O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshdi. XTV holatga tushuntirish berdi
12
Vazirlik maktab darsliklari uchun ijara narxlarini belgiladi
Yangi o‘quv mavsumida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to‘plamiga belgilangan yagona to‘lov miqdori e’lon qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori quyidagicha belgilandi.
T/r
Sinf
To‘plamga kiritilgan darsliklar ro‘yxati
To‘plamdagi darsliklar soni
Darslik bir
to‘plami uchun
yillik ijara
narxi
(so‘m)
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Atrofimizdagi olam, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.
10
8 500
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.
10
9 800
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san’at, Texnologiya.
10
11 900
Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Matematika, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari.
12
7 400
Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari, Matematika (iqtidorli bolalar uchun)
12
9 600
Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Matematika, Fizika, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi.
13
11 000
Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi, Matematika (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorlik bolalar uchun).
13
15 000
Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari.
16
13 700
Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Geometriya, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun).
16
18 900
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik.
16
8 900
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)
16
13 900
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik.
16
9 400
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)
16
11 900
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577 sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.
Darsliklardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:
• birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning bir baravari miqdorida;
• 2 – 4 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
• 5 – 9 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.
Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. Quyida ta’lim TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG‘IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshdi. XTV holatga tushuntirish berdi
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3, 6, 7 va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2 va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021-yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.
Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish xarajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60—70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining keskin oshib ketishi darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.
Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.
Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108 foizga) oshgan.
- umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul;
- 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m;
- 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
- 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m;
- 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
- 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
- 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi 119 800 so‘m.
- birinchi sinf o‘quvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
- mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
- jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.