Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi
Mualliflar
Ilmiy ishlar nomlari
Tanlang
M.Z.Murtozayev
Husnixat darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar
Mazkur sahifada Husnixat darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 72.71 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Qo’shimcha materiallar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 72.71 KB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 695 marotaba |
Ko’chirishlar: | 280 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 30-07-2022 |
Yangilangan: | 30-07-2022 |
Fayl hajmi: 72.71 KB
Sifat bizning ustunligimiz! husnixat darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek qo’shimcha materiallar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi?
Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi?
Darsliklar DTS asosida belgilangan ta’lim sohasining har bir sinfda (chorakda)
haftada, kunda yetkaziladigan axborot va ma’lumotlar, tushuncha va tasavvurlarning
majmui bo‘lib, muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan yaratiladi va bir necha
(kafedra yoki uslubiy sho‘ba, ta’lim markazi IMK, vazirlik nashr bo‘limi, nashriyot
nashr) bo‘limlaridan muhokamadan o‘tkaziladi. Dastlab kichik tirajda chop etilib,
tajriba-sinovdan hamda tanlovlardan o‘tkaziladi va so‘ngra zaruriy nusxalarda chop
etishga ruxsat beriladi. Darsliklarda mavzu nomi, bayoni, savollar, testlar, suratlar,
chizmalar, grafiklar beriladi va ular o‘quvchilar, tinglovchilar va boshqa ta’lim
oluvchilar uchun chiqariladi.
O‘quv qo‘llanmalari deganda nima tushuniladi
va ular qanday yaratiladi?
O‘quv qo‘llanmalari – darsliklarni (yoki uning
qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va
vositalari,
jihozlari,
texnologiyasi
haqida
ta’lim
oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan
metodik maslahatlar majmuidir.
O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada
qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha
ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test-reyting nazorat uslubi, pedagogik
texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar
biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.
Metodik ishlanma deganda nima tushuniladi?
Metodik ishlanmalar – biror sinfdagi, biror bo‘lim yoki mavzuni o‘ziga xos
usulda bayon qilish, yoki biror pedagogik, psixologik, didaktik muammoning
yechimlarini o‘ziga xos, original usulda topish, ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan
tavsiyalardir.
Didaktik materiallar to‘plamiga nimalar kiradi?
Didaktik materiallar to‘plami (DMT) ga – biror mavzu yoki muammoni
ko‘rsatmali (yozma yoki chizma) uslubda har bir ta’lim oluvchiga mos holda
yetkazib beradigan ko‘p nusxadagi materiallardir. DMT ga plakatlar, stendlar,
chizmalar, jadvallar, testlar, texnologik va xavfsizlik, operasion xaritalar, yo‘l-
yo‘riqlar, kartochkalar, nazorat ishlari, biletlari va boshqalar kiradi.
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining muammolari va
yechimlari.
Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hayotida
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar: fan-texnika taraqqiyoti, jamiyat tuzilishining
rivojlangan davlatlar demokratik andozalarga intilishi va boshqa ko‘plab omillar
uzluksiz ta’lim tizimini, shu jumladan umumta’lim maktablarida mehnat ta’limini
hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilashni, isloh qilishni talab etmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimida umumta’lim maktablarining o‘rni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida bunday deyiladi:
“Umumiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib ta’lim oluvchilar
ilmi, bilimi, mehnat va boshlang‘ich kasb-kor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik
asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini
rivojlantirishini ta’minlaydi”.
Ushbu tezisni bevosita umumta’lim maktablarida o‘rganiladigan mehnat
ta’limi o‘quv fanining ustivor vazifalari sifatida talqin etish mumkin. Chunki
mehnat ta’limi o‘zining mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra barcha ilmiy
tabiiy, ijtimoiy iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib mujassamashgan holda
amaliyotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi. Shu jihatdan olib qaraganda mehnat ta’limi
nazariya bilan amaliyotning birligini ta’minlovchi, o‘quvchilarning olgan bilimlarini
hayotga tatbiq eta olishliriga imkon yaratuvchi asosiy vositadir.
Hozirgi zamon sharoitida mehnat ta’limi o‘zining ilmiy-nazariy va amaliy,
moddiy-texnik, ijtimoiy pedagogik muammolarini hal etishda uning an’anaviy
mazmunini isloh qilishda qator nomutanosibliklar va ziddiyatli holatlar sodir
bo‘lmoqda:
– yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tuzumda ro‘y berayotgan tub
o‘zgarishlar bilan mehnat ta’limining ilmiy-uslubiy, pedagogik va moddiy-texnik
jihatdan istiqbol talablari darajasida majmuiy ta’minlanishining nomutanosibligi;
– ilmiy-texnik o‘zgarishlar, ilg‘or ishlab-chiqarish texnologiyalari, zamonaviy
iqtisodiyot va xo‘jalik yuritishning yangi shakllari va mazmunining mehnat
ta’limining mazmuni vositalari va uslublarida o‘z aksini topmaganligi;
– mehnat ta’limini amalga oshirishning asosiy qismi bo‘lgan umumta’lim
bo‘g‘ini bilan uzluksiz ta’limning boshqa bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim hamda keyingi bosqichlari o‘rtasida uzviylikning
yetarlicha ta’minlanmaganligi;
-mehnat ta’limining hozirgi kundagi an’anaviy mazmuni, maqsadi, shakli,
vositalari va uslublarida respublikamizning milliy, etnik, hududiy tarixiy
xususiyatlari va sharqona tafakkur mezonlarining to’liq aks etmaganligi;
-mehnat ta’liminig o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olib, uni amalga
oshirish mexanizmlarining pedagogik, psixologik, fiziologik va didaktik
asoslarining ishlab chiqilmaganligi;
-mehnat ta’limini bevosita amalga oshiruvchi yuqori malakali mutaxassis
xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining hozirgi
holati bilan mehnat ta’limi o‘qituvchisiga qo‘yilgan zamonaviy davlat talablariga
to‘liq mos emasligi;
-umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan mehnat ta’limining istiqbol
yo‘nalishlari bilan pedagogika oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan pedagog
kadrlar kasbiy malaka darajalarining nomutanosibligi;
-mehnat ta’limi bevosita amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari
va o‘rta ma’lumot beradigan ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatida uzviylikning va
o‘zaro aloqalarning ta’minlanmaganligi va shu kabilar.
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi asosiy fanlar darajasida o‘qitilishini
ta’minlash, mehnat ta’limi jarayonida moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning
tashkiliy, iqtisodiy, texnik, texnologik asoslarini o‘rgatish; o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlari va mustaqilligini rivojlantirish uchun o‘quv dasturlariga kasb-hunar
yo‘nalish mazmunidagi bilimlarni, zamonaviy texnik, pedagogik va ta’lim
texnologiyalari haqida ma’lumotlarni kiritish; mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va yangi pedagogik va ta’lim texnologiyalarni joriy
qilish; mehnat ta’limini amalga oshirishda, uning nazariyasi va amaliyotida tarixiy,
milliy, mahalliy, etnik, jug‘rofiy, tabiiy-iqlimiy xususiyatlarni hisobga olish; mehnat
ta’limining o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirish muammolarini vaqtli matbuotda
yoritilib borilishi; yangi pedagogik, ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan
didaktik materiallar va boshqalar bilan ta’minlanishni yaxshilash; mehnat
ta’limining moddiy-texnikaviy ta’minotini yaxshilash; mehnat ta’limining an’anaviy
yo‘nalishlariga qo‘shimcha qilib, xalq hunarmandchiligi sohalarining kiritilishi va
uning ilmiy-nazariy, didaktik va uslubiy asoslarini ishlab chiqish kechiktirib
bo‘lmaydigan vazifalardir.
Mehnat ta’limining istiqbol taraqqiyoti.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning mehnat va kasbiy tayyorgarligini
amalga oshirish mehnat ta’limining istiqbol taraqqiyoti bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Mehnat ta’limining istiqbol taraqqiyoti yangi pedagogik texnologiyalar va
didaktik tizimlar yaratilishi va bevosita uzluksiz tizimlar yaratilishi va bevosita
uzluksiz ta’lim amaliyoti qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Yangi didaktik (o‘qish va
o‘qitish) tizimlar mehnat ta’limida quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
ta’lim-tarbiyadagi pedagogik texnologiyalar, qo‘llaniladigan mehnat vositalari,
qurollari, qurilma va moslamalar, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish (EHMni
qo‘llash): rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar,
tajribalaridan respublikamiz xususiyatiga mos keladiganini takomillashtirib, qayta
ishlab, ta’lim jarayonida qo‘llash, bunda davlat va xususiy ta’lim muassasalaridagi
umumiy va hunar ta’limi tizimlaridan namunalar tanlab olinadi;
bosqichma-bosqich mehnat ta’limining mazmuni chuqurlashtirish: uni tashkil
etishning yangi shakl va ko‘nikmalari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etiladi.
Mehnat ta’limidagi yangi mazmun va islohotlarni amalga oshirilishida, turli o‘quv-
tarbiyaviy ishlab chiqarish tadbirlarining amalga oshirilishida vazirlik, maktab, oila,
jamoatchilik, xususiy va davlat tasarrufidagi muassasalar, firmalar, konsernlar,
birlashmalar, faol ishtirok etadilar;
mehnat ta’limini amalga oshirishda yangi didaktik tizimlar o‘qitilayotgan
fanlar mazmuni, shakli, usullari, yo‘llari va vositalarini dasturli ta’lim asosida
yangilanishi amalga oshiriladi;
mehnat ta’limining mazmuni, vazifasi va tashkil etish shakllari yagona ta’lim
standartlarida aks ettiriladi.
Konsepsiyani amaliyotga joriy etish shart-sharoitlari.
Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish quyidagi ilmiy, metodik, tashkiliy va
moddiy-texnik shart-sharoitlarni amalga oshirishni talab etadi:
1. Mehnat ta’limini amalga oshirishda uzluksiz ta’limning qoida va
tamoyillariga rioya qilish.
2. Umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limining mazmuni, maqsadi va
vazifalarini, tashkil etish shakllarini, metodlari va vositalarini takomillashtirish.
3. Ilmiy pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar tayyorlash
tizimini takomillashtirish.
4. Mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish konsepsiyasini
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.
5. Mehnat ta’limi o‘quvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash
konsepsiyasini ishlab chiqish tizimini takomillashtirish.
6. Mehnat ta’limi davlat standartlarining ishlab chiqarilishi, uni namunaviy
o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlari, darsliklar va turli ilmiy uslubiy
ishlanmalar majmualari bilan ta’minlash.
7. Mehnat ta’limining moddiy texnik ta’minotini mustahkamlash.
8. Mehnat ta’limini amalga oshirishda umumta’lim va kasb-hunar maktablari
va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalari, viloyat, tuman xalq ta’limi bo‘limlari,
respublika ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, respublika fanlar akademiyasi,
ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlarining tegishli kafedralarida olib
borilayotgan nazariy va amaliy ishlarni tizimlashtirish, uyg‘unlashtirish,
markazlashtirish va muvofiqlashtirish.
9. Mehnat ta’limining amalga oshirilishida respublikamiz va chet elda
erishilgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim-tarbiya tizimiga qo‘llashda
mahalliy, milliy, etnik, hududiy xususiyatlarni hisobga olish lozim bo‘ladi.
10. Mehnat ta’limini amalga oshirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, zaruriy
nizomlar, yo‘riqnomalar tayyorlash va tashkiliy tadbirlarni hozirgi zamon
talablaridan kelib chiqib, yagona markazlashtirilgan holda umumdavlat miqiyosida
tashkil etish.
Mashq
Mazkur mavzuni o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni
tekshirish, mustahkamlash uchun beriladigan turli xil savol,
mashq, topshiriq va testlar
Mavzu bo‘yicha olgan bilimlaringizni quyidagi topshiriqlarni bajarish
orqali tekshirib ko‘ring.
1. Quyidagi jadvalda mehnat ta’limi sohasida ilmiy ishlar olib borgan,
adabiyotlar yaratgan mualliflar keltirilgan, “Tanlang” ustunidan mos adabiyotlarni
topib, “Ilmiy ishlar nomi” ustunidagi katakchalarni to‘ldiring.
Mualliflar
Ilmiy ishlar nomlari
Tanlang
M.Z.Murtozayev
Kasb
ta’limi
metodikasi
(uslubiy
qo‘llanma).
Xizmat ko‘rsatish mehnati. 5-sinf.
Boshlang‘ich sinf mehnat darslarini
tashkil etish texnologiyasi.
Mehnat ta’limining
qishloq xo‘jalik
asoslari yo‘nalishi. 6-sinf.
M.Tilavova
1.4-mavzu: 1-9-sinflarda mehnat ta’limi fanining DTS va o‘quv dasturlari,
mazmuni, tuzilishi va qiyosiy tahlili.
Mehnat ta’limining davlat ta’lim standarti.
Mazkur mavzuda mehnat ta’limi DTSning maqsadi va mazmuni, tuzilishi,
yangi tahrirdagi DTS ning qabul qilinishi va tajriba-sinovlardan o‘tishi, o‘xshashligi
va farqlari, umumiy va badiiy mehnat ta’limi, materiallarga ishlov berish,
materialshunoslik mehnatining mazmuni, yog‘ochga, metallarga, gazlamalarga va
oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, xalq hunarmandchiligi asoslari va qishloq
xo‘jaligi mehnati, kasbga yo‘naltirish va ishlab chiqarish o‘quv kursining tuzilishi,
texnologiya va dizayn, servis xizmati va qishloq xo‘jaligi asoslari yo‘nalishi
bo‘yicha mavzular mazmuni tahlili yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
Mavzu yakunida siz mehnat ta’limining DTS, o‘quv dasturi mazmuni,
tuzilishi, qiyosiy tahlili, yangi tahrirdagi mehnat ta’limi DTS va o‘quv dasturining
qabul qilinishi, mohiyati, dasturlarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi bilib
olasiz.
Mavzuni o‘qib chiqishdan oldin quyidagi savol haqida
o‘ylab ko‘ring.
Yangi tahrirdagi mehnat ta’limi DTS va o‘quv dasturiga qanday
o‘zgartirishlar kiritilgan?
Quyidagi “1-9 sinflarda mehnat ta’limi fanining DTS va
o‘quv dasturlari, mazmuni, tuzilishi va qiyosiy tahlili”
mavzusini o‘qib o‘rganib chiqing.
1-9 sinflarda mehnat ta’limi fanining DTS va o‘quv dasturlari, mazmuni,
tuzilishi va qiyosiy tahlili.
Ushbu mavzu bo‘yicha keltiriladigan ma’lumotlarni mehnat ta’limi dasturida
kiritilgan o‘zgarishlarning ayrim yo‘nalishlari tahlilini keltirib o‘tamiz.
Standart umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi fanidan o‘quv
dasturi, o‘quv metodik qo‘llanma, darslik va boshqa me’yoriy materiallarni ishlab
chiqish, o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish
uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatdir.
O‘quvchilarni mehnat ta’limi va uning mazmuniga doir kasblarga yo‘naltirish
fanidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan eng minimal talablar:
– bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida
to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyatini turli kasblarning insonga qo‘yadigan
talablarini;
– kasblar olamini, kasblar shajarasi, O‘zbekiston xalq xo‘jaligidagi muhim
kasblar, kasblar tasniflagichi;
– kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi: kasblar, mehnat shart-sharoitlari,
vositalari, predmeti, maqsadi bo‘yicha shajaralanishi, o‘quvchilarni o‘z qiziqishi va
moyilliklari, o‘z xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘z nerv tuzilishi,
psixikasi, o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to‘g‘risida ma’lumot olish
maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o‘zgarib
borishini, salomatligining tanlangan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o‘rta-
maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlarida ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash;
– o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari, kelgusi mavqeini bilishi;
– o‘quvchilar kasblarini tahlil qila olishni, o‘zlarining shaxsiy sifatlarini va
salomatlik darajalarini to‘g‘ri baholay olishlari, kasblarning insonga qo‘yadigan
talablari bilan o‘zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari, shaxsiy
kasbiy rejalarini tuza olishlari;
– o‘quvchilar xalq xo‘jaligi bo‘limi, xalq xo‘jaligi asoslarini, xalq xo‘jaligida
ro‘y berayotgan islohotlarni, bozor iqtisodiyoti talablarini, davlat xususiy
korxonalarini, kojarayon, firma, shirkat, konsernlar, ularda ishlab chiqarishni tashkil
etish shakllari, texnologik jarayonlari, mahsulotlarni tayyorlash bosqichlari, tabiatni
ishlab chiqarishning zararli ta’siridan muhofaza qilish, mahsulot qiymatini
arzonlashtirish yo‘llari, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning davriyligini,
maromli oqimligi, ishlab chiqarishni rejalashtirish, irrigasiya va meliorasiya
ishlarini, mehnat qonunchiligini bilishlari zarur.
O‘quvchilarda shakllanishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar: xalq xo‘jaligi sohalari
bilan tanishish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish,
korxonalarda mehnat intizomini yaxshilash; mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar,
mehnat unumdorligini oshirish, yengil, sanoat va boshqa sohalar korxonalaridagi
mashinalarda ishlash, nosozliklarini bartaraf qilish, ta’mirlash; uy-xo‘jalik elektr
mashinalarini va asboblarini ishlata bilish, mehnat qilish va shularga o‘xshagan
ko‘nikma-malakalar shakllantirish hamda ularga xos va texnika xavfsizligiga rioya
qilishni uddalash maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta’limi yo‘nalishlari. Mehnat ta’limi uning materiallari asosida
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ta’limi mavzuini quyidagi beshta yo‘nalishlarga
bo‘linadi:
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi.
Metallga ishlov berish texnologiyasi.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.
Pazandachilik asoslari.
Qishloq xo‘jaligi asoslari yo‘nalishlari belgilangan.
Mehnat ta’limi mazmunining minimumi.
Mehnat ta’limining DTSlari va davlat dasturlarida ta’kidlanganiga binoan
maktabning hududiy ehtiyojiga tayanib mehnat ta’limini boshqa yo‘nalishlar
bo‘yicha tashkil etish mumkinligi belgilangan.
Ushbu har bir mehnat yo‘nalishlari xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish
asoslari va kasb tanlashga yo‘naltirish bilan uzviy bog‘lanib yakunlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida mehnat ta’limi o‘quv
faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9
sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo‘lib 408 soat vaqt ajratilgan.
O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo‘naltirishni
yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog‘ochga,
metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq
xo‘jalik asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo‘nalishlari
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashlari ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv rejasida mehnat ta’limining
o‘rni.
5-7 sinflarda o‘quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo‘ladigan yuqorida ko‘rsatilgan
o‘quv kurslari o‘quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat
uyg‘otadi. 8-9 sinflarda qayd etilgan har bir mehnat ta’limi yo‘nalishlariga xos
ishlab chiqarish asoslari hamda ularning mazmunida mavjud kasb-hunarlarga
yo‘naltirish kursi ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-
hunar ta’limi yo‘nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashadi.
1. Yog‘ochga va metallga ishov berish texnologiyalari. Bu yo‘nalish bo‘yicha
tashkil qilingan ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli materiallar (yog‘och, metall,
qog‘oz, shisha, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich
bilimlariga ega bo‘ladilar, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash
ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, ishlashi,
dastgohlar, elektr va mexanizasiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari,
yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va
qo‘llashni o‘rganadilar.
Yog‘ochga va metallga ishlov berish texnologiyasi bo‘yicha o‘quvchilar
egallashi shart bo‘lgan bilimlar:
– texnika va texnologiyaning xalq xo‘jaligida ahamiyati, ishlab chiqarishda
bajaradigan vazifalarga ko‘ra mashinalarning tasnifi, konstruksion materiallar
(metall, yog‘och, plastmassalar) to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lishlari;
– bu materiallarni qayta ishlash texnologiyasini, sanoat ishlab chiqarishida
tubdan o‘zgartirish kiritgan yangi texnologiyalar to‘g‘risida;
– yangi mahsulotni konstruksion va texnik badiiy loyihalashning umumiy
prinsiplarini hamda dizayn talablari asosida qayta loyihalashni;
– sonli dasturli boshqariluvchi dastgohlar, robotlar tuzilishi va ishlash prinsipi
to‘g‘risida umumiy tushunchalar;
– mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari.
O‘quvchilarda shakllanadigan ko‘nikma va malakalar:
– yog‘och va metallga chizma, eskiz va texnologik xaritalar yordamida
mexanik ishlov berish, ish uchun zarur bo‘lgan moslama va asboblarni tanlash;
– yog‘ochga ishlov berish, chilangarlik dastgohida shakldor yuzalarga ishlov
berishni, chilangarlik vint qirqish dastgohida silindr va konus shaklidagi detallarga
ishlov berishni, frezerlash dastgohida sathlar va o‘yiqlar frezerlash.
II. Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari. Bu
yo‘nalish bo‘yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o‘quvchilar gazlamaga ishlov
berish turlari, xususiyatlari, tikuvchilik asoslari, gazmollarga ishlov berish, kiyimlar
turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv mashinalari, ularning turlari, umumiy tuzilishi va
ishlashi; oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari,
to‘yimliligi turlari, ovqatlanish me’yori va tartibi, taomlar turlari, milliy taomlar,
sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi qoidalari; uy-ro‘zg‘or yuritish
asoslari, uy-ro‘zg‘or jihozlaridan unumli foydalanish qoidalari; oziq-ovqat va yengil
sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari; oila jamg‘armasi va
uni sarflash; oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va
asosiy ishlov berish; turli uy-ro‘zg‘or asboblarini ishlatish, turli taomlar tayyorlash,
elektrlashtirilgan uy-ro‘zg‘or asboblarini ishlatish, kiyim bichish, tikishni
o‘rganadilar.
Mazkur sohalar tarmoqlariga xos kasblarga o‘quvchilar qiziqishini yo‘naltiradi
hamda tanlab olishga zamin yaratadi.
Mazkur yo‘nalishda o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar:
– maktabda (ro‘zg‘or) ta’mirlash, uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarish;
– elektr yuritmali tikuv mashinalari tuzilish, ishlash prinsiplari;
-yelkali buyumlar chizmasini chizish va andozasini tayyorlash izchilligi,
texnologiyasi, uning sifatiga qo‘yiladigan talablar;
– makaron mahsulotlari, krupa, sut va sut mahsulotlariga boshlang‘ich va
issiqlayin ishlov berish usullari, ularning ovqatlanishdagi ahamiyati;
–
xamirdan
tayyorlanadigan
mahsulotlar,
ziravor
va
mevalarning
ovqatlanishdagi ahamiyati.
O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar:
– makaron, krupa, sut mahsulotlari va xamirdan taom tayyorlash, meva va
ziravorlardan murabbo tayyorlash;
– uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarish, dasturxon bezash, mehmonlarni kutib olish va
madaniyatli xizmat ko‘rsatish;
– elektr yuritmali tikuv mashinasida ishlash, yopishtirma, bostirma choklarini
bajarish;
– kiyimning quyi qismi va cho‘ntak astarini tuzatish;
– go‘sht, baliqdan suyuq va quyuq taomlar tayyorlash;
– meva va sabzavotlarni konservalash;
– elektr uy-ro‘zg‘or asboblarini ishlata bilish;
– oila byudjetini ishlata olish.
III. Qishloq xo‘jaligi asoslari yo‘nalishi. Bu yo‘nalish bo‘yicha tashkil qilingan
ta’lim jarayonida o‘quvchilar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning ahamiyati,
o‘ziga xos xususiyati va sohalari, dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish
istiqbollari, agronomiya asoslari, qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va
meliorasiya asoslari, ilg‘or texnologiyalar, fermerlik va mulkdorlikning boshqa
turlari, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik, mahsulotlar bozori haqida tushunchalar,
madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o‘sish va rivojlanishi, tuproqning
tuzilishi, unumdorligi, yerga ishlov berish va bunda qo‘llaniladigan mashina,
mehnat qurollari, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi, texnologik ishlash
jarayonlari va ularga qo‘yiladigan mashina, mehnat qurollari, moslamalar va
ularning umumiy tuzilishi, texnologik ishlash jarayonlari va ularga qo‘yiladigan
talablar;
o‘g‘it turlari, o‘g‘itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar, urug‘larni
tayyorlash va ularga ishlov berish, urug‘ va ko‘chat ekish usullari, urug‘ va ko‘chat
ekish mashinalari, tuzilishi, ishlashi va ularga qo‘yiladigan agroximik talablar,
g‘alla, don, dukkakli, tuganakli va ildiz-mevali ekinlar, sabzavot, poliz, meva,
moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va
mashinalar majmuasi, yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning
ahamiyati, istiqbolli xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o‘lchamli
mashinalar, yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va
saqlash;
chorva
mollari,
chorvachilik
biologiyasi,
qoramolchilik,
qo‘ychilik,
echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik,
quyonchilik, cho‘chqachilik, mo‘ynachilik va boshqalar, chorvachilikda naslchilik
va seleksiya asoslari, ozuqabop ekinlar chorvachilikda sanitariya-gigiyena,
zootexnika asoslari chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari, inkubator-
parrandachilik
majmualari
chorvachilikda
tadbirkorlik
asoslari,
ilg‘or
texnologiyalarni joriy etish istqbollari va ularda iqtisodiy masalalar, mazkur mehnat
texnik-texnologiya jarayonlarini bajaruvchi kishilar kasblariga o‘quvchilar
qiziqishlarini yo‘naltirish hamda tanlab olishga yordam beradi, qishloq xo‘jaligi
sohalari bo‘yicha ommaviy kasb-hunar turlari haqida tushunchalar berish va kasbga
yo‘naltirish;
qishloq
xo‘jaligi
mashinalari,
qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishida
mexanizasiyalashgan ishlarni tashkil etishning ahamiyati, shart-sharoitlari va
iqtisodiyoti,
mexanizasiyalashgan
ishlarni
bajarishda
minitraktor-mashina
agregatlarini yig‘ish, kichik (mini) traktorlarning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi
va qo‘llanilishi, ichki yonuv dvigatellarining turlari, xarakterli xususiyatlari,
umumiy tuzilishi va ishlash tartibi, ichki yonuv dvigatellarida qo‘llaniladigan
yonilg‘ilar va ularning turlari, xususiyatlarini o‘rganadilar.
O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ish-harakat usullari, ko‘nikmalari
quyidagilar:
– dehqonchilik qishloq xo‘jaligi moddiy ne’matlari ishlab chiqarishning asosiy
tarmog‘i ekanligi va uning muhim sohalari (dehqonchilik va chorvachilik)ning
ahamiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlarini;
– O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirish uchun mavjud tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, O‘zbekiston hududining
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish nuqtai nazaridan tog‘ va tog‘oldi, sug‘oriladigan va
cho‘l joylarga bo‘linishi hamda ularning umumiy xususiyatlari, o‘simliklarning
yashash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar (yorug‘lik, issiqlik,
havo, namlik, oziq moddalar)ning ahamiyatini;
– tuproq va uning unumdorligi, tuproqning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
(donadorligi, suv simiruvchanligi, solishtirma qarshiligi va hokazo).
– yerga ishlov berish (haydash va ekishdan oldin yumshatish)ning ahamiyati,
yerni haydash muhitlari, chuqurligi va unda ishlatiladigan mehnat qurollari va
mashinalar(plug)ning turlari, umumiy tuzilishi, ishlash jarayoni, pluglar bilan yerni
ishlash tartibi, ularni tuzatish va saqlash, yerga ekindan oldin ishlov berish qurollari
(kultivator, borona, ruxlovchanlik, mola va shu kabi mashinalar), yer sho‘rlanishi
hamda botqoqlanishning sabablari va ularni oldini olish chora-tadbirlarini;
– tuproq unumdorligi va ekin hosildorligini oshirish o‘g‘itlarning ahamiyati,
o‘g‘it turlari, o‘g‘itlash me’yori, usullari, muddati va samarasi, o‘g‘it ishlab
chiqarish va dalaga sepish mashinalari, almashlab ekishning dehqonchilikdagi
ahamiyati va o‘simliklar biologiyasi, urug‘larning tozaligi, unuvchanligi, namligi,
to‘qligi, yirikligi, kasallanmaganligi, sifat ko‘rsatkichlarining hosildorlik ta’siri,
urug‘larni saralash ishlarini.
IV. Xalq badiiy hunarmandchiligi yo‘nalishi. Bu yo‘nalish bo‘yicha tashkil
qilingan ta’lim jarayonida o‘quvchilar xalq badiiy hunarmandchiligining milliy,
etnik, tarixiy, mahalliy jug‘rofiy jihatlari;
xalq milliy hunarmandchiligi sohalari: ganch o‘ymakorligi, kandakorlik,
misgarchilik, kulolchilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, pichoqchilik, zargarlik,
chilangarlik, chopon tikish, kigiz bosish, do‘ppido‘zlik, Sharq miniatyurasi,
rextagarlik, zardo‘zlik, patdo‘zlik, kashtachilik, chitgarlik, savat to‘qish,
bo‘yrachilik, nonvoychilik, o‘tov tayyorlash, oshpazlik, milliy o‘yinchoqlar
tayyorlash, ot-ulov anjomlari tayyorlash; mazkur mehnat texnik-texnologiya
jarayonlarini bajaruvchi kishilar kasblariga o‘quvchilar qiziqishlarini yo‘naltirish
hamda tanlab olishga yordam berish, shu bilan birga aniq sohalar yuzasidan
dastlabki ko‘nikma hosil etish;
hunarmandchilikning jahon madaniyatida tutgan o‘rni, mahalliy xom ashyo
zahiralarining manbalari, turlari, tarqalishi, ularning hunarmandchilik sulolalari,
xalq amaliy bezak san’ati va hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi va aloqasi, turli
xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish, hunarmandchilik asboblari,
moslamalari bilan ishlash, ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr qurilmalari va
uskunalari bilan ishlash, hunarmandchilik asoslarini asrash, ta’mirlash va ularning
umrini uzaytirish, hunarmandchilikda tadbirkorlik, ijodkorlik, mazkur sohaga xos
hosil etilgan bilim, ko‘nikmalariga tayanib aniq kasblarni tanlash va ular yuzasidan
dastlabki tayyorgarlik ko‘rishni o‘rganadilar.
O‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar:
– xalq hunarmandchiligi va ularning turlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
– yog‘och o‘ymakorligi va ularning turlari to‘g‘risida ma’lumotlar, yog‘och
o‘ymakorligining o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy manzarali talablar;
– iste’mol buyumlari (tovoq, lagan, qoshiq), qurilish buyumlari (ustun, eshik,
rom), mehnat buyumi (beshik, sandiq, shkaf) yasash texnologiyasi, ketma-ketligi;
– amaliy hunarmandchilik tarmoqlari (bo‘yrachilik, savat to‘qish, zargarlik,
temirchilik, kulolchilik), pichoqchilik va boshqalar, ularning ish uslublari, o‘ziga
xos xususiyatlari.
O‘quvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar:
– o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan xalq hunarmandchiligi turi bo‘yicha biror
buyum eskizini chizish, loyihalash va shu eskiz asosida buyumning o‘zini yasashi
va dizayn talablari asosida buyumga ishlov berishi;
– o‘quvchi bir necha turdagi materiallarga badiiy ishlov berishi;
– xalq hunarmandchiligining bir necha turi bo‘yicha buyumlarni loyihalashi,
yasashni o‘zlashtirishi mumkin. Bu uning mahorati darajasi yuqori ekanligini
ko‘rsatadi.
V. Kasbga yo‘naltirish yo‘nalishi. Bu yo‘nalish bo‘yicha tashkil qilingan ta’lim
jarayonida o‘quvchilarda kasblarni tanlash maqsadi, shart-sharoitlari, kasblar
tasniflagichi, kasb tanlash formulasi, kasbiy tavsifnoma, O‘zbekistondagi kasblar
turkumlari, odam-odam, odam-texnika, odam-tabiat, odam-belgilar tizimi, odam-
badiiy obraz, kasbiy mahorat asoslari, kasb-hunar yo‘nalishini tanlashda qiziqish,
moyillik, qobiliyat, kasbiy yaroqlilikning ahamiyati bilan bosqichma-bosqich
tanishtirib borish;
o‘quvchilarning hududiy, jug‘rofiy, mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, o‘quv
muassasalarida o‘zlari qiziqqan soha yo‘nalishini ixtiyoriy tanlashlariga
yordamlashish, sog‘lig‘i tanlagan kasbiga mos kelish-kelmasligini hisobga olish,
kelgusi kasbiy hayot yo‘lini ongli tanlay olish ko‘nikmasini shakllantiriladi.
Mazkur yo‘nalish va mazmunlar yuzasidan rasmiy hujjatlar va quyidagi
tavsiyanomalar bilan ishlashga tayyorlash:
– o‘quvchilarni mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena
qoidalari to‘g‘risida va shu kabi nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
– texnik mehnatni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar turli asboblari bilan ishlash,
ro‘zg‘orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy tushuncha va
amaliy ish malakalarini egallashlari;
– sohalar tarmoqlariga xos kasblarga o‘quvchilar qiziqishini yo‘naltirish hamda
tanlab olishga zamin yaratish;
– mehnat texnik-texnologiya jarayonlarini bajaruvchi kishilar kasblariga
o‘quvchilar qiziqishlarini yo‘naltirish hamda tanlab olishga yordam berishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat ta’limi fanini o‘qitishdan maqsad –
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarini, mehnatga
qiziqtira olish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularda mehnat va kasblarni
qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatishdir.
Mehnat ta’limi va uning zaminida kasbga yo‘naltirish jarayonlari oldiga
qo‘yilgan yuqoridagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ushbu ta’lim standarti
vositasida amalga oshiriladi. Mehnat ta’limi va uning zaminida o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish ta’limi standarti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat
ta’limining tayanch mavzusi hamda bitiruvchilarning mehnat ta’limi va kasb
tanlashiga tayyorgarlik darajasini belgilovchi me’yorlar majmuasi bo‘lib, u
davlatning ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjati hisoblanadi. Davlat standartida
belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarga erishish davlat tomonidan talab qilinadi va o‘z
navbatida bu ko‘rsatkichlarga imkoniyatlari ta’minlanadi.
O‘quvchilar ta’minlanishi zarur bo‘lgan mehnat ta’limi va uning mazmuni
zaminida o‘quvchilarni kasblarga yo‘naltirish ta’limi mazmuni umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘quvchilarga beriladigan mehnat ta’limi mazmuni negizini ifodalaydi.
Ushbu ta’lim mazmuni har bir hududda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish sohalari
mazmuniga akademik litsey va kasb-hunar kollejlar kasb va mutaxassisliklariga mos
holda o‘quv dasturi va darsliklarni politexnik ta’limot negizida o‘rgatishga
yo‘naltiriladi.