Chaqaloq kiyimi sotiladi kiyilmagan
Faqatgina insonlar shunaqa ahmoq bo’lishlari mumkin. Bir birlarini jondan ortiq qattiq sevishadi va yana yetmagandek doim bir-biriga azob berib yashashadi…M_S
«Bolamning kiyilmagan tuflisi qoldi…»
Gazetada amerikalik adib Ernest Xemingueyning hayoti haqidagi maqolani o`qib “e-voh” deb yubordim. Shu kungacha o`zimni “Yo`q, buning hammasi tasodif” deb ishontirib kelardim. O`tgan hayotim ko`z oldimga kelsa, miyamning bir chetida qilgan noma`qulchiligim uyg`onib qolsa, esdan chiqarishga, hammasini tasodifga yo`yishga harakat qilardim. Garchi men qilgan ish bolamning taqdiriga to`g`ridan-to`g`ri aloqasi bo`lmasa ham o`zimni ayblayveraman. Ayniqsa, yozuvchining dunyodagi eng qisqa hikoyasini o`qib.
Keling, bir boshidan gapirib beraman. To`yimizdan keyin bir oy ham o`tmay kichik qaynsinglimning fotihasi bo`ldi. Hali u bilan tuzukroq tanishib ham ulgurmasimdan uzalib ketdi. Kelin bo`lib tushgan uyim anchayin kamxarjroq ekanini, bizning to`yimizdan keyin yana to`y qilishga juda qiynalishganini uydagi gap-so`zlardan, qaynsinglimga qilingan seplardan bilib turardim. Turmush o`rtog`im yaqindagina institutni tamomlab, yangi ishga kirgan, maoshi ham shunga yarasha edi. Oila a`zolariga to`y uchun moliyaviy yordam berolmasdi, oliy o`quv yurtida o`qiyotganim uchun talaba xotiniga kundalik xarajatlariga amallab pul topar, o`zi esa ishxonada tushliksiz yurardi. Shularni ko`rib, men ham yordam bergim kelar, shundoq ham shartnoma pulini to`layotgan ota-onamdan so`rashga botinolmasdim. Ertaga qaynsinglimning «mol yoyar» kuni deganda, yarim kechasi qaynonam oshxonada yig`lab o`tirganini ko`rdim. Oldiga borishni ham, bormaslikni ham bilmay tursam, qaynonam ko`z yoshlarini artib, dedi:
— Qo`rqmang, xursandchilikdan yig`layapman. Erkatoy qizimni uzatayotganim uchun ham yig`layapman. Ko`rmaysizmi, shu kenjatoyimning to`yini qudalar shoshirib, tayyorgarchiligimiz yo`q bo`lsa ham tezlashtirib yuborishdi. Ertaga opalaringiz bilan mol yoyib kelasiz, qaynonasiga yoqmasligi aniq. Mebelni olishga oldigu ichini to`ldirishga tuzukroq hech nima yo`q. Qo`lida kuyov bergan bir uzuk, qulog`ida bolaligidagi ziragi. Dadangiz ikkimiz nafaqaga chiqib, ishlamayapmiz-da, ikkita opasini uzatganimizda yosh edik, bunchalik qiynalmagandik, endi qarz ustiga qarz bo`lib ketdi.
Ertalab servantimdagi eng yaxshi servis, chinnilarimni olib qutiga joyladim. Yuk mashinasi kelganda olib chiqib, qaynonamga ko`rsatdim. “Oyijon, hali bundan yaxshilarini o`g`lingiz olib beradi, men bir ko`ruvdan o`tdim, endi hech kim uyat qilmaydi. Shularni Nodiraxonga berib yuboramiz, maylimi?” dedim. Qaynonam avvaliga qattiq qarshilik qildi, Nodiraning qiziquvchanlik bilan qutini ochib ko`rib, chinnilarni ushlab javdirab turganini ko`rib, so`ng rozi bo`ldi. Tan olaman, men tug`ilib o`sgan oila nihoyatda tejamkor edi, birovga uni yoki buni shunchaki sovg`a qilib yuborish qattiq qoralanar edi. Agar onam bu qilgan ishimni bilsa yaxshigina gap eshitishim, hatto qudalarning orasiga sovuqchilik tushishi aniq edi. O`sha paytda yangi kelin emasmanmi, mening ham bir mardlik qilgim, uydagilarning mehrini tezroq qozonib, ishongan kishisiga aylangim kelardi. O`sha kuni turmush o`rtog`im bemaslahat qilgan ishimdan qattiq xafa bo`ldi, “Erta bir kun minnat qilmasang bo`ldi”, dedi. Shunday qilib, to`yga bir kun qolganda quda tomon qo`ng`iroq qilib, qaynonamga “Quda, yaqindagina o`zingiz kelin tushirgan edingiz, hamma narsaning zamonaviysi qanaqa bo`lishini ko`rgandirsiz. Molni yoyib ketdinglar-u, hamma narsadan naftalin hidi kelyapti, derazalarni ochib qo`ydim,” deb qaynonamning qon bosimini oshirib yubordi. To`y ham bo`lib o`tdi, ertasiga kelinsalom o`tdi, indiniga qovurdoq olib bordik. Qarasam, Nodiraning ko`zlari qizargan.
— Bugun ertalab qaynonam xonamga kirib, qanday tilla taqinchoqlaringiz bor, nega qo`lingiz bo`m-bo`sh, deb so`radi. Nima deyishimni bilmay, oyim bir oydan keyin hayitga olib boraman, degandilar, deb javob berdim. Endi buni oyimlarga qanday aytaman.
Qaynisinglim uvvos tortib yig`lab yuborgandan keyin qo`lim to`la uzuklarni ko`rib, o`zim uyalib ketdim. Eng katta, ko`zga ko`rinarli uzugimni olib qo`liga taqdim.
— Siz hayitgacha mana shuni taqib turing, oyijon albatta komplekt olib beradilar, men aytaman, keyin sekin qaytarib beraverasiz, — dedim.
Bir oy o`tgach, hayit yo`qlovga haqiqatan ham tilla uzuk va zanjir olib bordik. Turmush o`rtog`im do`kon bilan kelishib, har maosh olganda qanchadir qismini beradigan bo`ldi. Hayitning uchinchi kuni mehmon bo`lib borsak, qaynsinglim mendan ko`zlarini yashirib, negadir xijolat tortaverdi. Men ham uning qo`lida uzugimni ko`rmay, so`rashga uyalib qaytib kelaverdim.
Xullas, oradan yana bir oy o`tdi. Qaynisinglim bir oyda bir marta uyga kelganida badani momataloq bo`lib ketganini ko`rsatib, rosa yig`ladi. Mashina tuzatadigan usta bo`lgan eri ichishni yaxshi ko`rarkan. Ichib olgan kuni ishga bormay, to`polon qilar, buning ustiga kechasi allamahalgacha yo`q bo`lib ketib, keyin hiringlab kulib uyga kelar ekan. Qaynonasi esa “Hammasiga siz aybdorsiz, bungacha o`g`lim tuppa-tuzuk edi”, deb kelinga ayb to`nkar ekan. Va ma`lum bo`ldiki, kuyov aynan men bergan uzukni olib qayoqqadir gumdon qilibdi, “topib bering” desa, urib shu ahvolga solibdi. Qaynonasiga yig`lab aytib bersa, “O`zingiz yolg`on gapirsangiz mayli-a, birovning uzugini taqib olib?! Balki o`g`lim olmagandir, nega sizga ishonishim kerak?” deb kalaka qilibdi. Uzuk yo`qolganini bilib, ichimdan qirindi o`tib ketdi, ammo damimni chiqarmay, “Mayli, topilib qolar” dedim. Erimga aytdim, u “Ko`rinishini chizib ber, yasatib beraman, onang bilmay qolsinlar”, dedi. Ammo uyga kelgan pul faqat qarz to`lashga ketayotgan edi, uzugimni yasatish masalasi unut bo`lib ketdi.
Keyingi safar qaynisinglim uyga mehmonga kelganda homilador ekanini aytdi. To`yimizdan besh oy o`tgan bo`lsa ham hali menda hech o`zgarish yo`q edi. Uning yangiligidan hammamiz xursand bo`ldik, negadir qaynonamning yuzi tund edi. Qaynotamga “Bu kuyov noboproq chiqdi, hiringlab yurishidan nasha chekarmikin, ishqilib giyohvand emasmikin, bolaga ta`sir qilmasmikin, aqlini yig`ib olarmikin”, deyotganini eshitib qoldim.
Oradan ikki yil o`tdi. Nodiraning bolasi bir yoshdan o`tganda mening ko`zim yoridi. Onam birinchi nabirasiga atab beshikto`yga dunyoning bor narsasini sarpo qilib keldi. Qaynisinglim esa bu paytda nimjongina bolasi bilan hovlimizdagi kichkina xonada yashardi. U turmushga chiqib bir kun ham ro`shnolik ko`rmadi, ichadigan eri giyohvand ham bo`lib chiqdi. Erining sotib ichmagan narsasi qolmadi. Nodira qishning sovuq kunida qornidagi to`qqiz oylik bolasi bilan aftodahol qaytib kelganida, egnida paltosi ham yo`q edi. Bu paytda o`qishim ham bitib qolgan, endi kun bo`yi uch ayol — qaynonam, Nodira va men uyda o`tirar edik. Bir kun do`st bo`lsak, ikkinchi kun oramizdan olamushuk o`tib, arazlashib qolardik. Nodiraning bolasi ko`p kasal bo`laverar, erimning topgani bolakayni davolashga ketardi. Negadir o`sha bolaga ko`p e`tibor qilishayotganini, hamma uni ko`tarib yurishini ko`rib, ba`zan rashk qilardim. Beshik to`yda bolamga atab qilingan kiyim-kechaklarning asosiy qismi qaynisinglimning o`g`liga to`g`ri kelar, erim ba`zan mendan so`ramasdan o`sha chiroyli kiyimlarni olib chiqib, jiyaniga sovg`a qilardi. Ikki yoshdan oshgandan keyin Nodira o`g`li Boburni bog`chaga berib, o`zi tikuvchilikni o`rgana boshladi. Yangi yil bayrami oldidan o`g`liga atab, zarlar qo`shib chiroyli ko`ylak va shim tikib berdi. Faqat oyog`iga kiyishga tuflisi yo`q edi. Buvasi “Bayramgacha nafaqamni olsam, o`zim yangi tuflini sovg`a qilaman” dedi, lekin bor pulini yana qarzini qaytarish uchun berib yubordi.
Yangi yil oldidan onamnikiga mehmonga bordim, onamga qaynisinglimga qancha yaxshilik qilmay, men bilan urush qilaverishi haqida obdon hasrat qildim. Onam esa hammasida o`zimni aybladi, ne qiyinchiliklar bilan qilgan tillasi, chinnisini berib, ko`kka sovurganimni, hatto egnimdagi kiyimimgacha tutqazib, uning burnini ko`targanimni aytdi. Bu gaplardan fig`onim falakka chiqib uyga kelsam, Bobur oyog`iga yangi tufli kiyib “papoq oberdi tog`a” deb maqtangancha yugurib chiqdi.
— I-ya, bu tufli sandiqda turgan edi-ku? Asliddinga buvisi olib kelgan-ku! — dedim g`azabimni ichimga yutolmay.
— Akam Bobur kiyaversin, hali Asliddin kichkina, yuradigan bo`lganida boshqa olib beramiz, deb berdi. Ertaga faqat bayramda kiyadi, tagi kir bo`lmaydi, bog`chaga etigida boradi.
— Ha, akangiz har kuni uzugingni yasatib beraman, paltoingni yangilayman, o`g`limiz katta bo`lsa, undoq qilaman, bundoq qilaman, deb va`da bergani-bergan. Beshik to`yda niyat qilib onam olib kelgan birorta narsani bolam hali oxorli qilib kiygani yo`q. Oldin Bobur kiyadi, undan ortsa, o`g`limga!
Nimalar deb sannaganim esimda yo`q, erimning bitta tarsakisi bilan joyimga o`tirib qoldim. Bayramga Bobur o`zining etigini kiyib ketdi. Oradan besh oycha o`tib, qaynisinglim befarzand bir odamga turmushga chiqdi, o`g`lini ham olib ketdi.
O`g`lim Asliddin bir yarim yoshdan oshdi, lekin haliyam qadam tashlay demasdi. O`rnidan turishga, zinadan chiqishga, ba`zan hatto emaklashga ham holi kelmasdi, o`rnidan turmoqchi bo`lsa oyoq qo`llarini yozgancha qimirlay olmasdi. Shifokorlar dahshatli tashxis qo`yishdi: «qurbaqa» holat — Verdnig-Goffman spinal amiotrofiyasi. Bu nasldan naslga o`tuvchi mushaklar faoliyatining buzilishi ekan. Kasalxonama-kasalxona yugurardik, hali uqalashga, hali issiq vannaga olib borardik, bir necha marta qon quydirib ham ko`rdik. Bu kasallik juda tez rivojlandi, bolam uch yoshga to`lishiga bir kun qolganda bizni tashlab ketdi.
Oradan besh yil o`tdi. O`g`limdan keyingi qiz ko`rdik, ikkiga to`ldi, shukrki, hozir oldimda yugurib yuribdi. Biroq to`ng`ichim Asliddinimni eslasam, dunyolarga sig`may ketaman. Bolam yurganida kiyadi, deb Boburga kiydirmaganim, bolamning g`ujanak bo`lib qolgan oyoqchasiga biror marta ham o`lchab ko`rmaganim – o`sha tuflichaning changini har kuni artaman. Boburning oyoq kiyimlari hozir juda ko`p, qaynisinglim ikkinchi turmushidan baxtini topdi, badavlat va mehribon turmush o`rtog`i bor.
Gazetada yozishlaricha, Ernest Xeminguey dunyodagi eng qisqa — oltita so`zdan iborat hikoya yozishga qaror qilib, ushbuni yozgan ekan: «Bolalar oyoq kiyimi sotiladi, kiyilmagan (For sale: baby’s shoes, don’t used). Bu hikoya o`z ichiga qanchadan qancha vaziyatlar-u taqdirlarni o`z ichiga oladi, har kim o`z tasavvuricha o`qiydi bu hikoyani.
Aziza QURBONOVA yozib oldi.
Chaqaloq kiyimi sotiladi kiyilmagan
Qalbingizga yetib boradigan va sizga manzur keladigan so‘zlar faqatgina @manoli_so kanalidadir❗
Kanalning shaxsiy belgisi: M_S
⚜ #manolisozlar ⚜ #statuslar ⚜
About
Blog
Apps
Platform
Manoli So’zlar
113 subscribers
Agar sen bilan birga bo’lish taqdirimda yozilgan bo’lsa, hech kim bizga to’sqinlik qilolmaydi
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
6.4K views edited 14:16
G’ururim baland lekin yerda yuraman.
Boriga shukur qilib, yog’iga harakat qilaman. Sabr inshaAllah
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Inson ba’zan o’zidan nafratlanib ketar ekan. Nega deysizmi? Qimmat vaqtini, arzon insonlarga sarflagani uchun.!
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Hatto “O’q” dan ham tezroq uchadigan narsa bor! Bilasizmi u nima? G’iybat.!
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Onajonim, duo qiling, asrasin meni yolg’onlardan. Mehribonim, duo qiling, saqlasin meni ro’yolardan. Vafosi yo’q, iymoni yo’q, sadoqatsiz insonlardan. Duo qiling, hamroh bo’lsin, asrasin bu sinovlardan.
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Ba’zan insonlarga ming “Tonna” lab maslahatlardan ko’ra, bir “Gram” gina mehr ko’proq kerak bo’lar ekan…
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
To’g’ri… Men “Boy”ni bolasi emasman. Lekin bir kuni otam boyni otasi bo’ladilar
InshaAlloh
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Har bir yigit topsin halol yo’lini. Yetsin qayga cho’zsa qo’lini. Halollikdan topsin kiygan to’nini. Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim. Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Biz hech qachon bir-birimizni unutmaymiz. Lekin hech qachon bir-birimizni qaytara olmaymiz ham
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Menga farishtalar taxtini emas, bir ayol baxtini bergim Ollohim
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Menga “Yaxshi narsalar haqida o’yla” deb aytishsa, men doim siz haqingizda o’ylayman OYIJON
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Sen shunchaki doim men bilan birga bo’lsang bas. Sendan boshqa hech nima talab qilmayman
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Ba’zan uzoq-uzoqlarga ketgim keladi.
Hech kim yo’q joylarga…
Butunlay izsiz yo’q bo’lib qolgim keladi…
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey bir kuni 4 ta so’zdan iborat juda qayg’uli hikoya yoza olaman deb bahs bog’ladi. Va u bu bahsda yutdi.
Bu hikoya esa…
“Chaqaloq kiyimi sotiladi, kiyilmagan”
Tushungan bo’lsangiz biz bilan kanalda qoling!
M\_S ⚜ t.me/manoli\_so ⚜
10.2K views edited 13:06
Eng Yomon odamlardan biri: Birovning Qalbi va uning his tuyg’ulari bilan o’ynashgan Odamdir: Sevasanmi? Unda kurash Go’lib bo’l Sevmaysanmi? Unda unga umid berma….?
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
11.0K views 12:36
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odam tanlashda adashmang…
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
11.5K views edited 17:32
Faqatgina insonlar shunaqa ahmoq bo’lishlari mumkin. Bir birlarini jondan ortiq qattiq sevishadi va yana yetmagandek doim bir-biriga azob berib yashashadi…M_S
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Biz birga yashash uchun inson izlaymiz.
Oqibatda… Usiz yashay olmaydigan insonni uchratamiz. M_S
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Sen menga do’stlarim juda ko’p deysanmi?
Qiziq… Yomon axvolga tushib qolsang ulardan nechtasi yordam berarkin? M_S
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Bir inson bilan suhbatlashayotganingizda, faqat o’sha insonning o’zi haqida gapirsangiz, u sizni hatto soatlab ham tinglashi mumkin.M_S
M_S ⚜ t.me/manoli_so ⚜
Bolalar kiyimi savdosi – sotiladi
Siz ushbu toifaga kiruvchi o‘xshash e‘lonlarni topishingiz mumkin.
- OLX asosiy bo‘limlari
- Bo‘limda bo‘linmlar “Bolalar dunyosi”
- Bo‘limda bo‘linmlar “Bolalar kiyimi”
OLX asosiy bo‘limlari :
Bo‘limda bo‘linmlar “Bolalar dunyosi” :
Bo‘limda bo‘linmlar “Bolalar kiyimi” :
- Toshkent viloyati (102)
- Xorazm viloyati (6)
- Namangan viloyati (1)
- Samarqand viloyati (22)
- Sirdaryo viloyati (5)
- Surxondaryo viloyati (1)
- Buxoro viloyati (21)
- Andijon viloyati (2)
- Farg‘ona viloyati (11)
- Jizzax viloyati (1)
- Navoiy viloyati (10)
- Qashqadaryo viloyati (1)
Bolalar fb kiyim-kechagi savdosi OLX.uz O‘zbekiston e‘lonlar taxtasida. Farzandingiz uchun zamonaviy kiyimlarni xarid qiling. Zamonaviy va arzon kiyimlar OLXda (avvalgi Torg)!