Press "Enter" to skip to content

Davlat huquq nazariyasi darslik

DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI UMUMNAZARIY FAN.
Darsning maqsadi:Talabalarda davlat va huquq to’g’risida nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Davlat va huquqning vujudga kelishi o’zaro aloqadorligi, shakllanish bosqichlarining zamonaviy masalalari,huquqning jamiyatdagi ahamiyati va hakozalarga ega bo’lish, uni o’z amaliy faoliyatlarida qo’llashga o’rgatish.

Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan

DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI UMUMNAZARIY FAN.
Darsning maqsadi:Talabalarda davlat va huquq to’g’risida nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Davlat va huquqning vujudga kelishi o’zaro aloqadorligi, shakllanish bosqichlarining zamonaviy masalalari,huquqning jamiyatdagi ahamiyati va hakozalarga ega bo’lish, uni o’z amaliy faoliyatlarida qo’llashga o’rgatish.

Darsning ko’rgazmasi: Davlat va huquq nazariyasi usullari, funktsiyalari, kategoriyalari chizmasi.

Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Metod– ilmiy o’rganish yoli, sotsiologiya,siyosatshunoslik, statistika “Ontologiya”-(grekcha so’z) borliq, ta’limot. “Gnoseologiya”(grekcha so’z) bilish degani,“Metodologiya” (grekcha so’z) bilish yo’l,“Funktsiya”(lotincha)bajarish,vazifa,“Evristika”(grekcha)topaman, “Kategoriya” (grekcha) guvoh, ta’rif “Analiz”- ajratish, “sintez”-ho’shish. “Statistika”-(lotincha) hisob-kitob “Kibernetika”( (grekcha) boshqarish san’ati “Printsip” (lotincha) asosiy qoida.

1.Davlat va huquq nazariyasining predmeti.

2.Davlat va huquq nazariyasining usuli.

3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni.

4.Davlat va huquq nazariyasining funktsiyalari.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muhaddasdir.T., O’zbekiston, 1996,T .

2.KarimovI.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafko’ra. T.O’zbekiston, 1993 .

3. Azizho’jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat.T. 1997.

4. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001.

5. Teoriya gosudarstva i prava M. 1994.

6. Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma’ru’zalar matni.T.Universitet.2000 y.

7. Karimova O., hafforov Z. Davlat va huquq asoslari T.,O’hituvchi.1995 y.

8. Holmo’minov H.T. Davlat va xuquq nazariyasi. O’huv qo’llanmasi. T. 2000.

9. Najimov M.K, Soburov N. «Davlat : asosiy tushuncha va atamalar». T. 2002 yil.

10.Abdulaev M.I. Teoriya gosudarstva i prava: Uchebnik.-SPb.: Piter, 2003.

11.Vengerov A.B. Teoriya gosudarstva i prava: Uchebnik. – M.: Yurisprudentsiya, 2000.

12.Komarov S.A, Malko A.V. Teoriya gosudarstva i prava: Uchebno-metodicheskoe posobie; Kratkiy uchebnik dlya vo’zov. – M.: Norma – Infra-M, 2003.

13.Polyakov A.V. Vvedenie v obshuyu teoriyu prava i gosudarstva: Kurs lektsiy. 2000.

1. Davlat va huquq nazariyasining predmeti.

Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni, roli va ahamiyati,o’organiladigan ob’ektini bilish zarur bo’ladi.

Boshqa fanlar qatori «Davlat va xuquq nazariyasi» insonlarning faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o’z oldiga shunday vazifani qo’yadi, ya’ni: birinchi navbatda, davlat va xuquq to’g’risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o’rni xuquqiy fikrlarning ob’ektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma’lum bir tizimga solishni ko’zlaydi.

Davlat va xuquq to’g’risidagi ilm – bu davlat-xuquqiy hodisalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishini o’organuvchi umum siyosiy-yurudik qonuniyatlar xahidagi bilimlar tizimining yig’indisidir.

Bu fan yuqoridagi hodisalarni to’laligicha o’rganadi (kuzatadi) va shu bilan o’zining fundamental harakteriga ega.

Umuman shuni ta’kidlash mumkin, davlat va xuquq nazariyasi – bu mavjud bo’lgan, zarur, umumiy va mustahkam bog’lh bo’lgan davlat – xuquqiy hodisalarning o’zaro hamda boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’lhligini ifadolovchi qonuniylik bo’lib bu qonuniylik davlat – xuquqiy hodisalarga va ularning siyosiy – yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi.

Davlat va xuquq nazariyasi tushunchasi tizimida asosiy nazariy va o’organuvchilak rolini bir muncha umumiy tushunchalar bajaradi. Kelajakda bu tushunchalar kategoriyalar deb yuritilib, bularga «davlat mohiyati», «davlatning shakli», «davlatning tipi», «davlatning funktsiyalari», «davlatning mexanizimi», «xuquqning mohiyati», «xuquqning shakli», «xuquqiy munosabatlar», «xuquq tizimi» va xakozolar kiradi.

Davlat va xuquq nazariyasibu davlat va xuquq xuquqiy qarashlar, g’oyalar va bilimlar tizimidir. U davlat va xuquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi va barham topishi umumiy qonuniyatlarini o’organadi.

Bu fan nafaqat davlat-xuquqiy hodisalarni va jarayonini o’organibgina qolmasdan, balki ular to’g’risidagi kishilarning tasavurlarini ham o’organadi.

Davlat va huquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi, ajralgan holda bo’lmaydi. Davlat huquq normalarni o’organadi, ularning ijrosini taminlaydi; xuquq esa, davlat tizimini, uning funktsiyalarni, kompetentsiyasini mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish uchun aniq ifoda baxsh etadi.

Shuning uchun ham davlat va xuquq nazariyasi barcha inistitutlar birgalikda olib o’organadi, o’zluksiz bog’lhlikda ko’rib chiqadi, xuquq rivojlanish qonuniyatlarni tahlil qiladi.

Shunday ekan, davlat va xuquq ma’lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo’lib qolmasdan, balki u yagona fandir.

Lekin u yagona fan sifatida hola turib, nisbatan mustaqil bo’lgan ikkita qismga bo’linadi:

– davlat nazariyasi (davlatshunoslik)

– xuquq nazariyasi (xuquqshunoslik)

Davlat va huquq nazariyasi fanini predmetini jamiyatda davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari, mohiyati, shakllari, pritsiplari, funksiyasi, siyosiy, huquqiy ong va huquqiy tartibga solish mexanizmi tashkil qiladi.

Davlat va huquq nazariyasi fani quyidagi hususiyatlarga ega.

Birinchidan, bu fan ijtimoiy fan bo’lib, siyosiy yuridik fandir. Chunki uni o’organadigan sohasi jamiyatda eng muhimi ijtimoiy hodisalar davlat va huquq masalalarini paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlaridir.

Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zero u jamyatda davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib beradi.

Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarni falsafaning (dialektik va tarixiy materializm) qonunlariga asosan o’organadi.

To’rtinchidan bu fan amaliyot bilan bo’g’liqdir. Chunki u O’zbekistonda demokratik huquqiy islohatlarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib hizmat qiladi. U shahs jamiyat, davlat va huquqning rolini oshirishda amaliy harekterga ega.

Beshinchidan, bu fan o’quv – tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki u kishilarning jamiyat, davlat va huquq tuhrisidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda huquqiy bilim, huquqiy tarbiya, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yordam beradi.

Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning rivojlanish qonuniyatlarini barchasini o’rganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o’rganadi. Jumladan,bularga quyidagilar kiradi:

– Davlat va xuquqning paydo bo’lishi (vujudga kelishi), ularning tarixiy o’rin almashuvi qonuniyatlarini;

– Davlat va xuquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini;

– Davlatning mexanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni;

– Davlat va xuquqning belgilarini;

– Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;

– Demokratiya, qonuniylik, xuquqiy tartibotning umumiy printsiplarini;

xuquqni vazifasi,funktsiyasini hamda xuquqiy tartibga solishning chegaralarini o’rganadi.

Jumladan, davlat va xuquq nazariyasining predmeti bo’lib, davlat – xuquq hodisalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishining umumiy qonuniyatlari tizimini o’organish hisoblanadi.

Davlat va xuquq nazariyasi – davlat xuquqda o’z ifodasini topgan jamiyat rivojining ob’ektiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, ijtimoiy munosabatlarni davlat xuquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning rivojlanish tendentsiyasini tartibga solishning butun bir mexanizimini ochib (ko’rsatib) beradi.

Boshqa fanlar kabi davlat va xuquq nazariyasining predmeti ham o’zgarmasdan qolmaydi.

Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kelib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim va zarur vazifalarni o’organishni qo’yadi.

Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi:

Hokimiyat apparati va boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini;

-Demokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini;

xuquq tizimini takomillashtirish va qonunchilikni tizimlashning asosini ishlab chiqish, ularning amalda tatbih etlishi yo’llarini;

-Davlat va xuquqning ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ta’sir dorasini anihlash va boshqalar;

-Xozirgi paytda dunyoning barcha mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosiy tarahhiyot davlat va xuquqning roli (o’rni)ni oshib borayotganini harakterlaydi, ya’ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va xuquqning ta’siri yetarli sezilmoqda.

2. Davlat va huquq nazariyasining usuli.

Davlat va xuquq naziriyasi hotib holgan (dogmatik) fan bo’lmasidan, balki u doimiy ravishda izlanishda bo’lgan, rivojlanib boruvchi, jonli fandir. U bilish usullari (metodlari)ni yangilab va rivojlantira borib, o’zining asosiy vazifasini bajarishga, davlat – xuquqiy amaliyotda ilmiy mo’ljal bo’lib xizmat qilishga yondasha boradi.

Shunday qilib, davlat va xuquq naziriyasining usuli (metodi)- ushbu fan tomonidan o’zining predmetini o’organish hamda ilmiy natijalar olish uchun foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir.

Oxirgi bir necha o’n yillar davomida davlat va xuquq hodisalarini o’rganishga yondashishda – markscha-lenincha yondashish gegemonlik qilib qoldi.

Davlat va xuquq to’g’risidagi markscha-lelincha nazariya hahihatni ochib beruvchi eng bosh ob’ektiv fan (ilm) deb tan olinib keladi. Bu esa o’z navbatida boshqa nazariyalar va harashlar (doktrina)ni u yoki bu ko’rinishda tanhid ostiga olib keldi, va natijada, davlat va xuquq to’g’risidagi bilimlarni qashshoqlashtirib, dunyoning siyosiy va xuquqiy sohasidagi ilg’or yutuhlaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi.

Bugungi kunda davlat va xuquq naziriyasi uchun oldingi va xozirgi davlat-xuquq xuquqiy bilimlarni baholash va analiz (tahlil) etish uchun konstruktiv-tanhidiy yondashish to’g’riroq bo’ladi.

Davlat va xuquq nazariyasi usullari (metodi) uning predmeti bilan mahkam bog’liqdir.

Agarda fanning predmeti – u nimani o’organadi degan savolga javob bersa, usullari esa qanday o’rganilishi yo’llari savoliga javob beradi. Fanning usuli asosida uning predmeti yotadi, chunki nazariyasiz usul predmetsiz qoladi, fan esa – mazmun va mohiyatsiz.

Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquq hodisalarini o’organish uchun o’zining shaxsiy usullarini ishlab chiqadi, lekin shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy usullarni ham faol qo’llaydi.

Fan uzoq muddat davomida bilishning idealisitik va materialistik usullari bir-biriga harishi ko’rashib keladi (metafizika, dialektika).

Falsafiy qonun va kategoriyalarga bevosita kirishib (bohlanib) ketadigan usullardan biri-mavhumlik (abstrakt)dan konkretlikka va konkretlikdan mavhumlikka utish usulidir.

Jumladan, davlat va xuquq xuquqgi hodisalarni o’organishda tarixiy usul ham ho’llanadi. Chunki, fan davlat va xuquqning ildizini bilish uchun tarixiy an’analarni bilishi zarur bo’ladi

Umumiy usul bu falsafiy (dialektik va tarixiy materializm) qonunyatlariga asosan davlat va huquq masalarini o’organishdir. Dialektikaning 3-ta asosiy qonuni bo’lib, ular qarama – qarshiliklar birligi va ko’rashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor qilish qonuni ososida davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’organiladi.

Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’organish- bu ijtimoy hodisa, bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafko’raviy sharoitlari bilan bo’g’liqdir.

Davlat va huquq nazariyasining usuli- deganda bu fan o’rganadigan predmetni ilmiy o’rganish yullariga aytiladi. Bu usullar davlat va huquqning mohiyati, vazifalari, funksiyalari va rivojlanishiga ilmiy bilish uchun hizmat qiladi. Bu fan o’z predmetini umumiy va hususiy usullar orkali o’rganadi.

Umumiy usul bu falsafiy (dialektik va tarihiy materializm) qonunyatlariga asosan davlat va huquq masalarini o’rganishdir. Dialektikaning 3-ta asosiy qonuni bo’lib, ular harama – karshiliklar birligi va kurashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor hilish qonuni ososida davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’rganiladi.

Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’rganish- bu ijtimoy hodisa, bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy sharoitlari bilan bohlihdir. Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi – davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tamonini sahlab, yangi tajribalarni tuplab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tamondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kopilastik davlat va huquqni solishtirish mumkin.

Davlat va huquq nazariyasining umumiy usuli bilan bir katorda, uning hususiy ilmiy usullari ham mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi. mantikiy usul, siyosiy usul, tarihiy usul, sotsiologik usul, sistemaliy usul,kiberneka va boshqa usullar.

Mantiqiy usuldavlat va huquq masalalarini mantiq ilmining tafakkur va bilish qonuniyatlarining usul va vositalariga asosan o’rgatadi. Davlat va huquq masalalarini o’rganishda mantiqiy usuldan foydalanish bular haqidagi ilmiy hulosalar chiqarishga imkon beradi.

Qiyosiy usulbu davlat va huquq hahidagi tushunchalar hodisalar o’zaro solishtirilib, ular o’rtasidagi o’hshashlik va farhlar anihlanadi. Bu usulning fanda va amaliyotda ahamiyati juda kattadir. Masalan davlat va huquqning har bir tipi (quldorlik, feodal, burjuaziya) avvalgisiga nisbatan ijobiydr.

Tarihiy usuldavlat va huquq masalalari tarihiy rivojlanishning turli bosqichlarida o’rganiladi. Bunda kishilik jamiyatining turli davrlarida sodir bo’lgan vokealar, hodisalar, tarihiy manbalar qonunlar, alohida ishlar bo’yicha sud kororlari o’rganiladi.

Sotsialogik usulDavlat va huquq masalalarini o’rganishda alohida dalillar va faktlar asosida o’rganiladi. Bu usul alohida suroklar orkali o’rganishni, anketalar yordamida ma’lumotlar tuplash statistikadan foydalaniladi.

Kibernitik usulDavlat va huquq sohasida ahborat berishda matematik – statistik usullarni qo’llaigan holda huquqiy statistika va ahboratlarni kompiterlar yordamida kayta ishlashda turli hil tehnika vositalaridan foydalinadi.

Davlat va xuquqni o’organishning yana bir usuli – tizimli usul bo’lib, u davlat va xuquqning o’z mohiyatiga, tuzilishiga ko’ra – murakkab tizimiy hodisadir.

Yuqoridagi usullarning barchasi umum ilmiy usullar jumlasiga kiradi.

Davlat va xuquq nazariyasining umumilmiy usullari bilan bir hatorda davlat va xuquq tushunchasini anhlashga yordam beruvchi xususiy ilmiy usul (metod)lari mavjud. Bu metodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik; qyoslash; davlat va xuquqni modellashtirish; konkret-sotsiologik; sotsial-eksperiment va b.

Formal-mantiqiy usuldavlat va xuquq ob’ektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy formada, abstraktsiya (mavhumlik) va mantihiy qonuniyatlarga asosan o’rganadi.

Formal-yuridik usulxuquq nomalarini va umum xuquqni ichki tuzilishini o’rganadi, xuquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi va h. Umuman bu usul davlat va xuquqning tabiyatidan kelib chiqqan holda, u davlat va xuquqning fenomeni (eng nodir hodisa tomonlari)ni ochib berishga, klassifikatsiya qilishga va ma’lum tizimga solishga yordam beradi.

Qiyoslash usuli – davlat va xuquq xuquqgi hodisa va fikrlarni (harashlarni) kiyoslab o’rganishdir.

Davlat va xuquqni madellashtirish usulibu usulning mohiyati shundaki, har xil davlat va xuquq hodisalari o’rtasida ma’lum bir uxshashlik mavjud va shuning uchin ham ulardan birining xususiy va belgilarini bilgan holda (modelini), boshqalari xuquq yetarlicha fikr yuritsa bo’ladi.

Konkret-sotsiologik usul bu usul yordamida barcha davlat organlarining xuquqiy tartibga solishning, qonuniylik ahvolini, xuquq-tartibotlik to’g’risida, ularning amal qilishning samaraligi xuquq anihlik kiritish mumkin.

Sotsial-eksperement usulidavlat va xuquqqa doir biror normani qo’llanishning maqsadga muvofihligini tajriba (eksperiment) yo’li bilan sinab ko’rish mumkin.

3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni

va ahamiyati.

Modiy va ma’naviy dunyoning birligi barcha fanlarning birligiga sabab bo’ladi. Bu bog’lhlik aynihsa ijtimoiy fanlar o’rtasida ko’proq seziladi. Ijtimoiy fanlar jamiyatni kishilarni insonlar o’rtasidagi munosabatlarni, insonlar tomonidan yaratilgan institut va tashkilotlarni individuval guruhlarning ijtioiy ongini o’organadi.

Ijtimoiy fanlarning markazida inson uning hururi, xuquqi va erkinligi turadi. Ijtimoiy hayotning ildizi (asosiy) masalasi-davlat va xuquq to’g’risida, uning jamiyat hayotidagi roli va o’rni to’g’risidadir.

Bu masalani barcha ijtimioiy fanlar u yoki bu ko’rinishda o’organadi va bundan davlat va xuquq nazariyasi fanining boshqa fanlar, jumladan, falsada, iq’tisodiy nazariya, sotsiologiya, politologiya va boshqalar bilan mustahkam bog’lhligi ko’rinadi.

Bu fan boshqa (yuqoridagi) fanlarning oldingi (ilhor) yutihlariga tayangan holda, ijtimoiy fanlar tizimida o’z o’rniga egadir.

Davlat va xuquq nazariyasi va falsafa. Falsafa bu tabiatning, jamiyatning, fikrlashning umum qonuniyatlari, hayotning va ongning umumiy printsiplari to’g’risidagi kishilarning atrof-muhitga nisbatan munosabatlari to’g’risidagi bilimlar tizimidir.

Davlat va xuquq nazariyasi falsafa fani bilan juda chuko’r va mustahkam alohadadir.

Dunyoharashning falsafiy asoslari davlat va xuquq nazariyasi o’rtasidagi bog’lhlik ularning (fanlarning) butun tarixiy hayotida ko’zga tashlanadi.

Falsafiy dunyoharash davlat va xuquq nazariyasini darslik sifatida chuqurrok o’organishga yordam beradi.

Dialektik nuhtai nazardan dunyoni tushunish davlat va xuquqning ichki qarama-qarshiliklarini to’g’ri tushunish va anglashga yo’l ochadi hamda ijtimoiy jarayonlarga ta’sir etishga yordam beradi.

Davlat va xuquq nazariyasi va iqtisodiy fanlar, bilamizki, moddiy ashyolarni ishlab chiqarish usullarini, mulkchilik shakllari, jamiyat va insonlarning, xo’jalik hayotini, undagi amal hiladigan taqsimot munosabatlarini o’organadi va iqtisodiy bazisning ijtimoiy va siyosiy institutlarga ta’sirini ochib beradi.

Davlat va xuquq xuquqgi ilm(fan) quyidagi tezisdan kelib chiqadi:

davlat va xuquq hodisalarini ob’ektiv iqtisodiy shart-sharoitlari avvalambor shu bilan ifodalanadiki, ishlab chiqarishning xizmat ((funktsionak bo’ladiki) qaerda davlat va xuquq mexanizmi yaxshiroq yo’lga qo’yilgan bo’lsa; umuman, rivojlanishning har qanday bo’g’inida iqtisodiy munosabatlarning yaxshi bo’lishi davlat va xuquq institutlaridan to’g’ri qarorlar qabul qilishi talab etiladi; davlat va xuquq, ijtimoiy hayotning boshqa bo’limlaridan ko’ra, iqtisodiy munosabatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri, chuqiroq va mustahkamroq bog’liqdir.

Davlat va xuquq nazariyasi va sotsiologiya. Sotsiologiya – ijtimoiy fanlardan bittasi bo’lib, u ijtimoiy hayotni boshqarish va ijtimoiy tizimni amal qilishi muamolarini o’organadi. Shuning uchun ham sotsiologiya, davlat va xuquq orhali birgalikda amalga oshiriladigan boshqaruvlik bilan bog’liqdir.

Sotsiologiyaning ilg’or yutiqlariga, konkret sotsiologiya analiz (ko’zatish)larga tayangan holda davlat va xuquq xuquqgi fan(ilm) xuquq normalarining ijtimoiy afzalliklarini oshirish muammolarini, davlat apparatining bosh usullari va kafolatlarni mukamallashtirish masalalarini yechishga yordam beradi.

Davlat va xuquq nazariyasi va politologiya. Politologiyaning asosiy vazifasi-siyosatni, siyosiy institutlarni, tizim va jarayonlarni o’organish. Davlat va xuquqham jamiyatning siyosiy hayoti va siyosatdan ajralmasdir. Qadimgi greklarning fikricha, siyosat – bu davlatni boshqaruv san’atidir. Siyosiy hokimiyat bilan barcha partiyalar, siyosiy institutlar to’g’ridan yoki yondashgan holda bog’lh, chunonchi ularning barchasi davlat va xuquq bilan faol o’zaro harakatda bo’ladi.

Davlat va xuquq nazariyasi va ijtimoiy psihologiya. Davlat va xuquq insonlarning xulqiga ta’sir etishning maxsus shakl va usullarini o’organar (ko’zatar) ekan, u albatta ijtimoiy hayotning ijtimoiy-psihologik xususiyatlarni chetlab utishi mumkin emas. Jumladan, xuquqiy ongning, xuquqiy ijodkorligining, xuquq mohiyatini hamda ularning barchasini kishilarning ongi, erki va hulhiga ta’sirining samaradorligini oshirishda ijtimoiy psihologik tomonini chuqur va mustahkam o’organmasdan turib ochish (o’organish) mumkin bo’lmaydi.

avlatshunoslik va xuquqshunoslik ijtimoiy fanlarning yangi yutuhlari bilan boyitishi davlat va xuquq nazariyasi fanining predmeti tabiatini, mohiyatini, qonuniyatini ochib berishga yordam beradi.

Davlat va xuquq nazariyasining yuridik fanlar tizimida tutgan o’rni. Davlat va xuquq naziriyasini barcha xuquqiy fanlar bilan ho’shib o’organish bu fanning predmeti, roli va ahamiyatini yanada oshiradi.

Barcha yuridik fanlarning o’organish sohasi va umumiy ob’ekti-davlat va xuquqdir.

Har bir xuquqshunoslik fani davlat va xuquq masalasiga o’ziga xos yondashadi, ularning har biri o’zining predmetiga ega.

Yuridik fanlar quydagicha klassifikatsiya qilinadi (tasniflanadi):

– tarixiy-nazariy xuquqiy fanlar (davlat va xuquq nazariyasi, davlat va xuquq tarixi, siyosiy xuquqiy ta’lim, tarixiy va x.)

– maxsus va tarmohli xuquqiy fanlar (fuqarolik xuquqi, jinoyat xuquqi, mexnat xuquqi, ma’muriy xuquq, konstitutsiyaviy xuquq, moliya, yer xuquqlari, jinoyat protsessual xuquqi, fuqarolik protsessual xuquqi va boshqalar.)

– amaliy yuridik fanlar (kriminalistika, sud buxgalteriyasi, sud meditsinasi, sud psixiatriyasi)

Davlat va xuquq naziriyasi yuridik fanlar sistemasida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida yo’zaga chiqadi.

Davlat va xuquq nazariyasi maxsus va xuquqiy anih materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi.

Umum va fundamental fan sifatida xuquqshunosning asosiy tushunchalari va hoidalarini, masalan, davlat, xuquq, siyosat, demokratiya, diktatura, qonunchilik va xuquqiy tartibot, xuquqiy ong, xuquqiy munosabat, xuquqbo’zarlik va xuquqiy javobgarlik masalalarni ishlab chiqadi va o’organadi. U metodologik fan sifatida boshqa yuridik fanlar uchun xususiy yuridik metod (uslublar)ni va rahbariy printsiplarni ishlab chiqadi.

Davlat va xuquq naziriyasi bilan davlat va xuquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog’lh bo’lib, ularning har ikqilasi ham dvlat va xuquq xuquq baxs yuritadi va h.

Davlat va xuquq naziriyasi boshqa yuridik fanlar bilan ham huddi shunday ikki yoqlama aloqadadir.

Demak, davlat va xuquq naziriyasi xuquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini uyg’unlashtiradi va ularni o’zaro bog’lashga yordam beradi.

4.Davlat va xuquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari.

Huquqiy bilim berish konstepstiyasi davlatning huquqiy xayotida ijodiy faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo’lgan mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan.

Davlat va xuquq nazariyasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi:

1) talabalarga huquqiy bilim beradi

2) ularning umumnazariy bilimlarini ta’minlaydi.

Birinchi funktsiya, davlat va xuquq nazariyasining asosi o’organilayotganda tatbih etiladi. Bunda talabalar davlat va xuquqshunoslik xuquqgi dastlabki tushuncha va qoidalarni o’organib ularga sohaviy yuridik fanlarni o’organishga o’tishga yo’l ochib beradi (konstitutsion, fuqarolik, jinoyat xuquqlari, ma’muriy, mehnat xuquqlari. ).

Ikkinchi funktsiya, talabalarni abstrakt, tahliliy fikrlar yuritishga o’rgatib, ularning siyosiy va xuquqiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Bu funktsiyaning tatbiqi 1-kursda boshlanib, oxirgi kursda yakunlanadi, ya’ni butun kursning nazariy yakunlari tugatiladi, talabalarda yuridik tizimlar to’g’risida to’la tasavvur shakllanadi.

Davlat va xuquq nazariyasi fundamintal fan sifatida bir hator funktsiyalarni bajaradi:

Ontologik funktsiya. Ontologiya- bu ijtimoiy hayot xuquqgi ilm va fikrlar, bunda uning printsiplari, tuzilishi va qonuniyatlari o’organiladi. Davlat va xuquq nazariyasi bu funktsiyani bajara turib, davlat va xuquq qanday va nima uchun paydo bo’ldi, bugungi kunda ular handay va kelajakda ularning qismati (tahdiri) nima bo’ladi degan savollarga javob beradi.

Gnoseologik funktsiya, ya’ni bilish funktsiyasi. Bu funktsiya bilishning tabiatiga, uning real muhitga munosabatini o’rganishga haratilgan.

Evristik funktsiya(nazariy bilish). Evristika – bu hahihatni yangiliklarni izlab topish san’ati. Davlat va xuquq nazariyasi davlat-xuquq hodisalarni o’rganibgina holmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlarini ham o’organadi.

Metodologik funktsiya. Fudamental fan sifatida davlat va xuquq nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan metodologik fanktsiyasini bajaradi.

Siyosiy-boshqaruvchilik funktsiyasi. Davlat va xuquq doimo siyosiy harashlar,chuqur siyosiy baxslarning fokusi bo’lib kelgan. Davlat hokimiyati kimning ko’lida bo’lsa, asosan u hamma narsani xal qiladi. Bu funktsiya esa davlat boshqaruvi orhali bajariladi (tatbiq etiladi). Davlat va xuquq nazariyasi davlat siyosatining (ichki va tashki) ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat boshqaruvining ilmiyligini ta’minlashga haratilgan.

Ideologik funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi bu funktsiya orhali ijtimoiy hayotga,kishilarning hulqiga,nafaqat davlat va xuquq orqali, balki to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etib, xuquq sub’ektlarining xuquqiy ongiga va yaxlit butun ijtimoiy hayotni tartibga solishda hoyaviy omil sifatida yo’zaga chiqadi.

Amaliy-tashiliy funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning amal qilishda (funktsionirovat) asosiy ilmiy asos bo’lib xizmat qilgan holda, Davlat qurilishidagi ko’pgina muammolarni yechishga qaratilgan taklif (rekomendattsiya)larni ishlab chiqadi.

Prognostik funktsiya. Davlatchilik va xuquq soxasining keljakdagi axvolini ilmiy ko’zatish,o’organish(prognoz) muhim ahamiyatga ega.Chunki buning natijasida davlat-xuquqning qanday rivojlanishi to’g’risida ilmiy ma’lumotlar beradi(olinadi).

O’quv kursi sifatida fanning tuzilishi.

Davlat va xuquq nazariyasining predmetiga an’anaviy ravishda fanning umumiy harakteristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (predmet va metod, ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni), davlat va xuquqning kelib chiqishi o’zgarishi bilan bog’liq masalalar kiradi.

Umumiy xuquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda keng bo’lib, bularga:

* ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida xuquq;

* xuquqning printsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati;

* xuquq va ma’naviyat;

* xuquqiy ong va xuquqiy madaniyat;

* xuquq normalari – tushunchasi, belgilari, tuzilishi, turlari;

* xuquqiy va normativ – xuquqiy aktlar (tushunchasi, printsiplari, tuzilishi

* xuquq tizimi va qonunchilik tizimi;

* xuquqiy munosabatlar (tushunchasi, tuzilishi, turlari);

* xuquq ijodkorlari; xuquqni tatbiq etish; va x.

Umumiy davlat va xuquq nazariyasiga taalluhli masalalarga quydagilar kiradi:

– siyosiy tizim xuquqgi tushunchalar; davlat hokimiyati boshqaruv, davlat apparati xuquqgi tushunchalar;

– davlat shakllariga harakteristika (boshqaruv shakli,davlat tuzilishi, siyosiy rejim);

– davlatning funktsiyalariga va mexanizimiga harakteristika.

Bir guruh mustaqil o’organiladigan masalalarga :

– xuquqiy tartibot muammolari (xuquqona hulh, xuquqbo’zarlik, uning tushunchasi, turlari, tarkibi):

– Yuridik javobgarlik (tushunchasi, belgilari, turlari; qonuniylik va xuquq tartibot; xavfsizlik va x.)

Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi – davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tomonini saqlab, yangi tajribalarni to’plab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tomondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kapitalistik davlat va huquqni solishtirish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1.Davlat va huquq nazariyasi nimani urgatadi?

2. Davlat va huquq nazariyasi qanday vazifalarni bajaradi?

4. Davlat va huquq nazariyasi qanday hususiyatlarga ega?

5. Davlat va huquq nazariyasi nima uchun falsafiy hususiyatlarga ega fan?

6. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida qanday ahamiyati bor?

7. Davlat va huquq nazariyasining o’quv tajribaviy ahamiyati nimada?

8. Davlat va huquq nazariyasini qanday usullar yordamida o’organamiz?

9. Davlat va huquq nazariyasi metodlari deb nimaga aytiladi?

10. Umumiy ilmiy metodlar deb nimalarga aytiladi?

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Davlat huquq nazariyasi darslik

Fan;Davlat va Huquq asoslari

Bajardi : Tekshirdi :____________

I . Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin . Davlatning vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli sinflarni vujudga keltirgan, ya’ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarni vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo’lgan. Ya’ni bir guruh odamlar turli xil yo’llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlarni boshqara olganlar. Agarda tarixga nazar tashlasak, turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo’lgan.

Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi masala ko’p asrlar davomida ko’plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar, tarixchilarni o’ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqish mumkin.

1. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganini uqtiradilar., “butun hokimiyat xudoniki” degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bo’lgan va o’rta asrlarda keng tarqalgan.

2. Patriarxal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqn, monarx hokimiyati esa go’yo oilaning barcha a’zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo’lib o’tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda paydo bo’lgan Aflotun va Arastu o’z asarlarida asoslab berganlar. Aflotun o’zining mashhur “Davlat” asarida oiladan o’sib chiqqan adolatli davlatni ifodalaydi.

3. Shartnoma nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada – Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo, Rossiyada A.N.Radishchev rivojlantirgan. Uning fikricha, hokimiyat xalqqa tegishli bo’lib, xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to’g’risida o’zaro shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur’atda unga o’z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning ma’lum bir shaxsga bo’ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi.

4. Zo’ravonlik nazariyasi ga ko’ra bir qabila 2-qabilani bosib oladi va natijada bosib olingan qabilaga itoatkor hisoblanadi. Bosib olgan qabila esa hokimiyatini mustahkamlash uchun davlat tuzadilar.

5. Irrigatsiya nazariyasi ga ko’ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqda ulkan suv inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog’liq.

6. Sinfiy nazariya namoyondalari fikricha, davlat iqtisodiy sabablar – ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishi, jamiyatnig qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi.

7. Psixologik nazariya . Bu nazariya asoschilari davlatning paydo bo’lish sabablarini insonning ruhiy holati, biopsixikinstinklari bilan bog’laydilar. Taniqli rus olimi L.I.Petrajitskiy go’yo inson ruhiyatiga buyuk shaxslarga tobelik, bo’ysunish ehtiyoji mavjud, degan g’oyani o’rtaga tashlaydi.

8. Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII-X asrlarda tarkib topgan. Uni ta’riflashda klassik musulmon huquqida hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur’on va Sunna qoidalari ko’p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari “davlat” atamasining o’zi ular tomonidan qo’llanilmaydi. Faqat “imomat” va “xalifalik” tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo’llana boshlagan.

Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta’limoti asosida eng yirik huquqshunoslardan biri al-Mavardi qarashlari ham yotadi.

II. Huquqiy davlat-huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, insoning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.

Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo’lgan barcha shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo’ysunadilar.

2. Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo’lmasligi kerak.

3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta’minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug’ilganidan tegishli bo’lib, ular insondan ajralmasdir. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.

4. Davlat va fuqaroning o’zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkining me’yorini belgilab qo’yar ekan, xuddi shu chegaralarda o’zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo’yadi.

5. Jamiyatdagi hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e’tirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo’li bilan shakllantirilgan bo’lishi, samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlashi, ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi.

6. Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi. Davlat hokimiyati bir qo’lda to’planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog’ini-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo’yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o’z vakolati doirasida amal qiladi.

7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog’i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.

8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo’lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.

9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko’rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig’indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo’ladi.

10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifatning bo’lishi zarur.

Huquqiy davlat etatik davlatdan butunlay ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi.huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. Davlatning huquqni amalga oshirish borasidagi faoliyati uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o’zaro mas’ulligi xosdir.

III. Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo’lina- di. Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishidir.

Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi:

· regulyativ (tartibga solish, boshqarish);

· qo’riqlash (saqlash, muhofaza qilish);

Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi:

Qo’riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:

fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza etish;

tabiatni muhofaza qilish;

barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish;

huquqni muhofaza qilish;

Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

1.Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat.

2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash.

Xalqaro hamkorlik har qanday davlat uchun hayotiy zaruratdir. Yer yuzida hozir 200 dan ortiq davlat bor. Ularning har biri me’yorda hayot kechirish va o’zaro hamkorlik qilishga ehtiyoj sezadi. Xalqaro hamjamiyat xalqaro huquqning o’zagini tashkil etuvchi umume’tirof etgan prinsip va qoidalarning butun boshli majmuasini ishlab chiqqan. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ana shu prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Suveren davlat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi jahondagi barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, ko’plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, eng nufuzli xalqaro tashkilot bo’lgan BMT ning a’zosidir.

Davlatning mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash funksiyasini, eng avvalo, mamlakatning Qurolli Kuchlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati bajaradi.

IV. Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat hakli quyidagi uchta jihatni o‘zida ifodalaydi:

ü davlat boshqaruvi shakli;

ü davlat tuzilishi shakli;

ü siyosiy tuzum;

Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o’zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo’linadi.

“Monarxiya” so’zi yunonchada “yakka hokimlik” ma’nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim-davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir. Monarxiya mutlaq va cheklangan bo’ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa, (masalan, Saudiya Arabistoni), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo’lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya bo’ladi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya). Davlat tuzilishi bo’yicha oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) bo’ladi.