Press "Enter" to skip to content

Daqiqa qadri kitob

Amr Xolid aytadi:

Daqiqa qadri kitobi. Zakovat o’yinlari

Mazkur sahifada Daqiqa qadri kitobi. Zakovat o’yinlari faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material PDF formatda bo’lib, 2.07 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Pedagoglarga kitoblar
Versiya: 1
Hajmi: 2.07 MB
Fayl turi: application/pdf
Ko’rishlar: 1177 marotaba
Ko’chirishlar: 876 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 14-09-2022
Yangilangan: 14-09-2022

Yuklab olish
Fayl hajmi: 2.07 MB

Sifat bizning ustunligimiz! daqiqa qadri kitobi. zakovat o’yinlari faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek pedagoglarga kitoblar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

Daqiqa qadri kitob

BIR LAHZANING QADRI

Imomi A’zam r.a.ning shogirdlari, buyuk Faqih Abu Yusuf o’lim to’shagida ham shogirdlarini chaqirib, biron ilmiy masalani suhbat qilib turaylik, degan ekanlar.

Shunda shogirdlaridan biri: “Hazrat, hozir masala tortishadigan vaqtmas-ku, o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lsangiz” – desa, shunday javob bergan ekanlar: “Alloh menga bergan 1 lahza qolsa ham o’sha bilan bir musulmonga xizmat qilib qolsam deyman. Shu lahzani qo’ldan boy berib qo’ymay…”

Buyuk hofiz, muhaddis Ibn Rajab r.a. aytadilar: “O’z qo’lim bilan 2000 ta kitob yozganman”. Hatto kuniga 9 ta kitob yozgan paytlari ham bo’lgan ekan.

Amr Xolid aytadi:

“Bular qandayin zotlar edi! Vaqtining qadrini bilgan mana shunday zotlar sababli ummat 1300 yil turdi. Oxirgi 100 yilning ummatlari nima bo’ldi? Bu zamon ummatining dardu g’ami uy qurish bo’ldi…”

ENG KO’P KITOB YOZGAN OLIM

Ibn Aqiyl rahmatullohi alayhning birgina “Funun” degan kitoblari 800 mujallad bo’lgan ekan. Odam alayhissalomdan keyin kelgan odamlardan hech biri bunchalik ko’p kitob yozolmagan.

Ibn Aqiyl aytgan ekanlar:

“Hozir yoshim 80 da. Lekin haliyam kitob yozishga himmatim bor. Men sizlar ovqatlangandek ovqatlanmayman. Balki, vaqtimni qizg’onaman. Qattiq nonni suvga solib qo’yib, kitob yozayotgan joyimda yeyaveraman. Astoydil o’tirib yeyishga esa vaqtim yo’q.”

Amr Xolid aytadi:

“Ummati Muhammadiyaning hozirda qoim bo’lishi mana shunday vaqtning qadriga yetadiganlar sababidandir. Agar din bizga o’xshaganlarga qolganda xor bo’lgan bo’lardi.

Umr yashab o’tilgan yillar bilan emas, qilingan ezgu ishlar bilan o’lchanadi…”

ARSH LARZAGA TUSHDI

Sa’d ibn Muoz r.a. 30 yoshda musulmon bo’ldilar. U zot 37 yoshda vafot qilganlarida Rasululloh s.a.v.: “Allohning Arshi Sa’dning o’limidan larzaga tushdi” degan ekanlar. Marhumning tobutini ko’tarib ketayotgan bir sahoba: “Nega uning tobuti juda yengil?” – deb so’raganda, Rasululloh s.a.v.: “Uni farishtalar ko’tarib ketyapti” – degan ekanlar.

Alloh sizdan rozi bo’lsin, ey Sa’d, siz 7 yillik musulmonlik umringizda vaqtdan unumli foydalanaib, oily martabalarga erishdingiz.

Hazrat Usoma ibn Zaydni Rasululloh s.a.v. katta qo’shinga amir qilganlarida yoshi 16 da edi. Vaholanki, bu qo’shinda Abu Bakr siddiq, Umardek (r.a.) zotlar bo’lgan. Demak, Usoma r.a. shu yoshigacha vaqtini g’animat bilan Rasululloh s.a.v.ning e’tiborlarini qozongan ekan.

Muhammad Fotih (Fatih Mehmet) Istambulni kofirlar qo’lidan olganida yoshi 23 da edi.

TAOMINI UNUTGAN IMOM

Imom Navaviy 500 ta kitob yozganlar. 40 yoshda vafot etganlar. Ilmni deb uylanolmaganlar. Shu zot aytgan ekanlar: “Allohga qasamki, yiqilib tushmagunimcha ovqatlanmayman va uxlamayman. Chunki vaqtni qizg’onaman”. Onalari ovqatni olib kelarkanlar-da, hazrat kitob o’qiyverarkanlar, onalari og’izlariga tiqib-tiqib ketaverarkan. Bomdodga azon chaqirilib, hazrat onalariga: “Onajon, ovqatni olib keldingizmi?” desalar, onalari: “Uni kechqurun yedirib qo’ydim-ku” – derkanlar.

UYQUGA ZOR XALIFA

Umri davomida to’yib uxlamagan Hazrati Umarning gaplarini eshiting:

“Qachon uxlay ekan. Kechqurun uxlasam Parvardigorning haqini zoye qilaman, kunduzi uxlasam bandalarning haqini zoye qilib qo’yaman-ku”.

Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi.

Daqiqa qadri – “Zakovat” intellektual o’yinlari – 1001 savol va javob

Daqiqa qadri – – 1001 savol va javob
Author: A.Abdullayev
Publisher: Toshkent.,”Sharq ziyokori”
Publication date: 2007
ISBN: 978-9943-312-91-3
Number of pages: 260
Format / Quality: PDF/DOC
Size: 7,75 Mb
Language:Uzbek

Цитата:
“Zakovat” intellektual o’yinining muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayevning muallifligi ostida nashr qilingan “DAQIQA QADRI” nomli ushbu kitob 1001 savol va uning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda “Zakovat” intellektual o’yini haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Kitob barcha ta’lim muassasalarida “Zakovat” o’yinlarini tashkil etishida, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishida muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Yurtdoshlarimizning qiziqarli maktublari, ijod namunalari, savol va javoblaridan iborat ushbu kitob barchangizga manzur bo’ladi, degan umiddamiz.

Kitob keng ommaga mo’ljallangan