Dasturlash tillari haqida
DTS: dasturlash va dasturlash tillaridan foydalanishni bilish.
Mavzu: Dastur va dasturlash tillari
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog‘liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sishi uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi tuzilgan.
Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Dastur va dasturlash tillari»
Mavzu: Dastur va dasturlash tillari
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Dasturlash va dasturlash tillari haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish..
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.
Darsnin rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.O`quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, fanga bo‘lgan qiziqishini ortirish, zamonaviy texnika o‘zgartirishlariga ko‘nikma va malaka hosil qilish;
Pedagogik vazifalar: O’quv faoliyatini natijalari.
O’qitish usuli: ma’ruza, namoish, klaster, BBB, aqliy hujm
Darsda kerakli bo`lgan jixozlar: ma’ruza matni, doska, kompyuter tehnologiyasi, multimediya proektori
DTS: dasturlash va dasturlash tillaridan foydalanishni bilish.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
Maniotoring va baholash: og’zaki so’rov, tezkor so’rov, nazorat so’rovlari.
Kommunikativ kompetensiya:
-O’z fikrini og’zaki va yozma ravishda tushunarli bayon qila olish,dars davomida adabiy tilda so’zlashishga erishish;
-Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavzuga doir turli xil adabiyotlar,jumladan,kitob,jurnal,televizor,telefon,kompyuterdan foydalana olish;
-O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: dars davomida o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,mustaqil o’qib-o’rganish,bilimini muntazam oshirib borish;
Darsning shiori: Intilganga tolе’ yor.
Ishlash bosqichlari vaqti
Faoliyat mazmuni
1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)
I. Darsning tashkil etilishi: 1.Salomlashaman. 2.Navbatchi o`quvchining axboroti tinglanadi. 3. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish 4.O`quvchilar bilan quyidagi savol-javobni o`tkazaman. O`qituvchi: Assalomu-alaykum, o`quvchilar. O`quvchilar: Assalomu-alaykum. O`qituvchi: Hozir qanday dars? O`quvchilar:Hozir informatika darsi. O`qituvchi: Bugun kim navbatchi? O`quvchi: Bugun men navbatchiman. O`qituvchi: Bugun qanday kun? O`quvchi: Bugun juma kuni. O`qituvchi: Asrimiz qanday nomlanadi? O`quvchi: “Zamonaviy texnologiya va Intellektual yoshlar yili” deb nomlanadi. O`qituvchi: Uyga vazifa nima? O`quvchi: O’qib kelish II. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzuni takrorlashda o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. Tezkor savol-javob o’tkaziladi. Bunda har bir guruhga alohida savollar beriladi. I – guruhga savollar.
Savollar | Javoblar |
Algoritm turlari nechta? | 3 xil turi mavjud. |
Chiziqli algoritm deb nima aytiladi ? | Barcha korsatmalar ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar. |
Takrorlanish boshlanishini bildiradigan blok-sxemasi qanday? | |
Qanday dasturlash tillari mavjud | Basic, Pascal, Vba, Delphi, C, C++. |
Model deb nimaga aytiladi? | Haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nushasidir. |
Algoritm deganda nimani tushunasiz? | Biror bir maqsadga erishishga yonaltirilgan, ijrochi bajarishi uchun mo’ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi. |
II – guruhga savollar.
Savollar | Javoblar |
Algoritmning asosiy xossalari nechta? | Algoritmning asosiy xossalai 5 ta |
Model so’zi qaysi tildan olingan va qanday manoni anglatadi? | Lotinchadan olingan bo’lib modulus-o’lchov,me’yor degan ma’noni anglatadi. |
Informatika nimani o’rganadi? | Kompyuter texnikasining qo‘llanishiga asoslangan fan bo‘lib, u axborotni izlash, to‘plash, saqlash va inson faoliyatining turli sohalarida ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganuvchi sohadir. |
Axborot qanday turlarga ajratiladi? | Uzluksiz (analog) va uzlukli (diskret, raqamli) turlarga ajratiladi |
Kompyuterda masalalarni yechishda 3 bosqich qanday bosqich? | 3 bosqich algoritm tuzish yani masalaning modelidan foydalanib ,hal etishning ko’rsatmalar ketma ketligi tuziladi. |
Abstrakt modelning necha guruhga bo’linadi? | 2 guruhga bo’linadiMatematik, iqtisodiy matematik. |
Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchirag’batlantiriladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qismning – texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o‘yinchoq» bo‘lib qolaveradi. Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo‘ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: Dasturlash tillari
Quyi darajadagi dasturlash tillari;
O`rta darajadagi dasturlash tillari;
Yuqori darajadagi dasturlash tillari
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalariga («ENIAC», «MESM» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan. O‘rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatildi. Masalan, ST 5, BSUM ifoda 5 raqamini BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-store—joylashtirish) degan buyruqni beradi. Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi. Keyingi yillarda juda ko‘p yuqori darajadagi dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular qatoriga Paskal, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic Application kabi tillarni qo‘shish mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi. Dasturlash tillari tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi. Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog‘liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sishi uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi tuzilgan. XIX asrda fransuz Jozef Mari Jakkard 1804 – yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida to‘quv dastgohlari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi. 1836 – yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita ajdodi bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob natijalarini «eslab» qolishida edi. 1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) – shoir lord Bayronning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi lozimligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan til yaratilishini talab etdi. Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo‘lgan buyruqlar tizimini qo‘llash masalasi qo‘yildi va hal etildi.
Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.
Dasturlash tili | Ishlab chiqilgan yil | Dasturlash tili | Ishlab chiqilgan yili |
Plankalkyul | 1946 | PL/1,Beysik | 1964 |
Qisqa kod | 1949 | Algol W | 1965 |
Assembler «Edsak» , AO | 1950 | Logo | 1967 |
Avtokod «Madlen» | 1953 | Algol 68 | 1968 |
Tezkor kodlash | 1955 | APL | 1969 |
A-2, Flou-metik | 1956 | Paskal | 1970 |
IPL-1, Mat-metik | 1957 | Fort | 1971 |
Fortran | 1958 | Prolog, Si | 1972 |
Algol 58 | 1959 | Ada | 1972 |
APT, LISP, Kobol, Algol-60 | 1960 | Smoltok | 1980 |
Paskal tilining umumiy tasnifi XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan frantso’z olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan PASKAL tili Shvetsariyaning Tsyurix shahridagi Oliy texnika maktabining professori Niklaus Virt tomonidan 70-yillarda yaratilgan bo’lib, 1979 yilda standart Paskal deb tasdiqlangan. O’zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraliligi tufayli bu til butun dunyoga tezda tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikroEHM lar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to’griligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma’nosi yaqqol tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.Paskal ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisob ishlarini bajarishga muljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tuzishga imkon beradi. Yana bir afzalligi shundan iboratki, foydalanuvchi xatolikka yo’l kuymasligi uchun yoki xato yezib kuygan bo’lsa, tez tuzatib olishi uchun dasturda ishlatilgan o’zgaruvchilar oldin-dan qaysi turga (toifaga) mansub ekanligi belgilab quyilgan bo’ladi. Shu bilan birga dasturning barcha elementlari haqida ma’lumot tavsiflash bo’limida mujas-samlashgan bo’ladi Operatorlar soni esa imkon darajasida kamaytirilgandir. C++ dasturlash tilining umumiy tasnifi C++ dasturlash tili C taiga asoslangant.tt C esa o’z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan yana operation sistemalarni yozish uchun mo’ljallangan edi. Ken Thompson o’zining B tilida BCPL wing ko’p hossalarini Kerrigan van B da UNIX operationsistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo’lgan. Yani o’garuvchilarning ma’lum bir tipi bo’lmagan – har bir o’zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O’zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo’lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo’lladi. C o’zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko’p muhim tomonlarini o’z ichiga olish bilan bir qatorda o’zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog’langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo’ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo’yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o’zgarishlar yoki umuman o’zgarishlarsiz juda ko’p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko’p qo’shimchalarni o’z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob’ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta’minlash uchun ob’ektli dasturlash g’oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob’ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko’p ob’ektli dasturlshga yo’naltirilgan tillar paydo bo’ldi. Shulardan eng ko’zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o’hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo bo’lganiga ham yigirma yildan oshayapti.C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o’rganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++ ni o’zini o’rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qo’llashni o’rganishdir. Delphi dasturlash tilining umumiy tasnifi Delphi dasturlash tiliWindows uchun mo’ljallangan bo’lib, uning barch versiyasiWindows 3.1 operatsion sistema qobig’ida ishlagan Windows95 operatsion sistemayaratilgandan so’ng, 16-razryadliadi Delphi 2, keyinroq 32-razryadli Delphi 3 versiyasi yaratildi. Windows 98 operatsion sistemasi uchun Delphi ning to’rtinchi versiyasi vaxozirgi kunda Delphi 5 ва Delphi 6-7 paydo bo’ldi. Delphi – bu tezkor dasturlash muhiti bo’lib, uning dasturlash tili sifatida Delphi tili qo’llaniladi. Delphi tili – qat’iy tiplashtirilgan ob’ektli til bo’lib, uning asosida object Pascal yotadi. Ayni vaqtlarda dastruchilar Delphi paketining navbatdagi versiyasi – Borland Delphi 7 Studio dan foydalnishlari mumkin. Avvalgi versiyasi singari Borland Delphi 7 Studio turli dasturlarni yaratish imkonini beradi: oddiy bir oynali dasturlardan tortib toki ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturlargacha. Ushbu paket tarkibiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlovchi, XML-hujjatlar bilan ishlovchi, ma’lumotlar sistemasini yaratuvchi va boshqa masalalarni yecha oluvchi utilitlar mujassamlashgan. Yetinchi versiyaning asosiy yutug’i .NET texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi. Borland Delphi 7 Studio Windows 98 dan toki Windows XP operatsion sistemalardi ishlay oladi. Kompyuterlarga qo’yiladigan talablar: 166 MGs taktli chastotadan kam bo’lmagan Pentium yoki Celeron tipidagi protsessor (Pentium II 400 MGs tavsiya etiladi), tezkor xotira – 128 Mbayt (256 MBayt tavsiya etiladi), diskdan yetarlicha bo’sh joy (Enterprise ning to’liq o’rnatilishi taxminan 457 MBayt ni egallaydi). O`quvchilar endi ko`zlarimizga bir oz dam beramiz . Dam olish daqiqasi .Ko`z uchun .Mashqlar o`tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi .1-4 hisobda ko`z mushaklarini tarang tortib ko`zni yumamiz.1-6 hisobda ko`z mushaklarini bo`sh qo`yamiz va ko`zni ochamiz.(4-5 marta takrorlanadi ). Mavzu yoritilib bo’lgach o’quvchilar darsni qanchali o’zlashtira olganligini aniqlash uchun BBB jadvali metodini qollaymiz.
BBB jadvali
№ | Mavzu savollari | Bilaman | Bilib oldim | Bilmoqchiman |
1. | Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering. | |||
2. | Dasturlash tillari necha guruhga bolinadi ? | |||
3. | Dastur deb nimaga aytiladi ? | |||
4. | Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz? | |||
5. | Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi? | |||
6. | Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? |
Mustahkamlsh uchun testlar
1.Dasturlash tillari shartli ravishda necha guruhga ajratiladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 2. O`rta darajadagi dasturlash tillari boshqacha qanday ataladi? A) tarnslyatorlar B) operatorlar C) mnemokodlar D) assemblerlar 3. Dasturlash tili deb nimaga aytiladi? A) kompyuter buyruqlari B) algoritm turi C) IKS D) kompyuter tushunadigan til 4.Tuzilgan dasturni kompyuter xotirasiga kiritish masalani kompyuterda yechishning nechanchi bosqichida amalga oshiriladi ? A) 3-bosqich; B) 4-bosqich; C) 5-bosqich D) 2-bosqich ;
V. Uyga vazifa II bob,12-mazuni o`rganish.29-31-betlar Foydalanilgan asosiy manbalar 1.B.Boltabayev, M.Xakimov, A.Azamatov.Pascal tilida dasturlash.Metodik qo’llanma-T:2007 2.SH.Xidirov, B.Xurramov, G.Ishanxodjayeva.Algoritm va Pascal dasturlash tili bo’yicha berilgan misol va masalalar yechish usullari.O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma-T:2012 c”NIHOL “nashriyoti.
“Dasturlash tillari haqida”
Eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo`ljallangan dasturlash tili. “Formulalarni o`girish” tili FORTRAN (FORmula TRANslator), 1956 yili John Backus tomonidan IBM(International Business Machines – Xalqaro biznes mashinalari) korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan. Tilda arifmetik amallar, tarqalgan mantiqiy masalalar, ro`yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. Fortran tili hozirgacha mustahkam o`rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan ma’lumotlarga matematik ishlov berish uchun mo`ljallangan. Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval qanday bo`lsa, shundayligicha qolganligidadir. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan rusumlaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77 bo`ladi. 1992 yili uchinchi rusum FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko`pgina yangi elementlar paydo bo`ldi, turli maslaklar bilan uyg`unlik ta’minlandi, matritsalar ustida amallar qo`shildi.
COBOL (Common Business Oriented Language), “ biznesga yo`naltirilgan hammabop til” . U 1950 yillar oxiri 1960 yillar boshida ishlab chiqilgan, FORTRAN tilidan so`ng eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Bu til, katta kompyuterlarda bajariladigan biznes qo`llanmalarni ishlab chiqishda alohida tarqalib ketdi. Ingliz tiliga yaqinlashtirilgan, fayllar va yozuv shakllari bilan ishlashning rivojlangan vositalari bilan ajralib turadi. COBOL tilida ish hujjatlari uchun namunaviy bo`lgan tuzilmaga ega ma’lumotlar yaxshi tavsiflanadi. Unda masalalar dastlabki tayyorgarliksiz bayon qilinishi mumkin.
BASIC (Beginner’s All-purpose Symbolic Instruction Code), “boshlovchilarga barcha maqsadlar uchun buyruq kodlari” deb atalgan til. 1960 yil o`rtalarida Dartmut kollejida talabalar uchun John Kemeney va Thomas Kurtz tomonidan ishlab chiqilgan. Til sodda va qulay bo`lib chiqdi va foydalanuvchilarning uncha katta bo`lmagan tizimlar bilan muloqot maromida ishlashida katta shuhrat qozondi. O`zining soddaligiga qaramay BASIC ko`pgina qo`llanmalarni ishlab chiqishda qo`llaniladi. BASIC tili tavsifining ANSI standarti mavjud bo`lsa ham, BASICning ko`pchilik rusumlari kengaytmalarni o`z ichiga oladi. Masalan, Microsoft kompaniyasining Visual Basic mahsuloti, BASIC tilining standartiga qo`shimcha ravishda, obektga – yo`naltirilgan funksiyalar to`plamini o`z ichiga olgan. Hozirgi kunda, BASIC tilining turli xillari qo`llanmalarning makrotillari sifatida qo`shilmoqda. Masalan, Microsoft Word va Excel foydalanuvchiga shu qo`llanmalarni sozlash va avtomatlashtirish uchun dasturlar yozish imkonini beradigan BASIC tilining rusumini qo`shadilar.
Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog`ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug`i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o`girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o`zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
Assembler tili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. 1960 yil oxirlarida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Bu til, 17 asrda yashab o`tgan fransuz matematigi Blaise Pascal sharafiga atalgan. Blaise Pascal sonlarni qo`shish uchun yaratilgan dastlabki mexanik mashinalardan birining ixtirochisi bo`lgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Dastlab Pascal dasturlashga o`qitish uchun foydalanilgan. Hozir xilma xil dasturlarni tuzishda keng qo`llanmoqda. Oddiy til, xilma xil turdagi ma’lumotlarga ishlov berish imkonini beradi va turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi.
Pascal tili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Bell Labs kompaniyasida Dennis Ritchie tomonidan 1970 yil o`rtalarida ishlab chiqilgan. Si tilidagi birinchi ahamiyatli dastur UNIX operatsion tizimi bo`ldi, bundan keyin bir necha yil davomida Si tili UNIX bilan chambarchas bog`landi. Ammo, hozirga kelib, Si tili UNIX dan mustaqildir. Soddalik, samaradorlik va boshqa operatsion tizimlarga yengil ko`chirish imkoni bu tilni keng tarqalgan tillardan biriga aylantirdi. Si tilida zamonaviy yuqori pog`onadagi tillarning alomatlari va Assembler tili bilan uyushadigan kompyuterni texnika vositalarini manzillash imkoni muvaffaqiyatli qo`shilib ketgan. Si tili kasbiy dasturchilarni jalb qiladigan qulay sintaksisga ega. Si tili ISO tomonidan standart sifatida tasdiqlangan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmadan foydalanilishi kengaytirilgan C++ tili paydo bo`lishiga olib keldi.
Ingliz tilida “see-sharp” deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili. Ci va C++ tillarining chatishmasi bo`ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o`zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# veb-qo`llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan. Til qat’iyan statatik namunalashgan bo`lib, qat’iy obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari ma’lumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko`p oqimli hisoblar, vakil – funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig`adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so`nggi rusumi bo`lib C# 2.0 hisoblanadi.
Ixtisoslashgan PERL (Practical Extraction and Report Language bosh harflaridan olingan) til. Matn fayllarini ko`rib chiqishga, ulardan axborot chiqarib olishga va choplashga mo`ljallangan. PERL tili 1987 yili paydo bo`lib, avval tizimli dasturlashga mo`ljallangan edi. So`ngra uning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Til o`rganish uchun oson, hajmi katta emas, foydalanishda yengil va yuqori samaradorlik bilan tavsiflanadi. PERL tilining sintaksisi Si tilining sintaksisi bilan to`la mos keladi. PERL tili ishlaydigan ma’lumotlar hajmi cheklanmagan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmani quvvatlaydi. Turli maslaklarda ishlay oladi. Bepul tarqatiladi. PERL tili CGI skriptlarni yozishda keng tarqalgan tillardan biri bo`lib qoldi. PERL da yozilgan dasturlar server tomonidan ishga tushirib yuboriladi. Asosan, UNIX-yo`naltirilgan veb-serverlarda qo`llaniladi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, dinamik sahifachalarni yaratish uchun foydalaniladi.
Ixtisoslashgan (Hypertext Preprocessordan olingan) til. Veb-sahifalar mazmunini dinamik tarzda shakllantirib skriptlarni veb-server tomonda yaratish uchun mo`ljallangan. PHP tili1994 yili Rasmus Lerdorf tomonidan ishlab chiqilgan. So`ngra, tilni ishlab chiqish ishlari boshqa mutaxassislar tomonidan davom ettirilgan. PHP skript (sintaksisi Perl va Ci tillarinikiga o`xshash) HTML hujjatda maxsus PHP teglar ichida joylashgan bo`ladi. Chunki, PHP serverda bajariladi, mijoz esa PHP kodning mazmunini ko`ra olmaydi. PHP, CGI dasturning ixtiyoriy vazifasini bajarishi mumkin, ammo, uning bosh afzalligi ko`pgina ma’lumotlar bazalari bilan uyg`unlashganligidir. PHP, IMAP, SNMP, NNTP, POP3, HTTP bayonnomalarini quvvatlaydi.
Yuqori pog`ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida AQSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo`llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo`lib, jiddiy to`ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Til ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini quvvatlaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan.
Algoritmning boshlanishini va tugashini bildiruvchi blok
Kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish bloki
Hisoblash va ta’minlash bloki
Shartni tekshiruvchi blok
uses crt;
ism: string [40];
begin
clrscr;
writeln (‘ismingiz?’);
writeln (‘(Ismingizni kiriting va ni bosing)’);
write (‘ ‘);
readln (ism);
writeln (‘Salom, ‘, ism, ‘ ! ‘);
readln;
msg: string [80];
n: integer;
begin
msg:= ‘Salom buyuk dasturchilar!’;
for n:=1 to Length (msg) do
begin
write (msg[n]);
Delay (100);
readln;
program Evklid;
uses crt;
var a,b,x,y,z: integer;
begin
clrscr;
writeln (‘Sonlari kiriting’);
readln (a);
while (ab) do
then a:=a-b
else b:=b-a;
writeln (‘EKUB=’,a);
readln;
Mil. Avv. 325-265 y.
program EKUK;
uses crt;
function EKUB(a,b:integer):integer;
begin
clrscr;
If (b=0) then
EKUB:=a
EKUB:=EKUB(b,a mod b);
x,y:integer;
begin
writeln(‘sonlarni kirirting’);
readln;
uses crt;
belgi:char;
code: integer;
begin
clrscr;
writeln (‘Belgini kiriting ni bosing.’);
writeln (‘Dastur ishini tugatish uchun nuqtani kiriting!’);
repeat
write (‘ ‘);
readln (belgi);
code:= Ord (belgi);
writeln (‘belgi’,belgi,’ kod: ‘,code);
until belgi= ‘.’;