Chizmachilik 8 sinf dars ishlanma
To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.
Chizmachilik fanidan test savollari 8-sinf I chorak
Chizmachilik fanidan test savollari 8-sinf I chorak
1. Chizmalarda charish chiziqlari strelkadan qancha chiqib turadi?
2. Narsaning aniq shakli va o’lchamlarini to’liq ko’rsatadigan tekislikdagi tasvir nima deyiladi?
A) Rasm B) Fortografiya
C) Chizma D) Texnik rasm
3. Abu Rayhon Beruniy Shar ichida besh xil muntazam ko’pburchaklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan to’g’ri javobni ko’rsating.
A) Kub, konus, slindr, pramida, sfera B) Tetraedr, geksaedr, oktaedr, dodektaedr, iksoedr
C) Silindr, tetraedr, kub, oktaedr, pramida D) Dodektaedr, Iksaedr, slindr, konus
4. Abu Ali Ibn Sino mexanizmlar (Mexanik asboblar)ning besh xilini chizmalar yordamida tasvirlagan edi. Ular qaysi mexanizmlar?
A) O’q, vint, val, shkiv, shponka B) Bolt, shpilka, mufti, qistirma, klapan
C) Vint, vtulka,shpindel, qistirma, richag D) O’q , richag, chigir, vint, pona
5. O’rta asrlarda me’morlar turli obidalami chizishda qo’llanilgan sirkul, chizg’ich, reysfeder, lekalolarni tegishlicha qanday nomlarbilan atalgan?
A) Chizg ich, leysfedrsirkul B) Tarz, tarli, reja
C) Jazvar, pargor, juptak, mastura D) Reja, chizg’ich, pargor, sirkul
6. G. Monj chizmalarga oid barcha bilimlami umumlashtirib chizmalar hosil qilishning nazariy asoslarini qaysi kitobida yoritib bergan?
C) Mashinasozlik D) Chizma geometriya
7. Qanday chizmachilik barcha turdagi chizmachilikning asosi hisoblanadi?
A) Topografik B) Muhandislik
C) Mashinasozlik D) Geometrik
8. Narsalarni tekislikda tasvirlash usullari qanday chizmachilik fanida о’rganiladi?
A) Mashinasozlik B) Geometrik;
C) Aksionometrik D) Proyeksion
9. Chizmalar chizishda yorug’lik chizma ustiga qaysi tomondan tushishi zarur?
A) Yuqori va o’ng tomondan B) Yuqori va past tomondan
C) Yuqori va chap tomonidan; D) Yuqori tomondan
10. Chizmachilik asboblariga nimalar kiradi?
A)Gotovalniy, stol, qalam va h.k B) Chizg’ichlar, lekalolar, gotovalnik va shunga о’xshashlar
B) Chizma taxta. chizma qog’ozi. tush . C) O’chirg’ich, qog’oz qadagich, qalamlar
11. Qalamdagi T yoki H yozuvi nimani bildiradi?
C) O’rtacha yumshoqligini D) O’rtacha qaltiqligini
12. Qanday chizmachilik barcha turdagi chizmachilikning asosi hisoblanadi?
A) Topografik B) Geometrik C) Mashinasozlik D) Muhandislik
13.Qalamdagi T yoki H yozuvi nimani bildiradi?
A) Qalamning qattiqligini B) Qalamning yumshioqligini
C) Qalamning o’rtacha qattiqligini D) Qalamning uchining uzunligini
14. Chizma hoshiyasi qqanday yo’g’onlikdagi chiziq bilan chiziladi?
A) Asosiy yo’g’on tutash B) Ingichka C) Shtrix D) Oddiy
15. Shiriftlar qanday qiyalikda yoziladi.
A) 60 B) 75 C) 75 va 90 D) 45
16. M 1:2 nimani bildiradi?
A) Masshtabni B) O’lchamni C) Kattalashtirish masshtabini D) Kichiklashtirish mashstabini
17. Chizma chizishda shtrix chiziqlar qanday holatlarda qo’llaniladi?
A) Markaz chiziqlarini chizishda B) Detalning ko’rinmas konturini chizishda
C) Detalga o’lcham qo’yishda D) O’q chiziqlarini chizishda
18. Detalning eng katta o’lchamlari qanday nomlanadi? ____________________________
19. Harflar orasidagi masofa qanchaga teng?___________________
20. Bosh harflarning chiziqlari yo’g’onligi d uning balandligi h ga qanday nisbatda yoziladi?__
21. Shriftlar standartga muofiq nech gradus ostida yoziladi?____________________________
22. To’g’ri chiziqning to’g’ri chiziqqa yoki egri chiziqni egri chiziqqa silliq o’tishiga nima deyiadi?________________________________________________________________
23. Enga kata format qaysi? ________________________________________________
24. Oltiyoqlik kubdan tashqari yana qanday nom bilan ataladi_____________________
25. Kontur chiziq bilan o’lcham chizig’i orasidagi masofa qancha?_________________
№ | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
J | B | C | B | D | C | D | D | B | C | B | B | B | B | A | C | D | B |
Geometriya 8-sinf
Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.
Darsimizning shiori: “Yetti o`lchab, bir kes”. Darsning rejasi e`lon qilinadi.
-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun –qoidalari bilan tanishamiz:
1. Og`zaki savol-javobiga 2 tanga
2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 tanga
3. Test topshirig`iga 5 tanga
4. Qiziqarli savol-javobga 3 tanga
5. Ijodiy ishlarga 5 tanga
-Qadrli bolajonlar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.
- Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.
- O`zgalar fikrini tinglay bilish.
- Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.
- Faollik.
- Vaqtdan unumli foydalana olish.
- Uchburchakning yuzini topish uchun unig asosini balandligi yarmiga ko`paytirish kerak.
- Aylananing markazi nechta? (1 ta)
- Aylana diametri 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)
- Aylana uzunligi 9,42 sm bo`lsa, diametrini toping. (3 sm)
- Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)
- Aylana radiusi 2,5 sm bo`lsa, diametrini toping. (5 sm)
- Soat va minut mili 180 0 gaochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)
- Aylana yoyina teng 4 bo`lakka bo`ling.
- Aylana yoyina teng 8 bo`lakka bo`ling.
- 2007 yil qanday yil? (Ijtimoiy himoya yili)
- O`zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)
- To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)
- Navoiy viloyati qachon tashkil topgan? (1992 yil,27 yanvar)
- Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)
- 2009 yil qanday yil edi? (Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili)
- “Ta`lim to`g`risida”gi qonunqachon qabul qilingan? (1997 yil, 29 avgust)
- 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)
- Navoiylik buyuk zotlarni bilasizmi? (Qosom Shayx, Parda Tursun)
- Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)
- Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning diametrini toping.
-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
O`quvchi: O`tgan darsda uchburchak, Pifagor teoremasi, uchburchak yuzini topishga doir nazoray ishi olgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.
– O`quvchilar, 2010-2010 yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, Internet saytimizga xabar keldimi? Ana ko`chma bozorimizning birinchi xaridori Internet tarmog`iga ulanmoqdalar. Ular amerikalik Jon Keyn.
-Salom, mening aziz o`zbekistonlik bilimdonlarim. Sizning mamlakatingiz haqida juda ko`p eshitganmam. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:
1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?
2. Pifagor teoremasini ayting?
O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.
– Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketme-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat figura.
Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.
To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.
-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.
Endigi xaridorimiz germaniyalik talaba Anna Braun.
– Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`lig. Savollarim quyidagicha:
1. Uchburchakning yuzi qanday topiladi?
2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?
Bundan tashqari uchburchakning yuzini topish uchun Geron formulasi mavjud:
To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.
-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.
3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar)
-Bugungi darsimizning mavzusi:Aylana. Markaziy burchak
-Qani bolalar, aylanaga hayotiy misollar keltirib bilasizmi?
-Sportchilar foydalanadigan xalqa, globusda yer ekvatori.
-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:
2. Aylananing qanday elementlari mavjud?
3. Aylananing uzunligini topishni bilasizmi?
O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining aylanaga oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar.Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi aylana va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab yangi mavzuni to`la yoritib beradi.
Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan barcha nuqtalar to`plami aylana deyiladi.
Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi va O nuqta bilan belgilanadi.
O`qituvchi sirkul yordamida aylanani sinf taxtasiga chizib ko`rsatadi.
Aylana markazini uning ixtiyoriy nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi.
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. BC-vatar
Aylana markazidan o`tib, uning ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma diametr deyiladi. EF-diametr. Diametr 2 ta radiusga teng: D=2r
Aylana uzunligi quyidagicha topiladi:
C-aylana uzunligi; r-radius; d-diametr
Aylana uzunligi soni bilan diametrning ko`paytmasiga teng.
soni uchun doimiy qiymat 3,14 qabul qilinib, hamma aylanalar uchun bir xildir.chunki soni aylana uzunligining uning diametriga nisbatidir.
Endi aylana uzunligini topishga doir tarixiy ma`lumotlar:
-Buyuk bobolarimizdan Al-Xorazmiy o`zlarining “Al-jabr-val-muqobala” asarining 2-kitobi geometrik shakllar va ularning xususiyatlariga bag`ishlangan. Al-Xorazmiy sonini quyidagicha aniqlaganlar:
-Aziz o`quvchilar, sizlarga quyidagicha topshiriq beriladi:
sonining qiymatini aniqlashda qanday olimlaro`z hissalarini qo`shganlar? Bu ma`lumotlarni to`plab, referat yozing.
Uchi aylana markazida yotganbuchak markaziy burchak deyiladi.Burchak tomonlari aylanani ikki qismga, ya`ni ikkita yoyga ajratadi.Yoylarni nomlashda oraliq harflar qo`yiladi:
-O`quvchilar, agar sizlar geometric chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.
4. “ To`g`ri so`z tuzing ” o`yini (tarqatmalar asosida)
Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Tarqatmani yechib bo`lgach javoblarini mos tartib raqamiga osib chiqadidar. Natijada plakatlar teskarisiga aylantirilganda
299-masala. Quyidagi chizmadan markaziy burchaklarni toping.
Mustaqil ish. 300-masala:
7. Test topshirig`i
2. Markaziy burchakka mos yoy aylananing 2/5 qismiga teng. Shu markaziy burchakni toping.
A) 110 0 B) 144 0 C) 216 0
3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.
A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm
Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.
Masalan, bizinng guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…
O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.
8.“ Bilimingni sinab ko`r ” (Kubik strategiyasi)
Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi.
-Bunda “Hashar”o`yiinin o`tkazamiz.Biz bilamizki, yaqinda Navro`zi olam kirib keladi. Bayram munosabati bilan joylarda hasharlar o`rkaziladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ko`chatlar o`tkqaziladi. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.
9. Darsni yakunlash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar.
Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga “Beruniy”- 70 tanga
-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.
1-5 tanga “3” ball
6-12 tanga “4” ball
13-20 tanga “5” ball
O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.
Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.
Shirin so`z sotilmas bebaho,
Yaxshilik bor bo`lsin doimo.
Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,
Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.
-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling