Sinf: 4- “A” sinf. Sana : 22-oktabr 2018-yil. Fan: Ona tili.
Darsning mavzusi: Tovushlar va harflar. (90-92-mashqlar)
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy: o`quvchilarga tovushlar, ularning so`z ma`nolarini farqlashi, to`g`ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to`g`ri shakllantirish haqidagi bilimlarni eslatish orqali mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo`g`inga bo`lish va ko`chirishni, so`zlarni bo`g`in-tovush va tovush harf jihatidan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila olish.
b) Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: suhbat, analitik metodi, ta`limiy o`yin.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmalar, tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, tarqatmalar, multimedia ilovalari
Dars rejasi: I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (2 daqiqa)
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa)
Darsning borishi: o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
I Tashkiliy qism. Good morning pupils. How is on dyute today. Navbatchi axboroti. Davomatni aniqlash. Savol-javob o`tkaziladi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Davomatni oluvchi
Tozalikni saqlovchi
-Bolajonlar, endi biz uch guruhga: “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Donolar” guruhlariga bo`linamiz.
Guruh nomlariga ta`rif beriladi.
1-guruh:- Biz bilimdon bolalar
Ilm olishga chanqoq.
Aqlimiz ishga solib,
Bo`lamiz yana faolroq.
2-guruh:- Biz zukko o`quvchilar,
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to`g`ti javobimiz.
3-guruh:- Bizlar dono o`quvchi
Har savolni bilguvchi
Ahil bo`lib birlashing
Ilm sirlarin oching!
-Yashang! Endi shiorimizni ayting-chi.
Bilim olish istagi Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning , Dars-muqaddasdir.
1.Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
2.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3.Kuz faslida dalalarda qanday ishlar bajariladi?
4.Kuz faslida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
5.O`zbek tiliga kim asos solgan?
6. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
7. Hozir necha yil to`ldi?
-O`quvchilar: Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan, jon tilim.
Yuragimning to`rida,
Sayrab turgan bulbulim.
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma birga to’libsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Sahna ko`rinish namoyish etiladi. Tilni madh etuvchi maqollar aytiladi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi? 4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
2. So`z turkumlari qaysilar? 5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor? 6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan tovushlar va harflar mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
90-mashq. She`rni ifodali o`qing. She`r nima haqida yozilgan. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Vatanni sev, tuprog`ini o`p: Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p Jondan aziz yuragimizga.
-Ajratilgan so`zlarda nechta tovush bor?
-Ular nechta harf bilan yozilgan?
-She`rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo`yilgan?
— She`r necha misradan iborat?
— She`r misralaridagi qofiyadosh so`zlarni toping.
Vatanni- so`zida 7 ta tovush, 7 ta harf bilan ifodalangan. Qarichi-so`zida 6 ta tovush, 6 ta harf bilan ifodalangan. Muqaddas-so`zida 8 ta tovush, 8 ta harf bilan ifodalangan.
O`quvchilar ajratilgan so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar.
O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til
1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim.
91-mashq. O`qing. Ko`chiring. So`z ma`nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So`zlarning ma`nosini tushuntiring. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O`ylab ko`ring.
O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar.
Mard-mart, yod-yot, sop-sof. Shoh-shox, xush-hush, uxladi-uhladi, asr-asir, asl-asil.
Mard-qo`rqmas, dovyurak, botir,mart-bahor faslining birinchi oyi, yod-eslamoq, yodga olmoq,yot-yotmoq, uxlamoq, sop-ketmonning, o`roqning dastasi, ushlagichi, sof-toza, tiniq. Shoh-podsho,shox-daraxtning molning shoxi, xush-xush kelibsiz, xush ko`rdik,hush-esi, xayoli, uxladi-yotdi, dam oldi,uhladi-uh tortdi, asr-100 yil,asir- tutqin, bandi, asl-asl nusxasi, aynan,asil-noyob, nodir.
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar.
92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
2-topshiriq: multimedia orqali. Berilgan so`zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
“So`zdan so`z yasang”, “Kemachalar suzmoqda” ta`limiy o`yini. O`quvchilarga Konstitutsiya so`zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so`zlar hosil qilish kerak. Konstitutsiya- kon, in, soya, it, institut, sut, soniya, soat, sot, tut,
Saylanma diktant. Ona tiliga oid so`zlarni yozib oling.Kino, gap, kesim, kulmoq, o`yin, ayituv, matn, ega, burchak, lug`at, qo`shimcha, alifbo.
“Tovushni angla” o`yinida o`quvchilarga biror bir narsaning tovushi disk orqali eshittiriladi, o`quvchilar uni anglab topadilar. So`ng to`g`riligini aniqlash uchun monitor orqali video lavhalar ko`rsatiladi.
“Tushunchalar tahlili” ta`limiy o`yini
T/r Tushunchalar To`g`ri Noto`g`ri
1 Shaxs va narsani bildirib qanday? qanaqa? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi? +
2 Gapda so`zlar o`zaro ma`no jihatidan bog`lanadi. +
3 Gapda ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelmaydi +
4 Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi +
V.Baholash.Darsni yakunlash. Guruhlarning to`plagan ballari jamlanib g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 93-mashq.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ro’ziyeva Zebo Nuriddinovnaning 4- “A” sinfda «Tovushlar va harflar» mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi.