Press "Enter" to skip to content

CHIZMACHILIK VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARINI RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1. Murodov Sh.K va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o’kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, “Iqtisod-moliya” 2008-й.

Chizma geometriya (sh.murodov va b.)

M a z k u r d a rslik O ‘zb e k isto n R e sp u b lik asi O liy va o ‘rta m axsus ta lim v azirligi tom onidan oliy o ’q u v y u rtla ri u c h u n tasdiq lan g an « C h iz m a geom etriya v a m u handislik g rafikasi» l’ani n am u n av iy d a s tu ri a so sid a yozilgan. D arslik d an u q ta. to ‘g ‘ri chiziqva tek islik lan iin g to ‘g ‘ri burchakli proyeksivalarini vasashiiing nazariy asoslari, sJjun/ngdek, egri cliiziq va sirtlam ijig hosil bo’lishi vachizm ada tasvirlanish usuilari bayort etilgan. G eom etrik shakllaniing o ‘z a ro v a proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari bilan b o g ‘liq pozitsion vam etrikm asalalarni yechish. sirtlargaurinm a (ckisliklar o’tkazish. sirtlaming yoyilm alarini yasash g a oid nazaríy v a am aliy m asalalar ham da aksonom etrik proyeksiyalar va ulam i turli p o zitsio n m asalalam i yechishda qoM lash kengyoritilgan. Chix.inalar oso n o ‘qilishini ta ‘m in la s h m a q s a d id a ran g li tasv irlard a b erilg an . D arslik o liy o ‘q u v yurtlari talab alarig a m o ‘ljallan g an boMih. undan loyiha-konstruktorlik tash k ilo tlari x o d im la ri ham foydalanishlari m um kin.

Specifications

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM

  • Bosh sahifa
    • Yangiliklar
    • Markaz rahbari
    • ARM haqida
    • Foto lavhalar
    • Sayt xaritasi
    • Blog Featured
    • About
    • Features
    • Services
    • O`zbek tilidagi adabiyotlar
    • Rus tilidagi adabiyotlar
    • Xorijiy tildagi adabiyotlar
    • Elektron talim vositalari
    • Ingliz tilidan topiklar
    • Fan dasturi
    • Malaka talablar

    CHIZMACHILIK VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARINI RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

    plan / fazo / proyeksiya / vint / perspektiva / tasvir / aksonometriya / qiyshiq burchak / lekalo / geometrik / plan / space / projection / screw / perspective / image / axonometric / curve / pattern / geometrical

    Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boburmirzo Bahodir Ugli Kukiev

    Maqolada chizmachilik va chizmageometriya fanlarining paydo bo‘lish tarixi, hamda uning rivojlanishi haqida tarixiy manbalar ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga O‘rta osiyoda va O‘zbekistonda chizmachilik va chizmageometriya fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

    i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

    Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Boburmirzo Bahodir Ugli Kukiev

    O‘YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB CHIZMACHILIK DARSLARIDA O‘QUVCHILAR IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI

    YIG’ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATISHDA YO’L QO’YADIGAN TIPIK XATOLAR
    MAKTABLARDA CHIZMACHILIK DARSLARINI O’QITISH MЕTОDLARI VA ULARNI TASHKIL QILISH PRINSIPLARI
    TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA GRAFIK MATERIALLARDA ISHLASHGA O’RGATISH (GUASH BO‘YOG‘I MISOLIDA)

    CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O`ZLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ELEKTRON O`QUV-USLUBIY MAJMUANING AHAMIYATI

    i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
    i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

    HISTORY OF DEVELOPMENT OF THE SCIENCES OF DRAWING AND DRAWING GEOMETRY

    The article presents the history of the emergence of the sciences of drawing and descriptive geometry, as well as historical sources on its development. There is also information about scientists who contributed to the development of drawing and descriptive geometry in Central Asia and Uzbekistan.

    Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARINI RIVOJLANISH TARIXI»

    CHIZMACHILIK VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARINI

    Boburmirzo Bahodir ugli Kukiev

    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

    Maqolada chizmachilik va chizmageometriya fanlarining paydo bo’lish tarixi, hamda uning rivojlanishi haqida tarixiy manbalar ko’rsatib o’tilgan. Shu bilan birga O’rta osiyoda va O’zbekistonda chizmachilik va chizmageometriya fanini rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

    Kalit so’zlar: plan, fazo, proyeksiya, vint, perspektiva, tasvir, aksonometriya, qiyshiq burchak, lekalo, geometrik.

    HISTORY OF DEVELOPMENT OF THE SCIENCES OF DRAWING AND

    Boburmirzo Bahodir ugli Kukiev

    Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region

    The article presents the history of the emergence of the sciences of drawing and descriptive geometry, as well as historical sources on its development. There is also information about scientists who contributed to the development of drawing and descriptive geometry in Central Asia and Uzbekistan.

    Keywords: plan, space, projection, screw, perspective, image, axonometric, curve, pattern, geometrical.

    Bizga ma’lumki har bir fanning paydo bo’lish tarixi uni qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan, qadimiyligidan, jamiyatning taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasidan dalolat beradi.

    Chizmachilikning rivojlanishi rasm chizishdan boshlangan. Qadimda misrliklar turar joylarni, saroylarni, ibodatxonalami qurishda eng oddiy usul bilan boisada, bu inshootlarning shakl va o’lchamlarini tasvirlay olganlar.

    Qadimgi zamon odamlari, qoyalarga o’yib ishlangan rasmlar, devorlardagi naqqoshlilik, xattotlik san’ati va shunga o’xshash tasvirlar o’sha davr xalqlarining chizma sohasidagi birinchi tushunchalarini aks ettiradi. Shaharlarning saqlanib qolgan planlari, binolarning plan va fasadlari hamda turli hujjatlar buning dalilidir.

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

    Chizmachilikka oid dastlabki ma’ lumotlar eramizdan 300 yil mu- qaddam paydo boigan. Rim me’ mori va muhandisi Mark Vitruviy (miloddan avvalgi 1-asrning ikkinchi yarmi) tekislikda binolarning tasvirlarini yasash yo’ larini ishlab chiqqan. Bu bilan u to’g’ ri burchakli proyeksiyalar yasash ishiga asos solgan.

    O’zbekistonda Quyimozor va Oqtomda arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borilganda eramizdan oldingi 2-1- mingyilliklarga taalluqli odamning olddan va yonidan ko’rinish tasviri topilgan. VI-VII asrga oid kumush idishda binoning me’moriy fasadi tasvirlangan.

    VII asrdan XV asrgacha o’rta Osiyoda fanning barcha sohalarida katta ilmiy yutuqlarga erishilgan. Masalan, mashhur olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783—850) yunon olimi Ptolemey tomonidan bayon qilingan ba’zi masalalarni aniq emasligini chizmalar orqali isbotlab bergan. U o’z asarlarida turli mamlakatlar, dengiz va tog’lar, katta daryo va ko’llarning xaritalarini tasvirlagan. Olimning chizgan xaritalaridan o’ntasi bizgacha yetib kelgan. Abu Nasr Forobiy (873-950) o’zining geometrik yasashlarga doir asarida konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o’zgarmas pargar yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali batafsil bayon etgan.

    Abu Rayhon Beruniy (973-1048) shar ichida besh xil muntazam ko’pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular noriy – to’rtyoqlik (tetraedr), orziy – oltiyoqlik (geksaedr), havoiy – sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy – o’nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy – yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir .

    O’rta Osiyoda chizmachilikning muqarrarligini Abu Rayhon Beruniyning „Jismlar ko’lami fazoda uch tomonga: birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Jismning mavhum cho’zilishi (proyeksiyasi) emas, balki mavjud cho’zilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo’lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaraianadi. Bu olti voqlar markazida bir jonivor turgan bo’lib , uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u

    yoqlar uning old, orqa, o’ng, chap va ost tomonlari bo’ladi, degan fikrlaridan bilib olish mumkin. Bu esa aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o’zginasidir.

    Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining ,,Aqllar me’yori” asarida oz kuch sarf qilib, og’ir yuklarni yuqoriga ko’tarish, qattiq jismlarni bo’laklash, jismlami tekislash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan mexanik asboblar besh xil ekanligini yozadi. Bular o’q, richag, chig’ir (blok), vint va pona hisoblanadi.

    Mirzo Ulug’bek (1394-1449) yulduzlar xaritasini juda aniqlik bilan chizgan mashhur astronom olim ekanligi butun dunyoga ma’lum. Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod (1455-1535) miniaturalaridan birida me’mor qoyida qurilish plani bilan tasvirlangan. Rassom o’z asarlarida qoilagan „perspektiva” qiyshiq burchakli aksonometriya hisoblanadi. O’rta Osiyo olimlari o’z asarlarini chizishda chizmalar chizish asboblari: jazvar (chiz g’ich), juptak (reysfeder), mastura (lekalo), pargar yoki suvu (sirkul) dan foydalanganlar.

    Chizmalarga handasa (geometriya), tarh (plan), tarz (fasad), reja jadvali (proyeksiya yoki chizma) degan nomlar berilgan. Demak, o’rta Osiyoda chizmachilik o’ziga xos rivojlangan. Qadimgi chizmalarning juda oz qismigina bizgacha saqlanib qolgan. Buning asosiy sababi qurilgan saroy, istehkom, masjid va madrasalar aynan qayta qurilmasligi uchun chizmalar yoqib tashlangan. Shunday bo’lsada, Iroqi muqarnas ko’rinishidagi kapitelli ustunning chizmasi (Usta Shirin Murod chizmasi) saqlanib qolgan. Bu chizmada ustun fasadda tasvirlangan bo’ lib, uning shaklini ko’rsatish uchun chiqarilgan kesim ham qo’shib berilgan.

    Fan va texnika rivojlanishi bilan chizmalar ham takomillashib bordi. Chizmalar o’z tarixiga ega bo’lishi bilan birga, xalqlar madaniyatining taraqqiy etishiga oid bo’lgan tarixni ham saqlab qoladi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, qadimgi xalqlar to’g’risida ko’p ma’lumotlar olish, shuningdek, katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklarni qayta tiklash mumkin bo’ladi.

    Fransuz olimi va davlat arbobi Gospar Monj (1746-1818) o’z davrigacha chizmachilikka oid bo’lgan barcha bilimlami umumlashtirib, 1799-yilda „Chizma geometriya” kitobini bosmadan chiqardi.

    Shundan beri chizma geometriya Monj metodi deb ham yuritiladi. Monj kitobida chizmachilik gram- matikasi chizma geometriya atroflicha bayon qilingan. Bu davrda chizma geometriyaning mohiyati juda katta bo’lib, Monjning o’zi “Chizma dunyodagi texnika bilan shug’ullanadigan barcha millatlar uchun tushunarli til, ya’ni texniklar tilidir”, degan edi.

    Respublikamizda mavjud 26 fan nomzodlaridan 24 tasi shu ilmiy maktabda dissertatsiya himoya qilganlar va ulardan 4 tasi professor Sh.K.Murodov, R.Q.Ismatullayev, J.Ya.Yodgorov, D.F.Qo’chqorova va bittasi fan doktori bo’ldilar.

    Moskva olimlaridan fan doktorlari, professorlar: I.I.Kotovning Toshkent aviatsiya zavodiga kelishi, N.N.Rijov va M.A.Tevlinlarning Samarqand arxitektura qurilish institutiga, S.A.Frolov va V.A.Yakuninlarning Toshkent politexnika institutiga kelib ilmiy seminarlar va olimpiadalar o’tkazishlari O’zbekiston va Rossiya olimlari orasidagi ilmiy aloqalar o’rnatilishi va bu professorlardan tegishli ilmiy va metodik maslahatlar olinishi chizma geometriyani Respublikada rivojlantirishga o’z tasirini ko’rsatgan.

    MUHOKAMA VA NATIJALAR

    Demak, chizmalarni to’g’ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik xo’jaligining barcha sohasini to’g’ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.

    Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o’lchash asboblari kabilarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino, ko’prik, to’g’on, yo’l, kanal, mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari, yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyiladi. Topografik chizmalardan xaritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini, GES, suv ombori kabilarni loyihalashda va ularni tegishli maydonda to’g’ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi. Sxemalar, grafiklar, plakat va diagrammalar illustratsiya chizmachiligi asosini tashkil qiladi.

    Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o’z ichiga olgan bo’lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo’lib, ular buyumlarning o’lcham, shakl, og’irlik, material va boshqa sifatlarini ko’rsatadi.

    Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’i nazar, to’g’ri tushunilishi ta’minlanadi.

    1. Murodov Sh.K va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o’kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, “Iqtisod-moliya” 2008-й.

    2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].

    3. Kokiyev Boburmirzo Bahodir ogli (2020). Present-day problems of drawing science. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), 203-205.

    4. Kukiev Boburmirzo Bahodir Ugli PROBLEM-BASED LEARNING TECHNOLOGY IN TEACHING AUXILIARY PROJECTION TECHNIQUES, 7 (6), 917-920.

    5. Kokiev Boburmirzo Bahodir ogli (2020). The importance of pedagogical techniques in teaching assistive design. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (2) Part II, 182-185.

    6. Kukiev, B., O’g’li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7

    7. Murodov Sh.K. Ko’kiyev B.B. Obloqulova L.G’. Yaqqol tasvirlar qurishda qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalardagi o’zgarish koeffitsientlarining o’zaro bog’liqligi BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTI 2/2019.

    8. МУРОДОВ ШМИДТ КАРИМОВИЧ1, ТАШИМОВ НУРЛАН ЭРПОЛАТОВИЧ1, РАХМАТОВА ИКБОЛХОН ИНОМЖАНОВНА1, КУКИЕВ БОБУРМИРЗО БАХОДИР УГЛИ1 СЕЧЕНИЕ ПОВЕРХНОСТЕЙ 2-ГО ПОРЯДКА ОБЩЕГО ВИДА ПО ЭЛЛИПСУ ЗАДАННОЙ ПЛОШАДИ. 99-101

    9. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo’jaqulov Elbek, Ko’kiyev Boburmirzo CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZI USULLARI 47

    10. Ugli, Kukiev Boburmirzo Bahodir Problem-based learning technology in teaching auxiliary projection techniques Journal of Critical Reviews 917-921.

    11. Ko’kiyev B.B. YORDAMCHI PROYEKSIYALASH USULI ASOSCHISI PROFESSOR, TEXNIKA FANLARI DOKTORI STEPAN MITROFANOVICH KOLOTOV HAQIDA 106-b.

    12. Achilov Nurbek Norboy o’g’li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko’kiyev Boburmirzo Baxodir o’g’li & Jumayev Isroil Omandovlat o’g’li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153.

    13. Achilov Nurbek Norboy o’g’li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students.

    European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.

    14. Achilov Nurbek Norboy o’g’li (2020). The use and importance of the three -dimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools.

    European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192.

    Chizma geometriya kitob

    Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.

    Электронная книга
    Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом “Как читать купленную книгу”!

    Чтобы оформить заказ, Вы должны быть авторизованы.

    Поделиться с друзьями в соцсетях

    • Аннотация
    • Комментарии и отзывы

    Ushbu metodik qo‘llanma chizma geometriya va chizmachilik fanlari professor-o‘qituvchilarga, ayniqsa, yosh o‘qituvchilarga va shu soha aspirantlari hamda magistrlariga mo‘ljallab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2008 yilda tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. Qo‘llanmada chizma geometriya fanini to‘liq o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar birligidan, mashg‘ulotlarni maqsadli loyihalash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarimizda ishlab chiqilgan mavzulari bo‘yicha asosiylari keltirilgan. Undan chizma geometriyadan bilimlar birligini qisqacha ma’lumotnomasi sifatida soha professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayonida keng foydalanishlari mumkin.