Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi e lon qilindi
vakolatlarga ega bwlgan davlatning (davlat organlarining) «quli» hisoblanadi. Xizmatchilar davlatni davlat
DXX akademiyasiga nomzodlarni saralab olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (241-son, 27.04.2021-y.) bilan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.
Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan erkaklar – O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
O‘qishga nomzodlar quyidagi bosqichlarda tanlovlardan o‘tadi:
– dastlabki saralab olish;
– maxsus kasbiy tanlash;
– test sinovlari.
Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taqdim etgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi.
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi va muddati Davlat test markazi tomonidan Akademiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Test sinovlarining natijalari sinov yakunlangandan keyin 5 kun ichida Akademiyaga taqdim etiladi va DXXning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.
Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi e’lon qilindi
“Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Odob-axloq kodeksi loyihasi 6 ta bob va 53 ta moddadan iborat bo‘lib, davlat xizmatchilarining davlat organi va tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda rioya qilishi lozim bo‘lgan talablarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi: davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarining qo‘llanish sohasi, asosiy tamoyillari, davlat xizmatining tushunchasi va turlari, davlat xizmatchilari va o‘zlarining turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish majburiyatlari.
Kodeksda birinchi bor davlat xizmatchisi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilmoqda – doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat tashkilotida (davlat ishtirokidagi tashkilot bundan mustasno) tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxs hamda mehnat shartnoma (kontrakt) asosida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqaruv xodimi.
Kodeks bilan davlat xizmati uch turga bo‘linmoqda:
- davlat siyosiy xizmati – ichki va tashqi siyosatni belgilash hamda siyosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq davlat hokimiyati vakillik organiga saylanadigan va O‘zbekiston prezidentining nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan hamda haq to‘lanadigan kasbiy xizmat faoliyati bo‘lgan davlat xizmatining bir turi (Oliy Majlis deputat va senatorlari, mahalliy xalq deputatlari Kengashi deputatlari, O‘zbekiston prezidentining administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining nomenklaturalariga kiradigan lavozimlar);
- davlat fuqarolik xizmati – O‘zbekiston fuqarolarining davlat organlaridagi davlat fuqarolik lavozimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan hamda haq to‘lanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvchi davlat xizmatining bir turi;
- davlat maxsus xizmati – O‘zbekiston Qurolli Kuchlaridagi harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlaridagi yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan hamda haq to‘lanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvchi davlat xizmatining bir turi.
Shuningdek, sohaning quyidagi asosiy prinsiplari belgilanmoqda: qonuniylik; adolatlilik; fuqarolarning huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik; davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat; halollik; xolislik; ochiqlik; korrupsiyaga qarshi toqatsizlik; professionallik va layoqatlilik; samaradorlik va tejamkorlik.
Fuqarolar tomonidan davlat xizmatchisining kodeksda belgilangan talablarga rioya qilmaslik holati hamda korrupsiyaga oid xatti-harakatlari yuzasidan murojaat va xabarlarni aloqa kanallari orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risida xabar bergan shaxslarning daxlsizligi ta’minlanib, ularning ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilanmoqda.
Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi
-
Bu sahifa navigatsiya:
- Wzbekiston Respublikasida davlat xizmatini wtash tartibi.
- Ma`ruza – 7. Nodavlat notijorat tashkilotlari Reja: 1.
- Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat boshqaruvidagi ahamiyati. Nodavlat notijorat tashkilotlari – ma`muriy huquqning sub`ekti sifatida.
Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi.
Davlat xizmatchilari – huquqning individual sub`ektlaridan iborat bwlgan ijtimoiy guruh bwlib, ma`lum bir
xaq evaziga tashkil etiladigan va amaldagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining vazifa va funktsiyalarini
amalga oshiradilar. Har bir tashkil etiladigan tashkilotning normal funktsiyalanishi uchun maxsus tayyorlangan
xizmatchilardan iborat bwlgan ma`lum bir personalga ega bwlishi lozim. Tashkilotlarning turiga qarab huquq
ob`ektlarining quyidagi xizmatchilarini: davlat (davlat organlari), mahalliy organlar, jamoat birlashmalari nodavlat,
tijorat, notijorat, diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini kwrsatib wtish mumkin.
Xizmatchilar twg`risida batafsil tushuncha hosil qilish maqsadida, ularni jamiyatning turli tashkilotlarida
(korxona, muassasalarida) band bwlgan boshqa shaxslardan farqlash lozim:
xizmatchilar turli tashkilotlarda (davlat, mahalliy, nodavlat, tijorat, notijorat, jamoat, diniy) ma`lum bir
ularning faoliyati aqliy xususiyatga ega, ya`ni ular bevosita moddiy boyliklarni yaratmaydilar. Lekin
xizmatchilar moddiy ishlab chiqarish sohasida ham faoliyat yuritishi mumkin, masalan, tashkiliy, ishlab
chiqarish jarayonini texnologik ta`minlash, loyihalarni tayyorlash, marketing, tadqiqot faoliyati va boshqalar;
xizmatchilar hokimiyat faoliyatini (tashkillashtirish, farmoyish berish, rahbarlik, nazorat) amalga oshiradilar
hamda tegishli tashkiliy-farmoyish berish va ma`muriy-xwjalik vakolatlariga ega bwladi; ular davlat va jamoat
majburlov choralarini qwllashlari mumkin. Har qanday tashkilotdagi xizmatchilar, asosan boshqaruv
funktsiyalarini (bunda, boshqaruv funktsiyasi deganda, turli huquq sub`ektlarining faoliyatini tartibga soluvchi
vosita sifatida tushunmoq lozim) amalga oshiradilar;
xizmatchilar wzlarining vakolatlarini, funktsiyalarini, qoida bwyicha, ma`lum bir xaq evaziga amalga
Xizmatchilar wrtasida davlat va mahalliy organlarda faoliyat kwrsatuvchi xizmatchilarni alohida kwrsatib
wtish lozim. davlat va mahalliy organlarining xizmatchilari davlat va mahalliy organlarning manfaatlarini kwzlab,
ularning nomidan harakat qiladilar hamda davlat va mahalliy ma`muriyatning vakillari bwlib hisoblanadilar.
Davlat va mahalliy organlarning xizmatchilari davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va
funktsiyalarni amalga oshiradilar. Quyida ularning har biri bilan tanishib chiqamiz.
Davlat xizmatchisi, keng ma`noda, davlat vazifa va funktsiyalarini nafaqat davlat organlarida, balki
davlatning boshqa tashkilot, muassasa va korxonalarida amalga oshiradigan huquqning individual sub`ektidir.
Davlat xizmatchisi, tor ma`noda davlat xizmatida davlat mansabini egallagan shaxsdir, ya`ni davlat
ma`muriyatining tuzilmalari tizimida ma`lum bir mansabni egallaydigan, pul mukofoti evaziga mazkur davlat
organining funktsiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir.
Davlat xizmatchilarining aksariyati ijro-farmoyish berish (tashkillashtirish) vakolatlarini va ijtimoiy-
madaniy faoliyatni amalga oshirish bilan shug`ullanadilar. Faqatgina ayrim davlat xizmatchilari maxsus davlat
mansablarini egallaydilar va odilsudlovni va prokuror nazoratini (ya`ni, huquqni muhofaza qilish faoliyatini) amalga
Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma`noda kwrib chiqish mumkin:
birinchidan, davlat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmati – bu turli xususiyatdagi va ahamiyatdagi
vakolatlarga ega bwlgan davlatning (davlat organlarining) «quli» hisoblanadi. Xizmatchilar davlatni davlat
ma`muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda ham, tashqi aloqalarda ham ifoda etadi. Davlat xizmatchisi
davlat va jamiyat taraqqiyotining mahsuli bwlib, davlat funktsiyalarini amalga oshiradi;
ikkinchidan, ma`muriy-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi maxsus hokimiyat, tashkillashtiruvchi-
farmoyish beruvchi vakolatlarga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiktsion (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va
vakolatlarni amalga oshirish va ma`muriy-huquqiy sanktsiyalarni qwllash huquqiga ega bwlgan hokimiyat vakilidir;
uchinchidan, jinoyat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi – jinoiy va ma`muriy javobgarlikning
maxsus sub`ekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi – mansabdor shaxs – mansab jinoyatlari uchun javobgarlikka
Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan mansabidan kelib chiquvchi ma`lum bir vazifalarni bajarishi
kerak. Davlat mansabi – bu davlat xizmatchisining «ish» (xizmat) joyi hisoblanadi. Har bir davlat mansabi davlat
xizmatining asosiy elementlaridan biri bwlgan shtat birligiga kiritiladi. Shtat jadvali davlat organi (tashkiloti)da
tashkil etilgan mansablardan iboratdir. Davlat tashkilotlarida mansablar davlat hokimiyati sub`ektlari tomonidan
farmoyish berish tartibida tashkil etiladi.
Xizmatchi ma`lum bir mansabni uzoq vaqt davomida (masalan, butun faoliyati davomida) egallashi
mumkin. Davlat xizmatchisi davlat organida faoliyat yuritishi jarayonida mansab bwyicha harakatlanishi mumkin,
ya`ni davlat xizmatida malaka razryadlar joriy etilgan. Malaka razryadlar davlat xizmatchisiga bir mansabdan
ikkinchi mansabni egallashini (masalan, yuqoriga yoki pastga qarab harakatlanishini) belgilab beradi. Ular butun
professional hayot jarayonida davlat xizmatchisini davlat bilan bog`lab turadi hamda davlat va jamiyatdagi
munosabatlarning muvozanatini ta`minlaydi. G`arbiy Evropa davlatlarining kwpchiligida, agar davlat mansabi bekor
qilinadigan bwlsa, mansabni egallagan shaxs ishdan bwshatilishi mumkin emas, chunki u olgan malaka razryadi
boshqa davlat mansabini egallash huquqini beradi. Malaka razryadi davlat xizmatchisi uchun himoya hisoblanadi.
Yuqoridagi jihatlari bilan malaka razryad davlat mansabidan ajralib turadi.
Alimov X.R. davlat xizmatchisiga kuyidagicha tushuncha beradi: davlat xizmatchisi – bu davlat-hokimiyat
vakolati doirasida ma`lum bir haq evaziga davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir.
Davlat xizmatiga faqatgina Wzbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi mumkin.
Taniqli rus olimi D.M.Ovsyankoning fikricha: davlat xizmatchisi – bu qonun bilan wrnatilgan tartibda
ma`lum bir pul mukofoti evaziga davlat xizmatidagi davlat mansabi bwyicha majburiyatlarni amalga oshiruvchi
fuqaro hisoblanadi. Davlat xizmatchilari orqali butun jamiyat sohalariga taalluqli bwlgan davlat organlarining
vakolatlari amalga oshiriladi.
Demak, davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin:
birinchidan, davlat xizmatchisi – bu 18 yoshga twlgan, davlat tilini bilgan, professional bilimga ega
bwlgan Wzbekiston Respublikasining fuqarosidir. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlarining bir tomonini
tashkil etadi. Davlat organi hamda xizmatchi wrtasida mehnat shartnomasi tuzilib, unga kwra xizmatchi davlat
organining vakolatlarini, davlat funktsiyalarini bajaradi, davlat qurilishining ma`lum bir maqsadlariga erishish
uchun maxsus vazifalarni hal etadi, davlat (davlat organi) esa wz navbatida xizmatchi oldida: uning huquqlari va
manfaatlarini wrnatadi va ta`minlaydi, ijtimoiy-huquqiy kafolatlar, javobgarlik, pul mablag`i bilan ta`minlash kabi
majburiyatlarga ega bwladi. Davlat xizmatchisi ma`muriyatning vakili, davlat byurokratining bir qismi hisoblanadi.
Davlat xizmatchilarining barcha harakatlari davlat nomidan va uning kwrsatmasi asosida amalga oshiriladi, davlat
esa davlat xizmatchisi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli holatlarda ularga nisbatan majburlov
choralarini qwllaydi. Davlat xizmatchisi faqatgina davlat organida davlat mansabini egallashi mumkin;
ikkinchidan, davlat xizmatchisi davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos
uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunchilik bilan wrnatilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan
ta`minlanadigan davlat mansabini egallaydi. Davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik davlat xizmatchisi
faoliyatining mazmunini, uning huquqiy holatini, faoliyatning maqsadi, vazifasi va asosiy ywnalishlarini,
huquqlarni, majburiyatlarni, javobgarlikni, cheklovlarni, kafolatlarni belgilab beradi. Davlat mansablarini faqatgina
davlat xizmatchilari egallashlari mumkin;
twrtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka razryadlar beriladi;
beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funktsiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar,
iqtisodiy, ijtimoiy, ma`muriy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat
tartibi va xavfsizligini ta`minlash, bojxona va bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki
ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar;
oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni
amalga oshiradilar (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar, jazoga tortadilar). Bunday harakatlar yuridik
faktlar sifatida namoyon bwlishi va dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Davlat xizmatchilarining bunday
harakatlari davlat va jamiyat hayotida turli ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltirishi, wzgartirishi yoki bekor qilishi
ettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, qoida bwyicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas.
Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog`liq emas, degan xulosaga kelmaslik lozim. Chunki,
davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jarayonida uni ywnaltirish, boshqarish, loyihalarni tayyorlash va boshqa
funktsiyalar orqali ta`sir kwrsatadi.
Davlat xizmati insonlar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, mehnat jamoalarini
tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga ta`sir kwrsatadi.
Barcha davlat xizmatchilarni turli asoslarga kwra guruhlarga bwlishimiz, ya`ni tasniflashimiz mumkin.
Wzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, ya`ni hokimiyatning uchga bwlinishini e`tiborga
oladigan bwlsak, barcha davlat xizmatchilarni uch guruhga bwlishimiz mumkin: qonunchilik hokimiyati
organlarining xizmatchilari; ijro hokimiyati organlarining xizmatchilari; sud hokimiyati organlarining xizmatchilari.
Davlat xizmatchilarining tasnifi yuridik adabiyotlarda turlicha berilgan. Jumladan, taniqli rus huquqshunosi
Ovsyanko D.M.ning fikricha davlat xizmatchilarini quyidagilarga bwlishimiz mumkin:
davlat hokimiyati organlarining faoliyat doirasiga qarab davlat xizmatchilari: respublika miqyosida va mahalliy
miqyosda harakat qiluvchi xizmatchilar;
davlat xizmatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlat xizmatchilarini: fuqarolik davlat xizmatchilari;
militarlangan davlat xizmatchilari (masalan, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xizmatchilari);
hokimiyatning bwlinish tamoyilidan kelib chiqqan holda davlat xizmatchilari; qonunchilik hokimiyati; ijro
hokimiyati va sud hokimiyati organlarining xizmatchilari;
mansab vakolatlarining hajmiga kwra davlat xizmatchilari: mansabdor shaxslar va mansabdor shaxslar tarkibiga
kirmaydigan boshqa xizmatchilar;
xizmat muddatining davomiyligiga kwra davlat xizmatchilarini: ma`lum bir muddatga tayinlanadigan
(saylanadigan) xizmatchilar; belgilanmagan muddatda tayinlangan xizmatchilar; sinov muddati bilan
tayinlangan xizmatchilar va boshqalarga bwlinadi.
Alimov X.R. davlat xizmatchilarining quyidagi twrta guruhini kwrsatib wtadi: rahbarlar, asosiy tarkibga
kiruvchi davlat xizmatchilari, yordamchi xizmatchilar, ma`muriy hokimiyat vakillari.
Demak, davlat xizmatchilari – bu davlat-hokimiyat vakolati doirasida davlat oldida turgan vazifa va
funktsiyalarni ma`lum bir haq evaziga amalga oshiruvchi Wzbekiston Respublikasining fuqarolaridir.
Taniqli rus olimi Yu.N.Starilov barcha davlat xizmatchilarini quyidga asosiy xususiyatlariga qarab
guruhlarga bwlinishini kwrsatadi:
davlat-xizmat huquqiy munosabatlarining davom etishiga qarab davlat xizmatchilarni: umrbod davlat
mansabiga tayinlanadigan xizmatchilar; ma`lum bir muddatga davlat mansabiga tayinlanadigan xizmatchilar;
muddati belgilanmagan holda davlat mansabiga tayinlanadigan xizmatchilar; sinov muddati belgilangan holda
davlat mansabiga tayinlanadigan xizmatchilar;
harakat doirasiga qarab davlat xizmatchilarini: respublika xizmatchilari; mahalliy xizmatchilar;
bilim darajasiga va professional tayyorgarliga qwyilgan talablardan kelib chiqqan holda davlat xizmatchilari:
oliy; bosh; katta; kichik guruhlarga kiruvchi va boshqa davlat xizmatchilarga bwlinadi.
Demak, davlat xizmatchilarini qonunchilik hujjatlari bilan wrnatilgan holatlardan kelib chiqqan holda turli
asoslarga kwra bir necha guruhlarga bwlishimiz, ya`ni tasniflashimiz mumkin.
Wzbekiston Respublikasida davlat xizmatini wtash tartibi. Davlat xizmati huquqiy institutida davlat
xizmatini wtash asosiy element bwlib hisoblanadi. Bu davlat-xizmat munosabatlarining yuzaga kelishi bilan, ya`ni
xizmatchining tegishli mansabni egallashi, mansab bwyicha harakatlanishi, xizmatchilarning faoliyatini baholash va
attestatsiyadan wtkazish hamda davlat-xizmat munosabatlarining tugashi bilan bekor bwluvchi jarayondir.
Davlat xizmatini wtash instituti, – “Davlatning boshqaruv apparati” kitobida kwrsatilishicha, – boshqaruv
apparatiga xodimlarni tanlashdan, xizmat bwyicha harakatlanishni amalga oshirishdan, davlat xizmatidan bwshatish
usullarini wrnatish va amalga oshirishdan boshlanadi.
Yuqorida kwrsatib wtganimizdek, davlat xizmatini wtash davlat xizmati huquqiy institutining ichki instituti
bwlib, quyidagilarni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisidan iboratdir: davlat mansabini egallash; turli
davlat organlari xodimlarining maxsus professional tayyorgarligi; wrindoshlik; xizmatchilar tomonidan wzlarining
mansab majburiyatlarini bajarishi va huquqlarini amalga oshirishi; malaka razryadlarning, maxsus unvonlarning
berish tartibi; xizmatchilarni rag`batlantirish va ularni javobgarlikka tortish; davlat xizmatchilarining attestatsiyasi;
xizmat bwyicha harakatlanish; xizmatning sharoitlari; davlat xizmatchilarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi
(kafolatlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar); davlat xizmatining tugashi asoslari va usullari.
Taniqli rus olimi D.M.Ovsyankoning fikricha, davlat xizmatini wtash ikki turdagi huquqiy aktlar bilan
tartibga solinadi. Bu huquqiy aktlar bir-biridan yuridik oqibatlarni yuzaga keltirishi bilan farqlanadi.
Birinchi huquqiy akt – bu normativ huquqiy aktlar bwlib, ular orqali barcha fuqarolar tomonidan wtaladigan
davlat xizmatining umumiy tartibi wrnatiladi. Normativ aktlar orqali davlat xizmatiga qabul qilish tartibi, sinov
muddatini wtash, attestatsiya wtkazish tartibi, davlat xizmati sharoitlarining xususiyatlari, mansablarni egallash,
malaka razryadlarni, ilmiy unvonlarni berish va boshqa masalalar belgilab beradi.
Ikkinchi huquqiy akt – bu individual aktlar. Individual aktlar konkret fuqaro uchun davlat-xizmat huquqiy
munosabatlarini yuzaga keltirishda, wzgartirishda va bekor qilishda yuridik fakt sifatida xizmat qiladi.
Davlat xizmatini wtash davlat xizmati institutining asosiy elementi bwlib, unda davlat xizmatchilarining
huquqiy holatini amalga oshiriladi. Davlat xizmatini wtash – siyosiy va ma`muriy davlat mansablarini twldirish
faoliyati – davlat ma`muriyatida mansablarning davlat xizmatchilari tomonidan ketma-ketlikda almashinuvini,
xizmatchilarning davlat-xizmat huquqiy munosabatlari wzgarishini wz ichiga oladi. Har bir davlat xizmatchisi
individual mansab (xizmat) ywnalishiga egadir. Shuning uchun ham amalda davlat xizmatini wtash ham
Wzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan davlat xizmatiga qabul qilishning, sinov muddatini wtashning
tartibi, davlat xizmati sharoitlarining wziga xos xususiyatlari, xizmatchilarni attestatsiyadan wtkazish tartibi, davlat
mansablarini egallash va boshqalar belgilab berilgandir.
Amaldagi qonunchilikga binoan davlat xizmatiga kirish huquqiga, qoida bwyicha, davlat tilini biladigan,
professional ta`limga ega bwlgan, davlat xizmatiga qwyilgan talablarga javob bera oladigan Wzbekiston
Respublikasining 18 yoshga twlgan fuqarolari egadir. Dalat xizmatiga ishga kirishida, shuningdek uni wtash
jarayonida ma`lum bir, masalan, millati, tili, jinsi, kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, e`tiqodi va boshqa belgilarga qarab
cheklovlarning qwyilishi mumkin emas.
Davlat xizmatini wtashning asosiy belgisi – bu davlat lavozimini egallashdir. Davlat lavozimini egallash
fuqaroning mansab huquqlari, majburiyatlari, cheklovlar va huquqiy javobgarlikning sub`ektiga aylanganidan
dalolat beradi. Davlat lavozimlarini egallashda qonunchilikda wrnatilgan hollarda ba`zi bir cheklovlar wrnatilishi
mumkin. Jumladan, fuqarolar quyidagi hollarda davlat xizmatida bwlishi yoki davlat lavozimini egallashi mumkin
emas: birinchidan, fuqaro sud hukmi bilan muomilaga layoqatsiz yoki muomila layoqati cheklangan deb topilgan
bwlsa; ikkinchidan, sud tomonidan fuqaroning belgilangan muddatda davlat lavozimini egallashi taqiqlangan bwlsa;
uchinchidan, tibbiy muassasaning xulosasiga kwra, davlat majburiyatlarini bajarishga noloyiq bwlsa; twrtinchidan,
wzaro yaqin qarindoshlarning bwysunuv asosida davlat xizmatini bitta davlat organida wtashi va boshqa holatlar.
Jumladan, Wzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 79-
moddasiga binoan wzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bwlgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar,
wg`il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti
ulardan biri ikkinchisiga bevosita bwysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bwlsa, bir davlat
korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Bu qoidadan istisnolar Wzbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan belgilanishi mumkin.
Davlat xizmatini wtash sharoitlariga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin: xizmat vaqtining, har yilgi
mehnat ta`tilining davomiyligi; qwshimcha mehnat ta`tillari; xizmatchilarning pul ta`minoti; imtiyozlar, kafolatlar
va kompensatsiyalar; davlat ijtimoiy sug`urtasi; xizmat uyi, xizmat avtotransporti bilan ta`minlash tartibi; xizmat
safarida bwlganda ijtimoiy-maishiy va texnik xususiyatdagi xizmatlar.
Davlat-xizmat huquqiy munosabatlarining yuzaga kelishida ikki asosiy huquqiy hujjatni: birinchidan,
mehnat shartnomasi; ikkinchidan, fuqaroni davlat xizmatidagi davlat mansabiga tayinlash twg`risidagi buyruqni
farqlay olish lozim.
Davlat xizmatini wtashdagi asosiy elementlardan yana biri – bu davlat xizmatchilarining xizmat bwyicha
harakatlanishidir. Davlat xizmatchilarining xizmat bwyicha harakatlanishi quyidagicha bwlishi mumkin: xodimning
xizmat bwyicha harakatlanishi maqsadida yuqori mansabni egallashi; bir xil ahamiyatdagi mansabni egallashi; quyi
mansabga wtkazilishi; wqishga kirishi munosabati bilan mansabidan ozod qilish, shuningdek wqishni
tamomlaganidan swng mansabga tayinlanishi.
Ma`ruza – 7. Nodavlat notijorat tashkilotlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari – ma`muriy huquqning sub`ekti sifatida.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat boshqaruvidagi ahamiyati.
Nodavlat notijorat tashkilotlari – ma`muriy huquqning sub`ekti sifatida. Wzbekiston Respublikasida
nodavlat notijorat tashkilotlarining huqukiy holatlari Wzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Nodavlat
notijorat tashkilotlari» twg`risidagi Wzbekiston Respublikasining qonunida, “Jamoat birlashmalari” twg`risidagi
Wzbekiston Respublikasining qonunida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar» twg`risidagi, “Siyosiy
partiyalar” twg`risidagi qonunlarda, P rezid ent farmo nlari va q arorlarid a xamd a Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida beligilab berilgandir
Wzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 56 -moddasiga asosan: Wzbekiston Respublikasida
qonunda belgilangan tartibda rwyxatdan wtkazilgan kasaba uyushmalari, siyo siy partiyalar, olimlarning
jamiyatlari, Xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy xarakatlar va
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e`tirof etiladi.
va diniy adovatni
targ`ib qiluvchi, xalqning sog`lig`i va
ma`naviyatiga tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarni, maxfiy jamiyat va u yush malarni hamd a
harb iylashtirilgan yo ki jamo at birlashmalarini tuzish taqiqlanadi.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqi va qonuniy manfatlarini kafolatlaydi, ijtimoiy hayotda ishtirok
etish uchun ularga hukuqiy imkoniyatlar yaratib beradi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamoat
birlashmalarining faoliyatiga, Ayni vaqtda jamoat birlashmalari ham davlat organlarining va mansabdor
shaxslarning faoliyatiga aralashishlari mumkin emas.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va wzlarining demokratik
ywl bilan saylab qwyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Diniy tashkilotlar va
birlashmalar davlatdan ajratilgan bwlib, qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga
aralashmaydi. Uzbekiston Respublikasida 1992 yil mart oyida Wzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida Diniy ishlar bwyicha qwmita tashkil etildi.
Nodalat notijorat tashkilotlarining davlat boshqaruvida ishtirok etishi quyidagi shakllarda namoyon
davlat organlari bilan wzaro hamkorlikda qaror qabul qilishlari;
davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda qatnashishi;
davlat boshqaruv organlarining faoliyatini yaxshilash twg`risida takliflar kiritish;
davlat boshkaruv organlarining faoliyati ustidan nazorat wrnatish va fukarolarning huquqiy normalarni
qanday bajarayotganligini tekshirish;
wz tarkibida bwlgan korxonalarning faoliyatini boshqarish kabi huquqlardan foydalanadilar.
birlashmalari”twg`risidagi qonunga jamoat birlashmalarining faoliyatlari tartibga solinadi.
Jamoat birlashmalarini tuzishdan kwzlangan maqsad mazkur qonuning 3-moddasida belgilangandir.
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, xuquqlar xamda erkinliklarni
rwyobga chiqarish va ximoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda ularning ishtiroq etishini rivojlantirish; qasb-kor va xavaskorlik qiziqishlarini kondirish; ilmiy,
texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantiri; axolining sixat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida
qatnashish; madaniy-ma`rifiy, fizkul`tura-sog`lomlashtirish va sport i s h l a r i n i wt k a z i s h ; t a b i a t n i , t a r i x v a
ma d a n i y a t yodgorliklarini muxofaza qilish; vatan-parvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va
xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar wrtasida tinchlik va dwstlikni mustaxkamlash; qonunda
taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy inso np arvarlik qadriyatlarini b uzishga
q aratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni g`ayriqonuniy ywl bilan wzgartirish yoki Wzbekiston Respublikasi
va Qoraqalpog`iston xududining birligini buzish, urushni, zwravonlikni va shafqatsilikni, jamiyatni
parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish,
qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-xarakatlar qilish maqsadini kwzlaydigan jamoat birlashmalarining
tuzilishiga ywl q wyilmaydi. Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy
xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura bwlaklari tashkil etish taqiqlanadi.
J a mo a t b i r l a s h ma l a r i v a u l a r n i n g i d o r a l a r i tomonidan qonuniy va demokratik ywl bilan
shakllantirilgan x o k i mi ya t v a b o s h q a r u v i d o r a l a r i x a md a x o k i mi ya t vakolatlariga ega bwlganlarga
nisbatan g`ayridemokratik tarzda quch ishlatib tazyiq wtkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan
xokimiyat va boshqaruv idoralari xamda mansabdor shaxslarga demokratik usulda xal etish baxonasi bilan tazyiq
wtkazishga bwlgan xar qanday urinishga Qonun bilan barxam beriladi.
Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qwriqlanadigan
manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq
ta`qib qilinadi deb belgilangandir.