Duo kuchi (ta`sirli voqea)
1989 yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
Onasi haqida insho yozgan bola judayam tasirli (oxirigacha o’qing).
Badavlat kishi kibr ila etikdo’z bolaga:
– Poyafzalimni tozala, – deb buyurdi.
Bolakay: – Hop bo’ladi, janob, – dedi.
Kishi: – Tezroq bo’l, tezroq! – dedi jirkib-xo’mrayib.
Bolakay: – Qayerga shoshayapsiz, janob? – dedi.
Kishi mensimay: – Sen bir hashorat pashsha bo’lsang, nima ishing bor qayerga shoshyapganim bilan, – dedi, aftini buzmaytirib.
Bolakay: – Janob men pashsha emasman, men ham Ollohning yaratgan bir bandasiman – dedi, ma’yuslik bilan. Kishi: – Yaramas bola ekansanku, hoziroq jim bo’lmasang, shapaloq tushiraman! – dedi, asabi buzilib.
Bolakay asta xo’p bo’ladi, janob! Lekin sizga bir savolim bor edi. – dedi.
Kishi: – Tezroq so’ra, shoshib turibman! – dedi, qoshini chimirib.
Bolakay: – Men bilan teng bolalaringiz yo’qmi? – dedi, sekin boqib.
Kishi: – Sen bilan borabar farzandim bor edi, lekin bir necha yil ilgari uni yo’qotib qo’yganman. – dedi, o’yga tolib.
Bolakay: – Uni yaxshi ko’rarmidingiz? – dedi.
Kishi: – Qalbimdagi eski yaralarimni tirnama. – dedi, mahzun bo’lib.
Bolakay ikkinchi marta: – Yo’qolgan bolangizni yaxshi ko’rarmidingiz?! – deya so’radi.
Kishi: – Senga nima?! – dedi, ensasi qotib.
Bolakay uchinchi bor so’radi: – Yo’qolgan bolangizni yaxshi ko’rarmidingiz?! – dedi.
Kishi: – Qanidi uni uchratsam, – dedi.
Bolakay: – Men sizning bolangizman, – dedi.
Kishi: – Bolalarim sen kabi isqirt hayot kechirmaydilar, – dedi, istehzoli kulib.
Bolakay: – Alloh nomiga qasam ichaman! Men sizning bolangizman! – dedi, yolvorib.
Kishi bolakayni oyog’i bilan tepib-itarib yuborib: – Boshqa bu gapingi takrorlama. – dedi, o’shqirib.
Bolakay ko’zlari jiqqa yosh bo’lib: – Siz dadamsiz. axir, dadam, – dedi.
Kishi: – Bu gapni qaerdan olding, ahmoq bola? – dedi, jahli chiqib.
Bolakay: – Bir yil oldin onam vafot etdi. O’limidan oldin meni mana shu uyning oldiga olib kelib, «shu erda dadang yashaydi» dedi. Men har kuni tongda kelib sizni uydan chiqishingizni kutib turar, chiqsangiz oyoq kiyimingizni tozalab qo’yib, sizga yaxshilik qilmoqchi bo’lish ilinjida bo’laman, – dedi, yig’lab.
Kishi: – Onang kim? – dedi, hayratlanib, mayn ovozda.
Bolakay: – Menga homilador bo’lganini eshitib, yarim kechasi ko’chaga quvganingiz o’sha ayol mening onam edi, bechora onam, jannatim – onam! – dedi, ko’zlaridan ko’zyoshlarini tinmay oqizib.
Kishi: – Nimaaa? – dedi, ajablanib.
Bolakay: – Otajon elkangizda chandiq izi bor, – dedi, ishonishiga umid qilib
Kishi: – Sen. Se-e-en. – dedi – yu, tiz cho’kib qoldi.
Bolakay: – Ismim nima bilasizmi? – dedi.
Kishi: – Isming nima, bo. o. o..lam?! – dedi.
Bolakay: – Ismim, sizning ismingiz, dada! – dedi.
Kishi: – Nima uchun, mening ismim senga qo’yildi? – dedi, ta’ajjublanib.
Bolakay: – Onam odamlar meni sizning ismingiz bilan chaqirishlari va kun kelib sizga yo’liqishimni juda umid qilgandi, – dedi, boshini egib.
Kishi: – Onang qaerda? – dedi, savolga tutib.
Bolakay: – Onam vafot etgan. U menga «otangni qidirib top, unga yaxshilik qil! Xizmatini qil, shoyad shu sabab jannatga kirsang» deb vasiyat qilgan, – dedi, iltijo qarash qilib.
Kishi chidab turolmay hammani oldida yig’lab yubordi. Ko’z yoshlari yuzini yuvdi.
Bolakayni mahkam quchdi va: – Bolajonim seni qanchalar sog’inganimni bilsayding. – dedi.
Bolakay: – Onamni hech ham sog’indingizmi?! – dedi.
Kishi jim bo’lib qoldi, hatto yuzi qizarib ketti.
Bolakay: – Nimaga jimsiz, dada? Onam menga aytgan edilar, ikkinchi xotiningiz onamni taloq qilishingizni va shu paytgacha biron marta ko’rmagan farzandingizdan voz kechishingizni shart qilgan ekan, shuning uchun bizdan kechdingizmi? Onam qanchalar qiynalganini bilganingizda edi. shunda ham meni sizga nisbatan mehr bilan ulg’aytirdi. Sizni yomonlamasdi. – dedi.
Kishi afsus nadomat ichra sukut saqlardi. Bir yaqiningizni deb, boshqa yaqiningizdan aslo kechmang! Ularga bir xil munosabatda bo’ling! Bu ishingizda Alloh yordam berishini so’rang!
O’z hirsingizni deb, boshqalarning umrini, baxtini zoe qilishdan qo’rqing!
. Faqat onagina bizni butun umr ko’tarib yuradi!
. 9 oy qornida,
. uch yoshgacha qo’lida,
. butun umr o’z yuragida.
. Ona shunday insonki, u hammaning o’rnini bosadi, biroq uning o’rnini hech kim bosa olmaydi.
. Onalar eng katta mehnatkashlardir. U o’zining tishsiz jajji ho’jayinining bitta kulgisi uchun;
. maoshsiz,
. dam olish kunlarisiz,
. va tushlikka chiqmasdan ishlashga tayyor.
. Onaning mehr~muhabbati shinam hovli kabi. Hamisha issiq va quyoshli.
. Onalar doim yordamga keladi, hatto ular yonimizda bo’lmasa ham.
. Ona qalbi hamisha kechirim tuyg’usi topiluvchi tubsizlikdir !!
Duo kuchi (ta`sirli voqea)
Kichik bir bolakay dengiz bo`yida ko`zlarini bir nuqtaga tikib o`tirardi. Bir soatdan beri o`tirgan bu bolaning holi yaqin joyda o`tirgan bir qariyaning diqqatini o`ziga tortdi. Qariya bolaning ëniga borib:
– Ha, o`g`lim, xormang. Bugun dengiz juda ham chiroylimi-a? – dedi.
Bolakay qariyaga qaramasdan:
– Lekin bugun shamol bor. Koptogim dengizga tushib ketib, shamol bilan ancha uzoqqa ketib qoldi.
– Agar ësh bo`lganimda, suzib borib koptogingni olib berardim – dedi bolaning ëniga o`tirgan qariya.
Bola javob bermadi. Ko`z oldidan uzoqlashib ketaëtgan koptogiga qarab o`tirishda davom etdi. Qariya sokin ovoz bilan:
– Umidingni xech qachon yo`qotma. Menimcha, duo qilsang, yaxshi bo`ladi.- dedi. Bola quvonch bilan:
– Duo qilsam, koptogim qaytib keladimi? – deya so`radi.
– Agar Alloh istasa, qaytib keladi. Agar qaytib kelmasa ham duolaringning savobi senga etadi.
Bolakay qariyaning gaplari xaqida ozgina o`ylanib, orqasidan buvasidan o`rgangan duolarni o`qiy boshladi. Keyin koptogi qaytib kelishi uchun Allohdan ërdam so`radi. Lekin bu uning dardiga darmon bo`lmadi. U koptokni olish uchun uzoq vaqt xarakat qilgan, xatto bayramda olgan pullarini xam koptok uchun asrab qo`ygan edi. Hozir koptok qaytib kelishiga birgina imkoniyat shamolning o`z yo`nalishini o`zgartirishi edi. Lekin dengiz katta, koptok esa kichik.
Kechga yaqin xavo o`zgardi. Quësh botishi arafasida baliqchilar dengizdan qayta boshladi. Uyiga koptoksiz ketishni istamagan bolakay qariya bilan birga o`tirib baliqchilarni kutardi. Qariya baliqni xar doim Sherzod baliqchidan xarid qilardi. Ko`zi bilan Sherzodni izlab topgan otaxon:
– Ovingiz baroridan kelgan bo`lsa kerak inshoAlloh – dedi. Sherzod baliqchi ënidagi qutiga ishora qilib:
– Bu safar baliq oz – dedi.
– Duo qilmadingizmi? – deya gapga aralashdi bolakay. -Umidingizni aslo yo`qotmang.
Sherzod baliqchi bolakayning boshidan silab:
– Duo. Duo qilsam baliq tutamanmi?
– Tuta olmasangiz xam duolaringizning savobi sizga etadi. Men hozirgina o`rgandim buni.
Sherzod baliqchi bu gapni birinchi marotaba eshitaëtgan edi.
– Men ham endi o`rgandim. Buni menga kichkina o`qituvchi o`rgatdi – dedi baliqchi.
Bu gaplarni eshitib bolakay juda quvondi. Koptok uning esidan ham chiqib ketgan edi. Baliqchi kemasiga qaytib chiqdi va qo`liga bir koptok oldi. Uni bolakayga uzatib:
– O`qituvchilar xaqini ado etish qiyin. Bu koptokni dengizdan topib oldim – dedi.
Bolakay xuddi tush ko`raëtgandek edi. Kutilmagan narsalar bo`laëtgan tush. Atrofga qaradi. Xammasi xaqiqiy. Baliqchi ham, kema ham, qariya ham. Koptok qo`lida. Uni qattiq quchoqlab:
– Mendan ruxsatsiz uzoqqa ketish yo`q – dedi. Duo qilmaganimda nima bo`lardi?
Dono bola, juda ta’sirli voqea
“Mashinaning old oynasini sindirib, uchib chiqib, erga urildim”
Bu voqeani menga sanatoriyada davolanayotganimda xonadosh ayol gapirib bergandi.
Salom otajon… Bugun ushbu qutlug‘ kunda Sizga maktub yo‘llamoqchiman. Men oyijonim bilan birgalikda Qorboboga har yangi yil oldi juda ko‘p xatlar yozganmiz. Lekin Sizga endi birinchi marotaba maktub yozishim… Yaqinda birinchi sinfga qadam qo‘ydim. Mustaqil tarzda bemalol yoza olaman. Qorboboku bizdan juda olisda, lekin Siz biz bilan bir shaxarda yashaysiz. Ammo rishtalarimiz olis. Yaqindagi olisim otam…
Esini tanibdiki, otasi unga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. Arzimagan narsaga ham tanbeh beraverar, uning har bir harakatini e’tibor bilan kuzatardi. Qizgina padarini dugonalarining otalari bilan solishtirib, bir kuni hatto onasiga yig‘lab arz qilgandi:
1989 yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
KASBIMIZ taqozosi tufayli har kuni turfa tabiatli insonlar bilan uchrashamiz. Ular bilan suhbatlashib, dardu hasratini eshitamiz. Qonun doirasida huquqiy maslahat beramiz.
Bir go’zalni tug’ilgan kuniga sovg’a olmoqchi bo’lib Andijon bozorlarini kezdim.
Bitta ikkita qimmatbaxo sovg’alar uchradi lekin ko’nglim to’lmadi. Toshkentga yo’l oldim.
Bola edim. Kech kuzning izg’irinli kunida uyga o’qdek uchib kirdim:
– Qor! Birinchi qor!
Onamning har doimgidek quvonib ketishini, biron-bir yoqimli so’z aytishini kutgandim. U esa: “A?” dedi-yu, derazaga tikilgancha bir zum qotib qoldi.
Bir chol o‘g‘linikiga ko‘chib keldi. O‘g‘li uylangan, to‘rt yashar farzandi ham bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo‘llari qaltirar, ko‘zlari xira ko‘rar, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab yurardi.