Chaqaloqlar rasmi kolleksiyasi, yoqimtoy va chiroyli bolalar
Bola emib bo‘lgach, uni chayqatish, qorni bilan yotqizish mumkin emas. Tik ko‘targan holda biroz ushlab turing. Agar emizishdan so‘ng ozroq qayt qilsa, bu xavfli emas. Bola oshqozoniga ortiqcha bo‘lganini shu tariqa chiqarib tashlaydi. Chaqaloqlarda hazm qilish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagani bois emib bo‘lgach, qayt qilishi mumkin. Biroq tez-tez va emizish vaqtidan tashqari ham qayt qilsa, shifokorga ko‘rsating.
Chilla davri: chaqaloq parvarishi va ona salomatligi
«Chillali ayol» yoki «Chillali chaqaloq» degan gaplarni ko‘p eshitamizu, ammo hamma ham chilla davri haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa kerak. Chilla chaqaloq va ayol salomatligi uchun g‘oyat muhim davr hisoblanib, o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Mundarija
- Chaqaloq tug‘ruqxonadan uyga olib kelingach, qanday urf-odatlar o‘tkaziladi?
- Azon aytish
- Ism qo‘yish
- Soch kesish, tirnoq olish
- Chilla kiyimlari
- Aqiqa marosimi
- «Chillasi chiqdi!»
- Chilla davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
- Bachadon qisqarishi
- Qin ajralmalari
- Bachadon tushishi
- Oyoqlar uvishishi
- Ko‘krak
- To‘g‘ri ichak
- Hayz
- Jinsiy hayot
- Homiladorlikdan saqlanish
- Chilla davri kasalliklari
- Chaqaloq parvarishida nimalarga e’tibor qaratish kerak?
- Kindik tushishi
- Liqildoq
- Tana vaznining o‘zgarishi
- Emizish vaqti
- Qachon cho‘miltiriladi?
- Uyqu vaqti
- Qayt qilishi nimadan?
- Nega tez-tez aksiradi?
- Yo‘rgaklash mumkinmi?
- Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin?
- Ichak muammolari
- Teri toshmalari
- Burun bitishi
- Og‘iz oqarishi
- Shamollab qolsa…
Chaqaloq tug‘ruqxonadan uyga olib kelingach, qanday urf-odatlar o‘tkaziladi?
Azon aytish
Yoshishi ulug‘ buvilarimiz chaqaloqning kindigi tushishi bilan qulog‘iga azon aytilishi kerak, deyishadi. Bu ishning xosiyati chaqaloqning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga takbir aytish orqali muborak kalimalarni bola qalbiga jo qilishdan iboratdir. Azon aytilishidan avval chaqaloq cho‘miltirilib, poklanadi.
Ism qo‘yish
Hadis va rivoyatlarda keltirilishicha, ota-ona farzandiga ism tanlashda uning mas’uliyati va oxiratdagi savol-so‘rog‘ini o‘ylashlari lozim ekan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism tanlashni ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribasi bor buvayu buvijonlar, ya’niki oila kattalari bajarsalar to‘g‘ri bo‘lardi.
Soch kesish, tirnoq olish
Chaqaloqning soch va tirnoqlari o‘sgan bo‘lsa, avval yoshi katta buvilar Allohning kalomini keltirgan holda bola tirnog‘iga qaychi urishadi. So‘ng tirnoq va sochlar yana o‘sishi bilan bu ishni onaning o‘zi ham bajarishi mumkin. Asosiysi, bolaning terisiga shikast yetkazmaslikka harakat qiling.
Beshikka solish udumi chilla davrining yetti kuni davomida amalga oshiriladi. Hatto shifokorlar bolani beshikka solishni tavsiya etishmagan bo‘lsa ham irimi uchun beshikka solish marosimini bajarish mumkin. Bu «beshikka solingan bola «o‘z yotog‘i»ga ega bo‘ldi, endi uning ham o‘z makoni bor» degan ma’noni anglatadi.
Chilla kiyimlari
Qirq kun davomida chaqaloqqa bir necha xil liboslarni kiydirsangiz, chillasi chiqqach, ularni yuvib-tozalab, alohida olib qo‘ying. Boisi chilla vaqtidan so‘ng «bolaning chinakam hayoti boshlandi» degan ma’noda avval ishlatilgan kiyimlardan foydalanilmaydi. Ba’zi irimlarga ko‘ra, chilla vaqtidagi kiyimlardan davomiy foydalanaverish chilla toshmalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lar ekan. Ammo bu kiyimlarni keyingi farzandingiz uchun bemalol ishlatsangiz bo‘ladi.
Aqiqa marosimi
Oilada farzand dunyoga kelgach, imkon qadar Alloh roziligi yo‘lida qurbonlik uchun biron jonliq so‘yiladi. Aqiqani chaqaloqning 21 kunligida yoki 4 oygacha bo‘lgan vaqtida bajarish mumkin. Bu marosim oilaning imkoniyatidan kelib chiqib bajarilgani ma’qul.
«Chillasi chiqdi!»
Chilla davrida shom vaqtida kelgan mehmonlarga chaqaloq ko‘rsatilmaydi. Kech tushishi bilan bolaning yuvilgan kiyimlari tashqarida qoldirilmaydi. Onaga ham shom vaqti tashqariga chiqish ma’n etiladi. Chillaning 40-kuni esa yoshi ulug‘ buvilar tomonidan bola «tilla suvi»da cho‘miltiriladi. Bunda onaning barcha tilla taqinchoqlari chelakdagi suvga solinib, bola cho‘miltirilgach, ustidan quyiladi. Bu marosimning ma’nosi «bolaning hayoti tilla kabi toza bo‘lsin» degani. Chaqaloq chilladan eson-omon chiqdi degan xabarni bildirish uchun esa yupqa pishirilib, qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatiladi. Chaqaloq cho‘miltirilgandan so‘ng albatta yangi ust-bosh kiydirilishi kerak.
Chilla davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Tug‘ruqni boshidan o‘tkazgan ayol uchun chilla saqlanishi bejiz emas. Aynan mana shu vaqtda ayol organizmi asta-sekin o‘z holiga qaytadi. Shu bilan birga, qirq kun ichida ayol organizmida bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bachadon qisqarishi
Tug‘ruqdan so‘ng bachadon sekin-asta qisqarib, chilla davri tugangunga qadar o‘z holiga qaytadi. Avvaliga a’zo qisqarishi tezlashib, tug‘ruqxonada qorinning pastki sohasidagi og‘riqlar bilan kechadi. Bu jarayon tug‘ruqdan keyingi 2-3-kunlarga to‘g‘ri keladi. Tug‘ruqxonada bachadon holati shifokorning kunlik tekshiruvi yordamida nazorat qilinib, tug‘ruqhonadan chiqish oldi ultratovush tekshiruvi orqali tahlil qilinadi. Bu jarayonda nafaqat a’zo holati, balki bachadon ichida qon quyqalari, yo‘ldosh parchalarining bor-yo‘qligiga ham e’tibor beriladi. Bordiyu a’zo qisqarishi me’yorda bo‘lmasa, shifokor tomonidan ma’lum turdagi preparatlar buyuriladi.
Bachadon qisqarayotgan vaqtda yo‘ldosh joylashgan yuzadagi shilliq qavat ham tiklanib, asta-sekin bachadon ichki yuzasini qoplab boradi. Bu jarayon tugallangunga qadar tug‘ruq vaqtida bachadon ichki yuzasida hosil bo‘lgan jarohatlardan chilla davriga xos chiqindilar ya’ni loxiyalar kelib turadi. Shifokorlar fikricha, emizayotgan ayollarda bachadon qisqarishi me’yorda bo‘lar ekan.
Qin ajralmalari
Tug‘ruqdan so‘ng yo‘ldosh ko‘chgan bachadon yuzasi yara bilan qoplanadi. Bachadon qisqarishi hisobiga yaradagi uzilgan tomirlardan qon oqa boshlaydi. Tug‘ruqdan keyingi ilk kunlarda qonli ajralmalar nisbatan ko‘p bo‘lib, chilla davrida sekin-asta kamayib boradi. Avvaliga ajralmalar qon aralash kelsa, bora-bora rangi ochroq, sarg‘ish tusga kirib boradi. Har bir ayol organizmi individualligi hisobiga ajralmalar davomiyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo normal holatda qonli ajralmalar chilla vaqti tugaguniga qadar yakunlanishi lozim.
Bachadon tushishi
Homilaning katta o‘lchamda tug‘ilishi, tug‘ruqdan keyingi davrda og‘ir yuk ko‘tarish, homiladorlikdan avval jismoniy kuch talab qiladigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish hamda egizak farzandlarni dunyoga keltirish natijasida ba’zan bachadon tushishi kuzatiladi. Agar ayol salomatligiga e’tiborli bo‘lib, ortiqcha og‘ir yuk ko‘tarmay, egilmay, shifokorlar maslahatiga rioya qilsa, bachadon sekin-asta asl holiga qaytadi. Ammo turli bezovtaliklar hamda og‘riqlar bo‘lganda jarrohlik amaliyotiga murojaat qilinishi mumkin.
Oyoqlar uvishishi
Ba’zan yangi tuqqan ayollar go‘dagini emizayotib, oyoqlari uvishishidan shikoyat qilishadi. Bunga sabab shuki, ayol organizmi homiladorlik davrida kalsiy miqdorini bola uchun sarflab, o‘zidagi zahirani tamomlaydi. Natijada oyoqlarda qon aylanishi sustlashib, uvishish yuzaga keladi. Bu kabi o‘zgarishlar kuzatilganda shifokor bilan maslahatlashgan holda kalsiy moddasiga to‘yingan preparatlar qabul qilish, oyoq va ko‘krakni issiq tutish lozim.
Ko‘krak
Bola tug‘ilgach, ko‘krak bezlari faoliyatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Dastlab ko‘krakdan bola immuniteti uchun g‘oyatda muhim bo‘lgan og‘iz suti ajraladi. Tug‘ruqdan keyingi 3-4-kunga kelib esa to‘liq sut ishlab chiqariladi. Ko‘krakdan sut kelishi kimlardadir og‘riqli kechib, bir qator noqulayliklar tug‘ridishi mumkin. Bunday vaqtlarda yoningizda tajribali ayollarning bo‘lishi foydadan xoli emas. Sut birdaniga ko‘payib ketganida uni sog‘ib tashlamay, emizish vaqtini nazorat qiling. Emizishdan avval ko‘krak so‘rg‘ichlarini qaynagan suvda chayilgan sterillangan bint bilan tozalang. Ayniqsa, ko‘krak so‘rg‘ichlarida yoriqlar paydo bo‘lsa, tozalikka nihoyatda e’tiborli bo‘ling. Aksariyat hollarda ko‘krak uchidagi yoriqlar orqali infeksiya tarqalib, mastit kasalligini keltirib chiqaradi. Bolani emizish vaqtida terlagan badanni sochiq bilan pana qiling. Yo‘qsa, ko‘krak usti nerv tolalariga shamol tegib, sut bezlarida yallig‘lanish kelib chiqishi mumkin.
To‘g‘ri ichak
Bachadon qisqarayotgan paytda to‘g‘ri ichak bo‘shangan bo‘lishi lozim. Ammo ko‘p hollarda emizikli ayollar ich qotishidan shikoyat qilishadi. Bunga ayol organizmidagi progesteron gormoni tug‘ruqdan keyin ham 5-6 oygacha ta’sirini yo‘qotmasligi sabab. Natijada to‘g‘ri ichakda o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ammo ayolning to‘g‘ri ovqatlanishi, ko‘proq suyuq taom va sabzavotlardan iste’mol qilishi jarayonni sekin-asta o‘z holiga qaytaradi. Tug‘ruq vaqtida bachadoni jarohatlangan ayollarga shifokorlar qattiq kuchanmaslik uchun ich kelishini yumshatuvchi preparatlar buyurishadi.
Hayz
Har bir ayol organizmi o‘ziga xos. Shu sabab hayz siklining tiklanishi har kimda turlicha davrga to‘g‘ri keladi. Kimlardadir chilladan so‘ng 1-2 oyda hayz sikli tiklansa, kimlardadir emizish hisobiga ancha vaqtgacha hayz kelmasligi mumkin. Ba’zi vaqtlarda bolani emizishdan chiqargach, xayz ko‘rish sikli asta tiklanib boradi.
Jinsiy hayot
Shifokorlar chilla davrida jinsiy yaqinlikdan tiyilishni tayinlashadi. Boisi ayol organizmi hali to‘laligicha faoliyatini tiklamagan, ortiqcha zo‘riqish uchun yetarli kuchga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, «emizikli ayol homilador bo‘lmaydi» degan ibora har doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi.
Homiladorlikdan saqlanish
Birinchi tug‘ruqdan so‘ng keyingisigacha taxminan uch yil o‘tishi ayol organizmi tiklanishi uchun yetarli. Shu bois homiladorlikdan saqlanish uchun chilla chiqqach, ya’ni 40-kuni shifokorga uchrab, istalmagan homiladorlikdan himoyalovchi usullar bilan tanishing. Hozirda bunday usullarning dori preparatlari, inyeksiya, mahalliy spiral kabi turli ko‘rinishlari mavjud. Shulardan o‘zingizga mosini tanlab, istalmagan homiladorlikdan saqlanishingiz mumkin.
Chilla davri kasalliklari
Bu vaqtda umumiy shamollash holatlaridan tashqari, jinsiy a’zolarda yallig‘lanish jarayonlari yuzaga kelishi mumkin. Bunga asosan tug‘ruq vaqtida yo‘ldosh ko‘chganidan so‘ng bachadon bo‘yni, qin oraliqning shilingan, yirtilgan, ezilgan joylaridan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar hamda ayol organizmida mavjud bo‘lgan infeksiyalarning jarohatlangan bachadon yuzasiga tushishi sabab bo‘ladi. Shuningdek, qog‘onoq suvining erta ketishi, toksikoz, ayol organizmining zaiflashuvi va boshqa kasalliklar, homiladorlik davrida gigiyena va ovqatlanish rejimining buzilishi ham muayyan noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar umumiy holatingizda bezovtalik sezsangiz yoki jinsiy a’zolarda noodatiy o‘zgarishlar kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat eting.
Chaqaloq parvarishida nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Kindik tushishi
Kindik qoldig‘i odatda tug‘ruqdan so‘ng 4-5 kun ichida tushib, ba’zi vaqtlarda 8-10 kunlarga ham cho‘zilishi mumkin. Agar kindik sohasida namlik bo‘lsa, 70 foizli spirt eritmasi tomizilib, sterillangan bint yordamida artiladi. Ayrim vaqtlarda chaqaloqning muntazam bezovta bo‘lib, yig‘lashi sababli ham kindikda shish kuzatiladi. Bordiyu chaqaloqning kindigi qoldig‘i 15 kun ichida ham ko‘chib tushmasa yoki soha atrofida qizarish, yallig‘lanishga o‘xshash belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.
Liqildoq
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh aylanasi me’yorda 34-36 santimetrni tashkil etib, hayotining ikkinchi oyida 36-37 santimetratrofida bo‘ladi. Bir yoshga qadar esa bu ko‘rsatkich 46 santimetrga yetadi. Liqildoq chaqaloq boshining tepa qismidagi qotmagan soha, miya ustidagi qalin himoya qavati bo‘lib, me’yoriy holatda chillali chaqaloqlar uchun 26-28 mm, ikkinchi oydan boshlab 22-25 mmatrofida bo‘lib, bir yoshgacha 8-10 mm.gacha kichrayib boradi. Bola boshidagi liqildoq taranglashib, shishgan bo‘lsa va u bezovtalansa, bosh miya bosimining oshgani taxmin qilinadi. Bu holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tana vaznining o‘zgarishi
Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining birinchi 4 kuni davomida 10% (200-300 gr atrofida) vazn yo‘qotishi normal holat hisoblanib, organizmning moslashuv jarayoni hisobiga amalga oshadi. Bola hayotining 6-8-kunlariga kelib, tana vaznini asta-sekin tiklab boradi.
Emizish vaqti
Shifokorlar bolani har 1-1,5 soat oralig‘ida emizishni tavsiya etishadi. Bu vaqt oralig‘ining ona suti sifatiga ham ta’siri bo‘lib, bola uchun kerakli ozuqa to‘planadi. Emizishdan avval ko‘krak so‘rg‘ichlarini tozalab, so‘ngra bola og‘zig‘a tutqazish kerak. Agar emizgandan keyin go‘dak ko‘krakni qo‘yib yuborishni xohlamasa, tortib olmang. Burnini biroz qissangiz, og‘zini ochadi. Ona suti sifatli bo‘lishi uchun ayol taomnomasida foydali vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak.
Qachon cho‘miltiriladi?
Chaqaloq kindigi hali tushmagan bo‘lsa, cho‘miltirishni biroz keyinga qoldirish darkor. Bu holatda chaqaloqning badanini iliq suvga shimdirilgan nam paxta bilan tozalash kifoya. Kindigi to‘liq tushgach esa 37-37,5 darajali iliq suvda cho‘miltirish mumkin. Bola terisida turli toshmalar toshishining oldini olish uchun suvga moychechak damlamasidan ozroq qo‘shish tavsiya etiladi. Sovuq kunlarda chaqaloqni 2-3 kunda bir marta 8-10 daqiqa davomida cho‘miltiriladi. Suvli muolajalardan so‘ng terisiga turli yog‘lar surtmang. Chunki tayyor yog‘lar teriga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Uyqu vaqti
Chillali chaqaloq bir kunda 4-5 martagacha uxlashi mumkin. Bu uyqu vaqtlari avvaliga uzoqroq davom etib, so‘ng asta-sekin kamayib boradi. Bolaning tungi uyqusi osuda o‘tishi uchun uni kechga yaqin cho‘miltirish tavsiya etiladi. Bordiyu go‘dak uyqusida tartibsizlik yuzaga kelsa, kun boshidan emizish va uxlatish tartibini nazorat qiling.
Qayt qilishi nimadan?
Bola emib bo‘lgach, uni chayqatish, qorni bilan yotqizish mumkin emas. Tik ko‘targan holda biroz ushlab turing. Agar emizishdan so‘ng ozroq qayt qilsa, bu xavfli emas. Bola oshqozoniga ortiqcha bo‘lganini shu tariqa chiqarib tashlaydi. Chaqaloqlarda hazm qilish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagani bois emib bo‘lgach, qayt qilishi mumkin. Biroq tez-tez va emizish vaqtidan tashqari ham qayt qilsa, shifokorga ko‘rsating.
Nega tez-tez aksiradi?
Chaqaloqlar kuniga 3-4 martagacha aksirishi mumkin. Bu jarayon bola organizmi uchun normal holat bo‘lib, ortiqcha tashvishga asos emas. Ammo aksirish burundan shilimshiq suyuqlik kelishi bilan bo‘lsa, shamollash taxmin qilinib, bolalar shifokoriga ko‘rsatish lozim.
Yo‘rgaklash mumkinmi?
Shifokorlari chaqaloqni oyoq-qo‘llarini qattiq bog‘lab yo‘rgaklashni tavsiya etishmaydi. Ayniqsa, uyquga yotqizishda zichlab yo‘rgaklangan bolada qon aylanishi buzilishi mumkin. Shu bilan birga, oyoqlarini zichlab yo‘rgaklash tos-son suyaklari rivojiga ta’sir etadi. Bola tanasiga salbiy ta’sir etmaydigan, qulay va keng bichimli kiyimchalarni tanlasangiz, chaqaloq terisi ham «nafas» oladi, ham erkin harakatlanish uch imkoniyati bo‘ladi.
Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin?
Ichak muammolari
Og‘iz suti bilan oziqlanayotgan chaqaloqlarda birinchi uch kun davomida ich kelishi suyuqroq bo‘lib, rangi to‘q yashil yoki qoramtir bo‘ladi. 4-5-kunlarga kelib esa sariq, bo‘tqasimon tus oladi. Bolaning ovqatlangan zahoti ichi ketishi yoki qotishiga organizmdagi moslashuv jarayonlarining belgisi sifatida qaraladi. Biroq kun davomida 6-7 martagacha suyuq ich ketishi yoki bir necha kunlab qorin bo‘shanmasligi shifokorga murojaat etish uchun yetarli asosdir. Shifokorlar bolada qorin damlanmasligi va ich qotish kabi belgilar bo‘lmasligi uchun avvalo ona to‘g‘ri ovqatlanishi lozimligini ta’kidlashadi. Bola organizmi tashqi muhitga moslashib olguniga qadar taomnomangizdan ich qotiruvchi mahsulotlarni olib turganingiz ma’qul.
Teri toshmalari
Birinchi va ikkinchi kunlari chaqaloq terisi qizarishii, 3-5-kunga kelib esa teri yuzasi ko‘chishi mumkin. Bu normal holat. Ammo yuz terisida tez-tez takrorlanuvchi turli xarakterdagi toshmalar ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar tarkibi yoki bola terisining moslashuv holatiga bog‘liq. Bola terisida turli toshmalar yuzaga kelishining oldini olish uchun ham emizikli ayollarga parhezga rioya qilish tayinlanadi.
Burun bitishi
Chaqaloq hayotining ilk kunlarida tashqi muhitga endigina moslashayotgani hisobiga burun bitishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtlarda paxtali cho‘pcha yordamida burun teshiklarini ohista tozalang. Har bir burun teshigi uchun alohida cho‘pcha ishlatish kerakligini unutmang. Burun bitishi 2-3 kunda ham o‘tib ketmasa, bolalar shifokori bilan maslahatlashib, kerakli tomchi dorilardan foydalanishingiz mumkin.
Og‘iz oqarishi
Ichak bilan bog‘liq muammolari bor go‘daklarda ko‘pincha og‘iz oqarishi kuzatilib, bu jarayon og‘iz bo‘shlig‘ining moslashuv holati bilan izohlanadi. Ammo ayrim vaqtlarda bunga og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga infeksiya tushishi ham sabab bo‘ladi. Chaqalog‘ingizning og‘zi oqarganini sezsangiz, qaynatib ilitilgan suvga sterillangan bintni namlab, og‘iz bo‘shlig‘ini asta arting. Oqarish tez-tez takrorlanib, bolada bezovtalik, ishtaha pasayishi bilan kechsa, albatta shifokorga ko‘rining.
Shamollab qolsa…
Chaqaloqlarda shamollash jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Odatda onada yoki oila a’zolarining birida shamollash kuzatilsa, bolaga ham yuqishi mumkin. Agar chaqaloqda burun oqishi, tumov, yo‘tal boshlansa, albatta shifokorga uchrab, ehtiyot choralarini ko‘ring.
Nilufar ABDULLAYEVA, akusher-ginekolog.
Feruza JABBOROVA, I toifali shifokor.
“Darakchi” gazetasi.
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida “Fikr bildirish” qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
6 comments
Zarina Sirojiddin Qizi Pardayeva :
Meni qizcham 36 kunlik qorinchasi tez tez dam bo’ladi ovqatlangandan birdaniga dam bo’layapti nima maslahat berasiz
Avvalo o’zingiz ona sifatida ovqatlar uchun mahsulotlar tanlashga jiddiy yonadashishingiz, masalan dukkakli mahsulotlardan vaqtincha cheklanish lozim. Bundan tashqari bolani emizish holatiga ham ahamiyat berish kerak. Noto’g’ri holatda emizish oqibatida bola sut bilan birgalikda havo ham yutishi natijada qorin dam bo’lishi kuzatilishi ham mumkin.
Салом углимни скрининг марказга олиб бордим. Углимни оёк товондан когозга кон олишди ва анализ жавобида оксил моддаси куп микдорда еканлигини айтишда. Бу бола келажаги учун хафвлими ? Илтимос баиафсилрок тушунтириб беринг.
Gulnora :
assalom aleykum.mani og’lim 3oylik bo’ldi qayt qiliwi hech qolmadi.ortiqcha sutni ham chiqaradi undan tawqari yana qayt qiladi kunda.qanday tavsiya berasiz? bu xavfli emasmi?
Assalomalekum.
Tug’ruqdan so’ng qon kelishi necha kun davom etadi?
Добавить комментарий Отменить ответ
Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.
Chaqaloqlar rasmi kolleksiyasi, yoqimtoy va chiroyli bolalar
Har bir ota-ona farzandini birinchi marta ta’riflab bo’lmaydigan quvonch bilan qo’liga oladi. Inson hayotida bolalar paydo bo’lishi bilan bir qancha ilk bor sodir bo’ladigan vo’qealar ro’y beradi. Chaqaloq birinchi yig’isi, birinchi kulgusi va birinchi qadam, so’z … bularni hammasi unutilmas lahzalar. Bunday cheksiz yoqimli lahzalarni foto rasmlarga muhrlab qo’yish mumkin. E’tiboringizga saytimizda bolalar parvarishi va ularda uchrashi mumkin bo’lgan kasalliklar haqida ma’lumot beruvchi bo’lim ochilishi munosabati bilan, yoqimtoy chaqaloqlar rasmi kolleksiyasini havola e’tamiz.
Quyidagi foto rasmlarda yangi tug’ilgan chaqaloqlar tasvirlangan, ularning rasmi insonga hotirjamlik hissini berish xussusiyatiga ega.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Maqolaga baho bering
[Total: 47 Average: 4.2 ]
O’xshash Maqolalar:
Fikr bildirish Javobni bekor qilish
Ommabop Maqolalar
- Homila jinsini aniqlash kalendari. Xitoy taqvimi va boshqa usullar 494.8k views
- Uretrit – siydik yoʻllari shamollashi, belgilari va davolash 144.3k views
- Qora sedana foydali va zararli tomonlari 134.9k views
- Jigar sirrozi alomatlari, kasallikning belgilari, davosi, kechishi va bosqichlari 114.5k views
- Saraton (Rak) belgilari. Kasallikning 5 ta ilk alomatlari. 111.9k views
Yangi Maqolalar
- Agammaglobulinemiya (Bruton kasalligi, irsiy gipoglobulonemiya)
- Angiopulmonografiya bu nima? O’pka qon tomirlari rentgen kontrast tekshirish usuli.
- Ozish uchun mashqlar – 15 ta eng samarali usullar
- Venalar varikoz kengayishi, sabablari va davolash usullari
- Soda bilan ozish rostmi yoki yolg’on? Tibbiy qarash
Bo’limlar
- Boshqalar
- Buyrak va Siydik yo’llari
- Diagnostika
- Gepatologiya
- Homiladorlik
- Immunologiya
- Onkologiya
- Ozish Sirlari
- Pediatriya
- Shifobaxsh O’simliklar
- Tayanch-Harakatlanish
- Yurak va Qon-tomir
Biz haqimizda
Medlife.uz sayti o’zbek tilida tibbiy ma’lumotlar keng tarqatish uchun yaratilgan. Ushbu sayt ma’lumotlaridan foydalanilganda, to’g’ridan-to’g’ri teskari havola qo’yilishi shart.
Chaqaloq kiyim
Bugungi kunda kiyimlarda qiziqarli bosma nashriyot juda mashhur. Lekin modadan tashqariga chiqmagan ranglar mavjud. Ushbu rangli echimlardan biri hujayra. Hatto 70 yosh va 80 yoshdagi zamonaviy yoshlar ham shkafning shkaflangan qismini afzal ko’rdilar. Hozirga qadar kafes hech qachon o’z reytingini yo’qotmagan.
Moda plaid libosi
Chelakli kiyim bilan uslubingizni his qilishni ta’kidlash uchun siz moda trendlariga mos keladigan uslub yoki modelni tanlashingiz kerak.
Erdagi katakli kiyim . Eng oqlangan va feminen uslublar uzun bo’yli kiyimdir. Bunday modellar qish va mavsumiy mavsum uchun juda mos keladi. Dizaynerlarning fikriga ko’ra, erga to’shalgan kiyinish – bu yong’oqdan yasalgan uzoq umr bilan yanada dolzarbdir.
Qizil rangli ko’ylak . Keyinchalik, stilistlar qizil va qora yoki oq hujayralar birikmasini afzal ko’radilar. Bunday ranglar doimo moda. Qizil rang, qoida tariqasida, ayol tasvirining faqat ijobiy xususiyatlariga ustunlik qiladi va urg’u beradi.
Chaqaloq kiyim-kechak . Bugungi kunda eng modalik modellardan biri shkaflar kiyimi hisoblanadi. Zamonaviy qafas keskin tasvirni mukammal darajada chayqab, to’g’ri qirqish bilan tikilgan, zerafet va uyg’unlikka urg’u beradi.
Charmdan tayyorlangan kiyimni nima kiyish kerak?
Chop to’siqlari ayniqsa ahamiyatli emasligiga qaramasdan, kiyingan kiyimni poyabzal va kiyimlar bilan yaxshi jihozlash zarur.
Qafedagi kiyinish uchun poyafzalni yig’ib olish uslubni inobatga olish kerak. Kazehalnye modellari sport poyabzali va qulay poyabzal bilan ajoyib tarzda birlashtirilgan. Ammo etek bilan yaroqli modellar – quyosh va yarmi – oqlangan balet va nozik kichkina qayiqlar bilan mukammal uyg’unlikda.
Yaratilgan tasvirga bog’liq ravishda, shuningdek, yuqori shkafning moslamalarini katakli kiyim bilan birlashtirish kerak. Shunday qilib, jinsi ko’ylagi mamlakat uslubini to’ldiradi. Kiyinish ustidagi qulay qo’ylar ko’cha qiyofasining issiq variantiga aylanadi. Chiroyli ko’ylagi-bolero obrazi moda bilan qoplangan liboslar zeb-ziynati va zeb-ziynati bilan bezatadi.