Press "Enter" to skip to content

2022-2023 o‘quv yili uchun darsliklarning ijara narxlari belgilandi

Siz bu o’quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz – sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo’shishgan. Hozirda hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o’z turmushini bekamu-ko’st tasavvur qila olmaydi. Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o’rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy fikrlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam beradi, aqlingizni peshlaydi.
Qo’lingizdagi mazkur darslik ezgu maqsadlaringizni amalga oshishida sizga hamrohlik qiladi, beminnat yordamchi bo’ladi. Uning sahifalaridan nafaqat matematikaga oid ma’lumotlar bilan, balki texnika, fan tarixi, atrof-olam va kundalik turmushga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar bilan ham tanishasiz. Bu ma’lumotlar turli-tuman masala va misollar ko’rinishida e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Matematika, 5 sinf, 1 qism, Xaydarov B.Q., 2020

Учебник по математике для 5 класса на узбекском языке.

Siz bu o’quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz – sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo’shishgan. Hozirda hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o’z turmushini bekamu-ko’st tasavvur qila olmaydi. Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o’rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy fikrlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam beradi, aqlingizni peshlaydi.
Qo’lingizdagi mazkur darslik ezgu maqsadlaringizni amalga oshishida sizga hamrohlik qiladi, beminnat yordamchi bo’ladi. Uning sahifalaridan nafaqat matematikaga oid ma’lumotlar bilan, balki texnika, fan tarixi, atrof-olam va kundalik turmushga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar bilan ham tanishasiz. Bu ma’lumotlar turli-tuman masala va misollar ko’rinishida e’tiboringizga havola qilinmoqda.

SODDA GEOMETROK SHAKLLAR.
Tekislik bo’lagini sinf doskasining yoki ko‘ldagi suvning sirti sifatida tasavvur qilish mumkin (1-2-rasm). Tekislik esa cheksizdir.

Nuqta – eng sodda geometrik shakldir va uzunlikka ega emas. 3-rasmda tekislik bo lagi va unda yotgan A va B nuqtalar tasvirlangan.

Tekislikda yotgan ixtiyoriy ikki A va B nuqtalardan faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. Bu to‘g‘ri chiziq ikki tomonga cheksiz davom etgan bo‘lib, «AB to‘g‘ri chiziq» yoki «a to‘g‘ri chiziq» tarzda ifodalanadi. Agar ikki to‘g‘ri chiziq umumiy nuqtaga ega bo‘lsa, ular bu nuqtada kesishadi deyiladi. 4-rasmda O nuqta a va c to‘g‘ri chiziqlarning kesishish nuqtasi.
Kesishmaydigan to‘g‘ri chiziqlar parallel to‘g‘ri chiziqlar deb ataladi.
4-rasmdagi a va b to‘g‘ri chiziqlar o‘zaro parallel bo ladi.

MUNDARIJA.
I bob. Natural sonlarni qo‘shish va ayirish.
1. Natural sonlar va nol.
2. Sodda geometrik shakllar.
3. Shkalalar va sonlar nuri.
4. Natural sonlarni taqqoslash.
5. Natural sonlarni yaxlitlash.
6. Natural sonlarni qo‘shish.
7. Natural sonlarni ayirish.
8. Sonli va harfli ifodalar.
9. Matematik masala va tenglamalar.
10. I bobni takrorlashga doir masalalar.
II bob. Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish.
11. Natural sonlarni ko‘paytirish.
12. Natural sonlarni bo‘lish.
13. Qoldiqli bo‘lish.
14. Qulay va tezkor hisoblash usullari.
15. Ifodalarni soddalashtirish.
16. O‘tilganlarni takrorlashga doir masalalar.
17. Murakkabroq masalalarni yechish.
18. To‘rt amalga doir hisoblash algoritmlari.
19. Sonning kvadrati, kubi va darajasi.
20. Ma’lumotlar bilan ishlash.
21. Loyiha ishi namunasi.
22. II bobni takrorlashga doir masalalar.
III bob. Matnli masalalarni yechish.
23. Matnli masalalar.
24. Qismlarga doir masalalar.
25. Geometrik mazmundagi matnli masalalar.
26. Harakatga doir masalalar.
27. Ikki jism harakatiga doir masalalar.
28. Iqtisodiy mazmundagi matnli masalalar.
29. Bajarilgan ishga doir masalalar.
30. III bobni takrorlashga doir masalalar.
IV bob. Geometrik shakllar.
31. Burchaklar.
32. Parallel va perpendikulyar to’g’ri chiziqlar.
33. Siniq chiziq va uning uzunligi.
34. Ko’pburchak perimetri.
35. O’tilganlarni takrorlashga doir masalalar.
36. To’g’ri to’rtburchakning yuzi.
Javoblar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Matematika, 5 sinf, 1 qism, Xaydarov B.Q., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

2022-2023 o‘quv yili uchun darsliklarning ijara narxlari belgilandi

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi.

Qayd etish joizki joriy yilda Prezident Farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022 yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi.

Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgan.

Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1 oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Shu o‘rinda quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etilishini eslatib o‘tamiz:

birinchi sinf o‘quvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
“Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.