shuning uchun, agar u bilan birga o’tiradigan bola bo’lsa, unda u ota-onasidan ko’ra unga yaqinroq bo’lishi mumkin.
  5. Hayotning birinchi yilida bolalarni tarbiyalashning yana bir muhim printsipi – bu xotirani va eshitishni rivojlantirishdir. Bola tug’ilgandan boshlab, turli xil tovushlarni, jumladan, chayqalishlarni gapirish va ishlatish kerak. Bola yurishni boshlaganda, uning nusxalarini orqasida takrorlamang. Bola gapirish kerak deb o’ylashi mumkin va bu gap nutq kamchiliklariga olib keladi.
  6. Hayotning birinchi yilida emizishni to’xtatmaslikka harakat qiling. Faqat ona suti bolaning immunitetini mustahkamlashga yordam beradi. Jozibasi ruxsat etilgan mahsulotlarning jadvaliga muvofiq 6 oydan boshlab kiritilishi kerak.

Bir yilgacha bolani qanday qilib tarbiyalashni yaxshi tushunish uchun biz ushbu jarayonni bir necha bosqichga bo’lishimiz kerak:

3 oygacha. Ta’limning dastlabki davrida 0 dan bir yilgacha bolada quyidagi odatlarni shakllantirish muhim: ko’chada o’tiradigan joysiz uxlash, yolg’iz ayolga vaqt ajratish, onaga ko’rsatiladigan vaqtni o’zgartirish, vaqt va tovush bilan kosmosga borish kerakligini ko’rsatish. Bundan tashqari, har kuni ertalab gigienik parvarish bilan boshlanib, bolani poklashga odatlang. Bezgakni o’z vaqtida o’zgartirish muhimdir. Bolaning boshini tutish va yurishni o’rganishi kerak.

6 oygacha. Kelajakdagi nutq uchun bolani tayyorlash vaqti. Unga klassik musiqa, bolalar qo’shiqlari qo’shilsin. Bolaning turli tovushlariga e’tibor bering – barglarning shivirlanishi, qushlarning qo’shiqlari, avtomobillarning shovqini. Bolaga atrofdagi dunyoni bilishlariga yordam bering. Bundan tashqari, bu davrda chaqaloq bilan o’ynash muhim ahamiyatga ega. Lekin u faqat u uxlagan va ovqatlanadigan paytda. Bolangiz bilan ko’proq kulishga harakat qiling. Bolaning siz bilan muloqotda bo’lishidan quvonch bilan birgalikda axloqiy asoslar qo’yiladi.

9 oygacha. Bola juda faol bo’ladi. Turishni boshlaydi, o’tirib, ba’zi bolalar allaqachon yurishni boshlaydilar. Bola tarbiyasi bu bosqichda eng muhimi jismoniy faoliyatdir. Bu asrda siz bolani ovqat eyishdan oldin qo’lingizni yuvishingiz va qo’lingizni yuvishingiz mumkin. Ko’p o’tmay bola bu tartib-qoidalarga qo’shilib, norma bo’ladi. Bolaning ko’zaga, ko’zlarga, quloqlarga, tishlarga qaerda ko’rsatishi kerak. Birinchidan, keyin o’yinchoqlar ustida, keyin esa o’zingizga. Bolani “to’g’ri” o’ynashni o’rgatish ham muhimdir: siz to’pni va o’ynashingiz kerak bo’lgan mashinani va tugmani bosishingiz kerak bo’lgan julani harakatlantirish uchun. Ayni paytda siz bolaga “imkonsiz” so’zini o’rgata olasiz. Nima uchun siz bunday harakatni taqiqlayotganingizni tushuntirib bering.

Bir yilgacha tarbiya. Bola yurishni o’rgandi. Bolaning kuzda tushmasligiga ishonch hosil qiling. Bolaning tushishi bilan qichqirmasangiz, aks holda siz uni qo’rqitasiz va u yurishni to’xtatadi. Bolani mashinani o’z-o’zidan yutib olish, ovqatlanish va taomni olish, erga bolg’a bilan urish va hokazolarni o’rgatish muhimdir. Bolani turli shakllarda, rangi va ob’ektlar tuzilishini ko’rsating. Mumkin bo’lgan barmoq o’yinlarida u bilan o’ynash. Agar biror narsasi bo’lsa, chaqalog’ingizni maqtang. Bolaning qarindoshlariga nisbatan mehrini shakllantirish. Eng asosiy narsani esingizdan chiqarsin – bolangiz, birinchi navbatda, o’z xatti-harakatlarini ota-onasidan ko’chiradi.

Agar bolalarni bir yilgacha tarbiyalashning pedagogik usullarini o’rganishga qaror qilsangiz, quyidagi zamonaviy yondashuvlar va mualliflar sizga yordam beradi: Mariya Montessori, Leonid Bereslavskiy, Waldorf pedagogika va Glen Doman texnikasi.