Press "Enter" to skip to content

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo'laman desang, hisori.

Dehqonchilik va Chorvachilik haqida maqollar to‘plami

Chorvachilik va dehqonchilik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Hatto «dehqonlar» oyga qarab urug‘lar sochish, ekish, ko‘chatlar o‘tqazish, payvand qilish va changlatish, hayvonlarni urchitish va boshqa vaqtlarni aniqlaydilar» (Abu Rayhon Beruniy).

Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.

Yer charchasa, hosil bermas.

Yer siylaganni el siylar.

Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil.

Sut bermagan sigir etga so‘yilar.

Eksang terak, elga kerak.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Shishak so‘ydim — pishak so‘ydim.

Qo‘y qassob qo‘lida halol.

Yerini aldagan och qolar.

Yerga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.

Semiz qo‘y o‘zini kanorada ko‘rar.

Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.

Shaftolidan bog‘ qilma,
Echkidan mol qilma.

Suvsiz yer — jonsiz jasad.

Qo‘y semizi — qo‘ychidan.

Dehqonning o‘zi kasal bo‘lsa ham,
Ho‘kizi kasal bo‘lmasin.

Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.

Uyqu kasal chaqirar.

O‘rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar.

Bo‘lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo‘qliging.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yerga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.

Yer ochganning baxti ochilar.

 

Yerni boqsang, boqadi.

Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog‘ ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.

Qo‘zichoqdan qo‘y bo‘lar,
Qulunchadan — toy.

Yomon dehqon yer qo‘rir, yomon xotin er

Suvning ozi ham bir balo,
Ko‘pi ham bir balo.

Kariz suvi — jon suvi.

Dehqon bo‘lsang, qoshida bo‘l,
Sipoh bo‘lsang — boshida.

Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho‘kizi o‘lmasin.

Ovchining zo‘ri sher otar,
Dehqonning zo‘ri yer ochar.

Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.

Kosibning qo‘lidan dehqonning oyog‘i halol.

Echki boqqan chorvador bo‘lmas,
Shaftoli ekkan — bog‘bon.

Jo‘xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.

Qo‘y tug‘ar, qo‘zi bo‘lar,
Yil o‘tmay o‘zi bo‘lar.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Qovun ekkan qovoq olmas.

Cho‘ponning tayog‘i — otlining oyog‘i.

Yer — don, dehqon — xazinabon.

Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.

Yer — xamir, o‘g‘it — xamirturush.

Pishgan qovun palakda yotmas.

Bog‘bon bog‘ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.

Yaxshi go‘sht — yaxshi sho‘rva,
Yaxshi sut — yaxshi qaymoq.

Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.

Eshak munchoq toj bo‘lmas,
It uzumi tok bo‘lmas.

Bog‘ni qishda ko‘l qil,
Yozda cho‘l qil.

Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o‘tin.

Yer to‘ydirar,
O‘t kuydirar.

Yerga sochsang, yer beradi,
Elga sochsang — el.

Dehqon yoqqanda tinar, cho‘pon o‘lganda

Qirq kun yoqqan yog‘indan,
Elib o‘tgan suv yaxshi.

Sigir olsang, sog‘ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,

Tuyali boy — dunyoli boy.

Yerga mehr — elga mehr.

Yerga rosh yarashar,
Qizga — qosh.

Sho‘rali yerda ekin bitmas.

Hosiling kam bo‘lsa,
havodan ko‘rma.

Yer deganing oltin qoziq,
G‘ajib yesang, tugamas.

Omoch chiqdi — ko‘moch keldi.

Sinamagan sigirni sog‘ish qiyin.

Suv keldi — nur keldi.

Qo‘zining sarasi uzoqdan bilinar.

Qo‘y kerak bo‘lsa, sunbulada qirq,
Jun kerak bo‘lsa — mezonda.

Bog‘bon bo‘lsang, sarxar qil,
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil.

Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.

Katta xirmon qizil bo‘lsa, chori chiqmas.

Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.

Tol eksang, tagini ho‘l qil,
Uzum eksang, tagini cho‘l qil.

Quruq yog‘och yonar, so‘nar,
Ho‘l yog‘ochdan hosil unar.

Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.

Sara urug‘ — hosili bo‘lug‘.

Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.

Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar terar.

Bedov boylovda semirar,
Qo‘y-qo‘zi — yaylovda.

Yer boyligi — el boyligi.

Dehqon ishlab don sochar, elga rizq yo‘lin ochar

Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.

Suvning ko‘rinishi muloyim,
Bag‘ri — tosh.

Bug‘doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo‘zga ek.

Dehqon bo‘lsang, roshida bo‘l,
Cho‘pon bo‘lsang — qoshida.

Uch oylik ko‘kcha — boylik.

Qo‘yni o‘t ichidan o‘tkazma,
O‘tni qo‘y ichidan o‘tkaz.

Qo‘yni boqsang, qo‘zilar,
Molni boqsang, buzoqlar.

Sada soya berar,
Tol — xoda.

Yer tekis — hosil tekis.

Tarvuz — davo, qovun — sabo.

Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.

Yerga qarasang, bog‘ bo‘lar,
Ko‘ngil ochilib, chog‘ bo‘lar.

Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.

Kurkurak ko‘rmay, tok ochma.

Yer to‘ymaguncha, el to‘ymas.

Tuyali yerda tut bo‘lmas.

Cho‘ponga — suhbat harom.

Arpaga — o‘rim,
Bug‘doyga — ko‘rim.

Suv — g‘o‘zaning joni,
O‘g‘it — uning darmoni.

Uypang joyda o‘t bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.

Sigiri bor och qolmas.

Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.

Sigirli uyda sil bo‘lmas.

Paxtadan echki o‘tsin,
Jo‘xoridan — tuya.

Bug‘doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo‘xori polga.

Dehqonchilik chilik-chilik, bo‘lmasa quruqchilik

Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.

Yeri semizning — eli semiz.

Qo‘yni qo‘y, Echkini so‘y.

Zar bo‘lmasa, zargar — xarob,
Yer bo‘lmasa, dehqon — xarob.

Yantoqdan yog‘ chiqmas,
Jangaldan — bog‘.

Toshsiz tog‘ bo‘lmas,
Ko‘chatsiz bog‘ bo‘lmas.

Omoch seni to‘ydirgay,
Omboringni to‘ldirgay.

Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.

Qarovsiz bog‘ bo‘lmas,
Qorsiz — tog‘.

Tuya tilini karvon bilar.

Yerga tushgan gul bo‘lar,
O‘tga tushgan — kul.

Arpa yotsa, ombor sol.

Ega qo‘li em bo‘lar,
Siypalasa, yem bo‘lar.

Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.

Yeri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.

Terakning soyasi tagiga tushmas.

Echkisi ko‘pning so‘zi ko‘p.

To‘qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Yerni boqsang, elni boqar.

Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.

Dehqon qorda tinar,
Cho‘pon — go‘rda.

Yer qudrati — dehqon quvvati.

Jo‘xori eksang, tagiga ko‘za botsin.

Yer-suv — bitmas kon.

Javdar joyiga tushsa, bug‘doy bo‘lar,
Bug‘doy joyiga tushmasa, javdar bo‘lar.

Urug‘ eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.

Yer dehqon xazinasi

Dehqon ekkanini yeydi,
Cho‘pon — boqqanini.

Urug‘ sepmay, ekin o‘rmas.

Qo‘y semirsa, qovurg‘asi kichrayar.

Yer ola — yurt ola.

Yomon cho‘pon tikonga berar,
Yaxshi cho‘pon — do‘konga.

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo‘laman desang, hisori.

Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.

Suv qatrasi — dur qatrasi.

Dehqon bo‘lsang, shudgor qil,
Mulla bo‘lsang, takror qil.

Suv — zar, suvchi — zargar.

Ekin ekkan tekin yer.

Dehqon — yer sultoni,
Cho‘pon — yaylov sultoni.

Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog‘liq.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho‘pon cho‘pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Omochning o‘n borgani —
Molaning bir borgani.

Boqmay qo‘ysang, qoqadi.

Yerni to‘ydirsang, to‘ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.

Yer olgan — er,
Yer sotgan — qora yer.

Ekkan o‘rar, qilgan topar.

Yer el bilan obod,
El yer bilan obod.

Qor yerning — ko‘rpasi,
Yomg‘ir — yerning sho‘rvasi.

Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.

Qalpog‘ingni qaytoqi qilguncha,
Qo‘ylaringni bo‘rdoqi qil.

Qo‘sh haydagan xo‘p bilar,
O‘z ishini ko‘p bilar.

Semiz qo‘yning umri kalta.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

ajoyib raxmat So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Bog’bon bo’lsang, sarxar qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.

Tavsiya etamiz :

Bog’ni qishda ko’l qil,
Yozda cho’l qil.

Bug’doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo’xori polga.

Bug’doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo’zga ek.

Bo’lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo’qliging.

Dehqon bo’lsang, roshida bo’l,
Cho’pon bo’lsang — qoshida.

Dehqon bo’lsang, shudgor qil,
Mulla bo’lsang, takror qil.

Dehqon bo’lsang, qoshida bo’l,
Sipoh bo’lsang — boshida.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho’pon cho’pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Dehqon — yer sultoni,
Cho’pon — yaylov sultoni.

Dehqon yoqqanda tinar,
Cho’pon — o’lganda.

Dehqon ishlab don sochar
Elga rizq yo’lin ochar.

Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.

Dehqonchilik chorvachilik maqollar

Dehqon ekkanini yeydi,
Cho’pon — boqqanini.

Dehqon qorda tinar,
Cho’pon — go’rda.

Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog’liq.

Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho’kizi o’lmasin.

Dehqonning o’zi kasal bo’lsa ham,
Ho’kizi kasal bo’lmasin.

Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.

Dehqonchilik — chilik-chilik,
Bo’lmasa — quruqchilik.

Yer boyligi — el boyligi.

Yer deganing oltin qoziq,
G’ajib yesang, tugamas.

Yer — dehqon xazinasi.

Yer — don, dehqon — xazinabon.

Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog’ ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.

Yer ola — yurt ola.

Yer olgan — er,
Yer sotgan — qora yer.

Yer ochganning baxti ochilar.

Yer siylaganni el siylar.

Yer-suv — bitmas kon.

Yer tekis — hosil tekis.

Yer to’ydirar,
O’t kuydirar.

Yer to’ymaguncha, el to’ymas.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yer — xamir, o’g’it — xamirturush.

Yer charchasa, hosil bermas.

Yer el bilan obod,
Yel yer bilan obod.

Tavsiya etamiz :

Yer qudrati — dehqon quvvati.

Yerga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.

Yerga mehr — elga mehr.

Yerga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.

Yerga rosh yarashar,
Qizga — qosh.

Yerga sochsang, yer beradi,
Yelga sochsang — el.

Yerga tushgan gul bo’lar,
O’tga tushgan — kul.

Yerga qarasang, bog’ bo’lar,
Ko’ngil ochilib, chog’ bo’lar.

Yeri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.

Yeri semizning — eli semiz.

Yerini aldagan och qolar.

Yerni boqsang, boqadi.

Boqmay qo’ysang, qoqadi.

Yerni boqsang, elni boqar.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Yerni to’ydirsang, to’ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.

Yomon dehqon — yer qo’rir,
Yomon xotin — er.

Yomon cho’pon tikonga berar,
Yaxshi cho’pon — do’konga.

Javdar joyiga tushsa, bug’doy bo’lar,
Bug’doy joyiga tushmasa, javdar bo’lar.

Jo’xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.

Jo’xori eksang, tagiga ko’za botsin.

Zar bo’lmasa, zargar — xarob,
Yer bo’lmasa, dehqon — xarob.

Kariz suvi — jon suvi.

Katta xirmon qizil bo’lsa, chori chiqmas.

Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.

Kosibning qo’lidan dehqonning oyog’i halol.

Kurkurak ko’rmay, tok ochma.

Ovchining zo’ri sher otar,
Dehqonning zo’ri yer ochar.

Omoch seni to’ydirgay,
Omboringni to’ldirgay.

Omoch chiqdi — ko’moch keldi.

Omochning o’n borgani —
Molaning bir borgani.

Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.

Paxtadan echki o’tsin,
Jo’xoridan — tuya.

Pishgan qovun palakda yotmas.

Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.

Sada soya berar,
Tol — xoda.

Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.

Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.

Sara urug’ — hosili bo’lug’.

Semiz qo’y o’zini kanorada ko’rar.

Semiz qo’yning umri kalta.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Sigir olsang, sog’ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,

Sigiri bor och qolmas.

Sigirli uyda sil bo’lmas.

Tavsiya etamiz :

Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.

Sinamagan sigirni sog’ish qiyin.

Suv — zar, suvchi — zargar.

Suv keldi — nur keldi.

Suv qatrasi — dur qatrasi.

Suv — g’o’zaning joni,
O’g’it — uning darmoni.

Dehqonchilik chorvachilik maqollar

Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.

Suvning ko’rinishi muloyim,
Bag’ri — tosh.

Suvning ozi ham bir balo,
Ko’pi ham bir balo.

Suvsiz yer — jonsiz jasad.

Sut bermagan sigir etga so’yilar.

Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.

Tarvuz — davo, qovun — sabo.

Terakning soyasi tagiga tushmas.

Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.

Tol eksang, tagini ho’l qil,
Uzum eksang, tagini cho’l qil.

Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.

Toshsiz tog’ bo’lmas,
Ko’chatsiz bog’ bo’lmas.

Tuya tilini karvon bilar.

Tuyali boy — dunyoli boy.

Tuyali yerda tut bo’lmas.

To’qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.

Uypang joyda o’t bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.

Uyqu kasal chaqirar.

Urug’ sepmay, ekin o’rmas.

Urug’ eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.

Uch oylik ko’kcha — boylik.

Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.

Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.

Chumchuqdan qo’rqqan tariq ekmas.

Cho’ponga — suhbat harom.

Cho’ponning tayog’i — otlining oyog’i.

Shaftolidan bog’ qilma,
Echkidan mol qilma.

Shishak so’ydim — pishak so’ydim.

Sho’rali yerda ekin bitmas.

Ega qo’li em bo’lar,
Siypalasa, yem bo’lar.

Ekin ekkan tekin yer.

Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.

Ekkan o’rar, qilgan topar.

Eksang terak, elga kerak.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.

Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o’tin.

Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.

Echki boqqan chorvador bo’lmas,
Shaftoli ekkan — bog’bon.

Echkisi ko’pning so’zi ko’p.

Eshak munchoq toj bo’lmas,
It uzumi tok bo’lmas.

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo’laman desang, hisori.

Yantoqdan yog’ chiqmas,
Jangaldan — bog’.

 

Dehqonchilik va Chorvachilik haqida sara maqollar to‘plami

Arpa yotsa, ombor sol.

Arpaga — o'rim,
Bug'doyga — ko'rim.

Bedov boylovda semirar,
Qo'y-qo'zi — yaylovda.

Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.

Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar terar.

Bog'bon bog'ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.

Bog'bon bo'lsang, sarxar qil,
Dehqon bo'lsang, shudgor qil.

Bog'ni qishda ko'l qil,
Yozda cho'l qil.

Bug'doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo'xori polga.

Bug'doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo'zga ek.

Bo'lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo'qliging.

Dehqon bo'lsang, roshida bo'l,
Cho'pon bo'lsang — qoshida.

Dehqon bo'lsang, shudgor qil,
Mulla bo'lsang, takror qil.

Dehqon bo'lsang, qoshida bo'l,
Sipoh bo'lsang — boshida.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho'pon cho'pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Dehqon — yer sultoni,
Cho'pon — yaylov sultoni.

Dehqon yoqqanda tinar,
Cho'pon — o'lganda.

Dehqon ishlab don sochar
Elga rizq yo'lin ochar.

Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.

Dehqon ekkanini yeydi,
Cho'pon — boqqanini.

Dehqon qorda tinar,
Cho'pon — go'rda.

Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog'liq.

Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho'kizi o'lmasin.

Dehqonning o'zi kasal bo'lsa ham,
Ho'kizi kasal bo'lmasin.

Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.

Dehqonchilik — chilik-chilik,
Bo'lmasa — quruqchilik.

Yer boyligi — el boyligi.

Yer deganing oltin qoziq,
G'ajib yesang, tugamas.

Yer — dehqon xazinasi.

Yer — don, dehqon — xazinabon.

Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog' ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.

Yer ola — yurt ola.

Yer olgan — er,
Yer sotgan — qora yer.

Yer ochganning baxti ochilar.

Yer siylaganni el siylar.

Yer-suv — bitmas kon.

Yer tekis — hosil tekis.

Yer to'ydirar,
O't kuydirar.

Yer to'ymaguncha, el to'ymas.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yer — xamir, o'g'it — xamirturush.

Yer charchasa, hosil bermas.

Yer el bilan obod,
Yel yer bilan obod.

Yer qudrati — dehqon quvvati.

Yerga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.

Yerga mehr — elga mehr.

Yerga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.

Yerga rosh yarashar,
Qizga — qosh.

Yerga sochsang, yer beradi,
Yelga sochsang — el.

Yerga tushgan gul bo'lar,
O'tga tushgan — kul.

Yerga qarasang, bog' bo'lar,
Ko'ngil ochilib, chog' bo'lar.

Yeri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.

Yeri semizning — eli semiz.

Yerini aldagan och qolar.

Yerni boqsang, boqadi.

Boqmay qo'ysang, qoqadi.

Yerni boqsang, elni boqar.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Yerni to'ydirsang, to'ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.

Yomon dehqon — yer qo'rir,
Yomon xotin — er.

Yomon cho'pon tikonga berar,
Yaxshi cho'pon — do'konga.

Javdar joyiga tushsa, bug'doy bo'lar,
Bug'doy joyiga tushmasa, javdar bo'lar.

Jo'xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.

Jo'xori eksang, tagiga ko'za botsin.

Zar bo'lmasa, zargar — xarob,
Yer bo'lmasa, dehqon — xarob.

Kariz suvi — jon suvi.

Katta xirmon qizil bo'lsa, chori chiqmas.

Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.

Kosibning qo'lidan dehqonning oyog'i halol.

Kurkurak ko'rmay, tok ochma.

Ovchining zo'ri sher otar,
Dehqonning zo'ri yer ochar.

Omoch seni to'ydirgay,
Omboringni to'ldirgay.

Omoch chiqdi — ko'moch keldi.

Omochning o'n borgani —
Molaning bir borgani.

Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.

Paxtadan echki o'tsin,
Jo'xoridan — tuya.

Pishgan qovun palakda yotmas.

Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.

Sada soya berar,
Tol — xoda.

Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.

Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.

Sara urug' — hosili bo'lug'.

Semiz qo'y o'zini kanorada ko'rar.

Semiz qo'yning umri kalta.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Sigir olsang, sog'ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,

Sigiri bor och qolmas.

Sigirli uyda sil bo'lmas.

Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.

Sinamagan sigirni sog'ish qiyin.

Suv — zar, suvchi — zargar.

Suv keldi — nur keldi.

Suv qatrasi — dur qatrasi.

Suv — g'o'zaning joni,
O'g'it — uning darmoni.

Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.

Suvning ko'rinishi muloyim,
Bag'ri — tosh.

Suvning ozi ham bir balo,
Ko'pi ham bir balo.

Suvsiz yer — jonsiz jasad.

Sut bermagan sigir etga so'yilar.

Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.

Tarvuz — davo, qovun — sabo.

Terakning soyasi tagiga tushmas.

Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.

Tol eksang, tagini ho'l qil,
Uzum eksang, tagini cho'l qil.

Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.

Toshsiz tog' bo'lmas,
Ko'chatsiz bog' bo'lmas.

Tuya tilini karvon bilar.

Tuyali boy — dunyoli boy.

Tuyali yerda tut bo'lmas.

To'qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.

Uypang joyda o't bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.

Uyqu kasal chaqirar.

Urug' sepmay, ekin o'rmas.

Urug' eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.

Uch oylik ko'kcha — boylik.

Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.

Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.

Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas.

Cho'ponga — suhbat harom.

Cho'ponning tayog'i — otlining oyog'i.

Shaftolidan bog' qilma,
Echkidan mol qilma.

Shishak so'ydim — pishak so'ydim.

Sho'rali yerda ekin bitmas.

Ega qo'li em bo'lar,
Siypalasa, yem bo'lar.

Ekin ekkan tekin yer.

Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.

Ekkan o'rar, qilgan topar.

Eksang terak, elga kerak.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.

Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o'tin.

Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.

Echki boqqan chorvador bo'lmas,
Shaftoli ekkan — bog'bon.

Echkisi ko'pning so'zi ko'p.

Eshak munchoq toj bo'lmas,
It uzumi tok bo'lmas.

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo'laman desang, hisori.

Yantoqdan yog' chiqmas,
Jangaldan — bog'.

Yaxshi go'sht — yaxshi sho'rva,
Yaxshi sut — yaxshi qaymoq.

O'rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar.

Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil.

Qalpog'ingni qaytoqi qilguncha,
Qo'ylaringni bo'rdoqi qil.

Qarovsiz bog' bo'lmas,
Qorsiz — tog'.

Qirq kun yoqqan yog'indan,
Yelib o'tgan suv yaxshi.

Qovun ekkan qovoq olmas.

Qor yerning — ko'rpasi,
Yomg'ir — yerning sho'rvasi.

Quruq yog'och yonar, so'nar,
Ho'l yog'ochdan hosil unar.

Qo'zining sarasi uzoqdan bilinar.

Qo'zichoqdan qo'y bo'lar,
Qulunchadan — toy.

Qo'y kerak bo'lsa, sunbulada qirq,
Jun kerak bo'lsa — mezonda.

Qo'y semizi — qo'ychidan.

Qo'y semirsa, qovurg'asi kichrayar.

Qo'y tug'ar, qo'zi bo'lar,
Yil o'tmay o'zi bo'lar.

Qo'y qassob qo'lida halol.

Qo'yni boqsang, qo'zilar,
Molni boqsang, buzoqlar.

Qo'yni o't ichidan o'tkazma,
O'tni qo'y ichidan o'tkaz.

Qo'yni qo'y, Echkini so'y.

Qo'sh haydagan xo'p bilar,
O'z ishini ko'p bilar.

Hosiling kam bo'lsa,
havodan ko'rma.

Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.