Press "Enter" to skip to content

Kitob haqida buyuklar nima deydi

Bill Klinton prezidentligi davrida Madlen Olbrayt Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish harakatlaridan tortib NATOning Kosovoga gumanitar aralashuvigacha bo‘lgan eng muhim va dramatik siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lgan.

Buyuklar kitob haqida

Airbnb. Qanday qilib 3 oddiy yigit biznesning yangi modeliga asos solishdi?

Amerikaning Fortune jurnali muharriri, yuqori texnologik kompaniya va startaplar bo‘yicha mutaxassis Li Gallaxer tunash uchun kamtarona joy izlash servisidan onlayn-gigantga aylana olgan Airbnb kompaniyasining yaratilish tarixi va rivojlanishi haqida kitob yozdi. Gallaxer “firma siri”ni ochadi va Airbnb asoschilarining inqirozli vaziyatlardan chiqish bo‘yicha maslahatlarini keltiradi.

Kompaniya asoschilari yengib bo‘lmasdek tuyulgan to‘siqlarni bosib o‘tishdi. Ularga hech kim ishonmasdi. Ular qaynoq yelim, sarmoyadorlarning muzdek munosabati, zo‘riqishlar sabab uyqusiz tunlar va ota-ona xavotirini boshdan kechirdi. Biroq hozir biznesning oliy ligasiga yetib kelishdi. Demak ularni oldinda murakkabliklarning yuqori darajasi kutib turardi”.

Tamoyillar

Amerikaning CIO jurnali “Sarmoyalashning Stiv Jobsi” deb atagan Rey Dalio – investitsion dunyoning eng ahamiyatli shaxslaridan biridir. 26 yoshida o‘z xonadonidan turib, (yana olti yil normal ofisi bo‘lmagan) keyinchalik dunyodagi eng yirik fondga aylangan Bridgewater Associates xedj-fondiga asos soldi, uning o‘zi esa jahonning eng badavlat va obro‘li kishilari ro‘yxatidan mustahkam joy egalladi. Uning so‘zlariga qaraganda, kitobni boshqalarga muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam berish uchun yozgan. Chunki tamoyillar (ham hayotiy, ham ish bilan bog‘liq) barini tizimlashtirish, qarorlarni tezroq qabul qilish va hayot darajasini oshirish imkonini beradi.

Tamoyillar — bu odam xulq-atvori asosi bo‘lgan, unga hayotda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlarni qo‘lga kiritish imkonini beradigan fikrlardir. Maqsadga yetish uchun ularni turli vaziyatlarda qayta-qayta o‘zgartirib, qo‘llash mumkin. Samarali tamoyillar to‘plamini muvaffaqiyatning yaxshi kitobi bilan taqqoslash mumkin. Barcha muvaffaqiyatli kishilar ularga muvaffaqiyatli bo‘lishda yordam beradigan tamoyillarga qarab ish tutadi”.

Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak

Endi Freka — amerikalik bo‘lib, deyarli 2 yil davomida Rossiyada o‘z biznesini yuritmoqda. Kitobning nomi muallifning Moskvada ilk marta xarid qilgan buyumi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda u rossiyalik mahsulot va xizmatlar ramziga aylangan. Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

G‘arblik mijoz uchun shaffoflik juda muhim. Shuning uchun biznesingiz qanday qurilgani borasida istiqboldagi mijozlarga maksimal batafsil ma’lumot berish – a’lo darajadagi yo‘l. Ish bilan bog‘liq masalalarni qanday hal qilishingiz haqida detallarigacha so‘zlab bering. Bu istiqboldagi mijozlar ishonchini shakllantirishda yordam beradi”.

Spetsnaz usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari

Brendon Uebb nostandart karera yo‘lini bosib o‘tdi: “dengiz mushuklari” – AQSh dengiz harbiy kuchlari elita spetsnazidan – Hurricane Group, Inc.shaxsiy media tarmoq egasigacha. O‘z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

Bunkerda yashab bo‘lmaydi. Tashqi dunyodan nafaqat xavf balki yoqimli imkoniyatlar ham keladi. Kichik firma egasi ham, mayda korxona xo‘jayini ham, yakka tadbirdagi tadbirkor ham, yirik kompaniya rahbari ham biznesning boshqa sohalari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagani sabab ulardan yuz o‘girib ketishi mumkin emas. Balki bugun bog‘liq emasdir, lekin ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan”.

Agile: Loyihalarni baholash va rejalashtirish

Kitob muallifi, loyihalarni rejalashtirish sohasi mutaxassisi Mayk Kon kitobxonlarga ishga agile-yondashuv haqida gapirib, biznes-loyihalarni o‘z vaqtida va byudjyetdan chiqmasdan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan instrumentlarni ochib beradi. Kon aniq misollar, amaliy tavsiyalar, usullar va grafiklar bilan o‘rtoqlashadi.

Agile-rejalashtirish mahsulotni ishlab chiqishning umumiy savol – qanday resurslar bilan qanday funksiyalarga erishish va qancha vaqt davomida amalga oshirish kabi masalalarga optimal javobni topishdan iborat.Agile-yondashuv bu savolga muvaffaqiyatli javob berish imkonini beradi”.

Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi

Muallif Sing Ong Yuning fikriga ko‘ra, g‘arb kompaniyalari ratsionallik va samaradorlik tushunchalari bilan ish ko‘radi, sharqliklar uchun esa axloq-odob kodeksi va o‘zaro munosabatlar muhimroq. Singapurlik biznes-maslahatchi o‘z kitobida boshqaruvning turli modellari, muvaffaqiyat va g‘arb kompaniyalarining Osiyo bozorlaridagi omadsizliklaridan misollar keltiradi. Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

G‘arbdagi menejyerlar biznesni yuritishning sharqiy usullariga moslashishlari zarur, Osiyolik rahbarlar esa g‘arbdagi biznes-amaliyotni tushunishlari lozim. Shuning uchun menejyerlar ko‘priklar qurish va sharq hamda g‘arb amaliyotining eng yaxshi elementlarini o‘zaro birlashtirishni o‘rganishlari lozim”.

Xaypdan pul ishlang. Qaroqchilar, xakerlar, dilerlar va tartibli jamiyatda gapirilmaydiganlardan nimani o‘rganish mumkin

Innovatsiya bo‘yicha mutaxassislar Aleks Kley va Kira May Fillips tadqiqoti markazida xayp iqtisodiyoti yotadi. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur usul innovatsiyalar va nostandart biznes-yechimlar topishga yordam beradi. Mualliflar kitobxona biznes-tafakkurniing odatiy chegaralaridan chiqib, rezonans mavzuda qanday qilib pul topish mumkinligini o‘rgatishadi. Buning uchun maxsus falsafani tushuntirib, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida qoidalarni buzadiganlar (shu jumladan, kompyuter xakerlari, prankerlar yoki xarobada yashaydiganlar)ning beshta belgisini tasvirlaydilar: quvvatga egalik, ig‘voga moyillik, qat’iylik va mimikriya (ba’zi hayvon va o‘simliklarning o‘z muhitidan ajratib bo‘lmaydigan shakl va tusi).

Muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan sifatlar orasida bittasi keskin ravishda ajralib turadi: jamiyatga qarshi xulq-atvorga o‘smirlarga xos moyillik“.

PIXAR. Qayta ishga tushirish. Inqirozlarga qarshi boshqaruv bo‘yicha betakror kitob

Lourens Levi 12 yil davomida u 2006 yilda Disney’ga sotib yuborilguniga qadar Amerikaning Pixar kinostudiyasi moliyaviy direktori lavozimini egallagan. O‘z kitobida Stiv Jobsning qo‘ng‘irog‘idan keyin Pixar’da ish boshlagani, ko‘ngilochar sanoatning o‘ziga xosligi, kompaniyaga uzoq yillar mobaynida gullab-yashnash imkonini bergan strategik va biznes vazifalar haqida so‘zlaydi.

Pixar’ning yaratilishi yangi tog‘ning cho‘qqisini itaruvchi yuqori bosim ostida tektonik qoplama tagidagi azobli harakatga o‘xshardi. Qoplamalardan biri innovatsiyalarning yuqori kuchidan iborat edi: oliy adabiy va ijodiy asarlarga intilish, yangi kashfiyotlar, kompyuter animatsiyalari yordamida ularni yetkazishga bo‘lgan harakat. Boshqa qatlam esa haqiqiy hayotdagi boshqa qiyinchiliklarni o‘z bo‘yniga olgandi: pul ishlab topish, kino chiptalarining sotilishi, ishlab chiqarish tezligini oshirish. Bu ikki kuch bir-biri bilan to‘qnashar, yer silkinishlari va keyingi itarishlarni yuzaga keltirardi”.

Ko‘m-ko‘k okeanga o‘tish

INSEAD V. biznes-maktabi Strategiya va xalqaro menejment biznes-nazariyachilari va professorlar Chan Kim va Rene Moborn “Ko‘m-ko‘k okean strategiyasi” bestselleri mualliflari kitobxonlarni muvaffaqiyatli tadbirkorlik strategiyasi bilan tanishtirishda davom etishmoqda. Ular to‘lgan bozorlarda kuchli raqobatni yengib o‘tgan ko‘plab kompaniyalar tajribasini o‘rganib, muvaffaqiyat uchun ijodkorlikni ishga solish va ishonchni mustahkamlash kerak, degan fikrga kelishdi. Tadqiqotchilar sizga, jamoangizga, tashkilotingizga yangi biznes-muhit – “ko‘m-ko‘k okean”ga o‘tish imkonini beradigan qadam-baqadam amalga oshiriladigan qo‘llanmani ishlab chiqishdi.

Biz buni Eynshteyndan keyingi atomlashtirish deb nomladik: agar nimanidir bo‘laklarga bo‘lib, mayda qismlarga ajratsangiz va ularni birma-bir, navbatma-navbat bartaraf etishga diqqatni qaratsangiz, hatto juda jiddiy bo‘lib ko‘ringan muammo ham aqliy va ruhiy jihatdan hal etiladigan darajaga yetadi.

Agar odamlarda taassurot, yangi strategiyangizga ishonch uyg‘otsangiz, ular o‘zgarishlarni oxirigacha olib borishga harakat qilishadi”.

Yopishish uchun qilingan

Bestseller muallifi aka-uka Chip va Den Xiz — Stenford universiteti biznes maktabi va Dyuk Universiteti ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi yetakchi mutaxassisi nima uchun ba’zi biznes-g‘oyalar “jon saqlab qolishi”, boshqalari esa aksincha ekani haqida o‘z-o‘zlariga savol berishadi. Ular “yopishqoq” g‘oyalarni keys (o‘rganiladigan holat) sifatida tanlab olib, g‘oyalarning hayotiy salohiyatini xotirada yopishqoq nazariya (Velcro theory of memory; biz avval bilganlar bilan solishtirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolamiz) yordamida oshirish usullarini tasvirlashgan.

Odamlarda o‘z g‘oyamizga qanday qilib qiziqish uyg‘otamiz? Biz ularni boshlaridan “tahlil shlyapasi”ni yechishga majbur qilamiz. Ularga o‘zimizning rahmdilligimizni namoyish etamiz. Ular befarq bo‘lmagan narsalar biz uchun ham qiziq ekanini ko‘rsatamiz”.

Kitob haqida buyuklar nima deydi?

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

Frensis Bekon

Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin.

A. H. Baxmanyor

Yaxshi kitoblarni bugun oʻqing, yomon kitoblarni oʻqishga ertaga albatta vaqt topiladi.

Isaak Barrou

Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

Qosimbek Zokir

Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir.

Georg Lixtenberg

Kitob yigʻish yaxshi ishdir, ularni oʻqimoq esa foydali.

Frenchesko Petrarka

Kitob oʻqimagan odamning murdadan farqi yoʻq.

Tomas Jefferson

Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi.

Rene Dekart

Inson — qancha oʻqisang ham bitmaydigan kitobdir.

Hoji Baktosh Vali

Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.

Andrey Upit

Kitoblar ovozsiz muallimlardir.

Peter Gille

Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi.

Herbert Spenser

Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar.

Pol Valeri

Kitoblar yoqib yuborilgan joyda odamlar ham yondirilajak.

Haynrix Hayne

Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi.

Jon Ruskin

Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir.

Shekspir

Men kitoblarni emas, kitoblar meni yaratdi.

Mishel de Monten

Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur.

Ozarboyjon xalq maqoli

Kitob ruhiyat davolovchisidir.

Yapon xalq maqoli

Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir.

Xitoy xalq maqoli

Har davrning oʻz kitobi bor.

Arab xalq maqoli

Hayoti davomida birgina kitob oʻqigan odamlardan qoʻrqing.

Lotin xalq maqoli

Yaxshi kitob yashash manbaidir.

Olmon xalq maqoli

Tarjimon va toʻplovchi: Rahmat Bobojon

Related Posts:

  • Oʻrdakchi momo nima deydi?
  • Farzand tarbiyasi. Muammo va yechim. Psixolog nima deydi?
  • 1 aprel haziliga dinimiz nima deydi?
  • G‘arb Rasululloh (s.a.v.) haqlarida nima deydi?
  • “Sh”dan boshlanuvchi buyuklar
  • Alisher Fayz – Buyuklar

Buyuklar kitob haqida

9 sentabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli yangi kitobi taqdim etildi. Ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

Dunyo bo‘ylab ko‘pgina davlat rahbarlari va siyosat arboblari o‘z faoliyati davrini asosan memuar sifatida ta’riflab, asarlar yozishadi. Ular o‘z kitoblarida siyosiy ishlardagi fikr va mulohazalardan tashqari, o‘z hayotlaridagi ba’zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qiladilar. Asarlar orqali mazkur insonlarning boshqa hislatlariga ham guvoh bo‘lish mumkin.

Dunyo kitobxonlari tomonidan e’tirof etilgan ba’zi davlat rahbarlari va siyosiy yetakchilarning asarlari hamda ularning qisqacha mazmuni haqida «Gazeta.uz» so‘z yuritadi.

«Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati» Avraam Linkoln

AQSh prezidenti Avraam Linkoln (1809−1865) Amerika Qo‘shma Shtatlarining tarixiy rivojlanishini belgilab bergan to‘rtta prezidentdan biri hisoblanadi. Quyi qatlamdan chiqqan prezident barcha bilimlarini tirishqoqlik va uzluksiz o‘z ustida ishlash orqali o‘zlashtirgan. U o‘zining axloqiy namunasi, yuksak axloqiy tamoyillari va ishontira olish qobilyati bilan o‘z xalqini ilhomlantirib, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga hissa qo‘shdi va AQSh uzoq vaqt davomida dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylandi.

«Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati» kitobida Avraam Linkolnning asosiy nutqlari va maqolalari, uning tarjimai holi, inauguratsiya nutqlari va xalqqa qilingan murojaatlari bor. Kitob Avraam Linkoln, uning sheriklari va raqiblarining hayoti davomidagi suratlari, AQSh fuqarolik urushi davridagi hujjatli va badiiy materiallar bilan boyitilgan.

«Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida» Franklin Ruzvelt

Franklin Ruzvelt «Buyuk depressiya» davrida AQShni boshqargan va uni uzoq davom etgan inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan davlat rahbari hisoblanadi. Amerikaliklarda kelajakka ishonchni uyg‘otish uchun, u shaxsan o‘zi xalqqa davom etayotgan islohotlar va hukumat rejalarining ma’nosini tushuntirishga qaror qilgan. Ruzvelt Amerika xalqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio xabarlari orqali murojaat qilib kelgan. Bu nutqlar tarixga «Kamin oldidagi suhbatlar» nomi bilan kirdi. Ruzvelt o‘n ikki yillik boshqaruvining oxirigacha odamlarga murojaat qilib kelgan.

AQSh 32-prezidentining eng yaxshi nutqlari «Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida» nomli kitobda to‘plangan.

«Boylikka yo‘l. Avtobiografiya» Benjamin Franklin

Ushbu kitob davlat va jamoat arbobi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, faylasuf, tadbirkor Benjamin Franklin shaxsini ochib beradi. Uning yuzi hammaga tanish — bu AQShning asosiy banknotasi dollardagi son-sanoqsiz marotaba bosilib chiqqan portretdir. Uning «Vaqt — pul» aforizmini hatto hech narsani bilmaganlar ham biladi. Franklin «Avtobiografiya”si esa uzoq vaqtdan buyon hozirda buyuk shaxslar ro‘yxatiga kirgan muvaffaqiyatli odamlarning qayta-qayta murojaat qiladigan kitobiga aylangan.

«Agar siz odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lish haqida ajoyib maslahatlar olishni, o‘zingizni boshqarishni va shaxsiy fazilatlaringizni yaxshilashni xohlasangiz, hayotning eng qiziqarli hikoyalaridan biri — Benjamin Franklinning tarjimai holini o‘qing», — degan edi amerikalik pedagog va yozuvchi Deyl Karnegi.

Ushbu kitobda Benjamin Franklin 1771 yildan 1790 yilgacha o‘z hayoti haqidagi yorqin eslatmalarni qoldirgan. Ularning barchasi uning vafotidan keyin birlashtirilgan. Franklin bu asarida istehzo va hazil bilan o‘zining g‘ayrioddiy taqdiri va shunday shaxs bo‘lib yetishishiga nima yordam bergani haqida xikoya qiladi.

«Uchinchi dunyodan — birinchisiga. Cingapur tarixi (1965−2000)» Li Kuan Yu

Li Kuan Yu — Singapur davlat arbobi, 1959 yildan 1990 yilgacha mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. Uning rahbarligi ostida resurslari bo‘lmagan kichik oroldagi sobiq Britaniya mustamlakasi kuchli iqtisodiyoti, qulay sarmoyaviy muhiti va barkamol ijtimoiy siyosati bo‘lgan yuqori darajada rivojlangan davlatga aylangan. 2000 yilda Li Kuan Yu «Singapur mo‘’jizasi» haqida memuar yozgan va uchinchi dunyodan birinchi dunyoga chiqish strategiyasini batafsil bayon qilgan.

Kitobda Li Kuan Yu shahar-davlatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun qo‘ygan qadamlari asosli xulosalar bilan izchil tasvirlangan. Muallif, shuningdek, foydali tajribaga aylangan xatolarni ham eslatib o‘tgan. Shuningdek kitobda tashqi siyosatga katta e’tibor beriladi. «Uchinchi dunyodan birinchisiga» — bu mamlakat farovonligiga qaratilgan puxta avtoritar boshqaruv bo‘yicha ajoyib darslik hisoblanadi.

«Davlat boshqaruvi san’ati: O‘zgarayotgan dunyo uchun strategiyalar» Margaret Tetcher

«Davlat boshqaruvi san’ati» — 1979−1990 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan mashhur «temir xonim» Margaret Tetcherning kitobi hisoblanadi. Tetcher bu kitobni 2003 yilda mamlakat rahbariga qo‘llanma sifatida chiqargan va uni Ronald Reyganga bag‘ishlagan.

«Davlat boshqaruvi san’ati» — ko‘p qirrali kitob bo‘lib, u mamlakat rahbariyatining amaliy qo‘llanmasidan tashqariga chiqadi. Unda Tetcher turli mamlakatlarning muammolarini tahlil qiladi va ularning rivojlanishi uchun prognozlar beradi, barqaror ichki va tashqi siyosat uchun demokratiyaning qadrini isbotlaydi, xalqaro xavfsizlikni muhokama qiladi, ko‘plab taniqli siyosiy voqealarga o‘z fikrini bildiradi. Kitobda XX asrning ikkinchi yarmidagi jahon siyosiy jarayonlari haqida umumiy tushuncha berilgan.

«Fikrlar va xotiralar» Otto fon Bismark

Otto von Bismark — mashhur nemis kansleri, uning siyosiy faoliyati cho‘qqisi Germaniya imperiyasi tuzilishi paytiga to‘g‘ri kelgan. Bismarkning 1898 yilda nashr etilgan «Fikrlar va xotiralar» kitobi haqiqiy bestsellerga aylangan: u o‘z kitobida Ikkinchi Reyxning paydo bo‘lishiga olib kelgan voqealar haqida gapirgan.

Biroq, bu shunchaki memuar emas, bu, birinchi navbatda, «o‘tmishni tushunish va kelajak uchun ibrat bo‘lishi uchun o‘g‘illar va nabiralarga» qaratilgan «temir kansler» ning siyosiy vasiyati hisoblanadi. Siyosiy maydonda o‘z faoliyatini yakunlab, Bismark ushbu kitobda nafaqat zamondoshlari oldida o‘zini oqlamoqchi, balki o‘z vorislarini kelajakdagi xatolar haqida ogohlantirmoqchi ham bo‘lgan.

«Ikkinchi jahon urushi» Uinston Cherchill

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri nafaqat o‘z davrining taniqli siyosatchisi, balki juda yaxshi yozuvchi ham edi. 6 jildlik «Ikkinchi jahon urushi» asari Cherchillga tegishli.

Birinchi kitobda 1919 yildan 1940 yil dekabrigacha bo‘lgan voqealar tasvirlangan, muallifning so‘zlariga ko‘ra, ular «oldini olish mumkin bo‘lgan va keraksiz» urushga olib kelgan.

Ikkinchi kitobda xotiralarning uchinchi va to‘rtinchi jildlari nashr etilgan va 1941 yil yanvaridan 1943 yil iyunigacha bo‘lgan voqealar tasvirlangan: fashistlar Germaniyasining Sovet Ittifoqiga bostirib kirishi, militaristik Yaponiyaning AQShga hujumi, Gitlerga qarshi koalitsiya tuzilishi, ittifoqchilarning himoyadan hujumga o‘tishi.

Uchinchi kitobda esa beshinchi va oltinchi jildlari nashr etilgan va 1943 yil iyundan 1945 yil iyulgacha bo‘lgan voqealar — Germaniya ittifoqchilarining taslim bo‘lishi, Tehron, Yalta va Potsdam konferensiyalari, Amerika, Britaniya va Kanada qo‘shinlarining Normandiyaga o‘tkazilishi, Sovet armiyasi va ittifoqchilarining tarixiy g‘alabalari, Germaniyaning taslim bo‘lishi natijasida fashist qo‘shinlari mag‘lubiyati tasvirlangan.

«Mening hayotim» Mahatma Gandi

Mohandas Gandi «baniya» savdogar kastasiga mansub o‘ziga to‘q oiladan chiqqan. Vafotidan so‘ng esa undan faqat bir juft sandal, ko‘zoynak va tayoq qolgan. Butun umrini o‘zini chegaralashga va jamiyatga xizmat qilishga bag‘ishlagan, zo‘ravonliksiz qarshilikni kurash vositasi sifatida ishlatgan, zo‘ravonlik va diniy nizolarga tinimsiz qarshilik ko‘rsatgan eng mashhur hind Gandini «Buyuk qalb» sohibi deb atashadi.

Mahatma Gandining «Mening hayotim» kitobi — buyuk donishmand va tajribali, qalbi toza siyosatchining tarjimai holi, Hindistonning ozod qilinishi va Gandining ruhiy izlanishlari haqidagi hikoya hisoblanadi. Kitobda, shuningdek, «Mening iymonim» va «Salomatlik kaliti» risolalari mavjud bo‘lib, unda Gandi o‘z dunyoqarashi bilan o‘rtoqlashadi, dunyoda mavjud bo‘lgan dinlar, shuningdek, vegetarianlik va axloqiy turmush tarzi muhokama qilinadi.

«Kotib xonim» Madlen Olbrayt

Bill Klinton prezidentligi davrida Madlen Olbrayt Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish harakatlaridan tortib NATOning Kosovoga gumanitar aralashuvigacha bo‘lgan eng muhim va dramatik siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lgan.

AQSh tarixida birinchi marta yuqori darajali lavozim — davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri) bo‘lib tayinlangan ayol o‘zining ochiq memuarida ushbu voqealarni qizg‘in hikoya qiladi va o‘quvchilarga jahon tarixining eng jo‘shqin davrlarida xalqaro munosabatlar sahnasi ortiga nazar solishga imkon beradi.

O‘zining ushbu kitobida Madlen Olbrayt shaxsan muloqot qilgan dunyoning yetakchi rahbarlari va an’anaviy tarzda erkaklar yetakchilik qiladigan diplomatik maydonda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani haqida gapiradi. Kitobda Vladimir Putin, Vatslav Gavel, Yasir Arafat, Ariel Sharon, Binyamin Netanyaxu, qirol Husayn, Slobodan Miloshevich, Kim Chen Ir, Bill va Xillari Klinton, Kolin Pauell va boshqa ko‘plab jahon liderlarining qiziqarli portretlari taqdim etilgan.

«Va’da qilingan yer» Barak Obama

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning «Va’da qilingan yer» kitobi uning memuarlarining birinchi jildi hisoblanadi.

Xotiralarining birinchi jildida Barak Obama o‘zining yoshligi va prezidentlik sari yo‘li haqida hikoya qiladi. U o‘zining siyosiy ma’lumoti va o‘zining tarixiy prezidentligining birinchi davridagi muhim lahzalarni batafsil tasvirlab beradi. Kitob Obama prezidentligining birinchi muddatida Usama ben Ladenni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi bilan yakunlangan. Unda Obamaning tarixda o‘zini tinchlikparvar va «insoniy yuzli siyosatchi» sifatida tarixda qolishga uringanligi ko‘rsatilgan.

«Газета.uz» 10 929

  • # kitoblar
  • # siyosiy yetakchilar