Diniy kitoblar android
Аҳмад Лутфий Қозончи
Diniy kitoblar android
Ижтимоий тармоқлар орқали киринг
Ёки рўйхатдан ўтган парол ёки логинингиз билан киринг
Toggle navigation Кутубхона
Китобларни тартиблаш: Кўп кўрилган китоблар Янги китоблар
Ислом тарихи
Алихонтўра Соғуний
Имом Шаъроний
Аҳмад Лутфий Қозончи
Аҳмад Лутфий Қозончи
Сумайро Мурод
Муҳаммад Хузарий
Абдулазиз Шанавий
Раҳматуллоҳ қори Обидов
Абдулҳамид Таҳмоз
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Хилватий Мулла Йўлдош Тўрабой ўғли
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Шайх Абдулазиз Мансур
Абдул Азим Зиёуддин
Аҳмад Лутфий Қозончи
Аҳмад Лутфий Қозончи
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Ризоуддин ибн Фахриддин
Аҳмад Лутфий Қозончи
Абдуссалом Ашрий
ИСЛОМ.УЗ ПОРТАЛИНИНГ САЙТЛАРИ
muslimaat.uz
info.islom.uz
quran.islom.uz
savollar.
islom.uz
islom.uz © 2003-2023
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба к ў рсатилиши шарт.
Diniy kitoblar android
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Diniy kitoblar android
“Bizga sajda yarashadi” asari muallifi Ahmad Gunbay Yildiz bo’lib, uning jida ko’p mashxur asarlari mavjud. Ushbu asar shular jumlasidandir. Asarni o’qir ekansiz kitob bir nechta hikoyalardan tashkil topgan. Kitobda nasroniy qizi Maryamning islom dinini qabul qilishi haqida, “Iblis o’z burchidan tondimi?”, O’lim hayotning boshlanishi, kabi hikoyalar mavjud. Asarni albatta o’qib chiqishni tavsiya qilamiz. Turk tilidan ushbu asarni maxorat bilan o’zbek tiliga Ozoda Ahmedova, Shohsanam Ochilovalar tarjima qilishgan.
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
Sohilsiz dengiz
“Sohilsiz Dengiz” kitobi Ahmad Muhammad Tursun qalamiga mansub bo’lib, bu kitob ulug’ ajdodimiz xadislar olami sultoni bo’lgan Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy bobomizning xayot yo’llarini hikoya qilib beradi. Buxoriyning qadam yoʻllarini tasvirlagan muallifning ishlayotgan usullariyu, mukammal idroki huddi sizni oʻsha olam ichra qushdek parvoz qildiradi. Bu asarning juda tasirli joyi har bir tolibi ilmning qanday bilim olish, unga erishish, hayotda qanday yashash kerakligi buyuk ulamolarimiz va shayxlarimiz tilidan aytilgan. Bundan bir parcha: Tolibi ilm uchun 4ta» коф» kerak. Kissai padar- ota kissasi Kosai modar- ona kosasi
Kashishi ustoz- ustoz eʼtibori Koʻshishi shogird- shogird harakati.Ma`naviy Masnaviy (To’plam)
” Ma`naviy Masnaviy” (To’plam) asari Jaloliddin Rumiyning shoh asarlaridan biri hissoblanib, bu asarda sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jilddan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qur’onning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdi
Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
”Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish” kitobi Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimi va doktori hissoblangan Ehson Shenojakning mazkur mavzudagi uzoq yillik izlanishlari mevasi boʼlib, kitobda “Islom iqtisodiyoti” mavzusi sodda holda, aniq dalillar asosida tushuntirib berilgan.
Jangchi
“Jangchi” qissasi o’z motivi bilan o’zbek adabiyotida yangi yo’nalishni ochdi. Payg’ambarlar – xalqning najotkorlari haqidagi timsollar zamonaviy adabiyotimizda deyarli uchramaydi.
Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi
Shukronalik- inson ziynati. Bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va faravon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayru barakani yanada ziyoda qiladi. Ushbu kitob sizga ayni yaratganning bergan ne’matlariga shukrona keltirishni o‘rgatadi. Shukrona keltirib, qalblari nurga to‘lgan ayollarning hikoyalarini Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan «Tafsiri Hilol»ning qisqartirilgan, maxsus nashri bo‘lib, unda faqat oyatlarning asli hamda ma’nolarning o‘zbekcha tarjimasi berilgan. Bu esa Qur’oni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi. «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi»ning muqaddimasidan uning ushbu nashrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida keng ma’lumot olishingiz mumkin. eshitib, ko‘zingizdan yosh chiqadi, ich-ichdan to‘lqinlanasiz, tilingizdan shukronalik tushmay qoladi. Eng muhimi, sizga tanish bo‘lgan psixolog, “Azizam” psixologik klubi rahbari Azizaxon Tashxodjayeva bilan qalban yaqinlikni his etasiz, uni xuddi oldingizda turgandek his etasiz. Kitob sizni shukronalikka o‘rgatar ekan, qalbingiz quvonchga, hayotingiz faravonlikka yuz tutadi.
Qarz va unga bog’liq masalalar
Bandalarini qarzi hasan berishga undagan Alloh taologa U Zotning jaloliga va jamoliga munosib hamdu sanolar bo‘lsin! Qarz muomalasini go‘zal ravishda olib borishni o‘rgatgan zot, Alloh taoloning oxirgi nabiysi Muhammad Mustafoga salavot va salomlar bo‘lsin! Qarz masalasi azal-azaldan, doimiy ravishda kishilarning boshini qotirib kelayotgani masalalardan biri ekanligi hech birimizga sir emas. Bu masalada musulmon kishi o‘zini qanday tutishi lozimligi xususidagi hukmlarni keragicha o‘rganish har bir musulmon uchun juda ham zarurdir. Zotan, inson kim bo‘lishidan qat’i nazar, hayoti davomida qarz muomalasiga duch kelishi turgan gap: kimdir qarz oladi, kimdir qarz beradi. Qarz olgan ham, qarz bergan ham, qarzga guvoh bo‘lgan ham bu ish bo‘yicha mavjud shar’iy ta’limotlarni, qarzning shariatdagi hukmlarini bilishi lozim. Qarz masalasi turli sabablarga ko‘ra bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qoldi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Avvalgi tuzum davrida kishilarning iqtisodiy faoliyati qat’iy chegaralangan, xususiy mulkchilik deyarli man qilingan edi. Shu sababli qarz masalasi ham chegaralangan, odamlar bu muammoga hozirgichalik duch kelishmasdi. Yangi sharoitda ko‘pchilikda oson yo‘l bilan tezroq va ko‘proq boylik orttirish istagi avj oldi. Ularning xayoli bu maqsadga erishishning eng oson yo‘li qarz olib, tijorat qilish yoki biror tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, degan fikr bilan band bo‘ldi. Odamlar «Falon miqdorda qarz olib, uni bir marta «aylantirsam», buncha foyda ko‘raman, ikki marta «aylantirsam», mana buncha bo‘ladi», qabilidagi hisob-kitoblarni qilishga tushdilar. Har kim qilmoqchi bo‘lgan ishini yaxshi biladimi-yo‘qmi, o‘ziga, hozirgi sharoitga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, baribir, natijasi albatta zo‘r bo‘ladi, degan xayol bilan harakat boshladi. Ko‘proq «Falonchi-pistonchilar buncha qarz olib, chetdan mol olib kelib sotgan ekan, buncha foyda ko‘ribdi, men ham shunday qilmoqchiman», qabilida ish ko‘rish avj oldi. Falonchining ota-bobosi bu ishning ustalari bo‘lgani, u mazkur ishni ulardan o‘rganib o‘zlashtirib olgani haqida o‘ylash ularning xayoliga ham kirib-chiqmasdi. Chuqur o‘ylamay, shoshilib qilingan ana shunday ishlar oqibatida «tadbirkorlar» orasida ishni eplay olmay, qarzga botib qolish hollari asta-sekin ko‘paya bordi. Kishilar o‘rtasida bu borada kelishmovchiliklar, tortishuvlar, urush-janjallar paydo bo‘la boshladi. Qarz berganlar bergan qarzlarini qaytarib olish qiyin bo‘layotganidan, qarz olganlar esa «hisoblagich aylanib» turganidan tinmay shikoyat qilishardi. Bora-bora qarz olganidan tonayotganlar va qarzni qaytarib olish uchun odatdan tashqari chora-tadbirlar ko‘rayotganlar haqida gaplar urchiy boshladi. Odatdagidek, qilar ishni qilib qo‘yganidan, ko‘za sinib, suv to‘kilganidan keyin mullalarga murojaat qilish ham boshlanib ketdi. Qarz olib, qarz berayotganlarida shariat ham, ahli ilm ham yodiga kelmagan kishilar boshlariga ish tushganidan keyin muammoni hal qilish uchun shariatning hukmini, ahli ilmning aralashuvini istab qolishardi. Bu holat domlalarni ham qarz va unga bog‘liq masalalar bo‘yicha kitob titishga, so‘rab-surishtirishga majburladi. Avval bu kabi masalalar kam bo‘lganidan ulamolar ham ular haqida chuqur tahlil qilingan javoblarni tayyor holda topish ishida bir muncha qiynalishlari turgan gap edi. Eng qiyini, shariat ta’limotlariga amal qilmasdan olib borilgan moliyaviy muomalalarda paydo bo‘lgan muammolarni shariat hukmi bo‘yicha hal qilish kerak bo‘lardi. Mazkur masalalarning deyarli barchasida «Agar avvaldan so‘rab, shariat bo‘yicha ish tutganingizda, bu holga tushilmasdi», degan gaplar bo‘lar edi. Misol uchun, ikki tarafning gapi bir-biriga to‘g‘ri kelmay qolganda, «Orangizda bo‘lgan qarz muomalasini yozib qo‘yganmisizlar?» deb so‘ralsa, ikkisi ham «Yo‘q», degan javobni berardi. «Guvohlar bormi?» degan savolga ham xuddi shu javob olinardi. Qarz borasidagi mashmashalar hozirgi kunimizda ham davom etmoqda. Eng yomoni, qarz berish imkoni bor kishilar bo‘lib o‘tgan hodisalardan keyin birovga qarz berishga botina olmay qolishdi. Qarzdorlarning ba’zilari qarzni to‘lashga harakat qilish o‘rniga turli-tuman hiylalarni ishga solishga o‘tdilar. Qolganlari esa qarzni qanday uzish haqida o‘ylab, xayollari parishon bo‘lib yurishibdi. Qabulimga kiradigan kishilarimizning ma’lum qismi qarzdorlar bo‘lib, ular mendan qarzni uzish uchun nima qilish va o‘zlarini qanday tutish kerakligi borasida maslahat, bu boradagi duolarni so‘raydilar. Shuningdek, jamiyat miqyosida ham qarz muammosi haqida, qarz berib, qaytarib ololmay yurganlarning fig‘onlari, qarzni bermay yurganlarning firiblari borasidagi va shunga o‘xshash turli-tuman gaplar hali-hanuz ozaygani yo‘q. Mazkur muammolar va ularga bog‘liq holatlar bo‘yicha kerakli shar’iy ma’lumotlarni alohida risola shaklida taqdim qilish haqida kamina xodimingiz anchadan buyon o‘ylab, reja qilib yurar edi. Alloh taoloning irodasi ila shu kunlarda mazkur rejani amalga oshirish fursati kelganday bo‘lib qoldi. Haq subhanahu va taolodan yordam so‘ragan holda bu ishni amalga oshirishga qo‘l urdik. Alloh taoloning O‘zi bu ishda bizga yordamchi bo‘lsin!
Keksalarni e’zozlash
O‘zining abadiy dasturi bo‘lmish Qur’oni Karimda bandalarini keksalarni qadrlashga amr qilgan Alloh subhanahu va taologa jaloli va jamoliga mos hamdu sanolar bo‘lsin!
Keksalarni e’zozlashni sunnatlarida joriy qilgan va bu ishda barchaga o‘rnak bo‘lgan oxirzamon Payg‘ambari Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavot va salomlar bo‘lsin!
Keksalarni va o‘zidan kattalarni ehtirom qilish o‘z qadr-qiymatini bilgan har bir jamiyatning eng ahamiyatli qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Bu qadriyatlar ularga amal qilgan jamiyatlarda o‘ziga munosib oliymaqom joy oladi. Mazkur jamiyatlarda har bir inson keksalarni e’zozlash bo‘yicha o‘zining mas’uliyatini yaxshi biladi va bajaradi. Ana shunda har bir ish va shaxs o‘z o‘rnini topadi.
Qadimda bobo va momolarimiz dinimiz ta’limotlariga amal qilish jarayonida bu boradagi ko‘rsatmalarni ham go‘zal tarzda amalga oshirganlar va barchaga o‘rnak bo‘lganlar.
Musulmonlar orasida keksalar doimo qadrlanib kelgan, chunki Islom shariatida bu ishga alohida ahamiyat beriladi. Zotan, qarilik inson hayotining ojizlik va zaiflik bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun yosh, baquvvat chog‘ida jamiyatga xizmat qilgan kishilarga qarigan chog‘larida yaxshilik qilish ularning yaxshiligini yaxshilik bilan qaytarish sirasidagi ishlar qatoriga kiradi. Islom shariatida har bir qariyaga o‘ziga yarasha imtiyoz be-rilgan. Ularning har biri jamiyatda e’zozlanish va ehtirom qilinish haqqiga egadir. Mazkur holatlarning barchasi musulmon-lar yashaydigan jamiyatda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Biz, bugungi kun musulmonlari ham mazkur bobo va momolarimizga munosib bo‘lishimiz, barcha go‘zal odoblarimizga amal qilib, keksalarni e’zozlash, ularga izzat-ikrom ko‘rsatish ishlarini qoyilmaqom tarzda yo‘lga qo‘yib borishimiz lozimdir.
Kattalarni ulug‘lash, e’zozlash, avaylash barcha payg‘ambar alayhissalomlarning sunnati va musulmon jamiyatlarining aso-siy belgilaridan biridir. Hozirgi kunda insonparvarlik borasidagi dinimiz ta’limotlarini o‘rganib, ularga amal qilishni yo‘lga qo‘yib borish jarayonida keksalarni e’zozlashdek buyuk insoniy fazilatni yaxshilab yo‘lga qo‘yib borish hammamiz uchun nihoyatda foydali bo‘ladi.
Keksalarga ko‘rsatiladigan hurmat va e’zoz musulmonlar ja-miyatida shariat ta’limoti asosida amalga oshiriladi. Ya’ni bu borada Qur’oni Karim oyatlaridan, Nabiy alayhissalomning hadislaridan, ulamolarning ijmo’laridan va ulug‘larning amal-laridan dalillar, hujjatlar bordir.
Quyidagi satrlarda keksalarni e’zozlash borasida kelgan oyat, hadis va shar’iy ta’limotlarni qo‘ldan kelganicha o‘rganib chiqishga ojizona harakat qilamiz. Alloh taoloning O‘zi bu ishi-mizning oson va manfaatli bo‘lishini nasib etsin!