Press "Enter" to skip to content

17-umumta’lim maktabi matematika fanidan ochiq dars

2-Masala. Agar to’p yuqoriga qarab 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, u necha sekunddan keyin 60 m balandlikda bo’ladi?

Category Archives: Dars ishlanmalar

10-11-sinflar uchun ayrim fanlardan homaki yillik dars ishlanmalar jamlanmasi

On 22.09.2018 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 0 fikr

11-Sinf Kimyo fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Algebra fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Biologiya fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Fizika fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-sinf informatika fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Ingliz tili fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Jahon tarixi fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Kimyo fanidan YILLIK dars ishlanmalar 10-Sinf Ona tili fanidan YILLIK…

9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalar jamlanmasini bepul yuklab oling (1-18-darslar)

On 30.04.2018 By shuhrat In Dars ishlanmalar, METODIKA, O’QITUVCHILARGA, TAVSIYA ETAMIZ 0 fikr

9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida yozilgan dars ishlanmalar jamlanmasi 1-TO’PLAM (1-18-darslar) Shuhratbek.uz sayti muallifi Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich tomonidan 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan namunaviy dars ishlanmalarni Sizlarga taqdim etmoqdamiz. 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan 1-18-darslar uchun kompetensiya asosida yozilgan namunaviy dars ishlanmalarni .PDF formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik…

10-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalar jamlanmasi (1-15-darslar)

On 12.12.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, METODIKA, O’QITUVCHILARGA, TAVSIYA ETAMIZ 2 fikrlar

10-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida yozilgan dars ishlanmalar jamlanmasi 1-TO’PLAM (1-15-darslar) Shuhratbek.uz sayti muallifi Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich tomonidan 10-sinf O’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan namunaviy dars ishlanmalarni Sizlarga taqdim etmoqdamiz. 10-sinf O’zbekiston tarixi fanidan 1-15-darslar uchun kompetensiya asosida yozilgan namunaviy dars ishlanmalarni .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik…

“Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovi g’oliblarining dars ishlanmalari (Kuchli 10 talikka kirgan dars ishlanmalar). Bugun GEOGRAFIYA fanidan g’oliblarning dars ishlanmalari kanalimizga joylashtirilmoqda…

On 10.12.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA, Tanlovlar, TAVSIYA ETAMIZ 0 fikr

Ushbu sahifadagi barcha ma’lumotlar boshqa saytlarga qo’yilganda shuhratbek.uz saytidan olindi deb yozilsin. “Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovida g’oliblarining dars ishlanmalari (Kuchli 10 talikka kirgan dars ishlanmalar) Tarix yo’nalishi O`rin Ball F.I.Sh. Hudud Tuman Maktab Mavzusi 1. 79.76923 Nurgaziyev Shuxrat Xasanovich Shuhratbek.uz sayti muallifi Jizzax viloyati Do‘stlik tuman 10-sonli umumta‘lim maktabi Ilm-fan taraqqiyoti…

Mustaqillik dars ishlanmalaridan namunalar hamda “Mustaqillik darslari”da foydalanish uchun TAVSIYA

On 20.08.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 8 fikrlar

1 sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro’yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo’lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug’, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib kelinadi. Shavkat Mirziyoyev. “Fidoying bo’lgaymiz…

“Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovining NATIJALARI

On 26.05.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, E’lonlar, Muallif haqida, Tanlovlar 1 fikr

“Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovi g’oliblari Mening tarix fanidan yozgan dars ishlanmam “Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida 1-o’rinni oldi. Ona tili va adabiyot yo’nalishi O`rin Ball F.I.Sh. Fan Hudud Tuman Maktab 1. 76,23 Tog`ayeva Feruza Elmurodovna Ona til va adabiyot Samarqand viloyati Ishtixon tuman 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 1. 76,23…

Chizmachilik fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (8-9-sinflar uchun)

On 04.05.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 2 fikrlar

Chizmachilik fanidan 8-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Chizmachilik fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik…

Tasviriy san’at fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (1-4-sinf uchun)

On 04.05.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 3 fikrlar

Tasviriy san’at fanidan 1-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars…

Huquq fanidan dars ishlanmalarim

On 30.03.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 12 fikrlar

8-sinf Davlat va huquq asoslari fanidan tayyorlagan dars ishlanmalarim 1.Mustaqillik-bu huquqdir-8-sinf huquq2. Jamiyat-8-sinf huquq3.Davlat-8-sinf huquq4.Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. Prokuratura va tergov idoralari-8-sinf5.tarqatma Paroli:513654760 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan tayyorlagan dars ishlanmalarim 1.9-sinf huquq-1-mavzu-Konstitutsiyaviy huquq2. 9-sinf huquq-2-mavzu-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishining asosiy omillari3. 9-sinf huquq-3-mavzu-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni va xususiyatlari4.9-sinf huquq-4-mavzu-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari5. 9-sinf huquq-18-mavzu-O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va…

9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmalarim

On 21.01.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 5 fikrlar

O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmalar Sinf: 9 | Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu:Jizzax qo’zg’oloni Qo’shilgan sana: 29.04.14 Fayl formati: .doc Hajmi: 2,21 MB Sinf: 9 | Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu:Turkiston o`lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati Qo’shilgan sana: 29.04.14 Fayl formati: .doc Hajmi: 104 КB Sinf: 9 | Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu:Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi Qo’shilgan sana: 30.04.14 Fayl…

17-umumta’lim maktabi matematika fanidan ochiq dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: noan’anaviy, zamonaviy, interfaol, ana’naviy.

  • texnikta’minot (kompyuter va multimediali vositalar);
  • dasturiy ta’minot (kompyuter dasturlari (masalan, grafiklar chizish; shakllar yasash; standart masala va mashqlarni yechish);
  • didaktik materiallar: amaliy mashqlar; variantlari; tarqatma materiallar.
  • ko’rgazmali vositalar: plakatlar; yasama shakllar; jadvallar; prezentatsiyalar.

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism: Darsning mavzusi va maqsadi e’lon qilinadi. Daftarga sana va mavzu yoziladi.

2. Uy vazifalarini tekshirish: Agar uy vazifasibi bajarishda muammolar paydo bo’lgan bo’lsa, u holda o’quvchilar bilan birgalikda muhokama etiladi.

3. Takrorlash:

1) Kvadrat tenglama va uning ildizlari

2) Chala kvadrat tenglamalar

  • Kataklardagi kvadrat tenglamalar ko’rsatiladi.
  • Birinchi to’g’ri javobga o’ng qo’l ko’tariladi.
  • Ikkinchi to’g’ri javobga chap qo’l ko’tariladi.
  • Uchunchi to’g’ri javobga har ikkala qo’l ko’tariladi.

1-masala: To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydonining yuzi 140 ga bo’lib, uning bir tomoni ikkinchisidan 400 m ga katta bo’lsa, uning tomonlarini toping.

Yechish: х m – yer maydonining bir tomoni, ikkinchi tomoni esa x+300 m. Tenglama tuzamiz: х(х+400)=1400 000.

Javob: D=5760000, х1=1000 m, х2=1400 m .

Xulosa: Bunda kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanildi.

2-Masala. Agar to’p yuqoriga qarab 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, u necha sekunddan keyin 60 m balandlikda bo’ladi?

Yechish: Fizika kursidan ma’lumki, H = v0tgt 2 /2, bunda H – balandlik, v0 – boshlang’ich tezlik, t – vaqt, g =10 m/s. Tenglama 60 = 40t – 5t 2 (Javob: t1= 2, t2 = 6).

3-Masala. Shaxtaga tosh tashlandi va uning shaxta tubiga tekkan ovozi 9 sekunddan keyin eshitildi. Tovush tezligini 320 m/s, og’irlik kuchining tezlanishini esa g=10 m/s 2 deb hisoblab, shaxtaning chuqurligini aniqlang.

Yechish: Shaxtaning chuqurligi topish uchun toshning shaxta tubiga tushish vaqti t ni aniqlash yetarli, chunki shaxtaning chuqurligi tushish qonuniga ko’ra gt 2 /2 m ga teng.

Shart bo’yicha g=10 m/s 2 . Shuning uchun shaxtaning chuqurligi 5t 2 metrga teng.

Ikkinchi tomondan, shaxtaning chqurligini tovush tezligi 320 m/s ni toshning shaxta tubiga borib tekkan ondan to zarba ovozi eshirilguncha o’tgan vaqtga, ya’ni (9-t) sekundga ko’paytirib topish mumkin. Demak, shaxtaning chuqurligi 320(9-t) metrga teng.

Shaxtaning chuqurligi uchun topilgan ikki ifodani tenglashtirib, 5t 2 =320(9-t) tenglamani hosil qilamiz. Bu tenglamani yechamiz:

Hosil qilingan kvadrat tenglamaning ildizlarini topamiz:

Toshning tushush vaqti musbat bo’lgani uchun t=8 s bo’ladi.

Demak, shaxtaning chuqurligi quyidagiga teng: 5t 2 =5 (m).

Javob: 320 m.

4-Masala. Tezyurar avtobus avtovokzaldan 40 km uzoqlikdagi aeroportga qarab jo’nadi. Oradan 10 minut o’tgandan keyin avtobusning ketidan taksida yo’lovchi jo’nadi. Taksining tezligi avtobus tezligidan 20 km/soat ortiq. Agar ular aeroportga bir vaqtga yetib kelgan bo’lsa, taksi bilan avtobusning tezligini toping.

Avtobusning tezligi x km/soat bo’sin, bu holda taksining tezligi (x+20) km/soat bo’adi. Avtobusning harakat vaqti 40/x soat, taksining harakat vaqti esa 40/(x+20) soat bo’ladi. Masalaning shartiga ko’ra avtobus bilan taksi harakatlari vaqti orasidagi farq 10 min gat eng, ya’ni 1/6 soat. Demak,

Hosil bo’lgan tenglamani yechamiz. Tenglamaning ikkala qismini 6x(x+20) ga ko’paytirib, quyidagini hosil qilamiz:

Bu tenglamaning ildizlari:

x ning bu qiymatlarida (1) tenglamaga kiruvchi kasrlarning maxrajlari nolga teng emas. Shuning uchun (1) tenglamaning ildizlari bo’ladi.

Avtobusning tezligi musbat bo’lgani uchun, masalaning shartini faqat bitta ildiz qanoatlantiradi: x=60. Shuning uchun taksining tezligi 80 km/soatga teng.

Javob: Avtobusning tezligi 60 km/soat, taksining tezligi 80 km/soat.

6. Mavzuni mustahkamlash:

Ta’lim texnologiyalari elementlari:

1 0 . «Insert» texnikasi:

1. Siz quyidagilar to’g’risida nimalarini bilasiz?

2. Siz shunga o’xshash yana qanday yangiliklarni bilishni xoxlar edingiz?

3. Sizga quyidagilar to’g’risidagi bilimlar nima uchun kerak?

Insert jadvali qoidasi (o’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o’quvchilar o’zlari tizimlashtiradilar – jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda quyidagi belgilarni qo’yadilar):

 – avval olgan bilimiga to‘g‘ri keladi;

+ – yangi ma’lumot;

– olgan bilimiga qarama-qarshi;

? – tushunarsiz (aniqlanishi zarur bo‘lgan ma’lumot).

  • Kvadrat tenglama koeffisiyentlari haqida nimalarni bilasiz?
  • Chala kvadrat tenglama deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
  • Tenglamaning ildizi deb nimaga aytiladi?
  • Haqiqiy ildizlarning mavjudligini qanday tekshiramiz?
    • o’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o’ylab chiqish, so’ng qisqa javoblar yozish tartibida;
      • o’quvchilar juftliklarga bo’linib, bir – biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
        • o’qituvchi bir necha juftliklarga besh sekund davomida sinfga o’z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.

        4 0 . B/BX/B jadvali (jadvalda keltirilgan misollarga qarab davom ettiring).

        aх 2 + bх + c = 0 kvadrat tenglama ildizlari formulasini yozing:

        Quyidagi hollarda kvadrat tenglama nechta ildizga ega?–

        Amaliy masala va uni tezkor yechish. Tezkor ishlash yo’li bilan ana shu formuladan foydalangan holda ko’plab amaliy masalalarni yechish mumkinligini tushinish. Masalan, nonning narxi muammosini qarab chiqaylik. Quyidagi graflarni to’ldiraylik:

        O’quvchilar 4 ta guruhga bo’linib bu kataklarni to’ldirishadilar.

        1. Xo’jalikning yer maydoni.
        2. Hosildorlik.
        3. Mahsulotni ishlab chiqarish va uning tannarxi.

        Bosh mavzu: «Non rizqimiz».

        7. Muammoli savollar:

        1. Biz darsda kvadrat tenglama haqida nimalarni o’rgandik?

        2. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanishni kim qanday o’rgandi?

        3. Kvadrat tenglama tuzib yechiladigan masalalarda nimalarga e’tibor berish lozim?

        4. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasiga oid ko’rgazmali vosita tayyorlang.

        8. Dastlabki nazorat:

        1) Ko’paytmsi 210 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.

        2) Ko’paytmasi 399 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.

        9. Natijalar tahlil qilinadi. Kvadrat tenglamalar yordamida bir nechta masala tuziladi va dars mobaynida qizil kartochka, yashil kartochka va sariq kartochkakar hisoblanib, o’quvchilar baholanadi.

        10. Uyga vazifa:

        1. Ko’paytmsi 156 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.

        2. Ko’paytmasi 255 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.

        3. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 1 m ga teng, yuzi 4 dm 2 . Uning tomonlarini toping.

        4. Yuzi 2,45 ga bo’lgan bog’ 630 m uzunlikdagi devor bilan o’rab olingan. Agar bog’ to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lsa, uning bo’yi va enini toping.

        5. 400 km masofani tezyurar poyezd yuk poyezdiga qaraganda bir soat tezroq bosib o’tdi. Agar yuk poyezdining tezligi tezyurarnikidan 20 km/soat kam bo’lsa, har bir poyezdning tezligi qanday?

        6. Sayohatchi teploxod daryo oqimi bo’yicha A pristandan B pristanga bordi. Teploxod yarim soat to’xtagandan keyin orqasiga qarab jo’nadi va A dan chiqqanidan 8 soat o’tgandan keyin shu pristanga qaytib keldi. Agar A va B pristanlar orasidagi masofa 36 km gat eng, daryo oqimining tezligi esa 2 km/soat bo’lsa, teploxodning turg’un suvdagi tezligi qanday?

        7. Ikki brigada birgalikda ishlab o’tin tayyorlashni 6 kunda tamomladilar. Agar brigadalardan biri shu ishni bajarish uchun ikkinchisiga qaraganda 5 kun kam sarf qilsa, har bir brigada bu ishni bajarish uchun necha kun sarf qiladi?

        • kuzatuv (qaysi formulalardan foydalanish maqsadga muvofiq);
        • natijani oldindan ko’ra bilish (maqsad nima?);
        • gipotezalarni tahlil qila bilish (teskaridan tahlil qilish lozimdir);
        • yechishning rejasini tuzish;
        • yechishni bajarish;
        • tuzatish (texnik xatolarni aniqlash va ularni tuzatish);
        • tekshirish (masalan,o’rniga qo’yish yo’li bilan);
        • baholash (misol yoki masalani soddaroq holda yechish mumkinmi?);
        • qo’llay bilishni o’rganish (avval yechilgan misol va masalalarga qo’llash mumkinmi?);
        • mavzuni rivojlantira bilish (masalan, umumlashtirish, yangi ma’no berish va hokazo).