Fotima Berdiyeva “Daydi qizning daftari”dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani hamda Aziz Umrzoqov bilan bog‘liq sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi (video)
“Nima desam bo‘ladi, mening ham aqlim bor. Shuncha erkakning ichida qanday qilib kiyimsiz suratga tushaman? Mana, operatorlarimiz bor, bemalol kim istasa, so‘rasin. Agar aldayotgan bo‘lsam, tepamda Xudoyim turibdi. U sahnada mening kiyimim bo‘lgan. Mayka va tizzamgacha shorti bo‘lgan. Aziz aka bilan oramizda yarim metr masofa bor edi. O‘rtaga yostiq ham qo‘yilgan, hattoki qo‘l ham tegib ketmasligi uchun. Har taraflama ehtiyotimizni qilganmiz. Albatta, buni oqlamayman, lekin afsuslanmayman. U yerda dubl ko‘p bo‘lgan, ba’zilarida kiyimim ko‘rinib qolgan, lekin yaxshisi qo‘yilgan”, – deydi aktrisa.
“Миллий” телеканали “Дайди қизнинг дафтари” сериалидаги беҳаё лавҳа бўйича изоҳ берди
Хабарингиз бор, ижтимоий тармоқларда “Миллий” телеканалида эфирга кетган “Дайди қизнинг дафтари” сериалидаги беҳаё кадр тарқалди. Телеканал бу бўйича изоҳ берди.
“Миллий” телеканалида МАЙ ОЙИДА кетган сериал (ижтимоий тармоқларда ва “Қалампир” сайтида) шунча вақт ўтиб, БИРДАНИГА муҳокама бўлаётганига ҳайрон бўлмаган ҳолда, шуни маълум қиламизки:
1. Солиҳ Қаҳҳор асари асосида суратга олинган “Дайди қизнинг дафтари” сериалидан ТАРҚАТИЛАЁТГАН лавҳа “МИЛЛИЙ” телеканали эфиридан видеога ОЛИНМАГАН! Бу видеопарчада “Миллий” телеканали ЛОГОТИПИ ЙЎҚлиги ва у РУС ТИЛИДА берилаётгани ҳам бунга далил!
2. “Миллий” телеканали орқали ушбу сериалнинг айнан шу лавҳаси эфирга кетмаган. Бунинг исботи телеканал архивида ҳам сақланиб қолган. Мазкур тасвирлар сериални суратга олган студиянинг ютубдаги каналидан бўлиши мумкин, аммо “Миллий” телеканалининг ютубдаги расмий каналида хам “Дайди қизнинг дафтари” сериали йўқ, чунки ушбу сериални суратга олган студия бу хуқуқни ўзида сақлаб қолган.
3. Ижтимоий тармоқларда гўёки “Миллий” телеканали эфиридан ёзиб олинган парча сифатида тарқатилаётган туҳмат ва уйдирма юзасидан ҳуқуқшунослар текширув олиб бораётганини маълум қиламиз”.
Киритилди: 18:16 20.01.2022. Ўқилди: 8300 марта. Фикрлар сони: 17 та.
Матнда хатолик топсангиз, ўша хатони белгилаб, бизга жўнатинг (Ctrl + Enter).
Fotima Berdiyeva “Daydi qizning daftari”dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani hamda Aziz Umrzoqov bilan bog‘liq sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi (video)
“Daydi qizning daftari”dagi Taxmina – aktrisa Fotima Berdiyeva u aslida Durdona Qurbonova tanlangan obrazni ijro etgani hamda serialdagi muhokamalarga sabab bo‘lgan sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi.
“Aynan Taxmina roliga bir nechta aktrisa kelgan, ulardan bir qanchasi o‘zi rozilik bildirgan. Lekin yuz ko‘rinishi to‘g‘ri kelmagan, xarakter bera olmagan. Shuning uchun ularni olishmagan, agar boshqa sabab bo‘lganida o‘sha aktrisalarni tanlashgan bo‘lardi. Xalq yomon deb o‘ylayotgan qahramondan bitta men ko‘rinyapman ko‘ziga, men bo‘lmagan taqdirda ham boshqa aktrisa o‘ynar edi. Masalan, Durdona Qurbonova tasdiqlangan, bu rolda aynan u chiqishi kerak bo‘lgan. Suratga olishga bir hafta qolganida meni ko‘rib, tasdiqlab yuborishgan. Kastingga juda ham ko‘p taniqli aktrisalar kelgan, juda ko‘pchilik tayyor bo‘lgan. Yomon rollarda chiqqan aktrisalar ko‘p-ku, fohisha rolida chiqadiganlar bor. Hozir endi ular hurmatli aktrisaga aylangan. Nimaga aynan bizning serialga yopishib olishganini tushunmayman”, – deydi Fotima Berdiyeva.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u ssenariyni boshidan oxiriga qadar o‘qib chiqqan va juda ham ma’qul kelgan. Qolaversa, rolni ham maza qilib ijro etgani, serialni ham miriqib tomosha qilganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Fotima ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ochiq sahnalar qanday suratga olinganiga ham to‘xtaldi.
“Nima desam bo‘ladi, mening ham aqlim bor. Shuncha erkakning ichida qanday qilib kiyimsiz suratga tushaman? Mana, operatorlarimiz bor, bemalol kim istasa, so‘rasin. Agar aldayotgan bo‘lsam, tepamda Xudoyim turibdi. U sahnada mening kiyimim bo‘lgan. Mayka va tizzamgacha shorti bo‘lgan. Aziz aka bilan oramizda yarim metr masofa bor edi. O‘rtaga yostiq ham qo‘yilgan, hattoki qo‘l ham tegib ketmasligi uchun. Har taraflama ehtiyotimizni qilganmiz. Albatta, buni oqlamayman, lekin afsuslanmayman. U yerda dubl ko‘p bo‘lgan, ba’zilarida kiyimim ko‘rinib qolgan, lekin yaxshisi qo‘yilgan”, – deydi aktrisa.
Fotima eski o‘zbek filmlari ham ochiq sahnalardan mustasno emasligini aytadi.
“Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak. U paytda o‘zimni muammolarim bilan xayolimda juda ko‘p narsa bo‘lgan. To‘liq jahlda yurgan holatlarim edi. Shuning uchun bu serialdan keyin nima bo‘ladi, deb o‘ylamaganman. To‘g‘ri, bilib turganman. Keyin bu asar bo‘lsa, biz buyurtma qilib yozdirmaganmiz. Asar asosida ssenariy qilingan, topshirilgan, o‘qilgan va ruxsat berilgan. Serialni kuzatganlar bo‘lsa, ichida qanchadan qancha aqlli gaplar, odam o‘ziga olishi kerak bo‘lgan narsalar bor. Nega aynan u narsalar olib chiqilmaydi? Oldingi o‘zbek kinosi durdonalarida, masalan, ‘Shum bola’da ayrim sahnalar efirga uzatilgan-ku?! Lekin bor narsani gapirsa, xalqimizga yoqmaydi”, – deydi Fotima Berdiyeva.
- “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi
- “Daydi qiz” — Fotima Berdiyeva rejissorlar “zapret”iga tushgani, bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘rashgani, serialdagi ochiq sahnalar haqida (video)