Bo lim: Dars ishlanmalari
Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari beriladi. Tanlov natijalari va g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Dars ishlanmalari ona tili
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalar o‘rtasida birinchi va ikkinchi Renessans davri yutuqlari, yangi Renessans poydevorini yaratish masalalariga bog‘liq ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazilmoqda.
Eng yaxshi deb topilgan maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar yo‘nalishlari:
1. Birinchi va Ikkinchi Renessans davri va yutuqlari;
2. Uchinchi Renessans yoshlar nigohida;
3. O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga poydevor yaratish holati;
4. Ajdodlar merosi bebaho xazina;
5. Milliy qadriyatlarimiz-o‘zligimiz timsollari;
6. Besh muhim tashabbus-kelajakka mustahkam poydevor;
7. Yangi O‘zbekiston-yangi imkoniyatlar yurti;
8. Betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosimiz-kuch-qudrat va ilhom manbai;
9. Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi: natijalar va istiqboli;
10. Fan va ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar: yaratilgan sharoitlar, natijalar, muammolar, yechimlar;
11. Mavzuga oid ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari.
Tanlovga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar
Maqolalar “Microsoft Word” matn muharririda yozilishi, doc yoki docx formatida, o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola matni “Times New Roman” shriftida (kegel 12), satrlar oralig‘i 1 pt, yuqoridan, pastdan, o‘ngdan va chapdan 2sm hoshiya qoldiriladi, yangi satrda xatboshi 1sm, matn sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan shaklda, hajmi 6-10 betdan oshmasligi talab etiladi.
Formulalar “Microsoft Equation” tahrirlovchisi yordamida yozilishi, matnga grafik, diagramma va rasmlar oq-qora rangda, jpeg formatida kiritilishi (rasmdagi matnlar “Microsoft Word” matn muharririda, 12 kgel o‘lchamda yozilishi), matnda rasm va jadvallar ketma-ketlik tartibida raqamlanishi, nomlanishi va matnda ilova keltirilishi lozim.
Maqolaga soha bo‘yicha UO‘K (Universal O‘nlik Klassifikatsiyasi) raqami qo‘yiladi.
Eslatma
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-ommabop hamda ilmiy maqolalar yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyatida Uchinchi Renessans g‘oyasining tub mazmun-mohiyati, ahamiyatini targ‘ib qilishga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.
Tanlov 2 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: birinchi nominatsiya – bakalavriat va magistratura talabalari; ikkinchi nominatsiya – doktorantlar/tadqiqotchilar va 40 yoshgacha bo‘lgan ilmiy xodimlar.
Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan va qabul qilingan materiallar to‘plam shaklida nashr etilishi belgilangan bo‘lib, mazkur to‘plamga kiritilgan ilmiy maqolalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar natijalarini nashr etishga tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalarga tenglashtiriladi.
Shu munosabat bilan taqdim etilayotgan ilmiy maqolada keltirilgan natijalarning 60-70% qismi asosiy muallifga tegishli bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Qabul qilingan ilmiy materiallar ko‘chirmachilikka(plagiat) qarshi qat’iy tekshirilishi, soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
Maqolalar 2021-yilning 15-mart kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan (E-mail: nauka@edu.uz; telegram:+99897 7463721) qabul qilinadi.
Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan va mazmuni talabga javob bermagan materiallar qabul qilinmaydi, tanlovga taqdim etilgan materiallar muallifga qaytarilmaydi.
Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari beriladi. Tanlov natijalari va g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan norozilik arizalari bir kun muddatda shikoyatchi ishtirokida ishchi guruh a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda xulosalar yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Murojaat uchun tel.: (71) 2460187
Maqoladan oldin titul varag‘i qo‘yiladi.
NAMUNA
TITUL VARAG‘I
1. Maqola mavzusi;
2. Maqola muallifining familiya, ismi-sharifi (maqola yakka mualliflikda yoziladi);
3. Ish yoki o‘qish joyining nomi, manzili (qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin emas);
4. Talabalar uchun kursi, yosh tadqiqotchilar uchun lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (doktorant/tadqiqotchilar uchun kursi, shifr va ixtisoslik nomi).
UO‘K
MAQOLA MAVZUSI
(Mavzu o‘zbek, rus va ingliz tilida, 12ta so‘zdan oshmasligi belgilanadi).
Qisqacha mazmuni (annotatsiya)
(maqolaning qisqacha mazmunini ifodalovchi 50-55ta so‘zdan tashkil topishi belgilanadi)
Tayanch so‘zlar
Annotatsiya
Ключевые слова
Abstract
Key words
KIRISH
(Maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqotning maqsadi yoritiladi).
ASOSIY QISM
XULOSLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
(Foydalanilgan adabiyotlar soni, asosiy qismi oxirgi 5-10 yildagi manbalar bo‘lishi, shuningdek zamonaviy xorijiy manbalardan foydalanilishi maqsadga muvofiq. Adabiyotlar matnda keltirilishi [1,227-b.] ketma-ketlikda raqamlangan shaklda rasmiylashtiriladi).
Bo’lim: Dars ishlanmalari
Darsning maqsadlari: a) ta’limiy: o‘quvchilarga mavzuni tushuntirish, hamda Zahiriddin Muhammd Bobur hayoti va ijod yo‘li bilan tanishtirish. b) tarbiyaviy: Vatanni sevish, ardoqlash, unga munosib farzand
«Bahor kelgach» she’ri. Tursunboy Adashboyev
Iyun 7, 2020 Iyun 7, 2020 4 min read
O‘qish, 1-sinf Darsning maqsadlari: ta’limiy: o‘quvchilarga bahor fasli tabiati haqida ma’lumot berish. Ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish. TK-2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalarini tinglab tushunish; FK-1:
Doira va aylana. Aylana markazi, radiusi, diametri. Sirkul
Iyun 5, 2020 Iyun 8, 2020 3 min read
Matematika, 2- sinf Dars shiori: Aqlimizni charxlaymiz, Masala, misol ishlaymiz, Bilim olib har kuni, Hayotda biz qo‘llaymiz! Darsning maqsadlari: ta’limiy: doira, aylana markazi, radiusi haqida
KOMPYUTER BILAN SICHQONCHA DO‘STLASHDI
Iyun 1, 2020 7 min read
Mavzu: Sodda va fazoviy figuralar Darsning maqsadlari: ta’limiy: o‘quvchilarning fazoviy va yassi figuralar haqidagi umumiy ma’lumotlarini mustahkamlash, figuralarni farqlashga o‘rgatish. Fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, ko‘nikmalarini
Bo’limlar
- Dars ishlanmalari (4)
- Dolzarb mavzu (3)
- Jarayon (2)
- Maxsus ta’lim (1)
- Metodik tavsiya (3)
- Munosabat (4)
- O’qing, bu qiziq (3)
- Ochiq ma’lumotla (1)
- Sinf rahbari (1)
- Yangiliklar (5)
- Yosh o’qituvchiga yordam (1)
Yangi maqolalar
- XALQ TA’LIMI XODIMLARINI XIZMAT MAJBURIYATI BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN ISHLARGA JALB ETISH QAT’IYAN TAQIQLANADI
- “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali tahririyati davlat korxonasining o‘z faoliyatiga oid hisoboti.
- Yetakchida- masʼuliyat, ishonch va intizom
- Qorni kim kuragan?
- Поддержка частного сектора – помощь сфере образования в целом
Yangi sharhlar
© 2020 Boshlang’ich ta’lim | Jurnal ruxsatisiz sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.
Proudly powered by WordPress | Theme: Refined Magazine by Candid Themes.