Press "Enter" to skip to content

Darslik hamshiralik ishi

raning bilim, malaka va tajribasiga bog‘liqligini hisobga olgan holda,

Darslik hamshiralik ishi

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi – oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangida tasvirlangan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

“O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida” gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

L. yu. Yusupova, H. S. Burixodjayeva, sh. Shadiyeva kattalarda hamshiralik

lariga asosan bilimlarga ega bo‘lishlariga imkon beradi.

Taqrizchilar:

M.A.AHMEDOV – Toshkent tibbiyot Akademiyasining «Umumiy amaliyot

shifokori uchun jarrohlik kasalliklari» kafedrasi professori;

M.D. AHMEDOVA – tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent tibbiyot

akademiyasi yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli

kasalliklari kaf. mudiri. O‘z R SSV EMYuKITI direktori;

G.F.RAHIMOVA – Chilonzor tibbiyot kolleji dekani, «Yuqumli kasal-

liklar» fani o‘qituvchisi;

D.N.MAHMUDOVA – 1-Respublika shifoxonasi bosh hamshirasi.

ISBN 978–9943–10‒751‒9

ISBN 978–9943–13‒522‒2

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012.

© « IQTISOD-MOLIYA » nashriyoti, 2014.

O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot va ta’lim sohasidagi islohotlar

o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining zimmasiga

ma’naviy barkamol va chuqur bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis

milliy kadrlarni tayyorlash vazifasini yukladi. Bu vazifalarni amalga

oshirish uchun darsliklarning tibbiyot sohasining zamonaviy

ma’lumotlari asosida tayyorlangan yangi avlodini yaratilishini talab

Ushbu darslikning asosiy maqsadi intensiv davolashni

o‘tayotgan, teri kasalliklari va yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan

bemorlarda hamshiralik parvarishini amalga oshirishda bemor

muammolarini hisobga olgan holda hamshira tashxisini aniqlab,

malakali yordam ko‘rsata oladigan har tomonlama barkamol

hamshiralarni yetishtirishdan iborat.

Bemor hayotini saqlab qolish va uning mehnat qobiliyatini

tiklash, asoratlar rivojlanishini oldini olish ko‘p jihatdan hamshi-

raning bilim, malaka va tajribasiga bog‘liqligini hisobga olgan holda,

mazkur darslik tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari uchun yaratildi.

Darslikning I bo‘limida teri va tanosil kasalliklarining

etiologiyasi, klinikasi, davosi, oldini olish choralari, hamshiralik

parvarishi va laboratoriya tekshiruvlari keng yoritilgan. Shu bilan

birgalikda dermatologiya va venerologiya fanining qisqacha tarixini

bilish va o‘zlashtirish ahamiyatga molik vazifa sanalganligi sababli,

bu haqda ham ma’lumotlar berilgan. Terining yuqumli va tanosil

kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish

va uni davolashni takomillashtirib borish sog‘liqni saqlash tizimi va

muassasalari davolash hamda profilaktik faoliyatining asosiy vazifasi

hisoblanadi. Bunday ishlarni amaliyotga tatbiq etishda o‘rta

ma’lumotli tibbiyot hamshiralarning o‘rni benihoya kattadir.

Hamshiralar faqatgina shifokorga yordamchi bo‘libgina qolmasdan,

balki kasallikni birlamchi aniqlash jarayonida hamda hamshiralik

pavarishi muolajalarini bekamu ko‘st bajarishda ishtirok etishadi.

Darslikning II bo‘limida intensiv terapiya o‘tayotgan

bemorlarda hamshiralik parvarishiga oid ma’lumotlar to‘liq

yoritilgan bo‘lib, reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha,

bo‘limlarning tuzilishi, jihozlanishi, vazifalari, intensiv terapiya

o‘tayotgan bemorlarning xususiyatlari, ularda hamshira parvarishi

xususiyatlari, terminal holatlar va yordam ko‘rsatish chora-

tadbirlarini o‘z ichiga oladi.

«Kattalarda hamshiralik parvarishi» fanining yana bir

«Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik

parvarishi» bo‘limida respublikamizda uchraydigan yoki O‘zbekiston

Respublikasining jahon davlatlari bilan madaniy-iqtisodiy

aloqalarining kengayishi, dunyoning ba’zi davlatlarida yuqumli

kasalliklar bo‘yicha noxush epidemik vaziyatning mavjudligi sababli

mamlakatimiz hududiga kirib kelishi mumkin bo‘lgan yuqumli

kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi,

davolash tamoyillari va asosan bemorga yo‘naltirilgan parvarishni

tashkil etish, olib borish, yuqumli kasalliklarning profilaktikasi

o‘rganiladi. Darslikning «Yuqumli kasalliklarda hamshiralik

parvarishi» bo‘limida hozirgi zamon yuqumli kasalliklar fani va

«Hamshiralik ishi»ni takomillashtirish loyihasi asosidagi dastur

yangiliklari o‘z aksini topgan. Undagi mavzularni yoritishda

mavzular bo‘yicha bemor holatini baholash, muammolarini aniqlash,

shoshilinch yordam ko‘rsatish va bemor parvarishini amalga

oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yuqumli kasalliklar bilan

kurashish va ularning oldini olishda o‘rta tibbiyot hamshiralarining

ham o‘rni katta bo‘lib, bu ularning bilim va amaliy tayyorgarlik

darajasiga bevosita bog‘liq. O‘quvchilarni yuqumli kasalliklar

etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashxisi, davosi

va profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan chuqur

tanishtirish bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini

ham yaxshilaydi. O‘quvchilar ayrim yuqumli kasalliklar bilan

og‘rigan bemorlarni parvarish qilishda bemorga kasallikning o‘ziga

xos xususiyatlarini bilgan holda yondashishlari kerak.

Darslikdagi ma’lumotlar hozirgi zamon tibbiyot fani va amali-

yotidagi qo‘lga kiritilgan yutuqlar asosida yoritilgan. Darslikda

o‘quvchilarning auditoriyadan tashqari mustaqil bilim olshlarini

nazarda tutilgan holda mavzular bo‘yicha nazorat savollari, testlar

keltirilgan. Bu esa o‘quvchilarga o‘zlashtirilgan bilimni yanada

mustahkamlash va o‘z ustida mustaqil ishlashlari uchun imkon

TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI BILAN OG‘RIGAN

BEMORLARDA HAMSHIRALIK PARVARISHI

Teri kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik

parvarishi xususiyatlari

Dermatologiya va venerologiya fanining qisqacha tarixi

So‘nggi yillarda butun dunyoda teri va tanosil kasalliklari ortib

borayotganligi ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Masalan, patogen

zamburug‘lar keltirib chiqaradigan, parazitlar, jinsiy yo‘l bilan

yuqadigan kasalliklar keskin ko‘payib bormoqda. Vaqt esa ushbu

kasalliklarning zamonaviy davo uslublarini yaratishni talab etayotir.

Dermatovenerologiya (yunon. Derma-teri) – teri va tanosil

kasalliklari haqidagi fandir. Teri va tanosil kasalliklari qadimdan

ma’lum. Masalan, yunon shifokori Gippokrat (eramizgacha bo‘lgan

460377- yillar) teri kasalliklarini ma’lum bir tizimga solib, qo‘tir,

moxov, alopetsiya, uchuq va boshqa dermatozlar haqida ma’lumotlar

bergan. Vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari»

asarida ekzema, qichima va qo‘tir kasalligining belgilari hamda

davolash usullarini yozib qoldirgan.

Dermatologiya fanining rivojlinishi XYI asrning ikkinchi

yarmida kimyo, biologiya fanlarida qilingan kashfiyotlar bilan uzviy

bog‘liqdir. Shifokorlar orasidan teri va tanosil kasalliklari bo‘yicha

mutaxassislar ajralib chiqdi. XYIII asrda teri tanosil kasalliklari

etiologiyasi, klinikasi, patogenezini o‘rganish avj oldi va ingliz,

fransuz, nemis dermatologiya maktablari paydo bo‘ldi.

Angliya dermatologiya maktabiga asos solgan olimlar Vilan

(1757–1812) teri, Bateman (17781821) tanosil kasalliklarini

o‘rganishda morfologik yo‘nalishni tanlashadi. Ular taklif etgan

dermatozlar tasnifi toshmalar (dog‘, tugun, pufakcha va boshqalar)

Fransuz dermatologiya maktabining asoschisi Alibert (1766

1837) teridagi toshmalar, dermatozlarning kelib chiqishi va

kechishini organizmning umumiy o‘zgarishi bilan bog‘liq deb

hisoblagan. U shifokorlar uchun qo‘llanma, atlas yozgan va

dermatoz, sifilid atamalarini birinchi bo‘lib qo‘lladi. Olim yaratgan

maktab unga bir qancha mashhur dermatologlar (Biett, Bazen,

Devergiya, Vidal, Besniyer) ni yetkazib berdi.

Nemis dermatologiyasining asoschisi Xerba (18161880)teri

kasalliklarining patogenezini o‘rganishda Virchov (18211902)

tomonidan yaratilgan patologoanatomik konsepsiyani qo‘lladi. U

kasbga oid dermatozlarda teridagi patologik o‘zgarishlarni o‘rgandi.

Uning o‘quvchisi Kaposi (18371902)esa pigmentli kseroderma,

sarkoma, bolalarning varitselliform ekzemasi kabi dermatozlarni

birinchi bo‘lib ta’riflab berdi.

Rossiyada teri tanosil kasalliklariga asos solgan olimlardan

A.G.Polotebnev (18381907), A.L. Pospelov (18461919) o‘z ilmiy

izlanishlarida teridagi patologik o‘zgarishlar ichki a’zo, asab tizimi

xastaliklari, atrof-muhitning salbiy ta’siri oqibatida kelib chiqishini

tushintirishgan. A.G.Polotebnev tomonidan yaratilgan «Derma-

tologik tadqiqotlar» kitobi hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan

emas. A.G.Polotebnev rus dermatologiyasining otasi sanalsa,

V.M. Tarnovskiy (18371906) rus venerologiyasining asoschisi

hisoblanadi. Olimning 1863-yilda «Ayol va bolalarda venerik

kasalliklarni aniqlash» kitobi chop etildi. U zaxm bilan og‘rigan

bolalar va ayollarni davolash uchun Kalinkin kasalxonasida maxsus

bo‘lim ochdi hamda Peterburgda sifilidologiya va dermatologiya

Olimlardan T.P. Pavlov (18601932), S.T Pavlov (18971971),

P.V.Kojevnikov (18981969), N.S.Vedrov (18911949),

L.N.Mashkilleyson (18981964), A.I.Kartamishev (18971973),

N.S.Smelov (18981975), V.K. Skripkin va boshqalar derma-

tologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.

O‘zbekistonda ilk bor teri va tanosil kasalliklari kafedrasining

ochilishi 1920-yili Turkiston universiteti tashkil etilishi bilan bog‘liq.

1932-yilga kelib, Toshkentda teri va tanosil kasalliklari ilmiy-

tekshirish instituti ochildi. So‘zak, zaxm, terining zamburug‘li

kasalliklari, vitiligo kabi kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi,

patogenezi, tashxisi, davosi, oldini olish masalalari o‘rganildi. Teri

kasalliklarida ichki a’zolarining zararlanishi, kasbga aloqador teri

kasalliklari, dermatomikozlar qo‘zg‘atuvchilarining turini aniqlash

bo‘yicha ilmiy ishlar olib borildi. Respublikamizda bu sohada

olimlardan A.X Abdullayev, X.N. Xidirov, K.S. Sulaymonov,

M.M. Obidov, U.M Mirahmedov, A.Sh. Voisov, X.Sh. Shodiyev,

S.S. Aripov, K.A. Yo‘ldoshev, X.K. Shodiyev va A.B.Rahmatovlar

ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar olib borishgan. Ularning teri va tanosil

kasalliklarini keskin kamaytirishda xizmatlari kattadir.

Teri anatomiyasi va fiziologiyasi

Odam terisi uch qavatdan – epidermis, o‘rta qavat – asl teri

qavati va teri osti yog‘ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan.

1. Epidermisning o‘zi bazal qavat, tikansimon, donador,

yaltiroq, muguz qavatdan iborat. Bazal qavat yoki embrion qavati –

past tomondan derma bilan chegaralanib turadi va yirik, yaxshi

bo‘yaladigan oval yadroli bir qator silindrik hujayralardan tashkil

topgan. Yadrolari xromatinga boy, sitoplazmasi bazofil xususiyatiga

ega. Hujayralar oraliqlarida hujayralararo kanallar bo‘lib, ularda

to‘qima suyuqligi harakat qiladi. Bu qavat hujayralari asosiy yoki

o‘suvchi qavat ham deyiladi. Asosiy qavat hujayralari melanin

pigmentining donalari hisoblanadi. Melanin donalari yadroning ustki

qismida va uning yon tomonlarida joylashadi hamda terining barcha

yuzasida bir xil miqdorda bo‘ladi. Terining rangi pigment

donalarining miqdori va rangiga bog‘liq. Melanin pigmenti

organizmni quyosh nurining zararli ta’siridan saqlab turadi. Melanin

pigmenti yetishmasa, terida har xil kattalikdagi gipopigmentli yoki

depigmentlangan dog‘lar, masalan, vitiligo (pes) kasalligi paydo

Tikansimon qavat – bu qavat bazal qavat ustida joylashgan

bo‘lib, kubsimon hujayralardan iborat. Kubsimon hujayralar 5-8

Tikansimon qavat hujayralari protoplazma o‘siqchalari bilan bir-

biriga tutashgan bo‘ladi. Epidermis hujayralari shu qavat hisobiga

19–20 kun ichida yangilanib boradi va hech qanday chegarasiz

keyingi donador qavat boshlanadi.

Donador qavat. Bu qavatning donador deyilishiga sabab,

hujayralari o‘z sitoplazmasida ishqorits anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi

bo‘yaladigan keratogialin moddasidan tashkil topgan donachalar

tutishidir. Donador hujayralar 2–3 qavatdan iborat, duksimon shaklga

ega. Shu qavatda hujayralar shoxlanishi (muguzlanishi)ning birinchi

davri boshlanadi. Mana shu qavat tufayli terining rangi xira tusli

bo‘ladi. Epidermisning pastki uchta qavati, ya’ni bazal, tikansimon

va donador qavatlar yig‘indisi Mal’pigi qavati ham deyiladi.

Yaltiroq qavat – bu qavat donador qavat ustida joylashgan

bo‘lib, uni muguz qavatdan ajratib turadi;

1–3 qator yassi hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarda

yadro bo‘lmaydi, protoplazmasida esa eleidin degan oqsil modda

bo‘ladi, u epidermis hujayralari shoxlanishining keyingi bosqichi

Muguz (shox) qavati 5–6 qator yadrosiz hujayralardan tashkil

topgan, qo‘l va oyoq kaftlarida esa bu hujayralar 10–15 qator bo‘ladi.

Muguz qavat yuzasida plastinkalar unchalik zich turmaydi va asta-

sekin ko‘chib boradi (po‘st tashlaydi). Ba’zi teri kasalliklari (ixtioz,

qizil volchanka, qizil yassi temiratki va boshqalar)da shox qatlami

qalinlashadi, ya’ni giperkeratoz kuzatiladi; boshqa dermatozlarda

(psoriaz, ekzema va boshqalar)da, aksincha, shoxlanish hodisasi

noto‘g‘ri boradi, izdan chiqadi, parakeratoz deb ham aytiladi.

Epidermis bilan derma orasidagi chegara notekis to‘lqinsimon

chiziqqa o‘xshagan bo‘ladi, chunki epidermis uchi dumaloqlashgan

tortmalar ko‘rinishida dermaga chuqur kirib boradi, ular orasida

terining biriktiruvchi to‘qimasi – derma xaltumlari bo‘ladi,

so‘rg‘ichlar (papillae) deb shular aytiladi.

2. Derma terining biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘limi.

Kollagen, elastik va argirofil tolalardan, qon tomirlari hamda limfa

tomirlari, muskullar, nervlar va hujayra elementlaridan tashkil

topgan. Dermada aniq ajralmay turadigan ikki qavat so‘rg‘ichsimon

qavat (pars papillaris) va to‘rsimon qavat (pars reticularis) bo‘ladi.

So‘rg‘ichsimon qavat deganda epidermisdan to yuza tomirlarining

to‘r qismigacha bo‘lgan joy tushuniladi. So‘rg‘ichning kattaligi har

xil, qo‘l va oyoq kaftlarida, ayollarda sut bezi sohasida ancha uzun

(200300 mk) bo‘lsa, yuz, peshona terisida juda qisqa (2530mk)

bo‘ladi. Dermaning kollagen tolalari bir-biri bilan chatishib ketgan

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте

Katalog: kxpv
kxpv -> SH. T. Otaboyev, T. I. Iskandarov
kxpv -> S. dadayev, G. Abduraxmanova

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling