Press "Enter" to skip to content

4-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar

O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.

“Pp” tovushi va harfi mavzusida 1-sinflar uchun dars ishlanma

Oqituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar.

Dam olish daqiqasi.

Boqqa kirsam olmalar

Qip- qizarib pishibdi

Yerga to`p-to`p tushibdi.

Bo`gin tuzish o`yini

O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.

“So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar.

”Darvoza” o’yini Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi. Masalan qog’ozdan yasalgan gullar , mevalar shakli yulduzchalar,.O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asini olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda , ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim.

Darsni yakunlash bu kabi o’yinlardan foydalanish, yangi mavzuning o’quvchilar xotorasida mustahkam o’rnatishiga xizmat qiladi. Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish.

4-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar

4-sinf mavzulari bo’yicha dars ishlanmalar. Ushbu sahifada ingliz tili fanidan yangi darsliklar (Guess What va Prepare darsliklari) 1 soatlik namunaviy dars ishlanmalar namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

1-CHORAK MAVZULARI

Unit 0. Welcome back!

  • 4-sinf Introductions
  • 4-sinf Descriptions
  • 4-sinf Measurements
  • 4-sinf Write description
  • 4-sinf Get involved
  • 4-sinf Pronunciation: ow / ou

Unit 1. Fun sports

  • 4-sinf Fun sports
  • 4-sinf I’m good at
  • 4-sinf Are you good
  • 4-sinf Write a plan
  • 4-sinf Allow others to work
  • 4-sinf Pronunciation: oy / oi

Unit 2. Around town

  • 4-sinf Around town
  • 4-sinf Where’s the …?
  • 4-sinf Directions
  • 4-sinf Write about favorite city

2-CHORAK MAVZULARI

  • 4-sinf Cycle safe
  • 4-sinf Pronunciation: ur / ir
  • 4-sinf Review U1-2

Unit 3 At work

  • 4-sinf At work
  • 4-sinf Careers
  • 4-sinf What do you want to be?
  • 4-sinf Where do you want to work?
  • 4-sinf Take care of pets and animals
  • 4-sinf Pronunciation: cr
  • 4-sinf Review Q1-2

Unit 4. Wild animals

  • 4-sinf Wild animals
  • 4-sinf Comparatives

3-CHORAK MAVZULARI

  • 4-sinf Comparatives
  • 4-sinf Write about favorite animal
  • 4-sinf Look after nature
  • 4-sinf Pronunciation: fr
  • 4-sinf Review U3-4

Unit 5. Food and drink

  • 4-sinf Food and drink
  • 4-sinf Adverbs of frequency
  • 4-sinf How often?
  • 4-sinf Lunch diary
  • 4-sinf Be clean around food
  • 4-sinf Pronunciation: ar

Unit 6 Health matters

  • 4-sinf Health matters
  • 4-sinf What’s the matter?
  • 4-sinf Sicknesses
  • 4-sinf Write a healthy recipe
  • 4-sinf Be a good sport
  • 4-sinf Pronunciation: sp
  • 4-sinf Review U5-6

4-CHORAK MAVZULARI

Unit 7 Buildings

  • 4-sinf Buildings
  • 4-sinf Where were you?
  • 4-sinf Places
  • 4-sinf Write a diary
  • 4-sinf Look after your possessions
  • 4-sinf Pronunciation: ck

Unit 8 Weather

  • 4-sinf Weather
  • 4-sinf What’s the weather?
  • 4-sinf Weather diary
  • 4-sinf Favorite festival
  • 4-sinf Work hard and try your best
  • 4-sinf Pronunciation: nd
  • 4-sinf Review U7-8
  • 4-sinf Review Q3-4

Siz yuqoridagi tayyor mavzular bo’yicha dars ishlanma olishingiz yoki tayyor yo’q mavzularga buyurtma berishingiz mumkin. Tanlagan mavzu bo’yicha shu namunada dars ishlanma tayyorlab beramiz. Telegram orqali @hasanboy_uz adresiga yoki telegramdan +998911800985 raqamiga bog’langing. Bog’lanish faqat telegram orqali. Telefon qilinganda yoki sms yozilganda javob bermasligim ehtimoli yuqori!

4 sinf Ona tili fani 1 Mavzu Sonsoz

326 – mashq. Shaxmat tarixidan. Shaxmat o`yini bundan 1500 yil avval Hindistonda paydo bo`lgan. Uni dastlab “Chaturanga” deb atashgan. Bu o`yinda 4 kishi ishtirok etgan (“chatur” – to`rt degani). Keyinchalik o`yinda 2 kishi qatnashadigan bo`ldi. Nomi “Shatranj” deb o`zgartirildi (“shatr” – ikki degani). Shaxmat nomi esa Eronda vujudga kelgan. 1986 –yilda shaxmat o`yini bo`yicha jahon birinchiligining 100 yilligi nishonlandi. 9

Rustam Qosimjonov 10

3 -shart: 327 -mashq ustida ishlash. 12

327 -mashq. Ilgari arablar va musulmon xalqlar hisob amallarini so`zlar yordamida bajarar edilar. Hindlar esa har bir sonni raqam bilan ifoda etadilar. Hindlarda to`qqizgacha sanoq tartibi bor edi. …Mashhur olim al-Xorazmiy hind hisobiga yangilik kiritdi. U bir raqami yoniga bitta halqa qo`ydi. Olim o`n raqamini yaratdi. 13

Muhammad ibn Muso Al- Xorazmiy 14

Sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi: 1. Harfiy ifoda bilan: to`rtinchi sinf, oltinchi uy. 2. Arab raqami bilan: 2001 –yil 1 -sentabr. 1. Rim raqamlari bilan: IV sinf, XXI asr. 16

4 -shart: Sonlar ishtirok etgan maqollar musobaqasi. 17

Maqollar: • • Birni kessang, o`nni ek. Qars ikki qo`ldan chiqadi. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Sanamay sakkiz dema, o`ylamay o`ttiz. • Yigit kishiga yetmish hunar oz. 18

5 -shart: 328 -mashq ustida ishlash. 19

328 -mashq. Iroda To`laganova 1982 -yilning 7 -yanvarida Toshkentda tug`ilgan. Tennis bo`yicha Butunjahon o`smirlarining Bronza medali sovrindori bo`lgan. Tennischilarning musobaqalarida 3 marta zafar qozondi. 2001 yilning 5 -noyabrida jahon turnirida 20 -o`ringa ko`tarilgan. Iroda “Shuhrat” medali, “O`zbekiston iftixori”, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan. 20

Iroda To`laganova 21

6 -shart: Test sinovi. 23

Guruhlar ishini yakunlash: Rag`bat kartochkalarini hisoblash va g`olib guruhni aniqlash. 24

O`quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash. 25

Uyga vazifa: 329 -mashq. 26

Dars o`z nihoyasiga yetdi. E’tiborlaringiz uchun tashakkur. 27

  • Ona tili 5 sinf 329 mashq
  • 6 sinf matematika skachat
  • Suhbat qismlari
  • Didaktika nima?
  • O’qituvchi psixologiyasi ppt
  • Nutqni o’stirish usullari
  • Kop manoli sozlar
  • Axborot nima
  • Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
  • Ona tili dars shiori
  • Eng qadimgi davrlardan
  • Raqamli tarix fanining maqsadi va vazifalari
  • Fani nolimal
  • Konstitutsiya alifbosi o’qish fani tarkibida
  • Pedagogik mahorat tushunchasi
  • Pedagogika fanining asosiy manbalari
  • Informatika fani
  • Etnomadaniyat fanining predmeti
  • Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha
  • Patrizia fani
  • Tabiiy geografiya nimani o’rganadi
  • Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari
  • Brus deb nimaga aytiladi
  • Https://slidetodoc.com
  • Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q reja
  • Resurslar.rtm.uz
  • Pedagogik konfliktologiya
  • Mikrobiologiya fani va uning vazifalari

Tovush va harf

1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin
grafikasi asos qilib olindi.
O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni
tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni tahlil
qilishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz
qilingandan so’ng, odatda, shu tovush so’z boshida,
o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan
so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi.

4.

1-sinfda fonetika va grafikani (fonetika yunoncha
phone —tovush; grafika yunoncha grafike — chizuv)
o‘rganishga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilar so‘zni
to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish,
o‘rganiladigan har bir tovushni aytilishi va yozilishini
qunt bilan o‘zlashtirish uchun analiz, sintez,
taqqoslash, guruhlash singari aqliy mashqlarni
o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida muntazam bajaradi.
Shunda ular so‘zlar tarkibidagi tovushlarning tabiati,
o‘zaro ta’siri kabi ayrim boshlang‘ich bilimlarni
egallash malakasiga ega bo‘lishadi.

5.

1)
2)
3)
4)
1-sinfning «Ona tili» darsligida (2-yarim yillikda)
berilgan mashqlar asosida o‘quvchilar so‘zning tovush
tarkibini aniqlashadi, so‘zdagi tovushlarni tartib bilan
aytishga va yozuvda ifoda etishga o‘rganishadi. Shu
tarzda ular o‘zbek alifbosi haqida quyidagicha
ma’lumotga ega bo‘ladilar:
— o‘zbek alifbosida faqat bir nutq tovushini
ifodalaydigan harflar 24 ta;
— ikki harf birikmasi bilan ifodalanadigan nutq
tovushlari —3 ta (sh, ch, ng);
— bir belgi bilan nomi o‘zgargan harflar 2 ta (o—o‘,
g—g‘);
— umumiy harflar soni 29 ta, tovushlar esa 30 ta
(«j» harfi ikki tovushni bildiradi: jajji, jurnal).

6.

Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, j, q y, l, m, n, r, ng
Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, x q, q
Bolalar jufti yo’q jarangli undoshlar so’zning
oxirida kеlganda ham talaffuzi yozilishiga mos
kеlishini bilib olishlari еtarli. Jufti bor jarangli
undoshlar so’z oxirida kеlganda bunday
moslik bo’lmaydi.

7.

O’quvchilar undosh tovushlarning imlosi
yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni
hosil qilishi kеrak.
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh
tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kеlgan jufti bor jarangli undosh
tovushning jarangsiz jufti eshitilishini, shuning
uchun bunday so’zni tеkshirish kеrakligini.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin
kеlganda boshqa tovush bilan almashmasligini.
4. Tеkshiruvchi va tеkshiriluvchi so’zdagi
undosh harfni taqqoslash (kitobi-kitob).

8.

Tovush murakkab tushuncha
bo’lgani
uchun boshlang’ich
sinflarda unga ta’rif berilmaydi,
ammo amaliy ishlar olib boriladi.
Bunda yetakchi usul so’zdagi
tovushlarning talaffuzi, so’zning lеksik
ma’nosi, so’zdagi tovushlarning tarkibiga
bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.
Masalan: ota-ona, kul-gul.

9.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari
lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda
ifodalanadigan belgisi.

10.

2—4-sinflarda ham so‘zni tovush
tomonidan tahlil qilish mashqlari
o‘tkazilib, fonetik bilimlar
takomillashtirib boriladi.
3-sinfda undosh tovushlar
ovozningishtirok etishi yoki ishtirok
etmasligiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz
bo‘ladi, deb o‘rgatiladi.

11.

So’zning tovush tarkibi ustida
ishlash savod o’rgatish davridayoq
boshlanadi. Ular so’zni tovush tomondan
tahlil qilishga o’rganadi. Masalan: yoz
so’zida y, o, z; bulut so’zida b, u, l, u, t
tovushlari borligini aytishlari zarur.
Bu esa so’zdagi harflarni tushirib
qoldirmay yozish va to’g’ri talaffuz
qilishga yordam bеradi. So’zning tovush
tarkibi ustida ishlash 2-3-4 sinflarda ham
davom ettiriladi.

12.

Tovushlar 2 guruhga bo’linadi: unli va
undosh tovushlar. Uni o’quvchilarga
tushuntirishda quyidagi bеlgilar hisobga
olinadi:
1. Talaffuz qilinish usuli.
2. Ovoz va shovqinning ishtiroki
3. Bo’g’in hosil qilish xususiyati

13.

Tovush-harf tahlili
O’quvchilar savod o’rgatish davrida tovush, harf haqida
amaliy ko’nikmalarni egallaydilar. 1-2-sinflarda tovushlar
va harflarga oid asosiy bilimlar o’quvchilarning savod
o’rgatish jarayonida o’rgangan amaliy bilimlariga
asoslangan holda olib boriladi. Boshlang’ich sinflarning
dastlabki yillari, 1-2-sinflar tahlilga tayyorlov davri
hisoblanadi. 3-sinfdan boshlab tahlil ishlarini tashkil etish
mumkin. 3-4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid
bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanadi. So’zlarni
tovush-harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi.

14.

1-2-sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil
dasturning “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”
bo’limlarini o’rganish jarayonida og’zaki va
yozma shaklda o’tkazib boriladi.
3-4-sinflarda “Tovush va harflar” bo’limi
yuzasidan quyi sinflarda o’tilganlar takrorlanadi.
Shu davrda tahlil mashqlarini uyushtirish
mumkin. 3-4-sinflarda tahlil sharoitni hisobga
olgan holda o’quvchilar jamoa bo’lib yoki
mustaqil bajarishlari mumkin

15.

Tovush-harf tahlili ona tili darslarida imlosi
va talaffuzi qiyin so’zlarni o’rgatishda,
yozma ishlar tahlili darslarida ham
uyushtiriladi.
3-4-sinfda yozma ishlar tahlili darslarida
o’quvchilar imloviy xatoga yo’l qo’ygan
so’zlar ustida ishlashda tovush-harf tahlilini
mustaqil ish qilib berish mumkin. Masalan,
o’quvchi diktant yozish jarayonida “Fahm”
so’zida imloviy xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa,
shu so’zni tovush-harf tomonidan tahlil
qilish mustaqil ish qilib beriladi.

16.

1-4 -sinflarda tovush-harf
tahlilining vazifasi
1-4 -sinflarda tovush-harf tahlilining
vazifasi so’z tovushlarining tartibini,
ularning xususiyatlarini, tovushlar va
harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash
hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda tovushharf tahlili quyidagi tartibda o’tkaziladi:

17.

Boshlang’ich sinflarda tovush-harf
tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So’zda nechta bo’g’in bor,
nechanchi bo’g’in urg’uli?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor?
(Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko’p
bo’lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash.
Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?

18.

1-sinf uchun tovush-harf tahlil tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. Harflar soni.
3. Tovushlar soni.
4. Unlilar son.
5. Undoshlar soni.
6. Bo’g’inlar soni.
Og’zaki tahlil namunasi.
Daftar – 6 ta tovush, 6 ta harf (d,a,f,t,a,r) bor.
Unli tovushlar: 2 ta (a, a)
Undosh tovushlar: 4 ta (d, f, t, r)
Daftar – ikki bo’g’indan iborat: daf-tar

19.

2-sinfda tovush-harf tomondan tahlil
2-sinfda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganish
davom ettiriladi. Bu sinfda quyi sinfda o’rganilganlar
takrorlanadi:
jarangli va jarangsiz undosh
tovushlar, ularni harf bilan belgilash, so’z oxiridagi
jarangli tovushlarningjarangsiz jufti eshitilishi,
ba’zi so’zlarning talaffuzida undoshlarning tushib
qolishi haqida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
ko’nikmalar hosil qilinadi.
3-4-sinflarda esa tovushlar hva harflarga oid bilimlar
chuqurlashtiriladi,mustahkamlanadi.

20.

2-4-sinflarda tovush-harf tomondan tahlil
tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. So’zdagi tovushlar va harflar soni.
3. Unli tovushlar soni.
4. Undoshlar tovushlar soni.
5. Jarangli undoshlar.
6. Jarangsiz undoshlar.
7. So’zdagi bo’g’inlar soni.

21.

4-sinf darsligidagi 103-mashq
4-sinf darsligidagi 103-mashqda
“qaldirg’och” so’zini tovush-harf tomondan
tahlil qilish so’ralgan va quyidagi
namuna berilgan:
Tovush-harf tahlili tartibi.
Zag’cha (zag’cha) – 5 ta tovush,
4 – ta harf, 1 – harf birikmasi.
Unli tovushlar: a, a.
Undosh tovushlar: z, g’, ch.
Jarangli undoshlar: z, g’.
Jarangsiz undosh: ch.

22.

Tahlil namunasi: “Kitob” so’zi
1. So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in –
urg’uli: ki-tób.
2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.
4. k – undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan
i – unli tovush, i harfi bilan ifodalangan
t – undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan
ifodalangan
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b – undosh tovush, jarangli, b harfi bilan
ifodalangan

23.

Tahlil namunasi: “Sahifa” so’zi.
So’zda uchta bo’g’in bor: sa-hi-fa
So’zda oltita tovush, oltita harf bor.
So’z uch unli tovush, uch undosh tovushdan iborat.
s – undosh tovush, jarangsiz, s harfi bilan
ifodalangan.
a – unli tovush, a harfi bilan ifodalangan,
h – undosh tovush, jarangsiz,yozuvda
h – harfi bilan ifodalangan.
i-unli tovush, i harfi bilan ifodalangan.
f undosh tovush, jarangsiz, f harfi bilan
ifodalangan.

24.

Og’zaki tahlil namunasi:
Tong so’zida 3ta tovush,
2ta harf (t,o, )
1 ta harf birikmasi (ng) bor.
Unli tovushlar: 1ta (o)
Undosh tovushlar: 2ta (t, ng)
Jarangli undoshlar: 1ta (ng)
Jarangsiz undoshlar: 1ta (t)
Tong so’zi bir bo’g’inli.

25.

Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlil
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan
tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda
ham, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rgatish
maqsadida ham foydalaniladi. Masalan,
maktab so’zi oxirida b undoshi p tarzida
talaffuz qilinadi, jufti bor undosh,
tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi
yoziladi.

26.

Izohli diktant
Tovush-harf tomonidan tahlil qilishda izohli
diktantda ham o’rgatiladi.
Izohli diktant o’quvchilarning qobiliyatiga qarab
ikki xil o’tkaziladi. O’quvchi, odatda,
o’qituvchining ko’rsatmasi bilan ma’lum so’zning
yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin
izohlaydi. So’zning yozilishini bo’g’in-tovush,
tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani
tatbiq etadi. Bu diktantda o’quvchilar qoidalarga
oid so’zlarning tagiga chizadilar.

27.

Masalan:“Odob –inson ziynati”
Odob : O-dob. Ikki bo’g’in. Birinchi
bo’g’inida o; ikkinchi bo’g’inida d, o, b
tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi
tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p
tovushini ifodalovchi harfning yozilishini
tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so’z
oxiriga i tovushini qo’shamiz va aytamiz:
odobi. b tovushi yozilar ekan” kabi
izohlanadi.

28.

Quyida tovush-harf tomonidan
tahlil qilish uchun materiallar havola
qilinadi.
1- topshiriq
Istiqlol so’zini tahlil qiling.

29.

2- topshiriq
She’rni ifodali o’qing. Ajratib ko’rsatilgan
so’zlarni tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.
Dadil qadam tashlagaysan,
Jahonaro yashnagaysan.
Xalqni baxtga boshlagaysan,
Baxt makonim, O‘zbekiston.

30.

3- topshiriq
Nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan harflarni
qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni yozma tovushharf tomonidan tahlil qiling.
Ozo. , odo.li, muro. , ziyna. , i.rok.

31.

4- topshiriq
Yonma-yon kelgan bb, ll undoshlar
qatnashgan 4 ta so’z topib yozing
Ulardan ikkitasini tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.

32.

2-4-sinf o’quvchilarini tovush-harf tomonidan
tahlilga o’rgatishda quyidagi jadvaldan foydalanish ham
mumkin.

33.

Chiroyli
Tovush Harf
7 ta
Unli harf
6 ta 3 ta
1 ta i,o,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
r,y,l
Ch,r,y,l
Ch
3 ta
chi-roy-li

34.

shamol
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta a,o
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
sh,m,l
m,l
sh
2 ta
Sha-mol

35.

shodlan
Tovush Harf
6 ta
Unli harf
5 ta 2 ta
1 ta o,a
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
Sh,d,l,
n
d,l,n
sh
2 ta
Shod-lan

36.

keling
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta e,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
K,l,ng
l,ng
k
3 ta
Ke-ling

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ro’ziyeva Zebo Nuriddinovnaning 4- “A” sinfda «Tovushlar va harflar» mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi.

Sinf: 4- “A” sinf. Sana : 22-oktabr 2018-yil. Fan: Ona tili.
Darsning mavzusi: Tovushlar va harflar. (90-92-mashqlar)
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy: o`quvchilarga tovushlar, ularning so`z ma`nolarini farqlashi, to`g`ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to`g`ri shakllantirish haqidagi bilimlarni eslatish orqali mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo`g`inga bo`lish va ko`chirishni, so`zlarni bo`g`in-tovush va tovush harf jihatidan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila olish.
b) Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: suhbat, analitik metodi, ta`limiy o`yin.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmalar, tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, tarqatmalar, multimedia ilovalari
Dars rejasi: I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (2 daqiqa)
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa)
Darsning borishi: o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
I Tashkiliy qism. Good morning pupils. How is on dyute today. Navbatchi axboroti. Davomatni aniqlash. Savol-javob o`tkaziladi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Davomatni oluvchi
Tozalikni saqlovchi
-Bolajonlar, endi biz uch guruhga: “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Donolar” guruhlariga bo`linamiz.
Guruh nomlariga ta`rif beriladi.
1-guruh:- Biz bilimdon bolalar
Ilm olishga chanqoq.
Aqlimiz ishga solib,
Bo`lamiz yana faolroq.
2-guruh:- Biz zukko o`quvchilar,
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to`g`ti javobimiz.
3-guruh:- Bizlar dono o`quvchi
Har savolni bilguvchi
Ahil bo`lib birlashing
Ilm sirlarin oching!
-Yashang! Endi shiorimizni ayting-chi.
Bilim olish istagi Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning , Dars-muqaddasdir.
1.Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
2.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3.Kuz faslida dalalarda qanday ishlar bajariladi?
4.Kuz faslida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
5.O`zbek tiliga kim asos solgan?
6. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
7. Hozir necha yil to`ldi?
-O`quvchilar: Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan, jon tilim.
Yuragimning to`rida,
Sayrab turgan bulbulim.
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma birga to’libsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Sahna ko`rinish namoyish etiladi. Tilni madh etuvchi maqollar aytiladi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi? 4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
2. So`z turkumlari qaysilar? 5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor? 6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan tovushlar va harflar mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
90-mashq. She`rni ifodali o`qing. She`r nima haqida yozilgan. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Vatanni sev, tuprog`ini o`p: Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p Jondan aziz yuragimizga.
-Ajratilgan so`zlarda nechta tovush bor?
-Ular nechta harf bilan yozilgan?
-She`rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo`yilgan?
— She`r necha misradan iborat?
— She`r misralaridagi qofiyadosh so`zlarni toping.
Vatanni- so`zida 7 ta tovush, 7 ta harf bilan ifodalangan. Qarichi-so`zida 6 ta tovush, 6 ta harf bilan ifodalangan. Muqaddas-so`zida 8 ta tovush, 8 ta harf bilan ifodalangan.
O`quvchilar ajratilgan so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar.
O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til
1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim.
91-mashq. O`qing. Ko`chiring. So`z ma`nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So`zlarning ma`nosini tushuntiring. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O`ylab ko`ring.
O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar.
Mard-mart, yod-yot, sop-sof. Shoh-shox, xush-hush, uxladi-uhladi, asr-asir, asl-asil.
Mard-qo`rqmas, dovyurak, botir,mart-bahor faslining birinchi oyi, yod-eslamoq, yodga olmoq,yot-yotmoq, uxlamoq, sop-ketmonning, o`roqning dastasi, ushlagichi, sof-toza, tiniq. Shoh-podsho,shox-daraxtning molning shoxi, xush-xush kelibsiz, xush ko`rdik,hush-esi, xayoli, uxladi-yotdi, dam oldi,uhladi-uh tortdi, asr-100 yil,asir- tutqin, bandi, asl-asl nusxasi, aynan,asil-noyob, nodir.
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar.
92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
2-topshiriq: multimedia orqali. Berilgan so`zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
“So`zdan so`z yasang”, “Kemachalar suzmoqda” ta`limiy o`yini. O`quvchilarga Konstitutsiya so`zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so`zlar hosil qilish kerak. Konstitutsiya- kon, in, soya, it, institut, sut, soniya, soat, sot, tut,
Saylanma diktant. Ona tiliga oid so`zlarni yozib oling.Kino, gap, kesim, kulmoq, o`yin, ayituv, matn, ega, burchak, lug`at, qo`shimcha, alifbo.
“Tovushni angla” o`yinida o`quvchilarga biror bir narsaning tovushi disk orqali eshittiriladi, o`quvchilar uni anglab topadilar. So`ng to`g`riligini aniqlash uchun monitor orqali video lavhalar ko`rsatiladi.
“Tushunchalar tahlili” ta`limiy o`yini
T/r Tushunchalar To`g`ri Noto`g`ri
1 Shaxs va narsani bildirib qanday? qanaqa? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi? +
2 Gapda so`zlar o`zaro ma`no jihatidan bog`lanadi. +
3 Gapda ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelmaydi +
4 Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi +
V.Baholash.Darsni yakunlash. Guruhlarning to`plagan ballari jamlanib g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 93-mashq.