Press "Enter" to skip to content

Darslik nima asosida yoziladi

O‘qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili
darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi.

“Ona tili darslari qisqarishi to‘g‘ri yechim emas bu savodsizlikning yanada oshishiga olib keladi”

Yangi o‘quv yili uchun tasdiqlangan dars taqsimotiga ko‘ra, maktablarda ona tili fanining qisqarishi nafaqat ta’lim xodimlarini, balki boshqa soha vakillarini ham junbushga keltirdi. Yangi tartibga ko‘ra, boshlang‘ich hamda yuqori sinflarda ona tili fani haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. Yaqinda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu masalaga izoh berdi. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi ta’lim guruhlarida o‘qituvchilarning noroziliklari davom etmoqda. Hatto telegram messenjeridagi bir guruhda o‘qituvchilar birlashib, norozilik petitsiyasi imzolanishni boshlab yuborgan. Gazetamiz mushtariylarining fiklari ham shu mavzuda!

Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i:

― Biz ona tilimizni unga to‘la mos kelmaydigan tartib-qoidalar asosida o‘rgandik, o‘rgatdik. Ona tili fani tilimiz jozibasi, uning imkoniyatlari haqidagi emas, tilning sirtqi tartib-qoidalarini o‘rgatadigan ilmiy fanga aylandi. O‘quvchi ona tili deganda go‘zal ifodalar, bir tushunchaning bir necha so‘zlar bilan ifodalanishi, ma’no tovlanishlarini emas, so‘zning qaysi turkumga oidligi, gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi va shu kabilarni anglaydigan bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtiga kirish niyatidagilar ham fanning tartib-qoidalari, qolipini yod olishga majbur. Bu qoidalar, til formulalari ko‘p hollarda tilga mos kelmagani vajidan tilshunoslarning ayrimlari ona tilini qoidalar faniga aylanish zanjiridan qutqarmoqchi bo‘ldi va oqibatda fanni o‘qitish soatlarini qisqartirish kerak, degan o‘ylangan yechimga kelindi. Qoidalarni g‘alvirlashda go‘yoki fanda o‘rganishga arzirli narsa kam qoldi. Bu esa eng xato, eng ayanchli, eng dahshatli fikr edi.

Nahotki, tilimizda uni qo‘llashga oid ko‘rsatmalardan tashqari o‘rganishga arziydigan ilm bo‘lmasa? Nahotki, ona tili deganda faqat Davlat test markazining to‘rt javobli testlariga javob beradigan qoidalar va qoliplarni tushunsak? Nega ona tili darsliklari­dagi qoidalarni qisqartirish va yaxlitlash ona tili darsini qisqartirishga asos bo‘ldi?! Ayb o‘zimizda. Tilshunoslar bolalari­miz uchun (xorijiy o‘rganuvchilarni qo‘ya turaylik) “Qiziqarli o‘zbek tili”, “O‘zbek tili mo‘jizalari”, “Tilimizning g‘aroyib imkonlari” kabi qo‘llanmalarni yaratishi, ular shu qadar qiziqligidan o‘quvchilar ona tili darsini intiqib kutishi kerak edi. Muayyan tilni o‘rganishda unda “gapira olish” degan mezon birlamchi bo‘ladi. Xalq ta’limi vazirligi bolalarimizning ona tilini bilish darajasini xuddi shu mezon asosida o‘lchab, “gapi­rishni biladi, ularga ona tilini o‘rgatish shart emas”, deb ta’kidlamoqda. Biroq odam ona tilini faqat gaplashish darajasida bilishi, global dunyoda boshqa o‘rgangan tillari darajasida anglashi degani ― odamning faqat kun ko‘rib keta olish uchun yashayotgani demakdir. Bu esa MILLAT FOJIASI!

Biroq achchiq haqiqat borki, odamla­rimiz sof ona tilida gaplashishni bilmaydi. O‘z tilimizga, o‘zgalar so‘ziga quloq berib ko‘raylik. Qolaversa, shevalar rang barang­ligi hammamizga ayon. O‘zbek adabiy tilini chuqur, juda chuqur o‘rgatish shart. Oramizda hatto xato qilishga haqi bo‘lmagan mutaxassislar ham tilni haminqadar biladilar. Oddiy misollar: men Hosiyat ismli qiz-ayollardan birortasining o‘z ismini shunday yozganini ko‘rmadim. Hammasi birdek Xosiyat yozishadi. Holbuki, bunday ism avval bo‘lmagan (Izohli lug‘atdan ko‘rsatishlari mumkin. Lekin unda “Hosiyat” ham bor). Keyinchalik paydo bo‘lgan. Bu ham “Hosiyat” ta’sirida. “Xosiyat” ― xususiyat so‘zidan ko‘ra “Hosiyat” so‘zining ang­latadigan ma’nosi (ijobiy tomon, xislat, foyda, naf) ayollar ismi uchun munosibdir. “Maza” so‘zi o‘rnida “mazza” (mevaning mazzasi) deb, “izm” o‘rnida “izn” (opasidan izm olib), “esiz” o‘rnida “essiz” (esiz, uvol bo‘ldi) (va hokazo) deb ishlatayotganimiz sir emas.

Xulosa shuki, ona tilimiz haftasiga 2 soat emas, 10 soat o‘rganilsa ham, kam aslida. Darslarni qisqartirish emas, yana ikki soatdan qo‘shish kerak! Agar millat kerak bo‘lsa… Muhtaram vazirning o‘z o‘qituvchilari haqidagi “ona tilini himoya qilish dars talashish”mi qabilidagi xulosa­lari nainki o‘qituvchilarga, o‘ziga bo‘lgan hurmatsizlik edi. Chunki, avvalo, o‘qituv­chilar orasida ona tilining og‘riqlarini his etganlargina bu masalaga aralashadi. Agar hamma ona tili o‘qituvchilari darsi kamayishidan xavotirda ekani rost bo‘lsa, demak, Xalq ta’limi vaziri faqat nomunosib kadrlar bilan ishlayotir. Bunday emasligini hatto o‘quvchilar ham yaxshi his qiladi. Darvoqe, men ham 5 yildirki, ta’lim odami emasman. Lekin xalq ta’limi bir odamniki ham emas, hammamizniki. Sababi ― bolalar va kelajak ham, til va o‘zlik ham hammamiznikidir.

Sanobar XO‘JAMURODOVA, Amudaryo tumanidagi 40-maktab direktori:

― Ona tili darsliklarimiz quruq qoi­dani yodlab, baho olishga asos­langan. 10-11-sinf darsligini ko‘ring. Amaliyot uchun nima bor? Darslik shunchalik ilmiyki, o‘qituvchilar mavzularni sharhlashda qiynaladi. 8-sinf darsligida misollarning mumtoz adabiyotdan berilishi esa mavzuni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradi. O‘sha misollar hozirgi o‘zbek adabiyotidan keltirilsa, o‘quvchiga oson bo‘lardi. O‘quvchining yozma va og‘zaki nutqini o‘stirish uchun ona tili darslarida testlardan emas, matn yaratish, dialog tuzish, matn­ni qayta sharhlash kabi usullardan foydalanganimiz ma’qul. Nutq tovushlari til oldi, til orqa, til o‘rta, quyi keng, yuqori tor, o‘rta keng va h.k.ligini emas, o‘sha tovush ko‘proq qaysi so‘zlarda kelishini o‘rgatsak, o‘quvchilar ham savodliroq yozisharmidi? Nega biz o‘qigan vaqtlardagi darsliklar hozirgacha esimizda? Chunki sodda va tushunarli bo‘lgan. Keyingi vaqtda darslik chiqa­rish ham moddiylikka asoslanib ketdi. 37 yil shu sohaning nonini yedik. Qancha tanlov, konferensiyalarda qatnashdik. Shu kasb orqasidan elga tanilib, unvon oldik. Bugun tilimizda shuncha islohtalab masalalar turganda ona tili fanining qisqarishi nohaqlikdan boshqa narsa emas. Uning o‘rniga darsliklarni takomillashtirish, murakkabliklardan voz kechish borasida amaliy ishlar qilinishi kerak emasmidi?! Agar ona tili darslari qisqarsa, nimaga erishamiz? Faqat zarar ko‘ramiz. Yana hovliqib, shoshilib, yangi darsliklar yoziladi, muammolar yana ortadi.

Lobar YOQUBOVA, Romitan tumanidagi 13-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:

― Ona tili fani doirasida imlo fani tashkil etish kerak. Asosiy qo‘llanma va darslik sifatida imlo lug‘ati va qoidalari hamda tinish belgilari qoidalariga oid risolalardan foydalanish lozim. Maktabdan tortib, barcha korxona va tashkilotlargacha undan foydalansin. Har bir shaxs o‘z tilining lingvistik asoslarini emas, uning ichki imkoniyatlari, ifoda shakllarini bilsagina, maktab ko‘rgan “savodsiz”ga aylanib qolmaydi. Hanuz oramizda “er” bilan “yer”ning farqiga bormaydiganlar, ё, ю, я, е kabi harflar lotin yozuvida bo‘g‘in sifatida olinishini bilmaydigan, necha yillardan bu­yon oktabrmi, oktyabrmi deb yurganlar yo‘q emas. Mana shunday vaziyatda ona tilini qisqartirish jiddiy xatodir.

Malohat ABDUQODIROVA, Parkent tumanidagi 22-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:

― Oldinlari darsliklar oddiy va sodda tuzilgan edi. Hozir tilimizda tushuncha va atamalar sanoqsiz. O‘quvchi qay birini eslab qoladi? Masa­lan, biz tovushlarning unli va undosh, jarangli va jarangsizligini o‘rganganmiz, xolos. Uning gorizontal, vertikal holati yoki og‘izning ochilishi, yopilishi va boshqalar nega kerak?! Sodda gap va qo‘shma gapni bemalol farqlay olardik. Hozirgi havola bo‘lakli ergashgan qo‘shma gap, ega ergash gapli qo‘shma gap kabilar o‘quvchiga ha­yotiy ko‘nikma sifatida kerakmi? O‘quvchida to‘g‘ri fikrlash, savodli yozish, chiroyli so‘zlash layoqatini o‘sha atamalarsiz ham shakllantirish mumkin-ku. Nokamtarlik bo‘lmasin-u, men o‘sha oddiy va sodda tilimizni o‘qib, til va adabiyotimizni sevib, yaxshi ustoz, durustgina notiq, havaskor shoira bo‘lib yetishdim. Nazarimda, nutqimda ham, savodimda ham noqisliklar yo‘q. Hozirgi aksariyat o‘quvchilar ona tilini fan sifatida zerikarli hisoblashiga sabab ana shu mujmalliklar. Menimcha, darsni qisqartirib emas, mavzularni qayta ko‘rib chiqish orqali masalaning yechimini topmoq joiz.

Nurmamat HASANOV, Kasbi tumanidagi 31-maktab direktori, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:

― Ona tili fanining vazifasi, sodda qilib aytganda, o‘quvchilarni xatosiz yozish va chiroyli gapirishga o‘rgatishdir. Xo‘sh, biz bunga qay darajada erishyapmiz? Natija o‘ylaganimizdek emas. Chunki ona tili darslikla­ridagi tu­shunchalarning 70 foizi maqsadlarimizga mos kelmaydi. Dastur talabi! Shunday deb o‘qi­tishda davom etyapmiz. Bu orqali o‘quvchini chalg‘itib, charchatib fandan sovutyapmiz, xolos. Bu faqat OTMlarga kirish testlari uchun asqotmoqda. Aslida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” savod chiqarish uchun asosiy dastur bo‘l­mog‘i kerak. Qolaversa, imlo va izohli lug‘at ham eng zarur manbalardan. Ammo hozir bu lug‘atlardan deyarli foydalanilmaydi. Men darslarni amaliy mashg‘ulotlar asosida olib borishni taklif qilgan bo‘lardim. Mashg‘ulotlarda o‘quvchi tinglovchi emas, ijrochi bo‘lsin. Matn bilan ko‘proq ishlash kerak. Bu, albatta, o‘qituvchidan tajriba, mehnat talab qiladi. O‘zbek tilining orfografiya, leksikologiya, punktuatsiya bo‘limlari kengroq o‘rgani­lishi kerak. Insho yozish nazariyasiga doir bilimlarni o‘rganish uchun ko‘plab dars soatlari ajratish lozim. Xullas, savodxonlik masalasi faqat o‘quvchilar uchun emas, hamma uchun zarurligini his qilishimiz shart. Buning uchun ishga kirishda, harbiy xizmatga olishda ariza, tarjimayi hol kabi ish qog‘ozlarini shaxsan o‘zidan yozma talab qilish kerak. Nufuzli ishlarga qabul qilishda diktant yozish shart qilib qo‘yilsa, savodxonlikka e’tibor kuchayar edi. O‘zbek tili go‘zal va boy til. O‘zbek tili ― davlat tili. O‘zbek tilida 40 milliondan ortiq kishi muloqot qiladi. Ona tili fanining qisqarishi bo‘yicha aytilayotgan fikrlarga chetdan qarab tura olmayman. Undan ko‘ra chet tillaridagi kabi ona tili darslarini ham bo‘lib o‘qitishni joriy qilish kerak. Savod­xonlik ― davr talabi. Bunga mehnat, yangilanish va islohotlar bilan erishiladi. Kelajakda tilimiz musaffoligini saqlab qolaylik desak, mehnatimizni ayamaylik, hamkasb­lar; mablag‘ni ayamang, mutasaddilar!

Iqbol YUSUPOVA, Amudaryo tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:

― Gazetaning bir sahifasi ona tili darslarining qisqarishiga bag‘ishlansa, yomon bo‘lmasdi. Bugun hammaning e’tibori shu masalada. Men ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida ish boshlaganimga endi 3 yil to‘ldi. O‘quvchiligimdan respublika olimpiadalaridagi ishtirokim o‘qituvchilik sari yo‘l ochdi. O‘quvchilarim ham faol, turli tanlovlarning g‘olibi bo‘ldi. Men dars beradigan sinflarda 35–37 nafar o‘quvchi bor. Ko‘pincha ularning barini baholashga ulgurmayman. Bir narsaga hayronman. Rus tili, ingliz tili, qoraqalpoq tili fanlari guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi, lekin mukammalroq bilishimiz kerak bo‘lgan ona tili fani bundan mustasno! Axir, o‘z ona tili­ni bilmagan inson o‘zga tillarni mukammal o‘rgana olarmidi?! Maktabimizda 7 nafar ona tili o‘qituvchisi ishlaydi. Endi ona tili va adabiyot darslari 5-sinfda 9 soat o‘rniga 5 soat, 6-sinfda 7 soat o‘rniga 5 soat, 7-, 8-, 9-sinflarda 5 soat o‘rniga 4 soat o‘qitilarkan. Boringki, yangi o‘quv yilidan 1,5 stavka dars qisqararkan maktabimiz bo‘yicha. Bizda bir soat qoraqalpoq tili fani uchun ham ona tilidan olinadi. O‘qituvchilarning maoshi nima bo‘ladi? Oylik oshgani haqida bong urdik, nega o‘qituvchilar oylik maoshi nima bo‘lishi haqida hech kim gapirmaydi? Nega OTMda qabul kvotasi o‘zgarmadi unda? Dars soatlari kamaysa, ortiqcha tayyorlangan mutaxassis qayerdan ish topadi? Xo‘sh, keyingi bitiruvchilarning ishga joylashishini kim kafolatlaydi? Bilmadim, yosh mutaxassis sifatida mening ham ruhim tushdi. Endi shu qisqargan soatlarga mo‘ljallangan darsliklar maktablarimizga qachon yetib keladi? Konspekt yozish bekor qilinganiga qarsak chaldik, ish reja va o‘qituvchi uchun qo‘llanmalar qachon kelarkan, ular tayyormi? Ona tili darslari qisqarishi to‘g‘ri yechim emas, bu savodsizlikning yanada oshishiga olib keladi. Qolaversa, bu yoshlar kelajagi uchun to‘siq, deb hisoblayman.

Niginabonu SHUKUROVA tayyorladi.

O‘zbekiston respublikasi

Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli
foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish.
Darsning borishi:
1. Uy vazifasini tekshirish.
2. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yib matnni yozish.
261-mashq
3. Maqolalar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlash 262-263-mashlar.
4. O‘yin “Qancha qoldi?”

To‘qqiz vagon bor poyezd
Chiqdi janub tomonga.
To‘qqiz tadan televizor
Yuklangan har vagonga.

Jizzax, Samarqand oldi.

Xo‘sh qancha televizor

Termiz shahriga qoldi.

B.Omonov.
O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar.Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlab,o‘zi
bog‘langan so‘z bilan birga yozadilar.(Qancha?) To‘qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta
televizor.Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi.
264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o‘qilib,
savollarga javob beriladi. So‘ng grammatik topshiriq bajartiriladi.
V.Darsni yakunlash.
VI.Uyga vazifa. 265-mashq.Sheyriy topishmoqni ko‘chiring.Sanoqni bildirgan
so ‘zlarni savollar berib aniqlang.
3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarga son
predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash
ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi
talabalarga aytib o‘tiladi.
Dars ishlanmasi
Mavzu: Son- so‘z turkumi.

Darsning maqsadi: Shaxs narsalarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni gap
tarkibidan ajratish, ularga so‘roq berishga o‘rgatish, sonlarni o‘zi bog‘lanib kelgan
so‘zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, o‘quvchilarda do’stlik -o‘rtoqlik,
mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.
Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar.
Darsning borishi.
1. Darsga qadar doskaga yozib qo‘yilgan quydagi matn o‘qitiladi.
Sinfimizda o‘ttizta o‘quvchi bor. Ular o‘n besh qiz, o‘g‘il boladan iborat. Men
uchinchi partada, Husan to‘rtinchi partada o‘tiramiz.Sinfimizdagi yigirma o‘quvhi
besh bahoga, o‘n o‘quvchi to‘rt bahoga o‘qiydi.Ularning hammasi bir- birini hurmat
qiladi.
-Sizning sinfingizda nechta o‘quvchi bor?
-Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz?
-O‘qishda, ishda o‘rtog‘ingizda qanday yordam berasiz?
Yuqoridagi gaplarni o‘qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va
xulosalanadi.
Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar
mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va
narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so‘zlar
birgalikda aytiladi.
3.Mustaqil ish.
Mustaqil ish uchun topshiriq. Matn doskaga yoziladi O‘quvchilar narsalarning
sonini bildirgan so‘larninig tagiga to‘lqinli chiziq -chiziq chiziladi.
4.Husnixat mashqlari.
O‘quvchilar matnni doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib
yozadilar. Savollar yordamida matn mazmuni ochiladi.
5.Darsni yakunlash.
6.Uyga vazifa 262-mashq.
7.Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting ballari e’lon
qilinadi.

4-sinfda sanoq va tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi qo‘sh
undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan)
imlosi sonlarning gramm, kloggramm, metr, letr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi
va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning
sonlarning otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan
ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi.

O‘qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili
darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi.

3- mashg‘ulot (4 soat)

Sifat so‘z turkimini o‘rganish darslari.

Reja:
1.Belgini bildirgan so‘zlar. I- sinf.
2.Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar. II- sinf.
3.Sifat so‘z turkimi. Sifatlarni otlarga bog‘lanishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalar.III-
sinf.
4.Sifat. IV- sinf.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti.
Toshkent.2005 yil.
2.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 86-93 bet
3.Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili III-sinf. Toshkent.2003 yil. 94-98 bet
4.Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 92-104
bet.
5.G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 97-
103 bet.
6.Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”.
Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 100-108 bet.
7.Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent.
“O‘qituvchi”.2004 yil. 93-100 bet.
8.G‘ulomova X. va boshqalar.IV-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003
yil. 101-119betlar.

Sifatni o‘rganish tizimi, materalni leksik va grammatik izchillik bilan boyitib,
murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1 va 2- sifda sifatning leksik
ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday? qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rgadilar. 3-
sinfda sifat so‘z turkimi sifatida o‘rganiladi. 4- sinfda ilgari o‘rganilganlar
takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma
darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar
nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo‘lgan
sifatlarning ma’nosida
boshlang‘ich sinflarda sifat quydagi izchillikda o‘ganiladi.
1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2 sinf)
Dars ishlanmasi (1- sinf)
Mavzu: Belgini bildirgan so‘zlar.
Darsning maqsadi: Belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish, belgini
bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar belgini bildirgan so‘zlar bilan bog‘lanishi
haqida tushuntirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekalogik tarbiya berish.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: ko‘rgazmali suhbat.
Darsning jihozi: turli narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Mavzu o‘quvchilarning harsalarning belgisini anglatadigan so‘zlar haqidagi
daslabki mashg‘ulot hisoblanib, kelajakda o‘rganiladigan sifat so‘z turkumlari
haqidagi bilimga asos bo‘ladi. Bu darsda narsalarning o‘quvchilarga yaqqol tanish,
aniq belgilari ni misol qilib olib, rasmlar asosida ko‘rsatish kerak.
1. 137-mashq. Topishmoq o‘qitiladi. Topishmoqda nima haqida so‘z yuritilgani
so‘raladi, topishmoq javobi bo‘lgan sabzini qaysi belgisiga ko‘ra aniqlangani
so‘raladi.Ajratilgan so‘zlar o‘qitiladi.Ana shu so‘zlarga so‘roq beriladi. Belgini
bildirgan
so‘zlarni
narsa
bildirgan
so‘zlar
bilan
birgalikda
ko‘chiradilar.Mashqni xattaxtada o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi na’munasi
asosida bajarilishi tavsiya etiladi:
Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda.

2. 138-mashq.Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, yani qanday? So‘rog‘iga
javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga
yozma ravishda javob yoziladi.

Qanday? bog‘- Mevali bog‘.

Qanday? gullar- Oq, pushti gullar.

Qanday? mevalar-Shirin va mazali mevalar.
3.Ijodiy diktand.
…asal, ….. olma
… paxta, …darax

O‘quvchilar nima bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni yoniga
mos belgi bildirgan so‘zlarni yozib qo‘yishlari shart.
4.139-mashq.
Eslatma: chiroyli yozuvga e’tibor berish.
Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O‘qituvchi o‘quvchilarga
ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tadi.
Masalan: Shirin qovun, qiziq ertak
Qanday dala? – keng dala.
Qanday suv? – tiniq suv.

Mashqni davomini o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.
5.140-mashq.Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani bildirgan
So ‘zlarni yozish o ‘qituvchi mashqni mustaqil uyga bajarishga tayyorlaydi.
O‘quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarni tushuntirib, amaliy yordam beradi.
6. Darsni yakunlash shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi ?
Bergini bildirgan so‘zlarga –chi ? belgini bildirgan so‘zlar qaysi so ‘zlar bilan
bog‘lanadi ? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz?
2. Sifat haqida tushuncha berish va shu grammatik mavzu bilan bog ‘lliq holda
ayrim sifatlarning yozilishini o ‘zlashtirish (3-4- siniflar ).
Daftardagi dars ishlanma yoziladi.
Topshirqlar.
1.II sinf bo ‘yicha 1 soatlik dars ishlanmasi yozish.
2.IV sinf bo ‘ycha dars ishlanmasi yozish.

4- Mashg‘ulot (4- soat).
Mavzu:Fe‘l so‘z turkumini o‘rganish darslari.
Reja.
1. Harakat bildirgan so‘zlar. I-sinf.
2. Narsa va harakatni bildirgan so‘zlar. II-sinf.
3. Fe‘l so‘z turkumi.Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe‘llar. III-sinf.
4. Fe‘l. Fe‘l zamonlari. IV-sinf.
Adabiyotlar ro ‘yxati.
1.Ta’lim taraqqiyoti.Umumiy o‘rta ta’lim.Davlat ta’lim standarti.Boshlang‘ich
ta’lim ona tili dasturi.Sharq.1999 yil.
2. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti.
Toshkent.2005 yil.
3.G‘afforova va boshqalar. Ona tili I-sinf. Sharq. 2005 yil.
4.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 75-86 bet
5.Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 131-153
bet.
6.G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 89-
96 bet.
7.Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”.
Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 89-98. betlar.
8.Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent.
“O‘qituvchi”.2004 yil. 108-114 betlar.
9.G‘ulomova X. va boshqalar.IV-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003
yil.
10.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. “Nashr” 2009
yil. 129-149 betlar
Dastlab o‘qituvchi talabalarga boshlang‘ich sinflarda fe‘l ustida ishlashdagi
izchillik, bo‘limlar orasidagi bog‘lanish dastur materialining hajmi uning har bir
sinfda o‘ganish usullari va vastrollar hamda shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi
uning lingvistik xususiyatlari kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga
qarab belgilanishi haqida tushuncha beradi.

1-sinfda fe’l ustida ishlashlashga tayyorgarlik savod o‘rgatish davrida
boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati e’tibori fe’lning leksik ma’nosiga
qaratiladi.

2-sinfda shaxs va narsalarning harakatini belgilangan so‘zlar bilan
tanishtiriladi.

Dars ishlanmasi (2-sinf)

Mavzu: Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar.
Maqsad: Shaxs va narsalarning harakatini bildirib nima qildi? Nima qilyapti?
so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini
bildirgan so‘zlar beriladigan so‘roq bilan shu so‘zning ma’nosini taqqoslash
ko‘nikmasini o‘stirish.
Darsning borishi.
1.Kim?, nima? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar yuzasidan takrorlash.
Biz so‘z bilan ayting va kim? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni chap tomonga,
nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan soz‘larni o‘ng tomonga ustun shaklida yozing.
1.Bolalar ta’lim – tarbiya oladigan o‘quv yurti (Maktab) 2. Maktabda o‘qiydigan bola
(o‘quvchi) 3. Go‘za ekilgan dala (Paxtazor) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon (Paxtakor)
5. Mevali daraxtlar ekilgan joy (Bog‘) 6. Bog‘ni parvarish qiladigan odam (Bog‘bon).
Namuna: Kim? O‘quvchi. Nima? Maktab.
O‘quvchilar bajargan ish tekshiriladi.
Kim? Nima? So‘rog‘ga javob bo‘lgan nimalarni bildiradi. O‘qituvchi mavzuni
xulosalaydi. Demak kim? so‘rog‘iga javob bo‘gan so‘zlarni shaxsni nima? so‘rog‘iga
javob bo‘lgan narsalarning nimani bildiradi.
1.Yangi mavzuni tushuntirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga 211-mashqni
topshiriqlar tartibida bajarishni aytadi. Rasm asosida gaplar tuziladi. Narsa va shaxs
harakatini bildirgan so‘zlar xattaxtaga yozib boriladi. O‘quvchilar mashqni bajarish
orqali shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar nima qildi? Nima qilyapti?
Nima qiladi? So‘roqlarga javob bo‘lishini bilib oladilar.
2. 212-213mashqlarni bajarish.
212-mashqni bajarishda “Qishda” sarlavhali matn o‘qiladi va nima qildi?, nima
qildilar? nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar aniqlanadi.

213-mashqni bajarish orqali o‘quvchilarga topishmoqni javobini topadilar.
Topishmoqning javobini topishda qaysi so‘zlar yordam berdi. Ular qanday so‘roqqa
javob bo‘ladi? Bu so‘zlar nimani bildiradi? Savollariga o‘quvchilar javob beradilar va
daftarga yozadilar.
Nima qiladi? suyiladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi.
4. Darsni yakunlash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz? Nimalarni o‘rgandingiz?
1. Uyga vazifa. 214-mashq. Harakatni bildirgan so‘zlarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
Qishda kunlar (nima qiladi?) isiydi.
Qor ko‘p (nima qiladi?) yog‘adi.
Suvlar (nimaqiladi?) muzlaydi.

Dars ishlanmasi
Fe’l mavzusini o‘tish.
Darsning maqsadi: Narsalarning harakatini bildirgan so‘zlar haqidagi bilimlarini
boyitish, fe’l haqidagi tushunchalarini kengaytirish, so‘roqlar yordamida gap va
matndan fe’lni topishga ulardan nutqda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, kasbga
yunaltirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish, uni asrashga rag‘batni paydo qilish;
fe’llarning ko‘chma ma’nolarini anglash va ulardan nutqda foydalanishlariga
erishish.

Darsning turi: Yahgi bilim berish.

Dars metodi: Aqliy hujum muommoli, tizimli o‘qitish.
1. Darsni tashkil etish:
O‘quvchilarning darsga qiziqishini uyg‘otish uchun mavzuga doir topishmoq
she’rdan o‘qib berildi. O‘quvchilar topishmoqning nima haqda ekanini topib
bugungi o‘rganiladigan mavzuni aniqlaydilar.
Ma’nosidan anglashilar harakat

Harakatdan kelar sog‘liq barakat.
“Sening”, “noaniq”, “quvoning”. Uch so‘zdan harakatni toping.
Turadi, yuradi, kuladi, aytadi, qaytadi. Bu so‘zlarning ma’nosini kim aytadi?

Topishmoq – she’rlar o‘quvchilarning tilga sezgirligini ham oshiradi. Dars
jarayonida zarur bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydigan motivni yuzaga
keltiradi. O‘quvchilarning she’r yuzasidan quyidagicha javob beriladilar. Bugun
harakat bildirgan so‘zlarni o ‘rganamiz.

“Quvoning” harakat bildirgan so‘z.

Turadi, yuradi, kuladi, aytadi so‘zlari harakatning ma’nosini bildiradi.
O‘qituvchi: O‘ylang, harakatni kimlar yoki nimalar bajaradi.
O‘quvchilar:
-Bolalar -Odamlar.
Musobaqa.
1-guruhga topshiriq: Odamlarga xos harakatni bildirgan so‘zlarni ayting.
2-guruhga topshiriq: Jonivorlarga xos harakatni bildirgan so‘zlarni ayting.

Har bir guruh o‘quvchilari doskaga yozib beradi. Bu so‘zlarning imlosini qay
darajada bilishlarini va husnixat bilan yozishlarini ham aniqlash imkonini beradi.
2. Darslik bilan ishlash:
Doskaga darslikdagi 273-mashq matni yozib qo‘yiladi:

Shifokor bemorni (nima qildi?) davoladi.

Qor tinmay (nima qilyapti?) yog‘yapti.

Matn ustida ishlash
1-topshiriq: Gaplarni o‘qing. Nechta gap o‘qidingiz? Gaplar qanday harf bilan
boshlangan? Ularning oxirida qaysi tinish belgisi qo‘yilgan? Nima uchun?
2-topshiriq: Gapdan qavs ichidagi so‘roqlarga javob bo‘ladigan so‘zlarni topining.
Ularning qanday ma’no bildiryapti? Bu so‘zlarning tagiga nechta chiziq chizasiz?
Nima uchun?
3-topshiriq: Yog‘yapti so‘ziga qaysi so‘ziga qarama – qarshi ma’no bildiradi
(yog‘yapti – tinyapti)
4-topshiriq: Da’vo, davoladi so‘zlarning ma’nosida farq bormi?

Davo-bemorning shifo topishi uchun qo‘llaniladigan dori-darmon.
Davoladi – dori – darmonlar bilan kasalini bartaraf etish.

Bu muommoli savolga o‘quvchilar shu sinfda “So‘z turkumlari” tushunchasini
hosil qilgan darsida eshitgan fe’l atamasini aytib javob beradilar. O‘q2itu9vchi

topshiriqlarni oldindan tuzib olib, so‘ng dars o‘tish kerak. O‘qituvchi: Men fe’l
o‘yladim. U nimani bildiradi? Men shaxsni o‘yladim . U qaysi so‘z turkumiga
kiradi?
2. 174-mashq. Mustaqil ish vazifa qilib beriladi.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Fe’llarning nimani harakatini bildirayotganini aniqlang.
O‘quvchilar 1-gapda yaratadi
2-gapda ko‘tardi
3-gapda tushdi
Narsaning harakatini bildiryapti deb aytadilar.
2-topshiriq: Matnni kuzating. Oylang. Matndagi qaysi so‘zlarning yozilishga xato
qilishingiz mumkun?
Ajoyib- oxirgi b undoshini deb, I unlini tushrib qoldirib yozishim mumkun .Sababi b
p tarzida talaffuz qiliyapti , qisqa aytilyapti.
Koinotda-o va I orasida y yozib qo‘yish mumkin. Chunki aytilishda y tovushi
ishlatilyapti.
“Uchun” so‘zi ham shunday 2-bo‘g‘indagi u tovushi I tarzida talaffuz qilinayapti,
uni I qilib hato yozib qo‘yish mumkin.
O‘qituvchi keyingi darsda shu so‘zlardan lug‘at, diktant olishini e’lon qiladi.
Saylanma diktant.
I-topshiriq.Men matnni o‘qiyman.Siz undagi fe’l so‘z turkumiga doir so‘zlarnigina
tanlab ajratib olib yozasiz.
Uning uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi.Bolalarni yuvintiradi.
Eski-tuski keyimlarni yamaydi.Kechqurun sho‘rva, atala-umoch, moshxo‘rda kabi
ovqatlarni pishiradi.
II-topshiriq. Ko‘maklashadi so‘zida ma’nodosh fe’llarni topib yozing.(Qarashadi,
yordamlashadi)
III-topshiriq.Topgan ma’nodosh so‘zlaringizning har biri ishtirokida bittadan gap
tuzib yozing.
4.Uyga vazifa. 275-mashqni shartiga ko‘ra bajaring.
2.Darsda o‘tilganlarni umumlashtirib yakunlash. Bugungi dars savollari sizga
ma’qulmi? Nima uchun?

Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
6.O‘quvchilar bilimini baxolash.
Topshiriqlar:
1.Boshlang‘ich sinflarda fe‘l so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarga qanday bilimlar
beriladi va ular qanday izchillikka shakllantiriladi?
2.IV sinfda fe‘l mavzusini o‘tishga oid dars ishlanmasi tuzing.
5- Mashg‘ulot (4- soat).
Mavzu:Ona tili darslarida ta’limiy diktantlar.
Reja.
1.Ta’limiy diktantlarning tashkil etish usullari.
2.Tekshirish diktantlari darsi.
3. Tekshirish diktantlari darsi tashkil etish usullari.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti.
Toshkent.2005 yil.
2.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 86-93 bet
3.Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili III-sinf. Toshkent.2003 yil. 94-98 bet
4.Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 92-104
bet.
5.G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 97-
103 bet.
6.Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”.
Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 100-108 bet.
7.Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent.
“O‘qituvchi”.2004 yil. 93-100 bet.
8.G‘ulomova X. va boshqalar.IV-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003
yil. 101-119betlar.

MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MAVZULAR

1. Boshlang‘ich ta’limi bo‘yicha yangi tahrirdagi DTS (2005) dan ona tili ta’limi
sohasiga oid mavzularni o‘qib o‘rganish
2. 1-4 sinf ona tili darslaridan ot so‘z turkumiga oid mashqlarni ishlab chiqish
3. 1-4 sinf ona tili darsligidan son so‘z turkumiga oid mashqlarni ishlash.
4. Ot mavzusiga oid bir soatlik dars ishlanmasini yozish
5. Fe’l mavzusiga oid dars konspektini tuzish.
6. 1-4 sinf ona tili darsligidan Harakatni bildirgan so‘zlarga oid mashqlarni ishlab
chiqish
7. 3-4 sinf ona tili darsligidan fe’l so‘z turkumiga oid mashqlarni ishlash
8. 1-4 sinf ona tili darsligidan sifat so‘z turkumiga oid mashqlarni bajarish
9. Dars konspektini tuzish.
10. XXI-asr yoshlar asri mavzusida ijodiy matn tuzish
11. Q.Abdullayevaning “Diktantlar to‘plami” kitobi bilan tanishish va o‘z
fikrlarini berish
12. Maktabda ta’limiy diktantlarni tekshirish. Diktantlarni tashkil etish va amalga
tatbiq qilish mavzusida ijodiy matn
13. “Qishlog‘imning bugungi jamoli”mavzusida ijodiy matn
14. “Mustaqillik buyuk ne’mat” mavzusida ijodiy matn
15. IV –sinf ona tili darsligi bilan ishlash
16. Boshlang‘ich ona tili darsligidan sinonim va antonim,ko‘p ma’noli so‘zlar
mavzusiga oid mashqlarni ishlash
17. III-sinf ona tili darslaridagi bayon mavzulari ustida ishlash
18. II-sinf ona tili darslaridagi bayon mavzulari ustida ishlash
19. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun insho mavzularini tanlash
20. “Men sevgan adib” mavzusida insho yozish
21. IV- sinf ona tili darslida berilgan bayon mavzulariga oid reja tuzish
22. Til va jamiyat.
23. Ona tilidan yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darslari.