Press "Enter" to skip to content

Kiyimlar o g il bolalar uchun

To’g’ri tanlangan oyoq kiyim nafaqat yurish uchun qulay, balki, bolaning kayfiyatiga, hamda oyoq yoyi rivojlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bundan tashaqari yurish xolati balansi, suyak va muskullarning to’g’ri rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar uchun oyoq kiyim tanlashda uning tag qismiga alohida e’tibor qarating. Chunki noqulay oyoq kiyim tagligi – yassi oyoq yoki skolioz kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari qattiq va qo’pol materialli oyoq kiyimlar – oyoqda qavariq (мозоль), yoriq, toshmalar, zambrug’li kasalliklar va boshqa teri kasalliklarini keltirishi mumkin.

Bolalar uchun oyoq kiyim qanday tanlanadi

To’g’ri tanlangan oyoq kiyim nafaqat yurish uchun qulay, balki, bolaning kayfiyatiga, hamda oyoq yoyi rivojlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bundan tashaqari yurish xolati balansi, suyak va muskullarning to’g’ri rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar uchun oyoq kiyim tanlashda uning tag qismiga alohida e’tibor qarating. Chunki noqulay oyoq kiyim tagligi – yassi oyoq yoki skolioz kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari qattiq va qo’pol materialli oyoq kiyimlar – oyoqda qavariq (мозоль), yoriq, toshmalar, zambrug’li kasalliklar va boshqa teri kasalliklarini keltirishi mumkin.

Bolalar oyoq kiyimlarini Turkiyadan uyingizga yetkazib beramiz. Buning uchun shunchaki pastdagi formani to’ldiring. Oyoq kiyim ssilkasini ko’chirib olib, pastdagi formaga joylang va telefon raqamingizni qoldiring.

  • Tanlov mezonlari
  • Bolalar uchun oyoq kiyim o’lchamini qanday tanlash kerak
  • Oyoq kiyimni kiyib ko’rib olish
  • Bahor va kuz mavsumidagi oyoq kiyimlarning hususiyatlari
  • Qishki oyoq kiyimlarning hususiyatlari

Shuning uchun ham bolalar uchun oyoq kiyim tanlaganda nafaqat chiroyiga, balki narxi va tajribadan qanchalik o’tganligiga, bundan tashqari, oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi firmaning sifat darajasi va xosligiga e’tibor qarating. Masalan adidas firmasidan klassik kiyimlar bilan kiyish uchun tuflilar topish mushkul. Adidas asosan sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Bugungi kunda bozordan turli brendlardagi oyoq kiyimlarni, arzonidan tortib maxsus bolalar oyoq kiyimlarigacha topish mumkin.

Tanlov mezonlari

Ergonomika. Bolalar oyog’ining o’ziga xos xususiyati –panjalarning kengligi va tovonlarning torligi. Agar oyoq kiyim oyog’ini siqsa, noto’g’ri qon aylanishi sodir bo’ladi. Bolaning barmoqlarini erkin harakatlantirishi uchun oyoq kiyimning oldingi qismi keng bo’lishi juda muhimdir. Bolalar uchun oyoq kiyim tanlaganda, bog’ich va qisqichlar orqali oyoq kiyimni bo’sh yoki siqib moslashtirish mumkinligini unutmaslik kerak.

Material. Bolalar oyoq kiyimi termoregulyatsiya xususiyatiga ega tabiiy nafas oladigan materiallardan tayyorlanishi kerak. Yozgi mavsumdagi poyafzal uchun u tabiiy, mikro-teshilgan yoki eko-charm, zamsh, nubuk, paxta, zig’ir va boshqa to’qimachilik materiallari bo’lishi mumkin. Qish uchun tabiiy qo’y terisi, jun, namat, polyester, holofiber yaxshi. To’qimalar yumshoq va elastik bo’lishi kerak, shunda oyoq erkin egilib, har qanday turdagi faoliyat davomida harakatchan bo’ladi.

Taglik. Oyoq kiyim ostki qismi egiluvchan, elastik va zarba yutuvchi bo’lishi, shuningdek, tovondan oyoqqa qulay o’tishni ta’minlaydigan xususiyatlariga ega bo’lishi kerak. Oyoq kiyimni qo’lingizga olib, 5-10 darajada bukib ko’ring. Taglik “qayiqcha” shaklini hosil qilishi kerak. Qishki oyoq kiyimlar sirpanishga qarshi qoplamaga ega bo’lishi muhim – bu bolani yiqilib jarohat olishidan himoya qiladi.

Tovon qismi. Tovonni mahkam ushlab turadigan darajada mustahkam bo‘lishi kerak, bola tovonini bukkanida oyoqning burilishiga va chayqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Supinator oyoq panjasi yoyining to’g’ri rivojlanishiga yordam beradi. Bu esa yassi oyoq kasalligini oldini olishda juda muhim. Oyoq kiyimning ichki qismini ushlab ko’ring – taglikda ortopedik bo’rtgan joy bo’lishi kerak. O’z navbatida u yurganda noqulaylik yaratishi kerak emas. 3 yoshgacha bo’lgan bolalar supinatorli oyoq kiyim kiyishlari shart emas. Bolalar oyoq kiyimidagi amortizatsiya tashqi yuklamalardan himoya qiladi.

Poshna. Bu element ko’pincha qizlar uchun poyafzal tanlashga to’sqinlik qiladi. Qizlar onalaridek katta ko’rinishni orzu qiladilar va ota-onalaridan baland poshnali tufli va etiklarni so’rashadi. Uning ko’rsatmasi bo’yicha sotib olish xato. Yosh qizlar uchun baland poshna kelajakda egri oyoqlar, varikoz, egri qomad, son suyaklarining siqilishi, umurtqa pog’onasining egri rivojlanishi kabi tahdidga soladi. Tovon to’liq shakllanmaguniga qadar bolalar uchun oyoq kiyim poshnasi 3-4 santimetrdan oshmasligi kerak.

Katta bolaning oyoq kiyimini kichkinasiga bermang. Yurganda tovon va oyoqning shakliga mos ravishda oyoq kiyim tagligi yediriladi. Yedirilgan oyoq kiyimni kiyganda esa oyoq tuzilishining fiziologiyasini buzishi mumkin.

Bolalar uchun oyoq kiyim o’lchamini qanday tanlash kerak

Bolalar tez o’skanligi uchun ham oyoq kiyimni tez-tez sotib olish kerak. Bolalarda 3 yoshgacha oyoq yiliga o’rtacha 2-3 o’lchamga oshadi. Keyinchalik, bolaning individual rivojlanishiga qarab – 1-2 o’lchamga oshadi. 3 yoshgacha oyoqni har 3-4 oyda bir o’lchash kerak.

Agar huddi hozirgi o’lchamdagidek oyoq kiyim sotib olsangiz, tez orada bola o’sib, oyoq kiyim barmoqlarini siqadi. Agar kattaroq oyoq kiyim tanlasangiz, u yuqori sifatli bo’lsa ham bola o’zini og’ir va noqulay his qiladi. Bundan tashqari oyoq poyafzal ichida liqillab qoladi, sirpanadi. O’z navbatida bu ham oyoq shilinishiga olib kelishi mumkin. Bolalar uchun to’g’ri oyoq kiyim o’lchamini tanlashda siz umumiy qoidani esdan chiqarmang: oyoq o’sishini hisobga olib kattaroq o’lchamli oyoq kiyim olsangiz, u oyoq panjasi uzunligida 1,5 santimetr katta bo’lsin. Undan uzuni noqulay hisoblanadi. Qishki oyoq kiyimlar uchun esa, qalin paypoqni hisobga olib – a + 0,5 santimetr. Bolaning oyoq o’lchamini aniq bilish uchun oyoqni bosh barmog’idan tovonigacha ip bilan o’lchash mumkin. Ipni chizg’ichga (lineykaga) ulang va uzunligini santimetrda o’lchang. Quyidagi jadval sizga aniq o’lchamni aniqlashga yordam beradi.

Oyoq kiyim o’lchami Oyoq kiyim o’lchami ko’rsatkichi Oyoq panjasi uzunligi Bolaning yoshi
19 13 115 1-3 yosh
20 13.5 125 1-3 yosh
21 14.5 130 1-3 yosh
22 15 135 1-3 yosh
23 15.5 145 3-5 yosh
24 16 150 3-5 yosh
25 17 155 3-5 yosh
26 17.5 165 3-5 yosh
27 18 170 5-7 yosh
28 18.5 175 5-7 yosh
29 19 185 5-7 yosh
30 20 190 5-7 yosh
31 20.5 195 5-7 yosh
32 21 205 7-16 yosh
33 21.5 210 7-16 yosh
34 22.5 215 7-16 yosh
35 23 225 7-16 yosh
36 23.5 230 7-16 yosh
37 24 235 7-16 yosh

Oyoq kiyimni kiyib ko’rib olish

Kunning ikkinchi yarmida, bolaning oyoq hajmi yuklama tufayli bir oz kattalashganda do’konga boring. Oyoq kiyimning ikkala poyini ham kiydirib ko’ring (oyoqlari notekis o’sishi, ya’ni navbatma-navbat rivojlanishi ham mumkin). Farzandingizdan yurib ko’rishini so’rang. Bola o’zini qulay his etayotganiga ishonch hosil qiling, shuningdek, yurishi o’zgarganiga diqqat bilan e’tibor bering (sakrashga o’xshash notekis harakatlar, egilish, keskinlik).

Agar sizda bolaning oyoq izi bo’lsa, u holda, oyoq kiyimni kiydirib ko’rmasdan ham sotib olishingiz mumkin. Qalin karton ustiga bolani tekis turgazib, oyoq o’lchamini bostirib chizing va uni kesib oling. Sotib olishdan oldin yuqorida aytilgan umumiy qoida haqida unutmang.

Bahor va kuz mavsumidagi oyoq kiyimlarning hususiyatlari

Bahor va kuz uchun bolalar tabiiy materiallardan tayyorlangan yengil botinkalar, shuningdek, nafas olish va issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlariga ega oyoq kiyimlar to’g’ri keladi. Yomg’irda bolaning oyoqlari quruq bo’lishi kerak, shuning uchun nam ob-havo uchun eng yaxshi tanlov – namlik va suv o’tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo’lgan matolardan yasalgan poyafzaldir. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion materiallar bunday oyoq kiyimlarni nafas olish xususiyatlarini yo’qotmasdan ishlab chiqarish imkonini beradi. Quruq va issiq havoda bolalar sport oyoq kiyimlar va zamsh etiklar kiyib ko’chaga chiqishlari mumkin.

Qishki oyoq kiyimlarning hususiyatlari

Sovuq mavsumda bola yungli botinkalar, issiq saqlab turadigan etiklar yoki yarim etiklar kiyishi kerak. Optimal tanlov – tabiiy mo’ynali poyabzal, shuningdek, sintepon-holofiber tolalardan tikilgan oyoq kiyimlardir. Oyoq kiyim tagligi egiluvchan va sirpanishga qarshi qoplamaga ega bo’lishi kerak.

Kiyimlar o’g’il bolalar uchun

Bolani iloji boricha chiroyliroq, zamonaviyroq va yaxshiroq kiyintirishni xohlaysiz, biroq buning uchun kuch, vaqt va mablag‘ingiz yetarlimi? Agar Allso.uz saytining imkoniyatlaridan foydalansangiz albatta javobingiz ijobiy bo‘ladi.

Yuqori sifati, qulayligi va dolzarb modellari bilan ajralib turuvchi bolalar uchun kiyimlarning keng assortimenti e’tiboringizga taqdim etilgan. Sayt mahsulotlari nafaqat sifat mezonlari bo‘yicha, balki amaliylik va hattoki zamonaviy trendlar nuqtayi nazaridan tanlangan!

Eng zarur narsalar – ko‘ylaklar, sorochkalar, sviterlar, maykalar, futbolkalar, shimlar, kostyumlar va umuman, siz o‘zingizning kichkina shahzodangizning ustida ko‘rishni xohlagan barcha narsalar aynan shu yerda.

Saytdan foydalanish xaridlarni amalga oshirishingizni bir necha baravar yengillashtiradi. Birinchi navbatda siz shoping vaqtini bir necha karra qisqartirasiz, bundan buyon bolangizni kim bilan qoldirish haqida o‘ylab o‘tirmaysiz, asosiysi esa – endi uni do‘konlarni uzoq vaqt aylanish uchun o‘zingiz bilan olib yurishingiz shart emas.

Biz maqbul narx siyosatini yuritishimizni ham ta’kidlab o‘tish joiz! Allso.uz da hammasi arzonroq! Arzon va sifatli kiyim – bu haqiqiy topilma!

Siz ham biz bilanmisiz? Demak, sizda bizning yangilanishlarimizni tekshirish uchun bir-ikki daqiqa topiladi. Saytga kiring va savatni to‘ldiring. Rang, o‘lcham, model va har bir ona uchun muhim bo‘lgan jihatlarni tanlang va uyda yoki ishda o‘tirib, tugmani bir necha marta bosish orqali buyurtmani rasmiylashtirishga shoshiling.

Sizning qulayligingizni ta’minlash maqsadida saytimizda yetkazib berish xizmati faoliyat yuritib, u O‘zbekiston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida, shu jumladan Toshkentda ham ishlaydi.

Tanlang, buyurtma qiling, yangi kiyimlarni qabul qiling va shopingdan zaqlaning.

Allso.uz – bu to‘g‘ri shoping!

Mahsulotlar

Bolalar kiyimi O’zbekiston bo’yicha

Bolalar kiyimi O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar

Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Bolalar kiyimi kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Bolalar kiyimi kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.

Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi Bolalar kiyimi uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.

Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi Bolalar kiyimi kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha Bolalar kiyimi seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.

Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha Bolalar kiyimi kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!

Boshqa kategoriyalar

  • Gazli qozonxonalar
  • O’zi buralgichlar
  • Kabel qayiqlari
  • Svetodiodli panellar
  • Shpatlyovka
  • Bukilgan quvur o’tkazgichlar
  • Atirlar
  • Akustika tizimlari
  • Tana uchun kremlar
  • Suv emulsiyali bo’yoqlar
  • Konditsionerlar
  • To’liq komplektdagi kompyuterlar
  • Profil quvurlari
  • Noto’qima oboylar
  • Jalyuzalar
  • Ko’p funksiyali qurilmalar
  • Uzluksiz quvvat manbalari
  • Dizelli generatorlar
  • Sayding
  • Muftalar